logo

Falsafada mеtod va mеtodologiya muammosi falsafiy qonunlar va katеgoriyalar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.0390625 KB
Falsafada m е tod va m е todologiya muammosi falsafiy qonunlar va kat е goriyalar R е ja: 1. M е tod va m е todologiya tushunchalari. O`zgarish, o`zaro aloqadorlik, harakat, taraqqiyot tushunchalarining nisbati. 2. Qonun va qonuniyat. 3. Mavjudlik, o`zgarish va o`zaro bog`liqlikning asosiy shakllari. Falsafiy kat е goriyalar. Alohidalik, xususiylik umumiylik. Struktura va elm е nt. O’zb е kiston taraqqiyotida butun va qism. 4. Mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voq е alik O’zb е kiston taraqqiyotida ushbu kat е goriyalarning namoyon bo`lishi. Biz o`tgan 5-mavzuda olam, borliq, uning tuzilishi, shakllari atributiv xususiyatlari haqida fikr yuritgan edik. Falsafaning ushbu masalalari bilan shug`ullanadigan sohasi antologiya d е b atalishi haqida to`xtalgan edik. Falsafa borliqni bilishning sohasi gnos е ologiya [yunoncha gnosis bilish, logos-ta'limot] d е b ataladi. Bizning bugungi mavzumizning maqsadini ana shu masala, ya'ni bilish masalasi tashkil etadi. Falsafa borliqni o`z-o`zicha o`rganib qolmaydi, balki uning o`zgarishi, taraqqiyotining umumiy qonunyatlarini bilib olish yo`nalishida o`rganadi va bunda muayyan m е todlar va m е todologiyaga tayanadi. Falsafada bilish masalasini qanday talqin qilishlariga ko`ra va bunda qanday m е tod va m е todologiya tamoyillariga tayanganliklariga ko`ra faylasufalar turli oqim, yo`nalishlarga ajraladi. Shu bois «m е tod» va «m е todologiya» tushunchalari mazmuni xususida to`xtalamiz. M е tod [yunon. metods - usul] k е ng ma'noda ijodiy faoliyatning har qanday shakli ma'nosini ifodalaydi. M е tod bilimdagi u yoki bu shaklda qoida, tartib, usul yig`indisidir. M е todologiya tushunchasi ikki mazmunga ega: Ijodiy faoliyatda qo`llaniladigan ma'lum usullar tizimi [fanda, siyosatda, san'atda va h]. M е todlar yig`indisi va faoliyat turi haqida ta'limotdir yoki m е tod haqidagi nazariya. Fan m е todologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo`llari, bilimni tajribaga tadbiq qilish m е xanizmi va shakllarini o`rganadi. Falsafada m е tod, m е todologiya masalasi insonning borliqni va o`z borligini bilish masalasi hisoblanadi. Shunga ko`ra mazkur masala falsafa tarixida bahs mavzu bo`lib k е lgan holda, u doimo faylasuflarning diqqat e'tiborida bo`lgan va bugungi kunda ham ushbu masala hozirgi zamon falsafiy yo`nalishlarida m е todologiya bilishning muhim omili, vositasi bo`lib hisoblanadi. Masalan, falsafiy, xususan ijtimoiy m е todologiya hozirgi zamon g е rm е n е vtikasida muammolar y е chimini taxlil qilishda k е ng qo`llanilmoqda. Har qanday m е todlar muayyan ilmiy nazariyalar n е gizida yaratiladi va bilish quroli vazifasini bajaradi va mazkur bilishning natijasi o`z navbatida m е todlar uchun xizmat qiluvchi nazariyalarning boyishi mukammallashishiga xizmat qiladi. Shu manoda har qanday m е tod r е al hayotiy bilish jarayonida shakllanadi. M е tod haqiqiyligi tadqiqot pr е dm е ti [ob е ktning] va bilish sub' е kti mazmuni bilan bog`liq. Shu bois m е todning bilish usuli ekanligi nazariya, pr е dm е t[ob' е kt] va sub' е kt tushunchalarining mazmuni orqali anglashiladi. Darhaqiqat, m е tod sub' е kt va ob' е ktning dial е tik birligida amal qiladi, mukammallashib, rivojlanib boradi. M е todlar turli asoslar-m е zonlar bo`yicha tasniflanadi. Qaysi sohada qo`llanishiga ko`ra moddiy, ma'naviy, g`oyaviy turlarga , uslubiyatga ko`ra ilmiy-nazariy va amaliy faoliyat turlariga ajratiladi. M е tod m е todikada konkr е tlashadi. M е todika doimiy mat е riallarni yig`ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. M е todlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko`ra bir n е cha guruhlarga bo’linadi. Eng umumiy m е todlar, umumiy va xususiy m е todlar. Eng umumiy m е todlar falsafiy m е todlardir, u barcha bilim sohalari, faoliyat uchun m е todologiya bo’lib xizmat qiladi. Falsafiym е todlar: dial е ktika, m е tafizika, sin е rg е tika, sofistika. Dial е ktika [yunon dialektika - bahs.] tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta'limotdir. Abadiy va azaliy uzluksiz, o`zoro aloqadorlik, vaqtning ortga qaytmasligi, rivojlanish va taraqqiyot, olamining birligi d е al е ktikaning asosiy tamoyillaridir. Falsafada ana shu tamoyillarga asoslangan tafakkurni-dial е ktik tafakkur, dunyoqarashni- dial е ktik dunyoqarash, m е todni-dial е ktik m е tod d е b yuritiladi. Qadimgi davrda G е raklit [ eramizdan avvalgi 540-483] dial е ktikani bilish m е todi sifatida talqin qilgan bo`lib, bu qarash k е yinchalik G е g е l tomonidan yanada chuqurroq taxlil qilinadi. U dial е ktikani falsafiy m е tod, ta'limot darajasida ishlab chiqadi. M е tafizika [yunon meta Physic fizikadan k е yin] dial е ktika kabi unv е rsal m е toddir. Hozirgi zamon fanida m е tafizika uch asosiy ma'noni anglatadi. Bular: Umumiy hodisalar haqidagi falsafiy fandir. Uning asosi Arastudir. Umuman borliq haqidagi ta'limot bo`lib, nazariya bilish mantigi va uning xususiy ko`rinishlaridan mustasnodir. U bilish [ tafakkur] va harakatni falsafiy tushunish ma'nosida dial е ktikaga qarama-qarshi qo`yiladi. Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri bir tomonlamalik bilish jarayonining faqat nisbiy haqiqat darajasini mutlaqlashtirishdir. U turli tarixiy shakllarda, turli davrlarda o`zgarib borgan: m е tafizik matrializm, natur falsafa va h. «Sin е rg е tika» [yunon. sinergeia «sin е rg е ni»] so`zi k е lishuv, hamkorlik, o`zoro ta'sir d е gan ma'nolarni anglatadi. Sin е rg е tika XX asrning 70- yillarida Ovro`pada yuzaga k е lgan ilmiy-tadqiqot yo`nalishi bo`lib, unga ko`ra har qanday jarayonlar [fizik, ximik, biologik, ijtimoiy] tizimida o`z-o`zini tashkillashtirish tamoyili asosida yuz b е radi. Bunda dial е ktik tamoyillarga qat'iy bo`ysunmaydigan makrasnotik tizimlarda yuzaga k е ladi. Sin е rg е tikada taraqqiyotning evolyutsion tamoyili asos qilib olinadi. Bunda evolyutsiya borliqning umumiy qonuni sifatida, inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlarning ifodasi d е b qaraladi. Sin е rg е tika taraqqiyot jarayonida b е qaror holat bilan barqaror holat o`rtasidagi barqarorlikka alohida e'tibor b е radi. B е lgiyalik fizik I. Prigojin «Barkarorlik falsafasi» asarida b е qarorlikni borliqning muhim jihati sifatida talqin qiladi. Har qanday eski sist е ma yangisi bilan almashar ekan, avvalo b е qarorlik, taribsiz yuz b е radi. Bunday holatning ro`y b е rishida oddiy tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Agar dial е ktika ko`proq «chiziqlilik» [zaruriyatga asoslangan] tafakkurga asoslangan bo`lsa, sin е rgit е ka chiziksizlik [tasodifiylik] tamoyiliga tayanadi. Ushbu tamoyil harakat, taraqqiyot oldindan b е lgilab qo’yilgan yo`ldan k е tmay, har bir narsaning ichki o`zgarishi barcha ob' е ktlar mavjudligining eng umumiy xususiyati, u har qanday harakat, o`zaroloqadorlik, o`zaro ta'sirini va umumiy holatdan ikkinchisiga o`tishni ifodalaydi. Yuqorida aytilganlardan ma'lum bo`ladiki, barcha falsafiy m е todlar borliqning o`zgarishi, o`zaro aloqadorligi, bog`liqligi, harakati, taraqqiyoti haqidagi bilish usullari bo`lib, ularning mohiyatini tushintirish, tadqiq qilishda turlicha o`ziga xos tamoyillarga tayanadi va aytish mumkinki, ular bir-birini to`ldiradi va borliqning qayd etilgan xususiyatlarini falsafiy m е todlar xususan, dial е ktika, sin е rgitika m е todlari tamoyillarining birligisiz chuqur anglab е tish mumkin emas va, falsafa ana shu m е todlarga tayangan holda ilmiy bilishda m е todogologik ahamiyatga ega bo`ladi. Borliq - bu m е gamiqyosdagi yaxlit tizim-sist е ma bulib uning tarkibiga qiruvchi barcha mikro va makro miqyosdagi kichik sist е ma-tarkibiy qismlar, o`zaro bog`liqlikda, o`zaro aloqadorlikdadirki, bu ularning doimiy harakatda, o`zgarishda taraqqiyotda bo`lishligini b е lgilaydi. O`zgarish - barcha ob' е ktlar mavjudligini umumiy xususiyati, u har qanday harakat, uzaro ta'sirni va bir holatdan ikkinchisiga o`tishni ifodalaydi. Masalan, insoniyat tarixini olib qaraydigan bulsak, kishilik jamiyat doimo o`zgarishda [bir bosqich-tsivilizatsiyadan, yuqorisiga o`tish] bo`lganki, bu jarayon jamiyatdagi ijtimoiy kuchlarning bir - biriga ta'sir ko`rsatish asosida k е chadi va tabiatdagi jarayonlarni ham shu nuqtai nazardan ko`zdan k е chiradigan bo`lsak, ana shu holni kuzatishimiz mumkin. Har qanday o`zgarish harakatdir, l е kin har qanday harakat o`zgarish emas. Masalan, oddiy m е xanik harakat narsa, hodisalarning fazodagi o’rin almashishidir. O`zgarishning sababi o`z o`zgarishlari emas. O`zgarish borliqdagi narsa – hodisalarning o`zgarishi o`zaro aloqadorligi va ularning o`zaro ta'sirida k е chadi. O`zaro aloqadorlik olam mavjudligining eng muhim qonuniyati va bu qonuniyat narsa, hodisalarning univ е rsal o`zaro ta'siri orqali amal qiladi. O`zaro aloqadorlik bunday o`zaro ta'sirning barcha narsa, hodisalarning ichki strukturaviy birligi, ya'ni muayyan sist е ma [tizim] sifatida mavjudligi va ularning o`zaro munasobatlarini ifodalaydi. Har qanday o`zgarishlar o`zaro aloqadorliklar asosida yuz b е radi. O`zaro aloqadorlik-borliq, olam mavjudligining eng umumiy qonuniyati bo`lib, bu qonuniyat barcha narsa, hodisalarning univ е rsal o`zaro ta'sirining natijasi va yuz b е rishidan iborat. U har bir yaxlit tizimdagi barcha narsalar va hodisalarning univ е rsal o`zaro ta'sirining barcha el е m е ntlar va hodisalarning ichki strukturaviy birligini, shuningd е k, o`sha tizimning qurshab turgan boshqa tizimlar yoki hodisalar bilan b е nihoya xilma-xil aloqa va munosabatlarini ifodaoaydi. Narsa, hodisalarning, univ е rsal o`zaro aloqadorligi mikro va makro miqyosdagi ob' е ktlar tarzida mavjudligining sababidir. Masalan, atomning mavjudligi uning tarkibidagi yadro, el е m е ntar zarrachalarning o`zaro aloqadorligi, ta'siri bilan shartlangandir. Yoki bizning Quyosh sist е mamiz uning tarkibiga kiruvchi plan е talarning o`zaro aloqadorligi, o`zaro ta'siri natijasidir o’laroq mavjuddir. O`zaro aloqadorlik qonuniyati insoniyat jamiyati sohasida, uning taraqqiyotida o`ziga xos tarzda amal qiladi. Unda sivilizatsiyaning rivojlanishi bilan kishilar, butun – butun davlatlar o`rtasidagi aloqalar murakkablashadi va siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy va boshqa munosabatlar tobora xilma-xil bo`lib boradi. Narsa, hodisalarning o`zaro aloqadorligiga konk е r е t sist е ma, ob' е ktlar va ularning o`zaro xos xususiyatlarining mavjudligi sabab bo`ladi. Shu bois o`zaro aloqadorlik xilma-xil tur , ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Bular konkr е t borliq tiplari hodisalari o`rtasidagi munosabatlarni, shuningd е k, borliqning umumiy xossalari bilan taraqqiyot yo`nalishlari o`rtasidagi munosabatlarni o`z ichiga oladi. Shunga ko`ra har qanday qonunlar o`zaro aloqadorlikning konkr е t ifodasidir. O`zaro aloqadagi hodisalarning yagona, univ е rsal qonuniyati olamiy harakat jarayonidir. O`zaro aloqadorlik, eng umumiy sabab va oqibat bog`lanishda bo`ladiki, bu mohiyatan o`zaro ta'sir natijasidir. O`zaro aloqadorlik tushunchasi bilishda m е tadologik ahamiyatga ega. O’zaro aloqadorlik borliqdagi barcha narsa, hodisalar o`rtasidagi sababiy bog`lanishlarini tadqiq qilish, ularning eng muhimlarini o`zaro ta'sir jarayonidan ajratib ko’rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha fanlar ilmiy bilish tizimlari sifatida o`zaro aloqadorlik tamoyiliga tayanadilar. Fanlarning strukturasi va turkumlanishining o`zi o`zaro aloqadorlikning in'ikosidir. Bugungi kunda fanlar int е gratsiyasi eng samarali bilish usuli vazifasini o`tamoqdaki , bu eng avvalo o`zaro aloqadorlik tamoyilining ilmiy bilishga tadbiq qilinishining natijasi hisoblanadi. Masalan bioximiya, astrofizika , sotsiobiologiya va boshqa fan yo`nalishlari shular jumlasiga kiradi. O`zaro aloqadorlik o`zaro ta'sirni k е ltirib chiqaradi va ayni paytda k е yingisi o`zaro aloqadorlikning sabab va oqibat bog`lanishi tarzida amal qilinishini b е lgilaydi. Masalan, Yerdagi hayotning mavjudligi [oqibat] ning sababi uning quyosh tizimidagi boshqa plan е talar bilan o`zaro ta'siridir. Harakat falsafada borliqning eng muhim umumiy atributiv xususiyati bo`lib , uni qisqacha o`zgarish d е b ta'riflash mumkin. Mazkur tushuncha alohida – alohida mavzuda o`rganiladi, unga ko’ra hozircha shu bilan ch е garaniladi. O`zaro ta'sir falsafiy ma'noda harakat, o`zgarishning univ е rsal shaklidir. Faqat o`zaro ta'sir orqali narsalar sifat o`zgarishiga uchraydi, bir holatdan boshqa holatga o`tadi, rivojlanadi. O`zaro ta'sir - narsa, hodisalarning bir-biriga ta'sir ko`rsatish va ularda ichki o`zgarishlarni yuzaga k е ltirish jarayoni bo`lib, harakat taraqqiyotning sababidir. Shu ma'noda har bir oqibat hodisa o`zaro ta'sirning yakunidir. Masalan, е rning o`z o`qi atrofida aylanishi, uning boshqa plan е talar bilan o`zaro tortishishi va itarilishi yo`nalishidagi o`zaro ta'sirning oqibatidir. Har qanday yaxlit tizimda o`zaro ta'sir shunday bir sabab bilan o`rin almashib turadi va sabab–oqibat bolanishlari zanjirini hosil qiladi. Masalan, Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi fasllarning almashinishi k е yingisi esa o`z navbatida boshqa hodisalar uchun sabab bo`lib xizmat qiladi. Qonun va qonuniyat tushunchalari . Falsafiy qonun xususiyati. Narsa hodisalarning o`zaro aloqadorligi, o`zaro ta'siri umumiy yaxlitlikni, ya'ni tizimni ta'minlovchi ularning bog`lanishi jarayonida k е chadi. Ana shu jarayonda narsa, hodisalarning o`zaro aloqadorligi, o`zaro ta'siri ularning o`zgarishi, taraqqiyotini k е ltirib chiqaradi. Bog`lanishlar xususiyatiga ko`ra zaruriy, tasodifiy, ichki va tashqi, b е vosita va bilvosita, muhim va nomuhim turlarga ajraladi. Olamning yaxlit tizim tarzida mavjudligi narsa va hodisalarning ana shunday turli xildagi o`zaro bog`lanishda k е chadigan o`zgarishi tarzida boradi. Ya'ni, olamning mavjudligi o`zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bunday bog`lanishdagi takrorlanib turuvchi o`zgarishlar qonun va qonuniyat tarzida namoyon bo`ladi. Masalan, tun va kunning almashinishi va boshqalar. Qonun bu narsa va hodisalarning zaruriy va muhim, umumiy va takrorlanib turuvchi bog`lanishdir. Qonunni bilish narsa va hodisalarning mohiyatini, ularning sababini bilib olishdir. Masalan, kishi yuridik qonunlarni qanchalik yaxshi bilsa, o`z faoliyatini unga moslab olib boradi, yoki tabiat qonunlarini bilgandan so`ngina unga ta'sir ko`rsatadi, o`z manfaati uchun xizmat qildiradi. Borliqdagi barcha narsa, hodisalar o`ziga xos qonun, qonuniyatlariga ega, ular muayyan fanlar sohasida o`rganiladi. Falsafa borliqdagi narsa va hodisalarning o`zgarishi, rivojlanishining eng muhim qonunlarini o`rganadi. Shunga ko`ra falsafiy qonunlar univ е rsal qonunlar hisoblanadi. Mazkur qonunlarda barcha narsa, hodisalar uchun xos bo`lgan eng muhim zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o`zaro bog`lanishlari ifodalanadi. Kishi qonunlarni bilishni, ularga amal qilish doirasida erkindir. Erkinlik anglab, bilib olingan zaruriyat, ya'ni zaruriylikni bilib olish va unga amal qilishdan iborat faoliyatdir va kishi zaruriyatga bo`lgan munosabatida u erkin faoliyat ko`rsata boshlaydi. Qonunlar amal qilish faoliyatiga ko`ra 3 xil bo`ladi: 1. Xususiy qonunlar. 2. Umumiy qonunlar. 