logo

Bioenergetika fanining rivojlanishi va begona o’tlarni klassifikasiyasi to’g’risida tushuncha O’zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o’tlar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

81 KB
Fanning rivojlanishi va begona o’tlarni klassifikasiyasi to’g’risida tushuncha O’zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o’tlar Reja: 1. Karantin begona o’tlarfanini ahamiyati. 2. O’zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o’tlar. Karantin begona o’tlar fanini ahamiyati Karantin begona o’tlar va ularga qarshi kurash choralari fani Respublika xududida namayon bo’ladigan, rivojlanadigan, tarqaladigan begona o’tlarnining turlar tarkibi, morfologik, biologik xususiyatlari va ularga qarshi o’tkaziladigan karantin tadbirlarini belgilash yo’llarini ko’rsatib beradi. Karantin begona o’tlar va ularga qarshi kurash choralari fani zimmasiga maxsus xizmat vakillarini va ilmiy tadqiqot instituti xodimlari bilan birga ekin dalalarida tarqalishi lozim bo’ladigan begona o’tlarning namoyon bo’lish xavfini, rivojlanishi va tarqalishini oldindan bashorat qilish malakasini hosil qilishdan iboratdir. Tegishli qishloq xo’jalik tashkilotlariga nazorat natijalari to’g’risida ma`lumot berishdan maqsad o’tkazilishi lozim tadbirlarning miqdori va muddatlarini aniqlashga o’rgatadi. Ta`lim jarayonida zararli organizmlarga qarshi o’tkaziladigan karantin tadbirlarning samarasini to’g’ri baholash, begona o’tlar tarqalgan maydonlarni aniqlash, namunalar yig’ish va qarshi kurash tajribasi hosil qilinadi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Respublikada, viloyatlarda, tumanlarda, shaharlarda karantin inspekciyalari tashkil qilingan. Xozirgi vaqtda 14 ta viloyat karantin inspekciyasi, 167 ta o’simliklar karantini bo’yicha tuman o’simliklar karantini inspekciyalari, 31 ta chegara karantin postlari, 14 ta fumigacion otryadlar, 6 ta karantin pitomniklari, 1 ta karantin laboratoriyasi, 1 ta botanika bog’i, 2 ta oranjereya va 26 ta Davlat nav sinash uchastkalari Respublikamizdagi fitosanitar xolatni nazorat qilish bo’yicha ish olib bormoqda. Uning tarkibida tajriba va selekciya stanciyasilari, nav sinash maydonchalari tashkil qilingan. O’simliklar karantini ma`lum hududda uchramaydigan, chet eldan kelib qolishi mumkin bo’lgan begona o’t, zararkunandalar, kasalliklarning o’tishidan himoya qilishga, o’tgan taqdirda esa darrov havf oldini olish va yo’q qilishga qaratilgan davlat ahamiyatiga ega bo’lgan tadbir va choralar sistemasidir. Karantin chora tadbirlari O’zR Vazirlar maxkamasi qoshidagi Respublika O’simliklarni ximoya qilish va O’simliklar karantini Davlat Bosh inspekciyasi tomonidan amalga oshiriladi. Karantin begona o’tlar fanining vazifasi zararli begona o’tlarni mamlakat ichkarida yoki tashqarisiga tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, bu organizmlar ekinzorlarda paydo bo’lgan taqdirda, tarqalish vaqtini nazarda tutib uni chegaralash tadbirlarini ishlab chiqishga tavsiyalar beradi. Bu fan Respublikaning turli mintaqalarida tashkil qilingan xo’jalik va chegara postlarida ishlaydigan mutaxasislarni zararli begona o’tlarni turlar tarkibini va miqdorini aniqlash yo’llaridagi mavjud xuquqiy xujjatlar, qonunlar bilan tanishtiradi. Har bir mintaqada mavjud va kirib kelishi mumkin bo’lgan begona o’tlarning rivojlanishi va tarqalishida ularning