logo

Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursining predmeti va metodlari

Yuklangan vaqt:

06.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

92.5 KB
Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursining predmeti va metodlari Reja: 1. “ Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursini o‘rganishning zarurligi 2. “ Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursi predmeti va metodining umumiyligi va o‘zaro aloqadorligi 3. Yuridik metodning xususiyatlari, funksiyalari 4. Davlat va huquq umumiy nazariyasi rivojlanishda vorisiy-lik va yangilik 5. Davlat va huquq umumiy nazariyasi yurisprudensiya tizimida “Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari” maxsus kursini o‘rganishning zarurligi Ta’kidlash joizki, magistraturaning 1-kursi tinglovchilariga “Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursini o‘qitishni boshlaganda bu muammoviy maxsus kursning ―Bakalavriat bosqichi 1-kursida o‘tilgan ―Davlat va huquq nazariya si fanidan farqi nima, o‘sha o‘quv predmetidagi masalalarni yana qayta o‘tishga to‘g‘ri kelmaydimi? -degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Fikrimizcha, ―Davlat va huquq nazariyasi» ning muammoviy kurs sifatida qayta o‘tilishi zarurligini belgilovchi bir necha holatlar mavjud: -―Bakalavriat bosqichining 1-kursida talabalar davlat-huqu-qiy hodisalarni, ular to‘g‘risidagi tushunchalarni hamda davlat-huquqiy hodisalar rivojidagi o‘zaro aloqadorlik qonuniyatlarini kompleks tarzda, o‘zaro ziddiyatli bog‘liqlikda tushunib, tahlil etishga dunyoqarashi, ayniqsa huquqiy tafakkur va huquqiy dunyoqarashi, hayotiy tajribasi hamda yuridik borliq, jumladan yuridik fanlar va ularning o‘zaro aloqadorligi haqida, yuridik amaliyot bo‘yicha tasavvurlari hozirgi darajadan ancha tor bo‘lganligi aniq. Holbuki, davlat-huquqiy hodisalar, ularning rivojlanish qonuniyatlari, o‘zaro aloqadorligi juda murakkab hodisalar va voqeliklar bo‘lib, ularni tushunish talabadan yuqori darajada huquqiy tafakkur va tahliliy aql sohibi bo‘lishni talab etadi. Bu obyektiv mazmunga ega bo‘lgan holatdir. Magistrantlar esa oliy yuridik ta’limning tayanch bosqichini tugatgan huquqshunoslardir. Shu bois ular davlat-huquqiy hodisalarning mazmunini, tushuncha-sini bilish bilan cheklanmay, balki ular o‘rtasidagi murakkab, ba’zan ziddiyatli aloqadorlikning mohiyatini, muammolarini teran tushuna olishadi, chunki ularda yuridik fanlar tizimida davlat va huquq nazariyasining tutgan o‘rni haqida faqat nazariy bilimlar majmuasi bo‘libgina qolmay, balki o‘tgan vaqt davomida boshqa yuridik fanlarni o‘rganish hamda ta’til davomida o‘tagan amaliyot-lari jarayonida real bu haqda tasavvurga ega bo‘lishgan. Bundan tashqari, magistrantlar turli yuridik institutlar faoliyati, umu-man yuridik amaliyot haqida muayyan empirik bilimlarga ham ega. Shu munosabat bilan ular davlat-huquqiy hodisalarning o‘zaro aloqador-ligi, rivojlanish qonuniyatlarini bugungi kun realliklari asosida butunlay yangi sifat darajasida tahlil etish va bu sohalardagi muammolarning yechimini topishga harakat qilishga qodir. -Ijtimoiy fanlar mafkuralashgan va siyosiylashgan paytlar bizdan tobora uzoqlashib, u fan bilan siyosatning qo‘shiluvi noo‘rin, zararli ekanligi haqida keyingi avlodlarga guvohlik beruvchi va ogohlantiruvchi tarix sahifalariga aylanmoqda. Ayni paytda, fanda mumtoz mazmunga ega bo‘lgan, vaqt, makon tanlamaydigan haqiqat durdonalari hisoblanmish, umume’tirof etilgan bilimlar va mate-riallarni hozirgi zamon davlat-huquqiy ilmi yutuqlari bilan oqi-lona uyg‘unlashtirish muammosi ham bugungi kunda dolzarbdir. Masalan, inson huquqlarining birlamchiligi, davlat va fuqaroning o‘zaro mas’ulligi, davlatning huquq bilan bog‘liqligi, bog‘langanligi, huquq nafaqat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatida harakat qilmay, balki u kishilik jamiyati ma’ri-fiy-madaniy rivojlanishining ham munosib mahsuli ekanligi kabi ijtimoiy-huquqiy qadriyatlar doimo muhim va dolzarbdir. -XX asrning oxiri XXI asr boshlari butun kishilik jamiyati rivojida burilish yillari bo‘lganligi ma’lum. Kommunistik mafkuraga asoslangan sotsialistik tuzumning deyarli barham topishi ijtimoiy fikr rivojida katta o‘zgarishlarni taqozo etdi. Shunga bog‘liq holda postsotsialistik makonda tashkil topgan davlatlarda davlat-huquqiy qarashlar tubdan qayta shakllana boshladi. Ta’kidlash joizki, eski qarashlardan voz kechish va yangilarini qabul qilish hamda o‘z qimmatini yo‘qotmaydigan, umume’tirof