logo

Metallarning klassik nazariyasi. Vakuumda elektr toki. Termoelektrik hodisalar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

149 KB
Metallarning klassik nazariyasi. Vakuumda elektr toki. Termoelektrik hodisalar Metallarda tok tashuvchilarning tabiatini aniqlash uchun qator tajribalar qilingan. Metallarda juda kichik potensiallar farqi bilan ham tokni yuzaga keltirish mumkin. Bu hol, tok tashuvchilar – elektronlar metallar bo‘ylab erkin siljiy oladi deb aytishga asos bo‘ladi. Tajribalarning natijalari ham shu xulosaga olib keladi. Erkin elektronlar mavjudligini shu bilan tushuntirish mumkinki, kristall panjaralar hosil bo‘lganida eng bo‘sh bog‘langan (valentli) elektronlar metall atomlaridan ajralib, metall bo‘lagining “kollektiv tashkil etuvchisi” bo‘lib qoladi. Agar har bir atomdan bittadan elektron ajarlib qolsa, erkin elektronlarning konsentratsiyasi, ya’ni hajm birligidagi ularning soni, hajm birligidagi atomlar soniga teng bo‘ladi. Erkin elektronlar haqidagi tasavvurdan foydalangan holda Drude, keyinchalik Lorens bu nazariyani mukammallashtirib, metallarning klassik nazariyasini ishlab chiqqan. Drude metallardagi o‘tkazuvchi elektronlar tabiati ideal gaz molekulalariga o‘xshagan bo‘ladi, deb faraz qilgan. To‘qnashish orasidagi vaqtlarda ular deyarli erkin harakatlanib, o‘rtacha λ yo‘lni bosib o‘tadi. Yugurish yo‘llari molekulalarning o‘zaro to‘qnashishi bilan belgilanuvchi gaz molekulalaridan farqli ravishda, elektronlar o‘zaro emas, balki ko‘proq metallarning kristall panjaralarini tashkil etuvchi ionlar bilan to‘qnashadi. Bu to‘qnashishlar elektron gaz bilan kristall panjara orasida issiqlik muvozanati o‘rnatilishga olib keladi. Drudening hisobicha, elektronning kristall panjara ioni bilan navbatdagi to‘qnashuvdanoq elektronning tartibli harakat tezligi nolga teng bo‘ladi. Faraz qilaylik, maydon kuchlanganligi o‘zgarmas bo‘lsin. U holda maydon ta’siri ostida elektron m eE ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tezlanishga ega bo‘lib, yugurishning oxirida tartibli harakat tezligi quyidagi o‘rtacha qiymatga ega bo‘ladi:  m eE U  max (1) bu yerda  - elektronning panjara ionlari bilan o‘zaro ikkita ketma- ket urilishdagi o‘rtacha vaqt. Drude elektronlarning tezliklar bo‘yicha taqsimotini hisobga olmasdan, barcha elektronlar bir xil qiymatli tezlik bilan harakat qiladi deb oldi. Bu taxminda     (2) bunda λ – erkin yugurish uzunligining o‘rtacha qiymati;  - elektronlarning issiqlik harakat tezligi.  ning bu qiymatini (1) formulaga qo‘yamiz:   m eE U  max (3) Yugurish vaqtida U tezlik bilan chiziqli o‘zgaradi. Shuning uchun, uning o‘rtacha qiymati (yugurish uchun) maksimal qiymatining yarmiga teng:   m eE U U 2 2 1 max   (4) Bu ifodani quyidagi formulaga qo‘yamiz: neu j (5) bu yerda j – tok zichligi; n – hajm birligidagi zaryad tashuvchilarni soni. (5) va (4) formulalardan foydalanib, quyidagi formulani hosil qilamiz, ya’ni:E m ne j   2 2  (6) Tok zichligi maydon kuchlanganligiga proporsional ekan, demak, biz Om qonunini hosil qildik. Tok zichligi va maydon kuchlanganligi orasidagi proporsionallik koeffitsiyenti o‘tkazuvchanlikni ifodalaydi, ya’ni:    