logo

Disklar bilan ishlash skanerlash defragmentasiyalash tozalash formatlash mantiqiy qisimlarni yaratish va o’chirish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

598 KB
Disklar bilan ishlash skanerlash defragmentasiyalash tozalash formatlash m antiqiy qisimlarni yaratish va o’chirish Reja: 1. Disklar bilan ishlash – skanerlash. 2. Disklarni defragmenasiyalash, tozalash, formatlash . 3. Mantiqiy qismlarni yaratish va o’chirish. Disklarni bo’laklarga bo’lish dasturi. Disklarni bir necha bo'laklarga bo`lishingiz yoki uning ustuda turli operatsiyalar olib borishingiz mumkin buning uchun biz AcronisDisk dasturidan foydalanishni keltirib o`taman dastur quyudagi ko'rinishga ega 1-rasm. rasm 1. Bu dastur orqali kerakli diskni tanlab " Изменит ’ размер тома " bo`limi orqali amalga oshirasiz 2-rasm. . Disk maksimal 3,75 gb teng uni 2 ta ma'lumot 1,60 gb da mavjud 2,145 gb mavjud bo`lmagan ma'lumga bo`lib tasdiqladi bunda ixtiyoriy bo`lakka bo`lib olishingiz mumkin. Diskni formatlab istalgan bo`lakka bo`lishingiz mumkin.Amalni bajarib bo'lgandan so`ng " Выполнит ’"buyrug`i orqali jarayonni yakunlaysiz. Bu dastur bundan tashqari diskni formatlash, disklarni bitta diskka keltirish, disk nomini o`zgartirish, tipinig razdelini o`zgartirish va disk uchun turli amallar bajarishi mumkin. Ma'lumotlarni Saqlash Vositalari Bilan Ishlash. - Magnitli ma'lumot saqlash vositalari - qattiq disk (vinchester), strimmer, yumshoq magnitli disketalar; - Optik ma'lumot saqlash vositalari - CD va DVD kompakt disklar va ular bilan ishlaydigan qurilmalar; - Magnito-optik qurilmalar - ZIP, JAZ va boshqa turdagi vositalar.   Kompyuterdagi barcha ma'lumot va dasturlar qattiq disk - "vinchester"da saqlanadi. U sistema bloki ichiga mustahkam o'rnatilgan bo'lib, uni bitta joydan ikkinchi joyga olib yurish tavsiya qilinmaydi. Agarda ma'lumotlarni boshqa joyga ko'chirish kerak bo'lsa quyidagi usullar yordamida bu vazifani amalga oshirish mumkin: - Lokal tarmoq orqali;   - Modem orqali; - Elektron pochta yordamida; - Kompyuterda CD-RW yoki DVD-RW qurilmasi o'rnatilgan bo'lsa, CD-R, CD- RW, DVD-R, DVD-RW disklariga yozish yo'li bilan; - Kompyuterda disk yuritgich o'rnatilgan bo'lsa, magnit disketalar yordamida; - Kompyuterda USB bog'lami ishlaydigan bo'lsa, maxsus vosita "Flash" xotira yordamida. Kompakt disk bilan ishlash: ma'lumot yozish, ko'chirish, ochish. Kompakt disk disketaga nisbatan ancha ko'proq ma'lumot saqlash imkoniga ega. Masalan, disketaning hajmi 1,44 MB bo'lsa, kompakt diskning hajmi 650 yoki 700 Mb ni tashkil etadi, ya'ni unga taxminan 500 marta ko'proq ma'lumot yoziladi. Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD ROM (Compact disk Read Only Memory) Drive o'rnatilgan bo'lishi kerak. Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompakt diskni qurilmaga o'rnatish kerak. Buning uchun CD ROM qurilmasining Open/Eject tugmasini bosib, lotok ochilganidan keyin, unga diskni o'rnatib, Open/ Eject tugmasini takroran bosish zarur. Natijada disk aylanib, undagi ma'lumotlarni o'qish jarayoni boshlanadi. Windows operasion sistemasida o'rnatilgan diskdagi ma'lumotlar turini aniqlash amalga oshiriladi va u aniqlanganidan keyin biror bir amalni bajarish taklif etiladi: Taklif oynasining mazmuni o'rnatilgan dasturlar va disk mazmuniga bog'liq bo'ladi. Diskda audio va video ma'lumotlar mavjud bo'lsa, ularni biror dasturda ochish, rasm bo'lsa, ko'chirish yoki chop etish taklif