logo

O‘smirlarda muloqot malakalarini shakllantirish teskari aloqa Faol tinglash . Noto‘g’ri muloqot usullari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74 KB
O‘smirlarda muloqot malakalarini shakllantirish teskari aloqa Faol tinglash . Noto‘g’ri muloqot usullari Reja: 1. Kirish 2. O‘smirlarda muloqot malakalarini shakllantirish teskari aloqa 3. Faol tinglash 4. Noto‘g’ri muloqot usullari 5. O‘z manfaatlarini himoya qila olish nima degani? 6. O‘z xuquqlarini talab qilish egoistlik emasmi? Nutq insonni hayvonot olamidan ajratib turuvchi eng asosiy xususiyat sanaladi. Inson uchun obro‘-e’tibori ham, noxushlik va kulfat ham tildan keladi. Shaxslararo munosabatlar tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan XXI asrda muloqot malakalarini egallamaslik stresslarga va turli - tuman nizolarga sabab bo‘lishi mumkin. Har qanday nizoning manbai odamlarning o‘zida, ularning turli- tuman dunyoqarashlari, muloqot usullaridadir. Muloqot ayni paytda izolarning kelib chiqishi va oldini olish hamda bartaraf qilish usulidir. 1.VERBAL (nutqli) va NOVERBAL (nutqsiz) MULOQOT Muloqot nutqli va nutqsiz ma’lumotlardan iborat. Aniqlanishicha, so‘z yordamida ma’lumotning oz qismi uzatiladi. Gavda holati, qo‘l harakatlari, ovozning ohangi va so‘zlovchining atrofidagi holat so‘zdan ko‘ra ko‘proq ma’noni anglatadi. Qanday so‘zlardan foydalanishimiz, urg’uni qayerga qo‘yishimiz, qanaqa intonatsiya bilan gapirishimiz ham ko‘p narsani anglatadi. Bundan tashqari muloqotda biz mimika va harakatlar: qoshni chimirish, qo‘lni qovushtirish, polga tikilish, qizarish, soatga qarash, qo‘lni siltashlardan ham foydalanamiz. Noverbal xulq yordamida, masalan barmoqni labga bosib tinchlik so‘rash, jilmayib yoki stolni mushtlab ham o‘z munosabatimizni bildirishimiz mumkin. Turli etnik guruhlarda va madaniyatlarda muloqotning nutqsiz usullari turlicha talqin qilinadi. Nutqsiz muloqotdan noto‘g‘ri foydalanish bizni noqulay ahvolga solib qo‘yishi ham mumkin. Noverbal signallar aksariyat biz bayon qilayotgan fikrni yaqqolroq, ravshanroq ifodalaydi. Ba’zan ularni noto‘g‘ri talqin qilish tushunmovchilik va hatto xafachilikka olib kelishi ham mumkin. Masalan, Siz suhbatdoshingiz zerikkanidan ko‘zini yumib oldi deb o‘ylab xafa bo‘lasiz, aslida u ehtimoll Sizdan eshitayotganlariga diqqatini yaxshiroq jamlamoqchidir. U yoki bu harakat nimani anglatishini bilish muloqot muvaffaqiyati uchun nihoyatda muhimdir. Ba’zan odam o‘zi bilmagan holda noverbal signal berishi ham mumkin. Masalan, suhbat paytida ko‘zni pirpiratish, alanglash, stolni chertish Sizga odat bo‘lishi mumkin. Sizni yaxshi biladiganlar buni tushunadi, yaxshi bilmaydiganlar esa Sizning mimika va harakatlaringizni noto‘g‘ri tushunib, xafa bo‘lishi mumkin. Har bir odam o‘zi so‘zlayotgan fikrning mazmuniga mimika va harakatlarini moslashtirishni o‘rganishi kerak. Bunday muloqot uslubini shakllantirish boshqalarga ham o‘z xulq maneralari nimani anglatayotganligini bilishga yordam beradi. Masalan, aytishingiz mumkin: "Ko‘pchilik meni biron narsaga shubha qilsa qoshlarini ko‘taradi, - deb hisoblaydi. Aslida men biron qiziqroq fikr