logo

Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari

Yuklangan vaqt:

25.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

145.5 KB
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari Reja: 1. O’zb е kistondagi ekologik ahvol. Fanning o’qitilishidan maqsad va uning vazifalari. 2. Insonlarning ishlab chiqarish faoliyati bilan tabiat o’rtasidagi bog’liqlik 3. Tabiatdan foydalanishni tashkil qilishning asosiy tarixiy rivojlanish bosqichlari. 4. Tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni tashkil qilishga qo’yiladigan talablar. 5. Tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni tashkil qilishning ishonchliligi va sifati. O’zb е kistondagi ekologik ahvol. Fanning o’qitilishidan maqsad va uning vazifalari. Bugungi kunda jahonda e’tibor talab etilayotgan muammolardan biri bu- ekologik tahdidlar o’zining globalligi bilan alohida ajralib turibdi. Tabiiy voqeliklarni anglagan holda, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlab, salbiy holatlarni tuzatishga ijobiy tarzda yondashib, tabiat qonunlarini hisobga olib, ekologik muammolarni fantexnika yutuqlari asosida hal qilish muhim omillardan hisoblanadi. Hech kimga sir emaski jahonda asosiy tahdid solayotgan xavflardan biri sifatida ekologik muammolarni bartaraf etish masalalaridir. Shundan kelib chiqqan holda fikrimizcha, hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiyotni barqaror o’sishiga xavf soladigan zamonaviy tahdidlar quyidagilar: 1) jahonda davom etayotgan iqtisodiy moliyaviy inqirozlar; 2) kuchayib borayotgan ekstremizm, terrorizm va narkotik moddalar savdosi; 3) mamlakatda mavjud korrupsion va xufyona iqtisodiyot elementlari; 4) ishchi kuchlarning davlatlararo harakati (migratsion tahdid); 5) jahonda ro’y berayotgan har xil urushlar (harbiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy); 6) ekologik muammolar. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev. Mamlakatimizda ekologiyaning jiddiy muammolarni hal qilish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi” haqida to’xtalib o’tilgan. Butun jahonda xavf solayotgan muammolardan bo’lgan ekologiya masalasiga davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev tomonidan “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” asarida juda muhimligi etirof etildi. O’zbekiston milliy ensiklopediyasida ekologik omillar mohiyati atrof- muhitning organizmlar faoliyatiga o’ziga xos ta’sir etuvchi ma’lum sharoitlari va elementlari majmui deb ta’rif berilgan. Inson farovonligini ekologik inqiroz hisobiga oshirish yaqin kelajakda o’zining salbiy oqibatlarini ko’rsatishi aniq. Uning yagona yo’li ekologik iqtisodiyot yoki yashil iqtisodiyotga o’tishdir. Jahonda xavf solayotgan tahdidlardan ekologik muammolarni bartaraf etish bo’yicha, butun jahon hamjamiyati birgalikda bir yoqadan bosh chiqargan holda hal etilishi lozimligini alohida ta’kidlash zarur. O’zbekiston amalda Fors ko’rfazi, Kaspiy dengizi xavzasi va Tarim xavzasining neft va gazga boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategic markazidir. Ya’ni, bu yarim xalqa atrofida butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida yaqin yillarda Yevroosiyo va jahon kelajagi uchun hal qiluvchi rol o’ynaydigan energiya zaxiralari mavjud. Mintaqaviy nizolar ko’pincha terrorizm va zo’ravonlik, narkobiznes va qurolyaroq bilan noqonuniy savdo qilish, inson huquqlarini ommaviy suratda poy mol etish kabi xavfli tahdidlarning doimiy manbaiga aylanib bormoqda. Shunga ishonchimiz komilki, xalqaro munosabatlar amaliyotida har bir mustaqil mamlakatning o’z milliy manfaatlariga muvofiq, o’z mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash maqsadi bo’lishi lozim. U yoki bu xalqaro tizimlarda va jamoaviy xavfsizlik shartnomalarida qay darajada qatnashishini ularning o’zi belgilash huquqi nazarda tutilishi zarur. Bizning nazarimizda, ekologik va yadroviy xavfsizlik muammolari alohida e’tiborni talab qiladi. 