logo

Harakatlanuvchi muhit optikasi va nochiziqlik jarayonlar yorug‘lik va maxsus nisbiylik nazariyasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

101.4921875 KB
Harakatlanuvchi muhit optikasi va nochiziqlik jarayonlar yorug‘lik va maxsus nisbiylik nazariyasi Reja: 1. Harakatlanuvchi muhit tushunchasi 2. Harakatsiz efir tushunchasi 3. Maykelsonning interferension tajribasi 4. Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari XIX asrning oxirlariga kelib fizika sohasida mukammal va jiddiy nazariyalar va yutuqlar juda ko‘p edi. Bu nazariyalar o‘zlarining yaratilishlariga asos bo‘lgan hodisalarni to‘la miqdoriy tushuntirdilar va bir nechta differensial tenglamalarda ular haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirdilar, lekin ko‘p o‘tmay bu nazariyalarning qo‘llanish doirasi juda keng ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan ilgari elektromagnetizm bilan aloqador bo‘lmagan butunlay mustaqil fizikaviy fan bo‘lgan optika qonunlarini elektromagnit maydon nazariyasi asosida keltirib chiqarishga erishildi. Lekin klassik mexanika mikrozarralar harakati va o‘zaro ta’sirini tavsiflay olmadi. Xuddi shuningdek Maksvell nazariyasi elektromagnit maydon va modda atomlari orasidagi energiya almashinuvi bilan bog‘lik bo‘lgan hodisalarni tushuntirishda ojizlik qildi. XX asrning dastlabki 10 yilliklarida Nyuton mexanikasi va Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi boshqa masalalarni ham hal qilishga qodir emasligi ayon bo‘ldi. Yadro ichida ta’sir etuvchi juda kichik ta’sir radiusiga ega bo‘lgan o‘ta intensiv kuchlar (tortishish)ning mavjudligi ko‘rsatildi. Bu kuchlar elektromagnit kuchlarga ham, gravitatsiya kuchlariga ham o‘xshamasdi. Taxminan shu davrda tajribalar asosida yorug‘lik tezligi yerning harakatiga bog‘liq emas ekanligi aniqlandi. Shunday qilib, XIX asr oxirida fizika deb ataladigan muhtasham binoning bitishiga faqatgina ba’zi sayqal berishlargina yetishmaydi deb hisoblanardi. Lekin bunday sayqal berishlar bu bino asosini tashkil qiluvchi asosiy qonunlar obrusiga soya tashladi. Haqiqatda hodisalar rivojlanishi oddiy emas edi. Bu muammolar XX-asrning boshlariga kelib ikkita yangi revolyutsion nazariyalar, nisbiylik nazariyasi va kvant nazariyasini yaratilishi bilan yechildi va bizni tabiat to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni tubdan o‘zgartirib yubordi. Fizika XIX asrning, oxirigacha qanday ko‘rinishda ma’lum bo‘lsa, shunday ko‘rinishda mumtoz fizika deb atash qabul qilindi. Fandagi revolyutsiyalar hisobiga XX asrning boshida paydo bo‘lgan yangi fizika zamonaviy fizika deb ataladigan bo‘ldi. Zamonaviy fizikaning asoschilari M.Plank va A.Eynshteynlardir. Bu bo‘limda 1905 yilda A.Eynshteyn asos solgan maxsus nisbiylik nazariyasi va yorug‘lik tushunchalariga to‘xtalamiz va asosan harakatdagi muhitlar optikasini tushinishga harakat qilamiz. Bu muammoni tekshirishda yorug‘lik manbai va yorug‘likni qayd qiluvchi asboblarning yorug‘lik tarqalayotgan muhitga nisbatan harakatini aniqlab bo‘ladimi yoki manba bilan qayd qiluvchi asbobning bir-biriga nisbatan harakatinigina aniqlab bo‘ladimi, degan savolga beriladigan javob muhim ahamiyatga ega. Bu masala harakatlanayotgan muhitlar optikasining (va elektrodinamikasining) umumiy masalasidir. Bu