logo

Moslamalarda kesish asboblarini ishlov berish joyini va yo’nalishini aniqlovchi elementlar, tanalar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3522.5 KB
Moslamalarda kesish asboblarini ishlov berish joyini va yo’nalishini aniqlovchi elementlar, tanalar Reja: 1. Moslamalarda kesish asboblarini ishlov berish joyini va yo’nalishlarini aniqlovchi elementlar. 2. Parmalash va kengaytirish moslamalari uchun konduktorlik vtulkalari. 3. Moslamalar tanalari. Tayanch iboralar: moslamalarda kesish asboblarini ishlov berish joyini va yo’nalishlarini aniqlovchi elementlar; shablon; o’rnatgich; konduktor vtulkalar; kopirlar; shup; parmalash va kengaytirish moslamalarda ishlatiladigan konduktorlik vtulkalari; nusxa ko’chirish; tanalar. 1. Moslamalarda kesish asboblarini ishlov berish joyini va yo’nalishlarini aniqlovchi elementlar Moslamalarda kesish asboblarini ishlov berish joyini va yo’nalishlarini aniqlovchi elementlar ni qo’llash o’lchamlar aniqligini va ish unumdorligini oshiradi ularni asosan quyidagi ko’rinishlari bor: 1) Kesish asbobini o’lchamga sozlash uchun – shablon, o’rnatgich (ustanov) 2) O’q bo’yicha ishlov beruvchi asboblarni yo’naltiruvchi – konduktor vtulkalar . 3) Kesish asbobi xarakat trasktoriyasi (yo’li)ni aniqlovchi kopirlar . Kesuvchi asboblarni ishchi o’lchamga sozlash uchun ozginadan qirindi olib (ishlov berib) keyin o’lchab ko’rish uchun ko’p vaqt sarf qilinadi. Dastgoxlarni sozlashni tezlashtirish uchun moslamalar konstruktsiyasida, kesish asbobini xolatini aniqlovchi elementlar (shablonlar va ustanovlar) ko’zda tutiladi. Tokarlik moslamalarida shablonlar, frezerlik moslamalarida ustanovlar ishlatiladi. Ikkita tokarlik keskichini 1-shablon bilan o’lchamga sozlash 7.1,a-rasmda keltirilgan. Keskichni o’lchamga sozlash uchun o’rnatish xalqasi ishlatilishi mumkin (7.1,b-rasm). rasm. Keskichni o’lchamga sozlash shabloni va xalqasi. Frezerlik moslamalarida frezani o’lchamga sozlash uchun ustanovlar ishlatiladi. rasm. O’rnatgichlar (ustanovlar). Bu elementlar dastgoh sozlanganda va ish davridagi sozlashlarda asbob xolatini nazorat qilib turish uchun ishlatiladi va ular DST 13444 13446-68 bo’yicha tayyorlanadi. O’rnatgichlar (ustanov) etalon sirtlari ishlov yuzasiga nisbatan pastroq joylashishi kerak (7.2- rasm). O’rnatgich bilan freza oraligiga sozlash uchun shup kiritiladi, shup sirti shikastlanmasligi uchun u freza bilan bevosita kontaktga kirmasligi tavsiya etiladi. SHup qalinligi ishlov berish davridagi dastgoh birikmalarini deformatsiyalanishlarini hisobga olgan xolda tajriba asosida aniqlanadi. O’rnatgichlar 20X po’latidan tayyorlanib HRC 55-60 gacha 0.8 -1.2 mm qalinlikda toblanadi. Ba’zi xollarda yechib olinadigan yoki burib chetlatib qo’yiladigan o’rnatgichlar ishlatiladi. Burchak o’rnatgichlari yordamida asbob xolati ikki yo’nalish (tekislik) bo’yicha nazorat qilinishi mumkin. 