logo

Umumiy yer bilimi predmeti umumiy yer bilimi geografik qobiqni o'rganadigan fan ekanligi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44 KB
Umumiy yer bilimi predmeti - umumiy yer bilimi geografik qobiqni o’rganadigan fan ekanligi Reja: 1. Geografiya fani predmeti. O’rganish obyekti, boshqa geografiya fanlari bilan aloqasi. 2. Geografik bilimlarning o’ziga xosligi, hozirgi zamon geografiya fanlari. 3. Geografik qobiq va uning xususiyatlari. Geografiya – yer yuzasining tabiati va xo’jaligini, ularning taylashiv hususiyatlarini urgatadigan fanlar kompleksidir. Qadimgi yunonlar – bular hozirgi o’rta yer dengizi buylarida yashaydigan, insoniyat tarixida fan va madaniyatni yuksak darajada taraqqiy ettirish yunon va Rim xalqlari, ular orsida yetishib chiqqan olimlar – yer yuzasining manzarasi-er yuzasida qanday predmet va ob‘ektlar borligini birinchi marta geografiya so’zi bilan ifodalanganlar. Geografiya terminini miloddan oldingi 276-194 yillarda o’rta yer dengizi janubiy soxildagi Kiruna shahrida tug’ilib o’sgan (bu shahar hozirgi Liviya davlati hududida bo’lgan) va Aleksandrif kutubxonasiga boshchilik qilib, fanlarda juda katta meros qoldirgan Eratosfen tomonidan iste‘molga kiritilgan. Uning «Geografik yozishmalar» nomi asarida birinchi bor, yer yuzasidagi geografik predmet va ob‘ektlarning «Geografiya» so’zi bilan ifodalangan. Darhaqiqat 20 asr boshlarigacha geografiya fanlarida tabiiy hodisalar, aholining xujalik faoliyati bilan bag’liq masalalar ta‘riflangan. Geografiyani bunday tushunish- tasviriy geografiya, kashfiyotlar geografiyasidan boshqa narsa emas. Aslida bugungi geografiya so’zi bilan yuritiladigan fanda-bir- biriga nisbatan joylashgan ob‘ektlar va hodisalarning urniga bog’liq ravishda o’ziga xos xususiyatlarini namoyon eti shva ob‘ektning biror jixati unda qanday uzgarishlar sodir bo’lishini bashorat etish masalasiga alohida urg’u beriladi. O’rta osiyo olimlari, butun arab sharqi allomalari bilan birgalikda 9-10 asrlarda boshlab, geografiya so’zi ma‘nosida «surati arz» «etti iqlim» «Rub‘i maskun» so’zlari qo’llanilgan 19 asrda 20 asr boshlarida, oxirida ba‘zan hozir ham «Jug’rofiya» so’zi ishlatilgan. O’zbek tilida ba‘zan qullanilgan «Jug’rofiya» so’zi Geografiyaning asl mohiyatini ochib Beraolmaydi, muayyan chalkashliklar vujudga keltiradi deb o’ylaymiz 1989 yilda, ayniqsa Uzbekiston mustaqilligi davrida o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan bu eng qadimiy geografiya so’zi o’z aslidan ishlatilib kelmoqda fanlarninigtarmoqlari bo’linib rivojlanish davrida «Geografiya» fani o’rniga «Geografiya fanlari tizimi sistemasi» iborasini qo’llashni olimlar ma‘qul topganlar. Chunki tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarni tadqiq etadigan kupgina fan larning yaxlit tizimidan iborat bo’lgan geografiya ilmlari bir-biri bilan ko’p jihatlardan, birinchi navbatda hududiymik tamoyili bilan bog’langan bir qancha mustaqil fanlar tizimidan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi «Ta‘lim tug’risidagi qonun» ning davlat ta‘limi standartlari DTS da» Geografiya insoniyat yashovchi sayyora ya‘ni yer haqida to’liq tasovvir hosil qilish uchunma‘lumot berishga qaratilgan yagona o’quv fanidir. Geografiya ta‘limi yer kurrasiga ro’y beruchi tabiiy va satsial- iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’rgatadi. Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashlarni shakillantiradi satsial-iqtisodiy bilimlarni tarkib toptiradi, Dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatning o’zaro bog’liqligi, geografik ab‘ekt jarayo va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi. Bu esa yer kurrasining tabiiy manzarasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi aholi turmush darajasini ko’tarish, atrof muhit xolatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikirlashga o’rgatadi. Binobarin geografiya ta‘limi o’quvchilarda umum insoniy madaniyatning tarkibiy qismati bo’lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi deb aniq ta‘kidlab o’tilgan. Maktab geografiyasi-planetamizdagi geografik ob‘ektlarning joylashuvi xaqida bilim beruvchi yetakchi fan, shuning uchun «geografiya» qadimgi yunon tilida «ge»-Yer tasvirlash ma‘nosida bo’lib, Yer tasviri deganda keng qamrovli, teran mazmunli, fikrlashga chorlaydigan iborani bildiradi. Ko’pchilik odamlar geografiya fanini juda soda tasavvur etib, tog’, tekislik, shahar, dengiz, orol va boshqa ob‘ektlarning joylashgan o’rnini o’rganishdan iborat deb bilishadi. Azaldan yoshlar bu fanni kashfiyotlar, sayyoramizdagi geografik ob‘ektlarni, ularning bir- biriga nisbatan qanday joylashganligini aniq tasavvur etmagan fuqaroni ma‘rifatli, ziyoli, madaniyatli kishi deyish qiyin. Zero, maktab geografiyasi Yer planetasidagi okena, materik, dengiz, orol, tog’, tekislik, muzlik va boshqa tabiiy ob‘ektlarning qaerda va qanday o’ziga xos xususiyatga ega ravishda joylashganligini o’rgatish qaratilgan. Qanday davlat, uning iqtisodiy-siyosiy holati, poytaxti, yirik va mashhur shahari, aholi, urf-odatlari, mashg’ulotlarini ham geografiya fani o’rgatadi. O’tmish olimlaridan biri «Geografiyadan ko’ra qiziqarliroq fanni topish amrimahol» deganda to’la xaqli edi. Bu fikr hozirgi kosmos, kompyuter asrlari bo’lgan XXI asrda o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Chunki televizor dasturlaridan o’rin olgan ma‘rifiy ko’rsatuvlar, radiodagi qiziqarli eshittirishlar, gazitalarning sungi sahifalardagi boshqotirma-yu, so’nggi ustunlar,gazitxonlarni fikrlashga qaratilgan savol va topshiriqlarinng aksariyati geografiyani bilishni talab etadi bular o’z uyimiz, sayyoramizni aniq tasavvur etishni talab qiladi. Yuzaki qaraganda, geografik ob‘ektlar o’z- o’zidan, tasodif tufayli o’z o’rnida joylashgan, ular yer yuzida narsa va ob‘ektlarning tartibsiz to’plami yig’indisidan iboratday tuyuladi. Aslida esa, ularning joylashivi planitamiz tabiiy taraqqiyotning qonuniy natijasi, ular bir- biriga iqlimshunoslikka, gidrologiyaga va biogeografiyaga, iqtisodiy geografiya fanlari ham uch guruhga-umumiy ijtimoiy, iqtisodiy geografiya, regional iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, xo’jalik tarmoqlari geografiyasiga-sanoat geografiyasi, transport geografiyasi, aholi geografyaisi va boshqalarga bo’linadi. Shu bilan birga geografiya tarixi, geografik o’lkashunoslik, xarbiy geografiya, rekratsion geografiya, meditsina geografiyasi, turzim geografiyasi, o’qitish metodikasi, kartografiya