eshitib qolsam, qoshlarimni ko‘tarishga odatlanganman". Sizning boshqalar bilan muloqotingiz mukammal bo‘lishi uchun quyidagi maslahatlarga amal qilishga urinib ko‘ring: A) samimiy qiziqish va diqqatingizni bildirish uchun so‘zlovchiga qarab turing; B) suhbatdoshingizning yuziga qarang. Unga bir oz engashishingiz ham mumkin; V) qulay paytda qo‘llaringizni harakatlantiring. Yuz ifodangiz gapingizning mazmuniga mos bo‘lishiga harakat qiling. Aksariyat holatda odamlar achchiqlanganlarida jilmayadilar, yoki noxush xabarni aytishdan oldin hazil qiladilar. Muloqotning bunday tund usuli ishonchsizlik tudiradi; G) ovozingizning balandligi va ohangiga e’tibori bering. Tekis, qat’iy ovoz ishontirish uchun qo‘l keladi, yoqimli ovoz me’yor va samimiylikni bildiradi. Chiyildoq ovoz nafrat uyg’otadi. 2. teskari aloqa Biz o‘zimizni chetdan kuzata olmaymiz, shuning uchun atrofdagilarda qanaqa kechinma yg’otayotganligimizni ob’yektiv baholashimiz qiyin. Haqiqatni bilish uchun ba’zan begona odamning fikrini so‘rashga to‘g‘ri keladi. Bunday teskari aloqa atrofdagilar sizni qanday idrok qilayotganligini bilish uchun kerak bo‘ladi. Teskari aloqa har doim xulqingizni nazorat qilib urish va qo‘ygan maqsadingizga yaxshiroq erishish uchun ham zarur. Teskari aloqa o‘zingizning nutqli va nutqsiz muloqot usulingizni ko‘rib chiqish uchun ham zarur. Agar o‘z suhbatingizni videotasmaga yozib ko‘rish imkoniyati bo‘lsa yana ham yaxshi. Eng qulay usullardan biri atrofdagilardan xulqingizni tasvirlab berishni so‘rashdir. Masalan, do‘stingiz majlisda o‘zlayotib atrofdagilarni zeriktirdingizmi yoki haddan tashqari agressiv bo‘ldingizmi, Sizga so‘zlab berishi mumkin. Teskari aloqa yordamida Siz muloqotingizga nimalar halaqit berayotgani, nima qanday muammolar tug’dirayotganini oson bilib olasiz. Teskari aloqaning muvaffaqiyati uchun birinchidan xulqni tahlil qiladigan odam kerak, ikkinchidan xulqi tahlil qilinadigan odam kerak. Teskari aloqa usulidan naf kelishi uchun: A) xulqni tahlil qilayotgan odam baho bermasin, shunchaki xulqingizni tasvirlab bersin. Shunda xulqi tasvirlanayotgan odamga o‘zini imoyaqilishga hojat qolmaydi. B) xulqni tasvirlashda umumlashtiruvchi tushunchalardan oydalanilmasin. Masalan, Siz o‘zingizni katta oldingiz deyish baho berish bo‘ladi. Asosiy vazifa konkret harakatlarni tasvirlash. Do‘stingizga, sinfdoshlari masalani muhokama qilishayotganda quloq solmagani, shuning uchun yangidan tortishuv boshlamaslik uchun taklif qilingan xulosa ilan kelishishga majbur bo‘lganligini ayting. V) teskari aloqa konstruktiv, ishchan bo‘lishi kerak, u faqat uni ta’minlayotgan odamgagina qiziq bo‘lmasin. G) unutmangki, teskari aloqa odamga o‘zini tutishni o‘rgatish uchun kerak. Xadeb unga u yoki bu kamchiligidan qutula lmaganini eslatavermang, bu narsa uning g’ashini keltiradi. D) undan ehtiyotkorlik bilan u yoki bu kamchiligidan xalos bo‘lishini iltimos qiling, talab qilmang. Odam o‘zi o‘zgarishni xo‘lamas ekan, bu usul samara bermaydi. ye) kamchilikni ko‘rsatish uchun qulay vaqt poylang. Agar odamga ayni shu noto‘g‘ri harakatni bajargandan keyinoq bu haqda eslatsangiz, yana ham