logo

Rivojlangan xorijiy davlatlarning soliq tizimi tajribalarini respublikamizda foydalanish imkoniyatlari

Yuklangan vaqt:

12.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

111 KB
Rivojlangan xorijiy davlatlarning soliq tizimi tajribalarini respublikamizda foydalanish imkoniyatlari Reja: 1. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda soliq siyosatining muhim jihatlari. 2. Rivojlangan xorijiy davlatlarining soliq tizimida soliq yukini kamaytirish masalalari. 3. Bilvosita soliqlar turkumiga kiruvchi oborot solig ’ini undirish tartibi. 4. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda aktsiz solig ’ining qo’llanilishi va ularning tajribalarini respublikamizda foydalanish imkoniyatlari. 1. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda soliq siyosatining muhim jihatlari. Soliqlar — bozor iqtisodiyotining eng muhim vositasi bo’lgani uchun ham g’arbdagi yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar xo’jaliklarini boshqarishda ulardan foydalanish tajribasi Biz uchun ham qiziqarlidir. Yangi soliqlar joriy etib, qaysidir oldingi soliqlar va yig’imlarni bekor qilib, stavkalarni oshirib yoki pasaytirib, boshqa vositalardan foydalanib, davlat, faqat o’z milliy byudjetniy shakllantirmaydi, balki jamiyatda tegishli iqtisodiy, axloqiy va siyosiy vaziyatni, fuqarolarning mehnat faolligini rag’batlantiruvchi muhit yaratadi va mana shu ma’noda soliqlar mamlakatning farovonlikka erishishi uchun zamin yoki bu yo’lda unga to’siq xizmatini o’tashi mumkin. Jahondagi ayrim mamlakatlarning soliq tizimi turli sharoitlarda shakllangan. Faqat XX asr o ’rtalaridagina soliq solish tizimi rivojlanishda urushdan so’nggi iqtisodiy isyaohotlar bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar paido bo’la boshladi. Yuqori darajadagi davlat xarajatlari o’sha vaqtlarda tabiiy suratda katta hajmdagi soliqlarni yuzaga keltirgan. Bundan tashqari, hatto Evropa Mamlakatlari Hamdo’stligida (EMH) ham soliq solishning juda ham murakkab va ko’pqirrali tizimlari amadtsa qo’llanilgan bo’lib, soliqlarning ahamiyatliligi turli mamlakatlarda turlicha bo’lgan. Masalan, Frantsiyada bilvosita soliqlarning byudjet daromadlaridagi hissasi 62,7%ni, Niderlandiyada esa faqat 41,3%ni tashkil qiladi. Shuni aytish kerakki, davlat moliyaviy resurslarini markaziy va mahalliy organlar o ’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash mexanizmi, hokimiyatning har bir darajasi ixtiyoridagi soliq ko’lamlari, ularning bajarayotgan vazifalari va avtonomiya tamoyillari mamlakatning konstitutsiey tuzilishiga qarab belgilanadi. Mamlakatlarda hokimiyatning tabaqalanishiga qarab soliq tizimi ham ikki yoki uch pogonali bo’lishi mumkin. Masalan, federatsiyalarga bo’lingan mamlakatlarda (AQSh, Germaniya, Kanadada) soliq siyosati uch pog’onada — federal organlar, regional organlar (shtatlar,departa-mentlar, zaminlar va shu kabilar) darajasida, va hokimiyatning mahalliy organlari (munitsipalitet, grafliklar, kommunalar va boshqalar) darajasida amalga oshiriladi. Federativ bo ’linmalarga ega bo’lmagan davlatlar (Frantsiya, Yaponiya va shu kabilar) da umumdavlat va mahalliy soliqlarga asoslangan ikki pog’onali soliq tizimi mavjud. O ’zbekiston Respublikasida umumdavlat va mahalliy byudjetlarga asoslangan ikki pog’onali davlat byudjeti tizimi shakllangan. Respublika faoliyatining bozor munosabatlari sharoitida soliqlar, yig’imlar va byudjetning boshqa daromad manbalarini boshqarish tizimi o’zgarmoqda. Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish to’g’risidagi qonuniy aktlar qabo’l qilinishi bilan hokimiyatning mahalliy organlarini moliyaviy ta’minlash muammosi, ayniqsa, alohida qiziqish uyg’otadi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tegishli hududiy birliklar (shaharlar, tumanlar, grafliklar, shtatlar, erlar va shu kabilar) muhim rol o ’ynaydi. Mahalliy byudjetlardan transport, suv va gaz ta’minotini rivojlantirishga, maktablar, kasalxonalar, ijtimoiy infrato’zilmalar va qator boshqa ob’ektlar qurilishiga pul ajratiladi. Shaharlarni qayta qurish, yo’llar va parklarni obodonlashtirishga, kommunal va joriy qurilishlarga sarflangan xarajatlar qoplanadi. Bundan tashqari, mahalliy ma’muriyat organlari, politsiya va sud ham mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi. Hukumat mahalliy organlari byudjetining daromad qismi asosan soliq tushumidan (Yaponiyada 30%, Frantsiyada 54%, AQShda 65%) va shuningdek, markaziy byudjetlar subsidiyalari va dotatsiyalardan tashkil topadi. Masalan, AQShda shtat byudjetqdan hokimiyat mahalliy organlariga tushadigan subsidiyalar ular daromadlarining 33%ni, federal baddjetdan tushadigan dotatsiyalar 7%ni tashkil qiladi. GFR zaminlari (zemellari) daromadlarining umumiy summasida davlat subsidiyalari 26%ni tashkil qiladi. Frantsiyada markaziy byudjetdan keladigan pullar hokimiyat mahalliy organlari daromadlarining taxminan 30%ni ta ’minlaydi. Rivojlangan xorijiy davlatlarining soliq tizimida soliq yukini kamaytirish masalalari . Xorijiy davlatlarning aksariyati uchun to ’g’ridan-to’g’ri va bilvosita mahalliy soliqlarning ko’pligi (umuman mamlakatlar bo’yicha 100 turgacha) o’ziga xos xususiyatdir. Faqatgina Buyuk Britaniyada mahalliy byudjetlar daromadiga soliqlar kelib tushishi manbai bittagina soliq, — jon boshiga solinadigan soliqdir. Jon boshiga solinadigan soliq — yagona universal soliq bo’lib, uni 18 yoshga etgan barcha fuqaro to’laydi. Aslida bu munitsipalitetlar darajasidagi daromad solig’idir. U xazinaga tushadigan daromadning uchdan birini beradi. Mahalliy soliq solish tizimi xilma-xil bo ’lishi bilan birga, bizning davlatimizda ham asoslangan o’ziga xos soliq siyosatini amalga oshirish uchun imkoniyat beruvchi bir qator soliqlar mavjud. Bo’lar huquqiy va jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar (AQSh, GFR va Frantsiyadagi jismoniy shaxslardan va korporatsiyalardan