logo

Boshlang'ich matematik tushunchalarni rivojlantirishda ta'lim muammolari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

89 KB
Boshlang'ich matematik tushunchalarni rivojlantirishda ta'lim muammolari Reja: 1. Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta'limning ahamiyati. 2. Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida. 3.Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish shartlari. Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta'lim katta ahamiyatga egadir. Muammoli ta'lim — bu didaktik tizim bo'lib, pedagog (tarbiyachi)larni muammoli xarakterdagi savollarni yechishga jalb qilishni nazarda tutadi. Psixologlar fikrlash muammoli vaziyatdagi savoldan boshlanadi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun muammoli vaziyat muammoli ta'limning asosini tashkil qiladi, muammoni yechish uchun sharoit yaratadi. Vaziyat — bu ilmiy bahs-munozara orqali tushunchalarni tartibga solish uchun zaruriyatga chaqiruvchi jarayondir. Muammoli jarayon — o'zining yechilishi uchun izlanishni talab qiladigan anglangan qiyinchilikdir. Berilgan savol qiyinchilik yaratsa va javob berishda pedagog (tarbiyachi)dan yangi bilim va fikriy faollik talab qilinsa, o'shanda muammoli vaziyat yaratiladi. Muammoli vaziyatda pedagog (tarbiyachi)lar e'tibori savollarning yechilishiga to'liq yo'naltiriladi, pedagog (tarbiyachi)larning fikrlashi moyil qilinadi (to'g'rilanadi). Muammoni yechishda ushbu moyillik aniq maqsadga aylanadi. Bola tomonidan asosiy bilim, tushuncha, og'zaki, masala yechish uslublari chuqur va mustahkam o'zlashtirilgandagina, muammoli ta'lim foydali bo'lishi mumkin. Ta'lim olish jarayonidagi muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, bolalar yerda ,,izlanuvchi" va birinchi kashfiyotchidek bo'lishadi. Bunda muammoli vaziyat bu awal yaratiladi vatahlil qilinadi, muammoni yechish uchun qulay usul aniqlanadi, muammo yechiladi va xulosa o'rganiladi. Muammoli ta'limdan foydalanish jarayonida mavzuni muammoli bayon qilish, evristik suhbat va izlanish uslublari to'plamidan foydalanish mumkin. Muammoli bayonning mohiyati shundaki, pedagog (tarbiyachi) o'zi masalani beradi va og'zaki yechish yo'llarini ko'rsatadi. Evristik uslubning mohiyati esa pedagog (tarbiyachi) tomonidan bolalarni aniq izlanishlarga o'naltiruvchi savcllar tizimi awaldan o'ylab qo'yilishida ifodalanadi. Izlanish uslubi o'quvchilarda atrofdagi olamga katta qiziqishni uyg'otadi, u o'ylashga, mulohaza qilishga harakat qiladi, atrofdagi voqealarni o'rganadi, o'zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda va masalani yechishda foydalanadi. Izlanish uslubida pedagog (tarbiyachi) muammoni qo'yishi mumkin, farazlar keltiradi, asosiy g'oyani aniqlaydi, kuzatishlar o'tkazadi, taqqoslaydi va umumiy- lashtiradi, tahlil qiladi, butunni tarkibiy qismlarga bo'ladi va xulosa chiqaradi. L. S. Vgodskiy xayol qilish (faraz qilish) bilan reallik orasidagi to'rtta bog'lanish shaklini aniqladi. Bu bog'lanish shakllari bolada matematik tushunchalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Birinchi bog'lanish shakli. Ushbu shaklda bolalarning faraz qilish faoliyati ifodalanadi. Bu shaklning mohiyati haqiqatan ham olingan matematik tushunchalar asosida xayol qilishda ifodalanadi. Faraz qilishning ijodiy faoliyati bolaning awalgi tajribasining boyligi va xilma-xilligiga bog'liqdir. Chunki fantaziya tajriba bergan material asosida tuziladi. Qanchalik tajriba boy bo'lsa, shuncha faraz qilish uchun ko'p material