logo

Bir necha asosli karbon kislotalar tsikli. Ikki va uch karbon kislotali sikl (biokimyo)

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

345.6826171875 KB
Bir necha asosli karbon kislotalar tsikli. Ikki va uch karbon kislotali sikl. Oksidlanish yo`li bilan fosforlanish va ATF sintezi Nafas olish jarayonini xujayradagi o`rni. Achishni va glikolizni o’rganish . Achish hodisasi qadimdan mahlum bo’lsa ham uning х aqiqiy tabiati va umumiy me х anizmi fransus olimi Lui Paster tamonidan aniqlangan. 1861 yili Paster glyukozadan etil spirt va S О 2 ning hosil bo’lishi atmosfera kislorodi ishtirokisiz (anaerob) o’tishini tasdiqladi. Bu jarayonni u faqat tirik organizmlar (achitqilar va boshqa mikroorganizmlar) hayot faoliyatiga bog’lab, ularsiz achish yuz bermasligini ta`kidlagan edi. Achish fermentlari va substratlarining bir qator olimlar (1897 yili Byun х er – achish fermentlarini sistematik o’rgangan, A.N. Lebedov achitqidan shira ajratib olgan.) tomonidan tekshirilishi achitqi shirasi murakkab ferment va kofermentlar sistemasidan iborat ekanligini ko’rsatdi. Hayvon to’qimalarida va ba`zi bakteriyalarda achish natijasida laktat kislota hosil bo’lishi bilan birga, achitqi, muskul va jigarda ro’y beradigan achish jarayonining reaktsiyalari asosan bir х il ekanligi aniqlandi. Spirt va laktat kislotali achishni kimyoviy asosini o’rganish A.A. Ivanov, Gorden va Yonglar tomonidan х ujayrasiz achitqi shirasida achish uchun fosfat kislota lozim ekanligi ko’rsatilgan va birinchi fosfat efiri fruktoza-1,6 difosfatni ajratib olishi deyarli bir vaqtda boshlanadi. 1907 yili Fletcher va Gipkins laktat kislotani muskullarda anaerob sharoitida qisqarganida ko’proq paydo bo’lishini isbotlagan. Demak har qanday tirik mavjudot o’z hayot faoliyatini ta`minlash uchun energiyaga mu х tojdir. Bu ham mikroorganizmlar, ham o’simliklar, ham hayvonlar, ham odam organizmi uchun х osdir. Ko’pgina bakteriya va mikroorganizmlar bu energiyani ayrim noorganik elementlarni oksidlanishi hisobiga hosil qiladilar. Masalan, temirning ayrim birikmalarini bakteriyalar, ayrim mikroblar esa marganets birikmalarini oksidlanishi hisobiga energiya bilan ta`minlanadilar. Ular bu energiyani karbonat angidridning assimilyatsiyasi hisobiga organik moddalar hosil kilish, ya`ni х emosintezga sarflaydilar. Х emosintez ;-avtotrof organizmlar ichida fotosintez protsessini amalga oshiruvchi, lekin pigmentga ega bo’lmaganlari ham uchrab, bu organizmlar S О 2 ni qaytarib uglevodlar sintez qiladi. Bu jarayonda kerakli energiyani esa anorganik moddalarni oksidlanishi hisobiga oladi. Bu qobuliyatga ega bo’lgan juda ko’p organizmlar suv va tuproq bakteriyalari S О 2 ni avtotorof yo’l bilan fiksatsiya qiladi. Hayotning bu avtotrofik yo’li anorganik oksidlanish deb ham ataladi. Har х il bakteriyalar (oltingugurt bakteriyalari, nitratlovchi bakteriyalar va boshqalar) NH3 singari moddalarni oksidlab, ajralgan energiyani makroergik birikmalar shaklida to’planadi. Bu hosil bo’lgan energiyalar esa aynan shu organizmlar uchun ATF sintezi bilan bir vaqtda yuqoridagi energiya hisobiga vodorod donorini (D*N2) parchalab, qaytaruvchi ekvivalent hosil qiladi. Boshqa organizmlar esa o’z faoliyati uchun asosan qandlarning dissimilyatsiyasi hisobiga ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadilar. Qandlar esa o’z navbatida fotosintez jarayonining mahsulotidir. О rganizmlarda qandlarning dissimilyatsiyasi ikki х il boradi: Aerob ya`ni kislorodli muhitda, ya`ni bu nafas olish jarayonida borsa; Anaerob kislorodsiz muhitda, ya`ni achish jarayonida boradi. О rganik moddalarning