logo

Termodinamikaning birinchi boshlanishi (energiyaning saqlanish qonuni) va issiqlik oqimi tenglamasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

108 KB
Termodinamikaning birinchi boshlanishi (energiyaning saqlanish qonuni) va issiqlik oqimi tenglamasi Reja: 1. Holat parametrlari. 2. Tutash muhit uchun holat parametrlarining soni. 3. Aniqlovchi parametrlarinig to’liq sistemasi. 4. Golonom va golonommas termodinamik sistemalar. 5. Holatlar fazoi. Proseslar va sikllar. 6. Sistemaning tashqi ob’ektlar bilan o’zaro ta’siri. 7. Energiyaning saqlanish qonuni. Tayanch iboralar : energya, tutash muhit, holat parametrlari, prosess, sikl, o’zaro ta’sir, cheksiz kichik zarracha, ichki holat, deformatsiya tenzori, komponentalari, kontinium, temperatura, tezlik, zichlik, issiqlik o’tkazish koeffisienti, golonom va golonommas sistema, tashqi kuch ishi, kuch. 1.Holat parametri Termodinamikaning va shu bilan birga butun tutash muhitning asosida yotuvchi tushunchalardan boshlaymiz, bular sistemaning ,,holati” va ,,holat parametri” tushunchalaridir. Biz qarayotgan sistemaning ( masalan biror chekli hajmdagi tutash muhit) holati berilgan deyiladi, agarda sistemaning (muhitning) bizni qiziqtiruvchi xarakteristikalarini to’liq aniqlovchi biror bir  1 ,  2 ,…  n ,…. parametrlari berilgan bo’lsa. Biror bir diapazonda ixtiyoriy qiymatlarni qabul qila oladigan  - aniqlovchi parametrlar holat parametrlari deyiladi. Tutash muhitni har xil modellari uchun holat parametri va ularning soni har xil . Muhit holatini bilish nimadan iborat. Bu savolga quyidagi javobni berish mumkin. Barcha jismlar atom va molekylalardan iborat va agarda vaqtning har bir momentida (paytida) jismni tashkil qiluvchi barcha elementar zarrachalarning harakati va holati ma’lum bo’lsa, u holda butun jism holati ham ma’lum bo’ladi. Haqiqat agarda biz, masalan 1 sm hajmdagi tinch havoning holatini bermoqchi bo’lsak, u holda biz bu hajmdagi molekula koordinatalarining vaqtdan bog’liq 3  27  10 ta funksialarini berishimiz kerak chunki hatto tinch halotdagi molekulalar ham harakatlanadi. Shu bilan birga ma’lumki makroskopik nuqtai nazarga ko’ra ko’p hollarda tinch holatdagi havo(va boshqa gazlar)ning holati faqat 2 ta parametrlarning - p bosim va  zichlikning berilishi bilan aniqlanadi. Makroskopik nuqtai nazar - bu shunday nazarki bunga ko’ra tabiat va texnikada biz kuzatayotgan har xil hodisalarida faqat chekli jismlar uchun ahamiatli bo’lgan effektlar, hossalar va jarayonlar hisobga olinadi. Diskret sistema sifatida qaralayotgan muhit holatini aniqlovchi ko’p sonli parametrlardan muhitning makroskopik holatini aniqlovchi kamroq sondagi (masalan gaz uchun  va  ) parametrlarga o’tish muommosi trivial emas va u suyuqlik, gaz va qattiq jismlar fizikasining muhim muommosi hisoblanadi. Bu muommoni yechish hamma vaqt qushimcha gipotezalar bilan bog’liq – bular nisbiylik qonuni va boshqa tabiatga ega bo’lgan gipotezalar. Makroskopik parametrlar harakatlanuvchi va umuman ixtiyory joylashgan ko’p sonli molekula to’plamiga nisbattan biror bir farazlarda hisoblangan o’rta statik miqdorlar sifatiga qurulishi mumkin. Masalan, gazlarda, makroskopik tezlik  ni fizik jihatdan kichik hajmdagi molekulalar to’plamining og’irlik markazi tezligi sifatiga kiritish mumkin, T temperaturani atom va molekulalarning xaotik harakatining erkinligi birga teng