etilgan qarashlar va qoidalarni mohiyatini bugungi kun nazari orqali qayta mushohada etish jarayoni osonlikcha kechmoqda, deyish qiyin. Davlat va huquq to‘g‘risidagi qarashlar va qoidalarning ayrimlarini inkor etish, ayrimlarini qayta qarab chiqish, ayrimlarini esa yangitdan qabul qilish har bir tadqiqotchidan ilmiylik va obyektivlik tamoyillariga asoslanib ish yuritishni talab etadi. Masalan, qator ijtimoiy fanlarning davlat, huquqga faqat sinfiy yondashuv asosida qaralganligi, aslida esa ular o‘zida qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarning hamda jamiyat taraqqiyotining muayyan darajasida davlat oldida turgan maqsad va vazifalarning ifodalashi bilan tavsiflanadi; Yoinki, huquqiy davlat, hokimiyatlar bo‘linishi, xususiy mulk, ko‘ppartiyaviylik, mafkuralar xilma-xilligi, huquqning ommaviy va xususiyga bo‘linishi kabi institutlar va hodisalarga bir paytlar salbiy qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda ularga munosabat tubdan o‘zgargan. Bunday pozitiv jarayonlar O‘zbekiston huquqiy tizimida ham kechmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’k-idlaganlaridek, «Biz yaqin o‘tmishimizda sinfiy hukmronlikning quroli sifatida davlat haqidagi markscha g‘oyani shior qilib olib, bu nazariyani dogmaga, davlat va huquqni esa sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni yengish vositasiga aylantirgan edik. Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama- qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi». -Davlat va huquqga munosabat, bu ikki hodisaga nisbatan qarashlar har bir davrda o‘ziga xos ekanligini e’tirof etish zarur. Shunga muvofiq, «har bir davrning davlat va huquq haqida o‘z qarashlari bor» deb aytish mumkin. Ayni paytda har bir huquqshunos olim va tadqiqotchi davlat va huquq haqida o‘z tasavvuriga egaligini ham nazarda tutish kerak. Shu munosabat bilan davlat va huquqga berilgan har qanday ta’rifda ma’lum ma’noda subyektiv element mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda L. Gumplovichning «Dunyoda qancha davlatshunos va faylasuflar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, shuncha davlatning ta’rifi ham mavjud bo‘lgan», degan fikrini eslash o‘rinli2. Darhaqiqat, har bir olim davlatga ta’rif berishda o‘z dunyoqarashi, yuridik borliqni tushunishi darajasi va sifatiga asoslangan va o‘zi yashagan davr xususiyatlarini o‘zida ifodalagan holda bu ishni amalga oshiradi. Forobiyning davlat va odil hukmdor haqidagi fikrlari qanday bo‘lishidan qat’i-nazar o‘sha davr va o‘sha makon uchun ilg‘or qarash bo‘lganligi aniq. -Davlat-huquqiy hodisalarning murakkabligi, ko‘pqirraligi, ba’zan ziddiyatli ekanligi bu masalalarni chuqur mushohada etishni taqozo etadi. Shunday qilib, yuqorida qayd etilgan va boshqa shu kabi omillar mazkur muammoviy kursni o‘rganish zarurligini belgilab beradi. Hozirgi zamon huquqshunosi davlat va huquq haqidagi eng yangi bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi qatorida, bu sohadagi muammolarning yechimi haqida ham o‘z yondashuviga ega bo‘la olishi kerak. Hozirgi jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida huquqshunos kadrlardan yuksak huquqiy tafakkur, amaliy yo‘naltirilgan chuqur bilimlarga ega bo‘lishni talab etiladi. “Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari” maxsus kursining predmeti va metodining umumiyligi va o‘zaro aloqadorligi ―Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursining predmeti haqida gapirishdan oldin, umuman ―Davlat va huquq nazariyasi fani haqida gapirish zarur. ―Davlat va huquq nazariyasi fani yuridik fanlar ichida o‘zining umumnazariy, umumuslubiy xarakteri bilan ajralib turadi. Shu bilan bir qatorda yuridik fanlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shuningdek, g‘arb universitetlari dasturlarida shu nomdagi fanga asoslanadigan o‘quv predmetini uchratish qiyin. Bu fan ko‘pincha ―Yurisprudensiya deb nomlanadigan fanga yaqin turadi. Shu bois, avvalo davlat va huquq nazariyasining ―Yurisprudensiya deb nomlangan fan bilan o‘zaro munosabati va nisbatini aniqlab olish maqsadga muvofiq. Dastavval, fan va o‘quv predmeti sifatidagi davlat va huquq nazariyasining nomlanishiga e’tibor qarataylik. -Fanning nomidan ko‘rinib turibdiki, bu fan nazariy xarakterga ega. Ma’lumki, nazariya bu umumlashgan bilimlar tizimi, tadqiq etilayotgan hodisaning turli qirralarini tushuntirib berish demakdir. Bu fan davlat-huquqiy borliq va uning rivojlanish qonuniyatlari, muhim o‘zaro aloqalari haqida yaxlit