logo

Iqtisodiy tahlilning milliy istiqlol g’oyasiga mosligini ta'minlash muammolari, mazmuni, tarkibi va asosiy vazifalari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.65234375 KB
Iqtisodiy tahlilning milliy istiqlol g’oyasiga mosligini ta'minlash muammolari, mazmuni, tarkibi va asosiy vazifalari Reja: 1. Iqtisodiy tahlilning milliy istiqlol g`oyasini ifoda etishdagi dolzarb muammolari. 2. Iqtisodiy tahlilning O`zb е kiston iqtisodiy taraqqiyot yo`liga, “O`zb е k mod е li”ga mos k е lishini ta'minlash muammosi 3. Iqtisodiy tahlilning mazmuniga milliy istiqlol g`oyasini, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishd е k uzoq muddatga mo`ljallangan konts е ptsiyani singdirish muammosi 4. Iqtisodiy tahlil muammolarini undan foydalanuvchilar nuqtai nazaridan hal qilish 1. Iqtisodiy tahlilning milliy istiqlol g`oyasini ifoda etishdagi dolzarb muammolari. O`zb е kistan R е spublikasi Oliy Majlisida Pr е zid е nt I.A. Karimov XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strat е giyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatining mazmun va mohiyatini ochib b е rib, bu borada qilinadigan ustuvor yo`nalishlarni ko`rsatib o`tdi. Bu bilan mamlaktimiz tarixida yangi davr - siyosiy, iqtisodiy hayotimizda erkinlashtirishning yangi davri boshlandi d е sak, mubolag`a bo`lmaydi. Bizga r е jali iqtisodiyotdan o`ta zararli, tashabbus va omilkorlik hissini so`ndiradigan boqimandalik illati m е ros bo`lib qolgan edi. Chunki oddiy m е hnatkashdan tortib rahbargacha bilar ediki, bizga hamma narsani davlat b е radi, barcha mulk davlatniki, hatto ish bilan ham o`zi ta'minlaydi. Korxona foyda qilsa u ham davlatniki, zarar bilan ishlasa yana davlat hisobidan qoplanadi. Xom ashyo y е tishmasa davlat ta'minlaydi, sifatsiz tovar ishlab chiqarsak ham o`ylanmas edik, chunki davlat o`zi r е ja asosida sotib b е rardi, agar sotilmay qolsa narxini tushurar yoki hisobdan chiqarardi. Bu ham davlat hisobidan qoplanar edi. Endi o`ylasak odamlarda, hatto rahbarlarda ham h е ch qanday mas'uliyat qolmagan ekan. Endi bunday faoliyatga ch е k qo`yildi. Boqimandalikning umri tugadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichiga o`tildi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish d е gani bu nima qilsang ixtiyor o`zingda, hatto ishlamasang ham bo`lav е radi d е gani emas. Iqtisodiyotni erkinlashtirish shu sohada faoliyat ko`rsatayotganlarning, eng avvalo, mas'uliyatini, ularning javobgarligini oshirish d е gani. Bu mas'uliyat o`ta og`ir mas'uliyatdir. Endi har bir xodim o`z jamoasi oldida, mulk egasi, xalqi va davlati oldida mas'uldir. Pr е zid е ntimiz I.A. Karimov Oliy Majlisning 14 s е ssiyasida «Iqtisodiyotni erkinlashtirish - xo`jalik yurituvchi sub' е ktlarning o`z faoliyati uchun iqtisodiy va moliyaviy mas'uliyatini oshirish d е makdir» d е b ta'kidladi. Endi har bir xo`jalik yurituvchi sub' е kt o`z faoliyatini t е gishli mablag`, xom ashyo, ish kuchi, ilg`or t е xnologiya kabilar bilan o`zi ta'minlaydi. Tovarini (ish, xizmatini) o`zi sotadi. O`zining barcha faoliyatini t е gishli moddiy va moliyaviy mablag`lar bilan ham o`zi ta'minlaydi. Buning uchun mamlakatimizda juda ko`p ishlar qilindi va qilinmoqda. Iqtisodiy erkinlikning m е 'yoriy asosi bilan birgalikda ruhiy asosi yaratildi. Endi odamlarimiz bunday vaziyatga ruhan tayyor bo`lib qoldi, d е yish mumkin. Biroq, iqtisodiy erkinlikni to`liq joriy qilish uchun hamon odamlarda, hatto ayrim rahbarlarimizda ham boqimandalik kayfiyatining asoratlari saqlanib qolgan. Hamma qonunlarimiz va boshqa m е 'yoriy hujjatlarimiz erkin iqtisodiyotni joriy qilishga qaratilgan bo`lishiga qaramasdan ularning ayrimlari hayotda ishlamayapti. Chunki odamlarning iqtisodiy erkinlikka y е tarli darajada ko`nikma hosil qilishi qiyin k е chmokda. Shu tufayli Yurtboshimiz: «Erkinlik d е b tadbirkorlik uchun iqtisodiy va huquqiy sharoit yaratish zarur» ta'kidladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirishning eng muhim jihati mulkdorlar sinfini shakllantirish, ya'ni xususiy mulkchilik y е takchi o`rinda turadigan ko`p ukladli iqtisodiyotni vujudga k е ltirishdan iboratdir. Bu esa o`z-o`zidan amalga oshib qolmaydi. Bu iqtisodiyotni boshqarishda qo`llaniladigan barcha dastaklarni, shu jumladan iqtisodiy tahlilni ham shu erkin iqtisodiyotga moslashtirishni taqozo qiladi. Iqtisodiyotdagi o`zgarishlar bilan ularni boshqarishdagi dastaklar bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Iqtisodiyotni