qilinadi. Diskdagi ma'lumotlarni ko'chirish xuddi disketadan ko'chirishdek amalga oshiriladi. Diskka ma'lumot yozish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD Writer o'rnatilgan bo'lishi kerak. Bunday qurilmada ma'lumotlarni maxsus turdagi disklarga yozish mumkin - CD-R (Recordable - bir marta yozib, cheksiz o'qish mumkin) va CD-RW (Rewritable - bir necha marotaba yozish va o'chirish mumkin). Kompakt diskka ma'lumot yozishni Windows XP operasion sistemasi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin disk yozish, nusxasini ko'chirish, o'chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalanish tavsiya qilinadi, masalan Ahead Nero Burning ROM dasturidan. Oxirgi yillarda CD texnologiyasi o'rniga yangi - DVD (Digital Versatile Disk - raqamli hajmi katta disk) texnologiyasi keng tarqalib ommalashib bormoqda. Dastlabki DVD disklarga yuqori sifatli videoma'lumotlar yozilgan bo'lib, tasvir va ovoz sifati ko'rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo'lgan. Keyinchalik ulardan nafaqat video, balki boshqa ma'lumotlarni (data) ham yozishda foydalanilmoqda. Shaxsiy kompyuterda DVD disklarni ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi kerak. DVD ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD disklarni ham ochish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda DVD disklarni o'qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya'ni 13805 Kb/sek*16 =22080 Kbit/sek, CD disklarni o'qishning maksimal tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya'ni 150 Kbit/sek*52=7800 Kbit/sek. Bundan tashqari DVD disklarni hajmi ancha kattaroq, chunki ulardagi ma'lumot yoziladigan maxsus joy "pit"lar o'lchamlari kichkinaroq va zichroq joylashgan. Natijada DVD diskning hajmi kamida 4.7 Gb tashkil etadi. O'lchamlari                             CD-ROM                               DVD-ROM Diametr                                           120 mm                                     120 mm Kengligi                                         1,2 mm                                         1,2 mm   (0,6 mm qatlam) Oraliq masofasi                   1,6 mkm                                     0,74 mkm To'lqin uzunligi                   780 nm infraqizil         640 nm qizil Hajmi     700 Mb                   4,7 Gb Qatlamlar soni   1                   1, 2, 4 DVD disklarning hajmi ularning turiga bog'liq bo'ladi: Bir tomonlama bitta qatlamli DVD disk                           4,7 Gb  10- rasm . Obektlarni tanlashBir tomonlama ikkita qatlamli DVD disk                       8,5 Gb Ikki tomonlama har tomonida bittadan qatlamga ega DVD disk                     9,4 Gb Ikki tomonlama har tomonida iktadan qatlamga ega DVD disk     17 Gb DVD disklariga ma'lumot yozish uchun maxsus disklar (DVD-R, DVD+R, DVD+RW, DVD-RW, DVD DL) va DVD Writer qurilmasidan foydalanish kerak bo'ladi.   O'zbekiston bozorida CD va DVD qurilmalardan quyidagi firmalar mahsuloti keng tarqalgan: ASUS, LG, Samsung, Benq, Nec, Pioneer, BTC, Teac, Liteon, Toshiba va xokazo. Disklarni defragmenasiyalash,tozalash,formatlash. Kompyuter tizimida ishlaganda axborotlar almashinuvi albatda amalga oshiriladi. Foydalanuvchiga kerak bo’lgan dasturlar o’rnatiladi va foydalanilayotgan internet saytlari orkali kerakli ma'lumotlar ko’chirib olinadi.Biz yangi dasturni o’rnatar ekanmiz, dastur bilan birga ortiqcha fayllar dam paydo bo’ladi. Internet tarmogidan foydalanayotganimizda esa dar bir yuklangan sayt orqali diskda bir muncha keraksiz fayllar to’planadi. Windows XP tarkibida esa shu keraksiz fayllarni tozalovchi dastur mavjud. Bu amalni bajarish uchun “Pusk” tugmasi orkali “Programmi ^ Standartie ^ Slujebnie ^ Ochistka diska ” buyrug’i tanlanadi. . 