masala katta prinsipial ahamiyatga ega, chunki ko‘pchilik tajribalarimiz Yer ustidagi laboratoriyalarda, ya’ni boshqa samoviy jismlarga nisbatan harakatlanayotgan sistemada o‘tkaziladi. Bu faktning kuzatilayotgan hodisalar kechishiga ta’sir qilish-qilmasligini va ta’sir qilsa, bu ta’sirning qanday bo‘lishini bilish muhimdir. Fizika qonunlari, jumladan Nyuton mexanikasi qonunlari va xususan inersiya qonuni tekshirilayotgan hodisalarning qanday real sharoitda kechayotgani aniq ma’lum bo‘lgandagina, binobarin, bu hodisalarning qanday sanoq sistemasiga nisbatan yuz berayotganligi ko‘rsatilgandagina muayan ma’noga ega bo‘lishini bilamiz. Faqat bir-biriga nisbatan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan sanoq sistemalaridagi harakat qonunlari bir xil ifodalanadi. Bu sistemalar inersial sanoq sistemalar deb yuritiladi. Demak, mexanika qonunlari barcha inersial sistemalarida bir xil ifodalanadi va bu qonunlarning ifodasi inersial sistemalarga nisbatan tezlanma harakat qilayotgan sanoq sistemalari uchun boshqacha bo‘ladi. Mexanik jarayonlar ustida o‘tkazilgan kuzatishlar cheksiz ko‘p inersial sistemalar ichida absolyut fazoni ajratib olish imkonini bermaydi. Bu holat klassik mexanikaning nisbiylik prinsipi degan nom oldi Binobarin, Nyutonning muhitlar mexanikasi nisbiylik prinsipiga muvofiqlashtirib qurilgan.Koordinatalarni almashtirish formulalari xususida shuni aytish kerakki, Galiley formulalari mutlaqo ravshan va tajribaga muvofiq keladigan bo‘lib ko‘rinar edi. Shuning uchun harakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasini ko‘rishda ham bu formulalar to‘g‘ri deb (tahlil qilmay) ishlatiladi. Efirni harakatsiz yoki harakatlanuvchi muhit deb faraz qilinishi asosida harakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasini yaratishga ko‘p urinishlar bo‘ldi. Bir-biriga mutlaqo qarama – qarshi bo‘lgan turli nuqtai nazarlar bir-biridan keskin farqlanuvchi muhim nazariyalarda: Gers elektrodinamikasi va Lorens elektrodinamikasida o‘zining to‘la ifodasini topdi. Ikkala elektrodinamika ham barcha elektromagnitik va optik jarayonlarni butun fazoni to‘ldirgan dunyoviy efirda yuz beradi deb hisoblaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasining asosiy masalasi jismlar harakatining efirga ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risidagi masala edi. Bu masalani faqat tajribagina hal qila olardi. Aniqrog‘i, efir va harakatlanayotgan moddaning o‘zaro munosabati to‘g‘risidagi muayan tasavvurlarga asoslanib, harakatlanayotgan muhitlardagi hodisalar nazariyasini yaratish va uni tajribada tekshirib ko‘rish lozim edi. Ergashuvchi efir tushunchasi. Gers moddiy jismlar harakatlanayotganda efirni butunlay ergashtirib ketadi, degan mulohazaga asoslangan nazariya yaratdi. Shunday qilib, harakatlanayotgan muhitdagi optik hodisalar shu muhit bilan birga (undan orqada qolmasdan) harakatlanayotgan efirda yuz beradi, binobarin, harakatlanayotgan muhitlardagi hodisalar ustida o‘tkazilgan kuzatishlar bu harakatni aniqlash imkonini bermaydi. Bu nazariyaning xulosalari qator tajriba natijalariga, jumladan Fizo tajribalari natijalariga butunlay zid ekanligi ma’lum bo‘ldi. Efirning mavjudligi haqidagi gipoteza, efir xususiyatlarini va uning odatdagi jismlar bilan o‘zaro ta’sir qilish xarakterini aniqroq o‘rganishga bag‘ishlagan tajribalarning qo‘yilishiga sabab bo‘lgan. Avvalo shaffof jismlar harakatlanganlarida o‘zlari bilan birga o‘z ichlaridagi efirni ham ergashtirib ketadimi yoki yo‘qmi, - degan savol tug‘ilgan. Bu savolga 1851 yilda Fizo tomonidan qilingan tajriba javob berishi kerak edi. Fizo tajribasi bilan batafsilroq tanishsak. Tajriba sxemasi 9.1-rasmda keltirilgan. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, bu tajriba interferension tajriba bo‘lib suvda yorug‘lik tarqalayotganda unga suv harakatini ta’siri tekshirilgan. rasm S manbadan kelayotgan yorug‘lik yarim tiniq plastinka 1 yordamida ikkiga ajratiladi: bir qismi 1,2,3,4,1 yo‘larni o‘tib ko‘rish trubasiga T tushadi. Ikkinchi qismi ham 1,4,3,2,1 yo‘larni o‘tib ko‘rish trubasiga tushadi. Natijada dastalarning interferensiyasi yuzaga keladi (tinch suvda). Keyin ko‘rsatilgan sterelka bo‘yicha suvni oqishga majburlaydi. Natijada nurlarning biri suv oqishi yo‘nalishida, ikkinchisi esa oqimga teskari yo‘nalishda tarqaladi. Kuzatuvchi interferension manzarani kuzatadi, o‘zgarish yorug‘likni suvdagi tezligini muxokama qilishga olib keladi. Tajribaning ko‘rsatishicha bu tezlik quyidagiga teng:. 1 1 2 1        n n с с  (9.1) Bu yerda n -suvning sindirish ko‘rsatkichi,  -suvni oqish tezligi. Efir gipotezasi nuqtai nazaridan efir suvga qisman ergashadi, agar efir to‘la ergashganda ikkinchi qo‘shiluvchi  ga teng bo‘lar edi, agar umuman ergashmaganda nolga teng bo‘lar edi. Bunday tushuntirish aberratsiya hodisasi natijalariga teskari. Yuqorida aytganimizdek Fizo tinch va oqayotgan suvlarda interferension manzaralarni hosil qilgan va bu ikki holda ham interferension yo‘llarining siljishini o‘lchagan. Bu siljish vositasida fazalar farqini va demak, efirning ergashish koeffitsiyentini aniqlash imkoniyati tug‘ilgan, Fizo tajribalarining ko‘rsatishicha,  koeffitsiyent: 2 1 1 n    (9.2) formula bilan ifodalanadi, bunda n- cuvning sindirish ko‘rsatkichi. Shunday qilib, interferension kuzatishlar yordamida faraziy efirning harakatlanuvchi moddaga qisman ergashishligi, binobarin, ( «ergashish koeffitsiyenti» moddaning sindirish ko‘rsatkichiga bog‘liqligi, sindirish koeffitsenti 1 ga teng moddalarga efirning ergashmasligi kerakligi aniqlangan. Fizo tajribalarining natijalari Yerning «absolyut» harakatini aniqlashga imkon bergandek ko‘rinadi. Haqiqatan, atmosferaning n sindirish ko‘rsatkichi 1 ga yaqin bo‘lgani uchun, atmosfera efirni sezilarli darajada ergashtira olmaydi. Suv uchun ; 438,0   Fizo o‘z tajribalarida interferension polosalarning siljishini va bu siljish 46,0   ga mos kelishini topdi. 1886 yilda Fizo tajribasini takrorlagan Maykelson va Morleylarning yanada aniq o‘lchashlaridan 020,0 434,0    ekanligi topildi. Gers nazariyasida esa tajribaga zid bo‘lgan 1  qiymat topiladi. Demak, efirning harakatlanayotgan jismlarga to‘liq ergashishi haqidagi tasavvurga asoslangan Gers nazariyasi optik va elektrodinamik tajribalarga to‘g‘ri kelmaydi. Yorug‘lik abberatsiyasi Yorug‘likni izchil ravishda to‘lqiniy protsess deb qarab, yorug‘lik abrratsiyasi hodisasini tekshirganda ham Yer harakatining optik hodisalarga ko‘rsatadigan ta’siri masalasi paydo bo‘ladi. Agar Gers faraz qilganidek, harakatlanayotgan Yer efirni to‘liq ergashtirsa, aberratsiya sababini izohlab bo‘lmaydi, chunki yorug‘lik to‘lqinlari truba bilan bir vaqtda harakatlanayotgan efir bilan birga ko‘chadi, truba tinch turganda yulduzga qaratilgan S0 yo‘nalish truba harakat qilganidagi S yo‘nalish bilan ustma-ust tushadi. Bu aytilgan gap 9.2.