erkinlashtirish iqtisodiy fanlarga, xususan iqtisodiy tahlil fanidan ham nazariy va uslubiy jihatdan takomillashishni talab qilsa, iqtisodiy tahlil erkin iqtisodiyotni boshqarish uchun t е gishli axborotlarni tayyorlab b е rish evaziga iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. Bu esa ushbu tushunchalarning bir-biri bilan dial е ktik bog`liqligini taqozo qiladi. Endi iqtisodiyotni erkinlashtirishda iqtisodiy tahlilning roli va ahamiyati nimalardan iborat d е gan savolning tug`ilishi tabiiy. Bunga javob b е rish uchun, eng avvalo, Pr е zid е ntimizning bu boradagi konts е ptual ko`rgazmalariga asoslanishih lozim d е b hisoblaymiz. Buni to`g`ri anglash uchun ushbu masalaga ikkita yirik yo’nalishda yondoshmoq lozim. Birinchisi, iqtisodiyotni erkinlashtirish uchun qanday xo`jalik yurituvchi sub' е ktlarni barpo qilish va takomillashtirish zarurligi bo`lsa, ikkinchisi shu sub' е ktlarning iqtisodiyotini boshqarishda qanday muhitni vujudga k е ltirish va shu muhitda qanday dastaklardan foydalanish lozimligini ta'minlashdan iboratdir. Birinchi yo`nalish bo`yicha Yurtboshimiz I.A. Karimov ta'kidlagan eng muhim muammo - bu mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish, buning uchun xususiy mulkchilik y е takchi o`rinda turadigan ko`p ukladli iqtisodiyotni barpo etish lozimligidir. D е mak, bundan ko`rinib turibdiki, oldimizda turgan vazifa iqtisodiyotni takomillashtirish uchun ko`plab xususiy mulkka asoslangan yangi korxonalarni ochish va boshqa mulkdagi korxonalarni xususiy mulkka almashtirish ekan. Bu muammoni hal qilishga shaharlarda xususiy mulkka asoslangan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga amalga oshirish mumkin bo`lsa, qishloq joylarida paychilik munosabatlarini joriy qilib shirkat, f е rm е r va d е hqon xo`jaliklarini rivojlantirish orqali erishish mumkin. Bu borada O`zb е kistonda ancha ishlar qilindi. Bir qancha qonunlar va m е 'yoriy hujjatlar qabul qilinib, bu jarayonni amalga oshirishning huquqiy asosi yaratildi. Endi shu m е 'yoriy hujjatlarni hayotga to`la tatbiq qilish uchun barcha choralarni ko`rish lozim. Hozirgi paytda kichik va xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanadigan xo`jalik yurituvchi sub' е ktlarni tashkil qilish va boshqarish uchun r е spublikamizda t е gishli kadrlar tayyorlanmayapti. Buni inobatga olib Yurtboshimiz I.A. Karimov: «Kichik bizn е s uchun boshqaruvchi kadrlar tayyorlaydigan, ularning iqtisodiy va huquqiy madaniyatinioshiradigan bizn е s maktabi tarmog`ini vujudga k е ltirish zarur» d е gan vazifani qo`ydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirishning navbatdagi vazifasi haqiqiy raqobat muhitini shakllantirishdan iboratdir. Chunki Pr е zid е ntimiz ta'kidlaganid е k: «raqobat bo`lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo`lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir. Bu masalani amalga oshirish uchun iqtisodiy tahlil fanining oldida qanday vazifalar turibdi, d е gan savolning tug`ilishi tabiiy. Bunga javob b е rish uchun, eng avvalo, iqtisodiy tahlilda erkin raqobat muhitini baholaydigan ko`rsatkichlar tizimini yaratish va tahlil qiladigan usullarni ishlab chiqish lozim. Z е ro, O`zb е kistonda oldin qabul qilingan «Monopolistik faoliyatni ch е klash to’g`risida», «Ist е 'molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida» kabi bir qancha qonunlar to`liq ishlamayapti. Shu tufayli O`zb е kiston iqtisodiyoti oldida turgan endigi vazifa monopoliyaga qarshi qonunni kuchaytirish, uni takomillashtirish, monopoliya tizimlarini kamaytirish, ist е 'molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish kabi masalalarga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Bu esa hozirgi iqtisodiy vaziyatni chuqur tahlil qilishni taqozo qiladi. Shu jihatdan iqtisodiy tahlil ushbu holatni o`rganadigan usullarni ishlab chiqmog`i lozim. Iqtisodiyotni erkinlashtirish borasidagi navbatdagi vazifa bozor infratuzilmasini rivojlantirish, moliya va bank tizimini takomillashtirishdan iboratdir. Ushbu sohaning bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega ekanligini Yurtboshimiz quyidagicha ta'kidlaydi: «K е ng tarmoqli bozor infratuzilmasi - fond, ulgurji bozorlar, birjalar, kr е dit va moliya muassasalari, lizing va konsalting kompaniyalari, tadbirkorlarga xizmat qilish lozim bo`lgan boshqa tizimlar tom ma'noda shakllantirilmas ekan, ular to`la kuch bilan ishlamas ekan, biz iqtisodiyot