logo

Programmalashtirish yo`li. Izoxlar, bo`sh satrlar qoldirish, bo`sh xonalar nomlash, tartibli nomerlash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51 KB
www.arxiv.uz Programmalashtirish yo`li. Izoxlar, bo`sh satrlar qoldirish, bo`sh xonalar nomlash, tartibli nomerlash Reja: 1. Izoxlar 2. Bo`sh satrlar qoldirish. Bo`sh xonalar 3. Fayllar nomi. Qisqartirishlar www.arxiv.uz Dasturlash usullari dasturni o`qilishini qulayligi bilan o`zaro bog`liq. Usullar deganda tajribali dastur tuzuvchilar to`g`ri natijali, foydalanishda qulay, qulay bo`lgan dasturlarni tuzishda foydalanadigan usul va metodlar nazarda tutiladi. Dastur usulining eng yaxshi qoida - bu tajribali dasturchilar o`rtasidagi kelishishlardir. Chunki bitta tajribali dasturchiga nisbatan 2 ta yeki 3 ta tajribali dasturchilar tuzgan dastur yaxshiroqdir. Dastur shunday tuzilishi kerakki, uni birinchi qatorda mashina yoki EXM emas balki inson o`qib tushunsin. Chunki dastur insonlarga dasturlarni tuzishda, shakillantirishda va ularni qullashda kerak bo`ladi. Dastur - bu keyinchalik ishlatishga va takomillashtirshga mo`ljallangan xujjat, algoritmlarni kodlashtirish uchun o`quv materiali va xakazolardir. Demak dasturlash tillari bizga o`qishda qulay bo`lgan dasturni yaratishni taominlab berishi kerak. Dastur iloji boricha algoritimni tuzilishini va mantiqni bizga tushunarliroq qilib yetkazib berishi kerak. Usullarni standartlash. Albatta biz juda ko`p joylarda va jarayonlarda standartlarga asosan ish olib boramiz. Lekin dasturlash usullarida bunga qarshi bir necha fikrlar aytilgan. Ulardan birini keltirib o`tamiz: dasturlash usuli - bu shaxsiy fikr va didga bog`liqdir. Shuning uchun unga xech qanday chegaralanishlar qo`yilmasligi kerak. Usullarni standartlash quyidagiladrdan iborat: Agar biron - bir narsani yaratishda 1 tadan ortiq mavjud bo`lib, tanlash sizga bog`liq bo`lsa, unda siz 1 ta usulni tanlab, oxirigacha shu usuldan foydalaning. Ammo standartlash jarayonining o`ziga xos kamchiliklari bor: standartlashni qo`llaganda kelajakda dasturlash yo`llarini sekinlashtiribgina qolmay, balki foydalanishda qulay va ortiqcha chegaralarga ega bo`lishi mumkin. Chunki ular yangidan - yangi vazifalarni bajarishga sizning aqlingizni bog`lab qo`yadi. www.arxiv.uz Izox yeki sharx. Tushuntirish izoxlariga ega bo`lgan dasturlarni to`g`rilash yoki tuzatish osonroq, chunki ular dastur bilan ishlash uchun qo`shimcha maolumotlarni jamlaydi. Dastur tuzuvchi ko`pincha boshqa tuzuvchining dasturini ko`rib chiqayotgan vaqtda, xatolarni tuzatishda, yoki dastur mantiqni kuzatayotgan vaqtda juda ko`p vaqt sarflaydi. Bu xolatda u o`zining meyorlangan vaqtini juda katta qismni sarflab qo`yadi. Izoxlanmagan dastur - bu taxminimizcha dastur tuzuvchining eng katta xatosidir yoki ishqibozlik yon qarashni bildiradi. Dastur yozish jarayonida izox berish yaxshi qoidadir. Kelajakda buni xamma dasturchilar xisobga oladilar degan umiddamiz. Izoxning yozishning asosiy qonuni - bu ko`proq izox berishdir. Albatta, xar bir kishi dasturdagi izoxni o`qiyotib, shu dastur xaqida ko`proq tushunchaga ega bo`ladi. Shuning uchun qancha kerak bo`lsa, shuncha izox bering. Izox berishdan maqsad - dasturni tushinishni osonlashtirishdir. Ular dasturni kodlashtirganidek yaxshi o`ylagan va ishlab chiqilgan bo`lishi kerak. Izoxlar loyixalash va sozlash jarayoni vaqtda va albatta keyinchalik xam kerak bo`ladi. Lekin dastur tugagandan keyin izox berish foydasiz va maonosizdir. Izox berishni 3 ta shakli bor: kiritishda, mundarija va tushuntirishda. Kiritish izoxlari. Xar bir dastur, kichik dastur va jarayonlar nima vazifani bajarishligi xaqidagi izoxlardan boshlanadi. Kiritish izoxlaridagi maolumotlar quyidagilardan iborat bo`ladi: 1. Dapsturdan maqsad. 