-a rasmda yaqqol tasvirlangan, rasm ravshan bo‘lishi uchun unda truba o‘rniga vizir moslamasi chizilgan, to‘lqin fronti MN orqali truba ichiga kirib, truba bilan birga harakatlana boshlaydi va trubaning tezligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar O А o‘q bo‘ylab tarqaladi. Agar o‘zi bilan trubani ergashtirib ketadigan Yer harakatlanayotganida efir qo‘zg‘almaydi, deb faraz qilsak, u holda yorug‘lik to‘lqinlari qo‘zg‘almas efirda o‘z yo‘lini davom ettirib, jilgan trubadan orqada qoladi. а) б) rasm. Yorug‘lik aberratsiyasi va Yer harakatlanishida efirning ergashishi haqidagi masala: а - Yer ergashtiruvchi efir, aberratsiya yo‘q; б - efir harakatsiz, aberratsiya bor:     sin / 0c tg  Truba o‘qining yulduzga to‘g‘rilanganicha qolishi uchun uni og‘dirib turish kerak; bu og‘ish burchagi trubaning  tezligiga va  bilan yulduzga qaratilgan yo‘nalish orasidagi  burchakka bog‘liq. Tezlik  qadar o‘zgarganida trubaning og‘maligi 0 0 SOS   burchak qadar o‘zgarishi kerak, demak aberratsiya burchagi    sin 0 с ОА АВ   bo‘ladi, bundagi s-yorug‘liknning truba bo‘ylab yo‘nalgan tezligi (bo‘shliqda yoki havoda)   2/1 bo‘lganda aberratsiya burchagi 0 juda kichik bo‘ladi ( 0 0    tg ). XVII asrning boshlaridayoq Bredlinning aniqlashicha yil davomida kuzatilganda yulduzlar unchalik katta bo‘lmagan ellipsni harakterlaydi. Agar Yer efiriga nisbatan harakatlansa bu xodisani tushuntirish mumkin. Buning uchun teleskopni kuzatiladigan yulduzga to‘g‘ri joylashtirmasdan qandaydir  burchak ostida joylashtirish lozim. Vertikalga nisbatan teleskop qarshisida turgan yulduz c/    burchak ostida ko‘rinadi. Biz bilamizki, Yer aylanadi shuning uchun ham kuzatuvchiga yulduz aylanma orbita bo‘ylab harakatlanayotgandek tuyuladi. Agar s - yorug‘lik tezligi  - Yerning tezligi desak: c tg    bo‘ladi. c км / 30   desak, 5, 20    teng bo‘ladi, bu tajribaga yaqin. Bu tushuntirishdan efirni Yer harakatida (va uning atmosferasida hech qanday ishtirok etmasligi) ochiq ko‘rinmaydi. Harakatsiz efir tushunchasi Lorens efir mutlaqo harakatsiz va moddiy muhitlar harakatida ishtirok etmaydi, degan farazga asoslandi. Elektrodinamika (va optika) uchun nisbiylik prinsipi yaramaydi deb o‘yladi. Harakatlanayotgan muhitlarning Lorens yaratgan elektrodinamikasi (va optikasi) Lorensning umumiy elektroniy nazariyasining bir qismidir; elektroniy nazariyaga muvofiq, moddaning barcha elektromagnitik xossalari harakatsiz efirda elektr zaryadlarining taqsimlanishi va harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bir inersial sistemadan ikkinchisiga o‘tishda koordinatalarni almashtirish formulalari sifatida Galiley formulalari o‘zgartirilmagan, biroq Lorens nazariyasi nisbiylik prinsipini tan olmagani uchun Lorens elektrodinamikasining tenglamalari bu almashtirishlarga nisbatan invariant emas. Lorens nazariyasi oldinga qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi va nazariy jihatdan ancha qiyin bo‘lgan ko‘p masalalarni yechdi. Optik