m ne 2 2  (7) Agar elektronlar panjara ionlari bilan to‘qnashmaganda edi, erkin yugurish yo‘li va demak, o‘tkazuvchanlik cheksiz katta bo‘lar edi. Shunday qilib metallarning elektr qarshiliklari erkin elektronlarning metallning kristall panjara tugunlarida joylashgan ionlari bilan to‘qnashishlari natijasida yuzaga keladi. Erkin yugurishning oxirida elektron qo‘shimcha kinetik energiyaga erishadi. Bu energiyaning o‘rtacha qiymati quyidagiga teng bo‘ladi: 2 2 2 2 2max 2 2 E m e Um k       (8) Elektron ion bilan to‘qnashgach, farazimizga ko‘ra, yugurish vaqtida olgan tezligini to‘la yo‘qotadi, ya’ni (8) energiyani kristall panjaraga beradi. Bu energiya issiqlik sifatida namoyon bo‘lib, metallning ichki energiyasini orttiradi. Har bir elektron bir sekund davomida o‘rtacha     1 to‘qnashishga duch kelib, har gall panjaraga (8) ga teng energiya beradi. Demak, hajm birligidan birlik vaqtda issiqlik ajarlishi kerak, ya’ni: 2 2 2 2 1 E m ne n k         (9) bu yerda ω – tokning solishtirma quvvati; n – birlik hajmdagi o‘tkazuvchan elektronlar soni. (9) formula Joul-Lens qonunini ifodalaydi. Metallarning yuqori elektr o‘tkazuvchanliklari bilan birga, yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega ekanligi tajribadan ma’lum. Videman va Frans issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti χ ni elektr o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti δ ga nisbati barcha metallar uchun taxminan bir xil bo‘lib, absolyut temperaturaga proporsional o‘zgarishini ko‘rsatuvchi empirik qonunlarini aniqladilar. Metall bo‘lmagan kristallar ham issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga egadir. Biroq metallarning issiqlik o‘tkazuvanligi dielektriklarning issiqlik o‘tkazuvchanligidan katta farq qiladi. Bundan, metallarda issiqlik o‘tkazuvchanlik asosan kristall panjaralar hisobiga emas, balki elektronlar hisobiga bo‘ladi deb xulosa qilish mumkin. Elektronlarni bir atomli gaz sifatida qarab, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti uchun gazlar kinetik nazariyasi ifodasidan foydalanish mumkin, ya’ni:vc nm   3 1  (10) bu yerda nm – gaz zichligi;  o‘rniga  olingan. Bir atomli gazning solishtirma issiqlik sig‘imi m K R Cv 2 3 2 3    (11) Bu qiymatni (10) formulaga qo‘yib, quyidagini hosil qilamiz:   nK2 1  (12) χ ni δ uchun yozilgan (7) ifodaga bo‘lamiz, ya’ni: 2 2 e Km     (13) KT m 2 3 2 2   almashtirishdan foydalanib, Videman–Frans qonuni ifodalovchi munosabatga kelamiz, ya’ni: T e K 2 3        (14) (14) formula Videman-Frans qonunini ifodalaydi. Shunday qilib, klassik nazariya Om va Joul-Lens qonunlarini tushintira oldi, shuningdek, Vidmen-Frans qonunini ancha sifatli tushintirib berdi. Shu bilan birga bu nazariya jiddiy qiyinchiliklarga uchradi. Klassik nazariyaning qator hodisalarni tushuntira olmasligiga qaramay, o‘z ahamiyatini shu vaqtga qadar saqlab keldi, chunki erkin elektronlar konsentratsiyasi kichik bo‘lgan hollarda u qoniqarli natijalarni beradi. Shu bilan birga klassik nazariya kvant nazariyasiga qaraganda bir muncha sodda va ko‘rgazmalidir. Metallar o‘z-o‘zidan musbat zaryadga ega bo‘lmaydi. Demak, metallni o‘z-o‘zidan tashlab ketuvchi