logo

Ijtimoiy ekologiyaning predmeti va vazifalari. Fanning boshqa fanlar bilan o`zaro munosabati va uning ahamiyati

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

61.5 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Ijtimoiy ekologiya fanining vazifalari va predmeti. 2. Fanning boshqa fanlar bilan munosabati. 3. Ijtimoiy ekologiya fanining rivojlanish tarixi. 4. Fanning ahamiyati www.arxiv.uz Uch minginchi yil yaqinlashgani sari biz yashab turgan dunyo nafaqat asrimiz boshiga nisbatan, balki uning o`rtalariga qaraganda ham tanib bo`lmas darajada o`zgarib ketgani ro`y rost ko`rinib turibdi. Sayyoramiz qiyofasiga antrologen ta`sir hozir giologik jarayonlar bilan taqqoslanadigan bo`lib qoldi. Ba`zi bir xollarda ulardan ham o`tib ketadi. Ekologik vaziyat xozirgi vaqtda uni mushoxada qilish jarayoni ham o`ziga xos xususiyatlarni aniqlashni talab etadi. Bu eng avvalo ijtimoiy ongning muxim shakllaridan bo`lmish fanda o`zining bevosita ifodasini topadi. Bizning ko`z o`ngimizda yangi fan-ijtimoiy ekologiya yuzaga kelib, rivojlanmoqdaki, bu fan inson, jamiyat va tabiatning o`zaro ta`sirini qamrab oladi. Insoniyat bo`limining butun tarixi davomida fanlar atrofimizdgi borliqni bo`lish va o`zgartirishda inson extiyojlari faoliyati sifatida rifojlangan. Ijtimoiy ekiologiyaning rivojlanishi ham odamlarning amaliy extiyojlari sababli yuzaga kelgan. Bunday uyg`un fan keyingi o`n yillikda tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy fanlar tutashgan joyda jadallik bilan shakllanib bormoqda faqat shu fangina jamiyat va tabiatning o`zaro ta`sirini sifat jixatidan yangi sistema darajasida o`rganishga va tabiatdan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga qodirdir. Ijtimoiy ekologiya - nisbatan yangi ilmiy fandir. Bu fan bioekolagiya ta`siri ostida paydo bo`ldi va rivojlandi. Ijtimoiy ekologiya tushunchalarning katta qismini o`simliklar va hayvonlar ekologiyasidan olgan. Bunda ekologiya ijtimoiy jug`rofiya va iqtisodiy nazariyaning makom vaqt yondashuvidan ham foydalangan. Shunday qilib, ijtimoiy ekologiya - bu uyg`unlashgan fan bo`lib, u inson, jamiyat va tabiatning o`zaro munosabatlari qonuniyatlarini tadbiq etadi. U ijtimoiy ekologiya tizimi rivojida evolyutsiyani ta`minlovchi ijtimoiy-tabiiy munosabatlarini qulaylashtirish va muvofiqlashtirish to`g`risidagi fandir. Ijtimoiy ekologiyaning mikro tuzilishi uchta bo`lakni, ya`ni ishlab chiqarish ekologiyasi, inson ekologinsi va fazo (global) ekologiyasini o`z ichiga oladi. Jonli mavjudodlar bilan atrof-muxit o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni qadimgi dunyo mutafakkirlari, jumladan Aristotel, Teofrast, Gippokratlar ko`zdan www.arxiv.uz kechirishgan. Biologik jixatdan ijtimoiy mavjudot bo`lgan inson rivojining ilk bosqichlarida hayvon va o`simliklarning boshqa turi katori odam ham o`z-o`zidan tabiiy ekosistema ichida bo`lgan. Insoniyat jamiyatni o`z xujlik faoliyati, ya`ni tabiat boyliklarini iste`mol qilish va ishlab chiqarish chiqindilari bilan biosferada moddalar aylanganida butun yer sharini qamrab oluvchi tizim huddi shunday qamrovli ijtumoiy ekosistemaga aylandi-ki, insoniyat jamiyati uning yangi kenja tizimi bo`lib qoldi. Bu juda murakkab ijtimoiy ekosistemani boshqarishni urganish uchun chuqur o`rganish, unimg tizimlari va elementlari o`zaro aloqalari va bir- biriga ta`sirlarini chuqur o`rganish, qonuniyatlarini kashf etish, ijtimoiy ekosistema rivojini oldindan bilish imkonini beradigan, mumkin qadar, o`xshash bo`lgan nusxani yaratish