logo

Evolutsiyani isbotlashda embriologiya va solishtirma anatomiya, paleontologiya fan dalillari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3190.3525390625 KB
Evolutsiyani isbotlashda embriologiya va solishtirma anatomiya, paleontologiya fan dalillari Reja: Embriologiya.  Biogenetik qonun.  Gomologik organlar.  Rudiment va atavizmlar.  Paleontologiya Embriologiya. O‘simlik, hayvon, odam tanasl hujayralardan tashkil topgan. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. O‘simlik, hayvon, odam hujayralarida mem- brana, sitoplazma, yadro, sitoplazmatik organoidlar: endoplazmatik tur, ribosoma, mitoxondriyalar, Golji apparatining borligi, barcha tirik mavjudotlarda genetik kodning bir xilligi ham organik olamning turli xil vakillarining kelib chiqishi birligidan dalolat beradi. Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar o‘z shaxsiy rivojl anishini urug‘langan tuxum hujayra — zigotadan boshlaydi. Ularning barchasida zigotaning bo‘linishi, murtakning ikki, uch qatlamli holati, uning varaqlaridan turli organlarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Embrionning rivojlanishdagi o‘zaro o‘xshashlik, ayniqsa, bir tip yoki sinfga mansub hayvonlarni o‘zaro taqqoslaganda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Masalan, umurtqali hayvonlar sinfi: baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruv- chilar, qushlar, sutemizuvchilar embrional rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, ularning bosh tana, dum, tomoqlari yonida jabra yoriqlari bo‘ladi. Embrion rivojlangan sari turli sinfga kiruvchi hayvonlar orasidagi o‘xshashlik kamaya boradi. Ularda shu hayvon sinfi, turkumi, oilasi, avlodi va turiga xos belgi-xossalar paydo bo‘la boshlaydi. Chunonchi, gorilla bilan odam embrioni dastlab o‘xshash bo‘lsa-da, embrional rivojlanishning keyingi davrlarida odam embrionida peshona, gorilla embrionida esa jag‘ oldinga bo‘rtib chiqqanligini ko‘rish mumkin. Bi no barin, har bir hayvonning embrional rivojlanishda oldin katta, pirovardida esa kichik sistematik birliklarga xos belgilar rivojl anadi. Boshqacha aytganda, embrional rivojlanishda belgilarn ing umumiylikdan xususiylikka tomon ajralishi ro‘y beradi (59-rasm). Biogenetik qonun. Yuqorida keltirilgan dalillar har bir individ o‘zining shaxsiy rivojlanishini — ontogenezida filogenezning, ya’ni 59-rasm. Umurtqalarning turli sinf lariga kiruvchi hayvonlarning embrionlar rivoj- lanishi: A—baliq; B—salamandra; D—toshA B D E F G baqa; E—qush; F—quyon; G—odam. tarixiy rivojlanishining qisqacha takrorlanishini ifodalaydi. Bu biogenetik qonun deb ataladi. Mazkur qonun XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimlari E. Gekkel va F. Myuller tomo- nidan kashf etilgan. Biog enetik qonun hayvonot dunyosida o‘z ifodasini topadi. Masalan, baqa itbalig‘i suvda ham quruqlikda yashovchilarning ajdodlari bo‘lmish baliqlarning rivojlanish bosqichini takrorlaydi. Biogenetik qonun o‘simliklarga ham taalluqlidir. Chigitdan ungan madaniy g‘o‘za navlarida oldin yaxlit plastinkali, keyinchalik ikki, uch, to‘rt, besh bo‘l akli barg lar hosil bo‘l ishini ko‘pchilik ko‘rgan. Yov voyi g‘o‘za turlari raymondiy, klotshianum poyasidagi barcha barglar yaxlit plastinkadan iborat. Dem ak, madaniy g‘o‘zalar shax siy rivojlanishida yovvoyi g‘o‘za barglarining yaxlit plastinkasi qisq acha takrorlanadi. Lekin shaxs iy rivojlanishda avlod-ajdod organizmlar ta rixiy rivojlanish ning barcha bosqichlari emas, balki ayrimlari takrorlanadi, boshq alari tushib qoladi. U avlod-ajdodlar tarixiy rivojlanishi million yillar davom etganligi; shaxsiy rivojlan ish esa juda qisqa muddatda o‘tishi bilan izohlanadi. Ikkinc hidan, ontogenezda ajdodlarning yetuk formalari emas, balki faqat embrion bosqichlari qaytariladi. Filogenez ontogenezga ta’sir ko‘rsatar ekan, ontogenez filogenezga ta’sir ko‘rsatmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Shuni qayd etish lozimki, ontogenezda faqat ajdodlarning ba’zi bosqichlari tushibgina qolmay, ba’zan ularda kuzatilmagan o‘zgarishlar ham ro‘y