hodisalarga nisbatan bu nazariya Frenel nazariyasiga mos tushadi va u ham yorug‘lik to‘lqinlarining qisman ergashishi to‘g‘risidagi tasavvurga olib keladi. Lorens nazariyasiga muvofiq, moddaning harakati molekulalar va ularga bog‘liq zaryadlarning harakatsiz efirdagi harakatidan iborat. Lorens-Frenel nazariyasiga muvofiq, harakatsiz deb faraz qilingan efirga nisbatan Yerning harakatini bunday tajribalar yordamida aniqlash mumkin, ammo bunda tajribalar ikkinchi tartibli kattaliklarni (1 ga nisbatan  2 ni) hisobga olish imkonini beradigan aniqlikda bajarilishi, ya’ni taxminan 10-8 tartibdagi aniqlikda bo‘lishi lozim. Biz aytib o‘tgandek, agar kerakli o‘lchamlar 2 2 2 с    dan kichik xato bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lsa, Dopler hodisasi, Lorens nazariyasi nuqtai nazaridan, sistemalarning efirdagi absolyut harakatini topishga xizmat qila olar edi. Maykelsonning interferension tajribasi Maykelsonning interferension tajribasi ana shunday aniqlikda o‘tkazilgan real tajriba bo‘lib, bu tajriba aslida yorug‘likning Yer harakati yo‘nalishida va unga tik yo‘nalishda tarqalish tezliklarini aniqlashdan iborat. Tajriba 9.4-rasmdagi sxema bo‘yicha bajariladi, bunda Maykelson interferometri uning bir yelkasi Yer harakati yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladigan va ikkinchi yelkasi bu yo‘nalishga tik bo‘ladigan qilib o‘rnatiladi. Butun asbob 90 0 burilganda interferension manzara o‘zgarishi kerak, bu o‘zgarish Yer harakatining interferension tajribaga ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risida hukm chiqarishga va efirdagi bu harakatning absolyut tezligini hisoblashga imkon beradi. Asbobning sxemasi 9.4-rasmda ko‘rsatilgan. S manbadan chiqqan nur tushuvchi nur yo‘nalishi bilan 45  li burchak hosil qilib o‘rnashgan chala kumushlangan A plastinkaga tushadi; Bu plastinka nurni o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishda ketuvchi ikki nurga ajratadi. А M va А M nurlar M va M  kuzgulardan qaytib A ga keladi, u yerda ikki shu’laning har biri yana ikkiga ajralib ketadi. Yorug‘likning bir qismi manbaga qaytib keladi, ikkinchi qismi esa S( yo‘nalishda ketadi va u yerda interferensiya hosil bo‘ladi. Interferension manzara ikkala shu’laning yurish yo‘llari farqlari bilan belgilanadi. Agar А M va А M  miqdorlar geometrik teng bo‘lsa, unda ikki shu’laning yurish yo‘llar farqi, А M= А M  =l masofani turli muddatda o‘tish hisobiga paydo bo‘ladi. rasm. Faraz qilaylik, asbob Yer ustida АM «yelkasi» Yerning efirdagi tezligiga parallel qilib o‘rnatilgan bo‘lsin. Unda АM yo‘lni to‘g‘ri va teskari tomonga o‘tgan birinchi nurning sarf qilgan vaqti: . 1 12 221       c l c l c l t Yerning efirdagi harakat yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan AM( yo‘ldan borib kelishiga ikkinchi nurning sarf qiladigan vaqti: 2 22 1 1 2 2 c c l t t     . Vaqtlar ayirmasi:                    2 2 2 2 1 2 1 1 1 1 2 c c c l t t   tenglik bilan ifodalanadi,    c nisbatni kichik deb hisoblab, yuqoridagi ifodani c l t t 2 1 2     taqribiy ko‘rinishga keltirish mumkin. Maykelson tajribalarida interferension yo‘llarning sezilarli siljishlari payqalmagan. Tajribalar turli vaqtlarda turli geografik nuqtalarda ko‘p marta qayta bajarilgan bo‘lsa-da, hamma vaqt salbiy