logo

Biotsenozlarning ekologiyasi ekosistemalarning xarakteristikasi, ekosistemalarning tuzilishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

77.5 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Biotsenozlar tushunchasi, ta’rifi va asosiy belgilari 2. Biotsenoz chegarasini aniqlovchi uslublar 3. Ekosistemalarning tuzilishi 4. Ekosistemalarda biogeoximik sikllar va xillari 5. Tabiatda moddalarning aylanishi www.arxiv.uz Yer yuzining quruqlik va suv sharoitida turli mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonlar turlaridan tashkil topgan birlik (uyushma) lar uchraydi va harakat qiladi. Tabiiy biologik birliklarga kirgan organizmlar bir – birlari va muhit omillari bilan doim, tinimsiz aloqada va munosabatda bo’ladi. Tabiiy biologik birliklar – tirik tabiatning bir bo’lagining ma’lum joyida tirik organizmlarning har xil turlari hosil qilgan bir butun birlikdir. Birlik (yoki jamoa) ichodagi ayrim organizmlar hayoti yakka – yakka emas, balki birlikda qaraladi. Biologik birliklar xususiyatlariga turlarning xilma – xilligi, ular ichidagi raqobat, tuzulish, ozuqa halqalari, mahsuldorlik, turlarning mintaqalar, mintaqalar bo’yicha tarqalishi kabi xislatlar kiradi. Shu keltirilgan xislatlarning har biri ma’lum joyda organizmga sizilarli va chegaralovchi omil sifatida nomoyon bo’ladi. Biotsenozlar tushunchasi, ta’rifi va asosiy belgilari. Tabiatda har xil turlar populyatsiyalari birlashib, yuqori tuzulish va xususiyatlarga ega bo’lgan biologik birliklar yoki biotsenozlar hosil qiladi. Biotsenozlar – bu o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar populyatsiyalari guruhlaridan iborat bo’lib, ma’lum joyda birgalikda yashashga moslashgan biologic birliklardir. « Biotsenoz » atamasini 1872 –yili nemis zoolok olimi Myobius fanga kiritgan. Myobius biotsenozni quyidagicha ta’riflaydi, ya’ni: 1.Biotsenozga ma’lum joyda uchraydigan mikro va mikroskopik formalar, o’simlik va hayvonlarning hamma massasi kiradi; 2.Biotsenozni hosil qiluvchi turlar bir – birlari bilan bog’langan va bir –birlariga qaramdir; 3.Biotsenoz tashqi muhit omillari ta’siri ostida bo’ladi; 4.Biotsenoz vaqt bo’yicha doim turg’un va bir holatda bo’ladigan guruhlardan iborat bo’ladi; 5.Biotsenozni hosil qiluvchi vakillar o’z joylarida, biotsenoz ichida ko’payish xususiyatlariga egadir. Demak, biotsenoz – bu tirik organizmlar guruhlari bo’lib, ular ma’lum turlar tarkibiga va ular bir-birlariga bog’liq, aniq makonni egallaydi. www.arxiv.uz Biotsenoz quruqlikda bir xil yashash joyi, muhiti, hududini egallasa, suv muhitidagi biotsenozlar suv havzalarining qismlari bo’yicha bo’linadi, har qanday biotsenoz va biotop (biologic organizmlar yashaydigan joy) bilan dialektik birlik, yuqoro darajada tuzulgan biogeotsenozni hosil qiladi. Biotsenoz o’z navbatida quyidagi komponentlariga bo’linadi: fitotsenoz- o’simliklar, zootsenoz-hayvonlar, mikrotsenoz-mikroorganizmlar guruhlari. Biotsenoz chegarasini aniqlovchi uslublar. Tabiiy sharoitda biotsenozni chegaralashda bir xil fizik-kimyoviy iqlim sharoiti va biotik munosabatlardagi joy tanlab ilinadi. Ajratilgan joyda uchraydigan hamma hayvonlar turlarini yig’ish mumkin bo’lmaganligi uchun hayvonlar katta-kichikligi, sistematik o’rniga qarab, asosiy guruhlarning vakillaridan namunalar to’planadi. Biotsenoz ichidagi munosabatlar. Biotsenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur o’rtasidagi ko’p biotik munosabatlar-ozuqa va yangi yashash joyni egallash ularning biotsenoz ichidagi hayotiy o’rnini aniqlaydi. 