9-rasm. Diskni tanlash 11- расм . Diskni keraksiz va qoldiq fayllardan tozalash Bu kabi yordamchi dasturlar yana mavjud bo’lib ular System Cleaner, System Mechanic yoki Norton Clean Sweep dasturlari, Norton Utilities gurudida mavjud Diskni Defragmentatsiya qilish (Disk Defragmented) Defragmentatsiya - diskning tarkib qismini mantikiy optimallashtirish maqsadida klasterdagi uzluksiz ketma-ketlikda tuplangan fayllarni tartiblaydi, saqlaydi va olib borilayotgan jarayonlarni yangilaydi. Defragmentatsiyadan so’ng fayllarning yozilishi va o’qilishi, dasturlarning ishlashi tezlashadi. Defragmentatsiyaning boshqacha ta'rifi esa: fayllarning diskda taksimlanishi, ularni uzluksiz qattiq disk maydonlarida joylashuvidir. Windows diskining defragmentatsiyasi - kompyuter dasturi bo’lib, Microsoft Windows OT tarkibiga kiradi. Ushbu dastur uzida bir necha amallarni mujassamlashtirgan bo’lib, u qattiq diskda ma'lumotlarni tartibga soladi va kompyuter ishining samaradorligini oshiradi. Klaster - bazi “fayl tizim” turidagi mantiqiy birlikdagi ma'lumotlarni jadval joylashuvidagi fayllarni sektor gurudlariga birlashtiradi. Klaster tushunchasi FAT va NTFS fayl tizimlarida ishlatiladi. Boshqa fayl tizimlari shunga o’xshab amalga oshiriladi (Minix xizmat doirasida, Unix blokida). Speed Disk dasturi yordamida diskni defregmentatsiyalash. Speed Disk xizmatchi dasturi diskni defragmentatsiyalash. (Pusk, Programmo', Standartno'e, Defragmentatsiya diska) standart xizmati dasturi bajargan maqsadlarga xizmat qiladi, biroq ko'pgina funktsional imkoniyatlarga ega. Defragmentatsiya to'la-to'kis tugagandan so'ng barcha fayllar bir jinsli rangli bloklarda joylashtiriladi. Kartada tasvirlanayotgan fazo diskning to'la xajmiga ekvivalent bo'ladi. Kartaning eng kichik birligi bir yoki bir necha klasterlardan tuzilgan blokdir. -Xammasi blokning o'lchamiga va diskdagi klasterlar soniga bog'liq (blokning o'lchami kartaning yuqori o'ng tomonida ko'rsatiladi). Klastrning o'lchami uncha katta bo'lmagan xollarda (FAT32 da 2G baytda 8G baytgacha bo'lgan disklar uchun bu o'lcham 4K baytga teng) kartaning bitta bloki bir necha klasterlarga mos keladi. Yanayam batafsilrok tekshirish uchun oynaning o'lchamlarini kattalashtirish mumkin. Bu xolda karta kattarok joyni egallaydi, xar bir blok esa kamroq sondagi klasterlarga mos keladi. Shaxsiy kompyuter ishlab chiqarilganidan boshlab, to hozirgi kunga qadar ma'lumotlarni saqlash va boshqa joyga ko'chirish yoki olib borishning eng ommabop vositasi disketalar edi va ular hozirgi kunda ma'lumotlarni saqlash va almashishning boshqa vositalariga o'z o'rnilarini bo'shatib bermoqdalar.   Adabiyotlar: 1. Aripov M.M. va boshqalar. Informatika Axborot texnologiyalari. T. 2002 y. 2.Raxmanqulova S.I. IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash. Toshkent. 1998 y. 3.Xolmatov T.X. NazarovU.A. Informatika. Informatsion texnologiyalar Samarqand Samdaqi. 2004 y. 4.Mualliflik materiallari (Beletskiy A.S.) 5.X. Kaster. «Osnovo' WINDOWS NT i NTFS». Microsoft Press. 1996 y. 6. DVD nashri “Super DVD biblioteka” 2004 y 7. Internet portal -Internet universitet www.intuit.ru http://www.intuit.ru/