logo

O’zbekistonda fizika ta’limi tarixidan. Barkamol insonni shakllantirishda fizika ta’limining imkoniyatlari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

62 KB
O’zbekistonda fizika ta’limi tarixidan. Barkamol insonni shakllantirishda fizika ta’limining imkoniyatlari Reja: 1. Toshkentda dastlabki maktab ochilishi. 2. Abdulla Shunosiy tomonidan yaratilgan birinchi darslik va unga kiritilgan bo’limlar. 3. Fizika o’qitish tizimini rivojlanishi. 4. O’zbekistonning didakt olimlari haqida ma’lumot. 5. Barkamol avlodni shakllantirishda fizika ta’limining roli. 6. Fizika ta’limining g’oyaviy imkoniyatlari. 7. Fizika ta’limining texnika imkoniyatlari. 8. Fizika ta’limining g’umanitar imkoniyatlari. 9. XX asrda yaratilgan kashfiyotlar. 10. Fizika sohasini rivojlantirishga hissa qo’shgan O’zbekistonlik olimlar. 11. Fizika o’qitish metodikasini rivojlantirishga hissa qo’shga O’zbekistonlik didakt olimlar. Toshkentda 1879-yilda o’qituvchilar tayyorlash 4 sinflik kursi ochildi. Bunga milliy kadrlardan 75 kishi jalb etildi. 1883-yilda kursni 141 kishi bitirdi va ularning bir qismi maktablarga o’qituvchi sifatida yuborildi. 1890-yilda yangi usuldagi maktablar dastlab Toshkent, Buxoro, Qo’qon, Samarqand, Farg’ona so’ng esa o’lkaning boshqa shaharlarida barpo etildi. Bu maktablarda hikmat-fizika va tabiyatshunoslik, ximiya, biologiya, geologiya hamda gumanitar fanlar o’qitila boshladi. Mazkur maktablarda fizika fani Abdulla Shunosiy darsligi asosida o’qitildi. Unda mexanika, issiqlik, elektr, bug’ mashinalarining ishlash jarayoni haqida ma’lumotlar berilgan edi. O’lkamizda sotsial-iqtisodiy talablar asosida mavjud eski usuldagi maktablar qatorida yangi tipdagi maktablar paydo bo’ldi: 1. Eski usuldagi maktablar. 2. Xatiya usuldagi maktablar (1902-1905-yillar). 3. Jadid (yangi usuldagi) maktablar (1905-1915- yillar). 4. Rus-tuzem maktablar (1917- yilgacha) Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra yuqorida ko’satilgan 2-3 tipdagi musulmon maktablarida juda oz miqdorda bo’lsa-da, hikmatshunoslik (fizika) fanidan dastlabki ma’lumotlar berilar edi. Ma’lumki, bu davrda fizika, ximiya, biologiya, geologiya kabi fanlaridan o’qituvchilar deyarli bo’lmagan, ularni tayyorlashga esa kam e’tibor berilgan. Xatiya va jadid usulidagi maktablarda hikmatshunoslikdan ibtidoiy ma’lumotlar berilib borilgan hamda rus-tuzem maktablariga nisbatan keng hajmda o’qitilgan. 1919-yilda Qori-Niyoziyning “Tabiatan bir parcha” nomli kichik risolasi nashr etildi. Unda jism agregat holatining o’zgarishi oddiy-hayotiy tajribalar asosida tushuntirilgan bo’lib, bu o’sha davr fizika o’qituvchilari uchun katta yangilik edi. Qo’qonlik fizika o’qituvchisi Xusainxon–Niyoziy 1140 terminni o’z ichiga olgan fizika lug’atini yaratdi, bu lug’at 1932- yildagina nashr etildi. Maktablarda fizika va boshqa tabiiy fanlarni o’qitishga e’tibor 1919-yildan keyingina kuchaydi. Jumladan Toshkentning eski shahar markazida (eski Juvada) fizika, ximiya, biologiya, geologiya, zoologiya fanlari bo’yicha laboratoriya ishlarini ko’rsatish uchun Markaziy laboratoriya tashkil etildi. 1918-yilda Toshkent va Farg’ona shaharlarida o’qituvchilar kurslari tashkil qilinib, unga 300 nafardan kishi jalb etildi. Shu yili O’zbek milliy universiteti tashkil etilgan bo’lib u 1923-yilda O’rta Osiyo davlat universiteti nomini oldi. Uning takibida fizika-matematika fakulteti va fizika kafedrasi ishlay boshladi. 1927-yilda Samarqandda oliy pedagogika o’quv yurti tashkil etildi. 103- yildan esa u O’zbekiston davlat universitetiga aylandi. Bular boshqa mutaxassislar qatori fizik kadrlar tayyorlash vazifasini bajardilar. 1922-yilda birinchi marta Xusainxon-Niyoziy o’zining “Hikmat-kimyo” darsligini yaratdi. 1923-yilda o’lka nashriyoti oldiga o’zbek va turkman tillarida fizika va matematikadan qo’llanmalar, darsliklar yaratish vazifasi qo’yildi. 