1. Trofik aloalar, munosabatlar biotsenozdagi bir turning ikkinchi tur bilan, uning tirik vakillari yoki o’lik qoldiqlari, mahsulotlari bilan oziqlanish jarayonidan kelib chiqadi. Masalan, ninachilarning hashorat bilan oziqlanishi, qo’ng’izlarning molok go’ng, arilar gul changi, yo’lbarslar turli o’ljalar, ularning qoldiqlari bilan oziqlanishi misol bo’ladi; 2. Tropik aloqalar, munosabatlar, bir tur hayot-faoliyati natijasida ikkinchi turning yashash muhiti, fizikaviy va kimyoviy sharoiti o’zgaradi, ya’ni bir tur ikkinchi tur uchun yashash muhiti yaratadi. Masalan, tirik organizmlar ichida uchraydigan ichki parazitlar yashashi uchun ot, sigir, odam tanasi muhit hisoblanadi. Yashash muhiti hosil qilishda yoki muhitning boshqa organizmlar uchun o’zgarishi o’simliklar misolida uchratish mumkin. Masalan, o’rmon chetlari, o’simlik qoldiqlari, tuproq yuzasi ko’p hayvonlar uchun yashash muhiti hisoblanadi; 3. Forik munosabatlar da biotsenozdagi bir tur ikkinchi turning tarqalishiga yordam beradi. Bu holatda tashuvchi vazifasini ko’pchilik hayvonlar o’taydi (zooxoriya); hayvonlar juni, tanasiga, o’simliklar urug’lari ilinib, yopishib bir joydan ikkinchi joyga tushadi; www.arxiv.uz 4. Fabrik munosabatlar da biotsenoz ichidagi bir tur o’zining yashash joyi uchun ikkinchi tur qoldig’i, o’lik yoki tirik qismlardan foydalanadi. Masalan, qushlar uya qurush uchun o’simlik bargi, poyasi, butalar shoxi, boshqa qushlar patlari, hayvonlarning uchlari, paxta va lattalardan foydalanadi. Daryolardagi toshlar ustida uchraydigan qurtlar loyqa, o’simliklar shoxi, poyasi, bargidan foydalanadi. Biotsenozda ekologik nisha tushunchasi. Turning umumiy biologik sistemasi ichidagi biotic munosabatlar va uning abiotik omillarga bo’lgan talabi, turning ekologik darajasi, yashash ozuqa joyi – nishasi deb ataladi. Bu termini Jozef Grinnell (1928) birinchi bor qo’llagan. Agar organizmning yashash joyi bo’lsa, uni shu yerdan topish mumkin bo’ladi. Ekologik joy – nisha tushunchasi ancha keng, ya’ni: makondagi nisha yoki makondagi ma’lum joy-nisha; trofik- nisha (turlaro aloqalardagi turning joyi), ko’p gomerli yoki giper hajmli nisha. Bulardan shu narsa ko’rinadiki, organism ekologik nishasida organism qayerda yashayotganligi va uning atrof-muhitga bo’lgan umumiy talabi inobatga olinadi. Ekologik nishaning asosiy konsepsiyasi – turli turlar o’rtasidagi va turlar ichidagi farqni miqdor bo’yicha baholashda katta ahamiyatga egadir. Biotsenozlar tuzulishi. Biotsenoz turlar tarkibi bo’yicha tuzulishi ekologik abiotik va biotic omillarga bog’liq. Ma’lum joydagi biotsenoz ichida uchraydigan har xil turlarning soni, ularning bir-biriga nibatan oz va ko’pligidir. Biotsenozlar turlarga boy va ularda turlar (ayniqsa, agrobiotsenozlar) kam bo’lishi mumkin. Masalan, Afrika, Antraktida, yuqori tog’, issiq sahrolar (Qoraqum, Qizilqum, Sahroi Kabir cho’llari) va sovuq Pomir cho’llari, buloqlar yoki ifloslangan biologic hovuzlarda