o‘tkazgich elektronlar soni sezilarli darajada bo‘lmaydi. Bu hol metallarda elektronlar uchun potensial chuqurlik mavjudligi bilan tushuntiriladi. Metallni tashlab ketishga energiyasi sirtga yaqin bo‘lgan potensial chuqurlikni yengib o‘tish uchun yetarli bo‘lgan elektronlargina muvaffaq bo‘ladi. Bu barerni ifodalovchi kuch quyidagicha kelib chiqqan. Sirtqi qatlamdagi musbat ionlar panjarasidan elektronlarning tasodifan chiqib ketishi, elektron ketgan o‘rinda ortiqcha musbat zaryadning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu zaryad bilan bo‘lgan Kulon o‘zaro ta’sir kuchi tezligi uncha katta bo‘lmagan elektronni qaytishga majbur etadi. Shunday qilib, ayrim elektronlar hamma vaqt metall sirtidan chiqib ketadi, undan bir necha atomlararo masofalariga uzoqlashadi, so‘ngra yana qaytadi. Natijada metall yupqa elektronlar buluti bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu bulut tashqi ionlar qatlami bilan qo‘sh elektr qatlamni hosil qiladi. Bunday qatlamda elektronga ta’sir etuvchi kuchlar metall ichiga yo‘nalgandir. Elektronni metallning ichidan uning sirtiga ko‘chirishdagi bu kuchlarga qarshi bajarilgan ish elektronning potensial energiyasini orttirishiga ketadi. Ikkilangan qatlamning maydoni elektronlar uchun tormozlovchi maydondan iborat bo‘ladi. Shuning uchun elektron metall sirtiga uchib chiqishi uchun o‘zining kinetik energiyasi hisobiga quyidagi ishni bajarishi kerak, ya’ni:e A  (15) bu yerda φ – chiqish potensiali. Elektronni qattiq yoki suyuq jismdan vakuumga chiqarish uchun zarur bo‘lgan eng kichik energiya chiqish ishi deb ataladi. Yoki: Elektronni metalldan chiqib ketishi uchun bajarilishi zarur bo‘lgan ishga elektronning metalldan chiqish ishi deyiladi. Turli metallar uchun elektronning chiqish ishi turlicha bo‘ladi. Chiqish ishining qiymati metall sirtining tozaligiga juda ham sezgidir. Odatda xona temperaturasida metalldagi erkin elektronlarning kinetik energiyasi kichik bo‘ladi. Agar erkin elektronlarga qo‘shimcha energiya berilsa, ularda metallni tashlab chiqish imkoni tug‘iladi. Metalldan elektronlarni uchib chiqish jarayoniga elektron emissiya deyiladi. Elektronlarga turli usullar bilan ta’sir ko‘rsatib elektronlar emissiyasini hosil qilish mumkin. Masalan, yorug‘lik ta’sirida fotoelektron emissiyani, kuchli elektr maydon ta’sirida avtoelektron emissiyani, issiqlik ta’sirida esa termoelektron emissiyani hosil qilish mumkin. Qizigan qattiq yoki suyuq jismlarning elektronlar chiqarishi termoelektron emissiya deb aytiladi. Termoelektron emissiya hodisasi shu bilan tushintiriladiki, elektronlarning energiya bo‘yicha taqsimlanishi natijasida metall chegarasida potensial to‘siqni yengish uchun energiyasi yetarli bo‘lgan ma’lum miqdor elektronlar mavjud bo‘ladi. Temperatura ko‘tarilganda bunday elektronlar miqdori keskin ortadi va sezilarli bo‘lib qoladi. Termoelektron emissiya hodisasini 1-rasmda tasvirlangan sxema yordamida amalga oshirish qulay. F A R 2 B A K R 1 B q 1-rasm. Sxemaning asosiy elementi ikki eletrodli lampa hisoblanadi, uni odatda vakuumli diod deb ataladi. Lampani ichida katod va anoddan iborat ikkita elektrodi bo‘lgan, havosi