2. Dasturni chaqirish va undan foydalanish xaqidagi kursatkichlar. 3. Asosiy massiv va uzgartirgichlarning ro`yxati va vazifasi. 4. Kiritish - chiqarish xikidagi kursatkichlar. Xamma fayllar ro`yxati. 5. Foydalaniletgan barcha kism programmalar ro`yxati. www.arxiv.uz 6. Foydalanilgan matematik metodlar va ular xaqida maolumotga ega bo`lgan adabiyetlar ro`yxati. 7. Dasturni bajarilgan vaqti xaqida maolumot. 8. Kerak bo`lgan xotira xajmi. 9. Operatorga maxsus ko`rsatmalar. 10. Muallif xaqida maolumot. 11. Dastur yozilgan sana. Mundarija. Agar dastur katta xajimga ega bo`lsa, uning boshiga izox shaklida mundarija qo`yish mksadga muvofikdir. Mundarija uz ichiga dastur modulining nomini, joyini va funksiyasini jamlaydi. Modullar ismiga, izox yeki funksiyalarga ko`rsatmalar bilan taominlangan bo`lishi kerak. Tushuntirsh izoxlari. Dasturning izoxlarsiz tushunib bulmaydigan qismlarga tushuntirish izoxlari beriladi. Dasturni mantiqni tushunishdan oldin sonlar yoki shartli operatorlardan ilgari ularning xaqidagi ko`rsatmalardan iborat izoxlar chiqib turishi kerak. Yuqori pog`onada yozilgan 10 ta qatorga 1 ta izoxlash qatori o`rtacha meyor xisoblanadi. Izoxlar operatorlar yaratayotgan xarakatlarni taoriflamay, shu operator guruxlari operatorlarini aytib o`tish kerak. Izox dasturi boshqacha ifodalanmasligi va maolum bir kerakli maolumotlarga ega bo`lishi kerak. Izoxlar to`g`ri bo`lib, Dastur o`zgarganda o`zgaruvchan bo`lishi kerak. Dasturdagi noto`g`ri izoxlar ularni yo`qligiga nasbatan ancha yomonroqdir. Qatorlarni tashlab ketish - ko`pincha yaxshi baxolanmaydigan, lekin dasturni ko`rinishini yaxshilaydigan metoddir. 1 ta qatorni tashlaganda mantiqan bog`langan operatorlarni xar birini ajratamiz. 2 ta qatorni tashlaganda dasturni asosiy mantiqiy qismlarini ajratib olishimiz mumkin bo`ladi. To`ldirmagan qatrolardanfoydalanib, dasturdagi aloxida bo`laklarni aniq topishimishni yengillashtirish. www.arxiv.uz Oraliq (Probel). Dasturlash tilida oraliqlar ixtiyoriy ravishda quyiladi. Oraliqlardan keng kullanish dasturini o`qishni osonlashtiradi. Tenglashtirish va ketma - ketlikni belgilash. Dasturni ketma - ketligini belgilashda biz undagi operatorlarni ketma- ketligi tartiblarda sodir bo`ladigan xatoliklardan foriq bo`lamiz. Dasturni boshlangich kismidan belgilab berishda, bizga uni tekshirishimizda va sozlashimizda katta yordam beradi. Chunki tartib belgi yoki sonlar bizga katta dasturda kerakli qatorlarni aniqlashimizda yordam beradi. tenglashtirilgan va ketma - ketligi belgilangan dasturlar chiroyli va o`qishga qulay bo`ladi. O`zgaruvchilarga nom tanlash. O`zgaruvchilarni nomini shunday tanlash kerakki, bu qismda o`zgaruvchilarni kattaliklari yaqqol bilinib turishi kerak. Dasturni o`qishi oson kechishi uchun isimni to`g`ri tanlashga xam bog`liq bo`ladi. Butun o`zgaruvchilarning nomi I, G, K, L, M, N xarflaridan boshlanadi. O`zgaruvchilar quyidagi turlarda bo`linadi: butun (selqe), xaqiqiy (deyst - ye), kompleksli, belgili (simvolpnqe). Fayllar nomi. Fayllar bilan ishlayotgan vaqtda ularni solishtirish uchun qandaydir perefiks yeki suffiks tanlanadi. Agar xar bir fayl o`zining perfiksiga ega bo`lsa, dasturni o`qish oson bo`ladi. Bu perfiks dasturni yozishda mos keluvchi maydonni aniqlab beradi va qaysi ishchi kimlar bilan maydonlar mantiqan bog`langanligini anklab beradi. Dasturlarni xar xil dasturdagi bir xil