tasavvur beradi; -garchi bu fan nazariy xarakterda bo‘lsa-da, shu bilan bir qatorda uabstrakt, mavhum nazariya bo‘lmay, balki aniq davlat-huquqiy hodisalar haqidagi umumlashgan, yig‘ilgan va tizimlash-tirilgan bilimlar majmuidir; -davlat huquqiy hodisalar va muassasalar bir-biridan ajralgan, uzilgan holda o‘rganilmay, balki o‘zaro bog‘liqlikda, o‘zaro aloqadorlikda, bir-birini to‘ldirgan holda o‘rganiladi; -davlat va huquq o‘zaro bog‘liq ijtimoiy-siyosiy hodisalar bo‘lib, ularning ikkisi ham butun jamiyatga mansub, daxldor hodisalardir; Ta’kidlash o‘rinliki, davlatni ijtimoiy-siyosiy hodisa deb e’tirof etish keng tarqalgan, ayni paytda huquq esa yuridik hodisa hisoblanadi, bundan xulosa qilish mumkinki, davlat va huquqning umumiy nazariyasi - siyosiy-huquqiy xarakterdagi fandir; Ma’lumki, fanning turlicha nomlari mavjud: ―Davlat va huquq nazariyasi, Davlat va huquq umumiy naza riyasi, ―Davlat va huquq nazariyasi muammolari, ―Huquq va davlat umumiy nazariyasi muammolari va shu kabi boshqa nomlanishlari mavjud. M.N.Marchenkoning yozishicha, bu fan Rossiyada dastlab ―Huquq ensiklopediyasi sifatida shakllanib, vaqt o‘tishi bilan mazmunan ―Huquq nazariyasi faniga o‘ta boshlagan. ―Huquq nazariyasi fani bilan bir qatorda g‘arbda asta-sekin ushbu fan ta’siri ostida hozirgi zamon yurisprudensiyasi predmeti shakllana borgan1. Yurisprudensiya bu inson erkinligining umumiy va zaruriy shakllari sifatidagi huquq va davlat haqidagi ilmiy bilimlarning maxsus tushunchaviy- huquqiy tizimidir. Ta’kidlash joizki, ilmiy adabiyotda yurisprudensiyaning predmeti va metodi haqida turli fikrlar mavjud. Ayni paytda yurisprudensiya bilan davlat va huquq nazariyasi predmeti o‘rtasida jiddiy o‘xshashlik mavjudligini e’tirof etish zarur. Shu bois, fanning nomidan ko‘ra, uning predmeti va mazmuniga, ya’ni bu fan nima bilan shug‘ullanadi, uning predmeti va mazmunini nimalar tashkil etishiga asoslanish maqsadga muvofiq. Ta’kidlash joizki, ba’zi olimlar, jumladan V. S. Nersesyans yurisprudensiya bilan davlat va huquq umumiy nazariyasini bir-biriga yaqinligini ta’kidlashgan. Davlat va huquq umumnazariyasi yuridik fanlar tizimida fundamental o‘rin egallaydi, qisqaroq qilib, bu fanni «Davlat va huquq nazariyasi» deb ataydilar. Ushbu fan o‘z vazifalari, funksiyalari, predmeti va metodiga ko‘ra butun yurisprudensiya uchun umumiy ahamiyat kasb etadi. Unda davlat va huquq haqidagi ilmiy nazariy fikrning eng muhim yutuqlari, davlat va huquq haqidagi bilimlar majmuining eng muhim va ahamiyatli barcha nazariy jihatlari jamlanadi. Alohida olingan yuridik fanlarning ilmiy va nazariy ahamiyati ularning yuridik fan umumiy tizimida, bir butun yaxlit yuridik-nazariy bilimlar tizimida tutgan o‘rni va funksiyalari bilan belgilanadi. Bunda aynan yaxlit butunning ilmiy jihatlari-ni, ularning predmeti va metodini, ilmiy bilish maqomini belgi-lab beradi. Yuridik nazariy bilim sohasida tizimli-strukturaviy munosabatlar mantig‘i bo‘yicha yaxlit butunning xususiyatlari prin sip jihatidagi ularning tashkil etuvchi yuridik fanlar xususiyat lari yig‘indisidan iborat emas. Jamlangan ko‘rinishda ilmiy-nazariy yaxlit butunning bu xususiyatlari yuridik bilishning predmet va metodini belgilab beruvchi huquq tushunchasida ifodalanadi. Bundan, butun yuridik fanning yagona predmeti va metodi bir vaqtning o‘zida har bir yuridik fanning ham predmeti va metodi ekanligi kelib chiqadi. Chunki, bir butun yaxlit olingan yuridik fan barcha tizimning tarkibiy elementlari sifatida alohida olingan yuridik fanlar faqat yagona bo‘lgan huquq tushunchasining turli shakliy ko‘rinishlari, ya’ni o‘sha birgina yuridik predmet va yuridik metodning turli aspektlari bo‘lib hisoblanadilar. Davlat va huquq umumnazariyasi predmetining o‘ziga xosligi mazkur fanning ilmiy bilish imkoniyatlari va maqsadlari, ularning yuridik fan tizimidagi umum ilmiy vazifalari va funksiyalari, yuridik fanning butun ijtimoiy va boshqa fanlar tizimida tutgan o‘rni va ahamiyati bilan belgilanadi. Demak, davlat va huquq umumnazariyasining predmeti bu yagona mustaqil, tizimli yaxlit fan sifatida butun yurisprudensiyaning umumiy nazariyasi hisoblanadi. Davlat va huquq umumnazariyasining predmeti bu butun yurisprudensiyaning umumilmiy asoslari, uning predmeti va metodologiyasi, tizimi va strukturasi, uning ontologiyasi, gnoseologiyasi va aksiologiyasidir. Davlat va huquq umumnazariyasining bunday umumilmiy maqomi va rolini e’tiborga olgan holda aytish mumkinki, davlat va huquq umumnazariyasining