logo

Termodenamikaning asoslari va qonunlari. Perpetuum mobile va ularning termodinamika qonunlaridagi tahlili

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

558.5 KB
Termodenamikaning asoslari va qonunlari. Perpetuum mobile va ularning termodinamika qonunlaridagi tahlili Reja: 1. Termodinamika asoslari va qonunlari. 2. Termodinamikaning birinchi bosh qonuni birinchi tur abadiy dvigetel (PERPTTJJUM MOBILE). 3. Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni ikkinchi tur abadiy dvigetel PERPTTUUM -MOBILE). PERPETUUM MOBILE VA ULARNING TERMODINAMIKA QONUNLARIDAGI TAXLILI. Termodinamika asoslari XIX asrning birinchi yarimlarida issiqlik mashinalarining samaradorligini oshirish haqidagi masala qo&#39;yilgan edi. Bu masalani hal qilish uchun energiyaning aylanish va saqlanish qonunlarini, issiqlikning mexanik ishga aylanishini bilish lozim edi. Issiqlik texnikasining ana shu talabi munosabati bilan termodinamika yuzaga keldi. Termodinamika turli issiqlik, mexanik, elektr va hokazo jarayonlarda molekulalaming issiqlik (tartibsiz) harakati tufayli energiyaning o&#39;zgarishi va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuniyatlarini o&#39;rganadi. Termodinamika asosida insoniyatning ko&#39;p asrlik tajribasi natijasida tasdiklangan ikkita fundamental qonun yotadi. Birinchi qonun energiyaning aylanish protsessining miqdoriy va sifat tomonlarini tavsiflaydi. Ikkinchi qonun bu protsesslarning yo&#39;nalishlari haqida fikr yuritishga imkon beradi. Jismning holatini harakterlaydigan kattaliklarning birortasi o&#39;zgarsa, jism holati o&#39;zgaradi, natijada jism bir holatdan boshqa holatga o&#39;tadi. Bunga termodinamik jarayon deyiladi. Termodinamik jarayon ro&#39;y berayotgan jism yoki jismlar to&#39;plami termodinamik sistema deyiladi. Silindr porsheni ostidagi gazni termodinamik sistema deyish mumkin. Molekulyar-kinetik nazariyasidan ma&#39;lumki, molekulalar doimo harakatda bo&#39;lganligi uchun ular kinetik energiyaga ega. Shu bilan birga modda molekulalari orasida o&#39;zaro ta&#39;sir kuchi bo&#39;lganligi sababli molekulalar o&#39;zaro potensial energiyaga ham ega bo&#39;ladi. Moddani tashkil qilgan barcha molekulalar va atomlar harakatining kinetik energiyasi hamda ularning o&#39;zaro ta&#39;sir potensial energiyasining yig&#39;indisi jismning ichki energiyasi deyiladi. Har qanday jismning ichki energiyasi issiqlik holatiga bog&#39;liq bo&#39;lganligi uchun, jism issiqlik holatining o&#39;zgarishi bilan ichki energiyasi o&#39;zgaradi. Modda issiqlik holatining o&#39;zgarishi, ya&#39;ni uni tashkil qilgan molekulalar issiqlik harakati tezliklarining o&#39;zgarishi natijasida modda yoki isiydi yoki soviydi. Demak, jismning issiqlik holati o&#39;zgarganda molekulalaming faqat kinetik energiyasigina o&#39;zgaradi, buning natijasida uning ichki energiyasi ham o&#39;zgaradi. Moddaning agregat holati o&#39;zgarganda, ya&#39;ni modda bir agregat holatdan ikkinchisiga o&#39;tganda, qattiq holatdan