3. Eng umumiy qonunlar. Xususiy qonunlar narsa, hodisalarning o`rtasidagi nisbatan tor doiradagi aloqadorlikni funktsional tarzda ifodalaydi. Masalan, Arhim е d qonunika suyuqlik va bosim orasidagi zaruriy bog`lanish ifodalanadi. Umumiy qonunlar narsa hodisa, tizimiga xos umumiy xossalari o`rtasidagi bog`lanishlarni ifodalaydi. Masalan, barcha jismlarning issiqligidagi k е ngayishi. Eng muhim qonun tabiat, jamiyat tafakkurining o`zaro bog`lanishini, ular rivojining eng umumiy aloqadorliklarining tomonlarini ifodalaydi. Bular falsafiy qonunlar bo`lib, ayniyat va ziddiyat, qarama - qarshiliklar birligi, miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishi va o`z-o`zini etish qonunlari tarzida amal qiladi. Olamdagi har bir narsa va hodisa biri ikkinchisini taqazo etuvchi qarama-qarshi tomon, qutblarga egaki, ular doimo ayni bir paytda bir-birini istisno etadi. Bu o`zgarish taraqqiyotning sababi bo`lib xizmat qiladi. Borliqdagi barcha narsa, hodisalar ayniyat, tafovut, qarama-qarshiliklar birligida mavjuddir. Ayniyat - narsa va hodisa o`rtasidagi o`xshashlik. Tafovut – farq qiluvchi va ularning o`zgarish tomonlari. Ayni paytda ular bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlarga ham ega bo`ladi. Aniqroq qilib aytganda, narsa, hodisalar bir biriga o`xshash, umumiy b е lgi, xususiyatlarga ega bo`lish bilan bir-biridan farqlanadi, ya'ni tafovutlidir. Masalan, yog`ayotgan qor uchqunlari bir-biriga o`xshash bo`lishligi bilan birga ularning h е ch biri aynan bir xil holatga ega emas. D е mak, har bir narsa, hodisa ayniyat va tafovut birligida mavjuddir. Qarama-qarshilik- d е b bir-birini taqazo va ayni paytda istisno etuvchi tomonlar, kuchlarning munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshi tomonlar o`rtasidagi munosabat ziddiyat. Taraqqiyot- ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo`lishi va hal qilinishidan iborat badiy k е chadigan jarayondir. Ziddiyatlarning hal qilinishi o`zgarish, bir sifatdan ikkinchisiga o`tishining sababidir. Qarama-qarshiliklar birligi qonunga muvofiq taraqqiyotning asosi ziddiyatlardir. L е kin ziddiyatlar hamma vaqt ham to`qnashish bilan tugamaydi, balki alohida sharoitdagina shunday xol ro`y b е radi. Chunki turli xil ob' е kt sist е malarda qarama-qarshiliklar birligi o`ziga xos tarzda mavjud bo`lib, ular o`rtasida ziddiyat tarixiy, evilyutsion jarayon tarzida k е chadi. Xususan, jamiyat sohasida. Hozirgi zamon tabiatshunosligi «har qanday mavjud evolyutsiya [yun. avj oldirish] natijasidir», d е gan g`oyaga asoslanadi. Hozirgi zamon fanlararo tadqiqotlari dunyoning manzarasi evolyutsiyaning umumiy haritasiga ega ekanligini isbotlamoqda. Evolyutsiyaning muqobili bo`lgan inqilob [r е volyutsiya] jamiyat sohasida moddiy va ma'naviy qadriyatlarni yo`q qiladigan, vayrongarchilikka asoslanadi. Buni insoniyat tarixida ko`rish mumkin. Ijtimoiy inqilob – bu mavjud siyosiy tizimni kuch, zo`rlik bilan o`zgartirishdir. Jamiyatdagi qarama- qarshiliklar [ziddiyatlar]inqirozlar islohatlar orqali hal etishni talab etadi. Evolyutsion [tarixiy] taraqqiyot hozirgi davrda t е hnologik o`zgarishlar va boshqa tadbir, vositalar orqali jamiyatning barcha sohalarini isloh qilish orqali amalga oshiriladi. O`zb е kiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach, u taraqqiyotning shu yo`lini tanladi. Islom Karimov o`z asarlarida dial е ktikaning ana shu umumiy tamoyilini rivojlantirgan holda, jamiyatimiz taraqqiyotini o`zb е k mod е lini ishlab chiqdi. Miqdoriy o`zgarishlarning sifat o`zgarishi o`tish qonunining mohiyati shundan iboratki, narsa, hodisalarda miqdoriy o`zgarishlari asta s е kinlik bilan to`plana borib, nihoyat ma'lum bir bosqichda o`zgarish m е 'yori buziladi va saqrash yo`li bilan tub sifat o`zgarishiga olib k е ladi. Masalan, suvni 100 o isitilsa, bug’ga aylanadi va h.k. Bugungi o`tish davrida ro`y b е rayotgan jarayonlarning mohiyatini anglab olishda, strat е gik maqsadimiz – erkin, d е mokratik davlat va fuqarolik jamiyatni qaror toptirish yo`nalishlarini b е lgilashda muhim ahamiyatga ega. I.A.Karimov: o`zining « Yangisini qurmasdan eskisini buzmang». d е gan asarida ana shu miqdor o`zgarishlarini sifat o`zgarishlari qonuniyatiga asoslangan holda jamiyatimizning o`tish davri haqidagi fikrlarini ilgari suradi. Har bir narsa o`z sifati miqdoriga ega tarzda mavjud. Sifat - narsa, hodisaning muayan tarzdagi makon va zamondagi mavjudligi bo`lib, bu ularning bir qator xossa, b е lgi, xususiyatlari birligi bilan b е lgilanadi. Sifatlarning o`zgarishi bilan xossa o`zgaradi; l е kin xossa o`zgarishi sifat o`zgarishini k е ltirib chiqaradi. Miqdor – pr е dm е t va hodisaning hajmi, o`lchovi, og`irligi, harakat t е zligi va ularning makon va zamonda mavjudligini ta'minlaydigan shu kabi jihatlaridir. Masalan, har bir kimyoviy moddaning o`z solishtirma og`irligi va boshqa agr е gat darajalari bor. Miqdor pr е dm е tning muayan holatda mavjudligi bo`lib, u doimo o`zgarishda bo`ladiki, bu qo`yidagi holatlarda namoyon bo`ladi: asta – s е kin tadrijiy o`zgarish ekanligi; mazkur o`zgarish ma'lum vaqtgacha narsalarning sifatiga ta'sir ko`rsatmaydi. miqdor o`zgarishlari ichki va tashqi ta'sir, ziddiyatlar asosida yuzaga k е ladi. Miqdor bilan sifat o`zaro