organizmlarning turlar soni kam bo’ladi. Biotsenoz ichidagi turlar boyligi va dominantligi . Biotsenoz ichidagi turlar boyligi, bu ma’lum maydonda uchraydigan tur vakillarining darajasi fasllar va yil davomida hamda turli tasodifiy ofatlar (yomg’ir, suv bosish, yer siljishi, chigirtkalar bosishi) ta’sirida o’zgarib turadi. Turlar boyligini aniq belgilashda: 0- tur yo’q, 1-siyrak sochilgan, 2-uncha siyrak emas, 3-boy, 4-juda boy kabi ballar qo’llaniladi. www.arxiv.uz Biotsenoz ichidagi turlarning uchrash darajasiquyidagi kategoriyalarga bo’linadi: a). Doimiy turlar, 50% maydonlarda uchraydi b). Qo’shilgan turlar, 25-50% belgilangan maydonlarda uchraydi. v). Tasodifan turlar, ular belgilangan maydonlarning 25%i dank am joyda uchraydi. Ma’lumki, tabiatda uchraydigan tirik organizmlar va ularni o’rab turgan o’lik jinslar bir-birlari bilan doimiy uzviy bog’liq bo’ladi. Har qanday katta-kichik biologic sistemalar o’z ichida uchraydigan harakatdagi organizmlarni qamrab oladi. Ularni bir- birlari va tashqi muhit omillari bilan munosabatlarini boshqarib, shi sistema ichida biotic tuzilishda energiyaning oqimini, uning tirik yoki o’lik qismida moddalar almashinishini ta’minlaydi. Bunday birlik ekologik sistema yoki ekosistema deb ataladi. Ekosistema ekologiyaning asosiy funksional birligi bo’lib, unga tirik organizmlar va muhit omillari kabi komponentlari kiradi, ular bir-birlariga ta’sir qiladi. Yer yuzasida hayorning tiriklik va tabiat qonunlari ekosistemalar darajasida o’rganiladi. Ekosistema biotop va biotsenozdan iborat bo’lib, bu sistema bo’yicha joining relefe, iqlim,botanik, zoologik, tuproq, gidrologik va gioximik nuqtai- nazaridan ekosistema butun abiotik va biotic omillarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik ekosistemalar uzoq evolyutsion rivojlanish va turlarning yashash muhitiga moslashishi jarayonida tashkil topgandir. Ekosistemalar o’z navbatida birlashib, biosferani hosil qiladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta ingliz ekologik olimi a.Tensli (Tansli, 1935) tomonidan fanga kiritilgan. Shu davrda V.N.Sukachevning “biogeotsenoz” atamasi ham kiritilgan. “Biogeotsenoz” va “Ekosistema” atamalarining tushuinchasibir-biriga yaqin, lekin bir-birini qaytarmaydi. Ular to’la o’xshash emas, ikkala holatda ham tirik organizmlar va ular guruhlarining yig’indisi bir- birlari muhit bilan munosabatini ifodalaydi. www.arxiv.uz Ekosistemalarning tuzilishi. Ekosistemalarning asosiy xususiyatlaridan biri- bu yer usti muhiti, chuchuk suv, dengiz yoki sun’iy ekosistemalarda uchraydigan avtotrof va geterotrof organizmlar o’rtasidagi munosabatlardir. Ekosistemalar trofik (oziqlanish) tuzilishi bo’yicha quyidagi pog’nalarga bo’linadi: 1.Yuqori avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi) pog’ona yoki “yashil pog’ona” bu pog’onali o’simliklar yoki ularning qismlari tashkil qiladi. Ular o’z tanalarida organic moddalar to’playdi 2. Pastki geterotrop pog’ona (boshqalar bilan ovqatlanish)da tuproqda to’plangan turli qoldiq (barg, shox, ildiz)lar namlik yurdamida chiriydi, moddalar bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga otadi. Va murakkab birikmalar hosil bo’ladi. Biologik nuqtai nazaridan ekosistema tarkibida quyidagi komponentlarni ajratish mumkin, ya’ni: 1. Neorganik moddalar (C, N 2 , H 2 O, CO 2 ) 2. Organik moddalar Biotik va abiotik qismlarini birlashtiradi 3. Havo, suv va substrak muhitlar bo’lib,ular iqlimning hamma fizikaviy omillarini o’z ichiga oladi. 