suyuq holatga, suyuq holatdan gazsimon holatga, yoki aksincha o&#39;tishlarda, molekulalarining kinetik va potensial energiyalari o&#39;zgarib, modda ichki energiyasining o&#39;zgarishiga sabab bo&#39;ladi. Jismning issiqlik holatini uning temperaturasi belgilaydi. Shunday qilib, jismning ichki energiyasi uning holatiga bog&#39;liq bo&#39;ladi. Shuning uchun bu energiyani sistema holatining funksiyasi deyiladi. Sistema ichki energiyasining o&#39;zgarishiga olib keladigan ikki turli usul mavjud. Bulardan biri - ish bajarishdir. Masalan, porshenli silindr ichiga biror gaz qamalgan bo&#39;lsin. Porshenni yuqoriga yoki pastga harakatlantirish bilan silindr ichidagi gazning hajmi, bosimi va temperaturasini o&#39;zgartirish mumkin. Shuningdek, harakatdagi porshen gazga ma&#39;lum kuch bilan ta&#39;sir etib ish bajaradi va shu rufayli gazning ichki energiyasi o&#39;zgaradi. Sistemaning ichki energiyasini o&#39;zgartirishining ikkinchi usuli unga issiqlik uzatishdir. Ish bajarmasdan turib jism ichki energiyasining o&#39;zgarish jarayoni issiqlik uzatish deyiladi. Issiqlik uzatish jismlar bir- biriga bevosita tegib to&#39;rganda (plitka ustidagi choynakning isishi), bir- biridan ma&#39;lum uzoqlikda bo&#39;lganda (buyumlarning pechka yoki quyoshdan isishi) ham ro&#39;y berib jismning ichki energiyasini o&#39;zgartiradi. Demak, ish bajarish yoki issiqlik uzatish yuli bilan jismning ichki energiyasini o&#39;zgartirish mumkin ekan. Jismning ichki energiyasi ortsa, u atrofdan ma&#39;lum miqdorda energiya olgan bo&#39;ladi, aksincha, ichki energiyasi kamaysa, jism o&#39;z energiyasining bir qismini atrofga bergan bo&#39;ladi. Jismning issiqlik uzatish jarayonida bergan yoki olgan energiyasi issiqlik miqdori deb ataladi. Issiqlik miqdori, odatda [Q] harfi bilan belgilanadi. Jismga berilgan yoki undan olingan issiqlik miqdori jism temperaturasining o&#39;zgarishiga va uning massasiga proporsional bo&#39;ladi, ya&#39;ni: (1) Bu yerda: c - solishtirma issiqlik sig&#39;imi; m - jism massasi; - temperaturaning o&#39;zgarishi. SI] sistemasida issiqlik miqdori joullarda o&#39;lchanadi, ya&#39;ni Amaliyotda ko&#39;pincha kaloriya va kilokaloriyalarda o&#39;lchanadi, ya&#39;ni[Q] =[ kal] [Q]=kkal . Kaloriya, kilokaloriyalar bilan joul orasidagi bog&#39;lanish quyidagicha bo&#39;ladi: 1kal = 4,19 J , 1 kkal =1 O 3 kal = 4,19 *1 O 3 J . (1) formulada c - moddaning solishtirma issiqlik sig&#39;imi bo&#39;lib, uning ta&#39;rifi quyidagicha bo&#39;ladi. Moddaning solishtirma issiqlik sig&#39;imi deb, moddaning bir birlik massasini 1 K ga isitish uchun zarur bo&#39;lgan issiqlik miqdoriga teng bo&#39;lgan fizik kattalikka aytiladi, ya&#39;ni:  (2) , (3) Amaliyotda Energiyaning saqlanishi va aylanishining issiqlik xodisalariga taalluqli bo&#39;lgan qonuni termodinamikaning birinchi qonuni deb ataladi va flzikaning muhim qonunlaridan birining asosi hisoblanadi. Termodinamika birinchi qonuniga quyidagicha ta&#39;rif berish mumkin: Sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistema ichki energiyasining o&#39;zgarishiga va sistema tashqi kuchni yengishi uchun bajargan ishga sarflanadi, ya&#39;ni Q = AU + A (4) dQ = dU + dA. (5) Gaz hajmining o&#39;zgarishida bajargan ish termodinamik ish deb ataladi va u quyidagi formula orqali ifodalanadi, ya&#39;ni dA = P*dV. (6) (6) formula faqat gazlar uchungina emas, balki boshqa moddalar uchun ham o&#39;rinlidir. Termodinamikaning birinchi qonunini gaz jarayonlariga tatbiq etib, bu jarayonlaming harakteri haqida muhim xulosalar chikarish mumkin. (6) formulaga binoan, termodinamikaning birinchi qonunini quyidagi ko&#39;rinishda yozish mumkin: dQ = dU + P*dV . (7) Bu ifodani ideal gaz jarayonlariga tatbiq etaylik. 1. Izotermik jarayon (T = const). Bu jarayonda gazning ichki energiyasi o&#39;zgarmaydi. Xaqiqatan ham, ichki energiya formulasiga asosan dT R m dU    2 3  (8) deb yozish mumkin, bunda dT - temperaturaning o&#39;zgarishi. T = const bo&#39;lganda dT = o, demak, dU = o bo&#39;ladi. Binobarin, termodinamikaning birinchi qonuni quyidagi ko&#39;rinishda ifodalanadi, ya&#39;ni: dQ = dA (9) Izotermik jarayonda sistemaga berilgan issiqlik miqdorining hammasi ish bajarishga sarf bo&#39;ladi. Izotermik jarayonda bajarilgan ish, ya&#39;ni 1 2 ln V V RT A  (10) 2 1 ln P P RT A  (11) 2. Izoxorik jarayon (v = const). Izoxorik jarayonda dV=o bo&#39;lgani uchun, gaz tashqi jismlar ustida (yoki tashqi kuchlar gaz ustida) hech qanday ish bajarilmaydi, ya&#39;ni  0   dV P dA bo&#39;ladi. U holda (7) tenglik quyidagi ko&#39;rinishda yoziladi: dU dQ  (12) Demak, izoxorik jarayonlarda sistemaga tashqaridan berilgan issiqlik miqdori uning faqat ichki energiyasini oshirishga sarflanar ekan. 3. Izobarik jarayon (p = const). Gazning izobarik jarayonda bajargan ish (6) formuladan aniqlanadi. Binobarin, izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni (5) formula ko&#39;rinishda ifodalanadi, ya&#39;ni dA dU dQ   (13) Izobarik jarayonda sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori sistemaning ichki energiyasining o&#39;zgarishiga va ish bajarishiga sarf bo&#39;ladi. Sistema holatining o&#39;zgarishi mobaynida atrofidagi jismlar bilan sistema orasida issiqlik almashinishi ro&#39;y bermasa, bunday jarayon adiabatik jarayon deb ataladi. Adiabatik jarayonda bo&#39;ladi, shuning uchun termodinamikaning birinchi qonuni quyidagi ko&#39;rinishda bo&#39;ladi: dU dA   (14) Ichki energiya ish bajarish hisobiga o&#39;zgaradi. (14) formuladagi minus ishora adiabatik kengayishda sistemaning ichki energiyasining kamayishini (dU<0) ko&#39;rsatadi - sistema o&#39;zining ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi (dA>0). Adiabatik siqilishda esa sistemaning ichki energiyasi tashqi kuchlar bajargan ish (dA<0) hisobiga ortadi. Adiabatik jarayonni amalga oshirish uchun jarayon ro&#39;y berayotgan sistemani issiqlikni mutlaqo o&#39;tkazmaydigan g&#39;ilof bilan o&#39;rash kerak. Tabiatda issiqlikni mutlaqo o&#39;tkazmaydigan