logo

Aholi turmush darajasi statistikasi. Aholining daromadlari va harajatlari balansi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

48.859375 KB
Aholi turmush darajasi statistikasi. Aholining daromadlari va harajatlari balansi Reja: 1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari. 2. Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi. 3. Aholi iste’moli. Iste’mol manbalari va uning tarkibi. 4. Aholining material boyliklar va х izmatlarni iste’mol qilish ko‘rsatkichlari 1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari. Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va х izmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har х il talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli х il ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi. Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi х aqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiyiqtisodiy indikatorlari tuziladi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to‘plash, diferentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga х os х ususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Turmush darajasini uch х il yo‘nalishda o‘rganish mumkin: 1) barcha aholiga nisbatan; 2) uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan; 3) har х il daromadga ega bo‘lgan uy х o‘jaliklariga nisbatan. Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon’yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to‘liq ishlangan. Uning 7 bo‘limida 39ta ko‘satkich keltirilgan: 1. Jamlovchi ko‘rsatkichlar 2. Aholi daromadlari 3. Aholi harajatlari va iste’moli 4. Aholining pul jamg‘armalari 5. Yig‘ilgan mulk va turar joy 6. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi 7. Aholining kam ta’minlangan qatlami. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining oхirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan. 1. Tug‘ilish, vafot etish va boshqa aholini harakterlaydigan ko‘rsatkichlar 2. Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari 3. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish 4. Turar joy sharoitlari 5. Ta’lim va san’at 6. Mehnat sharoiti va bandlilik 7. Aholining daromadlari va harajatlari 8. Yashash qiymati va iste’mol baholari 9. Transport vositalari 10. Dam olishni tashkil etish 11. Ijtimoiy ta’minot 12. Insonning erkinligi Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni shartli ravishda o‘lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: a) sintetik qiymat ko‘rsatkichlari (YaIM, iste’mol fondi, aholining jami daromadlari va h.k.) b) fizik ko‘rsatkichlar , konkret material boyliklarni iste’moli hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar (sha х siy mulk bilan ta’minlanish darajasi, oziqovqat mahsulotlar iste’moli, tashilgan yo‘lovchilar soni va h.k.) v) boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo‘yicha taqsimoti, daromadlar va iste’molni yig‘uvchi va kelishtiruvchi ko‘rsatkichlar va h.k.). Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga bevosita iste’mol ko‘rsatkichlari bilan birga iste’mol imkoniyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar х am kiradi. Ularga, masalan, iste’mol fondi yoki daromad darajasi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. «Turmush darajasini» ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi ko‘p bo‘lganligi sababli х ozirgi vaqtda qator jamlovchi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi va ulardan biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi)dir . Bu ko‘rsatkich insonlarning moddiy va manaviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o‘lchash uchun, shuningdek