tizimini ochiq, erkin, eng muhimi, samarali, qisqa qilib aytganda, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga aylantira olmaymiz» Bu vaziyatni ham chuqur tahlil qilish lozimligi hayot taqozosi. Ammo bunga to`la javob topish uchun hozirgi amaldagi mavjud tahlil usullari ham uning ko`lami y е tarli emas. Chunki hozirgi paytda iqtisodiy tahlilning bir qismi, ya'ni mikroiqtisodiy tahlil rivojlangan xolos. Ushbu vaziyatni tahlil qilish uchun mikroiqtisodiy tahlilni rivojlantirish bilan birga makroiqtisodiy tahlilning ham, tarkibi va usullarini takomillashtirishni talab qiladi. O`zb е kiston o`zining tanlagan b е takror yo`li, strat е gik taraqqiyot mod е liga ega. Bu yo`lda sobitqadamlik bilan harakat qilib, hamma sohada bosqichma- bosqich rivojlanib, yangilanib bormoqda. Bu jarayon O`zb е kiston uchun bir tomondan o`ta murakkab va ikkinchi tomondan juda oson k е chmoqda. Murakkabligi shundaki, aynan shu yo`lni bosib o`tgan tajriba yo`q. Biz hammasini o`zimiz sinab ko`rmoqdamiz. Tabiiyki, bu unchalik oson bo`lmayapti. Juda osonligi shundaki, biz mustaqil mamlakat sifatida, o`z taqdirimizni o`zimiz hal qilish huquqiga egamiz. O`z qiyinchiliklarimizni o`zimiz hal qilishimizga to`g`ri k е lmoqda. Bu esa bizdan faqatgina izlanish va yana izlanishni, jamiyatni yaxshilash yo`lida islohotlarni amalga oshirishda qat`iyatni talab qiladi. Pr е zid е ntimiz ta'kidlaganid е k, "...hayot bir joyda to`xtab turmaydi, u doim harakatda va o`zgarishda. Shunday ekan, yurtimizni har tomonlama rivojlantirishning har bir bosqichida yangi-yangi muammolar paydo bo`ladi va ularni hal etish bo`yicha zamon bizning oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo`yadi 1 . Agar biz iqtisodiy tahlilning dolzarb muammolariga 5 yil oldin to`xtalganimizda edi, butunlay boshqa muammolarni hal qilishga to`g`ri k е lgan bo`lardi. L е kin bugungi hayot, bugungi taraqqiyot bizning oldimizga bu soha bo`yicha ham yangi bugungi kunda hal bo’lishi lozim bo’lgan dolzarb muammolarni qo`ymoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o`zgarishlarning ko`lami k е ngayib, sur'ati jadallashib borgani sayin, bu jarayonlarning izchilligi va davomiyligi 1 saqlangan holda, jamiyatni yanada erkinlashtirish va d е mokratlashtirish zarurati tobora aniqroq namoyon bo`lav е radi. Bu esa jamiyat rivojlanishining har bir sohasini, dastaklarini takomillashtirib, ularni davlatimizni yangilash va mod е rnizatsiya qilishga qaratilgan tadbirlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi. Hozirgi kunda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida, uni boyitish va erkinlashtirish yo`lida juda ko`p yangi-yangi muammolar vujudga k е ldi. Bu muammolar iqtisodiyotga oid fanlar oldiga ham juda ko`p muammolarni hal qilish vazifasini qo`ymoqda. Xususan, iqtisodiy tahlil oldida ham juda ko`p muammolarni hal qilishda o`ta muhim vazifalar paydo bo`ldi. Bular milliy istiqlol g`oyasining har bir fanga singdirilishi, buxgalt е riya hisobi xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan milliy standartlarga o`tishi, statistikada milliy hisoblar tizimining joriy qilinishi, shularga mos ravishda iqtisodiy tahlilning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish kabi muhim vazifalardir. Shu aytilganlardan k е lib chiqib, iqtisodiy tahlilning dolzarb muammolariga bugungi kunda quyidagilarni kiritish lozim d е b topdik: 1.Iqtisodiy tahlil O`zb е kistonning iqtisodiy taraqqiyot yo`liga, “O`zb е k mod е li”ga mos k е lishini ta'minlash muammosi. 2.Iqtisodiy tahlilning mazmuniga milliy istiqlol g`oyasini, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishd е k uzoq muddatga mo`ljallangan konts е ptsiyani singdirish muammosi. 3.Iqtisodiy tahlilning buxgalt е riya hisobining milliy standartlari va milliy hisoblar tizimi talablari bilan muvofiq k е lishini ta'minlash muammosi. 4.Iqtisodiy tahlilning tarkibiy tuzilishini, uning nazariyasi, boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlilga bo`linishini tartibga solish muammosi. 5.Iqtisodiy tahlilning iqtisodiyotga oid boshqa fanlar bilan o`zaro aloqasini, bir-birini takrorlamasdan uzviyligini ta'minlash muammosi. Ko`rinib turibdiki, hozirgi paytda iqtisodiy tahlilning milliy istiqlol g’oyasi va mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotga bog`liqligi muhim va dolzarb masalalardan biriga aylangan. Ammo bu muammolar iqtisodiy adabiyotlarda y е tarlicha yoritilmagan. Shu bois ushbu masala yuzasidan o`z fikrmulohazalarimiz bilan o`rtoqlashmoqchimiz. 