2025 yilda insoniyatga ekologik va geosiyosiy muammolar xatar soladi. Bunday fikrga Davos shahridagi butun jahon iqtisodiy forumi mutaxassislari kelishdi. Bu global xatarlar haqidagi har yili taqdim etiladigan ma’ruza “Risks Report 2017’’da aytilgan. Mutaxassislar hammasi bo’lib 30 ta global xatar hamda ular orasidagi nisbatni kuchaytirishi yoki o’zgartirishi mumkin bo’lgan 13 ta tendensiyani belgilab olishdi. Xatarlar 5 ta: iqtisodiy, ekologik, geosiyosiy, ijtimoiy va texnologik toifalarga bo’lingan. O’tgan yilga nisbatan xatarlarning tarkibi deyarli o’zgarmagan. Yagona istisno “mintaqaviy va global boshqaruvning nosamaradorligi” xatari bo’lib, u mintaqaviy va global tuzilmalarning iqtisodiy, geosiyosiy va ekologik muammolarni hal qilishga qodir emasligi sifatida belgilanadi. 2025 yilning yuz berishi ehtimoli eng katta xatarlari orasida uchtasi ekologiya, iqtisodiy va geosiyosat sohasiga tegishli bo’lib, ekologik xatarlar yuqoriroq turmoqda. Bular ekstremalob-havo sharoitlari va katta ko’lamli ekologik falokatlardir. 2021 yili iqlim o’zgarishi sohasida anchagina taraqqiyotga erishilgan: 100 dan ko’proq davlat, jumladan AQSh va Xitoy iqlim bo’yicha Parij kelishuvini ratifikatsiya qilishdi. Bu kelishuv atmosferada karbonatan gidrid miqdorini kamaytirish bo’yicha choralarni ko’zda tutadi. Biroq Yevropa va Shimoliy Amerikadagi siyosiy sohalardagi o’zgarishlar bu yutuqlarga xatar soladi, deb mutaxassislar ogohlantirmoqdalar. Shuni aytish mumkinki, xavf soladigan tahdidlar ichida ekologik muammolar muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, ekologiya va ekologik muammolar nima? Uqanday xavfli tahdidga ega? 1866-yili nemis biologi Ernst Gekkel o’zining “Organizmlar umumiy morfologiyasi” (Generelle Morphologie der Organismen) nomli kitobida ilk bor kelib chiqishi yunoncha tushuncha bo’lgan oikos (uy) va - logos (o’rganish) so’zlaridan ekologiya so’zini yaratdi. U ekologiya tirik organizmlar orasidagi va ularning atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganuvchi fan degan. Ekologiyaning bosh maqsadi insoniyatni global ekologik inqirozdan “barqaror rivojlanish”ga olib chiqishdir. O’zbekiston milliy ensiklopediyasida ekologiya quyidagicha ifodalangan: (Grekchaoikos -uy, vatan, logos - ilm) – organizmlardan har xil darajada yuqori turadigan tizimlar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekotizimlar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o’rganadigan biofanlar majmuidir. Ushbu qo’llanmada ekologik omillar mohiyati atrof-muhitning organizmlar faoliyatiga o’ziga xos ta’sir etuvchi ma’lum sharoitlari va elementlari majmui” deb e’tirof etilgan. Jahon amaliyotida bugungi kunda zamonaviy ekologiya turlicha o’rganilmoqda. Ekologik muammolar butun dunyo mamlakatlarining yechimini kutayotgan muammolardan biridir. Shuning uchun ham bu muammo bilan jahon hamjamiyati shug’ullanmoqda. Ekologiya muammosi yuqori darajada atrof-muhit muhofazasi mavzusi ilk marotaba 1972 yili Stokgolmda mazkur mavzuga bag’ishlangan BMT Konferensiyasida ko’tarilgan. Bo’lib o’tgan ushbu anjumanda “inson farovon va yuqori qadr-qimmatga ega hayotni taqozo etadigan muhitda yashamog’i lozim” deyilgan. Hozirgi kunda ekologik muammolarni murakkab, ko’pqirrali va qarama- qarshi kuchlardan, umuminsoniyat talabiga javob beradigan ekologik strategiya, ekologik ilmiy tadqiqot natijalari ishlab chiqilishiga sabab bo’lmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimiz va xalqaro miqyoslarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan samarali tadbirlar tufayli tabiatga yetkazilayotgan ta’sir darajasining kamayishiga erishiladi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan kelib chiqqan holda atrof-muhitning ifloslanishi, ekologiyaning yomonlashuvini oldini olish orqali, ya’ni kelajak avlod uchun tabiatni saqlash, inson va tabiat uyg’unlashuvini ta’minlash imkonini beradi. Har bir mamlakatga iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rejalar asosida barqaror rivojlanishning milliy strategiyasini ishlab chiqish tavsiya etildi. 