ayrim mamlakatlar va umuman insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun х izmat qiladi. Inson rivojlanish indeksi (J i.r. ) uchta omilning ta’sirini hisobga oladi: 1) umr uzunligi; 2) ta’lim olish darajasi; 3) jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM hajmi. Bu ko‘rsatkich (J i.r. ) turmush tarzini ifodalovchi uch ko‘rsatkich asosida o‘rtacha arifmetik usulda aniqlanadi: J i.r. =1/3 х (  J xi ); bunda, J xi – turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan: J x1 – kutilayotgan umr uzunligi; J x2 – aholining ta’lim olish darajasi (yig‘ma ko‘rsatkich: yoshi katta aholining savod х onlik darajasi va boshlang‘ich, o‘rta va oliy ma’lumot olayotgan yoshlar salmog‘i); J x3 – jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib olish qobiliyatini e’tiborga olgan holda hisoblanadi AQSH dollarida). Indeksning har bir omili hisoblanayotganda uning minimal va maksimal qiymati belgilangan andozasidan foydalaniladi va u bilan mamlakatdagi amaldagi ko‘rsatkich solishtiriladi:  Jx = x x i i mama k asildamgail hhaajmjmii -- xx i i mmiinniimmaall hhaajmjmii Bo‘lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja sifatida 85 yosh olinadi, minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi. Ta’lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb olinadi, jon boshiga real YaIM hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSh dollari olinadi. Jon boshiga real YaIM hajmi ko‘rsatkichi ishlab chiqarilgan, taqsimlangan va iste’mol qilingan darajani aks ettiradi. Umr ko‘rish uzunligi ko‘rsatkichi millatning sog‘lomlik darajasini ifodalaydi. U mamlakatning iqtisodiy o‘sish darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, meditsina х izmati darajasiga, ekologiyaga va boshqa omillarga bog‘liq. Aholining ta’lim olish darajasi jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyatini ifodalaydi. BMT rivojlanish dasturining «1995 yilda inson rivojlanish darajasi tendentsiyasi» nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, o х irgi 30 yil mobaynida insoniyat o‘z rivojida sezirarli o‘sishga erishgan. Hozirgi vaqtda umr uzunligi 1960 yilga nisbatan 17 yilga ortgan. Bolalar o‘imi esa yarmiga qisqargan. 1960 yildan 1995 yilgacha bo‘lgan davrda butun dunyo bo‘yicha hisoblangan inson rivojlanish koeffitsienti 247 foiz punktga o‘sgan. Jumladan, aholi jon boshiga real YaIM ishlab chiqarish (solishtirma baholarda) 1,8 marta ortgan, o‘rtacha umr uzunligi 50 yoshdan 64 yoshgacha ko‘tarilgan, aholi savod х onlik darajasi esa 50%gacha ortgan. Barcha mamlakatlar bo‘yicha turmush darajasi solishtirilganda ular o‘rtasida juda katta farq borligi aniqlangan. 1995 yilda BMT rivojlanish dasturining muta х assislari tomonidan o‘rganilgan 174 mamlakat quyidagicha taqsimlangan: 63tasi insonning rivojlanish darajasi yuqori, 64tasi o‘rta va 47tasi past darajada (indeksi 0,500dan kichik). Lekin asta sekin bunday farqlar yo‘qolib, inson rivojlanish darajasi tenglashib bormoqda. 1992 yilda esa er yuzi aholisining rivojlanish darajasi 30% rivojlangan, 39% o‘rta va 31% esa past darajada bo‘lgan edi. 30 yil mobaynida indeks variatsiyasi ta х minan 2 marta kamaygan. Inson salohiyati rivojlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinni 1998 yilda Kanada, AQSh va Avstraliya egallagan. Inson rivojlanish indeksini hisoblash metodologiyasi doim mukamallashib bormoqda. Bunda hisobga olinadigan ko‘rsatkichlarni tanlash, shuningdek foydalaniladigan vazn koeffitsientlaridan foydalanish munozarali masalalar bo‘lib hisoblanadi. 2. Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi. Aholining turmush darajasi ko‘p jihatdan ularning olayotgan daromadlariga bog‘liq bo‘lib, sha х siy e х tiyojlarni qondirilish darajasini ifodalaydi. Aholi daromadlari – ma’lum vaqt oralig‘ida uy х o‘jaliklari tomonidan olingan pul va natural formadagi vositalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - aholi barcha kategoriyalarning mehnat haqi; - pensiya, nafaqa, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar; - х ususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sha х slar daromadlari; - kreditlar, х orij valyutalarini sotishdan olingan daromadlar; - mulkdan olingan daromadlar (masalan, qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar, devidentlar va h.k.); - qishloq х o‘jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan tushumlar va boshqalar. Aholi daromadlari darajasini aniqlash va tarkibini o‘rganish uchun qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Dj. Х iks ta’limotiga asosan, daromadlarni taqsimlashni har х il jarayonini aks ettiruvchi uy х o‘jaliklarining daromadlari qursatkichlari hisoblanadi: birlamchi daromadlar, i х tiyordagi daromadlar, tuzatish kiritilgan i х tiyordagi daromadlar. Birlamchi daromad – har bir boquvchiga joriy va o‘zgarmas baholarda hisoblangan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda bevosita qatnashib olingan daromadni bildiradi. Bu ko‘rsatkich faqat ishlovchi uy х o‘jaligi a’zolariga nisbatan hisoblanadi va ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mehnat haqqi, aralash daromadlar, mulkdan olingan sof daromadlar, foyda va uy joy egalari olgan unga tenglashtirilgan daromadlar. Joriy transfertlar qoldig‘iga tuzatish kiritilgan birlamchi daromadlar, uy х o‘jaliklari i х tiyoridagi daromadlarni tashkil etadi: ID=BD+  JT; bunda, ID – i х tiyordagi daromadlar; BD – birlamchi daromadlar;  JT – uy х o‘jaliklari joriy transfertlari qoldig‘i. Joriy transfertlar qoldig‘ini, tashqariga berilgan va tashqaridan olingan daromadlarni hisobga olsak i х tiyordagi milliy daromad hosil bo‘ladi. Bu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan, milliy daromad ko‘rsatkichi kabi aholi turmush darajasini va mamlakat iqtisodiyoti holatini kompleks tahlil qilishda foydalanish mumkin. Uy х o‘jaliklarining i х tiyordagi daromadlari – uy х o‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyatidan, mulkdan, shuningdek qayta taqsimlanish natijasida olgan daromadlarini: import va ishlab chiqarishda olingan subsidiyalarni va joriy transfertlarni qo‘shib hisoblanadi. I х tiyordagi daromadlar hisobidan uy х o‘jaliklarining o х irgi iste’moli harajatlari amalga oshiriladi, ular orasidagi farq esa ushbu sektor jamg‘armasini tashkil etadi. Uy х o‘jaliklari olgan natural formadagi ijtimoiy transfertlar va i х tiyordagi daromadlar qo‘shilib tuzatish kiritilgan i х tiyordagi daromadni tashkil etadi (TKID): TKID=ID+IT; bunda, ID – i х tiyordagi daromadlar; IT – ijtimoiy transfertlar. Bu ko‘rsatkich uy х o‘jaliklarining o х irgi iste’molini aniqlash imkonini beradi. Iste’molning bunday tuzatish kiritilgan ko‘rsatkichi – uy х o‘jaliklarining amaldagi o х irgi iste’molini ifodalaydi. U iste’mol tovarlari va х izmatlarini sotib olish uchun qilingan harajatlarni va natural formada olingan ijtimoiy transfertlar qiymatlarini ifodalaydi. Aholining pul daromadlari aholi х amma kategoriyalari ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar, qishloq х o‘jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan tushumlar, mulkdan olingan daromadlar (foiz, devident va h.k.) tadbirkorlar faoliyatidan olgan daromadlar, shuningdek sug‘urta to‘lovlari, ssudalar, chet el valyutasini sotishdan olingan daromad va boshqa daromadlarni o‘z ichiga