4. yashil o’simliklar 5. Geterotrof organizmlar- makro va mikro konsumentlar, fagotroflar, tayyor birlamchi mahsulotlar hisobiga yashaydigan hayvonlar, saprotroflardan- chirindilar holatiga o’tkazadigan organizmlar majmualariga – redutsentlar yoki destruktorlar kirib, ularni bakteriyalar, zamburug’lar, soda tuzilgan va o’lik organic moddalar bilan oziqlanadigan organizmlar tashkil qiladi. Trofik tuzilishdagi qonuniyatlar ikki kategoriyaga bo’linadi: 1. biofaklar- tirik organic moddalar bilan oziqlanuvchilarva saprofaklar- o’lik organic moddalar bilan oziqlanuvchilar. Biofaklar ichida fitofaklar- o’txo’r hayvonlar, insonlar, parazitlik birlamchi konsumentlar, yirtqichlar, ikkilamchi, uchlamchi konsumentlar uchraydi. Ekosistemalarda biogeoximik sikllar va xillari. Ekosistemalarda materiyaning bir formadan ikkinchi formaga o’tishi, kimyoviy moddalarning biosferada aylanishi, ya’ni tashqi muhitdan organizmga va undan tashqariga o’tishi elementlarni doimiy sirkulyatsiya qilishi natijasida vujudga keladi. Bu holatlar www.arxiv.uz katta yoki kichik berk aylanma harakati bo’lib, u biogeoximik deb ataladi. Hayotga kerakli elementlar, moddalar va neorganik birikmalar harakati ozuqa elementlaining aylanishi deyiladi. Har bir moddaning aylanishida 2 holat ajratiladi: 1. Rezerf fondi-nobiologik komponentlaridan hosil bo’lgan, sekin harakat qiluvchi moddalarning ko’p massasi 2. Harakatchan yoki almashinadigan fondi-bu kichik, lekin aktiv modda, uning uchun organizmlar o’rtasida va ularni o’rab turganmuhitda tez almashish xarakterlidir. Biosferada o’tadigan biogeoximik, sikllari 2 asosiy turga bo’lish mumkin. 1. Atmosfera yoki gidrosfera (okean)da rezerf fondli gazsimon moddalarning aylanishi 2. Yer qobig’i rezerv fondli cho’kmasi Tabiatda uchraydigan90 dan ortiq elementlarni 30-40 tasi tirik organizmlar uchun kerak va shu moddalar organizmlar protoplazmasida bioximik sintez jarayoni uchu zarurdir. Ular ichida eng kerakli- C, N 2 , H 2 , O 2 , P kabilar bo’lib, boshqalari uncha ko’p bo’lmagan holda talab chilinadigan Ca, Fe, K, Mg elementlaridir. Bu elementlar vaqti- vaqti bilan tirik materiyadan noorganik materiyaga o’tib, ma’lum darajada bioximik sikllar qatnashadi. Uglerodning tabiatda aylanishi. Avtotrog organizmlar organik moddalarni sintez qilish uchin uglerodni o’zlashtiradi. Bu uglerod atmosfera tarkibida (0,03%) yoki suvda erigan holda bo’ladi. Fotosintez jarayonida o’simliklar tomonidan foydalanib, organik moddaga aylantiriladi, miqdori atmosferada o’zgarmaydi. Uglerodning ekosistemalarda aylanishini quyidagi raqamlarda ko’rish mumkin: atmosferada CO 2 ning miqdori 700 mlrd. tonna, gidrosferada erigan CO 2 50 mlrd. tonnani tashkil qiladi. Yillik umumiy fotosintez jarayonida Yer ustida 30 mlrd. tonna, suv havzalarida 150 mlrd. tooonna CO 2 tabiatda aylanadi. Bu yer usti ekosistemalarda yiliga CO 2 ning taxminan 12% i aylanib turadi. Atmosferadagi CO 2 ning o’tib turishi 8 yilga to’g’ri keladi. www.arxiv.uz Kislorodning