predmeti va metodi- bu butunicha barcha yuridik fanining predmeti va metodologiyasini ilmiy-nazariy asoslash hisoblanadi. Shu sababli bundan keyin yurisprudensiyaning umumilmiy asoslarini yoritib borish (uning predmeti, metodologiyasi, tizimi va h.z.) bir vaqtning o‘zida davlat va huquq umumnazariyasining predmeti va metodi muammolarini mazmunan tadqiq qilish va bayon qilish bilan aynan teng bo‘ladi. Yurisprudensiya obyektlarining dualizmi va predmetining birligi. Har qaysi fan o‘zining o‘rganadigan obyektlari haqidagi bilimlarni ishlab chiqishi va tashkil qilishning muayyan usulidir. Bu ma’noda yuridik fan yuridik bilimlarni, ya’ni davlat va huquq kabi obyektlar haqidagi ilmiy bilimlarni ishlab chiqishning muayyan usuli hisoblanadi. Ilmiy o‘rganish obyekti fan predmetidan farqlanadi. Aynan bir obyekt turli fanlar tomonidan o‘rganilish mumkin, biroq bunda har bir fan mazkur obyektni o‘zining maxsus predmeti va metodi pozitsiyasidan o‘rganadi. Obyekt- bu tegishli fanning bilish usullari va vositalari yordamida ilmiy tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan narsa. Ilmiy o‘rganish jarayonida obyekt haqidagi boshlang‘ich empirik bilimlar nazariy bilimlar, ya’ni o‘rganilayotgan obyektning asosiy mohiyatiy xususiyatlari, belgilari va xarakterlari haqidagi tushunchalar tizimi, uning genezisi, amal qilish, rivojlanish qonuniyatlari bilan to‘ldiriladi. Obyektning talab qilingan mohiyatiy xususiyatlari tegishli fanning predmeti bo‘lib hisoblanadi. Sodda qilib aytganda, fan obyekti- bu biron bir hodisa, jarayon, narsani uni ilmiy o‘rganguncha qadar bo‘lgan holati, predmet esa - bu o‘rganilgan obyekt, ya’ni ilmiy bilishdan so‘ng hodisa haqida shakllangan bilimlar. Gap bu yerda o‘rganilmoqchi bo‘lgan obyektlar bilan o‘rganib bo‘lingan obyekt haqidagi g‘oyalarni farqi haqida boradi. Fan obyekti va predmeti haqida keltirilgan qoidalar yuridik fanga ham taalluqli. Shu sababli umumiy ko‘rinishda aytish mumkinki, yuridik fan obyektlari bo‘lib, davlat va huquq, uning predmeti bo‘lib, davlat va huquqning asosiy mohiyatiy xususiyatlari hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, yuridik fanning predmeti huquq tushunchasi va davlat tushunchasi hisoblanadi, chunki obyektning mohiyatiy xususiyatlari ilmiy bilish talablariga muvofiq faqat oliy bilish shakli bo‘lgan tushuncha orqaligina adekvat tarzda ifodalanishi mumkin. Biroq, yuridik fan predmetining bunday dastlabki tavsifi keyin ham aniqlashtilishga ehtiyoj sezadi. Garchi yuridik fan ikki obyekt (davlat va huquq) ni o‘rgansada, biroq, u har qanday fan singari faqat bir predmetga ega bo‘ladi. Bu aslida turlicha bo‘lgan ikki obyekt (davlat va huquq) ning yuridik fan doirasida va pozitsiyasida mazkur fan yagona bir predmetining ikkita zaruriy komponentlari (tarkibiy qismlari) sifatida o‘rganilish va tadqiq qilinishini anglatadi. Yuridik fanni davlat va huquq haqidagi yagona fan sifatida tan olish uning obyektlari dualizmini uning predmeti darajasida bartaraf etishni (taqozo etadi), ya’ni nazariy-tushuncha darajasida -bu ikki obyekt haqida uning asosiy mohiyatiy xususiyatlarini ifoda qiluvchi bitta tushuncha shaklida ifoda etishni taqozo qiladi. Tushunchalar dualizmi (davlat tushunchasi va huquq tushunchasi) ilmiy predmetlar dualizmini anglatib, davlat va huquq haqidagi bitta yuridik fanning inkor etishini anglatadi. Bu ikki turli fanlarning har biri o‘zining qator ilmiy fanlar tizimiga ega bo‘lishi mumkin: huquq haqidagi fan doirasida o‘zining huquq nazariyasi, huquq tarixi, tarmoq va maxsus huquq fanlari, davlat haqidagi fanda esa tegishlicha o‘zining davlat nazariyasi, davlat tarixi, davlat muammolari maxsus fanlar. Tushunchalarning ushbu dualizmini olib tashlash va fan predmetining zarur birligiga erishish uchun huquq tushunchasidan yoki davalat tushunchasidan kelib chiqish kerak. Demak, bu tushunchalardan biri mantiqan birlamchi, belgilovchi, predmet tashkil qiluvchi, ikkinchisi ikkilamchi bo‘lishi kerak. Davlat va huquq haqidagi yagona fanning predmeti davlatning huquqiy tushunchasi (ya’ni davlat haqidagi huquqiy ta’limot, davlatning yuridik nazariyasi) yoki huquq tushunchasini o‘z ichiga olgan davlat tushunchasi (ya’ni huquq haqida davlat ta’limoti, huquqning davlat nazariyasi) bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda bu ikki tushunchalardan birining mantiqiy birlamchiligisiz yagona fan haqida fikr yuritishimiz o‘rinsizdir. Yuridik fan predmeti –huquq tushunchasi va tegishlicha davlatning huquqiy