1929-yili Abdulla Shunosiyning fizika darsligi ikkinchi marta nashr qilinib, bu kitob o’zbek maktablarida o’sha davrning muhim darsligi bo’lib xizmat qildi. Ana shu zayl maktablarda fizika o’qitish saviyasi yil sayin yaxshilanib borish bilan birga mutaxassis fizika o’qituvchilari safi ham toboro o’sib bordi. Shu jarayonda milliy kadrlar, talantli yosh fiziklar yetishib chiqdilar. Bular U.Oripov, S.Azimov, S.Umarov., M.Saidob, B.Otaqulov, T.Mirzamahmudov va boshqalardir. Darsliklardan tashqari o’qituvchilarning bilim saviyasini oshirishda, metodik mahoratlarini mustahkamlashda, maktablarda fizika o’qitish sifati va mazmunini ko’tarishga yordam beruvchi ilmiy-metodik qo’llanmalar, risolalar, o’quv filmlar, texnik vositalar va o’quv ko’satmali asboblar vujudga keldi. So’nggi o’n yil ichida Respublikamizda fizika fani va uning o’qitish uslubiyoti yuzasidan qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Bular maktab fizika kursi mazmuni va o’qitilish sifatini oshishiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Masalan, fizika o’qitish metodikasi va metodologiyasini takomillashtirish bo’yisha muhim ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshirgan ko’pgina o’zbek olimlari B.M.Mirzahmedov, D.Sh.Shodiyev, E.O.Turdiqulov, Yu.Maxmudov nomlari faqatgina respublikamizda emas, balki boshqa hamdo’stlik davlatlarida ham ma’lumdir. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlarini biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, kasbi bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi. Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatadi, o’z bilimi va tajribasini o’rgatishda ishtirok etadi. “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da keltirilgan mazkur masalalarni hal etish uchun avvalo umum ta’lim predmetlarini zamon talablari asosida o’qitish talab etiladi. Hozirgi paytda taraqqiyotimiz taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Aqliy zakovat, ruhiy, ma’naviy kamolat, insofy - diyonat, muruvvat, mehr-oqibat bular ma’rifatli, ma’naviyatli insoning asosiy fazilatlaridir. Ana shu fazilatlarni yoshlarimizda shakllantirish olimlar, ziyolilar, o’qituvchilar, tarbiyachilar zimmasidadir. Darhaqiqat yoshlarning ma’naviy tarbiyasida maktabda beriladigan ta’limning xususan, fizika ta’limining tabiat ilmining eng asosiy komponenti sifatida o’z o’rni va ahamiyati bor. O’quvchilarga fizika fanini o’qitish faqatgina formulalarni yodlash tarzida bo’lmasligi kerak. O’quvchilarimizning olayotgan bilim, ko’nikmalarining, asosiy mazmunini to’liq idrok etsalar, kelajakda, qay darajada foyda berishini, fan-texnika va xalq xo’jaligida qanday ahamiyatga ega ekanligini aniq tasavvur qilsalargina fizika ta’limi mahsadga muvofiq amalga oshirilgan bo’ladi, shundagina biz fizikaning ilmiy g’oyaviy masalasini to’g’ri hal etish bilan bir qatorda ma’naviy tarbiya berish imkoniyatlaridan zamon talablari darajasida foydalanib ta’lim bergan bo’lamiz. Maktab fizika ta’limi fizikaning umumta’lim tizimidagi keng imkoniyatlardan to’laligicha foydalanishni taqazo etadi. Bunda asosan o’quvchilarga beriladigan bilim va ko’nikmalar fizikaning g’oyaviy, texnika, gumanitar imkoniyatlarini hisobga olgan holda boyitilishi muhim ta’limiy ahamiyatga ega. Zero, fizika va texnika taraqqiyoti istiqbollari fizikaning jamiyat taraqqiyotidagi roli, fan tarixi haqidagi ma’lumotlar yoshlarni siyosiy-g’oyaviy, vatanparvarlik va baynalminal ruhda tarbiyalashda muhim omil ekanligi fizika taraqqiyoti davrlari sinovidan o’tgan haqiqatdir. Ayniqsa, fizika ta’limi yoshlarning tabiyat hodisalarini ilmiy-g’oyaviy jihatdan to’g’rii drok qilishlarni, jismlarda, umuman tabiatda bo’ladigan turli xil o’zgarishlarning sababi-natija tamoyili asosida ro’y berishini, hamda ob’ektiv xarakterga ega ekanligini dialektik asosda tasavvur qilishlarini shakllantiradi. Shuning uchun ham “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da yoshlarga beriladigan ta’limning metodologik asoslarini