natija bergan. Bu tajribani birinchi marta 1881 yilda Maykelson zaruriy aniqlikda bajargan. Bu tajriba tobora takomillashtirilib ko‘p marta takrorlangan, bunda l yo‘l uzaytirilgan va kuzatish metodlari takomillashtirila borgan va Maykelson-Morley, 1887 yili o‘tkazgan. Tajriba takomillashtirila borgani sari ko‘proq ishonch bilan interferension manzaraning siljimasligi tasdiqlana borgan. Lorens nazariyasiga muvofiq, harakatsiz efirda Yerning 30 km/s tezlik bilan harakat qilishi tufayli «efir shamoli» paydo bo‘lishi interferension manzaraning siljishini yuzaga keltirishi kerak edi. Maykelson tekshirishlarining ko‘rsatishicha,yo efir yer atmosferasiga butunlay ergashib ketishi lozim, biroq bu xulosa Fizo tajribasiga zid keladi, yoki efir o‘ziga nisbatan hisob sistemasi bo‘laoladigan muhitdir deb qarashimiz noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Birinchi faraz - efirning Yer atmosferasiga egashib ketishi-Fizo tajribalariga zid bo‘libgina qolmay, yulduz aberratsiyasi hodisasi bilan ham mos kelmaydi. Ma’lumki, yulduz aberratsiyasi Yer harakatisiz - tinch muhit deb qaralgan efirda harakatlanadi degan faraz asosida tezliklarning qo‘shilishlari haqidagi elementar teorema yordamida yaxshi tushuntiriladi. Yulduz aberratsiyasini suv bilan to‘ldirgan teleskopda kuzatish qisman egashish nazariyasini to‘la tasdiqlaydi, ya’ni Fizo tajribalariga mos keladi. Demak, efir nazariyasiga asoslanganimizda Fizo tajribasini, yulduz aberratsiyasi hodisasini va Maykelson tajribasini- hammasini birdaniga tushuntira olmay qolar ekanmiz. Maykelson tajribasining tushunarli bo‘lishi uchun efir bir xil xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak bo‘lsa, yulduz aberratsiyasini va Fizo tajribasini tushuntirish uchun butunlay qarama-qarshi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakligi kelib chiqadi. Maykelson-Morli tajribalarining salbiy natijali bo‘lib chiqishi keng va keskin ilmiy munozaralarga sabab bo‘lgan. Maykelson tajribasini efir nazariyasidan voz kechmay turib tushuntirishga turlicha urinib ko‘rilgan. Masalan, yorug‘likning tezligi yorug‘lik manbai tezligiga bog‘liq bo‘lib, u manba tezligi va manba harakatsiz deb faraz qilinganda yorug‘likning efirdagi tezligining yig‘indisiga teng bo‘lsa kerak degan gipoteza aytilgan. Bu gipoteza Maykelson tajribasini tushuntira olgan bo‘lsa-da, Dopler hodisasining mavjudligi bilan va yerdan tashqaridagi manbalarni kuzatishdagi xulosalar bilan kelisha olmagan. Nihoyat eng so‘ngi vaqtda (1956 y.) A.M.Bonch-Bruevich va V.A.Molchanov tomonidan bajarilgan Quyosh diskining turli chetlaridan chiqqan yorug‘likning tezligini bevosita o‘lchash natijalarining ko‘rsatishicha, yorug‘lik tezligi manba (xususiy holda o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi Quyosh) tezligiga bog‘liq emas ekan. Shunday qilib, tajribaning salbiy natijalari XIX asrning oxirlarida ko‘pgina fiziklarni jiddiy o‘ylashga majbur qildi. Hamma tushuntirishga urinishlar bekor ketdi. Yer sirtida efir tezligi nolga teng degan fikrlar ham bo‘ldi. Unda havo sharlariga efirni ta’siri sezilarli bo‘lishi lozim degan urinishlar ham muvoffaqiyatsiz bo‘ldi. Bundan tashqari ikkala gipoteza ham «yulduzlar yorug‘ligi aberratsiyasi» kuzatilishiga teskari edi. Maykelson tajribasi natijalarini