tushunchasi bo‘lgan yurisprudensiya sifatida vujudga kelgan, rivojlangan va rivojlanmoqda. Huquq va davlat haqida yagona yuridik fan bo‘lgan yurisprudensiya nazariyasi va tarixi mazkur fan doirasida huquq tushunchasi bilan davlat tushunchasining dualizmini aynan davlatining huquqiy tushunchasini, ya’ni davlatning mohiyatiy huquqiy jihatlarini o‘z ichiga olgan huquqininng muayyan tushunchasi asosida va pozitsiyasidagina barham topishi va zarur bo‘lgan tushuncha predmet birligiga erishilishini ko‘rsatadi. Bunda huquqni tushunishning ikki asosiy tipiga (yuridik va legistik) yurisprudensiyaning tipologik jihatdan farqlanuvchi ikki konsepsiyasi mos keladi. Huquq bilan qonunning (pozitiv huquq) farqlanishidan kelib chiquvchi va yuridik (antilegistik, antipozivistik) tushunishga hamda huquqning yuridik tushunchasiga (o‘z ichiga davlatning tegishli yuridik tushunchasini oluvchi) asoslanuvchi yurisprudensiya huquq va davlat haqidagi ta’limotning yuridik tipiga kiradi. O‘z navbatida huquq bilan qonun (poiztiv huquq) ni tenglashti-ruvchi va legistik (pozitiv va etatik) huquq tushunish hamda huquq-ning legistik tushunchasiga (o‘z ichiga davlatning muayyan legistik tushunchasini qamrab oluvchi) tayanuvchi yurisprudensiya huquq va davlat haqidagi ta’limotning legistik tipiga kiradi. Huquqni tushunish va yurisprudensiyaning yuridik tipi (doira sida) huquqning libertar-yuridik tushunchasiga asoslanadi va huquq erkin individlarning formal tengligi, ya’ni insonlar erkinligi-ning umumiy va zaruriy shakli sifatida izohlanadi. Huquqning bu umumiy tushunchasi bilan yurisprudensiya yuridik-libertar konsep-siyasining yagona paradigmasida uning ikkala obyekti-erkinlikning normativ shakli sifatida pozitiv huquq (huquqiy qonun sharoitida) va aynan shu erkinlikning institutsional shakli sifatida davlat qamrab olinadi. Shunday qilib libertar-yuridik konsepsiyaga ko‘ra, yurispru densiya- bu erkinlik haqidagi fandir. Yurisprudensiya predmeti birligining muammosi legist (pozitivist)lar tomonidan boshqacha hal etiladi. Bir tomondan Kelzen uchun va barcha legistlar uchun huquq- bu hokimiyat buyrug‘i, majburiy qoida va davlat mahsuli- bir so‘z bilan aytganda «majburiy tartib». Boshqa tomondan, ular formal-norma-logik metod yordamida huquqni bajarilishi lozim bo‘lgan normalar tizimi sifatida tushuntiradi va shu pozitsiyadan har qanday dav-latni «huquqiy tartibiyat», «huquqiy davlat» sifatida tushuntira di. Bunda Kelzen «huquqiy davlat deganda» pozitiv-huquqiy (legistik) davlatni nazarda tutadi va umumiy ma’nodagi «huquqiy davlatni» inkor etadi, uningcha bunday davlat soxta tabiiy-huquqiy tasavvurlardan kelib chiqadi. Davlatni bunday pozitiv-huquqiy tushunish Kelzenning fik-richa, «davlat va huquqning an’anaviy dualizmini» barham topti-rishga va yurisprudensiya predmetining birligiga (nopozivistik versiyada) erishishga imkon beradi: «Bilish predmeti - bu faqat huquqdir». Bunda huquq deganda aynan pozitiv huquq, ya’ni davlat-ning har qanday (ixtiyoriy va) majburiy qoidasini tushunish kerak. Davlat va huquq haqidagi ikki radikal ta’limoti sifatida yurisprudensiyaning yuridik konsepsiyasi va kelzencha legistik konsepsiyani qiyoslab shuni aytish mumkinki, ikkala holatda garchi prinsipial turli yo‘llar va turli asoslarda yurisprudensiya tegish-li konsepsiyasining tushunchaviy –huquqiy birligiga erishilgan bo‘lsada: huquqning yagona tushunchasi (libertar- yuridik va normativ -legistik) ilmiy bilishning ikki obyekti (huquq va davlat) ni qamrab oladi va ular uchun umumiy va yagona hisoblanadi. Tafovut shundaki, birinchi yondoshuvda gap huquq davlat va yurisprudensiya ning sof yuridik konsetsiyasi haqida, kelzencha yondoshuvda esa, hu quq, davlat va yurisprudensiyaning sof legistik konsepsiyasi haqida boradi. Huquq, davlat va yurisprudensiyaning bu ikki konsepsiyasi butun yurisprudensiyaning u yoki bu davrda u yoki bu mamlakatda real mavjudligidan ko‘ra ideal (kam-ko‘stsiz) konsepsiyalar hisoblanadi. Huquqiy fikrlar va yurisprudensiyaning umuman real rivojlanishi uchun aksincha, huquqiy tushunishning bu ikki chekka qutblari o‘rtasida kurashi va plyuralizmi xos. Bularning barchasi fan sifatida yurisprudensiya va huquqni tushunish tipologiyasining nazariy ahamiyatini kamaytiradi. Chunki oxir oqibatda aynan huquqni tushunishning muayyan tipi huquq va davlat haqidagi yagona va yaxlit fan sifatida yurispruden siya metodi sifatida ham, predmet birligining ham nazariy ma’nosi va mazmunini belgilab beradi. Huquq va davlat haqidagi