bo'ladi. Ikkinchi bog'lanish shakli. Faraz qilishning reallik bilan ikkinchi bog'lanish shakli tajribaning faraz qilishiga tayanadi. (Fantaziyaning tayyor mahsuloti va haqiqiy voqealari o'zgalarning tajribasiga asosanbog'lanadi), chunki farazlar ushbu holatda erksiz bo'lib xizmat qiladi, ammo o'zgalar tajribasi orqali yo'naltiriladi, o'zgalarning ko'rsatmasi bilan harakatlangandek, faqat shunga asoslanib haqiqiy reallik bilan mos kelish natijasiga erishish mumkin. Uchinchi bog'lanish shakli. Farazning emotsional (his-hayajonli) haqiqat qonunidir. Qonunning mohiyati shundaki, fantaziyaning har qanday tuzilishi bizning his-hayajonlarimizga teskari ta'sir qiladi, agar fantaziyaning ushbu tuzilishi haqiqatga mos kelmasa, unda chaqirilgan his-hayajon haqiqat, amaliy haqiqatda boshdan kechiriladigan, bolani qiziqtiradigan tuyg'u bo'ladi. Ijodiy faraz faoliyatida his-hayajonli (emotsional) o'zlashtirishning ahamiyati, shubhasiz, kattadir. Shuning uchun sezgi xuddi fikrdek insondagi ijodni harakatga soladi. Bu faraz faoliyati va haqiqat o'rtasidagi to'rtinchi qonunidir. L.S.Vigodskiy shakllagan qonunlarga pedagogik xulosa chiqarganda quyidagini aytish mumkin: bolada bilish tajribasini har tomonlama kengaytirish lozim; bola qancha ko'p bilsa, u shuncha ko'p o'zlashtiradi, ko'radi, eshitadi va uning faraz qilish faoliyati natijali bo'ladi. Masalani yechish jarayoni bolada tajribani kengaytirish vositasi bo'lib xizmat qiladi, chunki bola bevosita tajribasida bo'lmagan narsani faraz qiladi va ko'z oldiga keltira oladi. Masalani yechish jarayonini batafsil ko'rib chiqamiz. ,,Masalani yechish atamasi” psixologik-pedagogik adabiyotda turli ma'nolarda qo'llaniladi. Turli matnlarda “masalani yechish” deganda turlicha tushuniladi: — masalaning maqsadiga yetganda olingan natija; — shu natijaga olib keladigan, mantiqiy o'zaro bog'langan harakatlarning ketma-ketligi; bunda ketma-ketlik imkoniyat boricha,tejamli bo'lib, hech qanday yo'naltiruvchi mulohazalarsiz taxmin etiladi (mantiqiy tugatilmagan yechim): — shaxsning masalani qabul qilib olganicha natijaga erishguncha bo'lgan jarayondir. Bunda natija masala maqsadi (yechish jarayoni)dir. Shunday qilib, uslubiy adabiyotda masalani yechish deganda, shu masala bilan bog'liq bo'lgan butun faoliyat shu masalani qabul qilishdan boshqa masalaga o'tish yoki umuman boshqa ish turiga o'tishgacha bo'lgan faoliyat tushuniladi. „Masalani yechish" atamasini to'la tushungandagina masala ustida ishlashning ma'lum bo'lgan to'rt bosqichga ajratilishi ma'ntiqqga egadir. Ushbu bosqichlarni qisqagina ta'riflab o'tamiz. Birinchi bosqich — axborotni qabul qilishda, masalaning shart va maqsadlarini anglashda ifodalanadi. Ushbu bosqichni masalani tahlil qilish bosqichi deb ham atashadi. Ikkinchi bosqich — yechimini topish ko'p murakkablikni, masalani og'zaki yechish rejasini topib olishni o'z ichiga oladi. Ko'pincha yechinini topish faoliyati og'zaki yechish jarayonini egallab, bir necha guruhlarga bo'linadi: holatning tahlili, yechish rejasining paydo bo'lishi, rejani bajarishga intilish, muvaffaqiyat- sizlikning sababini aniqlash. Masala yechimini topish jarayoni to'liq topilsa yoki bajarilishi uchun bir necha aniq yechimni topish, bir rejani topishda emas, balki maqsadga olib keluvchi rejani topishda to'liq bajariladi. Ushbu bosqich har bir masala ustida ishlaganda ishtirok etadi. Ammo ko'p holatlarda masala yechuvchi tomonidan ushbu bosqich anglanmay qoladi, chunki bu bosqich yashirin xarakterda namoyon