so‘rib olingan metall yoki shisha ballondan iborat. Konstruksiyasi bo‘yicha elektrodlar turli shaklda tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Oddiy holda, katod ingichka to‘g‘ri tola, anod esa katodga nisbatan koaksal silindr shaklida bo‘ladi. G V Katod, cho‘g‘lantiruvchi batareya B q tomonidan hosil qilingan tok bilan qizdiriladi. Reostat R 1 yordami bilan cho‘g‘latish tok kuchini boshqarib, cho‘g‘lanish temperaturasini o‘zgaritirish mumkin. Elektrodlarga B A anod batareyasidan kuchlanish beriladi. Anod kuchlanishining kattaligini R 2 potensiometr yordamida o‘zgartirish va V voltmetr yordamida o‘lchash mumkin. Galvonometr G anod tok kuchini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Agar katod cho‘g‘lanishini birday saqlagan holda, anod tok kuchining anod kuchlanishiga bog‘liqligi olinsa, u holda 2a – rasmda tasvirlangan egri chiziq hosil bo‘ladi. Ushbu egri chiziq volt-amper harakteristikasi deb ataladi. J a j T J T A 0 U T U a T 2-rasm. U a = 0 bo‘lganda katoddan uchib chiqqan elektronlar uning atrofida manfiy fazoviy zaryadlar – elektron bulutni hosil qiladi. Manfiy zaryadlangan elektron bulut katoddan chiqayotgan elektronlarni orqaga qaytaradi. Elektron bulutni anodga tortish uchun anodni elektr manbaining musbat qutbiga ulash lozim. Katod bilan anod orasidagi elektr maydon ta’sirida elektronlarning kinetik energiyasi, a c eU m  2 2 (16) formulaga ko‘ra oshib ular anodga yetib bora boshlaydi. Katoddan chiqayotgan elektronlarning taqsimoti ham Maksvell taqsimoti qonuniga bo‘ysunadi. Anodning kichik kuchlanishida faqat kinetik energiyasi katta bo‘lgan elektronlargina anodga yetib borishi mumkin. Bundan xulosa shuki, anod toki anod kuchlanishiga bog‘liq ravishda oshib boradi (2-rasm). Uncha katta bo‘lmagan anod kuchlanishlarida anod toki bilan U a orasidagi bog‘lanish Boguslavskiy-Lengmyur qonuni 23a a U J  (17) orqali aniqlanadi. Anod toki kuchlanishining 3/2 darajasiga proporsional bo‘lganidan (17) ifoda 3/2 qonuni deb ham yuritiladi. Tenglamadagi α – elektrodlarning shakliga va ularning o‘zaro joylashishiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsiyent. Boguslavskiy-Lengmyur qonuni 2a-rasmda keltirilgan grafikning faqat OA qismi uchun o‘rinlidir. Anod kuchlanishi U T qiymatga erishganda, tokning keyingi o‘sishi tamomila to‘xtaydi. Bunda tok to‘yinish toki qiymatiga erishadi. Katoddan chiqayotgan hamma elektronlarning anodga yetib kelishi bilan aniqlanadigan tokning qiymati to‘yinish toki deyiladi. 2a-rasmda to‘yinish tokining grafigi anod kuchlanishining o‘qiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziq bilan ifodalanadi. Tajriba natijalarining ko‘rsatishicha, to‘yinish tok kuchi katod harakatining ortishi bilan unga mos ravishda o‘sadi. To‘yinish toki zichligining haroratga bog‘liqligi Richardson-Deshmen formulasi orqali aniqlanadi, ya’ni: kT A T e BT j    2 (18) Bunda V – katod materialiga va sirtiga bog‘liq doimiy; A – chiqish ishi; k – Bolsman doimiysi; T – katodning absolyut harorati. Tok zichligining haroratga bog‘liq grafigi 2b-rasmda keltirilgan. Grafikdan ko‘rinadiki, to‘yinish toki bilan harorat orasidagi bog‘lanish nihoyatda