kabi fanlar ham geografiya fanlari tizimiga kiradi. Geografiyalarning maqsadi-Yer planetamiz tabiati, xo’jaligini bir butun idrok etishdan iborat bulishi lozim-Yer yuzasida qanday geografik ob‘ektlar mavjud. Ularning xususiyatlari o’zgarishini tasavvur etishdan iborat. Geografiya fanlarining vazifasi Yer planetasi geografik qobig’ining taraqqiyot qonunlari o’rgatishdan iborat bo’lib, tabiat va jamiyat o’zaro munosabatlarini o’rgatish, uning o’zgarish qonuniyatlarini belgilab berishdan iborat bo’lmog’i kerak. Bu xol- hozirgi zamon geografiya fanlari amaliy konstruktiv geografiyaga aylanganini bildiradi. Umumiy tabiiy geografiya ma‘lum ma‘noda «Umumiy Yer bilimi» deb yuritiladi. Umumiy Yer bilimi Yer sharining ustki, murakkab tuzilishga ega bo’lgan qatlami bo’lmish-geografik qobiq tabiatini, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlarini va xududiy bo’linishni o’rgatadi. Geografik qobiq. Yer yuzasida atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferaning o’zaro aloqasi, bir-biriga ta‘siri natijasida uzoq davrlar maboynida ro’y bergan evolyuttsion jarayon oqibatida vujudga kelgan murakkab doimo rivojlanishda bo’lgan bir butun (yaxlit) moddiy tizimdir. Juda murakkab doimo rivojlanishdagi dinamik tuzilma bo’lgan geografik qobiqning strukturasi va tabaqaviy (bir-biriga bo’ysunuvi) tuzilishi hamda xududiy bo’linishini o’rganish umumiy Yer bilimining vazifasidir. Shu fikrdan kelib chiqib umiy bilimini Yerning eng asosiy geografik qonunlarini o’rganadigan fan deb qarash kerak. Shuning uchun ham bo’lsa kerakki, bu fanning asoschilaridan biri Akademik S.V. Kalesnik o’zining bu fanni umumlashtirgan kitobini «Yerning umumiy qonuniyatlari» deb atagan. Umumiy yer bilimi fanini to’g’ridan-to’g’ri «tabiy geografiya faniga kirish» deb qarash yaramaydi, chunki geografiya fanlariga oid barcha ma‘lumotlardan xabardor etuvchi «geografiyaga kirish» kursidan farqli ravish Yer geografik qobig’ining taraqqiyot qonuniyatlarini o’rgatadi. Xaqiqatdan ham geografik qobiq xaqidagi ta‘limoti bo’lgay umumiy yer bilimini geografiya fanlariga tegishli juda ko’p fanlarni o’rgatish uchun kuzgu-prizma sifatida talqin etish to’g’ri bo’ladiki, Yer shariga doir komponentlarning shakllanish va o’zgarish qonuniyatlari xaqidagi barcha bilimlarni emas, balki geografik qobiqni muayyan qonuniyatlar asosida rivojlangan va o’zgarayotgan doimo xarakatdagi dinamik tuzilma sifatida o’rgatadi. Harqalay har bir komponent va Yer xar bir qobig’ini o’ziga xos obyektiv rivojlanish qonuniyatlari borki, ularni tarmoq geografiya fanlari o’rganadi. Umumiy Yer bilimi bu komponent va qobiqdagi bir butun yaxlit rivojlanishdagi qonuniyat, jarayon va hodisalar haqida eng umumiy bilimlarni beradi. Geografik mutaxassislar «Umumiy Yer bilimi» yerning kosmik jism sifatida fazodagi o’rniga bog’liq aynan yer planetasiga oid qonuniyatlar xaqida umumiy bilim va ma‘lumotlar berishi bilan ahamiyatlidir. Aniqroq aytganda Yerning quyosh tizimdagi o’rni, yerning shakli, kattaligi, sutkalik va yillik harakati yer sferalarining tuzilishi bilan bog’liq qonuniyatlarni va ularning oqibati bo’lgan yer shari tabiatning aynan. Yerning o’zigagina xos umumiy qonuniyatlarini o’rgatadi. Geograf bakalavr yo’nalishidagi