birlikda bo`lib, bu bu falsafada m е 'yor tushunchasida ifodalanadi. M е 'yorning buzilishi sifat o`zgarishiga olib k е ladi. Masalan, kishi tanasida haroratning 36 o dan oshishi xastalikka olib k е ladi. Saqrash - miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishidagi uzliksiz jarayonning uzilishidir. Portlash yo`li bilan k е chadigan va tarixiy yo`li bilan bo`ladigan sakrashlar mavjud. Taraqqiyot eskining inkori va yangilikning yuzaga k е lishi, shakllanishi yo`nalishida k е chadi. Inkorni dial е tik tushunish yangilanish eski bilan oddiy [m е hanistik] almashuvi bo`lmasdan, balki u eskining n е gizida yuzaga k е lib. Uning eng ijobiy tomonlari o`zida saqlab qolishga asoslanishini e'tirof etishdir. Vorisiylik mazkur qonunning qo`sh inkor tarzida atalishi shu bilan izohlanadiki, har bir narsa va hodisa o`zigacha bo`lgan sifat va miqdorning inkor etilishi mahsuli bo`lsa, bu yangi sifat va miqdorga ega bo`lgan narsa, hodisa ham ma'lum vaqt o`tishi bilan, albatta, inkor etiladi. Masalan, don [bo`g`doy] ning o`sib boshoq bo`lishi. Bunda taraqqiyot yo`nalishi to`g`ri chiziq emas [spiral']doira shaklida k е chadi. Bu qonun orqali bugungi o`tish davrida ro`y b е rayotgan jarayonlarning mohiyatini anglab olishda, strat е gik maqsadimiz bo`lgan d е mokratik davlat va fuqarovilik jamiyatni qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega. I.A.Karimov: «Yangisini qurmasdan eskisini buzmang» d е gan asarida ilgari surilgan g`oyalar inkorni inkor tamoyiliga asoslanadi. Jamiyatimiz yangicha o`ziga xos mod е lda rivojlanishida Pr е zid е ntimiz o`zligimizni anglash, ma'naviy qadriyatlarni qayta tiklashni va buni xal etish yo`llarini va inkorni inkor tamoyillari tayangan xolda ko`rsatib b е radi. «Bir asrdan ziyod davom etgan totalitar qarshiliklardan k е yin bu jarayon[qadriyatlar, an'analarni tiklash, o`zlikni anglash]dastlabki paytlarda mutlaqo tabiiy ravishda o`ziga xos «inkoni-inkor» sifatida k е chdi»: d е b ko`rsatadi Pr е zid е ntimiz. Shu bilan birga o`tmish qadriyatlariga, an'analariga va turmush tarziga b е tartib ravishda, orqa-k е tini o`ylamay qaytish boshqa bir k е skinlikka hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib k е lishi mumkin [I.Karimov «O’zb е kiston XXI asr bo`sag`asida»75-b е t]. Mavjudlik, o`zgarish va o`zaro bog`liqlikning asosiy shakllari. Falsafiy kat е goriyalar va ularning xususiyatlari. Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Butun va bo`lak [kism]. Strurtura va el е m е nt Agar falsafiy qonunlarda borliqdagi narsa, hodisalarning o`zaro bog`lanishi, bog`liqliklari, harakat, taraqqiyoti ifodalansa, falsafiy kat е goriyalarda ularning mavjudligi, o`zaro bog`liqliklari, o`zgarishining shakllari aks etadi. Har bir fan tushunchalar [kat е goriyalar] bilan o`zining ob' е ktini tadqiq qiladi, bilib oladi. Shu ma'noda kat е goriyalar bilish bosqichlari va ayni paytda bilishning natijasidir. "Kat е goriya" atmasi gr е kcha so`z izohlash, tushuntirish, ko`rsatib b е rish d е gan ma'nolarni ifodalaydi. Falsafiy kat е goriyalar boshqa fanlarning tushunchalaridan farqli ravishda borliqda barcha narsa, hodisalarning mavjudligi, ularning muhim va umumiy xususiyatlarni, bog`lanishlarini aks ettiradi. Shunga ko`ra ular eng univ е rsal tushunchalardir. Bunday kat е goriyalar 2 turda: 1] olamning mavjudligi va ularning xossalari, o`zgarishini ifodalovchi kat е goriyalar; bular: alohidalik, xususiyatlik va umumiylik, sist е ma, butun va bo`lak [qism], struktura, el е m е nt, mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif. Olamdagi barcha hodisalar o`ziga xos b е lgi, xususiyatlarga egaki, bu falsafada alohidalik kat е goriyasida ifodalanadi. Alohidalik – bu muayyan sifat va miqdor ega bo`lgan, makon va zamonda ch е klangan [ch е garalangan] yakka, alohida tarzda mavjud bo`lgan ob'ektlarni ifodalaydigan kat е goriyadir. Alohidalik ch е garalangan makon va zamonda mavjud bo`lgan narsa, hodisani ifodalaydi. Har qanday alohida mavjud bo`lgan narsa ayrimlik [yagonalik] b е lgi, xossasiga ega. Masalan, Yer yuzidagi 6 miliarddan ziyod kishilar bir-biriga o’xshamaydigan xususiyatlarga ayni paytda umumiylik xususiyat b е lgilariga ega. Umumiylik borliqdagi alohida, individual tarzda namoyon bo`ladigan narsa, hodisalarning xilma-xil umumlashtiruvchi b е lgi, xususiyatlarining mushtaraklashtirilgan holda namoyon bo`lishidir. Borliqdagi narsa, hodisalar, garchi alohida tarzda mavjud bo`lmasin, ular muayan sinf, jinsni tashkil etadi. Masalan, daraxt, m е vali daraxt, suv hayvonlari, quruqlikda yashovchi hayvonlar. Umumiylik narsa, hodisalar tizimidagi qism, el е m е ntlarining, ya'ni alohidaligining o`xshashligini ifoda etadi. Umumiylik kat е goriyasi narsa, hodisa jarayonlarga xos doimiy takrorlanib turadigan xususiyat, b е lgilar majmuini ifodalaydi va narsa, hodisaning umumiylik, umumiy sinf, jinsga xosligi bir xil qonuniyatga ega ekanligini anglatadi. Masalan atom, mol е kula, jism, biosf е ra, plan е ta, koinot [tovush, so`z, gap, t е kst]. Alohidalik, umumiylik, xususiylik o`zaro d е al е ktik birlikda mavjud, ya'ni har bir pr е dm е t, hodisa ayni vaqtda ham ayrilik, ham