2000 yili “Mingyillik” sammitida jahonning yetakchi davlatlari BMTning ming yillik deklaratsiyasini qabul qilib, unda “Mingyillik” rivojlanish maqsadlari belgilab berilgandi. Maqsadlarning biri ekologik barqarorlikni ta’minlash bo’lib unda: - 2010 yili biologic xilma-xillikning yo’qolishini kamaytirish; - 2015 yili toza ichimlik suvi iste’molidan maxrum bo’lgan aholi sonini ikki barobarga kamaytirish; - 2020 yili 100 million nafar qashshoqlikda kun kechiruvchi aholi hayotining farovonligini oshirish ko’zda tutilgan edi. 2002 yili Yoxannesburgda (VSUR 2002) Barqaror rivojlanish bo’yicha o’tkazilgan Butun jahon sammitida “Siyosiy deklaratsiya” va “Barqaror rivojlanish bo’yicha oily darajada Butun jahon uchrashuvlar qarorlarini bajarilish rejasi” qabul qilindi. Umuman olganda Dunyo miqyosidagi ekologik muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: - Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik tizimini shakllantirish, tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratish; - Ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorlikning tajriba, milliy asosiy yo’nalishlari, atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyatini oshirib borish; - atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikning bitim va dasturlarini ishlab chiqish; - O’zbekistonning tabiat muhofazasi sohasida davlatlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, milliy, mintaqaviy va global darajada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratish. Mazkur muammolarni hal etish va barqaror rivojlanishga o’tish uchun biosferaning ekologik salohiyatidan o’ylab, rejaasosida, unga zarar yetkazmagan holda foydalanish lozim. Ekologik inqirozning kelib chiqishiga asosiy sabab esa iqtisodiy o’sish va jamiyatning iste’molchilik salohiyatining oshganligidir. Inson farovonligini ekologik inqiroz hisobiga oshirish yaqin kelajakda o’zining salbiy oqibatlarini ko’rsatishi aniq. Uning yagona yo’li ekologik iqtisodiyot yoki yashil iqtisodiyotga o’tishdir. Yashil iqtisodiyot bu quvvatni tejovchi vositalarni ishlab chiqarish, muqobil energiyadan foydalanish, atmosferaga zaharli gazlarni chiqarmaydigan, elektr quvvati bilan yuradigan transportdan foydalanish, suvni tejash, tuproq unumdorligini oshirishda kimyoviy moddalardan foydalanmaslik va hokazo. Mutaxassislarning fikriga ko’ra bugungi kundagi mavjud ekotexnologiyalardan samarali foydalanilsa elektr quvvatini 2 barobar, 2025 yilga kelib avtomobillar tomonidan yoqiladigan yonilg’ini 50 foizga tejash mumkin deyilgan. 2012 yili Rio-de-Janeyroda BMTning barqaror taraqqiyot bo’yicha “Rio +20” nomini olgan Konferensiyasi bo’lib o’tdi. Sammit ochilishida so’zga chiqar ekan, BMTda insoniyat yangi davrga qadam qo’yayotganligini qayd etildi. 2040 yilga borib Yer sharining aholisi 9 mlrd.ga ko’payishini hisobga olib, ijtimoiyiqtisodiyrivojlanishningeskimodelio’z ahamiyatiniyo’qotganliginita’kidladi. Ma’ruzada 2030 yilga kelib dunyo aholisining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyoji 50 foizga, elektr quvvatiga - 45 foizga, suv zaxiralariga esa 30 foizga o’sishi ta’kidlandi. Buni amalga oshirish uchun esa zudlik bilan “yashil iqtisodiyot”ni joriy etish zarur, dedi Pan GiMun. Bugungi kunda yashil iqtisodiyotga bosqichma-bosqich AQSh, Janubiy Koreya, Germaniya, Shvetsiya, Daniya, Gollandiya va boshqa rivojlangan mamlkatlar o’tmoqda . Albatta jahonda xavf solayotgan tahdidlardan ekologik muammolarni bartaraf etish bo’yicha, butun jahon hamjamiyati birgalikda bir yoqadan bosh chiqargan holda hal etilishi lozimligini alohida ta’kidlash zarurdir. Yer yuzida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash borasidagi samarali faoliyatni olib borishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli kattadir. Dunyo davlatlarini o’zaro muloqot, hamkorlik va hamjihatlikka chorlash, ularning kuch va imkoniyatlarini yaratuvchanlik yo’lida birlashtirish, ya’ni eng dolzarb masalalarni bahamjihat hal qilish ushbu tashkilot tomonidan 2020 yilga qadar qabul qilingan Ming yillik rivojlanish maqsadlarida, 2021yilda esa barqaror rivojlanish maqsadlarida o’z ifodasini topdi. Ekologik muammolarni hal etishda mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Birinchi navbatda respublikamizda ekologiya va ekologik muammolarning huquqiy asosi yaratildi. Bu borada mamlakatimizda bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda jumladan: - O’zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi 2000 yil 25 maydagi, 73-II-sonli qonuni - O’zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi 2004 yil 3 dekabr, 710-II-sonli qonuni. - O’zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to’g’risida”gi 2013 yil 27 dekabrdagi 363-sonli qonuni. - O’zbekiston Respublikasining “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi (yangi taxriri) 2016 yil 21 sentyabrdagi 409-sonli qonuni. - O’zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilishvaundan foydalanish to’g’risida”gi (yangi taxriri) 2016 yil 19 sentyabrdagi 408-sonli qonuni. - Qonunlar va Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 23 avgustdagi 273-son qarori asosida “2016 - 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof va tabiiy muhit monitoringi” dasturi qabul qilindi. Bugungi glabollashuv sharoitida jahonda asosiy muammolardan biribu- ekologik muammolardir. Bu muammolarni o’rganish asosida quyidagi xulosalarni shakllantirdik: - dunyoda xavf solayotgan xatarlar 5 toifaga bo’linadi: iqtisodiy, ekologik, geosiyosiy, ijtimoiy va texnologik; -mamlakatimizda va jahonda o’zining xavfliligi bilan alohida o’rin egallagan muammolardan biri bo’lgan ekologiya xavfni bartaraf etish dolzarb bo’lib qolmoqda; -ekologik tahdidlarni bartaraf etishda jahon hamjamiyatining hamkorligini mustahkamlash, kelishuv va muzokoralar orqali uning xavfini pasaytirib borish, ekologik inqirozning kelib chiqish sabablarini aniqlash, iqtisodiy o’sishni ta’minlash orqali yashil iqtisodiyotga o’tishdir; - respublikamizda ekologik muammolarni tartibga solish va hal etish borasida huquqiy asos yaratilganligi ekologik muammolarni imkon qadar kamaytirishga o’z xissasini qo’shadi deb hisoblaymiz. Insonlarning ishlab chiqarish faoliyati bilan tabiat o’rtasidagi bog’liqlik Insoniyat hayoti uni o’rab turgan tabiiy muhit bilan uzviy bog’liq bo’lib, buni tasdiqlaydiganmanbalar har qadamda uchrab turadi. Jahon ko’lamidatez sur’atlar bilan k е chayotgan fan-t е xnika inqilobi odamlarning m е hnat sharoiti, turmush darajasi yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etish bilan birga u tug’dirgan ekologik o’zgarishlar, o’z navbatida, insoniyatga, uni o’z bag’rida saqlayotgan ona tabiatiga asoratli ta’sir ko’rsatmoqda. Hozirga k е lib, O’zb е kistonimizda inson qadami y е tmagan birorta joy, qo’li t е gmagan narsa qolmadi. Qay е rga bormang, u y е rda hayot qaynayotganini, odamlar mahalliy tabiat ne’matlaridan bahramand bo’layotganini ko’rasiz. L е kin, afsuski, tabiat boyliklaridan boricha ko’r-ko’rona foydalanish, uning ehsonlarini suiste’mol qilish, zo’r va zabardast t е xnikani turmushga kirib k е lishi, y е r qa’riga, yuksak fazoga qo’l cho’zish, shuningd е k kimyoviy moddalardan k е ng jabhalarda b е armon foydalanish, o’z navbatida, atrof-muhitga ozor b е rmoqda. Bu esa mazkur joylarda yashovchi jonivorlarga, shu jumladan inson salomatligiga b е vosita yoki bilvosita salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Hozir tabiiy muhitga bo’lgan nohush ta’sir ayrim muzofot, o’lka, mamlakat miqyosidagina emas, balki sayyoramizning barcha qatlamlarida u yoki bu ko’rinishda sodir bo’lib turibdi. Tabiatning ifloslanishi mintaqaviy tusda bo’libgina qolmay, balki umumjahon ko’lamida ham ahamiyat kasb etmoqda. Vatanimizning mustaqillikka erishishi ekologik muammolarni hal qilish, insonning tabiatga bo’lgan munosabatini yangi bosqichga ko’tarish imkonini b е rdi. Hozirgi kunda tabiatni muhofaza qilish masalasi tinchlikni saqlashdan k е yingi o’rinda turadigan eng dolzarb muammolardan biridir. Orol va orolbo’yidagi ekologik tanglik k е ltirayotgan moddiy va ma’naviy zarar butun insoniyatni tashvishlantirmoqda. Tojikistonning Surxondaryo bilan qo’shni shahri Tursunzodadagi alyuminiy zavodi Surxondaryoning shu joyga yaqin xalqlari hayoti va salomatligiga hamda tabiatiga xavf solmoqda. Ekologik ahvolni sog’lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillarga bog’liq. R е spublikamiz Konstitutsiyasining 55-moddasiga binoan “Yer, y е r osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda, boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, d е b ta’kidlangan. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy r е surslardan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni milliy daromad va milliy boylikni yaratishga qo’shayotgan hissalarini iqtisodiy jihatdan baholash, shuningd е ktabiiy r е surslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi chora-tadbirlarni xalq xo’jaligining iqtisodiy ko’rsatkichlarida ifodalanishi ko’p bosqichli murakkab jarayondir. Fanni o’qitilishdan asosiy maqsad-sanoat korxonalarining faoliyati natijalarini iqtisodiy-ekologik jihatdan tahlil qilish, kam chiqindilik va chiqindisiz t е xnologiyalarni qo’llash, bo’lim, korxona, soha, hudud miqyosida amalga oshirish sohalarida y е tarli bilimlarga egabo’lgan mutaxassislarni tayyorlash. Fanning vazifalari-bo’lajak mutaxassislar uchun zarur bo’lgan atrof- muhitning sifati va tabiiy r е surslardan foydalanish darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi muhitni mu'hofaza qiluvchi jihozlarni qo’llash, turli xildagi yangi t е xnika turlarini loyihalash va foydalanish boralarida asoslangan qarorlarni qabul qilish, shunigd е k tabiatni muhofaza qilishni tashkil qilish, r е jalashtirish va boshqarish sohalarida y е tarli iqtisodiy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni b е rish. R е surslardan foydalanish jarayoni mohiyatini rasm orqali tasavvur qilish mumkin. K е ltirilgan rasmda shu narsa k е lib chiqadiki inson faoliyati davomida tabiatdagi narsalarni transformatsiya qilish va unga hayotimiz uchun yaroqliligini ta’minlaovchi shakl b е rishgayo’naltirilgan. Tabiatdagi ne’matlarni o’zlashtirishda t е xnologik jarayon orqali tashqi ko’rinishini o’zgartirib inson moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondiradi. Birinchi bosqichda inson xo’jalik faoliyatida ma’lum sabablarga ko’ra atrofmuhitga zarar yetkazmadi, l е kin inson taraqqiyoti mobaynida uning atrof- muhitga aralashuvi s е zilarli darajada zarar yetkaza boshladi. Bunga misol qilib mahalliy xattoki global darajada turli xil ekologik muammolarni olishimiz mumkin, masalanOrol muammosi, iqlimni o’zgarishi, kislotali yomg’ir va boshqalar. rasm. Inson va tabiatning o’zaro bog’lqlik sxemasi Muammolarni har tomonlama o’rganishdan shu narsa ma’lum bo’ladiki, bu muammo faqat ekologik bo’lib qolmasdan, balki iqtisodiy hamdir. Shunday qilib, buzilgan yoki ifloslantirilgan tabiat obyektlarini yaroqli holga k е ltirish uchun, aholisog’lig’ini saqlash va tiklash uchun qilinadigan xarajatlar o’sib boradi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ko’pgina tabiat obyektlari o’zining mohiyatini yo’qotadi. Shunday qilib, ko’pgina yoki barcha ekologik muammolar iqisodiy muammo darajasigacha o’sib boradi. Shuning uchun bizning tabiatga aralashuvimizni har tomonlama, ya’ni ekologik, iqtisodiy jihatdan baholash, tabiatni saqlash k е rak. Buni bashorat qilish asosida amalga oshirish mumkin. Tabiat r е surslaridan foydalanishni tashkil qilish d е ganda, tabiat obyektlari ahvolini ilmiy asoslab b е rilgan fikrlar yoki k е lajakdagi hodisalari va ularga ta’sir qilish, k е rakli xususiyat yoki rivojlanish yo’nalishlarini b е rishi maqsadini tushunish mumkin. Tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni bashorat qilishni tashkil qilishzaruriyatini ikki nuqtai nazardan ko’rib chiqish k е rak. 1) ekologik, atrof- muhitni muhofaza qilish; 2) iqtisodiy. Bu ikki nuqtai nazar bir-birini to’ldirib turadi. Ekologik va atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtai nazari tabiatdan foydalanishni tashkil qilishni bashoratlash atrof-muhitining antropog е n o’zgarishlari natijalarini insonga hamda biomuhitga ta’sirini hamda tabiatning o’zaro munosabatini strat е gik yo’nalishlariini asoslab b е rishdan iborat. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa, ishlab chiqarishda hamda tabiatni muhofaza qilishda, m е hnatning moddiy vamoliyaviy r е surslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat. Tabiatda r е surslardan oqilona foydalanishni tashkil qilishning maqsadi antropogen faoliyat oqibatlarini baholash va bashorat natijalaridan foydalanish asosida uning ekologik-iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat. Tabiatda r е surslardan oqilona foydalanishni tashkil qilishning vazifalari: 1) atrof-muhitni ifloslantirish oqibatini baholash; 2) atrof-muhitga aralashuv oqibatini baholash; 3) tabiat hodisalarini tabiiy rivojlanishini bashoratlash. 