mutaxassis yerning fazodagi o’rni, harakatlari, yerning shakli, qiyofasi va yer qobiqlarining bir butunligi bilan qonuniyatlari, bu qonuniyatlar yer sferalari va komponentlari va nima sababdan aynan shunday ekanligini umumiy Yer bilimi kursidan anglab olishi zarur. Har bir sfera komponent bir-biriga bog’liq. O’zaro ta‘sir va bir-birini taqozo etib turishini chuqur ilmiy tafakkur qilishi kerak. Bakalavr yo’nalishi bo’yicha geograf mutaxassis geograf tadqiqotchi geograf tabiatni kuzatuvchi, geograf ta‘lim beruvchi, xullas yerning xususiyatini tadqiq va ta‘lim beruvchi ziyoli bo’lib yetishadi. Bu sohada umumiy yer bilimi kursi birinchi oliy ta‘lim olishda o’qitila boshlanar ekan keyingi o’rganiladigan geografiya fanlarining o’rganish ob‘ektlari va yo’nalishlari bir-biriga bog’lanib ketganini idrok etish zarur. Demak yer haqidagi ma‘lumotlarni, qonuniyatlarni, yer sharining hududiy vatatsaviy tuzilishining oqibati deb idrok etish lozim bog’liq holda, bir-biriga taqozo etgan holda o’rnashgan. Barcha ob‘ektlar o’zining qonuniy o’rnida. Ularning biri o’z o’rnidan yo’qotilsa boshqalarida ham chuqur sifatiy o’zgarishlar ro’y beradi. Bunday yo’qotishni biz o’rta osiyoliklar o’z yelkamizda bugun his etib turibmiz, yo’qotishning jabrini tortmoqdamiz. Oralning qurib qolishi faqat biz o’rta osiyoliklarning emas, butun sayyoramiz tabiati o’zgarishda-yomon tomonga o’zgarishida-namoyon bo’lmoqda. Ob‘ektlarning joylashivi, ularning xususiyati haqidagi ma‘lumotlarni tahlil etish bugungi ilmiy geografiyaning mushoxada predmetidir.Ma‘lum bo’ladiki geografiya o’zining Yangi yerlarni kashf etish bilan bog’liq bo’lgan jozibadorligini Yangi sharoitda, ob‘ektlar joylashuvining o’rnini ilmiy tahlil qilish jozibasida saqlab qolmoqda. Xa geografiya fani bilan shug’ullanish Jyul Vermaning asarlari va tasavvurlari kabi maftunkorlikni bugun ham saqlab qolmoqda. Chindan ham ekspedittsiyalarda faqat oddiy qatnashchi emas ishning mohiyatini to’la anglab yetgan ilmiy hodim bo’lish talab etiladiki, buning uchun murakkab asbob uskunlar bilan ishlash kompyuter texnikasining tilini tushunish, kosmik fotosuratlarni tahlil eta bilish, yangidan-yangi xaritalar tuzish va boshqa shunga o’xshash ancha murakkab ishlarning o’ziga xos mashaqqatlari geografiya faning zimmasidadir. Ma‘lumot va dalillarning tahlil etish, ular o’rtasidagi bog’lanish va qonuniyatlarning izlab topish ilmiy bilim hisoblanadi. Zero nimaning qaerda joylashganligini qayd etish va bilish-bu oddiy, kundalik bilimdir. Chunki har qanday bilim oddiy, kundalik bilimga va ilmiy bilimga bo’linadi. Hayot xakida, atrofimizdagi narsa va buyumlar xaqidagi bilimimiz oddiy bimlardir. Oddiy bilim odamlarning yashashi davomida hosil qilinadi, ko’payib chuqurlashib boraveradi. Demak, oddiy bilim har qanday shaxsining hayotiy tajribasiga bog’liq bo’ladi. Ilmiy bilim –tabiat, jamiyat va tafakkur xaqida yangidan-yangi tasavvurlarga- bilimga ega bo’lishga qaratilgan inson faoliyatining ijodiy tadqiqot sohasidir. Ilmiy hodim ya‘ni olim kishi tabiat va jamiyatning o’rganilmagan qirralarini aniqlash uchun maxsus metod va nazariyalar orqali ish ko’radi. Olim o’z tadqiqotlarida turli asboblar, tajriba uskunlari, hisoblash texnikalaridan