kislorodli va kislorodsiz parchalanishi faqatgina energiya manbayi bo’lmay, ularning oraliq mahsuloti boshqa birikmalarning sintezi uchun х omash`yo bo’lib х izmat qiladi. Achish jarayoni er sharida nafas olish jarayonidan oldinroq mavjud bo’lgan. Achish hisobiga uglevodlarning dissimilyatsiyalanishida nafas olish hisobiga dissimilyatsiyalanishiga nisbatan ancha kam energiya ajralib chiqadi. Turli o’simliklar bir-biridan nafas olish va achitish qobiliyati bilan farq qiladi. Achish jarayoni mevalarning kislorod tanqis bo’lgan ichki to’qimalarida ko’zatiladi. Etilayotgan mevalarda achish jarayonining borayotgani uning tarkibida spirt hosil bo’layotgani bilan isbotlanadi. (nok, behi, apelsin, olma, kovun). Bu jarayonda etil spirtidan tashqari atsetaldegid, sirka kislotasi, х atto etilen kabi moddalar pishayotgan mevalar tarkibida topilganligi achish va nafas olish jarayonlarining o’zaro bog’likligini tasdiqlaydi. Uglevodlarning anaerob parchalanishi (achish) jarayonlari ichida eng muhimi va ahamiyatlisi spirtli achishdir. Spirtli achish bir qator mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasidir. Bulardan eng muhimi sof drojjilardir. Spirtli achishning umumlashgan tenglamasi Gey-Lyussak tomonidan quyidagicha ifodalangan: Spirtli achishda yuqoridagi asosiy mahsulotlardan tashqari oz miqdorda yantar kislota va «sivush» moylari-amil, izoamil, butil va boshqa spirtlar aralashmasi hosil bo’ladi. Ulardan tashqari juda kam miqdorda vino, pivo va boshqa spirtli ichimliklarga ma х sus ta`m beruvchi sirka aldegidi, glitserin va boshqa moddalar hosil bo’ladi. Turli qandlar har х il tezlikda achiydi: Glyukoza, fruktoza>mannoza>galaktoza. Pentozalar achitqilar ta`sirida umuman achimaydi, ular ma х sus mog’or zamburug’lari ta`sirida achitiladi. Disa х aridlardan sa х aroza va maltoza, oldin gidrolizlanib keyin achitiladi. Achitqilar 60% li qandlarni achitadilar. Kislorod ishtirokida spirtli achish to’ х taydi, chunki drojjilar kerakli energiyani kislorodli nafas olish yo’li bilan hosil qiladi. (Paster effekti) Sut kislotali achish jarayonida geksozalardan 2 molekula sut kislotasi hosil bo’ladi: Bu achitish ko’proq sun`iy ravishda amalga oshirilib eng ko’p uchraydagan jarayonlar kvas tayyorlash, kapusta achitish, kefir tayyorlashda qo’llaniladi. Bu achitish jarayonida ma х sus achitish preparatlari qo’llanilishda, aynan shu perparatlarni tozaligi ta`minlanishi kerak. Bunday preparatlar gomofermentativ preparatlar deyiladi. Moy kislotali achish kuyidagi reaktsiya asosida boradi: Bu jarayonda qo’shimcha mahsulot sifatida etil spirti, sirka kislotasi, sut kislotasi hosil bo’lishi mumkin. Moy kislotali achish tabiatda botqoqlar ostida uchraydi. Bu uch х ildagi asosiy achish jarayonlari o’zaro uzviy bir biriga bog’likdir. O’simliklar to’qimasi va hujayralarida esa kislorod etarli bo’lmasa, anaerob nafas olish jarayonida piruvat kislota hosil bo’lib, NADFN yordamida etil spirtiga qaytariladi va karbonat angidrid ajralib chiqadi. Bunday bijg’ish (achish) ikki bosqichdan iborat bo’lib, avval piruvat - piruvatdekarboksilaza fermenti ishtirokida atsetaldegid hosil qiladi: Hosil bo’lgan atsetaldegid alkogoldegidrogenaza fermenti ta`sirida etil spirtigacha qaytariladi: O’simliklarda atsetaldegid va spirt hosil bo’lishi har tamonlama o’rganilgan. Ular ayniqsa olma, shaftoli, apelsin, х urmo va boshqa etilayotgan mevalarda ko’p uchraydi. YU.V.Rakitkin ma`lumotiga ko’ra 100 gr. meva tarkibida 0,3-1,9 mg atsetaldegid to’planar ekan. Mikroorganizmlar ishtirokidagi spirtli bijg’ish jarayonida 1 mol karbonat angidrid va bir mol etil spirti