bo'ladi. Uchinchi bosqich — yechimning shakllanishi, rejaning bajarilishi shaxsning fikricha eng tejamliroq, masala shartlaridan maqsadga olib keluvchi harakatlar ketma-ketligini bajarishdan iborat. Ikkinchi va uchinchi, birinchi va ikkinchi bosqichlarning chegaralari taxminiy bo'lsa-da, masala yechilayotganda ushbu chegaralar aniq namoyon bo'ladi. Ushbu bosqich qisqartirilgan xarakterda bo'lishi mumkin; oxirgi harakat shundagina o'rinli bo'ladi, qachon natijaga olib keluvchi hamma harakatlar oldingi bosqichda bajarilgan bo'lsa, o'quv amaliyotida uchinchi bosqich bola tomonidan masalaning og'zaki yechilish jarayonida tashqi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Shunday qilib, ushbu bosqichda tugallangan oxirgi toza nusxali u yoki bu uslub orqali obyektlashgan yechim hosil bo'ladi. To'rtinchi, so'nggi bosqich. Masalaning ustida ishlashning ushbu bosqichi kelib chiqqan natijaning to'g'riligini tekshirish va chamalab ko'rmoqni (ammo tekshirish yechimning ajralmas qismi bo'lib kelmaydi), boshqa yechim imkoniyatlarini topishni, ularni taqqoslash, topilgan yechimning foydasi va kamchiligini aniqlash, masalani yechish jarayonida foydalanilgan va kelajakda foydalanish mumkin bo'lgan usul hamda uslublarni ajratish va ularning bola yodida qolishi, topilgan natijaga ko'maklashuvchi matematik xarakterdagi natijalarni aniqlashni tahlil qiladi. Hayotimizda chuqur o’zgarishlar yuz bermoqda. Xalqimizning asriy orzusi mustaqillikka tinch, parlament yo’li bilan erishdik. Istiqlol tufayli o’zbek halqi o’zining haqiqiy tarixini, jahon tan olgan madaniy va ma‘rifiy boyliklarini, urf- odat va an‘analarini tiklash imkoniyatiga ega bo’ldi. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma‘naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Muxammad ibn Muso — al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al — Koshiy, Ulug’bek va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz o’z asarlarida arifmetikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdilar, halqimizning milliy iftixori bo’lib qoladilar. Ularning nomlari, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma‘lum. Biz ularning asarlari bilan tanishib chiqamiz. MUXAMMAD IBN MUSO XORAZMIY. Muxammad ibn Muso Xorazmiy 783 yilda Xorazmda, Xivada tug’ilgan. Yoshligidan ilm — fanga qiziqqan. Kunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o’rgangan. Donishmand sifatida tanilgan, 9-asr boshlarida o’z davrining katta ilmiy va madaniy markazi hisobla Bog’dodga taklif qilingan. Xorazmiy saroyda barakali ijod qilib, Sharqning dastlabki akademiyasi («Bayt- ul — Xikmat») «Donolar uyi "da faol ishtirok etdi. Xorazmiy juda ko’p asarlar yaratgan bo’lsa ham ularning hammasi bizga yetib kelmagan. Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixida yangi davrni o’rta asrlar matematikasi davrini boshlab berdi, hamda matematikaning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga bekiyos hissa qo’shdi. O`quvchilar algebra, algoritm so’zlarini ko’p eshitishgan. Algebra matematikaning katta bir bo’limi, algoritm esa x,ozirgi zamon x;aco6 ' texnikasining, matematikasining asosiy termini. Algebra, algoritm so’zlari matematik, astronom va geograf, «Xozirgi zamon algebrasining otasi «al — Xorazmiy nomi bilan bog’liqdir. Uning «Al — jabr val- muqabala» risolasi keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo’ldi. Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida «algoritm» termini paydo bo’ldi. Xorazmiyning matematikaga oid shoh asarlari Fapb va Sharq xalqlari tillariga tarjima qilinib, ko’p asrlardan buyon qo’llanma sifatida xizmat qiladi. Xorazmiyning «Xind hisobi va sonlari haqida», “Al-Jabr”, «Arifmetika», «Marmar soat haqida», «Yer surati», “Tarix kitobi”, «Yaxudiy eralari va bayramlari» haqida asarlari, ayniqsa ma‘lum va mashhurdir. Uning «Ziji» nomli asari dastlabki astronomik asar sifatida Sharqdagina emas, Garbda ham shu fan rivoji uchun katta xizmat ko’rs atgan. Muxammad ibn Muso Xorazmiyning ibratli hayoti, ijodi, yaratgan asarlari, qoldirgan merosi bebaho boylik bo’lib, hozirgacha ham qimmati va axamiyatini yuqotmagan. MUHAMMAD TARAG’AY ULUG’BYEK (1394 — 1449) Muhammad Tarag’ay Ulug’bek 1394 yilda Eronda Sultoniyada tug’ilgan. Ulug’bek — buyuk o’zbek olimi va davlat arbobi. U Temur (1336:, 1405) nabirasi. Ulug’bekning otasi Shohrux (1377 — 1447) ham davlat arbobi bo’lgan. Asli nomi Muxammad Tarag’ay. 1409 yilda Shohrux otasining davlati o’rnida ikkita mustaqil davlat tuzdi. Biri — Xyposon — markazi Xirot, ikkinchisi Movaraunnahrni (boshqarishni) markazi Samarqand. Xirotni Shohrux o’zi boshqardi. Movarounnahrni boshqarishni esa Ulug’bekka topshirdi. Bobosi Temurning aksi sifatida Ulug’bek harbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda zarur bo’lsagina, biror xon uning davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish qilar edi. Uni ilm-fan, qurilish, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish ko’proq qiziqtirar edi. U 1447 yil Buxoroda, 1490 yil Samarqandda, 1432 — 1433 yillari Gijduvonda madrasa qurdirdi. «Bibixonim» masjidi, «Go’ri — Amir» maqbarasi va «Shoxi — Zinda»ni qurilishini nihoyasiga yetkazdi. Taxminan 1425-1428 yillari u Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o’zining rasadxonasini qurdirdi. Rasadxonaning binosi 3 qavatli bo’lib, uning asosiy quroli — seketantning balandligi 50 metrcha edi. Ulug’bekning ilm — fanga qiziqishida, birinchidan bobosi — Temur bilan o’zga yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi shoirlar va olimlar bilan o’tkaziladigan suhbatlar, otasi — Shohruxning noyob kitoblarini sevishi va yig’ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Menelaylarning, shuningdek, o’z vatandoshlari — Xorazmiy, Beruniy Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan tanish bo’lish, o’sha zamonda O’rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa fanlardan yetuk asarlar mavjudligi sabab bo’lgan. Bu shart — sharoitlarning hammasi Ulug’bek ilmiy yunalishining shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishga sabab bo’ldi. Ulug’bek maktabining muhim ilmiy ishlaridan biri «Ulug’bek ziji» yoki «Zinj ko’ragoni» deb ataluvchi astronomik jadvallardir. Zij, kirish ya‘ni nazariy qism va Ulug’bek rasadxonasida o’tkazilgan kuzatishlar bo’yicha tuzilgan jadvallardan iborat. Ulug’bekning trigonometrik jadvallari 10 ta o’nli xona aniqligida hisoblangan. Ћ isoblash vositalari deyarli bo’lmagan bir davrda bu ishlarni bajarish uchun anchagina hisobchilar talab qilingan. Ehtimol, hisoblash markazi bo’lgandir?! Ulug’bekning sinus va kosinuslar jadvallari bir minut oraliq bilan tuzilgan. Zijda Ulug’bek bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi qayd qilindi. Ammo uning bu asari hozircha topilmagan. Zijning amaliy astronomiyaga taalluqli qismida ekliptika ekvatorga og’ishi, osmon yoritgichlarining koordinatlarini aniqlash, yerdagi ixtiyoriy punktning geografik uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bor. Ulug’bek oy va quyosh tutilishlarini ikki usulda: 1. O’zi tuzgan jadvallar yordamida. 2. Bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va usullarga doir misollar keltiradi. JAMSHID G’IYOSIDDIN AL-KOSHIY O’rta Osiyolik atoqli matematik va astronom. To’liq ismi Jamshid Ibn Ma‘sud Ibn Maxmud G’iyosidin al Koshiy. Taxminan 1430 yilda Samarqandda vafot etgan. Uni «Koshoniy” ham deb atashadi, chunki u Eronning Koshon shahrida tug’ilgan. Koshoniyning tarjimai holi haqida deyarli ma‘lumotlar yo’q. Ba‘zi matematika tarixchilarining yozishiga qaraganda u boshlang’ich ma‘lumotni o’z ona shahri Koshiyda olgan. XV asrda Koshon ancha rivojlangan sh ahar bo’lgan. U o’zining olimlari, ayniqsa qo’li gul ustalari bilan birga sharqda dong taratgan. O’rta asr olimlari singari Koshiy ham fanning juda ko’p sohalari bilan shug’ullangan. U qiziqqan fanlar qatorida meditsina ham bo’lgan. Koshiyni Ulug’bek o’zining astronomiya maktabida ishlashga taklif qilgan. Astronomiya maktabi uchun ilmiy kadrlar zarur edi. Koshiy Ulug’bek madrasasida Astronomiya va matematikadan dars berdi. Bir vaqtning o’zida u Ulug’bek maktabida olib borayotgan ilmiy ishlarda ham ishtirok etdi. U ilmiy ishlarning yakuni sifatida "Hisob kaliti", "Aylana haqida risola", "Vatar va sinus haqida risola" nomli va boshqa ko’plab asarlarni yaratdi. Koshiyning matematika sohasida qilgan kashfiyotlari juda katta. Uning zamonida hisoblash ehtiyojlari uchun 60 li sanoq sistemasidan foydalanilar edi. U birinchi bo’lib o’nli kasrlarni kashf qildi va ular ustida amallar bajarishning qoidalarini ko’rsatib berdi. Koshiyning ikkinchi kashfiyoti sonlardan p-darajali ildiz chiqarish amali edi. Koshiy Umar Ћ ayyom asarlari orqali formulani ixtiyoriy natural darajalar uchun bilgan va undan ixtiyoriy sondan natural darajali ildiz chiqarishda foydalngan. Bu usul Koshiygacha bo’lmaganmi, degan savolga matematika tarixchisi P.Lukey bu usul kub ildiz chiqarish uchun Ahmad al- Nasafiyda uchrashini aytdi. Nasafiyda uchrashini aytadi. Lukey Nasadiy bilan Koshiy orasidagi davrda bu usul bilan Umar Ћ ayyom shug’ullangan bo’lishi kerak deb taxmin qiladi. Lekin bu usulning istalgan natural p-lar uchun umumlashtirishi shubhasiz Koshiyga taaluqli. Koshiyning "Aylana haqida risola" asari aylana uzunligining o’z diametriga nisbatan, ya‘ni P-sonini hisoblashga bag’ishlangan. P-ning aniq qiymatini hisoblash bilan olimlar juda qadim zamonlardan boshlab shug’ullanishgan. Koshiy P-ping qiymatini hisoblashda Arximedning usuli aylanaga ikki muntazam ko’pburchak chizishdan foydalanadi. U muntazam (3.228) — ko’pburchakning perimetrini hisoblab, 2P ping oltmishli sanoq sistemasidan ushbu qiymatini keltirdi. 1 1 1 1 1016 609 2 6010 O’nli sanoq sistemasida u quyidagicha 2P=6,2831853071795865 yoki P=3,1415926535897932. Koshiyning uchinchi asari — "Vatar va Sinus haqida risola" hozircha topilmagan. Lekin " Ћ isob kaliti" asarida eslatilishicha, Koshiyning bu asari ham matematikaning muhim muammolaridan bo’lishi — berilgan yoy va vatarga ko’ra uning uchdan birining vatarini anglashga, hozirgi belgilashlarda esa sin30 bo’yicha sin10 ni topishga bag’ishlangan. Trigonometriyaning bu usuli matematikadagi juda ko’p masalalar bilan bogliq. Birinchidan, u X3+g=rX ko’rinishidagi kub tenglamaning ildizlarini integratsion usulda hisoblash, ikkinchidan qadimgi klassik masala — burchak trisektsiyasi bilan bog’liq. Yuqorida eslatganimizdek Koshiy Ulug’bekning Astronom maktabida olib borilgan matematik hisoblash ishlarida faol qatnashgan, o’zi ham astronomiyaga oid bir nechta asarlar yozgan. Ammo uning asarlari bizgacha yetib kelmagan. Xulosa qilib aytganimizda Al Xorazmiy, Ulug’bek, Farobiy boshqa bir qancha allomalarimiz qatorida Koshiy ham o’zining bir qator matematikaga oid asarlarini yozdi. G’iyosiddin Koshiy nafaqat matematikaga oid, balki astronomiyaga oid ham asarlar yaratdi. U hamma fanlarga qiziqadi va mukammal o’zlashtiradi. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalar matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va boshlangich maktab yoshida elementar matematika tasavvurlarini taraqqiy ettirish muammolari ustida ilmiy ishlar olib borgan pedagoglardan: Ye.N.Tixeeva.soraning sistema va qarashlarini tanqid qildi. Bolalarni aqliy tomondan tarbiyalashda boshlang’ich matematik tushunchaga katta ahamiyat beradi. Tixeeva «bola bilimni hayotdan olishi kerak, hayotning o’zi har qadamda bolaning oldiga amaliy vazifalarni qo’yadi, ya‘ni o’lchash, sanash, ayirishlar. Ћ ar bir normal bola kattalarning yordamisiz 10 gacha sanashni bilib oladi, deydi. Ayniqsa birinchi o’nlik sonlarni bilib olishga katta ahamiyat beradi. U bolani sanashga o’rgatishda majbur qilmaslik kerak, fakat unga ko’rgazmali, didaktik material berish kerak deydi. Maxsus material bilan birgalikda tabiiy materiallar tashlandiq materiallar berish kerak, deydi. Tixeeva birinchi bo’lib matematik tasavvurlarga o’rgatish programmasini tuzishga urinib ko’radi. Son-sanoqqa o’rgatishda o’n ichida sanash, bir va ko’p tushunchasidan boshlab raqamlar bilan tanishtirishning soat bilan tanish masalalar yechish, kasrlar bilan tanishtirishni kattalik va shakllar bilan tanishtirish ko’zda tutadi. Tixeeva sanamasdan sonlarni bir ko’rishda ilib olish metodini tavsiya etadi, ya‘ni monografik metod asosida. 1915 yilda Tixeeva “Bog’chada son-canoq” kitobini yozadi. Uning qarashlari bir-biriga ziddir. Nazariyada bolalarning taraqqiyotiga aralashmaslik kerak desa, amalda esa tarbiyachining o’yin va mashqlarida rahbarlik rollarini qo’llab-quvvatlaydi. Son haqidagi tushuncha tug’ma deb, bolalarni maxsus mashg’ulotlarda sanashga o’rgatishga yo’l qo’ymaslik kerak, deydi. Shuning uchun son-sanoq metodikasini ishlab chiqmaydi, balki son-sanoqqa o’rgatish programmasini belgilab chiqadi. Tixeeva didaktik va hayotiy materiallarning rolini ko’rsatdi, uni o’rgatishda ketma- ketlik, sistemalilik, takroriylik printsipiga amal qilishni ko’rsatdi. Tixeevaning kamchiligi u o’rgatishda asosiy metod faqat didaktik o’yin metodi deb hisoblaydi. Lekin Ye.I. Tixeevaning didaktik o’yinlari va didaktik materiallaridan foydalanish mumkin. F. N. BLIXYER F.N.Blixer ko’p yillar bolalarda matematik tasavvurlarini o’stirish masalalari ustida ishladi. U quyidagi kitoblarni yozdi: «Bolalar bog’chasi va nulevoy gruppada matematika», «Didaktik o’yinlar», «Birinchi sinfda qiziqarli o’yinlar va mashqlar», 1932, 1934, 1938, 1945, 1958 yillardagi tarbiya dasturlarining matematikaga o’rgatish bo’limini ishlab chiqdi. F.N.Blixer bolalarni sanashga o’rgatish kerak emas, sharoit yaratish kerak deydi. U maxsus mashg’ulotlarni inkor etadi. Faqat tayyorlov gruppalardagina mashg’ulot o’tkazish kerak, deydi. U ko’prok yakama-yakka yo’l-yo’lakay o’rgatishni ma‘qullaydi. Bu bilan u Tixeeva va Shlegerlarning fikrini quvvatlaydi. Blixer didaktik o’yinlarga katta ahamiyat beradi. U juda qiziqarli didaktik o’yinlarni ishlab chiqdi. Didaktik o’yin bu o’rgatishning eng asosiy metodi deydi. “Didaktik o’yinlar” kitobida tarbiyachilarning