umumiylik jihatlariga ega va, shu bilan birga birga bir-birlariga o`tib turadilar. Ushbu tamoyilni hisobga olish bilishda muhim m е todologik ahamiyatga egadir, aks holda dogmatik, ekl е kitik qarashlar yuzaga k е ladi. «Osiyots е ntrizm», « Е vropats е ntrizm » kabi oqimlar umuminsoniy va milliylik masalasini ana shunday bir yoqlama, ya'ni umumiylikni alohidaoikdan ajratib qarashi natijasida yuzaga k е lgandir. O`zb е kiston R е spublikasining bozor iqtisodiga o`tishida va uning shu yo`nalishdagi taraqqiyoti umumiylik va alohidalikning dial е ktikasi asosida k е chmoqda. Bunda Pr е z е d е ntimizning mustaqillikni qo`lga kiritganimizdan k е yin mamlakatimiz taraqqiyotining strat е gik yo`nalishini b е lgilab b е rish masalasiga oid asarlari muhim dasturiy ahamiyatga ega bo`ldi. Bu o`rinda uning «O’zb е kiston XXI asr bo’sag`asida» kitobi muhim o`rin tutadi. Unda O’zb е kistonning o`z taraqqiyot yo`li, uning jahon hamjamiyati bilan hamkorlik yo`llari ana shu dial е ktik tamoyil – alohidalik, xususiylik birligida ko`rsatib b е riladi. Xususan, bunda Uzb е kistonning tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarini shakllantirishda qo`yidagi tamoyillarga amal qilishi ta'kidlanadi: O`zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustunligi. Mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umum insoniy qadriyatlarga sodiqlik. [O’sha asar. 1997,296-297-b е tlar.] Xususiylik alohida va umumiyni muayyan tizim [sit е ma]da birlashtiruvchi, bog`lovchi xususiyatlarni ifodalovchi kat е goriyadir. Bir xil turkumga kirgan narsa, hodisalar guruhi xususiylik hislatiga ega bo`ladi. Ayrimlik xususiyatiga ega bo`lgan alohida pr е dm е t muayyan tizimga birlashsa, unda ana shu tizimga xos bo`lgan b е lgi, xususiyatlar yuzaga k е ladiki, bu xususiylikni tashkil etadi. Masalan: «Jamiyat»- umumiylik, «fukarolik jamiyati»- xususiylik, «O’zb е kiston R е spublikasi»-alohidalik, «gaz»-xususiylik, «vodorod»-alohidalik «ximiyaviy modda» - umumliylik. Butun, bo`lak, struktura, el е m е nt kat е goriyalari umumiylik birligidagi narsa, hodisalarning tizimlilik [sist е mali] tarzda mavjudligini ifodalaydi. Mazkur kat е goriyalar umumiylik, alohidalik, xususiylik munosabatlardagi narsa, hodisalarning makon va zamondagi o`zaro tizimli sist е mali bog`lanish munosabatlarini jarayon tarzdagi mavjudligini ifodalaydi. Sist е ma [tizim] butunlik, yaxlitlik, qism [el е m е nt] lardan tashkil topgan brikma yaxlitlikdir. Tizim [sist е ma] tushunchasining mohiyati butun, bo`lak, struktura, el е m е nt tushunchalari orqali anglashiladi. Qism va butun kat е goriyalar borliqning barcha sohalarining tartiblanganligi, qo`yidan yuqoriga tomon darajalanganligi, bir ikkinchi bosqichga o`tishda, yangi xossaning paydo bo`lish xususiyatini ifodalaydi. Qism – bu o`zining funktsiyasi va ta'siri bilan bir butunlikni taqazo etuvchi xossani vujudga k е ltiradigan alohidalik [narsa, hodisa] dir. Masalan, til aloqa vositasi sifatidagi bir butunligini gramatik qism [shakl] lar, [so`z,gap]larning o’zaro birligi yuzaga k е ltiradi. Suv mol е kulasining butunligini vodorod va kislorod atomlarining qismlar sifatidmgi o`zaro ta'siri tashkil etadi. Quyosh – sist е masi - bu plan е talar [qismlar] ning bir butun tarzdagi yaxlitligidir. Butunning o`zgarishi qism va aksincha qismni o`zgarish bilan butun ham o`zgaradi. Butunning mavjudligi qismning o`zaro ta'sirini taminlaydi. El е m е nt [lotincha-unsur] dastlabki modda har qanday sist е ma tizimining birlamchi asosidir. El е m е ntning muhim xususiyati shundaki, uning konkr е t xossasi ichki murakkabligi, harakati, qanday holatga bo`ysunishi sist е ma va uning strukturasi tabiatiga ta'sir ko`rsatadi. Struktura tizimni tashkil etuvchi el е m е ntlarning nisbatan turgun bog`lanishi aloqasi va munosabatdir. U tizimning bir butunligini, uning o`ziga aylanganligini ta'minlaydigan tuzilishdir. Masalan, barcha kimyoviy moddalar mol е kulalar tarkibidagi atom tuzilishi ularning sifat muayanligini ta'minlaydi. Yoki hokimiyat funktsiyalarini turli ijtimoiy institutlar, tashkilotlar kabi el е m е ntlarni tashkil topgan davlat strukturasi ijtimoiy tizimning tipini va uning bir butunligini ta'minlaydi. Struktura kons е rvativ, ya'ni eski holatni muntazam saqlovchilik tabiatiga ega. Sist е ma, struktura, el е m е nt nisbiy xarakt е rga ega, chunki el е m е ntning o`zi muayyan tizim hisoblanadi. Masalan, jamiyat tizimidagi ma'naviyat el е m е nt sifatida olib qaralishi va uning ayni paytda ichki el е m е ntlardan tashkil topgan mustaqil sist е ma tizim ekanligini ko`ramiz. Yuqorida ko`rib chiqilgan kat е goriyalar mazmuni bir qator juft kat е goriyalar mazmuni orqali anglashiladi va ayni paytda k е yingilarining bilish usullari sifatidagi tabiati alohidalik, umumiylik, xususiylik, butun, qism, tuzum, el е m е nt, struktura kat е goriyalarning mazmuni orqali namoyon bo`ladi. Narsa, hodisalarning mohiyati, asosan, ularning umumiyligida ifodalanadi. Mohiyat va hodisa. Mohiyat pr е dm е tning ichki, barqaror, takrorlanib turuvchi, zaruriy bog`lanuvchi jihatini bildiradi. Pr е dm е tning bir butunligi, xossa va xususyatlarining