beradi. Buni rus olimi A. N. Seversov o‘zining filoembriogenez nazariyasi bilan isbotlab berdi. Ma’lumki, mutatsion o‘zgaruvchanlik individ embrion rivojining har xil bosqichlarida sodir bo‘ladi. Foydali mutatsiyaga ega organizmlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda g‘olib kelib, foydali mutatsiyalarni nasldan naslga berib, oqibatda filogenez borishini o‘zgartiradi. Masalan, sudralib yuruvchilar terisida epitelial va uning ostidagi birikti- ruvc hi to‘qima hujayralari rivojlanib, tangachalar hosil qiladi. Sutemizuvchilarda esa epitelial va biriktiruvchi to‘qima hosilalari rivojini o‘zgartirib, teri orasida soch xaltasini rivojlanti- radi. Solishtirma anatomiya. Makroevolutsiyani isbotlashda gomologik, analogik, rudiment organlar, shuningdek, atavizm hodisasining ahamiyati benihoya katta. Gomologik organlar. Bajaradigan funksiyasidan qat’i nazar, Ot oyog‘i 60-rasm. Gomologik organlar. tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o‘xshash organlar gomologik organlar deb ataladi. Umurtqali hayvonlarning quruqlikda, havoda tarqalgan vakillarida oldingi oyoq yurish, yer qazish, uchish, suzish vazifasini bajaradi. Lekin ularning hammasida oldingi oyoq, yelka, bilak, tirsak, kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan iborat (60-rasm). Gomologik organlar o‘simliklarda ham uchraydi. Chunonchi, no‘xat gajaklari, zirk va kaktus tikanlari shakli o‘zgargan bargdir. Analogik organlar deyilganda bajaradigan funksiyasi jihatidan o‘xshash, ammo kelib chiqishi jihatidan har xil organlar tushuniladi. Kaktusning tikanlari barg, do‘lananing tikanlari poya, atirgul, malinaning tikanlari esa epidermis o‘simtalarining o‘zgarishidan hosil bo‘1gan (61-rasm). Xuddi shuningdek, 61-rasm. Analogik or ganlar: 1—zirkning tikani barg ning; 2—do‘lana tikani novdaning; 3—oq aka tsi yan ing tikani yon bar g ning; 4 —maymunjon tika ni po‘stloq ning o‘zga rishid an hosil bo‘lgan; 5—ka palak qanoti ko‘krakn ing orqa tomonidan chiqq an hosila;Salamandra Toshbaqa Ko‘rshapalak Qush oyog‘i Krot oyog‘ioyog‘i oyog‘i oyog‘i 6—burgutning qa noti; 7—ko‘rshapalakning uchish pardasi oldingi oyoqn ing o‘zgarishidan hos il bo‘l gan. 62-rasm. Umurtqalilarning turli sistematik guruhlariga kiruvchi hayvonlarda konvergensiya; A—suvdagi vakillari; 1—akula: 2—ixtiozavr; 3—delfin; B—quruqlikdagi vakillari: 1—xaltali krot; 2—oddiy krot. boshoyoqli molluskalar ko‘zi bilan umurtqali hayvonlarning ko‘zi ham analogik organlarga misoldir. Boshoyoqli molluskalarda ko‘z ektoderma qavatining cho‘zilishidan, umurtqalilarda bosh miya yon o‘simtadan rivojlanadi. Ayrim hollarda turli sistematik guruhlarga mansub organizmlarning uzoq ming yillar mobaynida bir xil sharoitga moslanishi tufayli ham evolutsion jarayon yuz beradi. Bu jara- yon konvergensiya — belgilarning o‘xshashligi deb nomlanadi. Konvergensiyaga misol tariqasida baliqlardan akula, mezozoy erasida yashab, so‘ng qirilib bitgan sudralib yuruvchilardan — ixtiozavr va sutemizuv chilardan delfinning tana tuzilishi, harakatlanish organlari o‘xshashligini olish mumkin. Sut emizuvchilar sinfining xaltalilar va yo‘ldoshlilar kenja sinf vakillari bo‘lmish xaltali krot, oddiy krot tashqi qiyofasining o‘zaro o‘xshashligi ham konvergensiya natijasidir (62-rasm). Rudiment va atavizmlar. Evolutsion jarayonda o‘z ahami- yatini yo‘qotgan va yo‘q bo‘lib ketish bosqichida turgan organlar rudiment organlar deb ataladi. Rudiment organlar qadimgi ajdodlarda normal rivojlangan va ma’lum funksiyani bajargan. Keyinchalik evolutsion jarayonda ular o‘zining biologik ahami- yatini yo‘qotib, qoldiq shaklida saqlanib qolgan. Rudiment organlar o‘simliklarda ham, hayvonlarda ham uchraydi. Marvaridgul, bug‘doyiq, paporotnik va xona o‘simliklaridan aspidistra ildiz poyasida qobiqlar rudiment holdagi barg hisoblanadi. Otning ikkinchi va to‘rtinchi barmoqlari, kitning dumg‘aza va oyoq suyaklari, pashshalarda bir juft kichik qanotlar ham rudiment organlardir. B O‘simlik, hayvon va odamlardagi rudiment organlar muhim evolutsion dalil hisoblanadi. Organik