yaxshi. Maslahatning muvaffaqiyati maslahat oluvchining quloq solish xohishi va atrofdagilarning qo‘llashiga bog‘liq. Yo) unutmang, bu usul samarali muloqotga o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun o‘zingiz xulqini tahlil qilib bergan odamdan, Sizni qanday tushunganligini bilish uchun, o‘zingiz tasvirlagan narsani takrorlashni so‘rang. J) teskari aloqa haqiqatni qanchalik to‘g‘ri aks ettirayotganligini tekshirish. Teskari aloqani qabul qilayotgan ham, uni ta’minlayotgan ham bir-birini nazorat qilsin. Ehtimol ulardan bittasi atrofdagilarning fikriga mos kelmaydigan sub’yektiv fikr aytishi mumkin. Demak, teskari aloqa odamga o‘zi qilayotgan narsa, aytmoqchi bo‘layotganiga qanchalik mos ekanligini bilishi uchun kerak. Uning yordamida har ikkala omilning istakdagi muvozanatiga erishish va "Men qandayman?"- degan savolga javob topish mumkin.  3. faol tinglash Faol tinglash yordamida Siz eshitayotganlaringizni qanchalik to‘g‘ri tushunayotganligingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Sizga nimani aytishni xohlayotganlarini haqiqatan ham tushunganligingizni qanday tekshirish mumkin? U yoki bu tanbeh boshqalar uchun qanday bo‘lsa, Siz uchun ham shunday mazmunni anglatishiga qanday ishonch hosil qilish mumkin? Eng yaxshi usul suhbatdoshingizdan nimani nazarda tutganligini tushuntirib berishni so‘rash. "Bu bilan nima demoqchisiz?"- deb qaytarib so‘rang. Yoki oddiygina qilib "Kechirasiz, Sizni to‘la tushunmadim"- deb ayting. Suhbatdoshingiz nimani nazarda tutganligini tushuntirib erganidan so‘ng, haqiqatan ham to‘g‘ri tushunganligingizga ishonch hosil qilish uchun yana qayta so‘rashdan qo‘rqmang. hattoki, Sizda hech qanday tushunmovchilik bo‘lmasa ham bu Siz qanday tushungan bo‘lsangiz, shu degani emas. Parafrazdan foydalaning, ya’ni qanday tushunganligingizni o‘zingizning so‘zlaringiz bilan tasvirlang. Hozirgina eshitganlaringizni o‘zingiz tushungandek qilib so‘zlab bersangiz, suhbatdoshingiz hamma narsani to‘g‘ri ushundingizmi-yo‘qmi, aniqlashi oson bo‘ladi. Agar u qandaydir xatolarni payqasa, aynan siz noto‘g‘ri talqin qilgan joylarni tushuntirib beradi. Siz bu usulni suhbatdoshingiz aytgan narsani qanchalik tushunganligingizni ko‘rsatish uchun xo‘lagan paytda qo‘llashingiz mumkin. Bu usul yordamida Siz suhbatdoshingiz so‘zlayotgan narsaga haqiqatan ham qiziqayotganligingizni ko‘rsatasiz. Bu sizning uni tushunish istagingizdan guvohlik beradi. Agar suhbatdoshingiz buni his qilsa, u ham o‘z navbatida sizni tushunishga harakat qiladi. Ba’zilar faol tinglash va arafrazni aytilganni mexanik qaytarish bilan adashtirishadi. Ular aytilganni boshqa so‘zlar bilan hundayicha takrorlashadi. So‘z almashtirish orqali bunday takrorlash dialog illyuziyasini tug’diradi, holos. Haqiqiy parafraz - suhbatdoshingizni uni tinglayotganingizga ishontirish uchun ilmoq yoki nayrang emas. u Sizga nimani aytishni xohlashayotganini haqiqatan ham tushunish usulidir. Parafrazdan foydalanib siz suhbatdoshingizga u aytgan narsani qanday tushunganligingizni o‘z so‘zlaringiz bilan qaytarasiz. Shunday qilib suhbatdoshingizda aniqroq bayon qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Faol tinglash malakasini rivojlantirish uchun, qanday tushunganligingizni turlicha bayon qilishdan boshlang. o‘zingizga eng ma’qul parafrazlashtirish usulini tanlang. Qachonki kimdir sizning harakatlaringizni tanqid qila boshlasa yoki Sizdan jahli chiqsa, sizga nima demoqchi ekanliklarini to‘la tushunganingizni namoyish qilmaguncha shu texnikani qo‘llang. Bu suhbatdoshingizga qanday ta’sir qilarkin? 