logo

Palmakabilar kichik ajdodi – arecidae. Bulduruqo’tkabilar kichik ajdodi – alismatiidae

Yuklangan vaqt:

15.12.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

454.5693359375 KB
Palmakabilar kichik ajdodi – arecidae. Bulduruqo’tkabilar kichik ajdodi – alismatiidae Palmanamolar qabilasi – Arecales Bu qabilaga bitta oila kiradi. Palmadoshlar oilasi - Arecaceae (Palmae) Bu oila vakillari asosan daraxtsimon, ayrimlari butasimon o’simliklardir. Poyalari to’g’ri, bir tekis yo’g’onlashgan, shoxlanmagan, bo’yi 40-50 m ga, diametri 1 m ga yetadi. Lianalarning bo’yi 200-300 m gacha yetadi. Yirik poyalari barg izlari va barg qini qoldiqlari bilan qoplangan. Palmalarning ildizipoyasiga nisbatan uncha taraqqiy etmaydi. Ular qo’shimcha ildizga ega bo’ladi. Barglari qinli, bandli, turli yo’llar bilan patsimon yoki panjasimon bo’laklarga ajralgan. Gullari bir, ba’zan ikki jinsli, to’g’ri, mayda, rangsiz, qoplovchi barg qo’ltig’ida joylashgan. Gullari 14 metrgacha yetadigan uzunlikda to’pgul hosil qiladi. Monokarpik turlarida to’pguli oddiy, poyasining uchida chiqadi, polikarpik turlarida esa to’pgul har yili eski barg qo’ltig’idan chiqadi. Gulqo’rg’on barglari ko’pincha 6 ta, 3 tadan 2 doira bo’lib joylashgan. Changchisi 6 ta yoki 3 ta, ba’zan ko’p. Urug’chisi uch mevabargli va 1-3 uyali. Gul formulasi: P 3+3 A 6,3 G (3). Mevasi danakcha, ho’l meva yoki yong’oq. Bu oila 212 turkum va 3000 turdan iborat (98-rasm). O’rta Osiyoda va O’zbekistonda botanika bog’larida va xiyobonlarda manzarali 1 o’simlik sifatida yopiq xonalarda o’stiriladi. Xurmo (finik palmasi) - Phoenix dactylifera ko’p yillik daraxtsimon tana hosil qiluvchi o’simlik. Barglari patsimon bo’lingan, tana uchida to’p bo’lib joylashgan. Ikki uyli. Xurmoning 1000 dan ortiq navlari bor. Mevasi jiydasimon, shirin etli, bir danakli. Bizda u “ xurmo ” nomi bilan yuritiladi. Mevasi so’ligan holda 70 % qand, 2,5 % yog’ va 3 % oqsilga ega, undan har xil ta’omlar tayyorlanadi. Urug’idan moy olinadi. Yog’ochi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. 98-rasm. Palmalar. 1-14. Finik palmasi ( Phoenix dactylifera ) mevali tupi, gullarining tuzilishi, mevasi, urug’i, 15. Egilgan finik palmasi ( Ph. reclinata ) bargi, to’pguli, 16 . Kanar Finik palmasi ( Ph. canariensis ) poyasi, bargi, 17. O’rmon finik palmasi ( Ph . sylvestris ) umumiy ko’rinishi 2  99-rasm. Suvpiyoz ( Butomus umbellatus ): 1. Umumiy ko’rinishi, 3-9. Gul qismlari, 10. Mevasi, 11. urug’i BULDURUQO’TKABILAR KICHIK AJDODI – ALISMATIIDAE Suvpiyoznamolar qabilasi – Alismatales Suvpiyozdoshlar oilasi – Alismataceae Bu oila vakillar suvda, sernam erlarda o’sadigan ko’p yillik o’tlar. Ularning barglari lentasimon yoki qilichsimon bo’lib, ildiz bo’g’zidan chiqqan. Poyasi bargsiz, uchi soyabonsimon to’pgul bilan tugaydi. Gullari ikki jinsli, aktinomorf. Pushti rangli. Gulqo’rg’on barglari ikki