zarur. Ijtimoiy ekologiya tabiati ijtimoiy va texnika fanlarining eng muhim qarashlarini umumlashtiradigan va bir butun qilib birlashtiradigan uyg`unlashgan fandir. Ijtimoiy ekologiya birinchi jahan urushidan keyin faol rivojlana boshladi 1966 yil bo`lib o`tgan jahon sotsiologlarining kongresi ijtimoiy ekologiyaning oekka turishi va rivojlanishida jiddiy rol o`ynaydi. Keyingi yillarda ijtmoiy ekologiyaning tez rivojlanishi 1970 yilda Varnada sosiologlarning navbatdagi kongresida ijtimoiy ekologiya bo`yicha sasiologlarning butun jahan birlashmasi Tadqiqot ko`mitasini tuzish imkonini berdi. Bu bilan aslida sosiologiyaning mustaqil sohasi sifatida ijtimoiy ekologiyaning mavjudtligi tan olindi. Shunday qilib, asrimizning 10-20 yillarida sosiologiyaning yangi sohasi, shahar sosiologiyasi (urbusosekologiya) nomi bilan paydo bo`lgan ijtimoiy ekologiya ko`proq G`arb mamlakatlarida rivojlana boshladi. Biroq 50-60 yillarda ijtimoiy ekologik vaziyatning keskinlashgan sharoitlarida Amerika, Fransiya. G`arbiy Germaniya sosiologlari uchun ham muamolar paydo bo`ldi. Mashhur Amerika olimi klassik inson ekalogiyasinina ko`zga ko`ringan vakili Radrik Makenzei 1927 yilda birinchilardan bo`lib, ijtimoiy ekologiyaga ta`rif berdi. U inson ekologiyasini hududiy va zamon bilan belgilanadigan munosabatlari haqidagi fan sifatida izohlangan. Odamlar ekalogiyasining mashhur ta`limotchisi A Xouli «Ijtimoiy www.arxiv.uz ekologiya hamma narsani tushunishga qobiliyatli bo`lgan har tomonlama takomillashgan ijtiioiy fanga aylanishi kerak» deb uqtiradi. Ijtimoiy ekologiya bir qator amaliy muammolarni tadqiq etadigan shunchaki soha bo`lmay, balki u ijtiioiy-tabiat munosabatlari qonuniyatlari, insoniyat va atrof-muhit o`zaro tasiri avval qulaylashtirish, keyin esa muvofiqlashtirish qonun qoidalari va usullari tug`risidagi uyg`unlashgan fandir. Ijtimoiy ekologiya predmetini taxlili bu fan maxsus fanlarga xos xususiyatlarga ega bo`lolmasligini ko`rsatadi, zero u voqeylikninz asosiy sohalari - inson, jaiuiyaep va tabiat o`rtasidagi chuqur aloqalarni ochib beradi. Bu fan o`ziga xos bo`lib. u materilning majmui va tizim sifatida olingan ijtimoiy va boshqa harakat shakllari o`rtasidagi qonuniy aloqalarni o`rganadi. VII.Mavzu: Inson ekologiyasi. Insonning rivojlanishida ijtimoiy ekologik omillar rolining ortishi 1. Inson ekologiyasi va uning hozirgi davrdagi muammolari. 2. Ijtimoiy ekologik omillar inson rivojlanishidagi roli 3. Hozirgi zamon kishisi hayotiga tabiiylik va “suniylikni kirib kelishi” 4. Insonning o`zgartuvchilik faoliyatini salbiy oqibatlari. Inson ekologiyasi yoki antroekologiya ijtimoiy jamiyatning markaziy bulugi uning ijtimoiy-tabiiy va tabiiy-ilmiy asosidir. Inson ekologiyasi o`zida tibbiyot umuman gerantalogiya, morfologiya, antropologiya, genetikaning tegishli karashlarini o`zida umumlashtiradi. Bu faktlarning tadqiqot ebyekti inson bo`lib, u ikki dunyo tabiiy va ijtimoiy dunyoga tegishli jonzotdir. Inson ekologiyasi odamlar populyasiyalarining atrof-muxit bilan o`zaro ta`siri aloqa ta`sireda axolining o`sishining axoli salomatligini saqlash va rivojlantirish muammolarini o`rganadi. Insonning mofofizialogik. xususiyatlarini xisobga olgan xolda noosferaviy o`zgarishlar jarayonida yer regionlarini biosfera jarayonlarini ishlab chiqish – xo`jalik iqtisodiy makeadsh o`zlashtirish qonuniyatlarning borishida odamlar salomatlarini saqlash va rivojlantirishning tabiiy qonunlarini o`rganish inson ekologiyasining muxim vazifasidir. Inson ekologiyasi odamlarni o`rab turgan