biologik xususiyatlarining ahamiyati bilan tanishtiradi. O’tkazilgan nazorat yuzasidan ma`lumotlar tuzish, uni yuqori tashkilotlarga taqdim etish va tarqalishi xavf tug’diradigan va kirib kelishi mumkin bo’lgan turlar ro’yxati bilan tanishtiradi. O’simliklar karantini meteorologiya, iqlimshunoslik, kimyo, fizika, gigiena va toksikologiya fanlari bilan uzviy bog’liq. Karantin so’zi (ital. Quarantagiorni –qirq kun), karantinlash–infekcion kasalliklarning epidemik o’choqdan boshqa xududlarga tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va shu o’choqni tugatish, kimyoviy va biologik kurash ishlatilganda epidemiyaninng oldini olish va bartaraf qilish uchun ko’riladigan chora tadbirlardir. Qiriq kunlik karantin birinchi marta İtaliyada 14-asrda o’tkazilgan. Qirq kunlik karantin birinchi marta 1374 yilda İtaliyada Sharq mamlakatlaridan dengiz qirg’og’iga kelgan kemalarni 40 kun davomida ajrim joyda vabo kasallidan saqlash uchun to’xtatib qo’yilgan. Aholini karantinlangan zonadan chiqishini yoki kirishini taqiqlash, karantinlangan kishilarni yoki kollektivlarni tevarak-atrofdagi aholidan to’la yoki qisman yakkalab qo’yish, nazoratga olingan jamoalarda bemorlarni, bacilla tashuvchilarni va bemorga yaqin yurgan barcha kishilarni aniqlash hamda yakkalab qo’yish va boshqa choralar (sanitariya ishlov berish, laboratoriyada tekshirish, immunlash, dezinfekciya, dezinsekciya, deratizaciya) kiradi. Aholi o’rtasida havfli infekcion kasalliklar, masalan, toun, vabo, chin chechak tarqalish havfi tug’ilganda ayrim kishilar, oilalar, kollektivlar (kvartiralar, hovli, uy, yotoqxona, harbiy qism, kema, eshelon va boshqalar) hatto mahallalar, qishloqlar va rayonlar karantinga olinishi mumkin. Qaysi kasallikka qarshi karantin belgilansa, o’sha kasallikning inkubacion davrga teng muddatda karantinni saqlash muddati belgilanadi. Karantinga olinadigan kishilar (kollektivlar) qaysi bino, muassasada turgan bo’lsa, o’sha bino, muassasa ham ko’pincha karantinda deb e`lon qilinadi. Uy hayvonlari o’rtasida kasalliklar tarqalganda (epizootiya) ular ham karantinga olinadi. Halqaro miqyosdagi karantin tadbirlariga amal qilish va talablarni bajarish bo’yicha masalalar Halqaro Parij konvenciyasida (1851) ko’rsatilgan. Birinchi karantin tadbirlari Franciyada joriy qilingan. Bunga sabab 18581862 yillarda AQSh dan Franciyaga keltirilgan uzum ko’chatlarida uchraydigan filloksera xasharoti sabab bo’lgan. Keyinchalik Franciyaga oidium, soxta un shudring kasalligi tarqala boshlagan. Shuning uchun qishloq xo’jalikda 56 ta departament tashkil qilinib, ular tok kasalliklariga qarshi kurashgan. Shundan keyin o’simliklar karantinini joriy qilish Evropa mamlakatlariga, Shimoliy Amerikada boshlangan. AQSh da karantin zonasini tashkil qilish 1912 yilda boshlangan. Shu yili qabul qilingan Karantin to’g’risidagi qonun shu kungacha o’z kuchini saqlab kelmoqda. Karantin soxasidagi tadbirlar bir mamlakat misolida tashkil qilinishi xech qanday samara bermasligi aniq bo’ldi. Shuning uchun 1877 yilda Lozannda (Shveycariya) bo’lib o’tgan yig’ilishda Evropa mamlakatlarida tokning folleksera tufayli nobud bo’lishining oldini olish masalasi xalqaro darajada ko’tarildi. Birinchi xalqaro konvenciyani 1 sentyabr 1878 yilda Bern shaxrida Germaniya, Avstro-Vengriya, Shveycariya, Franciya, Belgiya, Gollandiya keyinchalik İtaliya, İspaniya, birinchi jaxon urishidan keyin Vengriya, Chexoslovakiya va Yugoslaviya davlatlari imzolagan. Konvenciyaning talablariga asosan, tokning fillekserasi tarqalgan davlatlar jaxon bozorida tok ko’chatlari sotish xuquqidan maxrum qilingan. 