tik. Temperatura oz miqdorda o‘zgarganda, to‘yinish toki juda katta qiymatga oshadi. Richardson-Deshmen formulasidan yana shu narsa aniqki, chiqish ishi biroz kamayganda ham to‘yinish tokining qiymati katta miqdorga oshadi. Shu boisdan katod chiqish ishi kichik bo‘lgan metallardan tayyorlangani ma’qul. Yana katod sirti ishqoriy yer metallari yoki toriy bilan qoplanganda ham elektronlarning chiqish ishi ancha kamayishi aniqlangan. Ba’zan, radiolampalar yoki kineskoplar katodlarining emissiyasi yomonlashganligi uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Bu hollarda katod temperaturasini oshirish yo‘li bilan termoeletron emissiyani tiklash imkoniyati ham bor. Termoelektron emissiya hodisasi hozirgi zamon elektrotexnikasi va radiotexnikasida katta ahamiyat o‘ynaydi. Kenotronlar, kuchaytirgich lampalar va shu kabilarning ishlashi termoelektron emissiya hodisasiga asoslangandir. Termoelektron emissiya radioelektronika qurilmalarining eng asosiy elementlari bo‘lmish elektron lampalarda keng qo‘llaniladi. Elektron vakuum lampalar (bu lampalarda vakuum 10 -6 ¸ 10 -9 mm. sim. ust. ga teng)ning asosiy elektrodlaridan biri – katoddir. Elektron lampalar quyidagi maqsadlar uchun qo‘llaniladi: 1) o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish, ya’ni to‘g‘rilagich sifatida; 2) har xil chastotali elektr tebranishlarni kuchaytirish, ularni hosil qilishda. Ikki elektrodli lampalar, uch elektrodli, to‘rt va besh elektrodli lampalar mos ravishda, triod, tetrod va pentod deyiladi. O‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilashda ishlatiladigan ikki elektrodli lampalarga kenotronlar deyiladi, ya’ni o‘zgaruvchan tok to‘g‘rilagichi sifatida ishlatilgan diod kenotron deb ataladi. Diod ikki xil bo‘ladi: bevosita cho‘g‘lanuvchi katodli diod (3a- rasm), bilvosita cho‘g‘lanuvchi katodli diod (3b-rasm). Triodda katod bilan anod oralig‘ida uchinchi elektrod – to‘r joylashtirilgan (3v-rasm). Shu elektrod yordamida anod tokini boshqarish mumkin. Shu sababli bu elektrod “boshqaruvchi” to‘r deyiladi. Bu to‘rda kuchlanishning ozgina o‘zgarishi, anod tokining keskin o‘zgarishiga olib keladi. Agar “boshqaruvchi” to‘rda kuchlanish nolga teng bo‘lsa, triod diodga aylanadi. A A A K to‘r K cho‘g‘lantirgich K a) b) v) 3-rasm. Triod radiotexnikada va aloqa texnikasida elektr tebranishlarini kuchaytirish, so‘nmas tebranishlar olish uchun keng qo‘llaniladi. Oxirgi vaqtlarda elektron – vakuum lampalar o‘rnini yarim o‘tkazgichli diod, triodlar olmoqdalar. Bu asboblar mustahkamligi, mittiligi va boshqa xususiyatlari bilan hozirgi zamon elektronikasida keng o‘rin olgan. Radiolampalardan tashqari termoelektron emissiya elektron- nur trubkalar (kineskoplar)da va umuman, elektronlar oqimi hosil qilish lozim bo‘lgan qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Turli metallar (yoki yarim o‘tkazgichlar), metallar bilan yarim o‘tkazgich yoki dielektriklar bir-biriga tegishi yoki kontaktda bo‘lishi natijasida hosil bo‘lgan potensiallar farqi potensiallar ayirmasi deyiladi. Metallar orasida hosil bo‘lgan potensiallar ayirmasini ko‘ramiz. Chiqish ishi A 1 va A 2 bo‘lgan ikki metallni kontaktga keltiraylik. Birinchi metallning chiqish ishi A 1 ikkinchi metallning chiqish ishi A 2 dan kichik bo‘lsin (A 1 < A 2 ) (4a-rasm). 