logo

Sayyoralarning ko’rinma harakati. Ptolomeyning dunyo tuzilishi to’g’risidagi sistemasi. Kopernikning dunyo tuzilishi to’g’risidagi sitemasi

Yuklangan vaqt:

12.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

304.5 KB
Sayyoralarning ko’rinma harakati. Ptolomeyning dunyo tuzilishi to’g’risidagi sistemasi. Kopernikning dunyo tuzilishi to’g’risidagi sitemasi Reja: 1. Sayyoralarning ikki guruhi va konfigurasiyalari 2. Ptolomeyning dunyo tuzilishi to’g’risidagi sitemasi 3. Kopernikning dunyo tuzilishi haqidagi sistemasi 1. Sayyoralarning ikki guru h i Quyosh sistemasida 9 ta sayyora mavjuddir, bular Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Upan, Neptun va Plutondir. O’zlarining ko’rinma harakatlariga ko’ra bu sayyoralar ikki guruhga bo’linadi, pastki (Merkuriy, Venera) va yuqori (Yerdan tashqari, qolgan barcha sayyoralar). Yulduzlar turkumi bo’yicha pastki va yuqori sayyoralar turlicha harakat qiladi. Merkuriy va Venera hamma vaqt Quyosh turgan turkumda yoki qo’shni turkumda bo’ladi. Bunda bu sayyoralar Quyoshga nisbatan sharq tomonga yoki g’arb tomonda bo’lishi mumkin. Merkuriy mos ravishda 18-28°ga Venera esa 45- 48° bo’lishi mumkin. Sayyoralarning Quyoshga nisbatan sharq tomonga eng katta og’ishiga sharqiy elongatsiya g’arb tomondagisiga g’arbiy elongatsiya deyiladi. Sayyoralar sharqiy elongatsiyada bo’lganda osmon sferasining g’arbida g’arbiy elongasiyada bo’lganda esa sharqida ko’rinadi. Sayyoralar osmonda goh bir tomonga gox qarama-qarshi tomonga karab sirtmoqsimon harakat qiladi. Bunday harakatda ular Quyosh va Yer o’rtasidan o’tishi mumkin sayyoraning bunday vaziyatiga pastki qo’shilish vaziyati deyiladi. Sayyoralar pastki qo’shilishda bo’lganida ko’rinmaydi. By holda sayyoralariing ekliptik uzunlamasi Quyosh ekliptik uzunlamasiga teng bo’ladi. Pastki qo’shilishdan biroz vaqtdan keyin sayyora yana ko’rinadi lekin bunda osmon sferasini sharqida ko’rinadi. Sayyora harakatini sekinlashtirib, g’arbiy elongatsiyasiga erishadi. Endi u sharqdan g’arbga tomon harakat qiladi. Avval sekinroq keyin tezroq u Quyoshga yetib, uning orqasiga o’tadi va ko’rinmaydigan bo’ladi. Sayyoraning bunday vaziyatiga yuqori qo’shilish vaziyati deyiladi va ma’lum vaqtdan keyin u kechki shafaq nurlarida osmon sferasi g’arbida ko’rinadi. Xuddi shunday pastki sayyoralar Quyosh atrofida xuddi soat mayatnikidek tebranadi. Yuqori sayyoralar boshqacha harakat kiladi. Bu sayyoralar kechki shafaqda, Quyosh botganda osmon sferasi g’arbida ko’ringandan keyin ular sharqga tomon harakat kiladilar (to’g’ri harakat). Ma’lum vaqtdan keyin sayyora to’xtab yana teskari tomonga harakat kila boshlaydi (teskari yunalishda). Yana u Quyoshga yetib undan o’tadi va yana butun hodisa takrorlanadi. Yuqori sayyoralar o’zlarining teskari harakatida Quyoshga nisbatan qarama- qarshi turkumda bo’lishi mumkin, ularning ekliptik uzunlamalari 180°ga farq qiladi. Sayyoralarning bu vaziyatiga Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turish vaziyati deyiladi. Sayyora bilan Quyosh bitta turkumda bo’lish holatiga Quyosh bilan qo’shilishi deyiladi. Sayyoraning Quyoshga nisbatan sharq tomonda 90° ga bo’lgandagi holatiga sharqiy kvadratura, 90  -ga g’arb tomonda bo’lgandagi holatiga g’arbiy kvadratura deyiladi. Sayyoralarning Quyoshga nisbatan vaziyatlariga ularning konfiguratsiyalari deyiladi. 