1905 yil 7 iyunda Xalqaro konvenciyada Rimda Xalqaro qishloq xo’jalik institutini ochish to’g’risida qaror qabul qilingan. Bu institut dastlab turli mamlakatlarda turli kasallik, xashoratlar va begona o’tlardanximoya qilishga o’rgatish qonunlarini yaratishgan. 1914 yilda Franciyada 30 mamlakat ishtirokida sertifikatlar bilan almashinish va zararli organizmlarga qarshi kurash choralari belgilab olingan. 1929 yilda Rimda 24 davlat ishtirokida bo’lib o’tgan xalqaro konferenciyada Rim konvenciyasi qabul qilingan. Bunga asosan shu davlatlarda o’simliklar ximoyasi va karantini bo’yicha ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilinishi, zararli organizmlarni tarqatmaslik uchun qonunlar ishlab chiqish, mamlakatda aniqlangan karantin obektlarining ro’yxatini e`lon qilish, o’simliklarni bir mamlakatdan ikkinchisiga olib borishni qat`iy nazorat qilish kabi tadbirlar vazifa qilib yuklatilgan. 1951 yilda Rim konvenciyasi matini FAO ning yig’ilishida Xalqaro o’simliklarni ximoya qilish konvenciyasini 50 mamlakat ishtirokida tasdiqlaydi. Bunda yagona xalqaro fitosanitar guvoxnomasini berish, fito sanitar nazorat o’tkazish talablari va nazorat qilinadigan ob`ektlar miqdori aniqlandi. 1951 yil 18 aprelda Evropa,O’rta er dengizi xovuzasi (EOZR) bo’yicha o’simliklarni ximoya qilish Konvenciyasi qabul qilinadi. 1956 yilga kelib Janubiy sharqiy Osiyo va Tinch okeani xovuzasida o’simliklarni ximoya qilish komissiyasi tuziladi. Fitosanitariya tadbirlari qatoriga patogen organizmni saqlovchi o’simlik qoldiqlarini yo’q qilish, g’alla ekinlari paholini yoqish, begona o’tlarini yo’q qilish, patogen organizmni saqlovchi tuproqni kimyoviy va fizik ishlov berish, kasallik tarqalishiga sabab bo’luvchi mehnat qurollari va mashina qismlarini dizenfekciya qilish kabilar kiradi. Kasalliklarning tarqalishida suv xavzalari va daryo, ariq oqimi, qushlar, xayvonlarning asosiy roli o’rganiladi. Respublikamizda o’simliklar karantini bo’yicha ta`mimotning yaratilishida Respublika o’simliklar karantini Bosh davlat inspekciyasi, Respublika o’simliklar karantini ilmiy markazi, O’zbekiston O’simliklarni himoya qilish instituti, Botanika İİChM va Tash DAU ning fitopatologiya kafedrasi professor o’qituvchilaridan A.Sheraliev, U Raximov, K. Buxarov va O’simliklarni ximoya qilish kafedrasi olimlaridan B.S.Boltaev, B.Muradov o’tkazgan tadqiqotlari asosiy rol o’ynadi. Sobiq SSSR da 5 iyun 1931 yil Narkomzem tarkibi-da birinchi karantin xizmati tashkil qilingan. Karantin xizmatining 1961 yil 21 iyulda birinchi, 1980 yil 28 mayda ikkinchi Qarori qabul qilingan. 1967 yil 10 avgo’stda O’simliklarni tashqi karantin qoidalarida 70 ta ob`ektni karantin ob`ekti sifatida ko’rsatilgan. O’simliklar karantin xizmati Nizomida uning maqsadi va vazifalari, mansabdor shaxslarning burch va majburiyatlari ko’rsatilgan. Shu davrdan boshlab dengiz, daryo portlari ,aeroport, temir yo’l va nazorat punktlarida karantin nazorati amalga oshirildi. 