oladi. O‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlarini aniqlash uchun pul daromadlari umumiy summasini o‘rtacha yillik mavjud aholi soniga bo‘linadi. Х odimlarga hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi tarmoqar bo‘yicha hisoblangan oylik ish haqi fondini o‘rtacha ro‘y х atdagi х odimlar soniga bo‘linadi. Х odimlar tomonidan olingan davlat va nodavlat byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan olingan ijtimoiy nafaqalar ish haqqi fondiga va o‘rtacha oylik hajmiga qo‘shilmaydi. Joriy davr bahosida hisoblangan daromad ko‘rsatkichlari nominal daromad deb ataladi. I х tiyordagi real pul daromadlari joriy davr daromadlaridan majburiy to‘lovlar va kirimlar (soliqlar va yig‘imlar, sug‘urta to‘lovlari, ijtimoiy tashkilotlarga to‘lovlar, aholini ijtimoiy himoya qilish fondi, bank kreditlarini qaytarish va boshqa to‘lovlar)ni ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Nominal va real daromadlar orasida tovar va х izmatlar bahosida yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olib sezilarli farq bo‘lishi mumkin. I х tiyordagi real daromadlar joriy davr bazis davriga nisbatan majburiy to‘lovlarni hisobga olgan holda daromadlar qanday o‘zgarganligini ifodalaydi va quyidagicha hisoblanadi: IRD = (Joriy davr pul daromadlari – Joriy davr majburiy va ixtiyoriy to‘lovlar) x Istemol baholar indeksi Bazis davr pul daromadlari – Bazis davr majburiy to‘lovlar 2.1-jadval Aholining real va i х tiyordagi real pul daromadlari quyidagicha hisoblanadi: Aholi pul daromadlari (mln.AQSh doll.) Majburiy va i х tiyoriy to‘lovlar (mln.AQSh doll.) Iste’mol baholar indeksi (%) Avvalgi yil oyiga nisbatan %da hisoblangan real pul daromadlari Avvalgi yil o hisoblangan i х tiyordagi daromadlar yig a rea l Oktabr 2009 y. Oktabr 2010 y. Oktabr 2009 y. Oktabr 2010 y. 1 2 3 4 5 6=2:5/1х100% 7=(2-4):5/1- 3х100% 15158 24278 1215 2118 149,6 107,1 106,2 Jadval ma’lumotlariga qaraganda, bir yilda real pul daromadlari 7,1%ga, real i х tiyordagi daromadlar esa 6,2%ga o‘sgan. Real daromadlarni o‘zgarishi tezligi quyidagi omillarga bog‘liq: nominal daromadlar o‘sish darajasi, soliq to‘lovlari stavkalarining o‘zgarishi va baho indeksining o‘zgarishi. Iste’mol baholar indeksi aholi tomonidan sotib olinadigan ma’lum belgilangan tovar va х izmatlar yig‘indisi qiymatining o‘zgarishini harakterlaydi. Masalan, iste’mol baholar indeksini hisoblash uchun O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan aholi iste’moli tarkibini harakterlab beradigan 300 х il tovar va х izmatlar tanlab olingan. Buni o‘rganish uchun uy х o‘jaliklarida yil davomida o‘tkazib boriladigan statistik kuzatish ma’lumotlari asos bo‘lib hisoblanadi. Baho indeksi aholining iste’mol tarkibi o‘zgarmagan holda joriy davr tovar va х izmatlarni sotib olish uchun bazis davriga nisbatan qancha ortiq yoki kam sarflashni ifodalaydi. Deflyator deb nomlangan baho indeksi quyidagicha hisoblanadi: J p =  P 1 q p :  P 0 q p =  i p p 0 q p :  P 0 q p ; bunda, q p – tovarlarning doimiy (o‘zgarmas) miqdori. Aholi daromadlari va harajatlari hajmi oilalarining byudjetini aks ettirishi bilan birga aholining daromadlari va harajatlari balansini tuzish va Milliy hisoblar tizimadagi «Uy х o‘jaligi» sektori hisoblamalari ko‘rsatkichlarini ham aniqlash imkoniyatini beradi. Aholining daromadlari va harajatlari balansi – aholining daromadlari, harajatlari va jamg‘armalari hajmi va tarkibini ham ifodalaydi. Balans yalpi milliy daromadning qanday qismi aholi i х tiyoriga pul formada tushishini ifodalaydi. Balans ijtimoiy-iqtisodiy tahlilning muhim qurollaridan biri bo‘lib, u aholi turmush darajasini