logo

Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari muallaq oqiziqlarining ekstremal qiymatlarini aniqlash

Yuklangan vaqt:

15.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

103.1875 KB
Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari muallaq oqiziqlarining ekstremal qiymatlarini aniqlash Daryolar havzasidan bo`ladigan suv eroziyasi va ularning mahsuli- daryolarning muallaq oqiziqlari hosil bo`lish jarayonlarini o`rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo`nalishdagi tadqiqotlar, birinchidan, suv eroziyasi va daryolar muallaq oqiziqlarining hosil bo`lish qonuniyatlarini aniqlashga imkon bersa, ikkinchidan esa irrigatsiya va gidrotexnika amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni nazarda tutsak, daryolar havzasidan bo`ladigan eroziya jarayonlarini chuqur o`rganib, undan tegishli xulosaga kelish va bu borada zarur tavsiyalar ishlab chiqish masalalari bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi. Mazkur ishning asosiy maqsadi, Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari misolida muallaq oqiziqlar sarfi va loyqaligining ekstremal qiymatlarini o`rganishdan iborat. Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolaridan bo`ladigan tuproq- gruntlar yuvilishi jadalligini baholash maqsadida o`rganilayotgan havzalardagi daryolarga tegishli bo`lgan 17 ta gidrologik stvorlar tanlab olindi (jadval). Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari-ning muallaq oqiziqlari sarfi va loyqaligining ekstremal qiymatlarini dastlab V.L.Shuls o`rgangan bo`lsa, keyinchalik bu muammo Y.N.Ivanov, O.P.SHeglova, A.R.Rasulov, Z.S.Sirliboyeva, F.H.Hikmatov, S.R.Saidova va boshqalarning ishlarida yoritilgan. Lekin bu hisoblash ishlarining qariyb 30 yil ilgari amalga oshirilganligini hisobga olsak, bu kabi ishlarni so`nggi gidrologik ma`lumotlar asosida aniqlashtirish hozirgi kun talablaridan biridir. Bajarilgan tadqiqot ishining yangiligi shundan iboratki, uning natijalari kelajakda Chirchiq- Ohangaron daryolari havzalaridan bo`ladigan eroziya jarayonlari jadalligi ko`rsatkichlarini yangi, ya`ni 2005 yilgacha bo`lgan gidrologik ma`lumotlar asosida aniqlashtirish imkonini beradi. Pirovard natijada Chirchiq- Ohangaron daryolari havzalaridan bo`ladigan yuvilish moduli, yuvilish qatlami va erozion metr kabi ko`rsatkichlarning ekstremal qiymatlarini aniqlansh, bu borada o`rganilayotgan daryolar bo`yicha olingan natijalarni o`zaro solishtirish yo`li bilan tahlil qilish hamda amaliyot uchun tegishli xulosalar chiqarish mumkin bo`ladi. Demak, loyqalikni istalgan vaqt oralig`i uchun aniqlash mumkin. Buning uchun shu vaqt oralig`iga tegishli bo`lgan muallaq oqiziqlar sarfi(R) va suv sarflari(Q)ning qiymatlaridan foydalaniladi. Ishni bajarishda ko`zda tutilgan hisoblash ishlarini amalga oshirishda ham, yuqorida qayd etilganidek, o`rganilayotgan daryolardagi gidrologik kuzatish joylarida suv sarfi(Q), muallaq oqiziqlar sarfi(R) haqidagi ma`lumotlardan foydalanildi. Barcha hisoblashlar gidrologik kattaliklarning ekstremal, ya`ni o`rtacha ko`p