1913-1914 yillarda Misr Arab Respublikasidan Rossiyaga keltirilgan paxta tolasida paxta kuyasi borligi aniqlangan. Shundan boshlab tashqaridan keladigan yuklarni karantin nazoratidan o’tkazish tadbirlari ishlab chiqilgan. Davlat karantin inspekciyasi 1979 yildan boshlab Qishloq xo’jaligi Vazirligi qoshidagi O’simliklarni ximoya qilish bosh boshqarmasiga, 1995 yildan O’zR VM qoshidagi Respublika o’simliklar Bosh karantin inspekciyasiga aylantirilgan. Respublikada karantin tadbirlari o’tkaziladigan hasharotlar, kasalliklar va begona o’tlar dastlabki ro’yxati 2002 yilda e`lon qilingan bo’lib, 30 ta ob`ektni, jumladan 9 tasi Evropa, O’rta er dengizi o’simliklarni ximoya qilish tashkiloti tavsiyasi asosida karantin ob`ekti hisobida ro’yxatga olingan. O’zbekiston davlati uchun karantin ahamiyatiga ega bo’lgan o’simlik, zararkunandalar, kasalliklar va ashaddiy begona o’tlarning 2006 yildagidagi ro’yxatida respublika xududida uchramaydigan karantin zararkunandalar 58 ta, o’simlik kasalliklari 17 ta, nematodalar 4 ta, bakterial kasalliklar 9 ta, viro’s kasalliklari 11 ta, begona o’tlar 33 ta deb ko’rsatilgan bo’lsa, 2008 yilda bu ko’rsatkich zararkunandalarda 60 ta, o’simlik kasalliklari 16 ta, nematodalar 4 ta, bakterial kasalliklar 9 ta, viro’s kasalliklari 11 ta, begona o’tlar 36 ta ni tashkil qilganligi (2008 ) karantin ob`ektlar soni muntazzam o’zgarib turishini ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi o’simliklar karantini Bosh Davlat inespekciyasi qoshidagi Karantin laboratoriyasi respublikada mavjud turdosh tashkilotlarga tashkiliy, o’slubiy va ilmiy yo’nalishlarni amalga oshirishda raxbarlik qilib kelmoqda. Uning faoliyatining boshlanishi 1934 yildan karantin inspekciyasi tashkil qilingan davrga to’g’ri keladi. İnspekciyaning dastlabki davrdagi faoliyatida zararli xasharotlarga ( olma meva xo’ri, komstok qurti) qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqarishga qaratilgan. O’quvchilarni kasallik va hashoratlar bo’lgan paytda karantin qilish roli va tamoyillari bilan tanishtirish, o’simlik karantini boshqaruvi va yo’lga qo’yish. I bo’lim Davlat xabariga ko’ra transgenlar, zararkunandalar va ulargaqarshi vositalarni aniqlash; ahamiyati, yashash joyida va xalqarokarantin. Ekinlar,urug’lar va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiko’chishida karantin cheklovlari; ekzotik zararkunandalar vakasalliklar hodisasi tarixi va ularning o’rni. II bo’lim Xindistonda o’simlikni himoya qilish tashkiloti.Pesticidlarva transgenlarni ro’yxatdan o’tkazish. Karantin qonunlari tarixi,2003. Atrofmuhit harakatlari, Sanoat ro’yxatdano’tishi,APEDA, bionazorat vositalarini import va eksport qilish. III bo’lim Ochiq erlarda zararkunandalarni aniqlash; oziq-ovqatni toksigen,mikroorganizmlar bilan zaharlanishi va ularnibartaraf etish. Simptomatik tashxis va zararkunandalaryuqtiruvchi infekciyadan himoya qilishning boshqa texnikalari.İnfekciyalangan narsani dizinfekciya qilishning xavfsiztexnikalari va VHT. IV bo’lim JST qoidalari; Tarifsiz to’siqlar;zararkunanda xavfitahlili; yaxshi laboratoriya amaliyoti; zararkunandalarga qarshivositalar ishlab chiqarish sanoati; sanitariya vafitosanitariya chora-tadbirlari. Karantin inspekciyasi xodimlari mevali bog’lardagi, daraxtlarning ko’chatlaridagi zararli hasharotlarga qarshi kimyoviy ximoya qilish maqsadida pesticidlarning samaradorligini aniqlash, fumigaciya jarayonining samaradorligini aniqlash va karantin obektlarining yangi areallarini aniqlash bilan shug’illangan. Karantin