4. noto‘g’ri muloqot usullari Har birimiz faqat o‘zimizga xos bo‘lgan muloqat usulini shakllantiramiz, bu narsa bizni ortiqcha hayajondan saqlaydi. Quyida, kam samara berishi mumkin bo‘lgan ayrim muloqot usullari bayon qilingan. A) nizodan o‘zini chetga tortish. Kimki bu usulga amal qilsa, o‘z manfaatlarini himoyaqilishdan qochadi. Nizo paydo bo‘lganda bunday odamlar yoki jo‘nab qolishadi, yoki uxlagandek, biron narsa bilan banddek nayrang qilishadi yoki muammoni muohkama qilishdan qochish uchun har turli bahonalarni ishlatishadi. Bunday xulq suhbatdoshni qiyin ahvolga solib qo‘yadi, chunki u oldindan javob bo‘lmasligini bilganligi uchun o‘z noroziligini namoyon qila olmaydi. Doim o‘zini chetga oladigan odam bilan tortishish, boks qo‘lqopi kiymagan odam bilan boks tushishga urinish kabi befoyda. B) yolg’ondakam rozi bo‘lish. Bu usulga amal qiladiganlar nafaqat tortishuvdan o‘zlarini chetga oladilar, balki yana o‘zlarini hech narsa bo‘lmagandek tutadilar. Bunday xulq atrofdagilarning g’ashini keltiradi, axir haqiqatda muammo mavjudligini ular bilishadi-ku. Bunday odam bilan o‘zingni xuddi atayin janjal chiqarayotgan aybdordek his qila boshlaysan, shuning uchun ham hamma bilan kelishaveradigan odamlar hammaga yomon ko‘rinadilar. V) yashirin ayblash. O‘zlariga yoqmagan narsani ochiq aytish o‘rniga ayrim odamlar o‘zlarining og‘ir ahvolga tushganliklari uchun suhbatdoshi o‘zini aybdor deb his qilsin degan maqsadda, suhbatdoshlarini o‘ynatishadi. Aksariyat hollarda bunday odamlar: "hammasi yaxshi, men haqimda qayg’urma"- deyishib, og‘ir uf tortib qo‘yishadi. G) mavzuni lmashtirish. Nizodan qochishning yana bir usuli munozarali masala haqida so‘z ochilishi bilanoq, bunday odamlar gapni boshqa yoqqa burishadi va shu bilan ham o‘zlarini, ham suhbatdoshlarini muammoni muhokama qilish va hal qilish imkoniyatidan mahrum qilishadi. D) tanqid. ochiq gaplashish va konkret sabab bo‘yicha o‘z noroziligini bayon qilish o‘rniga tanqidchilar uhbatdoshining shaxsiy kamchiliklariga hujum qilishadi. Ular hech qachon yuraklaridagi gapni ochiq aytishmaydi va turli yo‘llar bilan munosabatlaridagi noxush holatlardan qochishadi. ye) fikrni o‘qish. Shunday bilimdonlar borki, suhbatdoshiga o‘z his-tuyg’ularini namoyon qilishga yo‘l bermay uning xarakterini tahlil qila boshlashadi, go‘yoki ular aslida gap imadaligini, suhbatdoshi qandaydir boshqacha ekanligini his qilayotganliklarini ko‘rsata boshlashadi. Bu usulni qo‘llovchilar o‘z his tuyg’ulariga yo‘l berishmaydi va suhbatdoshiga ham o‘z his-tuyg’ularini namoyon qilishga imkon berishmaydi. J) qopqon qo‘yish. Bunday odam suhbatdoshini o‘ziga qulay, ma’qul yo‘ldan borishga majbur qiladi. Masalan, u suhbatdoshiga "Keling ochiq gaplashib olaylik"- deb taklif qilib, u ochiq gapirishga o‘tishi bilan unga tanqid bilan hujum qiladi. Z) muammoga tegib o‘tish. Bunday odamlar hech qachon yuraklarini to‘kib solishmaydi, bo‘lib o‘tayotgan hodisaga o‘z munosabatlarini bildirishmaydi. Moliyaviy ahvol borasida o‘z bezovtaliklarini tan olish o‘rniga, ular soddalarcha "Bu qanchaga tushadi"- deb so‘raydilar. Ular muammoga yaqinlashadilar, holos, hech qachon uning mohiyatiga kirib ko‘rmaydilar. I) emotsiyalarni yig’ib borish. "Kolleksiyachi" o‘z noroziligini hech qachon o‘sha zahoti bildirmaydi. Buning o‘rniga u o‘z ginasini to‘lib toshib ketguncha to‘plab boraveradi. Keyin u o‘z azobini hech narsani kutmagan, sarosimaga tushib qolgan qurboniga sochadi. K) kundalik zolim. "Tiran" zolimlar o‘z ginalarini hech qachon aytishmaydi. Buning o‘rniga ular atrofdagilarning asabiga tegadigan ishlarni qila boshlaydilar: rakovinada yuvilmagan idishlarni qoldirishadi, o‘rinda yotib non yeyishadi, stolga yuvuqsiz o‘tirishadi, televizorni bor ovozicha qo‘yishadi va hokazo. L) mazax qilish. "Mazaxchi" muammoning yuziga tik qarashdan qo‘rqadi, suhbatdoshi ish bo‘yicha jiddiy gapira boshlashi bilan, u mazax qila boshlaydi. U o‘ziga ham suhbatdoshiga ham muammoga jiddiy munosabatda bo‘lishga imkon bermaydi. M) qonunsiz jang. Har bir odamda boshqalar bilan muhokama qilishni istamaydigan biron-bir xususiyat bo‘ladi. Bu jismoniy sifat, ruhiy kechinma, o‘tmishdagi baxtsizlik yoki o‘zida qutulishga kuch topolmayotgan chuqur ildiz otgan odat - umuman birov bilan muhokama qilish noxush bo‘lgan hamma narsa bo‘lishi mumkin. Muloqotning qoidasiz jang usulini qo‘llovchilar aynan ana shunday intim detallardan foydalanib, suhbatdoshining dilini og’ritishga intilishadi. Odatda, bunday odamlar qasd olish maqsadida shunday qilishadi. N) ayblash. "Ayblovchi" vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘lini izlash o‘rniga, bo‘lib o‘tgan voqeada faqat suhbatdoshini ayblashni xohlaydi. Bundaylarning o‘zlarini hech qachon aybdor deb hisoblamasliklarini gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Bunday xulq muammoni yechishga yordam bermaydi, suhbatdoshni o‘zini himoyaqilishga majbur qiladi, holos. o) kelishuv bo‘yicha zolimlik. "Kelishuv bo‘yicha zolimlar" o‘rnatilgan tartibni o‘zgartirishga hech qachon yo‘l qo‘yishmaydi. Rol va majburiyatlar bir marta taqsimlandimi, tamom, endi ular hech qachon o‘zgarmaydi. "Bolaga qarash, idish yuvish vah. k. - sening ishing". P) mavzudan qochish. Ba’zi odamlar tortishuv paytida mavzuga umuman aloqasi yo‘q narsalar haqida eslab qolishadi: o‘tgan yangi yilda o‘zingizni yomon tutganligingiz, pul ishlatishni bilmasligingiz, tishingizni vaqtida yuvmasligingiz - qisqasi, ishga umuman aloqasi yo‘q narsalarni gapira boshlashadi. R) biron narsani rad qilish. O‘z e’tirozlarini ochiq aytish o‘rniga, ba’zi odamlar boshqalarni biron narsadan mahrum qilish bilan jazolashadi: kechki ovqatni qilmaslik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, yordam bermaslik va h.k. Bunday xulq munosabatlarning battar chigallashishiga sabab bo‘ladi. S) zararkunandalik usuli. Zararkunandalar