moddalar mavjud emasligi sababli, sistemani atrof jismlardan adiabatik izolyatsiyalab bo&#39;lmaydi. Biroq adiabatik izolyatsiyalangan sistemalarga kundalik turmushda ishlatiladigan Dyuar idish - termos misol bo&#39;ladi. Idishning tuzilishi qo&#39;sh qavatli yupqa shisha devordan iborat bo&#39;lib, devorlar orasida vakuum hosil qilingan bo&#39;ladi, shu sababli devorlar bir-biri bilan issiqlik almashinmaydi. Gaz siqilganda ichki energiya ortadi. Bu esa gazning temperaturasi ko&#39;tarilganligini bildiradi. Tez siqilganda havoning isishidan dizel dvigatellarida foydalaniladi. Adiabatik jarayon uchun gaz bosimi bilan hajmi orasida quyidagicha bog&#39;lanish mavjudligi aniqlangan: (15) bu yerda - doimiy kattalik bo&#39;lib, u adiabata ko&#39;rsatkichi deb ataladi. (15) ifoda fransuz fizigi Puasson tomonidan aniqlangani uchun uning nomi bilan Puasson tenglamasi deb ataladi. P-V diagrammada adiabatik jarayonining grafik tasviri 1 rasmda ko&#39;rsatilgan. 1 -rasm. Tabiatda adiabatik kengayishi natijasida gazning sovishi Yer atmosferasida keng miqyosda yuz beradi. Isigan havo yuqori ko&#39;tarilib kengayadi, chunki yuqori ko&#39;tarilgan sari atmosfera bosimi kamayib boradi. Havo bunday kengayganda ko&#39;p soviydi. Natijada ko&#39;tarilgan suv bug&#39;lari kondensatsiyalanib, bulut hosil bo&#39;ladi. Yoqilg&#39;ining ichki energiyasinig mexanik energiyaga aylantiruvchi mashinalar issiqlik mashinalari yoki issiqlik dvigatellari deb ataladi. Zamonaviy texnikada issiqlik dvigatellari asosiy o&#39;rinlardan birida turadi. Issiqlik dvigatellari tuzilish va ishlash prinsiplariga qarab bug&#39; mashinasi, ichki yonuv dvigateli, bug&#39; va gaz turbinalari, reaktiv dvigatellarga bo&#39;linadi. Bu dvigatellaming hammasida yoqilg&#39;i energiyasi gaz (yoki bug&#39;) energiyasiga aylanadi, bu energiya esa mexanik energiyaga aylanib ish bajariladi. Issiqlik mashinalarida aylanma jarayon deb ataladigan jarayonlarda ichki energiyaning mexanik energiyaga aylanishi amalga oshadi. Sistema qator holatlami o&#39;tish natijasida o&#39;zining dastlabki holatiga qaytadigan jarayon aylanma jarayon deyiladi. Aylanma jarayon sifatida quyidagi jarayonni ko&#39;rib chiqaylik. Faraz qilaylik, biror massali gaz i->a->2 egri chiziq bilan ifodalanuvchi qator holatlardan o&#39;tib kengaygan bo&#39;lsin (2-rasm). So&#39;ng 2 -+b^>\ egri chiziq bilan ifodalanuvchi holatdan o&#39;tib siqilgan va boshlang&#39;ich holatiga qaytgan bo&#39;lsin. 2-rasm. Aylanma jarayon grafikda berk egri chiziq bilan ifodalanishini ko&#39;ramiz. Kengayishda bajarilgan A X ish musbat, uni gaz bajaradi va son jihatdan 1a2dc1 shaklning yuziga teng, ya&#39;ni (16) Gazning siqilishida bajarilgan A 2 ish manfiy bo&#39;ladi A 2 <0, chunki uni tashqi kuchlar bajaradi va son jihatdan 2bicd2 shaklning yuziga teng, ya&#39;ni (17) Aylanma jarayonda gaz bajargan ish kengayishda bajarilgan A X ish bilan siqilishda bajarilgan A 2 ish ayirmasiga teng bo&#39;ladi: (18) Aylanma jarayonda bajarilgan A ish P-V diagrammada berk \ 1a2b1\ egri chiziq bilan chegaralangan shaklning yuzi (2-rasmda shtrixlangan) bilan ifodalanadi: (19) Issiqlik mashinalarida bunday aylanma jarayon davriy ravishda takrorlanib turadi va har bir aylanma jarayonda biror A ish bajariladi. 