inspekciyasi respublika xududiga xorijiy davlatlardan xavfli karantin obektlarini kirib kelishini olini olish tadbirlarini belgilash bilan shug’illanadi. Buning uchun mamlakat ichkarisidagi va xorijdan keltirilgan tovarlarning fitopatologik, entomologik, bakteriologik va gerbologik tekshirishni amalga oshiradi. Respublika Bosh karantin laboratoriyasi har yili 18181 ta xorijdan keltirilayotgan va chetga chiqarilayotgan yuklarni nazorat qiladi. Jumladan, fitopatologik ekspertizadan 8753 ta, mikrobiologik ekspertizadan 3515 ta namunalar o’tkazilib, karantin ob`ektlar aniqlanmagan bo’lsa, 5977 ta namunalar entomologik ekspertizadan o’tkazilganda 5 ta turdagi karantin ob`ektlari aniqlangan. Gerbologik ekspertizadan o’tkazilgan 3084 ta taxlildan 9 ta karantin ob`ektlari borligi aniqlangan. Xorijdan keltirilayotgan turli yuklarning, o’simlik namunalari, urug’larini karantin nazorati introdukcion karantin pitomniklarda amalga oshiradi. O’zR O’simlikshunoslik instituti karantin pitomnigida Er yuzining 6 ta davlatidan 8 ta turdagi o’simliklarning 795 ta namunasi karantin nazoratidan o’tmoqda. R. R. Shreder nomdagi bog’dorchilik, kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutidagi karantin pitomnigida AQSh dan keltirilgan olcha, gilos, o’rik, olxo’ri, shaftoli turlari, Paxta selekciyasi va urug’chiligi institutida AQSh dan keltirilgan 3 ta, Avstraliyadan 1 ta, İtaliyadan 75 ta turdagi g’o’za navlari sinovdan o’tmoqda. O’z R FA “Botanika” İİChMning Botanika bog’ida 1941 ta manzarali va daraxt o’simliklarining urug’larining namunalari o’rganilsa, G’allaorol karantin pitomnigida İKARDA Xalqora tashkilotidan keltirgan bug’doy, sholi, arpa va boshqa g’alla ekinlarining 2129 ta namunasi sinovdan o’tmoqda. Respublika karantin laboratoriyasi tadqiqotlari asosida Respublika uchun karantin hisoblangan 8 ta hasharot va 3 ta begona o’tlar aniqlangan. O’zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o’tlar Begona o’tlarning Respublikamiz xududida uchramaydigan va tarqalish xavfi bo’lgan turlarini karantin begona o’tlar deyiladi. Ularning tarqalish xududlari xar yili joylardagi karantin inspekciyasi xodimlari tamonidan nazorat qilib boriladi va ularni bartaraf qilish bo’yicha karantin tadbirlarini amalga oshiradi. Ekin zararkunandalarining oddiy tabiiy dushmanlarini (parazithalok qiluvchi, mikroblar, ) va begona o’tni yo’q qiluvchilarnianiqlash. Bio nazorat laboratoriyalariga borish va begona o’tlarningzaharli tabiiy dushmanlarini va lichinkalar, tuxumlar, g’umbak, g’umbak lichinkalari, g’umbak parazitlari, mikroblar va ularnilabaratoriyada tashuvchilarini ishlab chiqarish va ko’paytirishnio’rganish. Halok qiluvchi va parazitlarni to’plash. Oddiy hashoratpatogenlarini aniqlash va etishtirish amaliyoti. Bionazorat vositalari uchun ro’yxatdan o’tish standarti va sifatli nazorat. O’zbekiston Respublikasining ayrim xududida tarqalgan karantin begona o’tlar. Shuvoqbarg ambroziya - Ambrosia artemisifolia L.Asteraceae oilasiga mansub bir yillik o’simlik bo’lib tashqi ko’rinishidan shuvoqga o’xshaydi. Bu poyasi shoxlangan, tik o’suvchi, 10 sm dan 2 m balandlikdagi o’simlik. İldizi o’q ildizli, yaxshi rivojlangan, 4 m chuqurlikkacha uzunlikda bo’ladi. Barg bandlari yaxshi ifodalangan, patsimon tomirlangan, qisqa tuk bilan qoplangan, 5- 10 sm uzunlikda. Gullari ikki jinsli, 5 a`zoli, sariq rangdagi