izohlab berish uchun bir tomondan Fitsjerald, ikkinchi tomondan Lorensning o‘zi (1892 yil) nihoyat darajada asosiy bo‘lgan boshqa bir farazni taklif qildilar. Harakat natijasida barcha jismlarning chiziqli o‘lchamlari tezlik yo‘nalishida 2 1  nisbatda qisqaradi ( kontraksion gipoteza ) deb faraz qilindi: Lorensning tushuntirishicha bunday kamayishga efirga elektrik tabiatga ega bo‘lgan moddadagi molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchining ta’sir etishi tufaylidir. Fitsjerald-Lorens nazariyalari yetarli darajada ma’qul edi, lekin bu nazariyalar ancha universial bo‘lgan Albert Eynshteyn tomonidan taklif etilgan maxsus nisbiylik nazariyasiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Yuqorida keltirilgan uchta tajriba efirni xossalari buyicha bir-birini inkor qiluvchi xulosa beradi. Bundan ko‘rinadiki, efir gipotezasini fanda qabul qilib bo‘lmaydi. Lekin aytishlaricha shu izlanishlar A.Eynshteyn tomonidan maxsus nisbiylik nazariyasini yaratilishiga turtki bo‘lgan. Biroq Eynshteynning o‘zini yozishi bo‘yicha maxsus nisbiylik nazariyasini yaratilishiga boshqa tasavvurlar sabab bo‘lgan, Maykelson tajribasi haqida nisbiylik nazariyasi asoslarini yaratgandan so‘nggina bilgan. Eynshteyn o‘zining nazariyasini asosi sifatida - yorug‘lik tezligi inersial sanoq sistemasida kuzatuvchining ham, manbaning ham harakatiga bog‘liq emasligini qabul qiladi. O‘zgaruvchi elektromagnit maydonni mustaqilligini takidlab u butunlay efir gipotezasidan voz kechadi. Maxsus nisbiylik nazariyasida olingan tezliklarni qo‘shish qonunini qo‘llab quyidagini hosil qilish mumkin (с  ikkinchi darajali qo‘shiluvchi e’tiborga olinmadi). . 1 1 1 1 2 21                     n n c cn n c nc c n с с      (9.3) Bu tajriba natijasiga mos keladi. Maykelson tajribasiga ham qo‘llasak: . 1 21 соnstс сс с ссс с           Shunday bo‘lishi kerak (bu yerda tajriba vakuumda o‘tkaziladi deb xisoblanadi yoki havoning singdirish ko‘rsatkichi birga (n=1) teng deb hisoblanadi. Aberratsiyani relyativistik hisoblaganda tangens o‘rniga sinus olinadi, kichik aberratsiya burchaklarida bu funksiyalarning qiymatlari mos keladi. Maxsus nisbiylik nazariyasi postulatlari XIX asrning oxirlarida va XX asrning boshlarida Nyuton mexanikasi va Elektromagnit maydon nazariyalari oldida turgan muammolarga A.Eynshteynning(1905y.) maxsus nisbiylik nazariyasi yechim topdi. Eynshteyn o‘zining nazariyasini Maykelson-Morli tajribalarining salbiy natijalari asosida yaratgan deb o‘ylash to‘g‘ri emas. Eynshteyn Lorensning nazariy ishlarini o‘rgangan va u bilan faxrlangan. Maxsus nisbiylik nazariyasini yaratilishiga elektromagnit maydon nazariyasi muammolari va yorug‘lik nazariyasi to‘g‘risidagi izlanishlari turtki bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Masalan, Eynshteyn o‘ziga shunday savol beradi: «Agar men yorug‘lik nuri ustiga o‘tirganimda nimani ko‘rar edim»? Javob shundan iborat ediki, harakatdagi elektromagnit to‘lqin bilan birga, vaqt bo‘yicha o‘zgarmay qoladigan lekin amplitudasi fazo bo‘yicha o‘zgaruvchi o‘zgarmas elektr va magnit maydonini ko‘rar edi. Eynshteyn bunday maydonni topish mumkin emasligini, bilar edi. Bundan tashqari bu Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi bilan mos kelmas edi. Biz bilamizki Maksvell