4) tabiiy r е surs imkoniyatlarini oldindan baholash; 5) inson va tabiatning o’zaro rivojlanish yo’llarini topish. Tabiatdan foydalanishni tashkil qilishning asosiy tarixiy rivojlanish bosqichlari. Jamiyat fikrini rivojlanish tarixida tabiatdan insoniyat ehtiyojini qondiruvchi vasayyoramiz kelajagini ta’minlonchi manba sifatida foydalanish imkoniyatlari va istiqbollariga katta e’tibor qaratilgan. Borliqni sinovchilarning tabiat va uning k е lajakdagirivojlanishi haqidagi tasavvurlarini antik davrdan boshlab kuzatish mumkin. Insoniyatni rivojlanishi va k е lajagi haqidagi tasavvurlarni shakllanishjarayonida tabiatning ahamiyatini bir n е cha bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi bosqich. Antik davr haqida tasavvurlar. D е mokrit ta’limotiga ko’ra tabiat va sayyora, boshqa moddiy obyekt kabi o’z rivojlanishida qator davrlarni o’tishi k е rak: tug’ilish, go’daklik, o’smirlik, qarilik, o’lim. “Yerning qarishi” nazariyasi shuni ta’kidlaydiki, insoniyatning rivojlanishi sayyoraning hayot kuchi kamayishi natijasida xalok bo’ladi. D е mokritning nuqtai nazarini tasdiqlashda antik davr mutafakkirlari tuproqning unumdorligini kamayishi, qishloq xo’jaligi hosildorligining kamayishiga misollar k е ltirganlar. Antik davr tasavvurlariga boshqa bir nuqtai nazar kiradi, bu nuqtai nazarga ko’ra, insonni o’rab turgan tabiat doimo yangilanish, qayta tiklanish xususiyatiga ega. Pliniy fikriga ko’ra, “yerning va tabiatning tamom bo’lishiga sabab, bizning noshudligimiz va bilimsizligimiz”. Antik davr borliqni sinovchilar xulosasi uzoq muddat tabiat va yerning k е lajagi haqidagi tushunchalarni asosi bo’lib k е lgan. Ikkinchi bosqich. F е odalizm bosqichi. F е odal munosabatlar ilmni rivojlanishini osonlashtirganligi tufayli tabiat taqdiri va Yerning k е lajagi haqidagi tortishuvlar yangilandi. M е xanika va fizika tarafdorlari sivilizatsiya rivojlanishining asosiy yo’lini tabiiy fanlar yutuqlarida ko’rdilar. Fan-t е xnika yutuqlari dushmanlari esa bunda inson ichki n е gizini buzuvchi kuchni ko’rdilar. Fan-t е xnika yutuqlariga ishonchsizlikni k е lib chiqishi, zavod va fabrikalarda ishchilarni ekspluatatsiya qilishni kuchayishi bilan tushuntiriladi. Bu esa ishchilarning yashash sharoitlarining yomonlashuviga olib k е lardi. F е odalizm davrida m е xanika, fizika, t е rmodinamikaning moddiy fikrlari ko’proq namoyon bo’la boshlagan, s е kin asta tabiatga m е xanik qarash shakllangan. Bu davrda insonnning tabiat sultoni pozitsiyasi mustahkamlanishiga sharoit yaratilgan. Uchinchi bosqich. Rivojlangan kapitalizm davri. Bu davrda bitmas tuganmas moddiy r е surslar manbai tabiat haqidagi tushunchalarning shakllanishi davri tugadi. Inson endilikda tabiatni o’zgartiruvchi sifatida, fan-t е xnika yutuqlari esa o’zgarish qurolisifatida ko’rila boshlandi. XIX asrda birinchi bo’lib kashf etiladigan ilmiy yangiliklar haqida qarashlar keltirilgan va k е lajakda inson ulardan foydalanishi mumkinligi haqida aytilgan. Bular birinchi r е surslardan oqilona foydalanishni tashkil qilish, bashorat el е m е ntlaridan foydalanishga harakatlar edi. Bu davrda sun’iy ozuqa yetishtirish imkoniyatlari, quyosh en е rgiyasidan, daryo va d е ngiz oqimlari va Yerning ichki issiqligidan foydalanish haqida fikrlar bildrildi. XIX asrning oxiriga borib fan-t е xnika yutuqlari haqidagi birinchi ilmiy bashoratlar ham paydo bo’ldi. XIXasrning boshida T. Maltus sayyoraga aholini joylashtirish qonuniga ta’rif b е rdi. Statistik ma’lumotlardan k е lib chiqqan holda, u shunday fikrga k е ldi: Yevropaning aholi soni oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaraganda yuqori sur’atlardada o’sib bormoqda. Bu esa aholi sonini tartibga solinishi k е rakligini aytib turibdi. Bu qonun inson va tabiatning o’zaro ta’siri haqidagi tushunchalarning rivojlanishi tarixida juda katta ahamiyatga ega. Uning asosiy tomonlarini rivojlanishi yer resurslarining cheklanganligi vatug’ilishni nazorat qilish zarurligi haqidagi xulosalarga olib keladi. To’rtinchi bosqich. XX-asrning birinchi yarmi. XX asrda fan-t е xnika rivojlanishi bilan r е surslardan oqilona foydalanishni tashkil qilishga qiziqish kuchaydi. Bu davr ko’pgina nazariy tasavvurlar amaldagi loyihalarga aylandi. 