olinadigan daromad soliqlari, Buyuk Britaniyadagi jon boshidan olinadigan soliq, merosdan olinadigan soliq), mol- mulkdan va erdan olinadigan soliqlar (AQShdagi mol-mulkdan olinadigan soliq, GFR va Frantsiyadagi er solig ’i; qurilishlardan olinadigan er solig’i va Frantsiyadaga uy-joy solig’i), resurslardan olinadigan soliqlar (bizda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig’i, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq), tovarlar qiymatlariga qo’yiladigan soliqlar (AQShda tovar sotishdan olinadigan soliq; GFR va Frantsiyadagi qo’shilgan qiymat solig’i (QQS); benzin, tamaki, spirtli ichimliklar narxlariga qo’shiladigan aktsizlar), turli xil yig’imlar va to’lovlar (avtomobil uchun, mashinalarni bo’yash uchun, restoranlar, ko’ngilochar tomoshalar uchun, ovchilik, atrof muhitni muhofaza qilish uchun, itlar uchun, turli xil litsenziyalar va hujjatlar berish uchun) kabi soliqlar ana shu soliqlar jumlasidandir. Mahalliy organlar avtonomiyasi moliyaviy asosini mulkdan olinadigan soliq tashkil etadi. Ularni yig ’ish va olingan mablag’larni sarflash faqat mahalliy darajada amalga oshiriladi. Bu soliqlar solinadigan ob’ektlarga quyidagilar kiradi: er, qurilishlar (sanoat va uy-joy qurilishlari) va ko’chmas mulkning boshqa turlaridir. Soliq solishning manbai deyarli barcha mamlakatlarda mulkning baho qiymatidir. Mulkdan olinadigan soliqni undirish yoki soliq olmaslik o’zini-o’zi boshqaruvchi mahalliy organlar qonunchiligi bo’yicha amalga oshuvi sababli, soliqning stavkalari turlicha bo’ladi va mulk qiymatiga qarab foizlarda, shuningdek, mulk qiymati birligidan qatiy miqdor sifatida belgilanadi. Mulk kamdan-kam qayta baholanishi (o’rtacha 10 yilda 1 marta) munosabati bilan ham mulkka solinadigan soliq moliyaviy siyosatning o’ziga xos asosiy quroli emas. Hokimiyatning mahalliy organlari darajasida eng fiskal ahamiyatga ega soliq — savdodan olinadigan soliqdir. Masalan, AQShda mahalliy hokimiyatlarning barcha soliq tushumlaridan taxminan 32%i soliqning ushbu turiga to’g’ri keladi. Soliqni yig’ish shtatlar darajasida 3%dan 7%gacha stavkada amalga oshiriladi. AQSh qonunchiligi bo’yicha savdo soliqlari ob’ekti faqatgina tovar aylanishining har bir bosqichida olingan yalpi pul emas, balki aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha tushgan pul hamdir. Bu esa xizmat ko’rsatish sohasi o’sishi sharoitida shtatlar va munitsipalitetlarning soliq solish bazalarini birmuncha kengaytiradi. AQSh munitsipalitetlari joylashgan shtatning qonunlari tomonidan ijozat berilganda, ular chakana savdolarga ham o ’z soliqlarini belgilashlari mumkin. §arb mutaxassislarining fikricha, har bir darajadagi soliqlar tizimlarining shakllanishi o’z soliqlarini kiritish yo’li bilan ham, birgalikda olinadigan soliqlarni bo’lish yo’li bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, GFRda amaldagi qonunda federatsiya va jamoalar darajasida bir xil soliqlarni olishga yo’l qo’yilmaydi, ya’ni joylarda faqat federal byudjetga o’xshash bo’lmagan soliqlar olinishi mumkin. Bir qator mamlakatlarda mahalliy soliqlar markaziy hukumat soliqlariga qo ’shimcha soliqlar sifatida solinadi. Ular hokimiyatning mahalliy organlari hududlarida yig’iladigan davlat soliqlariga ma’lum foizda belgilanadi. Masalan, Italiyada mahalliy byudjetlarga er va qishloq xo’jaligi soliqlari bo ’yicha yig’imlarning bir qismigina tushadi. AQSh, GFR va Frantsiyada mahalliy organ hokimiyatiga daromad solig’ini (jismoniy shaxs va kompaniyalardan) yig’ish va qo’shilgan qiymat solig’ini (GFR va Frantsiyada) yig’ish vazifasi yuklatilgan, shu bilan birga yig’ilgan pullarni davlat byudjetiga topshirishda moliya mablag’larining ma’lum foizi joylarda qoldiriladi va ulardan mahalliy muammolarni hal etish uchun foydalaniladi. Keyingi yillarda jahondagi rivojlangan mamlakatlarda hokimiyatning ish yuritishida mahalliy organlarning roli ancha oshganligi va bu turli qonunlarda o ’z aksini topganligi ma’lum. Masalan, Amerika federatsiyasi, shtatlar federal hokimiyatlarining va hokimiyat mahalliy organlarining faoliyat doiralarini keskin ravishda chegaralash printsipiga asoslanadi. hokimiyat mahalliy organlari AQShda soliq- byudjet siyosatini yurgizishda mustaqil bo’lib, soliqlar va yig’imlar joriy etish bo’yicha keng huqukdarga egadirlar. Mahalliy byudjetlar federal byudjet tarkibiga kirmaydi va mamlakatda yagona umumdavlat byudjeti yo’q. G’arb mamlakatlaridagi mahalliy hokimiyatlar, mahalliy soliq siyosati davlatning moliya siyosatiga qarshi bormaydi. Aksincha, mahalliy boshqaruv organlari mustaqilligining kengayishi, mamlakat moliya tizimining ravnaqi yo’lida xizmat qiladi, markaziy byudjet mablag’larini boshqa tomonga tortmasdan regional va mahalliy darajadagi iqtisodiy muammolarni hal etish imkonini beradi. Federal soliqlar — federal byudjetlarning daromad manbaidir. Federal byudjeti — bu davlat to’zumining federativ shakliga ega bo’lgan davlatlardagi markaziy hukumat byudjetidir. Federativ davlatning byudjet sistemasi uch qismga ega: federal byudjeti, federatsiya planlari byudjeti (AQShda — shtatlar, GFRda erlar, Kanadada — provintsiyalar, Shvetsariyada — kantonlar) va mahalliy hokimiyat organlari byudjetlaridan iboratdir. Yuqorida aytib o’tilganidek, byudjet tizimining barcha bo’limlari rasmiy jihatdan mustaqil va ular federal byudjetga kirmaydi. Federal byudjetga eng muhim daromadlar va xarajatlar biriktirib qo’yiladi. Masalan, AQShda federal byudjet daromadlariga eng muhim to ’g’ridan-to’g’ri soliqlar (shaxsiy daro mad solig’i, korporatsiyalarning foydalariga solinadigan soliq, ijtimoiy sug’urtaga solinadigan badallar, meroslardan va tortiqlardan olinadigan soliqlar), bir qator bilvosita soliqlar (spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, benzin, bojxona to’lovlaridan olinadigan soliqlar) kiradi. GFRda federal byudjet daromadlariga bir qator yirik soliqlar kiradi, jumladan, to’g’ridan-to’g’ri soliqlar tarkibida — ish haqiga solinadigan soliq (40%dan ko’proq), korporatsiya solig’i (50%), bilvosita soliqlar — qo’shilgan qiymat solig’i (66—67%), import oborotidan olinadigan soliqlar bor. Bundan tashqari, federal byudjetga 10 dan ortiq individual aktsizlar to’liq biriktirilgan bo’lib, ularning eng muhimlari — tamakiga, yoqilg’iga, vinoga, kofega, qandga soliqlar, bojxona to’lovlari va ba’zi bir boshqa soliqlardir. Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida eng ko ’p tarqalgan ayrim soliqlarga qisqacha tavsif beramiz. Qo ’shilgan qiymat solig’i — Evropa Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlarida, shuningdek, Shvetsiyada, Avstriyada va jahondagi iqtisodiy rivojlangan ba’zi bir boshqa mamlakatlarda qo’llaniladigan tovar va xizmat ko’rsatish uchun solinadigan bilvosita soliqlardan iboratdir. Bu soliq turi birinchi bo’lib 1954 yilda Frantsiyada amalga kiritilgan. 70-yillarning o’rtalaridan boshlab esa, Evropa iqtisodiy birlashmasi a’zolari bo’lgan mamlakatlarda soliq solishning ajralmas qismi bo’lib qoladi. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq bazasi — tovar ishlab chiqarish va uni sotishning har bir bosqichida qo’shilgan qiymatdir. Soliq solinadigan ob’ektda tovarlarni sotishdan yoki ko’rsatilgan xizmatdan tushgan pulning hammasi emas, balki tovar ishlab chiqarishda va uni sotishdagi har bir bosqichga qo’shilgan qiymatgina (maosh, unga qo’shib yozilgan ustama, amortizatsiya, foyda) kiritiladi. Soliq stavkasi sotilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlarning (oldingi bo’g’inda to’langan soliq bunga kirmaydi), umumiy qiymatidan olinadigan soliqqa tengdir. Byudjetga muntazam ravishda mablag’ kelib tushishi natijasida va qo’shilgan qiymat solig’ining universalligi — eng samarali fiskal qurollardan biri. Uning hissasiga Frantsiyadagi birinchi bilvosita soliqlarning 80%ga yaqini, Buyuk Britaniya va GFRda esa 50%dan ko’prog’i to’g’ri keladi. Bu soliqning keng tarqalganligiga sabab, inflyatsiya sharoitida byudjetga mablag’larni jalb etilishining nisbatan yuksak samaradorligi va ishlab chiqarishni nazorat qilish uchun foydalanish, shuningdek, narxlarni, investitsiyalarni tartibga solish imkoniyati kengligidir. Bundan tashqari, qo’shilgan qiymat solig’i iqtisodiyotni tartibga solish va g’arbiy Evropa mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasi vositasidir. Davlat eksportini qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilib, uni rag’batlantirish esa ayni muddaodir. Evropa Iqtisodiy Hamdo ’stligiga a’zo mamlakatlarda qo’shilgan qiymat solig’i — bilvosita soliqning milliy tizimini bir shaklga keltirish (Rim shartnomasiga asosan) va Evropa Iqtisodiy Hamdo’stligi mamlakatlari byudjetining yagona daromad bazasini yaratish maqsadida qo’llaniladi. EIHning asosiy daromad manbai 1975 yildan beri qo’shilgan qiymat solig’idan — a’zo mamlakatlar har biri yig’imining 1% miqdorida (1986 yildan boshlab 1,4% miqdorida) tushgan mablag’dir. Qo’shilgan qiymat solig’ini to’la-to’kis bir shaklga keltirishga EIH a’zolari bo’lgan turli mamlakatlardagi joriy stavkalar darajasi bir xil emasligi va imtiyozlar tizimi turlicha bo’lganligi to’sqinlik qiladi. Hozirgi vaqtda qo’shilgan qiymat solig’i hamdo’stlik mamlakatlari soliq siyosatini uyg’unlashtirish namunalaridan biri sifatida misol bo’lishi mumkin. 1991 yilning yozida deyarli barcha EIH a’zolari (Buyuk Britaniya bundan mustasno) QQSning minimal normativ stavkasini 15% etib belgilash zarurligiga rozilik bildirdilar. Bu vaqtga qadar QQSning tavsiya qilingan stavkasi 9-19% oralig’ida (pasaytirilganligi 4— 9%) belgilangan. Biroq, bi zn in g ch a, QQS stavkalari kattaligi masalasi bo’yicha yakdil kelishuvga erishilganiga qaramasdan, uyg’unlashuv jarayoni haqida gapirishga hali erta. Ijtimoiy jihatdan boshqa bilvosita soliqlarga nisbatan diapazoni kengligi va yuqori stavkalari bilan (agar Buyuk Britaniyada va Ispaniyada QQSning normal stavkasi 15%, GFRda 14%ni tashkil qilsa, Frantsiyada stavka 18.6%, Italiyada 19%, Daniyada esa hatto 25%ni tashkil qiladi) aholi turmush darajasining oshuviga olib kelmoqda deyish mumkin. Xuddi mana shunday jarayonlar, shunga o ’xshash soliqlardan keng foydalanayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida (shu jumladan, O’zbekistonda ham) ayniqsa sezilarli bo’lmokda. Pul kapitallaridan olinadigan daromadlarga solinadigan soliqlar ba ’zi rivojlangan mamlakatlarda, masalan, Avstriya, Kanada, Ispaniya va Frantsiyada mavjud. Bunday soliqlar dividentlarga, aktsiya va obligatsiyalardan olinadigan foizlarga, bankka qo’yilgan pullardan olinadigan foizlarga, zayomlardan olingan yutuqlarga va ba’zi boshqa daromadlarga solinadi. Korporatsiyalar daromadiga solinadigan soliq ob’ekti soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan chegirmalardan tashqari kompaniyalarning yalpi foydalariga tengdir. Chegirmalarga — ishlab chiqarish, tijorat, transportga oid xarajatlar, qarzlar bo’yicha foizlar, zararlar, reklama, ilmiy-tadqiqot xarajatlari, shuningdek, dividendlar kiradi. Qonunlarga muvofiq turli xil imtiyozlar va chegirmalar beriladi. Rivojlangan mamlakatlarda ko ’pincha oldin to’langan soliqlarni qaytarib berish, soliq qarzlarini bekor kdlish, soliq to’lovchilarning ayrim guruhlarini soliqdan ozod qilish ko’zda tutiladi. Soliq solinishida yirik monopoliyalar katta imtiyozlarga egadirlar. Aktsiyadorlik jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, bank monopoliyalarining daromadlaridan oladigan chegirma va siylovlarning umumiy miqdori 40—60%ga etadi. Kompaniyalar uchun, ularni foydadan undiriladigan soliqlardan ozod qiluvchi bir qator imtiyozlar mavjud: foyda hisobiga turli xil soliqdan ozod qilinuvchi fondlar (rezerv fondlari, nafaqa va xayriya fondlari va boshqa fondlar) tashkil qilish; ishga oid chiqimlarni daromadlar hisobidan