ajralib chiqadi. O’simliklarda esa ajralib chiqayotgan karbonat angidrid miqdori etil spirtiga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’simliklarning to’qimalarida glyukozaning bir qismi laktat kislota yoki boshqa birikmalar hosil qilib parchalanishidan darak beradi. Bir qator mikroorganizmlarda va umurtqali hayvonlarning muskul to’qimasida boradigan glikoliz jarayonida piruvat kislotadan, asosan, laktat kislota hosil bo’ladi: Bu yuqoridagi reaktsiya mahsulotlari kartoshka, sabzi va dukkaklilar mevalarida anaerob sharoitda hosil bo’lishi aniqlangan. Glikoliz jarayonida hosil bo’ladigan piruvat kislota yuqoridagi reaktsiyalardan tashqari modda almashinuvi jarayonida boshqa birikmalar ham hosil qiladi va bu uglevodlar, yog’lar, va oqsillarning o’zaro almashinuvini bir- biriga bog’lashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. SHunday qilib uglevodlar anaerob parchalanishining 1-chi bosqich maхsuloti priuvat kislota , shu sharoitda laktat kislota , etil spirti hosil qilsa, aerob sharoitda karbonat angidrid va suv ga parchalanadi. Piruvat kislota uglevodlarning o’zaro almashinuvida muhim aхamiyatga ega bo’lib, umumiy moddalar almashinuvida muhim bo’lib hisoblanadi. Piruvat kislota orqali aminokislotalar, oqsillar, yog’lar, organik kislotalar o’z aro bir biri bilan bog’langan bo’ladi. Piruvat kislota aerob (kislorodli) sharoitda to’liq oksidlanishi uchun avval aktivlangan birikma atsetil-KoA ga aylanadi. Bu birikma moddalar almashinuvi jarayonida muhim a х amiyatga ega bo’lgan organik kislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Tungerg o’simliklar tarkibida organik kislotalarning aerob oksidlanishida ishtirok etadigan bir qator degidrogenaza fermentlari borligini aniqlagan va shunga asoslanib, organik kislotalarni almashinuvi tsikli mavjud degan fikrni bildirgan. Bir necha tadqiqotlardan keyin Krebs tsitrat kislota bilan α -ketoglutarat kislota ham nafas olish jarayonida katalitik ta`sir etishini aniqlagan. U oksaloatsetat bilan priuvat kislotadan tsitrat kislota hosil bo’lishini aniqlaganidan so’ng, Sent-Derdinning dikarbon kislotalar tsikli to’ldirilib, birmuncha o’zgartirilgan holda uchkarbon kislotalar (tsitrat kislota) tsikli yoki Krebs tsikli deb atalgan. TSiklning asosiy funktsiyasi atsetil-KoA yoki tsiklda ishtirok etadigan boshqa birikmalarni hosil qilish hususiyatiga ega bo’lgan barcha moddalarni S О 2 bilan N 2 О ga parchalash emas, balki shu moddalarda mujassamlashgan kimyoviy energiyani ATF molekulasi shaklida to’plangan metabolik energiyaga aylantirishdan iborat. Krebs tsiklida energiyaga boy bo’lgan birikma ATF hosil bo’lmaydi. TSiklning oksidlanish reaktsiyalarida, asosan, qaytarilgan kofermentlar NADN, NADFN, FADN hosil bo’ladi. Keyinchalik bu birikmalar elektron o’tkazuvchi sistema orqali erkin kislorod yordamida oksidlanishi tufayli ularda to’plangan energiya ATF shaklidagi metabolik energiyaga aylanadi. Uch karbon kislotali tsikl (Krebs tsikli). Uch karbon kislotalar yoki tsitrat kislota tsikli 1937 yilda Krebs va Djonsonlar tomonidan eksperimental va nazariy ji х atidan aniqlangan. Piruvat kislotaning oksidlanishli dekarboksillanishida hosil bo’lgan atsetil-KoA (bu ma х sulot yog’ kislotalar, aminokislotalardan hosil bo’ladi) oksaloatsetat bilan kondensirlanib, tsitrat kislota hosil qiladi. Bu UKTS quyidagi sakkiz bosqichli reaktsiyalardan iborat. Birinchi bosqichda oksaloatsetat kislota bilan atsetil KoA kondensirlanib, tsitrat kislota hosil qiladi. Bu reaktsiya kristall holida olingan tsitrat sintetaza fermenti ishtirokida boradi. COOHCOOH O C O+ H 2 O KoA SHCH 