logo

Elektron jadvallar haqida umumiy ma'lumotlar. Jadval protsessorlarining funksiyalari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

76.5 KB
Elektron jadvallar haqida umumiy ma'lumotlar. Jadval protsessorlarining funksiyalari Reja: 1. Elektron jadvallar haqida umumiy ma'lumotlar. 2. Jadval protsessorlarining funksiyalari. Т ayanch iboralar: Elektron jadvallar, jadval protsessorlarining funksiyalari, diagramma, makros, yacheykalar, ustunlar, satrlar. Ish kitobi, ish varag‘i. Elektron jadvallar vazifasi. Elektron jadvallar – jadval shaklida berilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturiy vositalardir. Elektron jadvallar ikki o‘lchovli massivlar (ko‘pincha ish varaqlari deb ataladi) bo‘lib, ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Elektron jadvallar loyihalashtiruvchi dasturiy vositalarni jadval protsessorlari deb ham ataladi. Ular faqatgina jadvallar yaratibgina qolmay balki jadvaldagi ma’lumot larni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari elektron jadvallar yordamida turli iqtisodiy buxgalterlik va injenerlik hisob-kitoblarini bajarish, turli ko‘rinishishdagi diagrammalarni ko‘rish, murakkab iqtisodiy tahlil o‘tkazish, turli xo‘jalik vaziyatlarini modellashtirish va optimal yechimini topish mumkin va x.k. Jadval protsessorlarining funksiyalari turli tumandir: - elektron jadvallarni yaratish va taxrir qilish; - elektron jadvallarni bezash va chop etish; - formulalar orqali bolangan ko‘p jadvalli funksiyalar yaratish; - diagrammalarni ko‘rish, ularni o‘zgartirish va iqtisodiy masalalarni grafik usullarda yechish; - elektron jadvallar bilan ma’lumot bazasi kabi ishlash jadvallarni saralash, ma’lumot larni so‘rovga muvofiq tanlash; - jamlovchi va yakuniy jadvallar yaratish; - jadvallar ko‘rinishida tashqi ma’lumot bazasi ma’lumot laridan foydalanish; - «nima-agar» ko‘rinishidagi iqtisodiy masalalarning параметрlarini birma-bir tanlash yo‘li bilan yechish; - optimizatsiya masalalarini yechish - ma’lumotlarni statistik qayta ishlash; - slayd-shou yaratish; - makrokomandalar yaratish, ishlash muhitini foydalanuvchi ehtiyojiga moslashtirish va x.k. - Jadval protsessorlari asosan bajaradigan funksiyalari to‘plami va interfeysning qulayligiga ko‘ra farqlanadi. Shuning uchun faqat keng tarqalgan dasturiy mahsulotlarni ko‘rib chiqamiz. PC Data of Reston firmasini ba’olashiga ko‘ra, personal kompyuterlar uchun eng ommaviy bo‘lgan Excel (Microsoft firmasi), Lotus 1-2-3 (Lotus Development firmasi) elektron jadvallari va Quattro Pro (Word Perfect – Novell Aplications Group firmasi) jadval protsessorlaridir. Agar 1982 yili yaratilgan Lotus 1-2-3 elektron jadvali elektron jadval yaratuvchilar uchun etalon bo‘lgan bo‘lsa, hozirda paytda u o‘zining peshqadam o‘rnini yo‘qotdi. «Home PS» jurnali labaratoriyasining o‘tkazgan testi natijalari Excelning ko‘p параметрlari bo‘yicha yaqqol ustunligini ko‘rsatdi. Lotus 1-2-3 ning yagona ustunligi – uning ishlashi ishlash tezligi, lekin u ham sezilarli emas. Elektron jadval yaratishdagi istiqboldagi yo‘nalishlar asosiy yaratuvchi firmalar tomondan turlicha aniqlangan. Microsoft firmasi Excelning funksional vositalari to‘plamini yaxshilashga asosiy e’tiborning qaratgan va bunda shubhasiz uning mahsuloti boshqa elektron jadvallar orasida peshqadamlik qiladi. Excelda ko‘p funksiyalar boshqa elektron jadvallarga qaraganda mukammal ishlangan. Masalan o‘zaro tutashtiruvchi jadvallar yaratish dasturlari Lotus 1-2-3 da Exceldagi «Master svodnqx tablis» kabi mukammal emas. Bundan tashqari Excelda massivlarni ishlatish imkoni - ko‘p masalalarni yechishda samarali, formulali yechimni ta`minlaydi. Formulalar va funksiyalarda diapazonlar nomini qo‘llash esa jadvallar bilan ishlashda katta qulaylik yaratadi. Lotus firmasi asosiy kuchini gururli ishlash vositalarini