chiqarish; menejerlarga yuqori maoshlar to’lash; aktivlarni qayta baholash; foydani imtiyozli soliq rejimiga muvofiq boshqa mamlakatlarga o’tkazish va boshqalar. Natijada korporatsiyalar daromadiga solinadigan soliqlar nisbatan qisqarish mayliga ega. Keyingi 20 yil ichida AQSh markaziy hukumatining byudjeti daromadlarida bu soliqlarning salmog ’i 21,8%dan 9,9%ga, Buyuk Britaniyada esa 11,9%dan 6,2%ga pasaydi. Eng muhim vositalardan biri dividendlar to ’lovlariga soliq, solinishidir. Odatda bu soliqni to’lash aktsionerning yuridik shaxsligiga, rezidentligiga (mamlakatda muntazam yashovchilarga) yoki xorijiy fuqaro ekanligiga bog’liqdir. Dividendlarga soliq solishga yondoshishning ahamiyati juda katta, chunki ular ko’p holatlarda kapitalning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o’tib ketishida imkon yaratishi mumkin. Ko ’p mamlakatlarda foyda soliqlari yana mahalliy to’g’ridan-to’g’ri soliqlar bilan ham to’ldiriladi. Masalan, Italiyada, bu stavkalarning o’ta murakkab tizimlari bo’yicha olinadigan mahalliy soliq (yangi belgilangan narxning 5%idan oshmagan miqdorda) bo’lishi lozim. Korporatsiyalar daromadiga solinadigan soliq ob ’ekti soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan chegirmalardan tashqari kompaniyalarning yalpi foydalariga tengdir. Chegirmalarga — ishlab chiqarish, tijorat, transportga oid xarajatlar, qarzlar bo’yicha foizlar, zararlar, reklama, ilmiy-tadqiqot xarajatlari, shuningdek, dividendlar kiradi. Qonunlarga muvofiq turli xil imtiyozlar va chegirmalar beriladi. Rivojlangan mamlakatlarda ko ’pincha oldin to’langan soliqlarni qaytarib berish, soliq qarzlarini bekor qilish, soliq to’lovchilarning ayrim guruhlarini soliqdan ozod qilish ko’zda tutiladi. Soliq solinishvda yirik monopoliyalar katta imtiyozlarga egadirlar. Aktsiyadorlik jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, bank monopoliyalarining daromadlaridan oladigan chegarma va siylovlarning umumiy miqdori 40—60%ga etadi. Kompaniyalar uchun, ularni foydadan undiriladigan soliqlardan ozod qiluvchi bir qator imtiyozlar mavjud: foyda hisobiga turli xil soliqdan ozod qilinuvchi fondlar (rezerv fondlari, nafaqa va xayriya fondlari va boshqa fondlar) tashkil qilish; ishga oid chiqimlarni daromadlar hisobidan chiqarish; menejerlarga yuqori maoshlar to’lash; aktivlarni qayta baholash; foydani imtiyozli soliq rejimiga muvofiq boshqa mamlakatlarga o’tkazish va boshqalar. Natijada korporatsiyalar daromadiga solinadigan soliqlar nisbatan qisqarish mayliga ega. Keyingi 20 yil ichida AQSh markaziy hukumatining byudjeti daromadlarida bu soliqlarning salmog ’i 21,8%dan 9,9%ga, Buyuk Britaniyada esa 11,9%dan 6,2%ga pasaydi. Eng muhim vositalardan biri dividendlar to ’lovlariga soliq solinishidir. Odatda bu soliqni to’lash aktsionerning yuridik shaxsligiga, rezidentligiga (mamlakatda muntazam yashovchilarga) yoki xorijiy fuqaro ekanligaga bog’liqdir. Dividendlarga soliq solishga yondoshishning ahamiyati juda katta, chunki ular ko’p holatlarda kapitalning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o’tib ketishida imkon yaratishi mumkin. Ko ’p mamlakatlarda foyda soliqlari yana mahalliy to’g’ridan-to’g’ri soliqlar bilan ham to’ldiriladi. Masalan, Italiyada, bu stavkalarning o’ta murakkab tizimlari bo’yicha olinadigan mahalliy soliq (yangi belgilangan narxning 5%idan oshmagan miqdorda) bo’lishi lozim. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig ’i foydadan olinadigan soliq bilan o’zviy bog’langan. An’anaga muvofiq, daromad solig’i foydadan olinadigan soliqqa nisbatan ishlab chiqarishni joylashtirishga, u yoki bu investitsiyaga oid strategiyalar ishlab chiqilishiga unchalik ko’p ta’sir ko’rsatmaydi deb hisoblangan. Biroq, ishchi kuchining yagona bozori shakllanayotgan paytda, barcha cheklashlar olib tashlangan hozirgi tizimda, ayniqsa, daromad solig’ining maksimal stavkalaridagi tafovutlar muhimlashib bormoqda. Korporatsiyalar shtab-kvartiralarini joylashtirishga, shuningdek, ilmiy- tadqiqot markazlarini, yuqori malakali va katta maosh to ’lanadigan ishchi kuchidan foydalanuvchi korxonalarni joylashtirishga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari stavkalarini taqqoslash, daromaddan olinadigan soliqlarni tahlil qilish yanada murakkabroq vazifadir. Asosiy muammo shundaki, Evropa Hamdo ’stligi mamlakatlarining barchasida progressiv harakteristikasi butunlay bir-biriga o’xshamagan, soliqning turli xil bazalarga va maksimal stavkalarga ega daromad solig’ining progressiv stavkalar tizimi qo’llaniladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq — Evropa Hamdo’stligi fuqarolaridan olinadigan soliq boshqa soliqlar kabi ular yashagan mamlakatlarda olinishi shart. Kim rezident deb hisoblanishi va kim norezident deb hisoblanishi mezoni — uning mamlakat hududida bo’lishi muddatidir. Masalan, Frantsiyada shu mamlakatda yarim yildan ortiq vaqt yashagan odam rezident deb hisoblanadi. Evropaning yagona soliq maydoni nuqtai nazaridan xorijda olinadigan daromadni soliqqa tortish alohida qiziqish tug ’diradi. Xorijda olinadigan daromadga qo’llaniladigan soliqning ikkita asosiy tamoyili mavjud: 1) hududiy tamoyil ( Frantsiyada qo ’ llaniladi ): daromadga solinadigan soliq daromad manbaiga qarab turli stavkalar bo ’ yicha amalga oshiriladi . o ’ zining asl ko ’ rinishida bu tamoyil faqat mamlakat ichidagi manbalardan olinadigan daromadga soliq solishni nazarda tutadi , ayni bir vaqtda chet elda olingan daromadlar soliqdan ozod kilinadi ; 2) rezidentlik tamoyili: soliqlar stavkasi daromad olish manbaiga bog ’liq bo’lmaydi. Bu tamoyil deyarli barcha mamlakatlar tomonidan qo ’llaniladi va natijada bir daromadga avval u olinayotgan mamlakatda, keyin esa daromad oluvchining o’z mamlakatida soliq solinadi. Ikki karra soliq undirilishining oldini olish maqsadida Evropa hamjamiyatiga a’zo bo’lgan ko’p mamlakatlarda xorijda to’langan