o‘zlariga yoqmay qolgan odamlarga noxushliklardan himhoyalanishga imkon bermay va hatto atrofdagilarning e’tiborisizliklari va hazil-mazaxlarini rag‘batlantirib qasd olishadi, hisob-kitob qilishadi. o‘z manfaatlarini himoya qila olish nima degani? O‘z manfaatlarini himoya qila olish o‘z fikri, xuquqlari va talablarini ishonch bilan gapira olish va o‘zini hurmat qilishni anglatadi. O‘ziga ishongan odam har qanday hodisaga o‘z munosabatini ochiq va qat’iy bayon qiladi. Ya’ni u o‘z hissiyotlari uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga oladi va boshqalarga ham nimani his qilayotganligini anglata oladi. Bu xulqning normal usuli. Hammadan ham atrofdagilar uchun befarq bo‘lmagan o‘z fikr, talab va xuquqlar bor. Bularni hurmat qilishlariga erishishning yagona yo‘li - ularni o‘zingiz himoya qila olishingizdir. o‘ziga ishongan odamlar o‘z shaxsiy ehtiyojlarini anglaydilar va ularni qat’iy talab qiladilar. Shu bilan birga bunday odam boshqa odamning ham o‘z manfaatlarini himoya qilish xuquqini tan oladi. Shuning uchun ham ular o‘z talablarini qo‘yishda odob doirasidan chiqishmaydi va atrofdagilarning talablariga ham hurmat bilan qarashadi. O‘ziga ishongan odamlar o‘z-o‘zlari va atrofdagilar bilan samimiy, halol munosabatda bo‘ladilar. Ular borliqni real idrok qiladilar, bo‘lib o‘tayotgan hodisalar haqida ularning ahamiyatini bo‘rttirmay va kamsitmay gapiradilar. Ular uchun muhimi illyuziyalar emas, reallikdir. Yetuk odam o‘zining va boshqalarning nimaga arzishini bilishni xohlaydi. Asosiy tamoyil - o‘zini yaxshi ko‘rsatishga intilmasdan tabiiy tutishdir. o‘z xuquqlarini talab qilish egoistlik emasmi? Egoist faqat o‘zi, o‘z ishlari bilan band, u aksariyat boshqalarni butunlay inkor qiladi. Hammamiz ham egoizm yomon, birinchi o‘ringa boshqalarning manfaatlarini qo‘yish kerak deb o‘ylaymiz. Lekin odamning atrofdagilar haqida g‘amxo‘rlik qilish darjasi - maxsus falsafiy masala. O‘z manfaatlarini himoya qila olish esa o‘zimiz to‘la xuquqimiz bo‘lgan narsani tan olish va talab qilish demakdir. Agar bu egoistlik bo‘lsa, hechqisi yo‘q, ba’zan shunday egoist ham bo‘lish kerak. Masalan, go‘dak bolasi bilan band onaning ham dam olishga haqqi bor, buning uchun uni egoistlikda ayblab bo‘lmaydi. O‘z manfaatlarimizga riyokorlik qilmaslik uchun biz doimiy biron narsadan voz kechamiz va natijada egoizmdan ham yomonroq bo‘lgan alptruist - boshqalar uchun o‘zini qurbon qiluvchiga aylanamiz. Bizni egoistlikda ayblamasliklari uchun biz nafaqat boshqalarning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yamiz, balki o‘zimizning qonuniy istaklarimizni ham qurbon qilamiz, natijada o‘z-o‘zimizni hurmat qilmay qo‘yamiz. Shunday bo‘lishi mumkinki, agar o‘zingizga yordam bera olmasangiz, hatto xohlaganingizda ham boshqalar haqida g‘amxo‘rlik qila olmay qolasiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi maoruza, 1995 yil 23 fevral. 2.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T. O‘zbekiston, 1997 - 326 b. 3.Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining IX sessiyasidagi ma’ruza. 1997 yil 29 avgust. 4. www.ziyonet.uz 5. www.nur.uz