2. Ptolemeyning dunyo tuzilishi to’g’risidagi sistemasi Osmon sferasining va boshqa kosmik jismlarning harakatini tushuntirish kuzatish Yerdan olib borilganligi sababli ancha qiyinlashadi, shuning uchun astronomiyada dunyo tuzilishi to’g’risida ikkita tushuncha hosil bo’lgan. Birinchi tushunchaga asosan butun olamning markazida harakatsiz Yer turadi. Ikkinchi tushunchaga ko’ra Yer o’z o’qi atrofida sutkali va dunyo markazida turuvchi Quyosh atrofida yillik harakat kiladi. Birinchi qarash Religiya tarafdorlarining tushunchalariga to’g’ri kelganligi sababli matematik rivojlanishga ega bo’lgan. Olamning tuzilishi haqidagi birinchi sistema Ptolomey asarlarida aks ettirilgan. Ptolomey sistemasining asosida 4 ta tushuncha yotadi: 1. Olam markazida Yer turadi. 2. Yer tinch turadi. 3. Barcha kosmik jismlar Yer atrofida aylanadi. 4. Kosmik jismlar Yer atrofida aylana buyicha tekis harakat kiladi. Bu sistemaga geosentrik sistema deyiladi. Bu sistemada sayyoralarning harakati quyidagicha tasavvur etiladi. Sayyoralar aylanalar Episikllar buyicha tekis harakat qiladi. Episikllar markazi eca Yer atrofida deferentlar bo’yicha harakat qiladi. Quyosh va Oy episikllarsiz deferentlar bo’yicha Yer atrofida aylanadi. Bunday sistema tushunchalariga ko’ra osmon sferasi undagi yoritgichlar bilan birgalikda, dunyo markazi yer atrofida aylanadi. Sayyoralarning sirtmoqsimon harakati esa quyidagicha tushuntiriladi. Sayyora A nuqtada bo’lganda uning burchak tezligi sayyoraning episikl buyicha harakati va episikl markazining deferent bo’yicha harakati tezligi yig’indisiga teng bo’lib, bunda sayyora to’g’ri yunalishda katta tezlik bilan harakat qilayotgan bo’ladi. V nuqtada bo’lganda esa sayyora teskari yunalishida kichik tezlik bilan harakat kiladi. Bu sistema noto’g’ri bo’lishiga qaramay uzoq vaqt davomida ishlatib kelindi. Bu sistema ba’zi tajriba natijalarini tushuntiradi. Lekin kuzatish natijalari oshgan sari ularni tushuntirish qiyinlashadi, bunda bu sistema murakkablashib ketadi va sistema noto’g’riligini tushuntirishda zamin yaratiladi. 3. Kopernikning dunyo tuzilishi haqidagi sistemasi Kopernikning dunyo tuzilishi haqidagi kitobi 1543 yilda chiqqan bo’lib, bu asarda u geliosentrik sistemaga asos solgandir. Geliosentrik sistema asosida quyidagi tasavurlar yotadi. 1. Olam markazida Quyosh turadi; 2. Shar shaklidagi yer o’z o’qi atrofida aylanadi va bu harakatning aksi osmon sferasining harakatidir; 3. Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi. Bu harakat Quyoshning yulduz turkumlari buyicha ko’rinma harakatini tushuntradi 4. Barcha harakatlar aylana buyicha tekis harakatlar kombinasiyasidek tasavvur etiladi; 5. Sayyoralarning sirtmoqsimon harakati ularga emas balki yerga bog’liqdir. Bundan tashqari Kopernik Oy Yer atrofida va Yer bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanadi deb hisoblar edi. Rasm 11. Deferent va epitsikl Merkuriy va Venera Quyosh atrofida aylanishida undan uzoqlashmaganligi ularning orbitalari Yer orbitasi va Quyosh orasida ekanligini ko’rsatadi. Qolgan sayyoralar esa Yerga qaraganda Quyoshdan uzoqroqda harakat qiladi. Kopernik birinchi marotaba fanda astronomiyada olamni to’g’ri tuzilishini ko’rsatdi. Bu sistema barcha tajriba iatijalarini to’g’ri tushuntira oladi, shuning uchun to’g’ri sistemadir.