foydalanadi. Ilmiy bilim ilmiy dargohlarda, maxsus jihozlangan ilmiy markazlarda amaliga oshiriladi. Jamiyat bag’rida yarishilgan ilmiy bilimlar insonlar hayotiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Insoniyat Yangi qonunlarni egallash orqali yuksak yutuqlarni qo’lga kiritadi. Ilm-bu yaxlit bir tizilma. Kvant nazariyasining asoschisi M. Plant 1966 yilda «ilm ichki yaxlit birliklarda boshqa narsa emas uni alohida avvalo sohalarga bo’lib, o’rganish narsalarning tabiatidan kelib chiqadi, so’ngra insoning bilish qobiliyati cheklanganligi bilan ham bog’liq. Aslida fizika va kimyodan biologiya va antropologiya orqali ijtimoiy fanlarga uzluksiz zanjir mavjuddirki, bu zanjir hayolotdan boshqa biror joyda uzulmagan», deb yozgan edi. Fanshunoslik fanlarni tasniflash, tuzilishi va tartibga solish masalalari bilan shug’ullanadiki, bu ilmiy ish olimlarning muhim faoliyati. Bir butun ilmiy bilimlar silsilasida geografiya fanlari ham muhim o’rin tutadi. Bizga maktab geografiyasida ma‘lumki, bu fan yer usti tuzilshi, mamlakatlar, xalqlar xakida. Xarita-geografiyannig alifbosi (alfa va omega), xarita-Yer planetasining materikalar, okeanlar, tekisliklar, daryo va ko’llar, shaharlari, borinki barchasining-timsolini tasavvur etishga yordam beradi. Geograf xaritani bilish kerak, butun planetaning tabiati, xo’jaligi, aholichi xaqida ham, unnig ayrim regionlari xaqida ham bilimga ega bo’lishi kerak. Geografiyaning fan sifatidagi xususiyatlari shular bilangina cheklanib qolmaydi. Chunki yer ust iva undagi obekt va jarayonlarni geografiyadan tashqari geologiya, biologiya, demografiya, iqtisodiyot fanlari ham o’rganadi. O’z-o’zidan tushunarliki, inson yerda yashar ekan, u o’z uyini o’rganishi darkor. Lekin geografiyaning yer sayyorasiga qarashi, biologik yoki geologdan farq qiladi-biolog o’simlik va hayvonlarni o’rganadi, geolog-mineral va tog’ jinslari o’rganadi. Geografiya-er usti strukturasini tarkibiy tuzilmasini tashkil etgan murakkab hududiy tuzilmalar (sistemalar) ni o’rganadi. Bu sistemalar tabiiy (tabiiy hududiy komplekslar) ham, ijtimoiy (hududiy ishlab chiqarish komplekslari) ham, tabiiy- ijtimoiy (tabiiy xo’jalik rayonlari) ham bo’lishi mumkin. Mazkur komplekslar turlicha kattalikdagi maydonni egallashi mumkinki, butun geografik qobiqdan tortib ayrim aholi qo’rg’oni ham bo’la oladi. Demak, geografik bo’limning o’zigi xosligi har birj uda murakkab va ko’pdan-ko’p tuzilmalardan tashkil topgan Yer usti strukturasini tadqiq etishda ifodalanadi. Bu tuzilma qanday shakllangan, hozir qanday holatda, kelajakda bu tuzilma qanday o’zgarishga uchraydi. Barcha geosistemalar bir-biri bilan o’zaro ta‘sirda-okean bilan quruqlik, o’rmon bilan iqlim, tabiat bilan xo’jalik, atrof muhit bilan shahar va hakazo ta‘sirida mavjuddir. Tabiatning alohida komponentlari orasidagi o’zaro ta‘sirini bilish ham geografiya fanining vazifasidir. Geografik bilimning mohiyati-hududiy qonuniyatlarni tahlil eta bilish, alohida komponentlar va geosistemalar o’rtasidagi o’zaro aloqani tarixiy metod asosida aniqlash orqali hozirgi geografik manzarasini (kartinasi) ilmiy izohlab berishdan iboratdir. Geograf xilma-xil materiallardan foylanib Yerning tabiati va xo’jaligida bo’ladigan o’zgarishlarni