boshoqsimon to’pgullar savatchasimon to’pgullarda joylashib, novdaning uchida xosil bo’ladi. Onalik to’pgullari savatcha xosil qilib, barg qo’ltig’ida joylashadi. Urug’i teskarituxumsimon, uchlari ponasimon qisqarib boradigan, sohta mevaning ichida 2- 5 mm uzunlikdagi 1- 2 mm uzunlikda xosil bo’ladi. O’simlikning gullashi va meva xosil qilishi iyul, avgo’st oylaridan boshlanib, urug’i avgo’st sentyabr oylarida pishib etiladi. Bu begona o’tning kelib chiqish markazi Shimoliy Amerika xisoblansada, u Osiyo, Evropa, Markaziy, Janubiy Amerikada, Avstraliya, Rossiyada va O’zbekistonda uchraydi. Shuvoqbarg ambroziya 30- 80 ming dona urug’ xosil qiladi va urug’lari vositasida ko’payadi. Vegetaciya davri 80-150 kun. Urug’lari shamol va urug’lik materiallari, suv vositasida daryo, ariqlar orqali tarqaladi. Barcha ekinzorlarni ifloslantirib katta zarar keltiradi. Bu begona o’tga qarshi karantin tadbirlari qatoriga urug’lik materiallarni qat`iy nazorat qilish, almashlab ekish qoidalariga amal qilish, begona o’t tarqalgan dalalar ikkinchi yil shudgor qilib qoldirilishi kerak. Ekinzorlar gerbicidlar bilan ishlov berilishidan iborat. Sudraluvchi kakra - Acroptilon repens (L).DC. Asteraceae oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Bu poyasi shoxlangan, tik o’suvchi, 20 sm dan 40 sm balandlikdagi o’simlik. İldizi o’q ildizli,yaxshi rivojlangan. Barglari o’troq, yaxshi ifodalangan, patsimon tomirlangan, qisqa tuk bilan qoplangan, 5- 10 sm uzunlikda. Gullari ikki jinsli, 5 a`zoli, qizil rangdagi boshoqsimon to’pgullar savatchasimon to’pgullarda joylashib, novdaning uchida xosil bo’ladi. Urug’i teskari tuxumsimon, uchlari ponasimon qisqarib boradigan, yapoloq, silliq, sohta mevaning ichida xosil bo’ladi. O’simlikning gullashi va meva xosil qilishi may, iyun ь oylaridan boshlanib, urug’i iyul ь oylarida pishib etiladi. Bu begona o’tning kelib chiqish markazi Markaziy Osiyo xisoblansada, u Afrikadan tashqari barcha xududlarda ko’p uchraydi. U Osiyo, Evropa, Markaziy, Janubiy Amerikada, Avstraliya, Rossiyada va O’zbekistonda uchraydi. Sudraluvchi kakra 30- 80 ming dona urug’ xosil qiladi va urug’lari, ildiz bachkilari vositasida ko’payadi. Urug’lari shamol va urug’lik materiallari, suv vositasida tarqaladi. Barcha ekinzorlarda 1 m 2 joyda 400 tagacha poya xosil qilib ularni ifloslantirib katta zarar keltiradi, Bu begona o’tga qarshi karantin tadbirlari qatoriga urug’lik materiallar ni qattiy nazorat qilish, almashlab ekish qoidalariga amal qilish, begona o’t tarqalgan dalalar ikkinchi yil shudgor qilib qoldirilishi kerak. Ekinzorlar gerbicidlar bilan ishlov berilishidan iborat. Asosiy adabiyotlar: 1. O’simliklar karantining umumiy asoslari fanidan amaliy mashg’ulotlar. Us. ko’rsatma. ToshDAU, 2011. -48 b 2. Sheraliev A., Ulmasbaeva R. -Qishloq xo’jalik o’simliklari ekinlari karantini. (o’quv qo’llanma) «O’qituvchi» nashriyoti. Toshkent, 2007. -37 b 3. Xo’jaev Sh.T. O’simliklarni zararkunandalardan uyg’unlashgan himoya qilishning zamonaviy usul va vositalari. Toshkent, 2015 4 . O’zbekiston Respublikasi xududini karantindagi zararkunandalari va begona o’tlardan muhofaza qilishga doir qonun xujjatlari. Toshkent, 1999. 5.Karimov İ.A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda». Toshkent, 2000. 6.Karimov İ.A. «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». Toshkent, 1997.