soliqlar mamlakatning o’zidagi hisob-kitob jarayonida e’tiborga olinadi. Kapitalning ortib borishiga solinadigan soliq bir talay sanoati rivojlangan kompaniyalarda amalda qo ’llanilmoqtsa. Ko’pchilik mamlakatlarda bu soliq o’sish jarayonida emas, balki uning amalga oshirilish paytida (masalan, aktsiyalar sotilgan paytdan keyin) undiriladi. Bu soliqlar mulkdan foydalanishning barcha shakllaridan: sotish, almashtirish, tortiq qilish va boshqalar — jismoniy shaxslardan qanday olinsa, yuridik shaxslardan ham shunday olinadi. Belgiya va Frantsiyada mazkur soliq foydadan olinadigan soliqning odatdagi stavkasiga nisbatan kamaytirilgan stavka bo’yicha olinadi. Buyuk Britaniyada kapitalning o’sib borishiga solinadigan soliq stavkasi jismoniy shaxslar uchun 30%ga yaqinni tashkil qiladi. Belgiya, Germaniya, Niderlandiya va Italiyada o’zok, muddatga qo’yilgan mablag’lardan kapital o’sgani uchun fuqarolardan soliq umuman olinmaydi. To’g’ri, masalan, Italiyada mulkdan foydalanishdan tushgan daromadlarga soliqlar, daromadlar olibsotarlik va tijorat operatsiyalari natijasida paydo bo’lgan hollardagina solinadi. Kapital o’sishining o’ziga xos shakli valyuta kursi o’zgarganda foyda olishdan iboratdir. Odatda, bunday daromadlarga foydaga solinadigan soliq stavkasi bo’yicha soliq solinadi, biroq ba’zi mamlakatlarda bunday soliq qo’llanilmaydi. Masalan, Buyuk Britaniyada qator hollarda valyuta kursi o’zgarishi tufayli daromadning o’zgarishi ba’zi moliyaviy natijalarning biror turi deb hisoblanmaydi. Foydaga solinadigan soliq jahondagi rivojlangan mamlakatlardagi oldingi davrda ma’lum o’rtacha hajmdan oshadigan yuridik (korporatsiyalar) va jismoniy shaxslar daromadining bir qismiga solinadigan soliqdir. Bu soliq, odatda, davlat jiddiy inqirozga uchraganida, shuningdek, asosan urushlar va keskin inqiroz hollari, monopoliyalar daromadi keskin o ’sganida, favquloddagi choralar sifatida qo’llaniladi. Bunday soliq birinchi marta Buyuk Britaniyada (1915 yil) va Chor Rossiyasida (1916 yil) da qo’llanilgan. qator mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Yaponiya) Ikkinchi jahon urushi yillarida, AQShda Quriya urushi davrida, Buyuk Britaniyada o’zoq muddatli moliya dasturini mablag’ bilan ta’minlash davrida qo’llanilgan. Mazkur soliq ikki usul bilan — foiz va me’yor usullari bilan hisoblab chiqiladi. Birinchi usulda soliq stavkasi kapitalga nisbatan ma’lum foizda, masalan, Buyuk Britaniyada Ikkinchi jahon urushi yillarida bu stavka 6 foiz zayomli kapitalni, 1951—1954 yillarda esa — 10 foiz aktsiyadorlik kapitalini tashkil qildi. Me’yor oldingi bir necha yil (odatda 3—4 yil) da olingan o’rtacha (normal) daromaddan oshib ketadigan foydaning bir qismiga stavka foizi bilan belgilangan. Barcha davlatlarda mazkur soliqning yuqori stavkalari qo’llanilgan: AQShda 1943 —1945 yillarda ular qo’shimcha foydaning 80 foiziga, Buyuk Britaniyada 1939— 1945 yillarda 100 foizga etgan. Qimmatli qog ’ozlarga nisbatan soliqlar quyidagi holatlarda qo’llaniladi: 1) aktsiyadorlik kompaniyalaridan olinadigan emissiya aktsiyalariga, obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog’ozlarga solinadigan soliqlar. Stavkalar, odatda, qimmatli qog’oz turiga qarab belgilanadi; 2) birja bitimlariga solinadigan soliq. Bu mulk huquqining qimmatli qog’ozlarga o’tishida qo’llaniladi. Masalan, GFRda bitim to’zilgan kundagi bozor narxiga yoki nominal narxga nisbatan foizda belgilangan stavkalar bo’yicha qimmatli qog’ozlar sotib olinganda to’ziladigan birja bitimlari. bo’yicha oborotdan olinadigan soliqlar mavjud. Merosdan va hadya (tortiq)dan olinadigan soliq — meros huquqi bo’yicha yoki tortiq shaklida biri-biriga beradigan tortiq sifatida bir shahardan ikkinchi shaharga o’tadigan jismoniy yoki yuridik shaxsning ko’char va ko’chmas mulkdan olinadigan soliq turi ham mavjuddir. Ba’zi mamlakatlarda (AQShda, Buyuk Britaniyada) ikkita soliq — meros solig’i va hadya solig’i mavjud, boshqa mamlakatlarda, masalan, GFRda meros va hadyadan olinadigan soliq joriy etilgan. Soliq meros va tortiqning butun qiymatiga (AQSh, Buyuk Britaniyada) yoki mulkni oluvchilarning har biri hissasiga solinadi (GFR, Frantsiya). Soliq stavkalari o’suvchan (progressiv) bo’lib, ularning hajmi mulkning bozor narxiga bog’liq, ba’zida esa meros egasi va meros oluvchining qarindoshlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Buyuk Britaniyada tortiqlardan olinadigan soliqning stavkasi 5%dan 30%gacha, merosdan olinadigan soliqning stavkasi 30 %dan 60%gacha. GFRda meros va tortiq qarindoshlik darajasiga qarab (to’rtta soliq guruhi) va mulkning katta va kichikligiga qarab soliq solinadi hamda quyidagi miqdorni tashkil qiladi: 1-guruh uchun 3—35%; 2-guruh uchun 6—50%; 3-guruh uchun 11—65%; 4- guruh uchun 20— 70%ni. Soliq stavkasi nisbatan baland bo ’lishiga qaramasdan, undan keladigan mablag’ tushumi uncha katta emas (masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada ular davlat byudjeti daromadining 2— 3%ini tashkil qiladi). Bilvosita soliqlar turkumiga kiruvchi oborot solig ’ini undirish tartibi . Oborot solig ’i bilvosita soliqlarning asosiy turlaridan biri — mamlakat ichkarisida (ba’zi davlatlarda — xorijda ishlab chiqarilgan tovarlardan), ishlab chiqarilgan tovarlar oborotidan, shuningdek, turli xizmat ko’rsatishlardan olinadigan universal aktsiz solig’idir. Ba’zi tovarlar va xizmatlar uchun solinadigan individual aktsizdan farq qiluvchi oborot solig’i korxonaning yalpi oboroti qiymatidan olinadi. Oborot solig’i asosan ommaviy iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohasi korxonalari xizmatlaridan olinadi. Oborot solig ’i Birinchi jahon urushi davrida Germaniya va Frantsiyada joriy etildi va keyinroq boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi. Oborot solig’ining kiritilishi fiskal maqsadlarni: qo’shimcha mablag’larga bo’lgan talabni qondirish, byudjetning o’ta