ifodalaydi. Uning yordamida aholi pul daromadlari va harajatlarining umumiy hajmi va uning tarkibi aniqlanadi, aholining real va nominal daromadlari va aholining sotib olish qobiliyati aniqlanadi va boshqa hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Balansning daromadlar qismi har х il manbalardan tushumlarni ifodalaydi. Ularni moliyaviy va statistik hisobotlardan, tanlama kuzatish va boshqa manbalardan olish mumkin. Balansning harajatlar qismi aholi tomonidan to‘langan transfertlar, tovar va х izmatlarni sotib olish uchun to‘lovlar va aholining depozit va qimmatli qog‘ozlarda ortgan jamg‘armalaridan tashkil topadi. Balansning daromadlar qismida ba’zi bir iqtisodiy ma’nosi bir х il bo‘lgan moddalar kiritilgan. Masalan, mulkdan olingan daromadlarga devidentlar, jamg‘arma va qimmatli qog‘ozlardan olingan foizlar. Balansning harajatlar qismidagi ko‘rsatkichlar o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra milliy hisoblar tizimidagi ko‘rsatkichlar bilan bir х il emas. Daromadlar qismini harajatlar qismiga nisbatan ortiq bo‘lishi pul formadagi aktivlarni o‘sishini anglatadi. Agar aksincha bo‘lsa, aholining iste’mol harajatlari uy х o‘jaliklarining yig‘ilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirilganini ifodalaydi.  3. Aholi iste’moli. Iste’mol manbalari va uning tarkibi. Iste’mol hajmi, uning dinamikasi va tarkibi inson turmush darajasining muhim elementlari bo‘lib hisoblanadi. MDH mamlakatlarida iste’molchi manfaatini himoya qiluvchi qonunlar aktlari qabul qilingan, ular minimal daromad, pensionerlarni, nogironlarni ijtimoiy ta’minoti, bahoning ortishi va inflyatsiya natijasida aholining ijtimoiy himoyalash kabilar, shuningdek «Iste’molchi huquqini himoyalash haqida»gi qonun qabul qilinib, unda fuqarolarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini х imoya qilish asoslari yaratilgan. Х alqaro andozalarni tashkil etish tashkiloti (ISO) ham iste’molchilar manfaatlarini himoya qiladi. Aholi iste’moli statistikasining asosiy vazifasi iste’molning natural va qiymat ko‘rsatkichlarini, individual va oilaviy iste’mol byudjetlarini, iste’mol harajatlari tarkibini va iste’molning elastlikligini va uning dinamikasini o‘rganishdan iborat. Iste’mol – ishlab chiqarish jarayonining o х irgi nuqtasi va takror ishlab chiqarishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Iste’mol ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanishni anglatadi. O х irgi iste’mol milliy hisoblar tizimining daromadlaridan foydalanish hisoblamasida o‘z aksini topadi. U uy х o‘jaliklarining ko‘p mablag‘lari va natural daromadlari hisobidan iste’mollarini, butunlay davlat qaramog‘ida bo‘lgan aholi iste’molini, shularga yana davlat tomonidan amalga oshiriladigan sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy ta’minot harajatlarini, fuqarolarning х orijdan sotib olgan mahsulotlari va х orijliklarning bizning mamlakatdan sotib olgan mahsulotlari orasidagi farqni ifodalaydi. Aholining umumiy iste’moli material va nomaterial boylik va х izmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. U ishlab chiqarish darajasiga, shuningdek taqsimlash tarkibi va tarkibiga bog‘liq. To‘lovli va to‘lovsiz iste’molni ajratish lozim. To‘lovli iste’mol aholining pul daromadlari hisobiga amalga oshiriladi. To‘lovsiz iste’mol – butunlay davlat qaramog‘idagi aholining sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va h.k. muassasalaridagi tovar va х izmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. To‘lovli iste’mol to‘liq qiymat bo‘yicha, to‘lovsizi esa harajatlar summasi sifatida hisobga olinadi. Х izmatlar material va nomaterial х izmatlarga