yuridik bilim va yuridik bilish jihatdan huquq tushunchasi boshlang‘ich va predmet hosil qiluvchi asos sifatida, shuningdek, bu tushunchaga muvofiq keluvchi davlat-ning huquqiy tushunchasini ham belgilab beradi, aytilganni hisobga olib, yuridik fan predmeti bo‘lib huquq tushunchasi deb hisoblash mumkin. Bunda albatta huquqning bunday tushunchasi nazariy-konseptual shaklda huquq va davlatning mohiyatiy xususiyatlari to‘g‘risidagi majmuaviy yuridik bilimlar mazmunini qamrab olishi va ifodalanishini esdan chiqarmaslik kerak. Yuqorida aytilganlar yuridik fan predmetining o‘z nazariy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan ta’riflarini shakllantishiga imkon beradi. Eng qisqa ta’rif: «Yuridik fan predmeti -bu huquq tushunchasi». Predmetni bunday tushunishni yana boshqacha qilib shunday ta’riflash mumkin: «Yuridik fan predmeti -bu huquq tushunchasi va davlatning huquqiy tushunchasidir». Aynan ma’noni boshqacha qilib ham berish mumkin: «Yuridik fan predmeti -bu o‘z ichiga davlatning ham huquqiy tushunchasini olgan va huquq bilan davlatning mohiyatiy xususiyatlarini ifoda-lagan huquqning tushunchasidir». Xulosa qilib aytganda, «Yuridik fan predmeti -bu muayyan tushunchalarda ifodalangan huquq va davlatning mohiyatiy xususiyat-laridir». Libertar-yuridik konsepsiyaga ko‘ra, davlat va huquq indi-vidlar, ular birlashmalari, ittifoqlari, tashkilotlari erkinligi mavjudligining va amalga oshirilishining umumiy va zaruriy shakllaridir. Bu libertar -yuridik ta’rifga ko‘ra yurisprudensiya predmeti erkinlik hisoblanishini anglatadi. Shu sababli yurispru densiya erkinlik haqidagi fan -erkinlikning umumiy va zaruriy huquqiy (davlat –huquqiy) shakli haqidagi fan deb hisoblash kerak. Yuridik metodning xususiyatlari, funksiyalari Yuridik bilish predmeti va metodining o‘zaro bog‘liqligi va birligi yuridik fan predmetini libertar tushunish davlat va huquq umum nazariyasining xususiyatini, vazifalari va maqsadlarini aks ettiradi. Yuridik fan predmeti xususiyatida uning metodining xususiyatlari ifodalangan. Bu holat bilimlar ilmiy tizimining predmeti va metodi mantiqiy, nazariy birligi umumilmiy talabiga mos keladi. Yuridik metod (yuridik fan metodi) - bu yuridik bilish yo‘lidir. Yuridik bilim obyekti - bu obyektiv borliqning tarkibiy qismi sifatida davlat va huquqdir. Har qanday metod kabi yuridik metod - bu obyektdan predmetga davlat va huquq haqidagi dastlabki (hissiy, empirik) bilimlardan bu obyektlar haqidagi nazariy, ilmiy yuridik bilimlarga tomon bo‘lgan yuridik bilish yo‘lidir. Bilish yo‘li sifatida yuridik metod bu davlat va huquq haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish va rivojlantirishning cheksiz yo‘li, bu obyektlar haqidagi jamlangan bilimlardagi ularni boyitish va rivojlantirish, bilimlarning empirik darajasidan nazariy darajasiga, quyi darajadagi nazariyadan yuqori darajadagi nazariyaga, nazariy jihatdan mazmunli va boy tushunchasiga qarab bo‘ladigan to‘xtovsiz harakatdir. Har qanday metod kabi yuridik metodning bilish yo‘li deb sanalishiga asos shundaki, u ham harakatdagi, shakllanishdagi, o‘zgarishdagi, rivojlanishidagi yuridik bilimdir. O‘z navbatida har qanday nazariya davlat va huquqni bilish yuridik metodining tizimli va tuzilmaviy ifodasi hisoblanadi, shu bois har qanday yuridik nazariya metod funksiyasiga ham ega. Yuridik fan metodi - bu yuridik bilimlarni hosil qilish, yuridik bilish usulidan iborat yuridik metoddir. Yuridik metod huquq tushunchasidan kelib chiqib borliqni aks ettirish va yuridik bilish usuli hisoblanadi. Yuridik metodning o‘ziga xosligi shundaki, u o‘z ma’nosi va tabiatiga ko‘ra – o‘rganilayotgan borliqni huquqiy modellashtirish, huquq tushunchasi doirasida va pozitsiyasida borliqni anglash usulidir. Yuridik metod uchun dunyoga huquqiy qarash, borliqni huquqiy ko‘rish xosdir. Yuridik jihatdan o‘rganilgan borliq yuridik borliq sifatida namoyon bo‘ladi. Yuridik fan va yuridik metod uchun yuridik borliq -bu yuridik bilish dunyosining aniqlangan mohiyati va axtarilayotgan haqiqatidir. Agar pifagorchilar matematika pozitsiyasida turib dunyoning mohiyati -sonlarda deb bilsalar, yuristlar shunday asosda dunyoning mohiyati - bu huquqdir deb hisoblaydilar. Ularning har biri o‘zi o‘rganadigan va biladigan dunyoni nazarda tutadi: matematik -sonlar dunyosini, yurist - huquq dunyosini. Xuddi shu tarzda fiziklar, ximiklar, biologlar o‘zlari o‘rganadigan dunyoning tegishli formulasini qidiradilar. Yuridik dunyo formulasi - bu huquq tushunchasi