logo

XX asr o`zbek adabiyoti tarixi. Mahmudxo`ja Behbudiy xayoti va faoliyati. A.Avloniy. hayoti va ijodiy faoliyati

Yuklangan vaqt:

08.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2106.5 KB
XX ASR O`ZBEK ADABIYOTI TARIXI MAHMUDXO`JA BEHBUDIY. XAYOTI VA FAOLIYATI. (1875-1919) A.AVLONIY. HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI. (1878-1934) Reja: 1. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot. 2. Jadidizm harakatining vujudga kelishi va uning Turkistondagi namoyandalari. 3. Uygonish davri adabiyotining vujudga kelishi va tara qq iyotida rol o`ynagan asosiy omillar. Uning taraqqiyot bosqichlari. 4. Behbudiy - ma`rifatparvar. O`zbek pedagogikasining asoschisi sifatida. 5. Behbudiy - o`zbek matbuotining asoschisi (publitsist). 6. O` zbek - dramaturigiyasining asoschisi. 7. “Padarkush” dramasida ilm-ma`rifat goyalarining targ ` ib etilishi. 8. A.Avloniy - atoqli ma`rifatparvar, maktab-maorif sohasidagi faoliyati. 9. “Turkiy guliston yoxud ahlo q ” asari. 10. A.Avloniy dramaturg sifatida. “Advokatlik osonmi”, “Ikki muhabbat”, “To`y”, “Layli va Majnun” va boshqa asarlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari. 11. Avloniy - iste`dodli shoir sifatida. Ko`p asrlik o`zbek adabiyoti tarixida XX asr adabiyoti (O`ozirgi o`zbek adabiyoti yoki yangi o`zbek adabiyoti) alohida boskich hisoblanadi. Yangi o`zbek adabiyotining shakllanishi, rivoji bir asr davomida uch xil ijtimoiy tuzum - chorizm istibodi, sho`rolar hokimiyati va, nihoyat, istiklol davrida tarakkiy etgani. Bu davrda, ayniksa sho`rolar hokimiyati yillarida Uzbekiston agrar o`lkadan sanoati tarakkiy etgan mamlakatga aylangani, fan va madaniyat bir kadar rivoj topgani, eng muhim o`lkaga ilgor jahon madaniyati, birinchi navbatda ilgor rus madaniyati kirib kela boshlagani. Bu esa o`z navbatida uygonish davri o`zbek adabiyoti tarakkiyotiga ham samarali ta`sir etgani. Xalkning bari-bir shuncha yillar davomida kosasi okarmay mutelikda, kashoklikda yashab kelgani, eng asl farzandlarini kurbon bergani. Ana shuning uchun ham 1991 yilda Uzbekiston Respublikasining mustakil davlat deb e`lon kilinishi XX asr tarixiga buyuk vokea sifatida kirishi. Mahmudxo`ja Behbudiy. O`ayoti va faoliyati. (1875-1919) XX asr boshlarida Turkiston jadidchiligiga asos solgan va Turkiston jadidlarining “otasi” deb nom olgan Mahmudxo`ja Behbudiy singari favqulodda iste`dod sohiblarining hayoti va ijodini o`rganishning alohida ahamiyat kasb etganligi. Behbudiyning dramaturg, pedagog, publitsist, yirik olim va jamoat arbobi sifatida maydonga chikishi va xalqni ma`rifat orkali milliy uygonishga da`vat etishi. Behbudiyning Istambul, Misr, Moskva, Peterburg, Qozon, Orenburg shaharlarida bo`lib, u yerdagi maorif va matbuot sohasidagi yangiliklarni o`rganish va o`zining ham dunyoviy ilmlarini o`qitishga asoslangan yangi usuldagi maktablar ochib, mazkur maktablarga mo`ljallab yangi dasrliklar yaratishi. Ulkada jadidchilik- m`rifatchilik harakatining keng yoyilishida Behbudiyning xizmatlari. Behbudiyning jurnalistik faoliyati, publitsistikasi. Uzbek publitsistikasini o`z davrida yangi boskichga ko`targan makolalarining xalqimiz tafakkuri tarakkiyotida salmokli o`rin tutganligi. Behbudiyning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma`rifiy sohadagi ilgor qarashlari bilan zamondoshlaridan ilgarilab ketganligi. Behbudiyning mustabid tuzum tomonidan katl etilishi. “Padarkush” - birinchi o`zbek milliy dramasi. Asarning yaratilishi tarixi. Behbudiyning jadidchilik harakatiga, uning dasturiga butun ijodi bilan, ayniksa “Padarkush” dramasi bilan mustahkam poydevor kurib berganligi. Dramada mustamlakachilik siyosati tufayli asrlar davomida jaholatda, kullikda, mu`telikda yashab kelgan xalq fojiasining aks ettirilganligi. Dramadagi yetakchi obrazlar. Uzbek dramaturgiyasining shakllanishida bu asarning roli: A.Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Mirmuhsin Fikriyning “Befarzand Ochildiboy”, Hamza Xakimzodaning “Yangi saodat” kabi asarlarining yaratilishida mazkur dramaning samarali ta`siri. Dramaning badiiy xususiyatlari. Dramaning adabiyotshunoslikdagi tal q ini. Dramaning milliy o`ziga xosliklari. A.Avloniy. hayoti va ijodiy faoliyati. (1878-1934) Atokli ma`rifatparvar, iste`dodli shoir, dramaturg va tanikli jamoat arbobi ekanligi. XX asr boshlaridan to 30-yillarning o`rtalarigacha bo`lgan o`zbek matbuoti va adabiyotini, shuningdek, ma`rifat va maorifni Abdulla Avloniysiz tasavvur etish mumkin emas. O`amisha el-yurt ichida bo`lish, uning tashvishi bilan yashash unda 14-15 yoshidan boshlabo q she`riyatga, matbuotga havas uyg ` otdi. A.Avloniyning “O`ijron”, “Qobil”, “Indamas”, “Shuhrat”, “Tangri kuli”, “Sirayyo”, “Shapalok”, “Chop”, “Abdulhak”, “Avloniy” taxalluslari bilan ilmiy, tanqidiy va publitsistik maqolalar yozib, ko`plab she`rlar, she`riy to`plamlar ijod qilganligi mazkur she`rlarida vatanparvarlik, milliy uygonish, jaholat botkogidan chikish, Ovro`pa fan-texnika yutuklarini egallash goyalarining targib etilishi. Mahalliy xalq vakillari ichidan yetishib chikkan yirik jurnalistlaridan biri sifatida “Shuhrat”, “Osiyo”, “To`ron”, “Ishtirokshon” kabi gazetalarni tashkil etib, xalqni ilm olishga, ayniksa, rus tilini o`rganishga da`vat etdi. A.Avloniyning xalq ongini oshirish uchun teatr san`atidan samarali foydalanishi. 1913 yilda “To`ron” nomidagi teatr guruhini tashkil etishidagi faoliyati, 1910-1916 yillar orasida bir kancha sahna asarlarini muvaffaqiyatli tarjima qilib, sahnalashtirishi. “Advokatlik osonmi”, “Ikki muhabbat”, “To`y”, “Syezd”, “Layli va Majnun”, “Uliklar”, “Portugaliya inkilobi”, “Siz” va boshka dramatik asarlarini g`oyaviy- badiiy xususiyatlari ularda jaholat, bid`at, bilimsizlikning fojiali oqibatlari va yaramas urf-odatlarning fosh etilishi. Mazkur asarlarning Toshkent, Farg`ona, Andijon, Qo`qon, Xo`jand kabi shahar va rayonlarda sahnalashtirib, namoyish etilishi, ularning tarbiyaviy ahamiyati. A. Avloniyning maktab-maorif sohasidagi faoliyati. Yangi usuldagi maktablar ochib, ular uchun darsliklar, qo`llanmalar yaratib, o`qish va o`qitish usuliga isloh kiritib, dunyoviy fanlarni o`qitishga kirishishi. “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Tarix”, “Turkiy Guliston yoxud ahloq”, “Maktab gulistoni” kabi zamonasi uchun hodisa bo`lgan darslik va qo`llanmalarini yozishi. A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud ahloq” asari pedagogikadan birinchi darslik - axloqiy-ta`limiy kitob sifatida XX asr boshlaridagi o`zbek pedagogikasi tarixida katta voqea ekanligi, asar o`z davri maktablari, yoshlari, xususan yuqori sinf o`quvchilari uchun qo`llanma tarzida yaratilganligi. Asarda XX asr boshlaridagi Turkiston xalqi milliy uyg`onish ruhining aks ettirilishi, xususan, millat kelajagi haqida qaygurish, vatan istiqboli haqida o`ylash, el va yurtga sodiq vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga birinchi darajali e`tibor berish zarurligining uqtirilishi. Insonni barkamol etish va millatni ravnaq toptirishning asosiy yo`li har bir shaxsni ilmli va ma`rifatli qilishdan iboratdir degan g`oyaning asardagi butun naql va hikoyalarning ruhiga singdirib yuborilganligi. Asarda Shar q adabiyoti an`analari, asarning badiiy xususiyatlari. A.Avloniy ijodi bo`yicha amaliy mashgulot. Adabiyot: 1. Adabiyot nazariyasi. II tomlik. “Fan” nashriyoti,T.: 2. “XX asr o`zbek adabiyoti tarixi” (darslik),-T.: O`q ituvchi, 3. Karimov.I.A. Isti q lol va ma`naviyat,-T.: Uzbekiston, 4. XX asr o`zbek adabiyoti tarixi. - T.: O `qituvchi, 5. www.ziyonet.uz