1824 yilda fransuz injeneri va olimi Sadi Karno issiqlik mashinasining ishlash prinsipini va samaradorligini nazariy o&#39;rganib, har qanday issiqlik mashinasining ishlashi uchun ishchi jism, isitkich va sovitkich bo&#39;lishi zarurligini ko&#39;rsatdi. Karno tomonidan tavsiya etilgan ideal mashinada ishchi jism sifatida silindr porsheni ostidagi ideal gaz olingan. Mashina davriy ravishda Karno aylanma jarayoni deb ataladigan ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan iborat aylanma jarayonlami bajaradi (3-rasm). Sistema holatining o&#39;zgarishi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. 3-rasm. 1. Kengayishning birinchi izotermik bosqichida (1-2 egri chiziq) gaz isitkichdan issiqlik miqdorini olib, hajmi dan gacha kengayib ish bajaradi va kattaliklari P 1 , V 1 , T 1 dan P 2 , V 2 , T 2 gacha o&#39;zgaradi. 2. Kengayishning ikkinchi adiabatik bosqichida (2-3 egri chiziq) hajm v 2 dan v 3 gacha kengayadi. Ammo ish gazning ichki energiyasining kamayishi hisobiga bajariladi. Bunda gaz tashqaridan issiqlik olmaydi ham, bermaydi ham. Gazning kattaliklari P 2 , V 2 , T X dan P 3 , V 3 , T 2 gacha o&#39;zgaradi. 3. Aylanma jarayonning oxirgi qismida gaz adiabatik siqilib, gaz hajmi v 4 dan v x gacha kamayadi (4-1 egri chiziq). Bunda bajarilgan ish gaz temperaturasini boshlang&#39;ich darajasiga ko&#39;tarish uchun sarflanadi, sistemaning ichki energiyasi ortadi. Sistemaning kattaliklari P 4 , V 4 , T 4 dan P 1 , V 1 , T 3 gacha o&#39;zgaradi, ya&#39;ni boshlang&#39;ich holatdagi qiymatni egallaydi. Shunday qilib, aylanma jarayon davomida gazning bajargan ishi isitkichdan olingan Q 1 va sovitkichga berilgan Q 2 issiqlik miqdorlarining ayirmasiga teng, ya&#39;ni (20) Har qanday issiqlik dvigateli (mashina) Q 1 issiqlik miqdorini oladigan T X temperaturali isitkichdan, Q 2 issiqlik miqdorini beradigan T 2 temperaturali sovutgichdan va mexanik ishni bajaradigan ishchi moddadan tashkil topgan bo&#39;ladi (4-rasm). Ish Ishchi modda  4-rasim 4-rasm Issiqlik dvigatellarining ish bajarishdagi energiya tejamkorligini harakterlash uchun issiqlik dvigatellarining foydali ish koeffltsiyenti rushunchasi kiritiladi. Issiqlik dvigatelining foydali ish koeffltsiyenti FIK deb, dvigatel bajargan A ishining isitkichdan olgan Q X issiqlik miqdoriga bo&#39;lgan nisbatiga aytiladi, ya&#39;ni 1 2 1 1 Q Q Q Q A     (21) yoki 1 2 1 Q Q   (22) Agar isitkichning temperaturasi T 1 sovitkichnikini T 2 desak, Karno aylanma jarayoni bo&#39;yicha ishlaydigan ideal issiqlik mashinasining nazariy mumkin bo&#39;lgan eng katta [FIK] quyidagicha ifodalanishini Karno isbot qilgan: 1 2 1 T T T    (23) yoki 100 1 2 1    T T T  (24) Demak, ideal issiqlik