fayllarga bir xil nom berilishlari, shu dasturlarni o`zaro solishtirish jarayonlarini osonlashtiradi. Standart qisqartirishlar. (Abrevyatura) Dasturni ishlab chiqishda standart qisqartirishlarni kiritish shartdir. Chunki bular begona shaxslarni dasturingizni o`qishni osonlashtiradi. Standart qisqartirishlar dasturchiga kerak bo`lganda eski dasturlarni yangisini yozishga yordamlashadi. Standart qisqartirishlarni ishlab chikish quyidagilardan iborat: xar bir so`zning belgisi xotiraga olinishi kerak. Saqlangan ismdagi so`zlarning www.arxiv.uz umumiy soni 3 dan ortmasligi kerak. Abbrevatura xar doim so`zlarning bosh xarfi kiritilishi shart. Unsiz xarflar unli xarflarga nisbatan axamyatliroq. So`zning boshi uning oxiridan ko`ra kerakliroq. Abbreviatura o`z ichiga 6 dan 15 gacha xarflar olishi kerak. Keyingi satrga ko`chirish. (Perenos). Agar siz yozayotgan qatorga biron bir so`z sig`may qolsa, uni keyingi qatordan boshlang. Albatta ko`chirish ruxsat etiladi. Lekin u dasturni o`qishini va foydalanishni qiyinlashtiradi. Operatorlarni joylashtirish. Bir xilgi dasturlarda bitta qatorga bir necha operatorlarni joylashtirish mumkin. Lekin bu 2 ta sabablarga noqulay: birinchidan, dasturni o`qish qiyinlashadi. Ikkinchidan, u paragraflarga bo`lish kabi uslubdan foydalanishni almashtiradi. Yana bir sababdan biri shundaki, sintaksis xato xaqida xabar borayotgan vaqtda, qatorning nomeri xam beriladi. Alfavit buyicha ro`yxatni tartiblash. Dasturlash tilida juda ko`p o`zgaruvchilar katnashadi va ularni ismi buyicha aniqlash tuzuvchining o`ziga bog`liqdir. Shuning uchun tuzuvchining ishini osonlashtirish uchun ro`yxatlar tuziladi va ro`yxatlar 2 ta turga bo`linadi: 1. O`zgaruvchilar turi e`lon qilingandagi o`zgaruvchilar nomini ro`yxati. 2. Jarayon parametrlarining ro`yxati. Alfavit buyicha tartiblashni operator argumetlari ro`yxatida jarayonlarni chaqirib tartiblash xam mumkin. Kichik maolumotlarni tartiblashning boshqa usuli - bu belgilarni nomerlashdir. Ro`yxatlar ustun shaklida bo`lishi kerak. Dasturchi ro`yxatni ustun shaklida tuzish uchun xar bir o`zgaruvchilar ro`yxatidagi ismlarning eng ko`p belgilariga mos ravishda ismlar ostida joy qoldirish shart. Bunday joylashtirishlar kirish - chiqishdan tortib xar bir berilganlar ro`yxatida bo`lishi kerak. www.arxiv.uz Qavslar. ( Skopki). Qavslardan to`g`ri foydalanish dasturni o`qishni osonlashtiradi, chunki operatsiyalar bajarilayotgan vaqtda priariatatsiya maolum bo`ladi va bunda dasturchi bir necha qavslardan foydalanishi mumkin, lekin bunda dasturni o`qish va tuzatish qiyinlashadi. Asosiy qoidalardan biron - gumonli joylarda qavs qo`ying. Bu esa dasturni tushunarli qilib, xato qilishni oldini oladi. Qator boshidan o`tish. Operatorlarni yozishda ularni o`rtasidagi bog`liqni ko`rsatish uchun bir satrlar boshidan o`tishlar bajariladi. To`g`ri bajarilgan o`tishlar dasturni tarkibini ko`rsatadi. Bu tekstni tushunarli tilda paragrflarga guruxiy so`zlarni mantiqiy bog`lab bo`ladi. Sikllar - o`tishlarida foydalanishdagi oddiy xolat. O`tishlarda faqat sikllarda emas, balki buyruqlarni qulay guruxlashda xam kiritiladi. www.arxiv.uz Adabiyotlar: 1.Van Tassel D. Stilg`, razrabotka, effektivnostg`, otladka i ispqtaniye programm. M., Mir, 1991. 2. Linger R.,Teoriya i praktika strukturnogo programmirovaniya M.,Mir,1985. 3.V.V. Lipayev. “Proyektirovaniye programmnqx sredstv”, M.:”VSH”, 1991. 4. Foks Dj. “Programmnoye obespecheniye i yego razrabotka”. Per. s angl. M.: Mir, 1985. 5. S.S. Gulomov. “Iktisodiy informatika”. Toshkent 1999 y. 6. www . ziyonet . uz