ham, ayrim regionlarda bo’ladigan o’zgarishlarni ham oldindan aytib berishi ya‘ni bashoratlashi zarur. Geografik bilimlar toboro kengayib va murakkablashib borayotgan bizning davrimizda havo va suvning ifloslanishi, cho’llarning kengayib borishiga, tuproq sho’rlanishi, chang-to’zon bo’ronlari, zilzila, toshqin, tropik tsiklon va boshqa talofatli tabiiy hodisalarning ro’y berish masalasa, ularning sababini va oldin aytib berish masalalarini hal etish uchun ham geografik bilimga ega bo’lish zarur. Demak, bugungi geografiya fani ko’pchilik tasavvur etganidek, nimaning qaerda joylashganini emas, balki insoniyatning juda murakkab ilmiy va amaliy masalalarini hal etishda ishtirok etmog’i zarur. Hozirgi davrda geografiya juda ko’plab tabiiy va ijtimoiy jarayon va hodisalarning vujudga kelish sabablarini aniqlab bera oladiki, Yer deb atalmish sayyoramizning kelgusi taqdiriga tegishli masalalarni hal etishda geograflar, shubhasiz, faol ishtirok etadi. Geografiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy yo’nalishda vujudga kelganligidan uning obyekti va predmeti xilma-xil geosistema va geokomponentlar hisoblanadi. Hamma zamonlarda ham shunday bo’lgan emas, tarixiy davrlarda geografiyaning obyekti va predmetini talqin etishga yondashuv o’zgarib turgan. Ammo hamma zamonlarda ham ko’pchilik olimlar tomonidan geografiya Yer ustini o’rganadi deb etirof etishganligi aniq. Chunonchi, K. Ritter, geografiyaning o’rganish obyekti butun Yer shari deb hisoblagan. A. Gettner-geografiya mamlakatlarni, predmet va hodisalarning hududiy joylashishini o’rganishi kerak deb o’qtiirib o’tgan. F. Ritgofen-geografiya fan sifatida usti o’rganadi deb ta‘kidlab o’tgan. E. Marttonn- Yer ustida fizik, biologik va inson faoliyati bilan bog’liq hodisalarni, bu hodisalarning sababiy bog’lanishlarini o’rganadi deb ko’rsatgan bo’lsa, O. Leshen- Yerning tabiatini o’rganadi deb yozadi. Peterburg universiteti geografiya kafedrasi mudiri P.I.Brounov-Yer tashqi qobig’ining hozirgi tabiiy tuzilmasini o’rganadi deb hisoblaydi. 1910 yilda olg’a surilgan bu taklif ko’pchilik geograf olimlarga asosan ma‘qul bo’lgan, lekin «tashqi qobiq» uncha aniq emas, biroz umumiyroq tushuncha bo’lganligidan, bu iborani muayyanlashtirish, mazmunini chuqurlashtirishga olimlar harakat qilishgan. Geografiya fanining obyekti sifatida geografik qobiq landshaft qobig’i, geosfera, biogenosfera, epigeosfera va boshqa Ilmiy atamalar taklif etildi. Lekin bu tushunchalardan geografik qobiq iborasi ko’pchilik tadqiqotchilar e‘tirofiga sazovor bo’ldi. XX asrning zabardast olimi A.A.Grigorev «Geografik qobiqning strukturasini aniqlash-geografiya fanining asosiy vazifasi» deb ta‘rif berdi. Akademik S.V.Kalesnik bu ta‘rifni biroz kengaytirib, geografiya fanining o’rganish obyektini shunday aniqlaydi. Geografik qobiq strukturasining shakllanish, hududiy tarqalish va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi deb ko’rsatadi. Shunday qilib, geografik qobiq o’zaro ta‘sirda bo’lgan Yerning litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosfera kabi yetakchi qobiqlaridan tashkil topgan o’ziga xos juda murakkab tashkil tuzilmadir. Bu tashkil tuzilmani o’rganish geografiya fanining obyekti hisoblanadi.