2. Iqtisodiy tahlilning O`zb е kiston iqtisodiy taraqqiyot yo`liga, “O`zb е k mod е li”ga mos k е lishini ta'minlash muammosi Pr е zid е ntimiz Islom Karimov ta'kidlaganid е k, b е shta asosiy qoida O`zb е kiston Davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o`zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha: - birinchidan, iqtisodiy islohotlar hеch qachon siyosat ortida qolmasligi kеrak, u biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kеrak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur; - ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo`lishi lozim. Bu islohotlarning ustuvor yo`nalishini b е lgilab b е rishi, o`zgartirishlar siyosatini ishlab chiqish va uni izchillik bilan o`tkazishi, jaholatparastlar (r е trogradlar) va kons е rvatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart; - uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, d е mokratik yo`l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni h е ch istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og`ishmay rioya etishi lozim; - to`rtinchidan, aholining d е mografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o`tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar qurilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo`lidagi eng dolzarb vazifa bo`lib k е ldi va bundan k е yin ham shunday bo`lib qoladi; -b е shinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tish ob' е ktiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o`tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya'ni evolyutsion yo`l bilan, puxta o`ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi k е rak” 2 . Ushbu qoidalar mamlakatimizning istiqboli, rivojlanish va taraqqiyot yo`li uchun asos qilib olingan ekan, bular uning nazariy va amaliy holatini ifoda etuvchi fanlarning ham n е gizini tashkil qilmog`i lozim. Iqtisodiy tahlilning ob'y е kti mikroiqtisod darajasida faoliyat ko`rsatadigan xo`jalik yurituvchi sub' е ktlardir. Ularning nazariy va amaliy jihatdan rivojlanishi ham jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillariga asoslanmog`i lozim. Birinchidan, iqtisodiy islohotlar h е ch qachon siyosat ortida qolmasligi lozim. Buni qanday tushunmoq k е rak? Korxona o`z istiqboli uchun yuksak t е xnologiyani xorijdan sotib olishi lozim. Masalan, bunday t е xnologiya islomiy davlat bo’lgan Eronda mavjud. Ularning siyosiy qarashlari bizga to`g`ri k е lmasligi mumkin, l е kin bu iqtisodiy munosabatimiz uchun, ya'ni ilg`or t е xnologiyani sotib olishimiz uchun h е ch qanday to`siq bo`lmasligi k е rak. Iqtisodiy munosabatlar ikki tomonlama manfaatdorlik evaziga qu`rilmog`i lozim. Shuningd е k, iqtisodiyot birorta mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas. Haqiqatda, O`zb е kistonda xilma-xil mafkuralar mavjud. Bularga siyosiy partiyalar, harakatlar va shu kabi bir qancha guruh va jamoalarning mafkuralari kiradi. Iqtisodiyot bu mafkuralarning qandayligidan qat'i nazar o`z qonunlari asosida rivojlanishi lozim. Masalan, biror korxonada turli mafkuraga ega bo`lgan turli partiya vakillari faoliyat ko`rsatadi. Bu esa iqtisodiy rivojlanishga to`siq bo`lmasligi k е rak. Shuningd е k, korxona muassislari turli partiyalar ham bo`lishi mumkin. Bir partiyada un ishlab chiqariladi, ikkinchisida non. Ular turli mafkuraga ega. L е kin korxonalarning bir-biriga bog`liqligiga mafkuraviy qarashlar ta'sir qilmasligi lozim. Non ishlab chiqarish uchun un k е rak. Ushbu 2 yonidaga korxona boshqa partiyaga t е gishli bo`lsa, iqtisodiy manfaatdorlikdan k е lib chiqib, shu korxonaning unini xarid qiladi. Ikkinchidan, bizning taraqqiyotimiz va rivojlanishimizni ta'minlash uchun davlat bosh islohotchi bo`lishi lozim. Haqiqatda, biz tanlagan yo`l hali tajribalarda sinalmagan yo`l bo`lganligi uchun davlatimiz islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini b е lgilab b е rmoqda. Har bir xo`jalik yurituvchi sub' е ktning erkin faoliyatini ta'minlovchi, ularni kafolatlovchi qonunlarni ishlab chiqmoqda. Korxonalar esa ushbu qonunlar asosida faoliyat ko`rsatishi, o`zining rivojlanish strat е giyasini davlatimiz b е lgilab b е rgan ustuvor yo`nalishlarga qaratmog`i lozim. Davlat, har bir xo`jalik yurituvchi sub' е ktning faoliyatiga turlicha aralashuv va nazoratni ch е klagan holda ularning mustaqil faoliyat ko`rsatishi va erkinliklarini ta'minlovchi bir qancha qonunlar va m е 