olamnnig tarixiy rivojlanishini atavizm hodisasi ham tasdiqlaydi. Atavizm deyilganda ayrim individlarda ajdod belgilarining takrorlanish hodisasi tushuniladi. Masalan, ahyon-ahyonda toychalar zebrasimon bo‘lib tug‘iladi. To‘riq otning orqasida xira yo‘l chiziqlari paydo bo‘lish hollari ham uchraydi. Bular xonaki otning yovvoyi ajdodlari zebrasimon yo‘1-yo‘l terili bo‘lganligidan dalolat beradi. Ba’zan sigirlarning yelinida uchinchi juft emchaklar paydo bo‘lishi mumkin. Bu hod i sa sigirlar to‘rt juft emchakli yovvoyi ajdoddan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Paleontologiya — qazilma holdagi o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar va boshqa organizmlar to‘g‘risidagi fandir. Organik olamning tarixiy rivojlanishini isbotlashda paleontologiya fanin ing dalillari muhim o‘rin egallaydi. Biologiya fanida to‘plangan ma’lumotlar organik olam hozirgi ko‘rinishda birdaniga paydo bo‘lmay, balki uzoq davom etgan tarixiy rivoj lanish natijasi ekanligidan guvohlik beradi. Insonlar Yer yuzida paydo bo‘lmasdan oldin ham o‘simliklar, zamburug‘lar va hayvonlar yashagan. Ularning ba’zilari o‘zgarib organik olam- ning hozirgi vakillarini hosil etgan bo‘lsalar, aksariyat ko‘pchiligi yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda qirilib ketgan va qazilma holda Yerning turli qatlamlarida saqlanmoqda. Biroq ularning hammasi emas. Yumshoq tanaga ega bo‘lgan ko‘pchilik umurtqasizlar, tuban o‘simliklar, zamburug‘lar o‘lgandan keyin mikroorganzimlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o‘zlaridan keyin nom-ni shon qoldirmagan. Boshqalari esa okean, dengiz, baland tog‘ ostidagi qatlamlarda qolib ketgan. Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib, ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o‘rin almashgan. Bunday hollarda toshga aylan ish hodisasi ro‘y bergan. Yer qatlamlarida qadim zamonlarda o‘lib ketgan hayvon, o‘simlik ildizlari, skelet, suyaklar, jag‘lar, tishlar, shoxlar, tangachalar, chig‘anoqlar, o‘simlik poyalari bir munc ha to‘liq holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Cho‘kindi jinslarni tekshirish uchun yupqa, shaffof shliflarni mikroskop ostida kuzatib bakteriyalar va boshqa mayda organizmlar qoldig‘ini ko‘rish mumkin. Paleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqla riga qarab organizmlar hayot davrida qanday bo‘lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va tuzilishini tiklamoqdalar. Tiklashda mashhur fransuz biologi Jorj Kyuvening korrelyatsiya 63-rasm. Hozirgi va qadimgi davrlarda yashagan umurtqali hayvonlar ning oraliq formalarini aniqlashga oid sxema. qonuniga muvofiq kashf etgan rekonstruksiya (lotincha rekonstruktio — qayta tiklash) metodidan foydalaniladi. Rekonstruksiya metodi kalla, qo‘l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o‘zaro taqqoslab nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya metodi yordamida qadimgi davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlari- ning tashqi qiyofasini tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Ch. Darvin o‘z vaqtida paleontologik solnoma chala deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida to‘plangan paleontologik dalillar qadim vaqtlarda hayvonot va o‘simliklar olami qanday bo‘lganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Hozirgi tog‘ayli baliqlar Hozirgi suyakli baliqlar Hozirgi suyakli baliqlarLatime- riya Latime- riyaQadimgi suyakli baliqlar Qadimgi panja qanotli baliqlar Qadimgi jag‘li zirhli baliqlar Qadimgi jag‘li zirh- li qanotli baliqlarQadimgi suvda ham quruqlikda yashovchilar stegot se- falar Suvda ham quruqlikda yashov- chilarHozirgi suvda va quruqlikda yashovchi- lar A B Adabiyotlar 1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil. 2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991 3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil 4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001 5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g. 6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.