taqchilligini qoplashni nazarda tutgan. Bu soliqdan keladigan mablag’ning o’sishi o’z-o’zidan ta’minlanadi. Bu esa inflyatsiya sharoitida narxlarning o’sishi hisobiga, shuningdek, xizmat ko’rsatish ob’ektlarining kengayishi natijasida ro’y beradi. Avval korxona tovar oborotining narxi ko’ppog’onali (kaskadsimon) yoki kumulyativ deb ataluvchi usul bilan soliqqa tortilgan, ya’ni soliq ishlab chiqarishning yoki tovar aylanishining har bir bosqichida (tovarning kompaniya ichida aylanishi bundan mustasno) olingan. Bunday tizim GFR, Belgiya, Avstriya va boshqa davlatlarda 60-yillarning oxirigacha amalda qilgan. Ko’p martalab soliq solinishi to’lov operatsiyalarini qiyinlashtirgan, chunki juda ko’p hujjatlar yuritilishini talab qilgan. Rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligi o’tgan soliq solishning eng oddiy usuli oborotdan bir marotaba — ishlab chiqarish, ulgurji yoki chakana savdo bosqichvda ancha kulay stavka bo’yicha soliq olishdan iboratdir. Oborot solig’ining boshqacha ko’rinishi — ulgurji savdo bo’g’inida olinadigan soliq hisoblanadi. Bu soliqning ob’ekta tovar ishlab chiqarish paytida tovar aylanishi va uni ko’tarasiga tovar oluvchi firmalarga sotish jarayonida namoyon bo’ladi. Agar sanoat kompaniyalari ulgurji savdodan voz kechib, tovarlarini bevosita chakana tarmokda sotsa, unda ularning oborotlari ham sotib olingan molga solinadigan soliqqa tortiladi. Soliqning bu shakli Buyuk Britaniyada — 1940 yildan, Shveytsariyada — 1941 yildan, Portugaliyada — 1966 yildan buen qo’llaniladi. Bir qator mamlakatlar (Norvegiya — 1940 yildan buen, Shvetsiya — 1960 yildan buen, AQShning ba’zi shtatlari, Kanada provintsiyalari) chakana savdoda sotilgan mollarga soliq solish turidan keng foydalanadi. Soliq solinadigan ob’ekt — oxirgi iste’molchiga tovar sotish oborotidir. Soliqning bu turini qo’llash mayda savdo korxonalarining ko’psoshsh ekanligi sababli murakkablashadi. 1960 yillarda oborot solig’ining boshqa bir ko’rinishi — qo’shilgan qiymat solig’nning keng tarqalishi yuzaga keldi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda oborot solig ’idan keng foydalanilishiga sabab, nafaqat uning inflyatsiya jarayonida katta fiskal ahamiyatga ega ekanligi, balki undan ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilish uchun foydalanish imkoniyati mavjudligi bilan izoxdanadi. Chet elga mol chiqaruvchi firmalarni oborot solig’idan ozod qilish yo’li bilan hukumat chet elga tovar chiqarilishinn rag’batlantiradi. Bu soliqda sotib olishga ruxsat berish asldtsa tovarlar va xizmat ko’rsatishlar dempingini amalga oshirish uchun monopoliyalarga imkon beruvchi eksportni davlat tomonidan mablag’ (subsidiya) bilan ta’minlashdan iborat. Oborot solig’ining jahondagi rivojlangan davlatlar byudjetiga kelib tushish jarayoni tez sur’atlarda o’sib bormoqda. Masalan, Frantsiyada keyingi 10 yil ichida ular uch barobar oshdi va byudjet barcha daromadlarining yarmini ta’minladi. Bunday o’sishga s abab soliqlar stavkalarining birmuncha oshganidir. GFRda oborotdan olinadigan soliq 12 foizdan 14 foizga, Buyuk Britaniyada esa 8 foizdan 15 foizga oshdi. Bundan tashqari, soliq tovarlar va xizmat ko’rsatishlarning tobora ko’proq turiga joriy bo’lib bormoqda. Aslini olganda, barcha iste’mol tovarlari oborot soligaga tortilishi kerak edi. Oborot solig’ining mohiyati bitta — barcha bilvosita soliqlar singari, u tovar va xizmat ko’rsatish narxiga qo’o’iladi, iste’molchilar tomonidan to’lanadi va regressiv harakterga ega bo’ladi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda aktsiz solig ’ining qo’llanilishi va ularning tajribalarini respublikamizda foydalanish imkoniyatlari. Universal aktsiz aholining kam ta ’minlangan qatlamlari uchun ayniqsa og’irlik qiladi. Barcha iste’mol tovarlarining oborot soligaga tortilishi, narxlarning umumiy o’sishiga sabab bo’ladi va aholi turmush darajasining keskin yomonlashuviga olib keladi. Aktsizlar — asosan ommaviy iste’mol tovarlari (xizmat ko’rsatish) ning narxi yoki tarifiga kiritiladigan bilvosita soliqlar turidir. Aktsizlarning to’lovchilari — tovarlarga yoki xizmat ko’rsatilishiga haq to’layotgan iste’molchilardir. Aktsizlar harid qiluvchilar real daromadlarining qisqarishiga olib keladi va aktsiz solig’i solinishi regressiv xarakterga egadir. To ’zga va boshqa ommaviy iste’mol buyumlariga solinadigan aktsiz soliqlari hatto qadimiy Rimda ham mavjud bo’lgan. Tovar — pul munosabatlari rivojlanishi bilan soliqqa tortishning aktsiz shakli ko’proq qo’llanila bordi. Soliqqa tortishning turli usullari: aktsizga tortiladigan tovarlar xomashyosi etishtiriladigan er, so’ngra xom ashyo, keyinroq yarim tayyor mahsulotlar va, nihoyat, soliq solishning asosiy ob’ekti bo’lgan tayyor mahsulotlarga nisbatan qo’llanilgan. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda aktsizlar davlatning muhim daromadiga aylanib qolmokda, masalan, Frantsiyada va GFRda bu soliq byudjet daromadining 50 foiziga yaqinini, Buyuk Britaniyada — 38 foizini, Yaponiyada — 16 foizini ta’minlaydi. Byudjetning daromad manbaini takomillashtirish va takror ishlab chiqarish jarayonini tartibga solish maqsadida aktsiz soliqlari solinadigan ob’ektlar kengaytirilmokda va aktsiz stavkalari oshirilmokda. Aktsiz soliqlari solinishiga turli kommunal, transport, madaniyat va boshqa keng tarqalgan xizmatlar jalb qilinmokda. qator mamlakatlarda, ichki ishlab chiqarish tovarlaridan tashqari, agar xuddi shu tovarlarga mamlakatlarda aktsiz solig ’i solinsa, chet el mollariga bojxona bojlaridan tashqari aktsiz soliqlari ham solinadi. Aktsiz soliqlarining quyidagi stavkalari belgilangan: yagona soliqlar — nav, sifat va narxlari bilan bir- biridan kam farq qiladigan tovarlar uchun (to’z, gugurt, qand); darajalangan soliqlar — turli belgilariga: sifatiga, o’tkirligiga (vino, mato) qarab; o’rtacha soliqlar — navlari turli narx darajalariga ega bir turdagi (tamaki