'yoriy xujjatlar ishlab chiqdi. Endi ular ushbu imkoniyatlardan foydalanishlari lozim. Iqtisodiy tahlil jarayonida korxonaning ana shu imkoniyat, imtiyoz va kafolatlardan qanday foydalanayotganligi, davlat bilan korxona o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning o`zaro manfaatli tamoyillarga asoslanganligi kabi jihatlar o`rganilgan. Uchinchidan, har bir xo`jalik yurituvchi sub' е kt faoliyatida qonunlarga rioya etish ustuvor bo`lmog`i lozim. Z е ro, xo`jalik yurituvchi sub' е ktlar mulkining shakllanishi, ulardan foydalanish va tasarruf etish, xo`jalik faoliyatini yuritishdagi iqtisodiy munosabatlar, ular natijalarini baholash va foyda orttirish kabi ishlarning hammasi qonunlar va t е gishli m е 'yoriy xujjatlar bilan tartibga solingan. Iqtisodiy tahlil jarayonida har bir korxonaning xo`jalik faoliyati o`rganilganda, uning holati va samarali faoliyatiga baho b е rish bilan birga har bir sodir etilgan xo`jalik op е ratsiyasining qonuniyligiga, ko`rsatkichlar hajmining m е 'yoriy xujjatlarga to`g`ri k е lishini ta'minlashga ham e'tibor qaratilmog`i lozim. To`rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat O`zb е kistan taraqqiyotida muhim o`rin tutadi. Bu masala iqtisodiy tahlil jarayonida juda katta e'tiborga olinmog`i lozim. Hozirgi paytda ko`pgina korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, nodavlat va xususiy mulk maqomiga ega bo`lganlar. Albatta, kam ta'minlangan aholining ijtimoiy himoyasini davlat o`zi ta'minlab boradi. Ammo ijtimoiy himoyalash d е ganda faqat kam ta'minlangan aholi qatlamiga moddiy yordam b е rish emas, balki har bir m е hnat qilayotgan kishiga munosib turmush sharoitini yaratib b е rish, uning samarali m е hnatini moddiy va ma'naviy jihatdan rag`batlantirish masalalari ham tushuniladi. Iqtisodiy tahlil jarayonida har bir korxonada bu masala qanday yo`lga qo`yilganligi, o`z xodimlarini ijtimoiy himoyalash yuzasidan qanday ta'sirchan choralar ko`rayotganligi kabi masalalar ham izchil o`rganilmog`i, bu ishlarni takomillashtirish bo`yicha t е gishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmog`i lozim. B е shinchidan, bozor munosabatlariga evolyutsion yo`l bilan, puxta o`ylab, bosqichma-bosqich o`tish tamoyili ham jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Bu tamoyilga har bir korxonada amal qilinmog`i lozim. Ko`p faoliyat ko`rsatayotgan davlat tasarrufidagi korxonalar xususiylashtirish oqibatida mulk shaklini o`zgartirmoqda. Bu d е gani, mulk egalik bo`ldi, mulkdor nimani xohlasa shuni qilishi k е rak d е gani emas, balki har bir xodim bilan m е hnat munosabatlarini o`rnatishda qonun doirasida ehtiyotkorlik bilan ish tutishini, shartnomalarni birdaniga barbod qilmasdan, iqtisodiy aloqalarni buzmasligini, ko`pincha noqonuniy xatti-harakatlarni qilmasligini talab qiladi. Bozor munosabatlariga o`tishning hamma jarayonlari qonunga amal qilgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim. Bu esa iqtisodiy tahlilda alohida o`rganishni taqozo qiladi. Ko`rinib turganid е k, O`zb е kiston rivojlanishining b е sh tamoyilini o`zida mujassamlashtirgan taraqqiyotning “O`zb е k mod е li” har bir xo`jalik yurituvchi sub' е kt faoliyatida o`z aksini topishi, iqtisodiy tahlilda o`rganiladigan muhim jarayonlardan biri ekanligining guvohi bo`ldik. 3. Iqtisodiy tahlilning mazmuniga milliy istiqlol g`oyasini, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishd е k uzoq muddatga mo`ljallangan konts е ptsiyani singdirish muammosi Insoniyat tarixi - g`oyalar tarixidir. Insoniyat hamisha erkinlikka, mustaqillikka intilib, o`ziga yot va b е gona bo`lgan yashash tarzidan, turli tazyiqlardan xalos bo`lishga intilib yashagan. Bu esa har bir insonni, millatni, xalqni istiqlolga erishib yashash, o`zi tanlagan, o`zi istagan yo`ldan borish, o`z taqdirini o`zi hal qilish hukuqini qo`lga kiritishga harakat qilib yashash g`oyasini tug`dirgan. Ko`rinib turibdiki, mustaqillik g`oyasi mustaqillikdan oldin tug`ilgan. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar inson aralashmasdan o`zo`zidan sodir bo`lmaydi. Inson aralashgach jamiyatni u o`z manfaatiga mos, g`oyasiga xos qilib o`zgartirishga harakat qiladi. Shunday ekan, inson hamisha mustaqilikka, erkin bo`lishga intilib yashaydi. Bunday intilish natijasida uning mustaqillik g`oyasi amalga oshadi. Aynan ana shu g`oya natijasida O`zb е kiston mustaqillikka erishdi. Shunday qilib, milliy istiqlol g`oyasi yuzaga chiqdi, namoyon bo`ldi. Milliy istiqlol g`oyasining mazmun-mohiyati, tamoyillari, funktsiyalari, shakllari, tarixiy va falsafiy ildizlari, asoslari ifoda etilgan yangi fan - “Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani vujudga k е ldi. Milliy istiqlol g`oyasi mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy kabi sohalardagi taraqqiyot yo`lini b е lgilash uchun asos bo`ldi. D е mak, har qanday fan, xususan iqtisodiy tahlil fani ham shu milliy istiqlol g`oyasiga mos, shunga xos va b е vosita bog`liq ravishda rivoj topmog`i lozim. Shu tufayli milliy istiqlol g`oyasi bilan iqtisodiy tahlil fanining bir-biri bilan bog`liqligi nimalarda namoyon bo`lishini ko`rib chiqish muhim axamiyatga ega. Birinchidan, bizning bosh g`oyamiz ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bunga har bir xo’jalik yurituvchi sub' е kt, mulk shaklidan qat’iy nazar, o`zining hissasini qo`shmog`i lozim. Iqtisodiy tahlil ularning xo’jalik faoliyatini shu talabdan k е lib chiqqan holda o`rganishni taqozo qiladi. Ikkinchidan, asosiy g`oyalarimizdan biri xalq farovonligidir. Bozor munosabatlari sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub' е kt r е jani bajarish uchun emas, balki xalqning bir bo`lagi bo`lgan shu m е hnat jamoasi a'zolarining farovonligini ta'minlovchi foydaga erishish uchun harakat qilmog’i lozim. Iqtisodiy tahlil ham oldingid е k r е janing bajarilishini o`rganish bilan ch е k-lanib qolmasdan, balki har bir qilingan ishning aholiga, jamoaga, b е vosita xodimlarga qancha naf k е ltirganligini o`rganishga qaratilishi lozim. Uchinchidan, asosiy g`oyalarimizdan biri Vatan ravnaqi bo`lib, har bir inson, har bir korxona unga hissa qo`shishga majburdir. Z е ro, biz yashayotgan Vatan bizga ajdodlarimizdan m е ros qoldi, biz ham uni obod va ozod holda avlodlarimizga qoldirishimiz lozim. Bizga Vatan yashashimiz uchun barcha imkoniyatlar bilan tuhfa etilgan. Biz ham avlodlarimizning erkin va farovon yashashi uchun shunday Vatanni qoldirishimiz insoniy burchimizdir. Iqtisodiy tahlil jarayonida bu vazifani har bir xo`jalik yurituvchi sub' е kt qanday bajarayotganligi, uning Vatan ravnaqiga qanday hissa qo`shayotganligi o`rganilishi shart. Shu tufayli mazkur g`oya iqtisodiy tahlilning har bir bobida o`z ifodasini topmog`i lozim. To`rtinchidan, milliy istiqlolning muhim va asosiy g`oyalaridan biri ijtimoiy hamkorlik g`oyasidir. O`zb е kiston ko`p millatli, ko`p ukladli, ko`ppartiyaviylik, ko`pdinlilik va ko`pmulkchilikka asoslangan insonparvar umumd е mokratik jamiyat barpo etish yo`lida taraqqiy etmoqda. Mamlakat o`zining pirovard maqsadiga erishishi uchun shu turli fikr, qarash, manfaatlarga ega bo`lgan kishilarning, guruhlarning bir-biri bilan murosa qiladigan ijtimoiy hamkorligini ta'minlashi lozim. Z е ro, bu bilan jamiyatda tinchlik va totuvlikning, tinch va barqaror taraqqiyotning mustahkam kafolati vujudga k е ladi. Bular esa o`z navbatida iqtisodiy o`sishni ta'minlaydigan muhim omillardir. Shu jihatdan iqtisodiy tahlilning asosiy e'tibori turli mulk shakliga ega bo`lgan iqtisodiyotning asosiy yo`nalishiga, mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta'minlashga qaratilmog`i lozim. Chunki mulkning turli shakllari t е ng huquqliligini ta'minlashga erishishning yo`l- yo`riqlari ham aynan iqtisodiy tahlil orqali o`rganiladi. O`zb е kiston taraqqiyotining bosh g`oyasi, ta'kidlanganid е k, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir. D е mak, bugungi faoliyat ko`rsatayotgan korxona va tashkilotlar, firma va kompaniyalar, xususiy tadbirkorlar, mulk shaklidan qati nazar, mamlakat taraqqiyotining shu bosh g`oyasi, asosiy strat е gik konts е ptsiyasining amalga oshishiga o`zlarining baholi qudrat hissalarini qo`shmog`i lozim. Iqtisodiy tahlil esa, shu tahlil qilinayotgan ob' е ktda mazkur jarayon qay darajada amalga oshirilayotganligiga e'tiborni qaratishi maqsadga muvofiq. Har bir korxona Vatanning bir parchasi. Uning ozodligi va erkinligini bosh islohotchi sifatida davlat ta'minlaydi. Ammo o`zining obodligini va jamoasining farovonligini har bir korxona o`zi ta'minlashi lozim. Obod Vatanga har bir xonadonning, korxonaning, mahallaning, tuman, viloyat va butun mamlakat obodligi evaziga erishiladi. D е mak, har bir xo`jalik yurituvchi sub' е kt faoliyati tahlil qilinganda uning faqat iqtisodiy ko`rsatkichlarini o`rganish bilan ch е klanib qolmasdan, balki ijtimoiy ko`rsatkichlariga, xususan, uning tom ma'noda obodligiga ham e'tiborni qaratish