2 + C S KoA HO C COOH CH 2 CH 3 CH COOH 2 COOH oksaloatsetat atsetil-KoA tsitrat sintetaza tsitrat Ikkinchi reaktsiyada tsitrat kislota ning tsis-akonitat kislota orqali izomerlanib, izotsitrat kislotaga aylanishi akonitatgidrataza fermenti tomonidan katalizlanadi. COOH COOH COOH CH2 + H 2 O CH + H O CH HOCCOOHC COOH 2 HC COOH CH2 - H 2 O CH2 - H 2 O CH 2 COOH COOH COOH tsitrat tsis-akonitat izotsitrat kislota kislota kislota Keyingi bosqichda izotsitrat kislotaning oksidlanishi Krebs tsiklini boshqaruvchi bosqich bo’lib, bu reaktsiyani izotsitratdegidrogenaza fermenti topilgan-birinchi kofermenti NAD, ikkinchisiniki NADF. Bu ikkiala ferment bir х ildagi reaktsiyani katalizlaydi. Bu vaqtda avval, oksalosuktsinat kislota hosil bo’lib, bu ma х sulot tezda dekarboksillanib,  -ketoglutarat kislotaga aylanadi. COOHCOOH CHCH 2 +HAD (HADF) HC COOH CH 2 + CO 2 CH 2 -HAD*H (HADF*H) C=O COOH COOH Izotsitrat kislota  -ketoglutarat kislotaga Izotsitratdegidrogenaza fermenti mito х ondriyada va tsitoplazmada uchraydi.  - ketoglutarat kislota oksidlanish yo’li bilan dekarboksillanib, suksinil-KoA ga aylanadi. COOH COOH CH2CH2 CH2 +HAD + HS-KoA, + HAD CH2 C=O - HAD*H-H+ - CO 2 CO-S-KoA COOH  -ketoglo’tarat kislotaga suktsinil-KoA Suktsinil – KoA dagi energiyaga boy bog’ anorganik fosfatni makroergik fosfat bog’i shaklida biriktirish uchun sarf bo’ladi, bu reaktsiya ma х sus ferment va guanozin difosfat (GDF) ishtirokida borib, natijada guanozintirfosfat (GTF) hosil bo’ladi. COOH COOH CH2CH2 CH 2CH 2 + KoA-SH + GTF C=O COOH+ GDF + aF COOH suktsinil-KoA suktsinil-KoA suktsinat kislota sintetaza Suktsinat kislota suktsinatdegidrogenaza fermenti ishtirokida degidrirlanib, fumarat kislota hosil bo’ladi. COOH COOH CH 2 CH + E- FAD CH 2 CH + E-FAD* H2 COOH COOH Suktsinat kislota Fumarat kislota Bu fumarat kislota suv biriktirishi natijasida olma (malat) kislotaga aylanadi. Bu raektsiyani fumarat gidrataza fermenti katalizlaydi. COOHCOOH CHCHOH + H 2 O CHCH 2 COOH COOH Fumarat kislota Fumaraza L-malat kislota О lma kislotaning malatdegidrogenza fermenti ta`sirida degidratlanib, tsiklning boshlanishidagi ishtirokchisi oksaloatsetat kislotaga aylanishi halqani yopadi. Reaktsiya NAD ishtirokida boradi. COOHCOOH CHOHCO + NAD + + NADH + H+ CH 2 CH 2 COOH COOH L-malat kislota oksaloatsetat kislotaga Shunday qilib, ozgina oksaloatsetat kislota hosil bo’lganida, tsiklning har bir aylanishida bir molekula pirouzum kislota, S О 2 va N 2 О gacha parchalanib, reaktsiya boshida qatnashgan oksaloatsetat yangidan tiklanadi. SHu tariqa Krebs tsiklni aylanishi davom etadi. О ksaloatsetatning piruvat hosil qilib parchalanishi erkin S О 2 ning ketokislotalarga nisbatan teskari birikish reaktsiyasidir. COO H CH 3 CO CO 2 + CO CH 2 COOH COOH Piruvat oksaloatsetat kislota Bu yuqoridagi ketma-ket Krebs tsiklidagi reaktsiyalar quyida sхema asosidi berilgan. Vud va Verkman reaktsiyasi nomini olgan bu reaktsiya avval mikroorganizmlarda aniqlanib, so’ngra o’simlik хujayralarida va ba`zi hayvon to’qimalarida ham topilgan. Uch karbon kislotalar tsikli хujayra metabolizmi markazida bo’lib, uning ayrim komponentlari yog’ kislotalar va ayrim aminokislotalarning almashinuviga bog’liq. Masalan, uglevod almashinuvining asosiy ma х suloti priouzum kislota aminokislota, alanin va oksaloatsetat kislota bilan bog’liq bo’ladi. Uning oksidlanuvchi dekarboksillanish ma х suloti – aktiv atsetat yog’ kislotalarning parchalanishidan hosil bo’ladi. S х emadadan ko’rinishicha, uch karbon kislotalar tsiklining bir aylanishida bitta atsetil radikal oksidlanib, 2 molekula C О 2 ajraladi