makroskopik harakatga nisbattan o’rtacha energiya sifatida olish mumkin; biror bir yuzachadagi n kuchlanishni esa molekulalarning xaotik harakatida bu yuzachadan molekulalr bilan o’tayotgan implusning o’rtacha xarakteristikasi sifatida qarash mumkin va xakazo. Umumiy holda aniqlovchi parametrlar aniq qaralayotgan masalalar sinfi uchun gipotezalar yordamida kiritiladi shu bilan birga ular nazariy tadqiqotlarga hamda tajriba natijalariga asoslanadi. Ko’pgina murakkab holatlarda aniqlovchi parametr kiritish muommosi ochiq holatda turibdi va hali o’rganilmagan. Masalan, qovushoq-plastik qattiq jism uchun murakkablashgan fizik, kimyoviy yoki biologik sistemalardagi muvozanatsiz hodisalarda va ko’pgina boshqa muommolar. 2. Tutash muhit uchun holat parametrlari soni Material kontinium kichik zarrachasining ichki holatini, umuman olganda diskret sistema elementar zarrachalariga nisbatan chekli va ancha kamroq sondagi aniqlovchi parametrlar bilan xarakterlash mumkin. Masalan klassik elastiklik nazariyasida deformatsiyalanuvchi qattiq jism zarrachasining ichki holati faqat ettita parametr bilan ij - deformasiya tenzorining 6 ta komponentasi va T - temperaturasi hamda berilgan konkret muhit uchun o’zgarmas fizik konstantalar – E - Yung moduli, ν - Puasson koeffisienti va C - issiqlik sig’imi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga shunday holatlar ham bo’lishi mumkinki, kontiniumning bir modelida hatto kontiniumning cheksiz kichik zarrachasining holatini aniqlovchi parametrlar soni cheksiz bo’ladi. Bu turdagi modellarga misol qilib “ наследственность -nasl” ga ega jism modellarini olish mumkin. Bunday modellarni kiritishda ijP kuchlanishlar nafaqat ayni paytdagi deformatsiya va temperaturadan bog’liq, balkim jism deformatsiyalanishining tarixiga bog’liq, ya’ni ijP (t) va T (t) funksiyalarga bog’liq. Bu esa ijP kuchlanishlar ij , T va ularning vaqt bo’yicha hosilalariga bog’liq degan tasdiqqa ekvivalent, ya’ni bunday muhit holatining parametrlari soni cheksiz ko’p. Boshqa ancha murakkabroq misol qilib statistik fizikaning kinetik nazariyasida uchraydigan kontiniumlarini qarash mumkin, masalan Bolsman tenglamasi bilan ifodalanuvchi gaz. Ammo bu turdagi modellar ancha murakkab va nazariy va amaliy tajribalar shuni ko’rsatayaptiki, ko’pgina amaliy jihatdan muhim hollarda kichik zarracha holatini berish uchun chekli va umuman kichik sondagi parametrlar bilan chegaralanish mumkin. Chekli hajmdagi tutash muhitni holatini aniqlash uchun, umuman olganda parametrni chekli soni emas balkim har doim funksiyalar berilishi kerak - deformatsiyalarning, temperaturaning va h.k. taqsimlanishi. Funksiyaning berilishi cheksiz ko’p parametrlarning berilishiga ekvivalent. Shuning uchun umumiy holda tutash muhitning ixtiyoriy modellari uchun aniqlovchi parametrlar soni cheksiz. Keyinchalik (quyida) biz cheksiz kichik zarracha uchun chekli xarakteristikalar sistemasi mavjud deb qabul qilamiz. Bu sistema ishlatilayotgan koordinatalar sistemasida berilgan aniqlovchi parametrlardan iborat. i  orqali biz qabul qilingan hisob sistemasida o’zgaruvchi bo’lishi mumkin bo’lgan parametrlarni belgilaymiz, R i orqali fizik o’zgarmaslarni belgilaymiz. 