logo

Turkiston Rossiyaga qo’shib olingandan keyin o’zbek maktablarida geografiya ta’limi. Rus tuzumi maktablari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.5 KB
Turkiston Rossiyaga qo’shib olingandan keyin o’zbek maktablarida geografiya ta’limi. Rus tuzumi maktablari Reja: 1.Turkistonda geografiya ta’limining rivojlanishi. 2.Rus tuzumi maktablari. O’tmishda O’zbekiston territoriyasida Muxammad Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug’bek va Zahiriddin Bobur kabi olimlar jaxon geografiya faniga ulkan xissa qo’shganlar, yashab ijod etganlar. Birok avlodlarimiz qoldirgan ajoyib geografik meros, yaqin-yaqin vaqtlargacha tarixning qora pardalari ostida qolib keldi. Mustaqillikdan so’ng olimlarning geografiya tarixi borasidagi tadqiqotlari tufayli O’rta Osiyolik ko’plab geograf va sayyohlarning ilmiy va pedagogik qarashlariga oid ma’lumotlar to’plana boshladi. Bid’at, xurofot keyingi asrlarda O’zbekiston territoriyasida fan va ilmning o’sishiga to’lqinlik qilib kelgan. XVIII va XIX asrlarda maktablarda geografiya deyarli o’qitilmadi, XIX asrning 50 yillarida maktablar soni juda kamayib ketdi. XIX asrning 60 yillaridan boshlab Turkiston, jumladan, xozirgi O’zbekiston territoriyasi Rossiyaga qo’shib olindi. O’zbekiston territoriyasidagi maktablar eski usul musulmon maktablari bo’lib, ularda geografiya o’qitilmagan, madrasalarda esa geografiya qadimgi arab afsonalari asosida elementar holda o’qitilgan. Turkiston Rossiyaga qo’shib olingandan keyin o’zbek xalqining madaniy hayotida, jumladan, maktab va maorif sohasida xam jonlanish ro’y bera boshladi. O’rta osiyolik peshqadam kishilar Rossiyaga borib, uning fani va madaniyati bilan tanishdilar va bu erdagiga nisbatan ilg’or fan va madaniyatni Turkistonda ham targ’ib qila boshladilar. Bu davrda ya’ni XIX asrning 60yillarida Rossiyaning progressiv pedagoglari maktab ta’limi yo’lida jiddiy izlana boshlagan edilar. Xuddi shu yillarda mashhur rus ma’rifatparvari K D. Ushinskiy ajoyib pedagogik g’oyalarni ilgari suradi. Jumladan, geografiya ta’limining mohiyatini asoslab beradi. U geografiya maktabdagi asosiy o’quv predmetlaridan biri bo’lishi kerak, degan fikrni olg’a suradi.K. D. Ushinskiy geografiyani o’rganishni o’z joyini, o’lkasini o’rganishdan boshlashni tavsiya etgan. Geografiyani o’qitish o’z joyini o’rganishdan boshlaьyua, o’quvchilar bilimi yanada jonliroq va yaxshiroq o’zlashtiriladi. K. D. Ushinskiyning metodika sohasidagi fikrlari ta’sirida Rossiyada vatanni o’rganish prinsipiga asoslangan dastlabki geografiya darsligi vujudga keldi. Ana shu ilg’or metodik qarashlar Rossiyaning chekka o’lkalariga, jumladan, Turkistonga ham etib keldi. 1866 yilda Toshkentda boshlang’ich ma’lumot beruvchi birinchi rus maktabi ochilgan. 1877 yili Toshkentda hozirgi O’zbekiston territoriyasidagi birinchi gimnaziya tashkil qilinadi. 