mahsulotlari) tovarlar uchun va hokazo. Soliq solinishi usuliga qarab aktsizlar individual va universal soliqlarga bo ’linadi. Masalan, GFRda 20 ga yaqin individual aktsizlar, Yaponiyada 600 dan ortiq aktsizlar bor. Keyingi yillarda korxonalar umumiy oborotida olinadigan (oborot soliq) universal aktsizlar juda keng tarkalmokda. Yuqorida aytib o’tilgan soliqlardan tashqari Evropa Iqtisodiy Hamdo’stligiga a’zo mamlakatlarda juda ko’p boshqa turdagi soliqlar mavjud. Odatda, bu soliqlar yagona tizim doirasida ko’rib chiqilishi qiyin. Ular o’ziga xos ravishda shakllangan va davlatlarning o’zok tarixiy rivojlanishida turli ta’sirga uchragan. Masalan, GFRda bu oborot kapitaliga solinadigan soliqlar (ustav kapitalining 1% asosida firma tashkil qilinadi va 2,5% kapitalda qatnashish usuliga ega bo’lganda), hunarmandchilik solig’i (ishlab chiqarish fondining 5% daromadi va 0,2% qiymatidan), mol-mulkdan olinadigan soliq (0,5—0,6%), er solig’i, transport vositalariga solinadigan soliqlarni tashkil etadi. Frantsnyada bo’lar kapitalni oshirishga solinadigan soliq, (yoki ro’yxatga oid yig’im — 1%), kasbiy korxona egasiga taallukli soliq va boshqalardan iboratdir. EIHa ’zolari bo’lgan mamlakatlarning soliq, tizimlari turli imtiyozlar sonining ko’pligi bilan ham ancha murakkabdir. Ko’pgina mamlakatlarda (ayniqsa Irlandiyada, Frantsiyada, shuningdek, Buyuk Britaniyada), ba’zi rayonlarda soliqlar pasaytirilgan stavka bo’yicha olinadi yoki kompaniyalar soliq to’lashdan umuman (ma’lum muddatga) ozod qilinadilar. Soliq solinishidan, shuningdek, qayta investitsiyaga yunaltirilayotgan daromadlar ozod qilinadi. Aslini olganda, EIHa’zolari bo’lgan barcha mamlakatlarda imtiyozlar mavjud bo’lib, ularga binoan maorifga va kadrlar tayyorlashga qaratilgan xarajatlarning ma’lum qismi soliq to’lashdan ozod qilinishi nazarda tutilgan. Evropa Iqtisodiy Hamdo ’stligining soliq solish sohasidagi rasmiy siyosati hamdo’stlik a’zolari bo’lgan mamlakatlarning soliq sistemalarini Rim shartnomasidan boshlab soliq solish uslubi va mexanizmi nuqtai nazaridan, soliq solish stavkalarining hajmi nuqtai nazaridan bir-biriga yaqinlashtirish, ma’lum darajada ularning soliq tizimlarini bir shaklga keltirishdan iborat. Bilvosita soliqqa tortish, fuqarolarning shaxsiy daromadlariga soliqlar solish va mahalliy soliqlar sohasidagi ishlar uncha yaxshi shakllanmagan. 1975 yildayoq EIH mamlakatlari korporatsiyalar daromadiga 45%dan 55%gacha bo ’lgan darajadagi stavkalar bilan soliq solish tizimiga o’tish haqida kelishib olishgan. hozirgi vaqtda soliq stavkalarining tavsiya qilinayotgan darajasi 30%dan 40%gacha etadi. Bu bir qator mamlakatlar (Germaniya, Frantsiya va Gretsiya) korporatsiyalar daromadlariga soliq solish hajmini qisqartirishlarini taqozo etadi. Boshqa bir tomondan qaraganda, pastki intervalga tushib qolgan mamlakatlar (Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Ispaniya va Niderlandiya) korporatsiya soliqlariny boshqa pasaytira olmaydilar. Hozirgi vaqtda davlatlarning soliq solish tizimida qatnashishlari muammosi faol ravishda muhokama qilinmokda. Ishga bunday yondoshish juda muhim, chunki EIHkapitali deyarli erkin harakat sharoitida, 1992 yildan boshlab, kapitalni - daromadga nisbatan imtiyozli soliq, solish bilan mamlakatlarga qayta jalb etish mumkin. Davlatning iqtisodga aralashmasligi tarafdorlari shuni ta ’kidlaydilarki, erkin bozorni yaratish nafaqat soliq stavkalari me’yorlarini belgilashni, balki bunday me’yorlar ortiqcha ekanligini ham ko’rsatadi, chunki davlatlararo raqobat soliqning yuqori darajasini belgilashga ziddir. Bunday sharoitda soliqlarning belgilangan pastki stavkalari ham kerak bo’lmay qoladi, chunki soliqlarni haddan tashqari pasaytirish byudjet defitsiti birmuncha ortishiga olib keladi, bu esa boshqa noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, ishbilarmon doiralarning bir qismigina erkin bozor kapitalining o ’z holicha rivojlanish va foydadan soliq to’lashga qodir deb hisoblaydi. Buning o’ziga xosligi shundaki, daromadga soliq solishning milliy tizimlari bir-biridan nafaqat stavkalari hajmi bilan, balki buxgalteriya hisob-kitobi tizimi, soliq solinishi lozim bo’lgan daromad miqdorini aniqlash, tegishli qonunlarni qo’llash samaradorligy va, nihoyat, soliq to’lashdan bosh tortgani uchun ko’riladigan choralarning qat’iyligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, Germaniyada korporativ soliqning stavkasi EIXda eng baland hisoblanadi. Biroq, nemis kompaniyalari boshqa mamlakatlar kompaniyalariga qaraganda tannarxning ko’pgina amortizatsiyaga oid mablag’larini hisobdan chiqarish huquqiga egadirlar. Ulardagi investitsion soliq kredita olish imkoniyati shuni ko ’rsatadiki, nemis korporatsiyalari, odatda, pulni asosiy kapitalni yangilash, yuqori darajadagi dividendlarni to’lamasdan aktsiyalarning bozordagi tannarxini oshirishni afzal biladilar. Shunday qilib, qonunchilik tafovutlari, bir tomondan, davlatlararo raqobatni, nisbatan mustaqillik va bozor mexanizmining erkin harakat qilishini qiyinlashtiradi. Boshqa bir tomondan, qonunchilik tafovutlari EIHichida kapital oqimining yo ’qolishiga juda ham katta ta’sir qiladi. Daromadga solinadigan soliq stavkalari pastligi nuqtai nazaridan qaraganda ayrim mamlakatlar qandaydir bir qonunlar, cheklanishlar nuqtai nazaridan (masalan, soliq solish maqsadi uchun daromad belgilash va shu kabilar) qulay va noqulay bo’lishi mumkin. Daromadga solinadigan soliqlarni bir-biriga yaqinlashtirishga urinishlar, soliq solish ob ’ektining yagona ta’rifi bo’lmas ekan, kam ma’noga egadir. Bu muammoni hal qilish uchun soliq solinadigan foyda minimal imkoniyatli to’zimining bir shaklga keltirilgan standarti kiritilishi taklif qilinadi. Ayrim davlatlarning amortizatsiyalash siyosati ham garmonizatsiyani talab qiladi. Amortizatsiyaga mablag ’ ajratishlar hisob-kitobi fondlarning dastlabki qiymatiga