3. Aniqlovchi parametrlarning to’liq sistemasi Ta’rifga ko’ra fiksirlangan kichik zarracha uchun  1 ,  2 ,…  n , k 1 , k 2 ,…k m miqdorlar ba’zisni, ya’ni aniqlovchi parametrlarning to’liq sistemasini tashkil qiladi deyiladi, agarda ular o’zaro bog’lanmagan (erkli) va ma’lum diapazonda ixtiyoriy bo’lsa. Masalan, gaz zarrachasi uchun zichlik va temperatura ma’lum chegaralarida ixtiyoriy berilishi mumkin, boshqa termodinamik funksiyalar, masalan, entropiya va bosim ular orqali aniqlanadi. 4.Golonom va golonommas termodinamik sistemalar Nazariy mexanikadagi erkinlik darajasi soni bilan tutash muhitlar mexanikasida aniqlovchi parametrlar soni orasida analogiyani (o’xshashlikni) kiritish mumkin. Haqiqatan erkinlik darajasi mexanik sistemaning holatini aniqlovchi erkli parametrlar soni sifatida aniqlanadi. Masalan absolyut qattiq jismning erkinlik darajasi 6 ga teng. Agarda absolyut qattiq jismni fizik sistema sifatida qarasak, u holda uni aniqlash uchun yana 10 ta o’zgarmas parametrlarni - massani, jismda massalar markazining joylashishini va inersiya tenzori komponentalarining massalar markazidagi holatini berishimiz kerak bo’ladi. Nazariy mexanikada golonommas sistemalar qaraladi. Tutash muhitlar mexanikasida ham, agarda i - aniqlovchi parametrlar aniq chegaralarda ixtiyoriy ravishda o’zgarib, ularning   i ortirmasi qaralayotgan masalalar sinfining shartlariga ko’ra m ta  i  i =0 ko’rinishdagi erkli integrallanmaydigan munosobatlar bilan o’zaro bog’liq bo’lsa, bunday holat o’rinli, bu yerda  i - aniqlovchi parametrlarning bazi bir funksiyalari. U holda n - m ta  i erkin orttirmalar soni  i - aniqlovchi parametrlarning erkin o’zgaruvchilar sonidan kichik bo’ladi va termodinamik sistema golonommas deyiladi. Golonommas sistemaning erkinlik darajasi  i erkin orttirmalar soni sifatida aniqlanadi. Faraz qilaylik, masalan  1 (  1 ,  2 ,  3 ,t) - zarracha zichligi  ning biror bir skalyar parametri, t - vaqt,  1 ,  2 ,  3 - ajratilgan zarracha markazining Lagranj koordinatalari,  2 va  3 parametrlar esa  1 ning t bo’yicha birinchi va ikkinchi hosilasidan iborat bo’lsin, ya’ni  2 = 1 /  t;  3 =   2 /  t=  2  1 /  t 2 . (2.1) Tabiiy fizik shartlarga ko’ra, t vaqt  i sistemaga kirmaydi. Har xil tashqi shartlarda biror bir chegaradagi har xil ixtiyoriy  1 ,  2 ,  3 qiymatli holatlar o’rinli, d  1 va 2  d orttirmalar esa dt vaqtning o’zgarishi hisobiga  , 1  2 ,  3 o’zgarmaslarda hamma vaqt bitta  2 d  2 -  3 d  1 =0 (2.2) ko’rinishdagi golonommas munosabat bilan bog’langan. 5 . Holatlar fazosi. Prosesllar va sikllar Holatlar fazosi deganda koordinatalari  i holat parametrlaridan iborat fazo (fazaviy fazo) tushuniladi. Termodinamik sistemaning har xil holatlariga holatlar fazosining har xil nuqtalari mos keladi. Holat parametrining biron bir ketma-ket qiymatlariga mos keluvchi muhit holatining majmuasi prosess yoki jarayon deyiladi. Jarayon uzluksiz bo’lishi mumkin, agarda berilgan zarracha uchun  1 ,  2 ,…  n holatlar majmuasi holatlar fazosida uzluksiz egri chiziqni hosil qilsa. 