ish tajribalaridan foydalanadi, lekin ilmiy asoslanmaydi. Chunki biz bilamizki bolalarni faqat maxsus mashg’ulotlardagina o’rgatish mumkin. Didaktik o’yin esa asosiy metodlardan faqat bittasidir. Lekin u birdan bir metod bo’la olmaydi. U boshqa metodlar bilan birgalikda qo’llaniladi. Shunday qilib, F.N. Blixer 30-40 yillar ichida bog’cha ishiga katta hissa qo’shdi. Lekin hayot bir joyda turmaydi, oxirgi 50-60 yillar davomidagi ilmiy ishlarning natijalari bolalar bog’chasida elementar matematika tasavvurlarini ishini ilmiy asosda olib borish imkonini berdi. Ћ ozirgi vaqtda Blixerning didaktik o’yinlaridan qisman foydalanish mumkin. A. M. LEUSHINA A.M.Leushina o’zining butun hayotiy faoliyati davomida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga sanoqni o’rgatish masalalari bo’yicha ish olib bordi, Leushinaning pedagogik ishlari: Bolalarni bog’chada sanashga o’rgatishga tayyorlash temasi 1959-1961 yillardan boshlab bosilib chiqdi. «Bolalar bog’chasida sanoq mashg’uloti» 1963 yilda bosilib chikdi. Juda ko’p maqolalari «Doshkolnaya vospitaniya» jurnalida bosilib chiqardi. Pedagogika institutlari uchun «Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish» kitobi bosilib chiqdi. Leushina tomonidan 1962-63 yillardagi dasturda ham ishlab chiqarilgan. Leushina bolalarning elementar matematik tasavvurlarini o’stirish bo’limining avtori hisoblanadi. Leushina o’zining keyingi 20-30 yillik faoliyatida bolalarni sanoqqa o’rgatish masalalari bo’yicha ish olib bordi. U bolalarning matematik tasavvurlarni o’stirish bo’yicha ish olib borayotgan pedagoglar va shu kafedra olimlariga rahbarlik qildi. A.M. Leushina o’zining ishlari asosida ilmiy tekshirish eksperemental ishlari shu temadagi psixologlarning tekshirishi, bolalarni yaxshi tarbiyalash ilmiy tekshirishlar, bolalarni maktabga tayyorlashda yordam beradi. A.M.Leushina ishlarining asosiy tanqidi bularni o’zining metodida isbotlaydi. Bundan 30-40 yil oldin psixolog va pedagoglarimiz elementar matematikaning vaqt, tevarak-atrof, shakl bo’limlari ustida ishlash imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bu albatta juda ham kech edi. 1969-70 yillardagi programmaga birinchi bo’lib matematik tasavvurlarning boshqa bo’limlari ya‘ni vaqt, tevarak atrof, kattalik, shakl bo’limlari kiritildi. A.M.Leushina sanoq bo’limi bo’yicha ikkinchi kichik gruppadan boshlab haftada 1 marta maktabga tayyorlov gruppada, haftasiga 2 marta maxsus mashg’ulotlar o’tkazishni taklif qildi. Uning taklifiga binoan bunday mashg’ulotlar 1970 yildan boshlab o’tila boshladi. Uning xizmatlari evaziga pedagogika institutlari va pedagogika bilim yurtlarida matematika kurslari uzaytirilgan. U oxirgi 20-30 yillar davomida bolalarni sanoqqa o’rgatish masalasi bo’yicha ish olib borgani uchun matematika tasavvurlarining boshqa masalalari bo’yicha ish olib borolmaydi. Lekin shunta qaramay 1968 yilda bolalar bog’chasi tarbiya programmasining sanoq bo’limi u tomonidan ishlab chiqildi. Bikbaeva N.U. Hosimova X.I. bilan birgalikda «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi bo’yicha dastur, Respublikadagi pedagogika Oliy o’quv yurtlari uchun tayyorlandi. Adabiyotlar: 1. Stolyar A.A. Formirovanie elementarnx matematicheskix predstavleniy u doshkolnikov. M., 1988 y. 2. Bikbaeva N.U. Ibroximova 3.I., Kosimova X.I. Maktab yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish. «O’qituvchi» 1995 y. 3. Danilova V.V. Matematicheskaya podgotovka detey v doshkolnx uchrejdeniyax. M., 1987 y.