mashinasining [FIK] ni oshirish uchun isitkichning temperaturasi yuqori, sovitkichniki esa past bo&#39;lishi kerak. Faqat sovitkich temperaturasi absolyut nol, ya&#39;ni T 2 =0 K bo&#39;lganda [FIK] birga teng 1  bo&#39;lib qolgan hamma real sharoitdagi temperaturalarda birdan kichik, ya&#39;ni 1  bo&#39;ladi. Issiqlik dvigatellari xalq xo&#39;jaligida turli-tuman maqsadlarda foydalaniladi. Ular samolyot, teploxod, avtomobil, traktor, teplovoz- larni, shuningdek, daryo va dengiz kemalarini harakatga keltiradi. Umuman, hozirgi vaqtda hayotni dvigatellarsiz tasavvur etib bo&#39;lmaydi. Hozirgi kunda dunyo olimlari, injener-konstruktorlari oldidagi eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 1. Issiqlik dvigatellarini takomillashtirish va FIK ni oshirish; 2.Yonilg&#39;i tanqisligini nazarda rutgan holda neft va neft mahsulotlarini boshqa turdagi yonilg&#39;i bilan almashtirish; 3. Neft va neft mahsulotlarini vodorod va quyosh energiyasi bilan almashtirish. Vodorod yonganda atmosferaga zararli gazlar chiqmaydi. O&#39;zbekiston sharoitida yilning taxminan 300 kuni bulutsiz - quyoshli bo&#39;lar ekan. Demak, quyosh energiyasidan to&#39;liq foydalanish mumkin. Hozirgi kunda mutaxassislar oldida turgan asosiy muammolardan biri vodorod va quyosh energiyasidan to&#39;liq foydalanishni ishlab chiqarish. Ideal issiqlik mashinasining FIK ning qiymatini ifodalovchi (21) va (23) formulalardan shunday munosabat kelib chiqadi: (25) 1 2 1 1 2 1 T T T Q Q Q    bunda (26) demak (27) Endi Q 2 ning ishchi moddadan sovitkichga berilgan issiqlik miqdori sifatida manfiy bo&#39;lishini nazarga olamiz. Bu holda oxirgi formulaning chap qismidagi algebraik yig&#39;indi ko&#39;rinishida yozish mumkin: (28) (28) Ishchi moddaga berilgan issiqlikning shu issiqlik miqdori berilayotgan absolyut temperaturaga nisbati (Ј) keltirilgan issiqlik deyiladi. (28) formuladan Karno sikli uchun keltirilgan issiqliklarning algebraik yig&#39;indisi nolga teng. Bu qoidaning har qanday teskari aylanma jarayon uchun to&#39;g&#39;ri ekanini ko&#39;rsatamiz (5-rasm). Bu jarayonni 5-rasmda ko&#39;rsatilganidek, izotermalar va adiabatalar yordamida juda ko&#39;p sonli n juda tor Karno sikllariga ajratamiz.1 2 1 2 T T Q Q  0 1 2 1 2   T T Q Q 0 1 2 1 2   T T Q Q 5-rasm. Har bir elementar Karno sikli uchun (28) formula o&#39;rinli: …………………… ………… (29) buyerda Δ Q U . - ishchijismning temperaturada i T1 kengayishining i - 0 21 21 11 11     T Q T Q 0 22 22 12 12     T Q T Q 0 2 2 1 1     i i i i T Q T Q 0 2 2 1 1     n n n n T Q T Q uchastkasida olgan issiqligi, Δ Q 2 I - ishchi jismning T 2 I temperaturada siqilishining i - uchastkasida bergan issiqligi. Bu tengliklami qo&#39;shib, shunday yig&#39;indini hosil qilamiz: 0 1 2 2 1 1 1                    n i i i AaB n i i i T Q T Q (30) yoki 0 ) ( ) (     BbA AaB T dQ T dQ yoki 0 ) (  AaBbA T dQ (31) AaBbA berk kontur bo&#39;yicha olingan (31) integralning nolga tengligidan integral ostidagi ^ ifoda biror s funksiyaning