6. Sistemaning tashqi ob’ektlar bilan o’zaro ta’siri Biz jarayonni bajarsak, sistema umumiy holda tashqi jism va maydonlar bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Tutash muhit modellarini qurishda asosiy masala tutash tuhitning ajratilgan zarrachasi bilan unga nisbattan tashqi bo’lgan jism va maydonlar orasida, xususiy holda o’zaro ta’sir qonunlari va mexanizmlarini o’rnatishdan iborat. Hozirgi vaqtda ajratilgan zarracha va o’rab turuvchi muhit orasida energiya almashinuvining yangi makroskopik mexanizmlari va elementar zarrachalar orasida energiya almashuvi qonunlari o’rganilmoqda. Ushbu d  1 ,d  2 ,…d  n elementar zarrachaning kichik zarrachaga energiyaning to’liq tashqi oqimini quyidagicha tasvirlash mumkin: DA (e) + dQ (e) + dQ ** , (2.3) bu yerda dA (e) - tashqi makroskopik massaviy va sirt kuchlarining ishi, dQ (e) - issiqlik oqimi; dQ** - energiyaning zarrachaga nisbattan tashqi oqimi. Tashqi kuchlarning elementar ishi uchun aniqlovchi parametrlar sistemasining asosiy manosiga ko’ra d 1 ; d  2 ,…d  n parametrlarning o’zgarishiga mos keluvchi cheksiz kichik elementar jarayon uchun DA (e) = P i (  1 ,  2 ,  3 ,…  n , k 1 , k 2 ,…k m )d  i (2.4) ko’rinishidagi formulani yozish mumkin. Bu formulada dA (e) tashqi kuchning ishi qaralayotgan zarrachaning ichki parametrlari va ularning orttirmalari orqali tasvirlangan. Tutash muhitning cheksiz kichik zarrachasi uchun (2.4) formulani quyidagi  tezlik bilan harakatlanuvchi m massali material nuqta uchun dA (e) = m  d  (2.5) formulaning yoki chekli o’lchamdagi ixtiyoriy absalyut qattiq jism uchun dA (e) =m  d  * + Apdp + Bqdq + Crdr (2.6) formulani umumlashgani sifatida qarash mumkin, bu yerda m - jism massasi;  * - jism massalar markazi tezligi, A, B, C lar inersiyaning markaziy o’qlariga nisbattan inersiya momenti; p, q, r - oniy burchak tezligining markaziy o’qqa proeksiyalari. Ideal suyuqlik uchun tirik kuchlar teoremasiga ko’ra quyidagiga egamiz: S pd vdv dm dA e 1 )(   . (2.7) Yuqoridagi (2.4)-(2.7) munosabatlarni har birini dA (e) ni muhitning uchki parametrlari orqali aniqlaydi. Xuddi (2.4) munosobat kabi fizik xususiyatlar asosida va umuman, qaralayotgan muhit modelining ta’rifiga kiruvchi maxsus fizik farazlar asosida quyidagini yozish mumkin: dQ* = dQ (e) + dQ** = Q i (      ,... , ,... , m )d  i . (2.8) Masalan deformatsiyalanayotgan qatiq jism yoki ideal siqilmaydigan suyuqlik uchun DQ* = dQ (e) = C(T)dT (2.9) bo’ladi, bu yerda C(T) - issiqlik sig’imi koeffisenti, T -temperatura. 7. Sistemaning saqlanish qonuni Faraz qilaylik holatlar fasosida holat parametri i0 qiymatli A nuqtadan,  i parametrli B nuqtagacha L 1 egri chiziq bo’lab o’tayotgan jarayon sodir bo’lgan bo’lsin. Bu jarayonda sistema tashqaridan qabul qilayotgan energiyaning to’liq oqimi tushunchasini kiritamiz, u quyidagiga teng: A (e) +Q* = . )( )( 11    L AB i i L AB i i d Q dP   (2.10) Faraz qilaylik sistema C -siklni bajarsin, u holda energiyaning saqlanish qonuni qo’yidagicha ta’riflanadi: ,0 ) (   C i i i d Q P  (2.11) ya’ni ixtiyoriy siklni bajaruvchi sistemaga tashqaridan keluvchi energiyaning to’liq oqimi 0 ga teng. Bu yerdan to’g’ridan-to’gri quyidagi xulosa kelib chiqadi: sistema qabul qilayotgan energiyaning to’liq oqimi L 1 jarayondan emas, balkim faqat sistemaning boshlang’ich va keyingi holatiga bog’liq. Haqiqat agar A va B holatlar orasida ixtiyoriy L 1 jarayondan tashqari L 2 jarayonni va B holatdan A holatga o’tuvchi L jarayonni qarasak, u holda L 1 L va L 2 L jarayonlar yopiq siklni hosil qiladi va energiyaning saqlanish qonuniga ko’ra            1 2 L L L i i i i i i i i i e d) Q P( d) Q P( d) Q P( *Q A    . (2.12) 4.1 – rasm Adabiyotlar 1. А.В. Болгарский, Г.А.Мухачёв, В.К.Шукин. Термодинамика и теплопередача. М.”В ысш.шк”, 1975 г. стр. 25-40. 2. Седов Л.И. Механика сплошной среды. М. 1982. Том 1, c тр. 196-202, 242 .