1879 yilda Turkiston o’qituvchilari seminariyasi ochiladi. Rus maktablari Rossiya Maorif ministrligi tomonidan tasdiqlangan o’quv plani va dasturlari asosida ish olib borgan. XIX asrning 80 yillarida maxalliy aholi bolalarini o’qitish uchun maxsus rustuzem maktablari ochila boshladi. Bu maktablarni ochishdan asosiy maqsad tub joy aholi orasidan rus tilini biluvchi kichik amaldor va tarjimonlar, mustamlakachilik siyosatining vositachilarini etishtirish, keyinchalik esa mahalliy aholini ruslashtirish bo’lsada, rustuzem maktablari ma’lum darajada ijobiy rolь o’ynadi. O’zbekiston territoriyasida birinchi rustuzem maktabi 1884 yilda Toshkentda, keyinchalik, 1891 yili Xivada, 1894 yili Buxoroda ham ochildi; shundan so’ng bu maktablarga qiziqish orta boradi. Keyinchalik rustuzem maktablarining mahalliy aholi o’rtasida mavqeini oshirish maqsadida ularda o’zbekcha o’qitiladigan sinflar ham tashkil etildi. Bu maktablarda arifmetika bilan geografiya xam o’qitilgan. Biroq o’zbek tilida o’qitiladigan sinflardagi ta’lim ishlari ruscha o’qitiladigan sinflardagiga qaraganda birmuncha past saviyada olib borilgan. Darslar rus tilida olib boriladigan maktablarda parta, sinf taxtasi, geografik kartalar bo’lsa, o’zbekcha o’qitiladigan sinflarda bular bo’lmagan. Hatto ularning ma’lum dastursi ham yo’q edi. Chor hukumati o’z farmon va buyruqlarini mahalliy xalqqa etkazish maqsadida 1970 yildan boshlab o’zbek tilida «Turkiston viloyati» gazetasini nashr eta boshladi. CHor hukumati ko’zlagan maqsaddan qat’iy nazar, gazetaning chiqa boshlashi Turkiston o’lkasining madaniy hayotida katta voqea bo’ldi. Bu gazeta geografiya o’qitishni yo’lga qo’yilishida va geografik bilimlarning tarqalishida yangi davrni boshlab berdi. Gazeta saxifalarida geografiya va astronomiyaga oid makolalar ham bosilib turgan. Bu esa o’sha davrdagi ilg’or kishilarning dunyoqarashlariga katta ta’sir ko’rsatdi. Gazetalarda bosilgan maqolalar dastlabki geografiya darsligining vujudga kelishiga asos soldi. XIX asrning 90yillariga kelib rustuzem maktablarining o’zbek sinflarida boshqa fanlar qatori, geografiyadan ham o’zbek tilida o’quv qo’llanmasi nashr etilgan. «Er xususida ilmdan olingan so’zlar» degan kitob o’zbek tilidagi birinchi geografiya qo’llanmasidir. Bu kitobdagi materiallar nemis professori A.Geyki makolalari asosida yozilgan bo’lib, avval «Turkiston viloyati» gazetasining 1889 yildagi sonlarida bosilgan. Kitobning ikkinchi nashri 1901 yilda chop etilgan. Kitobning mundarijasi mana bunday: Erning hay’ati (shakli). Kun va kecha xususida. Havoning ajzosi (tarkibi). Havo isigan va sovigan vaktda nima bo’ladi? Bug’ qandog’ havoga qo’shilib va ne tariqa ondin ajraydir? Bu kitob afsona va uydirmalardan xoli bo’lib, unda erning shakli, suvning bug’lanishi, shamol va yog’inlarning hosil bo’lishi kabi tushunchalar ilmiy asosda berilgan. Bilimlar mahalliy misollar asosida bayon etilgan. Usha davrdagi kitoblar materialni yodlatib bilim berishga mo’ljallangan bo’lsa, mazkur kitobdagi geografik bilimlar hikoya tarzida bayon etilgan, bu esa o’quvchilarning tushunishi uchun qulaylik tug’dirgan. Kitob ma’lum bir dastur asosida yoki biron sinfga mo’ljallao chiqarilgan emas. Lekin undan 34 sinf o’quvchilari foydalangan. Geografiya ta’limi 1905 yildan so’ng rustuzem maktablarining ruscha sinflari ta’sirida rivojlana bordi. Ba’zi rustuzem maktablarining o’zbekcha sinflarida ham geografia o’qitila boshlandi. Turkiston general gubernatoriiing 1910 yil 20 dekabrdagi «Rustuzem maktablarining mahalliy sinflari uchun aniqroq dastur ishlab. chiqish va unga umumiy ta’lim dastursi tusini berish kerak» degan taklifiga ko’ra Samarqand shahri va uning atrofidagi rustuzem maktablarining mahalliy xalqlar tilida o’qitiladigan sinflariga