2. Parmalash va kengaytirish moslamalari uchun konduktorlik vtulkalari Zagotovkaga nisbatan asboblarni elastik egilishlaridan saqlash uchun moslamalarda yo’naltiruvchan detallar ishlatiladi. Bular qatoriga parmalash va kengaytirish moslamalarda ishlatiladigan konduktorlik vtulkalar kiradi. Doimiy konduktorlik vtulkalar burtsiz (7.3,a-rasm) yoki burtli (7.3,b-rasm) qilinib ishlanadi va mayda seriyalab ishlab chiqarishda bitta asbob yordamida ishlov berilganda qo’llaniladi (SS 4923) (SS- soha standarti). Qulfli tez almashinuvchan (7.3,g-rasm) vtulkalar teshikka bir nechta ketma-ket almashinadigan asboblar bilan ishlov berilganda ishlatiladi (SS   24924). Konduktorlik vtulkalardan foydalanish chog’ida yordamida teshik o’qining joyi va diametr o’lchami aniqligi oshadi. SHuning bilan birga teshiklar o’qlari joylarni belgilashga xam zaruriyat qolmaydi. Konduktorlik vtulkasiz ishlaganga nisbatan teshik diametrining aniqligi 50% dan oshadi. Diametri 25 mm gacha bo’lgan vtulkalar uchun U10A, U12A, yoki XGS po’latlari HRC 62-65 gacha toblanib ishlatiladi. Diametri 25 mm dan katta vtulkalar uchun 0.8 1.2 mm chuqurligiga tsementatsiya qilingan po’lat 20 yoki 20X ishlatiladi. Agar teshik chuqurligi diametridan oshmasa konduktorlik vtulkalarning xizmat muddati 10-15 ming teshikka ishlov berish imkoniyatiga ega bo’ladi. rasm. Konduktor vtulkalar ko’rinishi. Teshikning o’qi joylashish aniqligi yuqori bo’lishi uchun asbob bilan vtulka oraligi iloji boricha kichik, lekin asbobni erkin xarakatlanishiga xalaqit bermaydigan bo’lishi kerak. SHuning uchun parmalar va zankerlar bilan ishlov berganda vtulkalar ishchi diametri kvaliteti F8 chetlanishi bilan, razvertka bilan ishlaganda esa F7 kvalitetida val sistemasining chetlanishlari bilan ishlanishi kerak. Agar teshik o’qining joylashish aniqligi 0.05 mm dan yuqori bo’lsa, parma utishi uchun vtulka teshigining dopuski H7 bo’lishi kerak. Asbobni yo’naltirish aniqligini oshirish uchun baland vtulkalardan foydalansa bo’ladi, ularni balandligi parmaning vintsimon arikchasi kadamiga teng bo’lishi kerak. Konduktorlik vtulka teshigini chegaraviy o’lchamlarini aniqlash uchun oldin tegishli standartlar bo’yicha asbob diametrining dopusklari aniqlanishi kerak. Vtulka yeyilishini kamaytirish uchun uni pastki sirti bilan zagotovka orasida l oraliq qoldiriladi. SHunda kesib olingan kirindi vtulka ichidan o’tmasdan vtulkaga kirmay ajralib tushadi. Bu oraliqni l qiymati ishlanayotgan materialga bog’liq. CHuyan parmalanib ishlanganda l=(0.3 0.5)d; po’lat va boshqa qovushqoq materiallar ishlanganda oraliq qiymatini diametrgacha kattalashtirish lozim. Bu oraliq qiymatti ishlanetgan teshik o’qining joylashish aniqligiga ham bog’liq. Vtulkalarni tashqi birikish sirti Ra1.25…0.64 mkm gacha jilvirlanadi. Vtulkalarni ishlash muddatini oshirish uchun asbob o’tuvchi teshik sirti Ra 0.32 0.16 gacha tozalikda ishlangani afzal. Keyingi yillarda ignali podshipniklarga o’rnatilgan konduktorlik vtulkalar ishlatilmoqda. Bu vtulkalarning radial o’lchami kichik, aniqligi baland yeyilishiga chidamli va katta tezliklar bilan ishlov berish imkoniyatini beradi (SS 380-60) Bunday vtulkalar ko’pincha kengaytirish moslamalarida ishlatiladi. SHakldor yuzalarga ishlov berishda nusxa ko’chirish imkoniyatiga ega bo’lgan ko’rilmalar ishlatiladi. Bunda ishchi asbobni shakldor yuzalar bo’yicha xarakatini kopir yordamida tapminlanadi. Masalan, shakldor yuzaga ega bo’lgan zagotovkani frezerlash uchun (7.4-rasm) mos xolda mahkamlangan zagotovka 1 va kopir 2 umumiy o’q bo’yicha aylanadi, rolik 3 va freza o’qlari orasidagi « a» masofa doimiy saqlanadi va birgalikda xarakatlanadi. Kopir xamma vaqt rolikga tegib turadi. Freza o’qi va kopir aylanish o’qi orasidagi masofa kopir profiliga mos xolda o’zgaradi va bu bilan kerakli shakl olinadi. rasm. SHakldor berk profil bo’yicha frezerlash va kopir profilini qurish sxemasi. 