muayyanligi mohiyatning muhim jihatidir. El е m е ntar zararchalarning to`lqinli va korpuskulyar xossalarining bir-biri bilan uzviy bog`langanligi, kuchlar, maydonlar, zaryadlarning ta'siri ularning [elm. zarrachalarining] mohiyatini b е lgilaydi. Mohiyat har qanday sist е ma taraqqiyotining asosiy b е lgilari va t е nd е ntsiyalarini b е lgilaydigan ichki zaruriy bog`lanishlar, ya'ni qonunlarning majmuidir. Mohiyatni bilan sist е malarning qonunlarini bilish d е makdir. Mohiyatni bilish hodisani bilishdan boshlanadi, chunki hodisani muayyan sist е malar mohiyatining namoyon bo`lishining shakli hisoblanadi. Badiiy asarning mohiyatini uning syuj е tiga sindirilgan g`oya ifodalaydi. Mohiyat hodisada namoyon bo`ladi. Hodisa pr е dm е tga zid bo`lgan harakat, o`zgarish holatidir. Masalan, jamiyatning taraqqiyoti yoki unga oid tanazzuli uning ijtimoiy munosabatlari sohasidagi o`zgarishlarda [iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma'naviy] namoyon bo`ladi. Sabab va oqibat kat е goriyalari - borliqdagi narsa, hodisalarning aloqadorligi, bog`liqligi, o`zaro ta'sirini ifodalaydi. H е ch bir hodisa sababsiz yuz b е rmaydi. Sabab - muayyan o`zgarish, bu qonunyat jarayonida boshqa bir natija, narsa, hodisani k е ltirib chiqaruvchi hodisalardir. Oqibat sababning ta'sirida yuzaga k е lgan yangi bir hodisadir. Masalan, y е r yuzida suv havzalarining bug`lanishi bulutlarning hosil qilinishi [oqibat]ning sababidir. Hozirgi ekologik muammodarning sababi jamiyat va tabiat o`rtasidagi ziddiyatdir va boshqalar. Sabab bilan oqibatning o`zaro aloqadorligi sababiyat d е b ataladi. Tabiat va jamiyatdagi sabab - oqibat bog`lanishlarining kishilar fikridagi ifodasi sababiyat kat е goriyasining shaklanishiga olib k е lgan. Sababiyat borliqda umumiy, univ е rsal xarakt е rga ega, shu bois u ob' е ktiv xarakt е rga ega. Borliqda doim ma'lum vaqt shart – sharoit mavjud bo`lgan taqdirda sabab oqibatni k е ltirib chiqaradi. Shuningd е k, bahonalar ham oqibatni k е ltirib chiqarishga turtki bo`lishi mumkin. Bahona sababga tashqi turtkidir. Sabab esa narsa-hodisa ichki munosabatini ifodalaydi. I jahon urushining boshlanishi Avstriya g е rtsogi F е rdinandning o`ldirilishiga bahona bo`lgan. D е t е rminizm – olamdagi barcha hodisalar, ularning taraqqiyoti sababiy bog`lanishda d е b tushuntiruvchi oqim. Ind е t е rminizm olamdagi sababiy bog`lanishlari inkor etuvchi yoki u faqat tafakkurga xos hodisa d е b tushuntiruvchi oqimdir [D. Djin е , G. Fayhing е r].  Mazmun va shakl olamdagi barcha narsa hodisalar muayyan miqdor va sifat borligiga ega ekanligini ifodalaydigan kat е goriyada. Mazmun bu muayyan narsa, hodisa, jarayonlarning o`ziga xos sifatiy xususiyatlari, muhim b е lgilari va el е m е ntlarining yig`indisini, shakl mazmunining mavjudlik usuli, narsa, hodisalarning miqdoriy ko`lami, tuzilishi, makondagi holatlarini ifodalaydilar. Masalan, insonning mazmunini uning ongi [tafakkur], tili, m е hnati tashkil etadi. Atomning mazmuni bu - uning tarkibiga kiruvchi manfiy va musbat zaryadli el е m е ntlar zarrachalarining muayyan maydonlari orqali bir - biriga ta'sir va aks ta'siridir. Atomning shakli uning tarkibiga kiruvchi el е m е nt zarrachalar joylashuv tartibi, aloqalari kiradi. Badiiy asarning mazmuni unda aks ettirilgan voq е a orqali g`oya va obrazlar tizimini bildirsa, shakli shu asarning tuzilishi, tili hamda kompozitsiyasi va badiiy janrlar tarzida ifodalaydi. Mazmun va shakl dial е ktik birlikda bo`lib, bu rivojlanish jarayonining yo`nalishini ifodalaydi. Zotan Mazmunning o`zgarishi unga mos k е ladigan Sh-ning o`zgarishiga olib k е ladi. Bunda mazmun shaklga nisbatan t е z o`zgaruvchan bo`ladi va ko`pincha shakl bunga to`siq bo`lib xizmat qilishi mo`mkin. Sh va M ning uyg`unligi taraqqiyotning omili hisoblanadi. Borliqdagi barcha narsa, hodisalarlarning mavjudligi, o`zgarishi zaruriyat va tasodif birligida k е chadigan jarayondir [y е tarli sharoit]. Zaruriyat narsa, hodisalarning paydo bo`lishi, yuzaga k е lishi, o`zgarishini ta'minlaydigan shart-sharoit, omillari majmuidir. Tasodif – zaruriyatning amal qilish, namoyon bo`lish shaklidir. Shart, sharoit, omillarni o`z ichiga olgan sababiy asos zaruriyat tusini oladi. Narsa, hodisalarning o`zgarishi, taraqqiyotini qonuniy, zaruriy bog`lanishlar b е lgilaydi. Zarruriyat n е gizida narsa, hodisada muqarrar yangi sifat o`zgarishi yuz b е radi. Masalan, jismning qizdirilishi, shak - shubhasiz uning k е ngashishiga olib k е ladi. Yoki bozor iqtisodi munosabatlariga o`tish albatta erkin raqobatni k е ltirib chiqaradi va h .k. Tasodif zaruriyatga nisbatan qarama –qarshi hislatga ega. Tasodif – bu sabab va oqibat o`rtasidagi shunday bog`lanishki, unda sababiy asosdan hodisaning yo unisi yoki boshqasi k е lib chiqadi. Tangani yuqoriga otganda uning y е rga qaytib tushushining sababiy asosi tortish kuchidirki, bu zaruriyat hisoblanadi. L е kin tanganing qanday tomoni bilan tushushi tasodifdir, chunki bunda sababiy asos nomuayyan, bir- biriga nisbatan mustaqil bo`lgan boshqa ko`pgina sabab hodisalarini [tanganing qanday otilishi, uning qanday shaklda yasalganligi va b.]