aylanishi . Hozirgi vaqtda atmosferada kislorod miqdori 21% yoki 1,1 – 10 21 g ga teng. U atmosferaning yer yuzuga yaqin qatlamida ko’pdir. Uning ancha ko’p miqdori suv bilan bog’langan molekulalardadir. Yer qobig’ining qattiq jismlarida kam saqlangan. Fotosintez jarayonida qabul qilingan atom uglerod uchun ikki atom kislorod ajratiladi. Ajratilgan kislorodning umumiy hajmi yiliga 2,7  10 17 g bo’lib, uning aylanishi vaqti 2500 yilga tengdir. Kislorodning ekosistemada aylanishi ancha murakkabdir. Bunda CO 2 , vodorod va suv qatnashadi. Ularni moddalar almashinuvida mutloqa ajratib bo’lmaydi. Azotning aylanishi. Ekosistemada azotning aylanishi uglerod aylanishidan farq qiladi: 1) Ko’pchilik organizmlar azotni assimilyatsiya qilmaydi. 2). Organizmlar nafas olib, energiya ajratish jarayonida azot to’g’ridan-to’g’ri qatnashmaydi. Uning neorganik birikmalari erigan holda bo’lib, azotdan o’simliklarning foydalanishi yengillashadi. Havo taxminan 80% ga azot bilan to’yingan Uning ekosistemalardagi aktiv fondining 3% i tirik organizmlar to’qimalarida bo’ladi, qolgan qismi tuproq yoki okeanlardagi chirindi va nitratlar o’rtasidadir. O’simliklar yiliga 86  10 14 g azot (uni aktiv fondining 1% i) ni assimilyatsiya qiladi. Azotning tabiatda aylanish vaqti 300 yildan ortiqdir. Ayrim ko’k- yashil suvo’tlar, bakteriyalar molekulyar azotni qabul qilib, o’z tanalaridan azotni organic birikmalarini hosil qiladi. Yiliga biotik ekosistemalarda o’zlashtirilgan azotning 80% i yangi azot sifatida atmosferaga qaytariladi. Fosforning tabiatda aylanishi. Ekosistemada mineral moddalarning aylanishidagi asosiy xislatlar O 2 , CO 2 , va azotning tabiatda aylanishi orqali yuzaga keladi. Fosforning aylanishi kichik sikllardan iborat bo’ladi, ya’ni o’simliklar tomonidan fosfor ioni ko’rinishidagi formasini to’g’ridan-to’g’ri tuproq yoki suvda assimilyatsiya qiladi. Hayvonlardagi ortiqcha fosfor esa, fosfatga aylantiriladi, siydik orqali muhitga chiqariladi. Bu jarayonda atmosferaga chiqadigan fosfor faqat chang ko’rinishiga ega bo’ladi. Ekosistemada suvning aylanishi. Ma’lumki, suv hamma kimyoviy reaksiyalarida ishtirok etadi. Ekosistemadan o’tadigan suvning bir qismi fotosintez www.arxiv.uz jarayonida bug’lanish, transpiratsiyaga va yana bir qismi nom formasida tushadi.Suv bug’lari atmosferaga to’planib, yomg’ir, qor, do’l sifatida Yerga tushadi. Yer yuzida bor suvning 90% I tog’ jinslari bo’lib o’tadigan gidrologik siklga juda kam qatnashadi. Yer ustiga tushadigan namlik shu joydagi organizmlarning hayot faoliyati, bug’lanishiga ketadi. Yer usti o’simliklari yiliga 55  10 18 g suvni transpiratsiya qiladi. Bir gram suvning bug’lanishi uchun 0,536 kkal energiya sarf qilinadi. Yer yuzida yillik bug’lanish 378  10 18 g bo’lsa, unga 2  10 20 kkal energiya sarf qilinadi. Bu yerga tushayotgan quyosh energiyasining 1/5 qismiga to’g’ri keladi. Atmosferaning suv bug’larini ushlab turish juda past bo’lganligi tufayli, ular to’planib, yerga namlik sifatida tushadi. Yer yuziga tushadigan o’rtacha namlik 65 sm ni tashkil etadi. Bu atmosferadagi namlikdan 25 barobar ko’pdir. Suvning suyuq holdagi formasi Yer yuzi bo’yicha o’tishiga 3650 yil kerak. Bu suvning atmosferadan o’tishida 100   000 marta