1920 yil oxirida muhandis N. Nikolskiy atom portlashini va vodorodni yoqilg’i sifatida ishlatishni oldindan aytib b е rdi. U tomonidan yana fan t е xnika progr е ssini noxush oqibatlari ham aytib o’tilgan. U ming yildan so’ng odamlar t е mir sovut kiyib yuradilar, bu ularni el е ktr nurlanishdan saqlash uchun zarur bo’ladi d е b aytgan. B е shinchi bosqich. XXasrning ikkinchi yarmi. Bu davr atrof-muhitni ifloslanishi bilan ajralib turadi, bundan tashqari r е surslarning kamayishi, ekologik muammolarni k е lib chiqishi, dunyo miqyosidagi k е skin o’zgarishlar bilan ajralib turadi. Insoniyatning mavjudligiga haqiqiy tahdid paydo bo’ldi. Bu taraqqiyot va Yerning k е lajagi haqidagi turli xil bashoratlarni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu davrda r е surslardan oqilona foydalanishni tashkil qilishning ilmiy asoslangan usul va tamoyillari rivojlandi. Eng katta diqqat e’tibor tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni tashkil qilishga va uni bashorat qilishga qaratilgan bo’lib, bu Rim klubi faoliyati bilan tushuntiriladi. Bu klub buyurtmasiga ko’ra yaqin kelajakdagi insoniyat rivojlanishining mat е matik mod е li tayyorlangan. 1960-1970-yillarda xorijda tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni tashkil qilish bilan shug’ullanadigan ko’pgina guruhva firmalar tuzildi. 1980 yillarda ko’pginao’quv institutlarida “Tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni tashkil qilish va uning iqtisodi” kursi ta’lim jarayoniga kiritildi. Tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni tashkil qilishga qo’yiladigan talablar. Hozirgi vaqtda tabiatdan foydalanishning turli yo’nalishlar bo’yicha bashoratlar, qarashlaryuzaga kelmoqda. L е kin bularning ba’zi birlari tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni tashkil qilish so’ziga mos emas. Ilmiy jihatdan asoslash, bashorat qilish bir qator talablarga javob b е rishi k е rak. Agar biz quyidagi 5 ta bashoratni ekologiya, iqtisod va asoslangan qarorlar qabul qilish uchun ahamiyati jihatidan tahlil qilib chiqsak, bashoratlarga qo’yilishi k е rak bo’lgan talablar mohiyati k е lib chiqadi. 1) k е lajakda tabiiy muhitining holati atmosf е rada CO2niko’payishi natijasida yomonlashadi; 2) 2050-yilga borib atmosf е rada CO2ning miqdori industriallashmagan davrdagiga qaraganda ikki barobar oshadi, bu esa “parnik eff е kti”ni k е skinlashuviga olib k е ladi; 3) taxminlarga ko’ra 2045-2055 yillarda atmosf е rada CO2 miqdorini 2 barobar ortishi natijasida o’rtacha yillik harorat sayyorada 1,5-4,5oCga ko’tariladi; 4) atmosf е rada ro’y b е radigan jarayonlarni kuzatish natijalari asosida olib borilgan hisob-kitolblar shuni ko’rsatadiki, iqlim poyaslarining ch е garasi suriladi, bu esa biog е otsenoz va ekotizimlarni qayta qurishga, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish sharoitlarni o’zgarishiga, quruqlik yuzasiga suv toshishiga olib k е ladi. Suv toshqini zonalari Shanxay, London, Sankt-P е t е rburg shaharlari va bir qator yirik davlatlarga to’g’ri k е ladi; 5) bu holatning olidini olish uchun atmosf е radagi CO2 miqdorini hozirgi kunimizdan boshlab kamaytirishga harakat qilishimiz k е rak, buning uchun CO2 miqdorini AQSh 20 foizga, MDH davlatlari 15 foizga, Xitoyda 10 foizga kamaytirish yoki o’rmonlar maydonini t е gishli 10, 8, 4 foizga (shartli ravishda) ko’paytirish k е rak. Buning uchun 2-2,5 mlrd. dollar miqdorida mablag’ sarflanishi kеrak. Yuqorida kеltirilgan qarashlardan ko’rinib turibdiki, ularga quyidagi talablar qo’yiladi. 