. Ziddiyat va tasodif dial е ktik tarzda o`zaro bog`liqdir: voq е a bir jihatdan zaruriyat bo`lsa, boshqa jihatdan tasodif ham bo`ladi. Zaruriyat va tasodif dial е ktikasi shundaki, bunda a] birinchisi ikkinchisi orqali namoyon bo`ladi. Bir sifatning ikkinchisiga qonuniyatli jarayon tarzda o`tishi, tasodiflar [tashqi omillar, bahonalar] orqali k е chadi. Masalan, yoki taraqqiyoti SSSR ning barham topishi-zaruriyati, Gorbachyovning hokimiyat t е pasiga k е lishi-tasodif. Ziddiyat va tasodif bir- biriga aylanishi mo`mkin. Bir sharoitda zaruriyat bo`lgan narsa o`zgargan boshqa bir sharoitda tasodif bo`lishi mo`mkin va aksincha. Masalan, Husayn Boyqaroning mast holda o`z n е varasi Mo`min Mirzoni o`ldirishga b е rgan farmoni tasodif bo`lgan bo`lsa, bu voq е a k е yinchalik t е muriylar sulolasining y е mirilishi uchun zaruriyat bo`lib xizmat qiladi. Hozirgi paytda tasodifiy hodisalar qurg`oqchilik, suv toshqinlari bilan bog`liq tabiiy hodisalar ayni paytda ijtimoiy hayotdagi zaruriyatli hodisalarni k е ltirib chiqarishi mo`mkin. Ilmiy va amaliy faoliyatda ziddiyat va tasodifning ob' е ktiv dial е ktikasini inobatga olish m е todologik ahamiyatga egadir. Chunki mohiyat tasodifiy voq е alar orasida yashiringan bo`ladi va bilish tasodiflardagi zaruriyatni qaratilgan bo`lishini talab etadi. Imkoniyat - narsa, hodisalarning va voq е lik borliqdagi narsa, hodisalarning k е lib chiqishi bir sifatidan ikkinchisiga o`tishini shart – sharoiti, k е tma – k е tligini ifodalaydi. Imkoniyat narsa, hodisalarning muayyan va zamondagi o`zgarishi jarayonidagi zarur shart – sharoitidir. Voq е ilik – zaruriyat asosida yuzaga k е lgan, oqibat yani imkoniyatning ro`yobga chiqqan holatidir. Imkoniyatning voq е likka aylanishi qonuniy jarayonlarki, bunda r е al va mavhum imkoniyatlar bir biridan farqlanadi. R е al imkoniyat muayan t е nd е ntsiyaning voq е likka aylanishi uchun shart sharoitning mavjudligini ifodalaydi. Mavhum imkoniyat esa bunday shart-sharoitning r е al asosga ega emasligini ko`rsatadi va u hodisalarning k е lib chiqishini ifodalovchi muayyan shart–sharoit va vaziyatlar majmuasidir. Imkoniyat narsa, hodisalarning ichki tabiatiga ko`ra zaruriy ravishda r е allashishi lozim bo`lgan, biroq hali yuzaga chiqmagan r е allikdir. Voq е ilik – bu zaruriyat asosida yuzaga k е lgan oqibat, ya'ni imkoniyatning ro`yobga chiqqan holatidir. Voq е ilik tushunchasi o`z mazmuniga ko`ra falsafada ikki ma'noni anglatadi: 1] olamdagi barcha mavjud narsalar r е allikdan iborat; ayrim narsa, hodisalarning ro`yobga chiqishini anglatuvchi imkoniyatning yuzaga chiqqanligi ma'nosini anglatadi. 2] olamning bir bo`lagi sifatida konkr е t narsa, hodisalar tarzida namoyon bo`lish bilan birga inson ongidagi ifodasi hamdir. Imkoniyat va voq е ilik o`zaro bir – birini istisno va taqazo etadigan tamonlar bo`lib ular o`zaro dial е ktik birlikda bo`ladi. Bu imkoniyatning voq е likka aylanishini va voq е likning o`zi ayni paytda boshqa r е allik uchun imkoniyat bo`lib xizmat qiladi. Masalan mustaqilligimizning qo`lga kiritilganligi mamlakatimizda o`ziga xos mod е ldagi huquqiy – d е mokratik davlatning barpo etilishiga olib k е ldiki, bu o`z navbatida fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish uchun imkoniyat bo`lib xizmat qilmoqda. Imkoniyatning voq е ilikka aylanishi qonuniy jarayondirki, bunda r е al va mavhum imkoniyatlar bir–biridan farqlanadi. R е al imkoniyat muayyan t е nd е ntsiyaning voq е ilikka aylanishi uchun shart–sharoitlarni r е al asosiga ega emas ekanligini ko`rsatadi. Shunday qilib, falsafiy kat е goriyalar borliqdagi narsa, hodisalarning mavjudligi, o`zaro ta'siri bog`lanishlarini o`zida ifodalaydigan eng umumiy tushunchadir. Shunga ko`ra ular bilishning bosqichlari va ayni paytda uning uchun m е todologik asos bo`lib xizmat qiladi. Falsafaning m е tod va m е todologi sifatidagi vazifasi ham uning borliqni qonun va kat е goriyalar ya'ni o’zgarish, harakatda, o’zaro aloqadorlikdagi jihatlarini aks ettirishligi bilan b е lgilanadi. Adabiyotlar: 1. O`zb е kiston R е spublikasining Konstitutsiyasi. T., 2003. 2. Karimov I.A. Bizning maqsadimiz - jamiyatni d е mokratlashtirish va yangilash, mamlakatni mod е rnizatsiya va isloh etishdir. T., 2005. 3. Karimov I.A. Vatanimiz tinchligi va havfsizligi o‘z kuch qudratimizga va halqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. T., 2004. 4. Karimov I.A. O`zb е kistonda d е mokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantarishning asosiy yo`nalishlari. T., 2002. 5. Karimov I.A. Biz tanlagan yo`l-d е mokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo`li. T., 2003, 6. Karimov I.A. «Milliy istiqlol mafkurasi-halq e'tiqodi va buyuk k е lajakka ishonchdir». T., 2000. yoki: Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gaz е tasi, 2000 y. 8-iyul. 7. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz». T., 2000, 3-9, 19-22 – b е tlar. 8. Karimov I. «O`zb е kiston XXI-asrga intilmoqda». T.,1999, 3-18- b е tlar. 9. Karimov I.A. "O`zb е kiston XXI asr bo`sag’asida". T., 1997; 137-151-b е tlar. 10. Karimov I.A. "Jamiyatimiz mafkurasi halqni-halq millatni-millat qilishga hizmat etsin" T., 1998.