to&#39;liq differensiali ekanligi kelib chiqadi. Bu funksiya faqat sistemaning holatiga bog&#39;liq bo&#39;lib, sistemaning bu holatga qanday yo&#39;l bilan kelishiga bog&#39;liq bo&#39;lmaydi. Shunday qilib, dS T dQ  (32) s funksiyani birinchi bo&#39;lib Klauzius kiritgan va uni entropiya deb atagan edi. Energiya bilan bir qatorda entropiya ham sistemaning muhim harakteristikalaridan biridir. Agar qaytar jarayon vositasida sistema A holatdan B holatga o&#39;tsa, u holda sistema entropiyasining o&#39;zgarishi (32) tenglikni integrallash yo&#39;li bilan topiladi:        B A A B B A BA T dQ S S S S dS (33) bu yerda s A - sistemaning boshlang&#39;ich A holatdagi entropiyasi, s B - sistemaning oxirgi B holatdagi entropiyasi, Δ S = S B - S A - entropiyaning o&#39;zgarishi. Agar izolyatsiyalangan sistemada qaytar jarayonlar bo&#39;layotgan bo&#39;lsa, bu sistemaning entropiyasi o&#39;zgarishsiz qoladi. Agar izolyatsiyalangan sistemada qaytmas jarayonlar bo&#39;layotgan bo&#39;lsa, bu sistemaning entropiyasi ortadi. Matematikada bu qoidani quyidagi ko&#39;rinishda yozish mumkin: Δ S > 0 (34) Bu tengsizlik Klauzius tengsizligi deyiladi. Tabiatdagi jarayonlar qaytmaydigan jarayonlardir. Issiq jismdan sovuq jismga issiqlik o&#39;tishi va mexanik energiyaning ichki energiyaga o&#39;tishi qaytmas jarayonlarning misollaridir. Bu misollarning hammasi tabiatda jarayonlar termodinamikaning birinchi qonunida hech aks ettirilmagan ma&#39;lum bir yo&#39;nalishda yuz berishini ko&#39;rsatadi. Tabiatda hamma makroskopik jarayonlar faqat tayinli bir yo&#39;nalishda yuz beradi. Teskari yo&#39;nalishda ular o&#39;z-o&#39;zidan yuz berolmaydi. Tabiatdagi hamma protsesslar qaytmaydigan bo&#39;lib, ularning eng mudhishi organizmlarning qarishi va o&#39;lishidir. Termodinamikaning ikkinchi qonuni real jarayonlarning yo&#39;nalishlarini ko&#39;rsatadi. Bu qonun tajribadan olingan. 1906 yilda termodinamika Nernst tomonidan empirik yo&#39;l bilan kashf qilingan yangi fundamental qonun bilan boyidi. Bu qonun Nernstning issiqlik teoremasi deb ataladi. Nernst teoremasi ko&#39;pincha termodinamikaning uchinchi qonuni deb yuritiladi. Nernst teoremasining ta&#39;rifi quyidagicha bo&#39;ladi: Absolyut nolga yaqinlashishda sistemaning absolyut entropiyasi ham bunda sistemaning holatini harakterlovchi barcha parametrlarning qanday qiymatlar qabul qilishidan qat&#39;i nazar, absolyut nolga intiladi, ya&#39;ni T = O bo&#39;lganda, S = 0. (35) Haqiqatan ham, absolyut nolda termodinamik sistemaning holatiga eng kam tartibsizlik (ya&#39;ni eng ko&#39;p tartiblilik) to&#39;g&#39;ri keladi. Hamma atomlar ma&#39;lum joylarda, ya&#39;ni qattiq jism kristall panjarasining t ugunlariga, barcha elektronlar esa eng past energetik sathlarga joylashadi. Bu holat absolyut nolda mumkin bo&#39;lgan yagona (haqiqiy) holat bo&#39;lib, uning ehtimolligi birga teng. Shuni qayd etish kerakki, nemis fizigi Nernst (35) munosabatga boshqa yo&#39;l bilan, ya&#39;ni past