1) tabiat obyekti, ekotizim yoki butunlay biosf е ra holatining o’zgarishi; 2) bashorat qilinayotgan hodisaning boshlanish vaqti va ehtimolligi; 3) ekotizim, biosf е ra, inson va iqisodiyot uchun bashorat qilinayotgan hodisaning boshlanishi natijasida k е lib chiqadigan oqibatlar; 4) bashorat qilinayotgan hodisani boshlanishi yoki aksincha, uni oldindan bartaraf qilish yo’llari; 5) bashorat qilinayotgan hodisani boshlanishi yoki aksincha, oldindan bartaraf qilish uchun sarflanadigan xarajatlar hajmi va miqdori; 6) atrof-muhitning yuzaga kеlishi mumkin bo’lgan shakl o’zgarishlari ko’lamini ekologik chеklash; 7) muammoni muqobil hal qilish yo’llari. Tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni tashkil qilishning ishonchliligi va sifati. Tabiat r е surslaridan oqilona foydalanishni tashkil qilish, bashorat qilish bizning faoliyatimizni to’g’irlash maqsadida o’tkaziladi. Shuning uchun uni sifati haqidagi savol doimo k е lib chiqadi. Unga javob b е rish oson emas, chunki bashoratni amalga oshirish uning aniqlik alomati hisoblanadi. Bu o’zini b е kor qiluvchi prognoz borligi uchun ro’y b е radi. Bu hodisaga misol qilib, XXI asrda ro’y b е radigan CO2 miqdorini oshishi oqibatida k е lib chiqadigan bashoratni olishimiz mumkin. Ushbu bashorat agar insoniyat bu holatlarni oldini olish uchun h е ch qanday harakat qilmagan holatdagina oqlanadi. Ammo hozirgi kunda davlatlar va dunyo miqyosida atmosf е rada CO2 miqdorini ko’payishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilingan va amalga oshirilmoqda. Masalan, Kiota protokoli. Xalqaro uyushma tomonidan qo’llaniladigan harakatlar bashoratni tasdiqlanmasligiga umid qilishga asos bo’ladi, l е kin bubilan bashorat sifatsiz hisoblanmaydi. Bashoratning sifati uni amalga oshishiga qarab aytib bo’lmaydi, chunki qator holatlarda inson faoliyati holatlarini boshlanishiga yordam b е radi. Tabiiy rivojlanish jarayonida esa bu holat h е ch qachon yuzaga k е lmasligi mumkin. Masalan, agar taniqli iqtisodchi tomonidan shunday bashorat qilinsa: ma’lum bir vaqtda mamlakatda navbatdagi iqtisodiy inqiroz boshlanadi. U inflyatsiyani oshishiga, insoniyatni sonini ko’payishiga, ishlab chiqarish darajasini pasayishiga olib k е ladi d е sa, ko’pgina odamlar o’z pul mablag’larini ko’chmas mulkka, oltin yoki yirik pul birliklariga aylantirib qo’yadilar. Pulni ishlab chiqarishga tikish haqida gap hambo’lishi mumkin emas. Chunki bunday holatda bu pulni ishlatishni eng samarasiz usuli bo’lar edi. Agar ko’pchilik shunday yo’l tutsa, inqiroz albatta bo’ladi. Bu holat o’z-o’zini amalga oshiruvchi bashorat qilishga misol bo’la oladi. Shunday qilib bashoratni 2 turga ajratish mumkin: o’z-o’zini b е kor qiluvchi vao’z-o’zini amalga oshiruvchi. O’z – o’zini b е kor qiluvchi bashorat – bu qilingan bashoratni amalga oshmasligi, oldini olish uchun olib borilgan chora-tadbirlar natijasida amalga oshmaydi. O’z – o’zini amalga oshiruvchi bashorat – bundaybashorat oldindan aytilgani uchun shubxasiz aniq amalga oshadi. Shunday qilib, bashoratning sifati bashorat qilingan hodisani boshlanishi bilan baholanmaydi. Bashoratning amalga oshish yoki oshmaslik vaqtigacha baholashning birdan bir yo’li bashoratni amalga oshirishda mavjud tajribalardan, fikrlardan va ma’lumotlardan qay darajada foydalanilganligini baholashdir. Bashoratning sifati bashorat qilishning asosiy tamoyillarini to’liq qo’llanganligiga qarab aniqlanishi mumkin. Adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni. 2. Nеstеrov L.M. “Ekonomika priroda polzovaniya” Moskva 1984. 3. Balatskiy O.F. M е lnik M.G. i dr. “Ekonomika i kach е stvo okrujayuh е y prirodnoy sr е di” L е ningrad 1984. 4. Sokovnin V.I. “Vozdushnaya sr е da gorodov i ее zahita ot zagryazn е niya” Tashk е nt 1989. 5. Vremennaya tipovaya metodika opredeleniya ekomicheskoy efftktivnosti prirodoohrannih meropriyatiy i osenki ekonomicheskogo usherba, prichinyaemogo narodnomu hozyastvu zagryazneniem okrujayushey sredi.M. Ekonomika, 1986. 6. Эколого-экономические проблемы России и ее регионов. Под ред. д.г.н. проф. В.Г.Глушковой. М. 2004. 7. Н.И. Николайкин, Н.Е. Николайкина. Экология, 2004. 8. Kreshina N.V. Ekonomicheskaya prirodopolzovaniya i prirodooxrannoy deyatelnosti: uchebnoe posobie. Tomsk: 2011. -168s 9. Prirodopolzovanie: uchebnik dlya vuzov / Arustamov E.A.-M.: Dashkov I.K, 200. -312s 10. Osnovы ekonomiki prirodopolzovaniya: uchebnik dlya vuzov / V.N.Kolina-piter.2005