shariat, ona tili, tarix, geografiya va arifmetikadan dastur tuzib chiqish uchun komissiya tuzildi. SHu taklif asosida tuzilgan mahalliy sinf dars jadvali bo’yicha 3 bo’lim (sinf) va 4bo’lim (sinf) uchun haftasiga 4 soat geografiya kiritilgan, ayni vaqtda ona tili va arifmetika uchun 3 soat, tarixga 2 soat ajratilgan. Geografiyaga boshqa predmetlarga qaraganda ko’p soat ajratilgashshgi unga etarli e’tibor berila boshlaganligidan va geografiya eng asosiy predmetlardan hisoblanganligidan darak berar edi. Maktablarda geografiya o’qitishni yaxshiroq yo’lga qo’yish uchun o’zbek sinflari o’qituvchilariga rustuzem maktabidagi rus o’qituvchilarning ish tajribasi katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Umuman, Turkistondagi rustuzem maktablari hozirgi O’zbekiston territoriyasidagi maktabmaorif ishlarida progressiv rolь o’ynadi; bu maktablarda geografiya boshqa fanlar qatorida o’qitila boshladi. «Yangi usul» maktablarida geografiya ta’limi Turkiston Rossiya ekonomikasiga va bu ekonomika orqali jahon bozoriga tortilishi munosabati bilan mahalliy savdo burjuaziyasining o’sib borayotgan sinfiy ehtiyoj va manfaatlari eski usul maktablarining zamon talablariga javob bera olmay qolganligini ko’rsatdi, eski maktablarning ta’limtarbiya ishlariga isloh kiritishga ehtiyoj tug’ildi. SHu tariqa «YAngi usul» maktablari paydo bo’ldi. Hozirgi O’zbekiston territoriyasida yangi usul maktablari asrimizning boshlarida vujudga kela boshladi. 1900 yilda Toshkentdagi «Gospitalь» bozori yonida birinchi — «yangi usul» maktabi ochildi (bu maktab 1907 yilda SHayxontovurga ko’chib keldi). YAngi usul maktablarida boylarning ham, kambag’allarning ham bolalari o’qishi mumkin bo’lsada, undan birinchi navbatda, milliy burjuaziya manfaatdor edi. Rossiyada 1905 yil revolyusiyasidan keyin mayda milliy burjuaznya harakatining o’sishi natijasida yangi usul maktablarning soni tez ko’paya bordi. YAngi usul maktablarini chor hukumati xam, mahalliy ruhoniylar xam yoqtirmas edi. Ular yangi usul maktab «islom diniga putur etkazadi», maktab o’qituvchi va o’quvchilari «kofir» degan tashviqot yuritdilar. CHor amaldorlari avvallari «yangi usul» maktablarining ochilishiga ruxsat bermagan bo’lsalar ham, bu maktablarda bolalar o’qiyvergach, yangi usul maktablarini zo’rlik. bilan yopish emas, balki qonunga bo’ysundirish yo’liga o’tdilar. 1912 yildan boshlab ba’zi «yangi usul» maktablariga ruxsat berishga majbur bo’ldilar. «YAngi usul» maktablari tashkiliy jihatdan eski maktablarga nisbatan birmuncha durust bo’lgan, ularda bolalar sinflarga bo’lib o’qitilgan, partada o’tirgan, mashg’ulotlar dars jadvali asosida olib borilgan, dars sistemasi joriy qilingan. YAngi usul maktablarida din, ona tili, hisob, geografiya, tarix va axloq kabi predmetlar o’qitilgan. «YAngi usul» maktablarida o’quvchilarga bilim asoslarini bera oladigan va aniq ma’lumotlarga asoslangan geografiya qo’llanmasiga ehtiyoj vujudga keldi. Nixoyat, 1905 yilda Samarqanddagi «YAngi usul» maktablari uchun geografiya darsligi va o’zbek tilida birinchi geografik karta «Turkiston va unga yondoshgan mamlakatlarning kartasi» ham nashr etildi. O’zbek tilida geografiya darsligi va kartasining vujudga kelishi geografik bilimlarning tarqalishiga va yoshlarning geografiya faniga bo’lgan qiziqishini ortishiga sabab bo’ldi.