hisoblanadi. Bu turli dunyolarning turli formulalari mohiyati bo‘yicha - bu obyektiv dunyoning umumiy qonunlaridan boshqa narsa emas. Shu ma’noda yuridik fanni qiziqtiradigan haqiqat va predmet bo‘lib, huquqiy borliq normasi, qoida, prinsipi sifatidagi huquq hisoblanadi. Yuridik formula sifatida huquq tushunchasi borliq huquqiy tartibotining prinsipi bo‘lib, uning asosida yuridik metod harakat qiladi va unga ko‘ra o‘rganilayotgan obyektiv borliqning yuridiklashuvi (yuridik logarifmlash) amalga oshiriladi. Yuridik metodning o‘ziga xosligi va asosiy funksiyalari. Yuridik metod yordamida yuridik fan predmeti (huquq tushun chasi) konkretlashtiriladi va yuridik nazariya sifatiga ega bo‘ladi. Yuridik metod vositasida yangi yuridik nazariyaning shaklla-nishi o‘z ichiga o‘zaro bog‘liq 2 bosqichni oladi: 1) butun avvalgi yuridik bilimni huquqni yangi tushunchasi asosida sifat jihatidan qayta o‘zgartirish 2) yangi yuridik nazariya yo‘nalishida kesib qo‘yilgan yuridik bilimlar o‘sishini davom ettirish. Yuridik metod -bu yuridik fanning o‘ziga xos umum ilmiy metodidir. Borliqni yuridik bilishning maxsus metodi sifatida u 2 asosiy funksiyani bajaradi: 1) yuridik bilimlarni hosil qilish; 2) yuridik bilimlarning nazariy (ilmiy) tizimini shakllantirish. Birinchi funksiyani amalga oshirishda yuridik metod borliqni maxsus yuridik tadbiq qilishning metodi sifatida chiqib, bunda yuridik bilim hosil qilinadi, ko‘payadi, rivojlanadi. Bu bilimning yuridik xarakteri borliqni tushunish, o‘zlashtirish, tushuntirish huquq tushunchasi chegarasida, pozitsiyasida va huquq nuqtai nazaridan amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Yuridik metodning bu ikki funksiyasi (yuridik bilimlarni ishlab chiqarish usuli va yuridik bilimlarni ilmiy tashkil qilish usuli sifatida) ning ichki birligi shunga asoslanadiki, ular yagona huquq tushunchasining turli o‘zaro bog‘liq jihatlarini ifoda qiladi. Davlat va huquq umumnazariyasi rivojlanishida yangilik va vorislik. Davlat va huquq umumnazariyasining va butun yuridik bilimning rivojlanish jarayoniga miqdoriy va sifat o‘zgarishlar xos. Yuridik bilimning miqdoriy o‘zgarishlari (uning ko‘payishi, aniqlashtirilishi, konkretlashtirilishi, uning hajmini ortishi) yurisprudensiya muayyan konsepsiyasining asosida yotuvchi huquqni u yoki bu tushunishi doirasida yuz beradi. Yuridik bilimning sifat o‘zgarishlari yangi metod va yangi predmetga ega yangi yuridik nazariyaning shakllanishi, huquqning avvalgi tushunchasidan huquqni yangi tushunchasiga o‘tish bilan bog‘liq. Huquqning yangi tushunchasi yuridik fan obyektlari haqidagi empirik ma’lumotlar va to‘plangan nazariy bilimlarni (nisbatan) o‘rganishga, tushunishga va izohlashga nisbatan tegishli yangicha yondashuvni anglatadi. Huquqning yangicha tushunchasi yuridik bilishda sifat o‘zgarishi hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi rivojida yangilik vorislik bilan uzviy bog‘liq. Yangilik (huquqni yangicha tushunish, yangi nazariya va huquq) davlat va huquqni tushunishning yanada chuqur, mazmunli va adekvat shakli sifatida eski, avvvalgi yuridik bilimlarning butun majmui negizida vujudga keladi. Huquqning yangi tushunchasi huquqni avvalgi tushunchasini va unga mos nazariyasini o‘chirib tashlamaydi, balki, ularni dialektik tarzda olib tashlaydi, ya’ni avvalgi tushunchani cheklangan bilish imkoniyatlari va chegaralarini barham toptiradi va shu bilan birga ularning nazariy-bilish ma’nosini va natijasini saqlab qoladi. Bu bilish huquqning yangi tushunchasi avvalgi yuridik fikrning ilmiy ahamiyatli natijalarini saqlab qoladi va yuridik bilishning yangi, yuqori darajasida yanada chuqur nazariy pozitsiyada rivojlantiradi. Davlat va huquq umumnazariyasi fani yurisprudensiya tizimida Yuridik fan alohida yuridik fanlar majmuidan iborat bo‘lib, ularning har biri davlat va huquqning muayyan jihatlarini o‘rganadi. Odatda yuridik fan tizimida fanlarni quyidagicha guruhlarga bo‘lish qabul qilingan: 1. Tarixiy -nazariy yuridik fanlar 2. Tarmoq yuridik fanlar 3. Maxsus amaliy yuridik fanlar 4. Xalqaro yuridik fanlar. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlarning birinchi guruhiga mansub bo‘lib, u guruhdosh fanlar hamda boshqa guruhga kiruvchi fanlar bilan tegishlicha bog‘liqlik va ular bilan amaliy hamkorlikda harakat qiladi. Davlat va huquq nazariyasining boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqasi. Yuridik fanning boshqa fanlar bilan bo‘lgan munosabati va aloqalarini anglash va rivojlantirish mazkur fanning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Davlat va huquqning boshqa yuridik fanlar ham o‘rganish yurisprudensiya uchun alohida qiziqish tug‘diradi. Yuridik fanlar bu obyektlarni o‘z predmeti va metodining o‘ziga xos pozitsiyasidan, nuqtai nazaridan o‘rganadi. Masalan, falsafa davlat va huquqni borliq umumiy qonuniyatlarini o‘rganish jihatidan tadqiq qiladi. Davlat va huquqni o‘rganish falsafa ta’limoti va falsafiy tafakkur pozitsiyasidan turib uning ma’nosini anglashga yo‘naltirilgan. Davlat va huquqni tarix, sotsiologiya, politologiya, iqtisod fani ham o‘rganadi. Biroq yuridik fan har qanday fan kabi boshqa fanlarning bilimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita qo‘llay olmaydi, balki bilvosita shaklda yuridik bilim va yuridik metod tarkibiy elementlarida o‘zgartirib, o‘z predmeti va metodini o‘ziga xos nuqtai nazardan ulardan foydalanadi. Boshqa fanlar metodlarini va natijalarini o‘zlashtirish davlat va huquq nazariyasi va butun yuridik fan rivojlanishining muhim yo‘nalishi va asosiy manbai hisoblanadi. Yurisprudensiya uchun ahamiyatli biron boshqa fanlar yutuqlarini bunday nazariy yuridik o‘zlashtirishni ikki asosiy shaklda bo‘lishi mumkin: 1. Boshqa fanlar metodlarini yuridiklashtirish; 2. Yurisprudensiyaning boshqa qo‘shni fanlar bilan kesishuvida yangi fanlarning shakllanishi. Yuridik fanda boshqa fanlar metodlari faqat aynan yuridik bilish usullari va yo‘llari sifatida foydalanishi mumkin va lozim. Boshqa fanlar metodlarining bunday yuridiklashuvi yuridik fanning sofligi va metodologik, predmet birligining zarur sharti hisoblanadi. Yuridik fanda falsafiy va umumilmiy metodlar (dialektika, tizimli va funksional metodlar, analiz va sintez, modellashtirish va boshqalar) muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. Yurisprudensiya-da tadqiqotning bunday metodlari, usullari, yo‘llaridan samarali foydalanish ularning nazariy-bilim potensiali va imkoniyatlari-ning lozim darajadagi yuridiklashuviga bog‘liq bu esa o‘z navbatida yuridik bilish maqsad va vazifalari, yuridik metod mazmuni va talablaridan kelib chiqadi. Yangi yuridik fanlarning paydo bo‘lishi yurisprudensiyaning qo‘shni fanlar bilan avvalgi fanlararo aloqani (ulardagi tadqiqot usullari va yo‘llari, ba’zi nazariy qoidalaridan foydalanish, o‘z-lashtirish) yuridik fanning nazariy bilish ehtiyojlarini qoniq- tirmayotganligini va yangi mustaqil yuridik fan doirasiga tegishli muammolarni sistematik ishlab chiqishga ehtiyoj sezayotganini ko‘rsatadi. Yurisprudensiya doirasida mazkur yangi fanlar umumilmiy xarakterdagi yuridik fanlar hisoblanadi. Bu yuridik bilim va yuri dik bilimlar tizimi tomonidan amalga oshirilayotgan umumilmiy nazariy-bilim funksiyalari bilan belgilanadi. Yangi yuridik fanlar va yangi yo‘nalishlarning shakllanish jarayonining o‘zi yurisprudensiyani zamonaviylashtirish (modernizatsiya) ning tabiiy va samarali yo‘nalishi, uning umumilmiy yutuqlarini hozirgi zamon darajasiga mos kelish ko‘rsatkichi uning yanada rivojlanish qobiliyatiga egaligini anglatadi. Bu yo‘nalishda yuridik fan ko‘p ishlarni amalga oshirishi kerak. Bunda albatta, yurisprudensiyaning postsovet bosqichdagi o‘ziga xos ilmiy vazifalari va xususiyatlarini hamda xorijiy mamlakatlar-dagi yuridik fan rivojlanish tajribasi va tendensiyalarini hisobga olish kerak. Yurisprudensiyaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasining rivojlanishi bu qo‘shni fanlardan tayyor bilimlarni oddiy o‘zlash-tirish va yuridik xarakterda ulardan bevosita foydalanishni ang-latmaydi, balki ularning tajribasi va yutuqlarini e’tiborga olgan holda maxsus yuridik bilimlarni chuqurlashtirish va takomillash-tirishning ijodiy jarayoni hisoblanadi. Adabiyotlar ro‘yhati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2003. 40 b. 2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -T.: Sharq. 1998. 3. Karimov I.A. O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish-ning asosiy yo‘nalishlari. -T.: O‘zbekiston.2002. 76 b. 4. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Xalq so‘zi, 2005 yil 29 yanvar. 5. Karimov I.A. Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib bo‘lmaydi. Xalq so‘zi. 2005 yil 17 fevral 6. Islamov Z.M. Obshestvo. Gosudarstvo. Pravo. T.: Adolat. 2001.695 s. 7. Islamov Z.M. O‘zbekiston modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari. - T.: O‘zbekiston. 2005. 264 b. 8. Halimboy Boboyev. O‘zbek davlatchiligi tarixi. 1-kitob. -T.: Fan nashriyoti. 2004. 295 b.