doirada joylashgan. Oila 4 turkum 7 turdan iborat. Ular Yer sharining barcha tpropik va subtropik mintaqalarida. Oilaning suvpiyoz – Butomus turkumining 3 oddiy suvpiyoz – Butomus umbellatus turi ko’llar, sekin oqadigan suvlar, sholipoyalar va ariqlar bo’yida o’sadi (99-rasm). Uning ildizpoyasidagi ko’p miqdorda kraxmal to’planadi. Bundan tashqari shakar, oqsil va kamroq yog’ to’planadi. Dorivor o’simlik. Yashilgulnamolar qabilasi – Najadales Yashilguldoshlar oilasi – Najadaceae Bu oilaga suvga ko’milgan holda o’suvchi sershox o’t o’simliklar kiradi. Ikki yoki bir uyli. Barglari qalami, poyada 3 tadan halqa bo’lib o’rnashgan, yaprog’ining chetlari o’yilgan yoki arra tishli. Gullari mayda. Gulg’o’rg’oni oddiy, kosachasimon, changchisi bitta yoki ikkita, urug’chisi bitta, suv ostida changlanadi. Bu oila bitta turkum va 40-50 turdan iborat. O’rta Osiyoda va O’zbekistonda 3 turi o’sadi. Yashilgul - Najas (100-rasm) turkumi ikki yoki bir uyli, bir yillik o’t o’simliklardan iborat. Dengiz yashilguli - Najas marina ning bo’yi 30-60 sm, poyasi ingichka, sershox o’simlik. Barglarining cheti va ostki tomonidan tikanlari bor. Ko’l va daryolar toshishi natijasida hosil bo’ladigan ko’lchalarda o’sadi. 4 100-rasm. Yashilguldoshlar: 1-7. Katta yashilgul ( Najas major ) umumiy ko’rinishi, gul tuzilishi, mevasi, urug’i, 8-12. Kichik yashilgul ( N. minor ) umumiy ko’rinishi, bargi, gul tuzilishi, urug’i Bulduruqo’tnamolar qabilasi – Alismatales Bulduruqo’tdoshlar – Alismataceae Oila vakillari ko’p yillik, ba’zan bir yillik o’tlar. Bargi bo’g’zidan to’pbarg bo’lib chiqadi. Ko’pincha to’rsimon tomirlangan, ost tomonida gidatodlar bo’lib, yaprog’ining shakli muhitga qarab har xil bo’ladi. Vegetativ organlarida sut shirali naychalar taraqqiy etgan. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf, soyabon yoki qalqonsimon to’pgulda o’rnashgan. Bulduruqo’t – Alisma turkumi sekin oqadigan suvlarda, daryo qirg’oqlarida, hovuz va ariq bo’ylarida o’suvchi ildizpoyali ko’p yillik o’tlar. Turkumning 5 tur bor. O’zbekistonda 3 ta tur: G’allabarg 5 bulduruqo’t – A. gramineum, Bargizubsimon bulduruqo’t - A. plantago – aquatica (84-rasm) va Nashtarsimon bulduruqo’t - A. lanceolatum o’sadi. Shundan bigizsimon bulduruqo’t – A. plantago aquatica ning bargi tuxumsimon bo’lib, guli oq, pushti rangda bo’ladi. E’tiborlisi faqat suv yuzasidagi barglari taraqqiy etadi (101-rasm). Nayzabarg – Sagittaria turkumi turlari ham suvli, botqoqli yerlar tarqalgan. Gullari bir jinsli, oq rangda bo’lib, sharsimon to’pgul hosil qiladi. Suv betidagi barglari yirik, uzun bardli, plastinkasimon va o’qsimon, suv ostidagisi plastinkasimon va o’qsimon bo’ladi. Turkumga 30 dan 6 ortiq turlar kiradi. Shundan S. trifolia turi O’zbekistonning suv havzalarida o’sadi. 101-rasm. Bulduruqo’t turlari: 1-3. Oddiy bulduruqo’t ( Alisma plantagoaquatica ) umumiy