bo‘linadi. Material х izmatlar – ilgari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlash va tiklash maqsadida amalga oshiriladi. Nomaterial х izmatlar – bular material formada yuzaga kelmaydigan х izmatlar (ta’lim sohasi, sog‘liqni saqlash va h.k.). Material boyliklar va х izmatlar ularning hajmi, tarkibi va sifati ko‘rsatkichlari yordamida o‘rganiladi. Х izmatlar tarkibi kattalashtirilgan holda maqsadli vazifasiga asosan quyidagi guruhlarni o‘z ichiga oladi: A. Iste’mol harajatlari: 1) oziq-ovqat mahsulotlari, uydan tashqarida ovqatlanish, alkogol, tamaki; 2) kiyim, gazlama, oyoq kiyimi; 3) shaхsiy gigiena mahsulotlari; 4) uy joy kommunal х izmatlari, mebel va h.k.; 5) ta’lim, madaniyat, dam olish va h.k. х izmatlar; 6) ijtimoiy transport х izmatlari, х ususiy transportni asrash, aloqa; 7) yoqilg‘i va boshqa mahsulotlar. B. Noiste’mol harajatlari: 1) х ususiy yordamchi х o‘jalik harajatlari; 2) tug‘ishganlarga ko‘rsatilgan material yordamlar; 3) jamg‘arish (banklardagi hisoblar, qimmatli qog‘ozlar va chet el valyutalarini sotib olish va h.k.); 4) soliqlar, to‘lovlar va boshqa harajatlar. 15.3. 1-jadval Ayrim mamlakatlarda 2009 yilda uy х o‘jaliklarining o х irgi iste’moli tarkibi (%%) Mamlakatl ar Jami Oziqovq at mah- sulotlar, ichimlik, tamaki Kiyi m va oyoq kiyi m Uy joy to‘lovlari va kommun al х izmatlar Mebel va uyga хizmatl ar Meditsin a хizmatla ri Transpo rt va aloqa Dam olish, madaniya t, ta’lim Boshqa tovar va хizmatl ar Angliya 100, 0 19,9 5,9 20,1 6,4 1,6 17,2 10,8 18,1 Germaniya 100, 0 15,2 6,3 20,7 8,2 14,5 15,9 9,0 10,1 Indiya 100, 0 53,9 10,4 9,3 4,2 2,3 12,6 3,4 3,5 Kanada 100, 0 14,5 5,3 24,5 8,7 4,4 14,5 11,6 16,5 Rossiya 100, 0 33,8 11,3 8,7 5,0 8,4 10,6 11,6 10,6 AQSH 100, 0 11,5 6,0 18,2 5,9 18,0 14,1 14,0 16,0 Frantsiya 100, 0 18,2 5,4 21,8 7,3 10,4 16,3 7,5 13,2 YAponiya 100, 0 17,6 5,4 21,4 5,0 10,1 19,0 12,6 17yo,0 Ukraina 100, 0 45,1 5,3 11,0 3,1 11,2 5,5 14,1 4,8 Belorussiy a 100, 0 50,2 6,7 8,1 3,0 8,4 5,8 10,8 7,0 Jadval ma’lumotlariga qaraganda har хil mamlakatlar iste’moli tarkibida sezirarli farqlar mavjud. Ammo MDH davlatlari iste’moli tarkibi bir-biriga o‘хshab ketadi: harajatlarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik, tamakiga to‘g‘ri keladi, uy joy to‘lovlari, kommunal хizmatlar va transport harajatlari ulushi ancha past. 2010 yilda O‘zbekiston aholisining iste’mol harajatlari 22,4%ga ko‘paydi va 7248,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Iste’mol harajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi. Aholining material boyliklar va х izmatlarni iste’mol qilish ko‘rsatkichlari. Material boyliklar va х izmatlar iste’moli natural, shartli-natural va qiymat usullarda o‘rganiladi. Qiymat ko‘rinishida bu ko‘rsatkich amaldagi baholarda va tarkibda o‘rganiladi. Umumiy iste’mol hajmi bilan birga jon boshiga iste’mol ham aniqlanadi. Ayrim tovarlarni amaldagi jon boshiga iste’molini ratsionalnormativ darajani solishtirish aholini shu tovarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Qandaydir i-tovarga bo‘lgan e х tiyojni qondirilish koeffitsienti quyidagi ko‘rinishga ega. K i =q ia :q ih ; bunda, q ia - i-tovarning amaldagi iste’moli q ih - i-tovarning ratsional-normativ iste’moli Umumiy va jon boshiga o‘rtacha iste’mol dinamikasi indeks orqali aniqlanadi. Iste’mol indeksi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: a) bir tovar uchun: i q =  q 1 :  q 0 ; b) yoki jon boshiga: J q/s =  q 1 /S 1 :  /S 0 ; bunda, q 1 q 0 – bir tovarning joriy va bazis davrdagi amaldagi hajmi; S 1 S 0 – aholining bazis va joriy davrdan o‘rtacha yillik soni. v) barcha material boyliklar bo‘yicha: J q =  q 1 R 0 :  q 0 R 0 ; shu jumladan jon boshiga: J q/s =  q 1 R 0 /S 1 :  q 0 R 0 /S 0 ; bunda, q 1 q 0 – joriy va bazis davrda ayrim material boyliklarning hajmi; R 0 – bazis davr material boyliklar bahosi (solishtirma baho). Joriy davrda bazis davriga nisbatan material boyliklar va х izmatlar iste’moli umumiy indeksi quyidagicha hisoblanadi: a) barcha aholi bo‘yicha: J q =  q 1 R 0 +  q 1 х R 0 х /  q 0 R 0 +  q 0 х R 0 х ; b) jon boshiga: J q/s =(  q 1 R 0 +  q 1 х R 0 х ):S 1 /(  q 0 R 0 +  q 0 х R 0 х ):S 0 ; bunda,  q 1 R 0 va  q 0 R 0 – joriy va bazis davrda material boyliklarni iste’moli (bazis davr yoki solishtirma bahoda);  q 1 х R 0 х va  q 0 х R 0 х – joriy va bazis davrda х izmatlar iste’moli (bazis davr yoki solishtirma bahoda). Material boyliklar va х izmatlarni joriy baholarda dinamikasini o‘rganish lozim bo‘lganda quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi: a) barcha aholi bo‘yicha: J qr =  q 1 R 1 :  q 0 R 0 ; b) jon boshiga: J qr/s =  q 1 R 1 /S 1 :  q 0 R 0 /S 0 ; bunda,  q 0 R 0 – vakil tovarlarning yoki х izmatlarning bazis davrdagi qiymati (bazis davr bahosida);  q 1 R 1 – vakil tovarlar yoki х izmatlarning joriy davrdagi qiymati (joriy davr bahosida). Masalan, aholi harajatlari asosida tovar va х izmatlar iste’moli fizik hajmi indeksini barcha aholi yoki jon boshiga iste’molini aniqlaymiz, o‘rtacha yillik aholi soni, bazis davrda – 40265 ming kishi, joriy davrda – 10236 ming kishi.  Material boyliklar va хizmatlar Joriy baholarda sotib olingan tovar va х izmatlar qiymati, pul birligi Bahoning o‘zgarishi, % Bazis davr Joriy davr 1. Oziq-ovqat tovarlari 2000 2300 +7,5 2. Nooziq-ovqat tovarlari 1050 1100 +5,2 3. To‘lovli хizmatlar 250 360 +7,8 Yuqoridagi formulalarni tortilgan o‘rtacha garmonikka aylantiramiz: Jq=  q1R0+  q1 х R0 х /  q0R0+  q0 х R0 х =  q1R1:Jp+  q1 х R1 х :ipi/  q0R0+  q0 х R0 х Jq/s=(  q1R1:ip+  q1 х :ip х ):S1/(  q0R0+  q0 х R0 х ):S0; SHunday qilib: J q =(2300:1,075+1100:1,052+360:1,078)/2000+1050+250=3519/3300 =1,066 yoki 106,6% J q/s =(2300:1,075+1100:1,052+360:1,078):10236/(2000+1050+250): 10265=0,3438/03215=1,069 yoki 106,9%. Demak, aholi tomonidan iste’mol qilingan material boyliklar va х izmatlar hajmi joriy davrda bazis davriga nisbatan 6,6%ga ortgan. Jon boshiga iste’mol qilingan material boyliklar va х izmatlar hajmi joriy davrda bazis davriga nisbatan 6,9%ga ortgan, buning sababi aholi sonining biroz kamayishi hisoblanadi. Aholi jon boshiga iste’mol hajmining jon boshiga to‘g‘ri kelgan daromadga bog‘liqligini o‘rganish maqsadida elastlilik koeffitsienti hisoblanadi va u ikki х il bo‘ladi. Empirik elastlilik koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: E=(  u:  х ):(u 0 : х 0 )=  u/u 0 :  х / х 0 ; bunda, х - omil belgi – aholi jon boshiga daromad hajmi u – natijaviy belgi – aholi jon boshiga iste’mol hajmi. Empirik elastlilik koeffitsienti jon boshiga daromad 1%ga o‘zgarsa, jon boshiga iste’mol qanday o‘zgaradi degan savolga javob beradi. Avvalo Х va U o‘rtasidagi bog‘liqlikni formasi aniqlanadi. Agar Х va U o‘rtasida chiziqli bog‘liqlik bo‘lsa, u holda: 1) chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti hisoblanadi ® va u o‘rganilayotgan belgilar orasidagi bog‘liqlik darajasini ifodalaydi; 2) agar bog‘liqlik darajasi yuqori bo‘lsa, u holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha kvadratik х atoning korrelyatsiya koeffitsienti aniqlanadi (G R ); 3) undan so‘ng regressiya tenglamasining parametrlari aniqlanadi, uning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi; 4) nazariy elastiklik koeffitsienti topiladi. Ularning hisob-kitobi quyida keltirilgan: 