temperaturalarda jismning issiqlik sig&#39;imlarining o&#39;zgarishining natijasida keldi. Xulosa qilib aytish kerakki, termodinamikaning ikkita asosiy qonuni va Nernstning issiqlik teoremasi issiqlik texnikasining asosi hisoblanadi. Bu uchta qonun barcha termodinamik jarayonlami tahlil qilish va turli issiqlik mashinalarini hisoblashga imkon beradi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuni birinchi tur abadiy dvigetel (PERPTTUUM MOBILE) yasash yolidagi urunishlarga chek qoydirlssiqlik dvigitellarida yoqilgining yonishi tufayli ajraladigan issiqlik miqdori evaziga ish bajariladi. Lekin sistema davriy ravishda ozining boshlangich xolatiga qaytadi. Binobarin sistema ichki energiyasi o’zgarmaydi. Bundan davriy ravishda ishlaydigan dvigetelning bajaradigan ishi unga berilayotgan issiqlik miqdoridan katta bo’la olmaydi degan xulosa kelib chiqadi.Oladigan issiqlik miqdoriga nisbatan ko’proq ish bajaradigan xayoliy mashinani birinchi tur abadiy dvigatel deb ataladi. Bu nomdan foydalanib termodinamika birinchi bosh qonunini quydagicha tariflasak xam boladi. Birinchi tur abadiy dvigatel yasash mumkun emas. Birinchi tur Perpetuum mobile termadina mikaning birinchi bosh qonuniga zid edi, chunki hech qanday energiya sarflamasdan ish bajarish lozim edi. Ikinchi tur perpetuum mobile esa termadinamikaning ikkinchi bish qonuni inkor etiladi. Ikkinchi tur perpetuum mobileni yasash mumkin emasligi KELVIN tomonidan ikkinchi bosh qonunga berilgan tarifda aniqroq aks ettirilgan. Sistemaga oid bolgan sovuq jismning issiqligini ishga aylntira oladigan issiqlik mashina yaratib bolmaydi. Xaqiqatdan bunday qurilma asrimizning ortalarida franzuz injinerlari KLOD va BUSHERO tomanidan Afrika shimoliy qirgoqlari yaqinida barpo etildi. Unda Okeanning sovuq qatlamlaridan sovutgich sifatida, yuqoriroqdagi issiqroq qatlamlaridan esa issitgich sifatida foydalanilgan. Binobarin issiqroq qatlamlaridan olingan issiqlik miqdorining bir qismi ishga aylantirilgan . Qolgan qismi sovuqroq qatlamlarga va atrof muxitga berilgan. Termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini KLAUZIUS quydagicha tariflaydi: Issiqlik miqdori o’z o’zicha kamroq isigan jismdan ko’proq isigan jismga o’ta olmaydi. Xaqiqatdan issiqlik miqdorining bunday uzatilishi sodir bolishi uchun sovutgich mashinalarda ishchi jism ustida ish bajarish lozimligini bilamiz. Xulosa qilib aytganimizda termadinimika ikkinchi bosh qonunining tariflari shakillari bilan farqlanadi. Lekin barchasining xam mazmuni tabiatdagi protsesslarning sodir bolish yo’nalishini ko’rsatishdan iborat. Adabiyotlar: 1. Savelev I.V “Fizika kursi” O’qituvchi 1989-1992 y. 2. No’monxo’djayev A.S “Fizika kursi” O’qituvchi 1989-1992 y. 3. Nazerov O’.O’ “Umumiy fizika kursi” O’qituvchi 1989-1992 y. 4. Axmadjanov O.I “Fizika kursi” O’qituvchi 1989-1992 y. 5. Trofiliva T.I “Kurs fiziki” V/sh 1992. 6. Sivuxin “Termodinamika v molekilyarnya fizika” V/sh 1990. 7. Betlaf A.A Yavorsk K.Ya “Kurs fiziki” V/sh 1989.