1 2 1 2 a) A 1 < A 2 b) n 2 < n 1 4-rasm. Metallarning bir-biriga tegishish sirti orqali erkin elekt- ronlarning birinchi metalldan ikkinchi metallga ko‘chishi sodir bo‘ladi, buning natijasida birinchi metall musbat, ikkinchi metall manfiy zaryadlanib qoladi. Bunda hosil bo‘ladigan potensiallar ayirmasi U  quyidagiga teng bo‘ladi: e A A U 1 2  (19) Endi erkin elektronlar konsentratsiyasi har xil bo‘lgan (n 2 < n 1 ) metallar kontaktini ko‘rib chiqaylik (4b-rasm). Agar n 2 < n 1 bo‘lsa, erkin elektronlarning birinchi metalldan ikkinchi metallga o‘tishi (diffuziya) boshlanadi. Natijada birinchi metall musbat, ikkinchisi manfiy zaryadlanib, ular orasida U  potensiallar ayirmasi hosil bo‘ladi. Uning qiymati erkin elektronlar + - E A 1 e A 2 + - n 1 e n 2 konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liq bo‘lib, quyidagi shaklda yoziladi:2 1 n nn e kT U   (20) (19) va (20) formulalarni hisobga olib, erkin elektronlar konsentratsiyasi va chiqish ishlari har xil bo‘lgan metallarning to‘liq kontakt potensiallari ayirmasi uchun quyidagi formulani yozamiz, ya’ni: 2 1 1 2 n nn e kT e A A U U U       (21) Bu formuladan Voltaning birinchi qonuni kelib chiqadi. Bu qonunga asosan, kontakt potensiallar farqi metallarning harakteristikalari – chiqish ishi, erkin elektronlar konsentratsiyasi va temperaturaga bog‘liq. Faraz qilamiz, bir necha metall bir-birlari bilan kontaktda bo‘lsin (5-rasm). Bu metallarning chiqish ishlari bir-birilariga teng bo‘lmasin. Voltaning ikkinchi qonuniga asosan, ular o‘rtasida hosil bo‘ladigan potensiallar ayirmasi ikki chekkadagi metallar hosil qilgan potensiallar ayirmasiga teng, ya’ni: ) ( ) ( ) ( ) ( ) ( ) ( 6 1 6 5 5 4 4 3 3 2 2 1                        (22) 1 2 3 4 5 6 φ 1 φ 1 φ 2 φ 2 φ 3 φ 1 φ 4 φ 4 φ 5 φ 5 φ 6 φ 6 5- r asm. Demak, uch va undan ortiq xildagi metallar kontaktga keltirilsa, tizimning to‘liq kontakt potensiallar ayirmasi oraliqdagi metallarning tabitaiga bog‘liq emas ekan. Bu farq ikki chekkadagi metallarning tabiati bilan belgilanar ekan, xolos. Faraz qilaylik, 1 va 2 metallar berilgan bo‘lib, bu metallarning kontaklarida T 1 va T 2 temperaturalar har ixl bo‘lsa (6a-rasm), bu metallar orasida hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuchi kontakt qismlarida U 12 va U 21 kontakt potensiallar ayirmasini yig‘indisiga teng, ya’ni:21 12 U U   (23) yoki 2 1 2 1 2 2 1 1 2 1 n nn e kT e A A n nn e kT e A A         (24)  2 1 2 1 T T n nn e k     (25) (25) formula bilan aniqlangan EYUK hosil bo‘ladi. Demak, ikki xil metalldan tuzilgan berk zinjirning kavsharlangan qismlari har xil temperaturaga ega bo‘lsa, bu zanjirda (25) bilan aniqlangan EYUK yuzaga kelar ekan. Bu EYUK odatda, termoelektr yurituvchi kuch deyiladi. 