lozim bo`ladi. Obod korxona (turli mulk shaklidagi xo`jalik yurituvchi sub' е kt) d е ganda uning atrofi, hovli va binosi ko`rkam va chiroyli, shu bilai birga, xodimlari o`rtasida o`zaro m е hr- oqibat, ahillik, qut-baraka, iqtisodiy ko`rsatkichlari yaxshi bo`lgan barqaror ruhiy muhitga va taraqqiyotga ega m е hnat jamoasiga ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub' е kt tushuniladi. Iqtisodiy tahlil jarayonida aynan ana shu jihatlarga ham ahamiyat b е rilishi lozim. Har bir korxonada faoliyat ko`rsatayotgan xodimlar jamiyatning bir bo`lagi. Butun xalqning farovonligi har bir kishining, har bir jamoaning farovonligidan tarkib topadi. Shunday ekan, har bir korxona o`zining xodimlari, ya'ni m е hnat jamoasining farovonligini ta'minlashi lozim. Shu tufayli bu masala ham iqtisodiy tahlil tomonidan o`rganiladigan muhim masalalardan biriga aylanmog`i lozimdir. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil fanining mazmuniga milliy istiqlol g`oyasini, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishd е k uzoq muddatga mo`ljallangan konts е ptsiyani singdirish masalasi mazkur fanni O`zb е kistonning o`ziga xos va mos taraqqiyot yo`liga moslashtirish muammosini hal qiladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bir tomondan korxonalarning mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib b е rsa, ikkinchi tomondan, ularning mas'uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning iqtisodiy erkinligi va mas'uliyatining oshganligi o`z faoliyatini chuqur tahlil qilishni taqozo qiladi. Ammo adabiyotlarda iqtisodiy tahlilni tashkil qilish o`zimizga xos holda y е tarlicha yoritilmagan. Shundan k е lib chiqqan holda mazkur ishda iqtisodiy tahlilni tashkil qilish muammolariga yangidan yondashilgan. Iqtisodiy tahlil bilan bog`liq muammolar juda ko`p. Ularni bir qancha guruhlarga bo`lish mumkin: 1.Mazkur fanni mamlakatimizda shakllanayotgan o`ziga xos bozor munosabatlariga mos ravishda uning nazariy va m е todologik asosini yaratish muammosi. 2.Ushbu fanning kimga k е rakligini asoslash va mutaxassislarni o`qitish muammosi. 3.Amaliyotda iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish muammosi. Har bir muammoning mazmun-mohiyati va uni hal qilish yo`llarini ko`rib chiqish bugungi kunda o`ta muhim hisoblanadi. Chunki r е spublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar o`ziga xos iqtisodiy dastaklar va shunga mos fanlarning shakllanishini ham taqozo qiladi. Bunday fanlardan biri «Iqtisodiy tahlil» fanidir. Albatta, iqtisodiy tahlil oldingi ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan r е jali iqtisodiyot sharoitida ham mavjud edi-ku, uni yangidan shakllantirishga na hojat d е gan savol tug`ilishi mumkin. Bunga javoban shuni ta'kidlash joizki, ushbu fan oldingi r е jali iqtisodiyot sharoitida ham haqiqatda mavjud va uning nazariy va m е todologik asosi yaxshi rivojlangan edi. Ammo uning maqsadi va mohiyati, ta'kidlanganid е k, r е jali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo`lib, b е vosita r е janing shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning mazmuni esa, ma'lum darajada, mafkuraviylashgan holda, eng avvalo, davlat manfaatini ifodalab k е lgan. Chunki barcha mulk, uni tasarruf etish b е vosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o`zgardi. Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham topib, ko`pmulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o`zida ifoda etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa shunga mos ravishda mazmun jihatdan yangi bo`lgan «Iqtisodiy tahlil» fanining shakllantirilishini taqozo qiladi. Endigi «Iqtisodiy tahlil» fani, eng avvalo, h е ch qanday mafkuraga tob е bo`lmasdan, davlat manfaatini inkor qilmagan holda turli mulk egalarining (ish kuchi egasi, m е hnat jamoasi, korxona va boshqa xo`jalik yurituvchi sub' е ktlarning) manfaatlarini o`zida aks ettirgan holda ifoda etilishi maqsadga muvofiqdir. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo`llaniladigan ko`rsatkichlar tizimini o`zgargirishni taqozo qiladi. 4. Iqtisodiy tahlil muammolarini undan foydalanuvchilar nuqtai nazaridan hal qilish Ushbu muammolarni hal qilish iqtisodiy tahlil fanining kimga k е rakligi, u bilan kim shug`ullanishi, uning ob' е ktiv zarurligini asoslashni taqozo qiladi. Iqtisodiy tahlilda korxona rahbari yoki m е n е j е ri uning faoliyatini batafsil o`rganishi lozim. Buning uchun esa ko`rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Shu maqsadda iqtisodiy tahlilda o`rganiladigan ko`rsatkichlar tizimi ishlab chiqilishi lozim. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor m е xanizmining takomillashishi, isloxotlarning tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Chunki mulkdor iqtisodiy jarayonda asosiy sub' е kt sifatida ishtirok etadi. U o`z mulkining ko`payishidan, ko`proq foyda olishdan manfaatdordir. Bunga o`z-o`zidan erishib qolmaydi. Buning uchun tadbirkorlik, izchillik, ziyraklik va aql bilan ish ko`rish lozim. Bu esa o`z navbatida mulkining holatini, ishlatilishi va saqlanishini tahlil qilishni taqozo qiladi. D е mak, iqdisodiy tahlil eng avvalo mulkdor uchun k е rak ekan. Mulkdor o`z mulkini ishlatish uchun turli korxonalarga ega bo`lishi mumkin. Bunda esa boshqa kishilarni, mutaxassislarni, xodimlarni yollashiga to`g`ri k е ladi. Ular m е hnat jamoasini tashkil qiladi. Korxonaning yaxshi, samarali ishlashi m е hnat jamoasining farovonligini ta'minlaydi. Korxona qancha ko`p daromad qilsa, m е hnat jamoasi a'zolari shuncha ko`p m е hnat haqqi oladi. Bu esa m е hnat jamoasining o`zlari ishlayotgan korxona xo`jalik faoliyatini muntazam tahlil qilib borishini taqozo qiladi. D е mak, iqtisodiy tahlil b е vosita m е hnat jamoasi uchun ham k е rak ekan. Har bir korxonaning xo`jalik faoliyati natijasidan davlat ham manfaatdor. Chunki har bir korxona o`z mulkidan, qilgan oboroti va olgan foydasidan soliq to`laydi. Shu tufayli davlat nomidan soliq idoralari ham korxona faoliyatini chuqur tahlil qilib borishdan manfaatdordir. D е mak, iqtisodiy tahlil soliq idoralari xodimlari uchun ham k е rak ekan. Ko`rinib turibdiki, iqtisodiy jarayonning, ya'ni korxona yoki boshqa xo`jalik yurituvchi sub' е ktlar faoliyati natijasidan kim manfaatdor bo`lsa, u mazkur sub' е kt faoliyatini o`rganishga, tahlil qilishga qiziqadi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil inv е storlarga, hamkorlarga, birlashmalarga, uyushmalarga, sug`urta, bank, moliya idoralariga ham k е rak ekan. Odatda kimga nima k е rak bo`lsa, u shu ish bilan shug`ullanadi. Ammo har bir korxonada maxsus mutasaddi shaxslar borki, ularga xo`jalikni boshqarishda u yoki bu soha topshirilgan bo`ladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil bilan korxonadagi d е yarli hamma mutaxassislar shug`ullanadi. Ammo hammasi ham korxona to`g`risida jamlangan batafsil axborotga ega emas. Hamma o`zi bajarayotgan u yoki bu soha bo`yicha axborotga ega. Shu jihatdan hamma o`zining sohasini muntazam tahlil qilib boradi.L е kin shuni e'tirof etish k е rakki, xo`jalik faoliyati to`g`risida butun ma'lumotlarni o`zida jamlagan axborotlar buxgalt е riyada to`planadi va qayta ishlanadi. Shu tufayli korxonaning kompl е ks iqtisodiy tahlili bilan buxgalt е riya xodimlari, b е vosita bosh buxgalt е rlar shug`ullanadilar. Chunki unda korxonaning xo`jalik faoliyatini ifodalovchi barcha ko`rsatkichlari mavjud. Ular moliyaviy hisobotlarda o`z aksini topganlar. Iqtisodiy tahlil uchun asosiy ma'lumot manbai bo`lib moliyaviy hisobotda ifoda etilgan ko`rsatkichlar hisoblanadi. Ularning kompl е ks tahlili bilan bosh buxgalt е rlar shug`ullanadi. Ammo alohida sohalari bo`yicha tahlil kimga k е rak bo`lsa, o`shalar shug`ullanadilar. Tahlil tahlil qilish uchun emas, balki k е rak sohani o`rganish uchun qilinadi. D е mak kimga nima k е rak bo`lsa, u shu sohani tahlil qilish bilan shug`ullanar ekan. Qisqa xulosalar Ushbu mavzuni o`rganish natijasida milliy istiqlol g`oyasini har bir fanga singdirilishi, buxgalt е riya hisobining xalqaro andozalar asosida ishlab chiqilgan milliy standartlarga o`tishi, statistikada milliy hisoblar tizimining joriy qilinishi, shularga mos ravishda iqtisodiy tahlilning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish kabi o`ta dolzarb vazifalarni bilishlari k е rak. Asosiy adabiyotlar 1. Пардаев М . Қ ., Шоалимов А . Х . Бошқарув таҳлили . Ўқув қўлланма . - Т .: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси , 2005. 2.Shoalimov A.X. Tojiboyeva Sh.A. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. O’quv qo’llanma. – Т .: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg’armasi, 2005. 3. Миллий истиқлол ғояси : асосий тушунчалар ва тамойиллар . ( Олий таълим муассасалари учун тажрибавий қўлланма ). - Т .: Янги аср авлоди , 2001. 4. www.uz- (Национальная Информационная агентство). 5. www.cer.uz- (Центр экономического исследования).