tenglamalari 0 0 /1   с tezlik bilan sinusoidal konun bo‘yicha tarqalayotgan elektr va magnit maydonlarini qanoatlantiradi. O‘zgarmas sinusoidal maydon (turg‘un yoki nol tezlik bilan tarqalayotgan), shuningdek har qanday s dan farqli tezlik bilan tarqalayotgan maydon uchun Maksvell tenglamalari yechim bo‘la olmaydi. Eyshnteyn shunday xulosaga keldiki elektromagnit to‘lqinni to‘htatib bo‘lmaydi. Eynshteyn o‘z qarashlarini ikkita postulat ko‘rinishida xulosa qildi. Birinchi postulati, Nyutonning nisbiylik prinsiplarini umumlashtirdi, bunday olganda nafaqat mexanika qonunlarini balki elektr va magnitizm bilan birga boshqa fizika qonunlarini ham umumlashtirdi. Birinchi postulat (nisbiylik prinsipi). Fizika qonunlari barcha inersial sanoq sistemalarida bir xil kechadi. Ikkinchi postulat (yorug‘lik tezligini doimiyligi). Yorug‘lik bo‘shliqda aniq s tezlik bilan tarqaladi va manbaning yoki kuzatuvchining harakatiga bog‘liq emas. Bu ikkala postulat Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasini asosini tashkil etadi. Maxsus yoki xususiy nazariya deb atalishi umumiy nisbiylik nazariyasidan farqlash uchun, umumiy nisbiylik nazariyasi noinersial sanoq sistemalarini ko‘radi (tezlashgan). Ikkinchi postulatni qabul qilish qiyin chunki ko‘pgina umumiy qabul qilingan tasavvurlarga qarshi. Birinchidan eng avvalo yorug‘lik bo‘shliqda tarqalishi lozim. Efirdan kechish qiyin emas bari bir uni qayd qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan manbaning yoki kuzatuvchining harakatidan qat’iy nazar yorug‘likning vakuumdagi tezligi doimiydir (3  10 -8 m/c). Bundan ko‘rinadiki kuzatuvchi yorug‘lik manbaiga qarabmi yoki aksincha harakatlanishidan qattiy nazar yorug‘lik tezligi bir xil. Bu bizning kundalik hayotimizdagi tajribalarga zid keladi, chunki tasavvurimizda kuzatuvchi yorug‘lik manbaiga yaqinlashishi bilan uning tezligi yorug‘lik tezligiga qo‘shilishini aksincha uzoqlashishi bilan ayrilishi lozim edi. Bu muammo biz kundalik hayotimizda hech qachon yorug‘lik tezligiga yaqin tezlikni ulchashga to‘g‘ri kelmasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham bunday katta tezliklarni qarashda bizni kundalik tajribalarimiz ko‘l kelishi foydali ekanligini kutmasligimiz kerak. Boshqa tomondan Maykelson-Morli tajribasi ikkinchi postulat bilan to‘la mos keladi. Maykelson-Morli tajribasini birinchi postulatning isboti sifatida ham qarash mumkin, chunki avtorlarning fikricha tajriba qandaydir absolyut sanoq sistemasiga nisbatan Yer tezligini ulchashga bag‘ishlangan. Maykelson-Morli tajribasining salbiy natijalaridan ko‘rinadiki hech qanday yakkalangan sanoq sistemasi mavjud bo‘lmaydi. Absolyut sanoq sistemasi tushunchasini inkor etib fizika Maksvell elektromagnit nazariyasini mexanika bilan birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Maksvell nazariyasida aytilgan yorug‘lik tezligi, har qanday sanoq sistemasida vakuumdagi tezligidir. Eynshteyn ko‘pincha tajribalarni xayoliy tasavvur qilar edi. Bunday analiz matematik hisoblashlarni va fizikaviy qurilmalarni talab qilmas edi. Bu yo‘lni Eynshteyn «xayoliy tajriba» deb atar edi. Shunday qilib, A.Eynshteyn yorug‘lik ustida o‘tkazilgan tajribalar asosida fazo-vaqt tasavvurlarining yangi nazariyasi – maxsus nisbiylik nazariyasini yaratdi.