2 U 12 U 21 T x T 0 a) b) 6-rasm. Yuqoridagi ifodaga 2 1 n nn e k   belgilash kiritaylik. U holda termoelektr yurituvchi kuch quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni:  2 1 T T    (26)T 1 1 T 2 G Ya’ni ikki xil kavsharlangan metallar tizimidagi termo EYUK temperaturaning o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsional. Termoelektr yurituvchi kuch (26) tenglama bilan aniqlangan termoelektr hodisasi 1821 y ilda T.I.Zeebek tomomnidan kashf etilgan. Bu usul bilan issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdagi foydali ish koeffitsiyenti 0,1 %dan oshmaydi. Zeebek hodisasiga asoslangan termoelektr generatordan tok manbai sifatida foydalanish amaliy ahamiyatga ega emas. Lekin tabiiy energiya manbalari kamayib borayotgan hozirgi davrda quyosh energiyasiga boy bo‘lgan o‘lkalarda Zeebek hodisasi kuchli bo‘lgan moddalardan (yarim o‘tkazgichlar) yaratilgan generatorlar amaliy ahamiyatni kasb etmoqda. Bu sohada O‘zbekiston va Turkmaniston respublikalari olimlarining termoeletrik generatorlarining samaradorligini oshirishda olib borayotgan ilmiy izlanishlari yaxshi natijalar berishi mumkin. Temperaturani va bosimni o‘lchaydigan ayrim o‘lchov asboblarning ishlash prinsiplari Zeebek hodisasiga asoslangan. Bu asboblarning asosiy elementi termoparadir. O‘zaro kavsharlangan ikki xil metall juftiga termopara deyiladi. Ularning aniqlik darajasi juda yuqori. 6b-rasmda ikki juft termoparalardan biri temperaturasi T x noma’lum bo‘lgan muhitga kiritiladi. Ikkinchisi temperaturasi aniq o‘lchangan muhitga tushiriladi. Zanjirdagi termo EYUKni o‘lchaydigan galvonometr temperaturaga moslab darajalangan. Uning ko‘rsatishi orqali noma’lum temperatura o‘lchanadi. Zeebek hodisasini kuzatishga mo‘ljallangan 6a-rasmdagi zanjirning kavsharlangan qismlardagi temperaturalarni tenglashtirib, zanjirni o‘zgarmas tok manbaiga ulaymiz (7-rasm). 2  T 1 T 2 7-rasm. Ikki xil metalldan bir xil tok o‘tganda kavsharlangan bo‘lakning birinchi qismi isiydi, ikkinchi qismi soviydi. Zeebek hodisasiga teskari bo‘lgan bu hodisa J.Pelte tomonidan kuzatilgan. Bu hodisa uchun Q 1 = - Q 2 tenglik o‘rinli. Tenglamadagi «-» ishora energiya yutilishini e’tiborga oladi. Bu tenglamaning ma’nosi shuki, zanjirning isigan qismidan tashqariga qancha miqdorda issiqlik uzatilsa, zanjirning sovugan qismida tashqaridan shuncha issiqlik miqdori yutiladi. Bu xulosa energiyaning saqlanish qonuniga mos. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 7-rasmda keltirilgan zanjirda Pelte hodisasidan mustaqil ravishda Joul-Lens effekti ham kuzatiladi. Pelte issiqligi atrof muhitga bir xil miqdorda uzatiladi va undan shu miqdorda yutiladi. Yuqorida keltirilgan (7-rasm) zanjirning isiydigan qismini tashqi muhitxonaga, soviydigan qismini kameraga o‘rnatsak, Pelte hodisasi kopressorsiz ishlaydigan sovutgich mashinasiga aylanadi. Pelte hodisasi kuchli bo‘lgan yarim o‘tkazgichlarning kashf etilishi bilan mexanik harakatsiz ishlaydigan sovitgich apparatlarni qurish imkoniyati real bo‘lib qoldi. + -J1 1 АДАБИЁТЛАР : 1. I.V.Savelev. Umumiy fizika kursi. 2. R.I.Grabovskiy. Fizika kukrsi. 3. Ismoilov M ., Habibullayev P ., Xaliulin M . Fizika kursi . 4. Abdullayev G. Fizika. 5. Savelev I.V. «Umumiy fizika kursi» 6. Savelev I.V. «Umumiy fizika kursi» 7. Rasulmuhamedov A.G, Kamolov J., Izbosarov B.F. «Umumiy fizika kursi» 8. Nazarov O‘.Q. Umumiy fizika kursi. 9. Sivuxin D.V. “Umumiy fizika kursi”. 10. www.ziyonet.uz