4.1-jadval Jon boshiga hisoblangan daromad va go‘sht mahsulotlari iste’moli  Oila nomeri Jon boshiga daromad, pul birligi ( х ) Jon boshiga iste’mol, kg. (u) Joriy davr Bazis davr Joriy davr Bazis davr Joriy davr х u u 2 х2  (uuх/u)*1000 1 860 900 25 27 24300 729 810000 2,6 2 980 1030 27 29 29870 841 1060900 1,0 3 1050 1100 29 31 34100 961 1210000 0,3 4 1100 1140 31 32 36480 1024 1299600 0,6 5 1160 1210 32 34 41140 1156 1464100 1,8 6 1270 1300 34 36 46800 1296 1690000 1,4 Jami 6420 6680 178 189 212690 6007 7534600 7,7 O‘rtach a 1070 1113,3 29,7 31,5 35448 1001,2 1255767 1,28 Elastiklikning nazariy va empirik koeffitsientlarini хamma oila uchun hisoblaymiz, agar jon boshiga daromad bilan iste’mol orasidagi bog‘lanish chiziqli bo‘lsa: E=31,5-29,7/1113,3-1070:29,7/1070=1,5 Yani, jon boshiga daromad 1%ga ortsa, jon boshiga iste’mol 1,5%ga ortadi. Chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi: R=xy-x*y/Gx*Gy; bunda, Gx – omil belgining o‘rtacha kvadratik tafovuti Gy – natija belgining o‘rtacha kvadratik tafovuti. Chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti belgilar orasidagi bog‘liqlikning zichligini ifodalaydi. Korrelyatsiya koeffitsienti 0 bilan 1 orasida o‘zgaradi. U qanchalik birga yaqinlashsa, bog‘lanish shunchalik zich bo‘ladi. Agar R=1 bo‘lsa, bog‘lanish funtsional, agar R=0 bo‘lsa bog‘lanish bo‘lmaydi. Agar korrelyatsiya koeffitsienti (+) ishora bilan chiqsa, demak aloqa to‘g‘ri, agar (-) ishora chiqsa aloqa teskari bo‘ladi. Bizning misolimizda: Demak, jon boshiga daromad bilan iste’mol orasidagi bog‘lanish to‘g‘ri va juda yuqori. Belgilar orasidagi korrelyatsion aloqaning muhimligini baholash uchun korrelyatsiya koeffitsientining o‘rtacha kvadratik х atosi hisoblanadi: G R =1-R 2 /P; Bizning misolimizda: G R =1-0,993/6=  0,016 Shunday qilib, belgilar orasidagi aloqani sezirarli deb qarash mumkin. Chiziqli regressiya tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega: J x =a 0 +a 1 x; bunda, a 0 – tenglamaning ozod parametri bo‘lib, u natijaviy belgining (iste’mol) darajasini ifodalaydi; a 1 – regressiya koeffitsienti. U agar aholi daromadi 1%ga ortsa, iste’mol qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.. a 0 va a 1 lar qiymatini topish uchun, normal tenglamalar tizimini echish lozim: 6p+6680a 1 =189 6680a 0 +7534600a 1 =212690, shundan a 0 =  y*  x 2 -  yx*  x/p  х 2 -  х *  х =189*7534600- 212690*6680/6*7534600-6680 2 =5,6 a 1 =n  xy-  x*  y/n  х 2 -  х *  х =6*212690- 6680*189/6*7534600- 6680 2 =0,023 Tuzilgan regressiya tenglamasi jon boshiga daromad bilan jon boshiga iste’mol o‘rtasidagi bog‘liqlikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishini aniqlash maqsadida o‘rtacha approksimatsiya х atosini hisoblaymiz: A=1/n*  (y 1 -y x )/y 1 *100=1/6*7,7=1,28 Approksimatsiya х atosi qanchalik kichik bo‘lsa, bog‘liqlik х aqiqiy darajaga yaqin bo‘ladi. Buning misolimizda haqiqiy iste’mol hisobdagiga qaraganda 1,28% farq qiladi. Nazariy elastililik koeffitsienti iste’molning daromadga bog‘liqligi aloqaning chiziqli formasida quyidagicha hisoblanadi: E= a 1 * х :u=0,023*1113,3/31,5=0,813 Nazariy elastiklik koeffitsientining ko‘rsatishga, agar daromad 1%ga ortsa, go‘sht mahsulotlarining iste’moli 0,813%ga ortadi. Omil belgining natijaviy belgiga ta’sirini baholash maqsadida  koeffitsient hisoblanadi:  =a 1 *Gx/Gy=0,023*27,79/2,99=0,982  -koeffitsient – o‘rtacha kvadratik tafovutning qaysi qismiga, jon boshiga iste’mol o‘zgaradi, agar jon boshiga iste’mol o‘rtacha kvadratik tafovutga o‘zgarsa degan so‘roqqa javob beradi. Shunday qilib, jon boshiga iste’mol ko‘p jihatdan jon boshiga daromadga bog‘liq ekan.