yillik, maksimal va minimal qiymatlari uchun bajarildi (jadval). Jadval Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari muallaq oqiziqlar sarfi va loyqaligining ekstremal qiymatlari Т/ р Дарё-пункт Оқизиқлар сарфи, R , кг/ с Лойқалик, r , г/л R мак R мин R ўрт r мак r мин r ўрт 1 Оҳангарон-Турк 67,0 0,63 6,34 1,21 0,05 0,27 2 Оҳангарон-Ертош 33,0 0,30 4,70 0,89 0,03 0,23 3 Қизилча-қиш. Ертош 0,28 0,008 0,09 0,14 0,02 0,077 4 НИШБОШ-Қ. НИШБОШ 0,46 0,011 0,13 0,057 0,011 0,043 5 Дукантсой-п. Дукант 2,30 0,04 0,57 0,298 0,024 0,129 6 Қарабау-қ.Самарчук 3,20 0,009 0,23 0,40 0,01 0,072 7 Шаугаз- Қоратош 0,14 0,001 0,02 0,116 0,01 0,041 8 Чирчиқ-Ҳожикент 1000 2,9 105 2,23 0,02 0,473 9 Чотқол-Ҳудойдод 270 4,3 32,9 1,18 0,08 0,308 10 Янгиқурғон-қ. Янгиқурғон 0,62 0,007 0,17 0,54 0,03 0,24 11 Писком-Муллала 99,0 3,10 14,61 0,723 0,06 0,185 12 Новалисой-Сижжак 0,52 0,012 0,14 0,09 0,01 0,04 13 Абжазсой-қ. Абжаз 0,16 0,003 0,03 0,148 0,01 0,048 14 Чимгансой- Чимган 0,09 0,003 0,024 0,167 0,03 0,08 15 Угом-Ҳожикент 64,0 0,78 9,4 1,47 0,07 0,42 16 Оқтошсой- Оқтош 0,200 0,003 0,03 0,328 0,08 0,09 17 Жиблон-қ. Жиблон 0,200 0,004 0,04 0,25 0,03 0,07 Ma`lumki, oqar suvlarning tog` jinslari va tuproq eroziyasi natijasida hosil bo`lgan qattiq jinslar bilan to`yinish darajasi loyqalik orqali ifodalanadi. Loyqalik deb, suvning hajm birligida mavjud bo`lgan oqiziqlar miqdoriga aytiladi. U «(» bilan belgilanib, qo`yidagi ifoda yordamida hisoblanadi: _, _, bu yerda R-muallaq oqiziqlar sarfi, kg/s larda; Q-suv sarfi, m3/s larda. Ifodadagi 103 raqami kg dan grammga o`tish kaeffitsiyenti bo`lib, loyqalik g/m3 da ifodalanadi. Daryo suvi loyqaligini aniqlash maqsadida maxsus idishlarda daryo suvidan namuna olinadi. Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, muallaq oqiziqlar sarfi o`rtacha qiymatining eng kattasi Chirchiq (Xojikent) daryosiga to`g`ri kelgan (105 kg/s). Albatta, qayd etish lozimki, bu qiymat Chorbog` suv ombori qurilmasdan oldingi holatni aks ettiradi. Havza daryolari ichida Ugom daryosi suvining loyqaligi bilan alohida ajralib turadi: daryo suvining loyqaligi o`rtacha 0,41 g/l ni tashkil etadi.Ushbu havzada joylashgan Novolisoy suvining loyqaligi esa Ugom daryosiga nisbatan qariyb 10 marta kichikdir (0,04 g/s). Bunday katta farqni Novolisoy havzasining geologik tuzilishi, relyefi, aniqrog`i, havzada yuza oqim hosil bo`lishi jarayonining o`ziga xosligi bilan izohlash mumkin. Adabiyotlar: 1. Ivanov Y.N. SVN rek basseyna Sirdari. - Tr. SANIGMI. - 1967. - Vip.36(51). -309 s. 2. Rasulov A.R., Xikmatov F., Sirlibayeva Z.S. Formirovaniye i rejim SVN gornix rek // Dinamika i termika rek,… Tezisi dokladov III Vsesoyuznoy konferensii. - M., 1989. - S. 203-205. 3. Xikmatov F. Analiz stoka vzveshennix nanosov rek Sentralnoy Azii // Problemi osvoyeniya pustin. - Ashxabad, 2001.- 1. - S. 39-46. 4. Shuls V.L. Reki Sredney Azii. Ch. 1,2. - L.: Gidrometeoizdat, 1965. - 691 s. 5. SHeglova O.P. Formirovaniye stoka vzveshennix nanosov i smiv s gornoy chasti Sredney Azii // Tr. SANIGMI. - 1972. - Vip. 60 (75). - 228 s.