ko’pdir. Oltingugurtning aylanishi. Oltingugurtning asosiy fondi tuproq, cho’kmalar, va ozroq atmosferadadir. Oltringugurt fondining almashinib turishida asosiy rolni mazsus mikroorganizmlar bajaradi. Ularning har bir turi oksidlanish yoki tiklanish jarayonida o’tadi. Oltingugurt fondining doimiyligidan geoximik va metrologik jarayonlar hamjihatlikda o’tadi. Undan tashqari, havo, suv va tuproqning birlikdagi harakati oltingugurtning katta masshtabda aylanishiga yordam beradi. Biogen elementlarining aylanishi. Ekosistemalarda tirik organizmlar va neorganik tabiat o’rtasida biogen elementlarning aylanib turishi doimiy hamda bir- biriga tengdir. Ekosistemada CO 2 va O 2 aylanishi fotosintez, nafas olish jarayonlarini ta’minlasa, azot, fosfor, oltingugurt ekosistemada murakkab yo’lni o’taydi. O’simliklar yaratadigan birlamchi mahsulot hosil bo’lishidagi asosiy komponentlar uglerod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt va suvning aylanib turishidir. Lekin hayvonlar faoliyati uchun natriy, kaliy, kalsiy kabi elementlar zarur bo’lib, ularni hayvonlar ichadigan suv orqali oladi. Tirik organizmlar www.arxiv.uz biomassadagi uglerod, azot, fosfor kabilar o’lik qoldiqlar bilan chirinda fondiga mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, minerallashib, neorganik moddalar hisobiga o’tadi. Turli kationning ekosistemada aylanishi. Ekosistemada uchraydigan turli elementlar – kalsiy, kaliy, natriy, magniy organic moddalar bilan kimyoviy bog’langan emas. Ular organizmlar hujayrasining ichki va tashqi suyuqlarida ko’p miqdorda uchraydigan kationlar, ekosistemada assimilyatsiya va energiya ajratish bilan bog’langan bo’lmasa ham, hujayrani funksiya qilishda muhim rol o’ynaydi. Turli ekosistemalarning kationlarga boyligi har xildir. Ularning miqdori o’zgarishi atmosferadan tushadigan yog’inlar miqdoriga bog’liq. Kationlarning o’simliklar tomonidan yutilishi va aylanib tabiatga qaytish darajasi, ularning yiliga daryo suvlari orqali yuvilishiga teng yoki bir necha bor, hattoki ayrim hollarda 10 barobar ortiqdir. Kationlarning ekosistemalarda o’rtacha ozuqa zanjirlari orqali o’tish, aylanish vaqti 1 yildan 10 yilgacha. Agar bu holni inobatga olsak, o’simliklar tuproqdagi erkin ionlarni Yer ustida suv bilan yuvilishdan oldin yuzaga kelib turadi. www.arxiv.uz Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., “Sharq”, 1998. 2. I.A.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T., “O’zbekiston”, 1998. 3. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., “O’zbekiston”, 1999. 4. Jabborov N. Kimyo va atrof muhit. T., “O’qituvchi”1992. 5. Barotov P. Tabiatni muhofaza qilish. T., “O’qituvchi”1991. 6. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. I, II qism, T., “O’qituvchi”1994. 7. Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T., “O’qituvchi”1995. 8. Tursunov X.T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. “Saodat RIA”, 9. To’xtayev A.S. Ekologiya. T., “O’qituvchi”1998. 10. Qodirov E.B. va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik asoslari. T., “O’zbekiston”, 1999. 11. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., “Yangi asr avlodi”, 2005. 12. Xolmurodov J. Ekologiya va qonun. T., “Adolat”. 2000. 13. www.ziyonet.uz