3. Moslamalar tanalari. Moslama tanasi bazaviy detaldir.Tanaga o’rnatish elementlari, qisish qurilmalari, yo’naltiruvchi va yordamchi detallar mahkamlanadi. Kesish va qisish kuchlari zagotovka orqali tanaga ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun tana mustaxkam va bikr bo’lib zagotovkalarni tez o’rnatish va yechib olish uchun qulay bo’lishi kerak. Tana konstruktsiyasi moslamani dastgohda to’g’ri va tez o’rnatish elementlarini qirindidan tozalab turish uchun qulay bo’lishi kerak. Tanalar yaxlit va yig’ma bo’lishi mumkin. Yaxlit tanalar kulrang chuyandan quyib yoki po’latdan payvandlab tayyorlanadi. Quyma tanalar ichki kuchlanishlar ta’sirida egilishlari mumkin, shuning uchun dastlabki mexanikaviy ishlov berishdan keyin ular eskirtiradilar. Payvandlangan po’lat tanalar asosan katta detallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan moslamalarda ishlatiladi. Payvndlangan tanalar detallari uchun zagotovkalar 8-10 mm kalinlikdagi sortli po’latdan bichib kirkib olinadi. Payvandlangan po’lat tanalar quyma chuyan tanalardan arzon,ularning og’irligi oz va ishlov berilishiga qulay. Payvandlash jarayonida tanalar deformatsiyalanadi. SHuning uchun bularda qoldiq kuchlanishlar sodir bo’lib, ular tana aniqligiga ta’sir qiladi. Bu kuchlanishlarni yo’qotish uchun payvndlangan joylar yumshatiladi. Moslamalarni dastgohlarga o’rnatiish uchun o’rnatish joylari dastgohga mos kelishi kerak. Masalan, tokarlik dastgohlarda shpindelni sirti va teshigi konstruktsiyasi xamda o’lchamlariga mos xolda tokarlik patroni o’rnatish yuzalari tayyorlanadi. Frezerlik moslamalari dastgoh stoli T-simon chuqurchalarga aloxida shponkalar yordamida bazalashtirilib bolt bilan mahkamlanadi (rasm). Tanalarni loyixalashda muxim masalalardan biri qirindilar va moylash-sovutish suyuqliklarini qulay chiqarib tashlanishiga asosiy e’tibor beriladi (rasm). rasm. Dastgox stolida moslama tanasini mahkamlash variantlari. rasm. MSS va qirindilarini tushushini osonlashtirish sxemasi. Alyuminiy va plastmassalardan ishlangan tanalar kam ishlati   ladi. Standart va normallashtirilgan zagotovkalardan tanalar tayyorlansa ularning sermehnatligi va tannarxi pasayadi.  Adabiyotlar 1. Islom Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Toshkent, O’zbekiston, 1997. 2. B.E.Muhamedov Metrologiya. Texnologik ko’rsatkichlarini o’lchash usullari va asboblari Toshkent, - O’qituvchi. 1991. 3. Г.М.Иванов, Н.Д.Кузнецов, В.С.Чистяков. Теплотехнические измерения и приборы. М: Энергоатомиздат. 1984. 4. В.С.Чистяков. краткий справочник по теплотехническим измерениям. – М: Энергоатомиздат. 1990. 5. Н.Д.Кузнецов В.С.Чистяков. Сборник задач и вопросов по теплотехническим измерениям и приборам. . –М: Энергоатомиздат. 1986. 6. Гольцман В.А. Приборы контроля и средств автоматизации тепловых процессов. М.: Высшая школа. 1980. 7. SHoyunusov Sh.SH. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan ma‘ruza matnlari. ToshDTU. 2000. 8. SHoyunusov Sh.SH., Raximdjanov R.T. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan tajriba ishlari uchun-uslubiy qo’llanma. ToshDTU. 1999. 9. Рахимджанов Р.Т., Шоюнусов Ш.Ш., Алимов Х.А. Теплотехнические измерения. Учебное пособие для бакалавров обучаюшихся по направлению «Теплоэнергетика» ТашГТУ 2002.