singdirish alohida ta’kidlanadi. Fizikaviy nazariyalar, qonunlarning o’zining metodologik mohiyati asosida singdirilgandagina ta’limning g’oyaviy ahamiyati ta’minlangan bo’ladi. Ayniqsa, molekulyar-kinetik, nisbiylik, kvantlar kabi fizikaviy nazariyalar o’quvchilarning maktab fizika ta’limida ilmiy-g’oyaviy jihatida shakllanishlarida muhim o’rin egallaydi. Shunu ham alohida ta’kidlash o’rinliki, fizika o’qitish va o’quvchilarni tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun kerakli bo’lgan ishonch va qarashlarni rivojlantirish bilan organik bog’lanish kerak. Shunga ko’ra, fizika o’qitishning g’oyaviy tarbiyaviy yo’nalishlarinikuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, fizika o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarga tabiatdagi hodisalarning dialektik tavsifi va moddiylik mohiyati haqida tasavvurlarni chuqurlashtirishdan iborat bo’lmog’i zarur. Fizikaning texnik imkoniyatlari xalq xo’jaligida alohida o’ringa ega. Fizika texnikaning asosidir, chunki fizika qonunlari texnikada keng qo’llaniladi. Fizika sohasidagi kashfiyotlar yangi paydo bo’lishiga va taraqqiyotiga sabab bo’ladi. Texnikaning taraqqiyoti o’z navbatida fanning yanada rivojlanishiga olib keldi. XX asrda fizika sohasida ko’plab kashfiyotlar yaratildi. Bulardan biri yadro energiyasining amaliy hosil qilish usullarini ishlab chiqish va undan xalq xo’jaligida foydalanish bo’ldi. Juda yuqori temperaturali va yuqori bosimli bug’ hosil qilish usullarini tadqiq qilish asosida katta quvvatli bug’ turbinalari qurildi. Havoda jismning tovush tezligida va tovushdan tez harakatlari qonunlarini o’rganish va reaktiv dvigatellar sohasida q’olga kiritilgan yutuqlar asosida samolyotsozlik va raketasozlikda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Koinotga yerning sun’iy yo’ldoshlari chiqarildi va sun’iy sayyora yaratildi, inson koinotga qadam qo’ydi. Oyga, Veneraga va Marsga avtomatik stansiyalar qo’ndirish amalga oshirildi. Bundan ko’rinadiki, fizika fanining texnikaviy imkoniyatlari ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishida va fundamental sohalarning yuksalishida namoyon bo’ldi. Masalan, qattiq jismlarning elektr o’tkazuvchanlik xususiyatlarini o’rganish yarim o’tkazgichlarning kashf etilishiga, bu esa o’z navbatda fotoeffekt hodisalarning ochilishi, radiotexnika va radioelektronika rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Fotoeffekt hodisasining ochilishi avtomatikaning rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Avtomatik boshqarish tez vaqt oralig’ida juda ko’p axborotlarni ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Fizika fanining texnikaviy imkoniyatlarini ochib berish bilan birga uning yaratuvchilari haqida ham yoshlarga ma’lumot berib borilishi ularning ma’naviy kamolotida muhim o’rin tutadi. Bu borada fizika va texnikaning hozirgi zamon darajasiga ko’tarilishiga munosib hissa qo’shgan. O’zbekiston olimlaridan, o’zlarining yadro fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, yarim o’tkazgichlar fizikasi va boshqa sohalardagi ilmiy ishlar bilan tanilgan U.Oripov, S Azimov, S.Strabudsev, S.Umarov, G’.Umarov, M.Saidov, M.Otaqulov, T.Mirzamahmudov, T.Mo’minov, U.G’ulomov, R.Bekjonov, P.Habibullayev, L.Xo’jayev, A.Abdurazzoqov va boshqalarning xizmatlari haqida ma’lumotlar berish fizika ta’limining ilmiy- g’oyaviy hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini yanada oshiradi. Hozirgi kunda respublikamizda yadro fizikasi institutida, fizika-texnika ilmiy tadqiqot institutida, issiqlik fizikasi bo’limida va oliy o’quv yurtlarining eksperimental laboratoriyalarida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. “Mikond”, “Algoritm” va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida aholi ehtiyojlari va xalq xo’jaligi uchun turli xil zamonaviy texnik asboblar ishlab chiqarilmoqda. Ayniqsa, O’zbekistonda aholini va xalq xo’jaligini elektr energiyasi bilan ta’minlashga katta e’tibor berilib, aholini o’sishi sanoat, transport, qishloq xo’jaligida energiyaga bo’lgan ehtiyoj yildan-yilga oshib bo’rishi nazarga olinib, bu talablarni qondirish maqsadida yangi-yangi GES (gidro elektr stansiya)lar bilan bir qatorda QES (quyosh elektr stansiya)laridan foydalanishga katta ahamiyat beriliyotir. O’zbekiston quyoshli o’lka bo’lganligi sababligi QESsidan foydalanish istiqboli porloq. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi fizika-texnika instituti olimlari tomonidan Quyosh energiyasi aylantirib beruvchi gelio qurilmalar loyihalari ishlab chiqildi. Dastlabki quyosh elektr stansiyalari qurib ishga tushirildi. Gelio qurilmalar yordamida binolarni isitish, issiq suv bilan ta’minlash, mevalar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini quritish, sho’r suvlarni chuchuklashtirish, issiqxonalarda poliz mahsulotlarini yetishtirish, ko’chatlar o’stirish mumkin. Ayniqsa, Quyosh pechlari yordamida 3000-3600 gradusgacha yuqori temperatura hosil qilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi hozirgi davrda fan va texnikaning yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi. O’zbekiston yadro fizikakasi hali juda “yosh“ bo’lishiga qaramay, uning rivojlanishi ulkandir. Xalq xo’jaligining barcha tarmog’larida keng miqdiyosida foydalanilmoqda. Bu sohaning Respublikamizda asoschilari U.Oripov, S.Azimov, S.Strabudsev va R.Bekjonovlar hisoblanadi. Yadro fizikasi bo’yicha atom reaktoridan foydalanib, yuqori saviyada o’tqazilgan dastlabki tadqiqot ishlarini R.Bekjonov boshlab berdi. O’zbekistonda fizika fanini o’qitish uslubini yaratishda B.Mirzahmedov, D.Shodiyev va boshqa zahmadkash uslubchi odamlarning alohida o’rinlari bor. Bularning fizika o’qitish uslubi sohasidagi ishlari mustaqil davlatlar hamdo’stligi uslubchi olimlari tomonidan tan olingan. Har bir sohada fizika fanini roli va o’rni bor. Ayniqsa, uning gumanitar imkoniyatlari benihoyadir. Matematika, mexanika, fizika, ximiya, biologiya kabi fanlarning o’zaro bog’liqligi fan texnikada tamomila yangicha sifat va prinsiplarga ega bo’lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalar vujudga kelishi imkoniyatni har tomonlama asrash, uni og’ir mehnatdan xolos qilishga olib keladi. Hozirgi agranomlar o’simliklarni o’sish quyosh nuriga, havoga, yog’ingarchilik miqdoriga, tuproq haroratlarining o’zgarishlariga bog’liqligining o’zlarining tajriba va bilimlarga asoslanib uzoqlashar edi. Endilikda bularning hammasi aniq o’lchash imkoniyatlariga ega bo’lgan maxsus asboblar bilan aniqlanadi. Aftomatik asbob-uskunalar kelajakda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini boshqarishga, hosildorlikni oldindan bilishga va uni ko’paytirish uchun o’z vaqtida choralar ko’rishga yordam beradi. Fizika fanining guminatar imkoniyatlaridan yana biri kibernetikaga bog’liq ravishda rivojlanishi bo’lib, insoniyat salomatligini oldindan diagnozlashdir. Ma’lumki, hozirgi kunda fanda odam mevasining “modeli” mavjud bo’lib, bu model orqali aqliy faoliyatining ayrim turi aniqlangan. Bu borada Respublikamizda “Kibernitika” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida meditsena kibernitikasi bilan shug’ullanmoqda. Professor H.Qodirov rahbarligida olib borilayotgan meditsina sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari, yani bosh miya faoliyatida bo’ladigan jarayonlar va axborotlar uzatishning matematik modellari yordamida avtomatlashtirish, sun’iy yurak klapinini tanlash uchun matematik modellar, oshqozon, jigar, gipatit kasaliklari hamda muskullarning turli harakatlarini ochib beruvchi matematik modellar va avtomatik vositalar ayni kundagi inson salomatligini saqlashdagi samarali ilmiy tadqiqot ishlaridadir. O’ylaysizki, biz tanlagan yo’nalishda fizika fanining g’oyaviy, texnikaviy va gumanitar imkoniyatlarining ochib berilishi zamonaviy fizikani o’qitish uslubi yaratishdagi asos bo’ladi.