ko’rinishi, mevasi, urug’i, 4-5. Valenberg bulduruqo’t ( A. wahlenbergii ) umumiy ko’rinishi mevasi 102-rasm. G’ichchakdoshlar: 1-3. Yaltiroq g’ichchak ( Potamogeton lucens ) umumiy ko’rinishi, mevasi, 3-4. Teshikbarg g’ichchak ( P.perfoliatus ) umumiy ko’rishini, guli, 6-9. Grenlandiya ( Groenlandia ) umumiy 7 ko’rinishi, guli mevasi Oilaning barcha turlari suv hayvonlari tomonidan eyiladi. Tugunagida kraxmal ko’p. Uni iste’mol qilish va tibbiyotda foydalaish mumkin. Quritilgan tugunagida kraxmal, oqsil, yog’, qand ko’p miqdorda mavjud. Uning ba’zi yirik bargli turlari Xitoy va Yaponiyada maxsus o’stiriladi. G’ijjaknamolar qabilasi – Potamogetonales G’ijjakdoshlar oilasi – Potamogetonaceae Bu oila vakillari suv o’simliklari bo’lib, suvga ko’milib yoki suv betida suzib yuruvchi ko’p yillik o’t o’simliklardir. Ba’zi turlarining barglari bug’doydoshlarnikiga o’xshash tasmasimon, boshqalarniki esa 2 xil bo’ladi. Suzuvchi bargi ellipssimon, suvga botib o’sadiganlarida esa tasmasimon bo’lib, ular lolasimonlar uchun xos bo’lmagan qinsimon yonbarglar bilan o’ralgan. Gullari mayda, bir yoki ikki jinsli, bir uyli. Gulqo’rg’on bargchalari changchisi va urug’chisi 4 tadan yoki rcduksiyalanishi natijasida bitta bo’lib qoladi. Gul formulasi: P 4 A 4 G 4 . Mevasi yong’oqcha yoki danakli to’pmeva. Oila 2 ta turkum va 100 turdan iborat. O’rta Osiyoda bitta turkum, 16 turi, O’zbekistonda bitta turkum va 10 turi tarqalgan (102-rasm). G’ijjak - Potamogeton turkumiga vakillari ikki jinsli, ko’p yillik o’simliklar kiradi. Gulqo’rg’on barglari, changchi va u urug’chilari 4 tadan. Suvda va botqoqlarda o’sadi. O’zbekistonda keng tarqalgan. 8 Yaltiroq g’ijjak, qunduzquloq- Potamogeton lucens (102-rasm) barglari juda yirik, uzunligi 30 sm, eni 4-5 sm, nashtarsimon yoki ellipssimon o’t, yonbarglari 8-10 sm uzunlikda. Cho’l va adirlarda, ko’l va daryolarida o’sadi. Oila turkumi turlari baliqchilikda katta ahamiyatga ega. Suv qushlari uchun ham yaxshi oziqa hisoblanadi. Amerikada suv parrandalari uchun alohida o’stiriladi. 9 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 1. Pratov O`., Shamsuvaliyeva l., Sulaymonov E., Axunov X., Ibodov K., Mahmudov V. Botanika . Darslik. Toshkent “Таълим нашриёти” 2010, 285 bet. 2. Pratov O`., Nabiyev M. O`zbekiston yuksak o`simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent “O`qituvchi”, 2007. 62 bet. 3. Жизнь растений I-VI том. Москва, 1974-1982. 4. Czerepanov S.K. Vascular plants of Russia adjacent states (the former USSR) Cambridge University press, 1995. 516 p. 5. Takhtajan A. Flowering Plants. New York, 2009. 381 p. 6. Тадтаджян А. Система магнолиофитов. Ленинград, Изд. “Наука”, 1987. 439 с. 7. Пратов У., Тажетдинова Д. “Определитель растений Средний Азии” нинг I-X томларида келтирилган ўсимлик оилалари, туркумларининг лотинча, русча, ва маҳаллий номлари (қўлланма). Тошкент, 2010. 35 бет. 10