www.arxiv.uz tabiiy va ijtimoiy muxitni odamlarning unga hamba bir-birlariga munosabatlarini birinchi marta ilmiy adabiyotga sotsiologlar amerikaliklda) R.Park va U.Byurchsk tomonidan kiritildi. Birozdan keyin ingliz olimi B`yus inson ekologoyasining vezifasi ayni odamlar ijtimoiy munosabatlarini biologik populyatsiyasi jarayonlariga tutashtirishdan ibaratdir deb izohlaydi. Inson ekologiyasining rivojlanishida tibiatning ko`pgina sohalari muhim rol o`ynaydi. Sanoat va odamlarning katta shaharlarda to`planishi, sanoatlashtirish havo va suvning bug`lanishi, dori-darmonlar ko`planilishi bilan bog`liq bo`lgan patalogiyani o`rganish zaruriyati ko`ndalang qilib qo`ydi. Ular tabiiy ekolyutsiya, biogeotsinozlar jarayoniga jiddiy o`zgarishlar olib kirdi, qaror topgan ekologiya tizimini o`zgartirib yubordi. Antropoekosostema - inson ekologiyasini tadqiqot ob`ektdir. O`zaro va o`zlarini o`rab olgan tabiiy va ijtimoiy muxit bilan dialektik aloqada bo`ladigan inson populyatsiyalari yoki etnoslarning birgalikda hayot kechiradigan turli guruxlari, antropoekologiya tizimi yoki antropoepotizm deb ataladi. Fan texnika taraqqiyoti odamning turmush tarziga katta axamiyatga molik ta’sir o`tkazib jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatini ancha feollashtirdi. Bu ijtimoiy rivojlanishning asosiy omillaridan biridir. Insonning biosferaga ta`sir o`tkazishi butun dunyoda ekolagiyaga qiziqishni ortishiga sabab bo`ldi. I. T. Frolovning ta’kidlashicha, insoniyat qudrati g`oyatda oshib borayotgan texnika vositalari yordamida tabiat boyliklarini jadal iste`mmol eta borib, o`z sivilizatsiyasi rivojlanishi va o`zining bo`lmaydigan bexat yaxshilagani bugungi kunda rad etib bo`lmaydigan haqiqatdir. Biroq inson tabiatni buysindira borib, u faoliyatining tabiiy negizlariga putur yetkazganligi. jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi o`zaro ta`sirini bo`lganligi ham haqiqatdir. Bu keng ijtimoiy va insoniyat uchun axamiyatli bo`lgan ekologiya muammosining moxiyatini tashkil etadi. Bunday sharoitlarba inson ekologiyasi fanini rivojlantirish zarurati tobora ortib boradi. Mazkur fan odamlar va fan tabiatining inson va biosferaning o`zaro munosabatini xayotning aniq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlari bilan chambarchas bog`liklikda o`rganadi. Ilmiy texnika inqilobi davrida fan va amaliyotning ko`ldan ko`p yo`nalishlari o`z tadqiqotlari markazida www.arxiv.uz tobora ko`proq insonni, uning ijtimoiy biologik tabiatini, uning farovonligini ko`rmoqdalar. Farovonlikning eng muxim sharti esa evvalo bor ijtimoiy va ruxiy - fiziologik salomatlikdir. Bugungi kunda inson salomatligi jamiyat tarixi va uning xozirgi kundagi taraqqiyoti ekanligi aniq va ravshan. Butun jamiyatning ijtimoiy ishlab chiqarish, iqtisodiyot tuzilmasini ilmiy tashkil qilish, mexnat, dam olish sharoitparini, ma`naviy va jismoniy tarbiya sharoitlarini vujudga keltirish. Xayot tarzi madaniyatini rivojlantirish - ularning hammasi sog`likni muxofazalash va mustahkamlashning garovidir. Bu muammolar jamiyatning tabiiy sharoitlar bilan o`zaro ta`siri, shu ta`sirni takomillashtirishga yo`naltirilgandagina hal etilish mumkin. Bunda barcha jug`rofiy mintaqalar, jonli va jonsiz tabiatdagi barcha jarayonlar, planetamizning barcha soxalari qamrab olinadi. Bu yerda gap tabiatni shunchaki muxofazalash to`g`risida emas, balki inson tabiat va ular o`rtasidagi muvofiqlikni yanada takomillashtirish uchun qulay ijtimoiy, ekopogik sharoitlar yaratish maqsadida, tabiatni asrab-avaylash va rivojlantirish haqida bormoqda. Tabiatni muxofaza kilish - har tomonlama rivojlangan inson va insoniyat jamiyatiga erishishning eng muxim vositalardan biridir. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida ilgari hech qachon bo`lmaganidek, ijtimoiy xayotning barcha hodisalariga to`g`ri yondashish zarurati paydo bo`ldi. Hozirgi inson ekologiyasi inson, tabiat va jamiyatning o`zaro ta`siri maxalliy, regional va global muammolarni, ularni shakli tabiat va insonga qarab ta`siri nuqtai nazaridan qamrab oladi va o`rganadi. Hozirgi zamon kishisining ijtimoiy ekologik o`ramida “tabiiylik” va «sun`iylikning nisbati inson ekologiyasi uslubiy va ijtimoiy-giegienik ko`rinishlarini ochib berishda muhim yo`nalish hisoblanadi. Tabiiylik tabiatni o`zi yaratadi, sun`iylik esa tabiiy jarayonlar va xodisalar ob`ektiv rivoji borishiga insonning aralashuvi natijasi sifatida yuzaga keladi. Agar birinchisi tabiiy tarixiy omillar ta`sirida tashkil topgan tabiat muvozanatining tarkibiy qismi bo`lsa, ikkinchisi esa inson faoliyatining sun`iylikni ijod qilish natijasidir. Ammo sun`iylik xamma vaqt ham tabiat rivoji bilan muvozanatda www.arxiv.uz bo`lmaydi. Insonning o`zgartiruvchanlik faoliyati ko`pincha shunday sun`iylikni yaratadi-ki, u tabiat rivojini tabiiy borishiga zid kelib qolishi mumkin, tabiiylik Bir butunligicha tabiiy maqsadga muvofiqligini ta`minlash yo`nalishida rivojlanadi, sun`iylik esa o`z oldiga inson ixtiyojlarini ta`minlash maqsadlarini qo`yadi. Fan-texnika taraqqiyoti zamonida tabiiylik va sun`iyik taraqqiyoti mutlaqo bir xil emas. Agar tabiiylikni rivoji asosan evolyutsiya yo`li bilan ro`y bersa, sun`iylik inkilobiy o`zgarishlar negizida yuzaga keladi. Hozirgi zamon kishisi xayotida tabiiylik va sun’iylikning nisbatlari muammosiz faqat uslubiy va ijtimoiy-gigienik yondashuv sharoitlaridagina ushbu tarixiy mas`ul vazifani amalga oshirish mumkin. Alohida kishi, umuman insoniyat jamiyati faqat tabiat bilan o`zaro ta`sirdagina mavjud bo`ladi va rivojlanadi. Inson bilan tabiat o`rtasida modda almashinuvi hozirgi sharoitdva yangi mazmun kasb etabi. Inson tomonidan tabiiy sharoitlarning o`zzgartirilishi ijtimoiy-gigienik oqibatlar majmui paydo bo`lishi bilan birga ro`y beradi. Bu oqibatlar ham regional va global ko`rinishga ega bo`ladi. Hozirgi zamn kishisining ijtimoiy va biologik hayoti barcha tomonlarini qamrab oladi. www.arxiv.uz Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.A. Karimov “Ozbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” Toshkent 1995 yil 2. I.A. Karimov “O`zbekiston XXI-asr bo`sag`asida havfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari!” Toshkent “O`qituvchi” 1997 yil 3. I.A. Karimov “O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz” Toshkent “O`qituvchi” 1999 yil 4. I.A. Karimov “Ijtimoiy ishlarimizni oxirigacha yetkazaylik” Toshkent “O`qituvchi” 1994 yil 5. I.A. Karimov “Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili” Toshkent “O`qituvchi” 1995 yil 6. I.A. Karimov “O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida” Toshkent “O`zbekiston” 1991 yil 7. I.A. Karimov “Hushyorlikka dav`at” Toshkent “O`qituvchi” 1999 yil 8. Yu. Shodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent 1994 yil 9. Vernadskiy “Biosfera” Moskva 1967 yil 10. G.A.Novikov “Osnova obshey ekologii i oxrana prirodi”. 11. A.Xo`jaxonov “Atrof muhitni muhofaza qiling” Toshkent “Ibn Sino” 1985 yil 12. P. Baratov “Yer bo`limi va o`lkashunoslik” Toshkent “O`qituvchi” 1990 yil 13. www.ziyonet.uz