qarab amalga oshiriladi deb taxmin qilinadi. Biroq, inflyatsiya tufayli paydo bo’lgan kapitalning o’sishi soliq solishchdan ozod qilinadi. Soliq solish tizimini takomillashtirish jarayonida EIHmamlakatlarida soliqlar birmuncha kamaytirilishi ko ’zatiladi. hozirgi vaqtda shu davlatlarning ko’pchiligida korporatsiyalar daromadiga solinadigan soliqlar AQShdagiga nisbatan kam. Ayni bir vaqtda turli mamlakatlarning soliq belgilashga xilma-xil yondoshuvi sababli soliqni o’rtacha yoki bazali stavkalar asosidagina qiyoslash unchalik samara bermaydi. Bir tomondan, kator Evropa mamlakatlari kichik firmalar va ba’zi korporatsiyalar uchun mablag’ sarflashdagi soliqlarni ancha kamaytirsalar, ikkinchi tomondan, ba’zi davlatlar qo’shimcha soliqlar belgilaydilar. Masalan, Buyuk Britaniyaning soliq gavanlarvdagi va bo’sh zonalardagi daromadlaridan stavka bo’yicha 20% soliq olinadi; Irlandiyadagi Dublin zonasida joylashgan sanoat kompaniyalari daromadidan olinadigan soliq bor-yo’g’i 10%ni tashkil etsa, ayni bir paytda Italiyada mahalliy hokimiyat korporatsiyalar daromadidan olinadigan soliqlarni 36%dan 46%ga ko’paytiradilar. Buning barchasi hamdo’stlik mamlakatlarida soliq tavsiyalari o’zgartirilishini talab qiladi. Ushbu o’zgarishlarga binoan ruxsat etilgan soliq intervali doirasi (30—40%) atrofida bo’lib, mahalliy soliqlar ham e’tiborga olinishi kerak. Bizningcha, EIHa ’zolari bo’lgan mamlakatlarda soliq tizimlarini uyg’unlashtirish uchun juda qat’iy qadamlar qo’o’ilmoqtsa. Biroq, bu siyosatning asosiy yo’nalishlari qanchalik izchil bo’lmasin, ular borasvda, hatto taxminan bo’lsa-da, tegishli shartnomalar to’zish va ayniqsa ularning bajarilishi me’yorlarini belgilashning imkoni yo’qqa o’xshaydi. Evropa Iqtisodiy Hamdo’stligida soliq solish masalalari bo’yicha har qanday qarorlar EIHa’zolari bo’lgan barcha mamlakatlar tomonidan bir ovozdan tasdiklanishi va tan olinishi bugunning dolzarb muammosi bo’lib qolmokda. Yuqorida keltirilgan konkret misollardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Mustaqil Davlatlar Hamdo ’stligiga kiruvchi davlatlarning ichki va tashki siyosatini muvofiklashtirish maqsadida soliq tizimlarini, byudjet jarayonlarini, davlat xarajatlarini, nazorat tizimini muvofiklashtirish zarur. Bunday kelishuv ayniqsa, soliqlar sohasi bo’yicha juda zarur. Aynan shu yo’lni Evropa Iqtisodiy hamdo’stliga mamlakatlari bosib utmokdalar. Shu bilan birga, hozirgi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo ’stligi davlatlarning har birida bir-biri bilan kelishiladigan o’ziga xos soliq qonunchiligi ishlamokda. Bunday o’zaro kelishilmagan moliyaviy siyosat hozirgi kundayoq, aynan bir mahsulotga turli narxlar qo’llanishi, turli soliqlar va stavkalar mavjudligi sababli o’zaro hisob-kitoblarda o’z ta’sirini ko’rsatmokda. Bu kabi tafovutlar shunga olib keladiki, aynan o’sha bir mahsulot uchun ayrim davlatlar ortiqcha pul to’lasa, boshqalari ularga nisbatan kam pul to’laydilar, ya’ni MDXdagi davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda narxlar tengligi bo’ziladi. Jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi soliq islohotlari tajribasi shundan dalolat beradiki, yangi soliqlar solish bo ’yicha qarorlar qabo’l qilishda umummilliy qonunlarga tayanilganda eng ko’p samaraga erishilishidan darak beradi, biroq hokimiyat mahalliy organlari qarorlari bo’yicha ish ko’rilganda bunchalik samara bo’lmaydi, bu esa keyingi vaqtda respublika uchun xos xususiyat bo’lib qoladi. Boshqa bir tomondan, mahalliy byudjetlar markaziy byudjet tarkibida hisobga olinmaganda markaziy hokimiyat va hokimiyatning mahalliy organlari faoliyatlari doirasining, ularni o’z-o’zini mahalliy ta’minlashini cheklash siyosati katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa, fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasining qonunlarida ham o’z aksini topishi mumkin bo’lgan holdir. Respublikamizda, boshqa mamlakatlarda bo ’lganidek, soliqlarning eng asosiy turlaridan biri qo’shilgan qiymat solig’idir. Biroq u bizda mahsulotning iste’molchiga etib borishidagi faqat bir bo’g’inda emas, balki aslida barcha bo’g’inlarda (qishloq xo’jaligidan tashqari) olinadi. Qishloq xo ’jaligiga yuborilayotgan tovarlar (traktorlar, o’g’itlar va boshqalar) aktsizlari solinadigan ro’yxatni kengaytirilishi o’zini oqlamaydi. Bu mahsulotlarga qo’yiladigan narxlar keskin kutarilishiga va qishloq xo’jaligi korxonalarning moliyaviy ahvoli yanada yomonlashuviga olib keladi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda foydadan olinadigan barcha soliqlar birlashtirilganda 35 — 40%ni tashkil qiladi, O’zbekiston Respublikasida esa soliqlar bir qator korxonalarda deyarli bir yarim, ikki barobar baland, bu esa har qanday tashabbusni so’ndiradi va ishlab chiqarishni hamda ishchanlikni rivojlanishga ma’lum to’sqinliklarni vujudga keltiradi. Bunga oid misollarni xalq xujaligi korxonalaridan ko’plab keltirish mumkin. Adabiyotlar: 1. I.A. Karimov. «O’zbekiston buyuk kelajak sari» Toshkent. «O’zbekiston» 1998 y. 2. I.A. Karimov. «O’zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo’lida» Toshkent. «O’zbekiston» 1998 y. 3. I.A. Karimov. «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolini asosiy tamoyillari» Toshkent. «O’zbekiston» 1999y. 4. I.A. Karimov. «O’zbekiston XIX asr bo’sag’asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. «O’zbekiston» 2000 y. 5. Volkov A.M. «Shvetsiya sotsialnaya- ekonomicheskaya model» M.; Misl 2000 g. 6. Eydxovn «Niderlandi obzor nalogovoy sistemi» mejdunarodniy tsentr menedjmenta obshchestva 1999 g. 7. S. Alimboev va boshqa. Soliqlar. O ’quv qo’llanma.-T., 2000 8. T. Malikov. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari.-T., Akademiya, 2002. 9. Nalogi i nologooblojenie v Rossiyskiya Federatsii (Uchebnik dlya VUZ ov ). –M., Knijniy mir, 1999. 10. L. Xvan Soliq huquqi.-T., Konsaudit inform, 2001