yaratishga yo‘naltirdi va bunda yaqqol o‘zib ketdi. Lotus 1-2-3 paketining 4.0 versiyasi «nima-agar» tamoyili bo‘yicha modellashtirish uchun Version Manager bilan to‘ldirildi, 5.0 versiyasi esa marshurutlashtirish va Notes aloqa vositalari bilan to‘ldirildi. Bu esa boshqa paketlarda yaratish mumkin bo‘lmagan amaliy dasturlarni yaratish imkoninni beradi. Lotus 1-2-3 bir qator kuchli tomonlarga egaki, bunda grafiklar yaratish va tahrirlashning soddaligini hamda uch o‘lchovli jadvallarning o‘ta mantiqiy to‘zilishini kiritish mumkin. Yana jadvallar bilan guruhli ishlashni takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda: Team Consolidate foydalanuvchilar gururiga elektron jadval nusxasini taxrir qilish va keyin uni birlashtirish imkonini yaratadi. Paketning Windows 95 versiyasi uchun Lotus Script dasturlash tili ham qo‘shiladi. Quattro Pro paketi test natijasida yetarli darajada yuqori ba’o oldi, lekin paketning xech bir xususiyati o‘ziga katta e’tiborni tortmadi. Eng jozibali tomoni ma’lumot saralash imkoniyati va foydalanishning qulayligi bo‘lib, u Excelda ham juda ajoyib amalga oshirilgan. Shu bilan bir qatorda Quattro Proning grafik imkoniyatlarini o‘zlashtirishda murakkabliklar, yordamchi ma’lumot hajmining yetarli emasligi ko‘zatildi. Hozirgi paytda elektron jadvallar bozorida yuzaga kelgan vaziyatga ko‘ra yagona karvonboshi Microsoft firmasi bo‘lib, elektron jadvallardan foydalanuvchilarning 80%i Excelni afzal ko‘radi. Mahsulot sotish ‘ajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Lotus 1-2-3, keyin esa Quattro Prohisoblanadi Boshqa elektron jadvallar masalan SuperCalc ulushi juda oz. Elektron jadvallar (EJ) ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Ustunlar jadvalning sarlavha qismiga joylashgan lotin alfaviti harflari (A,BC,…) orqali belgilangan. Satrlar esa birinchi kolonkada joylashgan raqamlar (1,2,3,…) bilan belgilangan. Ustunlar va satrlar soni turli elektron jadvallarda turlicha, masalan, Excel elektron jadvalida 256 ustun 16 mingdan ortiqroq satr mavjud. Ustun va satrlar kesishuv joyi yacheyka deb yuritiladi. har bir yacheyka ustun nomi va satr nomeridan tarkib topgan o‘zining betakror adresiga ega, masalan, A28, R54 va h.k. Elektron jadvallar bir faylda saqlanadigan bir necha ish varaqlariga ega bo‘lishi mumkin va u ish kitobi deb yuritiladi. Kitobga bir necha turdagi hujjatlarni, masalan, elektron jadvalli varaq, diagramma varai, макросlar varai va h.k.larni joylash mumkin. Elektron jadvallarda alohida yacheyka bilan ishlabgina qolmay, bir blokka birikkan bir guruh yacheykalar bilan ham ishlash mumkin. Blokda yacheyka nomlari ikki nuqta ( : ) bilan ajratiladi, masalan, A1:V4 blokning o‘zi A1,A2,A3,A4,V1,V2,V3,V4 yacheykalarni qamrab oladi. Yacheykalar bloki bilan asosan nusxalash, ko‘chirish, o‘chirish, qo‘shib-qo‘yish va h.k. amallari bajariladi. Savollar va topshiriqlar 1. EXCEL dasturi nima va nima uchun ishlab chiqilgan? 2. EXCEL da ma'lumotlar qanday ko‘rinishda yoziladi? 3. El е ktron jadvallar yach е ykalari n е cha hil bo‘ladi? 5. EXCEL ning asosiy ish ob' е kti nima? 6. Ishchi kitob nima va u nimalarni o‘z ichiga oladi? 7. EXCEL dasturini ishga tushirish usullarini aytib b е ring.       Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ahmedov A.,Taylaqov N. Informatika. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun darslik. — T.: O‘zbekiston, 2002. 2. «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» T.X.Holmatov, N.I.Tayloqov. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashryoti 2001 y. 3. «Informatika va axborot texnologiyalar» A.Sattorov. Т oshkent “O‘qituvchi” – 2002. 4. “Kompyuter bilan muloqotni o‘rganamiz” Sh.Narimov, M.Najmiddinov. Toshkent “Moliya” – 2002 y. 5. ”Informatika fanidan amaliy mashqlar to‘plami” A.Mahmudov Farg‘ona 2003 y