logo

Xalq dostonlari, dostonchilik maktablari, dostonlar tavsifi, qahramonlik dostonlari. “Alpomish” dostonining variant va versiyalari.

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.1259765625 KB
Xalq dostonlari, dostonchilik maktablari, dostonlar tavsifi, qahramonlik dostonlari. “Alpomish” dostonining variant va versiyalari. Reja: 1. Dostonchilik maktablari haqida ma`lumot. 2. Xalq dostonlarining mavzu doirasi. 3. «Alpomish» dostonining variant va versiyalari. 4. «Alpomish» dostonining badiiy tahlili. 5. Dostonning tili va badiiy xususiyatlari. Dostonchilik maktablari haqida ma`lumot, doston ijrochilari, baxshilar haqida ma`lumot. Qo’rg’on, Bulung’ur va boshqa dostonchilik maktablari va ular yaratgan dostonlar haqida ma`lumot. Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning xalq dostonlariga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish. Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari. : So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Fol’klorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik (baxshilik) maktablari deb yuritiladi. Hozirgi kunda o’zbek fol’klorshunosligida Bulung’ur, Qo’rg’on, SHahrisabz, SHerobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari – baxshilik san`atining ajoyib markazlari aniqlangan. 1. Bulung’ur dostonchilik maktabi qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo’lgan. Sodda, yuksak, o’ta an`anaviy, nisbatan arxaik bo’lgan qahramonlik eposi uslubi bu dostonchilarning poetik yo’li hisoblangan. Bulung’ur dostonchilik maktabining so’nggi talantli vakili Fozil Yo’ldosh o’g’li (1872-1955) hisoblanadiki, undan «Alpomish», «YOdgor», «YUsuf bilan Ahmad», «Malikai ayyor», «Mashriqo», «Zulfizar», «Balogardon», «Intizor», «Nurali», «Jahongir», «Murodxon», «Rustam», «SHirin bilan SHakar», «Ra`no bilan Suxangul», «Zevarxon» kabi ajoyib dostonlar yozib olingan. 2. epik san`atning ikkinchi bir muhim Qo’rg’on dostonchilik maktabi bo’lib, uning eng so’nggi talantli vakillari ergash Jumanbulbul o’g’li (1868-1937) va Po’lkan shoirlar (1874-1941) hisoblanadi. Bu talantli san`atkorlardan «Alpomish», «YAkka Ahmad», «Oysuluv», «Kuntug’mish», «Qironxon», «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «YUnus pari», «Misqol pari», «Gulnor pari», «Xushkeldi», «Hasanxon», «CHambil qamali», «Dalli», «Ravshan», «Avazxon», «Qunduz bilan YUlduz», «Xoldorxon», «Hilomon», «Berdiyor otliq», «Zamonbek», «Xidirali elbegi» kabi dostonlar yozib olingan. 3. XIX asrda mavjud bo’lgan yana bir epik markaz SHahrisabz dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so’nggi namoyandasi Abdulla Nurali o’g’li (1874- 1957) XIX asrning yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdidir. Bu baxshilar dostonlarni sho’x, quvnoq, ko’tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turadilar. Atoqli xalq shoiri Islom Nazar o’g’li (1874-1953) bir tomondan, SHahrisabz, ikkinchi tomondan, Qo’rg’on dostonchilik maktabi bilan bog’liq bo’lgan. Uning ijro usuli va undan yozib olingan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va SHerali», «Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon», «Kuntug’mish» kabi dostonlarga nazar tashlar ekanmiz, ularda har ikki maktab xususiyatlari yaqqol ko’rinadi. 4. O’zbekistonning janubida yashovchi ko’pgina baxshilar SHerobod dostonchilik maktabi bilan bog’liqdir. XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida yashagan bu maktabning mashhur vakili SHernazar Beknazar o’g’li bir qancha shogirdlar etishtirgan. Mardonaqul Avliyoqul o’g’li, Umir Safar o’g’li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o’g’li, Mamadrayim baxshi, Bo’riboy Ahmad o’g’li, YUsuf O’tagan o’g’li kabi o’nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi va ulardan bir qancha dostonlar yozib olingan. 5. Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbek-laqay baxshilari ham ijro yo’llarining badiiy tasvir vositalari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu baxshilar Dang’ara rayonining Jorubqo’l qishlog’i bilan bog’liq. Bu erda XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida Haybat SHomol o’g’li, Qunduz soqi degan mashhur dostonchilar o’tgan. Hozir ham ularning davomchilari bor. O’zbek-laqay baxshilarining dostonchilikdagi asosini «Go’ro’g’li» dostonlari turkumi tashkil etadi. Bu dostonlar o’zlarining nihoyatda mo’`jazligi bilan ajralib turadi. O’zbek xalq dostonlarining mavzu doirasi O’zbek xalq dostonlari nihoyatda ko’p bo’lib, uzoq asrlar davomida yaratildi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kuylanib keldi. Bu hol ularni muayyan turlarga bo’lib o’rganishni taqozo etadi. Dostonlar, dastlab V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov, keyinroq M.Saidov tomonidan nashr qilindi. O’zbek xalq dostonlari qahramonlik, jangnoma, tarixiy, romanik, kitobiy dostonlarga bo’linadi. 1. Qahramonlik dostonlari . Qahramonlik dostonlari bizgacha sof holida «Alpomish» misolida etib kelgan. 2. Jangnoma-dostonlar . Hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan shaxslarni xalq orasida targ’ib qilish maqsadida jangnoma asarlaridan foydalangan. Natijada «Jangnomai Abo Muslim», «Jangnomai Sayid Battol G’oziy», «Jangnomai Amir Hamza» kabi islom dinini zo’rlik bilan targ’ib etgan shaxslarning nomi bilan bog’langan jangnomalar yuzaga kelgan. O’rta Osiyoda keng tarqalgan jangnomalarning qadimgi namunalariga Firdavsiyning «SHohnoma»sini va «Jangnomai Jamshid», «Qahramoni Qotil», «Ho’shang», «To’maris» kabilarni ko’rsatish mumkin. 3. Tarixiy dostonlar . Tarixiy dostonlar tarixdagi konkret voqealar va faktlarni tasvirlash xarakteri, hujjatiylikning darajasi jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar. Ularni shu xususiyatiga qarab: a) tarixiy-qahramonlik; b) tarixiy-fantastik; v) tarixiy-konkret yoki yangi dostonlar; g) avtobiografik dostonlar kabi ichki turlarga bo’lish mumkin. Tarixiy-qahramonlik dostonlarining eng yaxshi namunalaridan biri «Oysuluv» dostonidir. Tarixiy-fantastik dostonlarga «Tulumbiy», «SHayboniyxon» kabilarni kiritish mumkin. «SHayboniyxon» dostonida epik voqelik yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga ega bo’lsa, «Tulumbiy»da ayrim tarixiy shaxslar nomidan bo’lak hech narsa qolmagan, ya`ni unda syujet tarixiy voqelik asosida emas, balki ishqiy-sarguzasht asosida rivojlanadi. Bunday dostonlarda qachonlardir bo’lib o’tgan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar epik bayon uchun umumiy fon vazifasini o’taydi, xolos. Xalq orasida ertak va afsonalar holida juda keng tarqalgan «Xurshidoy» qissasining ikkinchi qismi sifatida «SHayboniyxon» dostoniga kiritilishi va SHayboniyxonning hukmdorlik davri bilan bog’lanishi ham shu bilan izohlanadi. Tarixiy-konkret yoki yangi dostonlarga XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida baxshilar tomonidan yaratilgan asarlar kiradi. Bunday dostonlar o’zlarining mustahkam tarixiy asoslariga, qahramonlarining … ega. «To’lg’onoy», «Namoz», «Mamatkarim polvon», «Jizzax qo’zg’oloni», «Mardikor», «Amir qochdi», «Ochildov», «Hasan batrak» kabilar yangi dostonlarning eng yaxshi namunalari hisoblanadi. Aniq faktlar va hujjatlarga asoslanish bunday dostonlarning bosh xususiyatidir. Ergash Jumanbulbul o’g’lining «Tarjimai hol», Fozil Yo’ldosh o’g’lining «Kunlarim», Islom Nazar o’g’lining «Baxtiyor avlodlar», Abdulla Nurali o’g’lining «Kunlarim» kabi dostonlari buning yorqin namunalaridir. 4. Romanik dostonlar . Romanik dostonlarning tuzilishi nihoyatda murakkab. Qahramonlik dostonlarida romanik elementlar bo’lganidek, romanik dostonlardan qahramonlik elementlari, jangnomalar xususiyatlari ham mustahkam o’rin olgan. Hatto bir dostonda bir necha tema baravar ishlangan bo’lishi mumkin. SHularni hisobga olib, bu tip dostonlarni: a) qahramonlik-romanik; b) ishqiy-romanik; v) maishiy-romanik dostonlar kabi ichki turlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir. 5. Qahramonlik-romanik dostonlarda («Rustamxon», «YAkka Ahmad», «Go’ro’g’li» turkumiga kiruvchi bir qancha asarlar) qahramonlik yo’nalishi ustun tursa, ishqiy-romanik dostonlarda («Kuntug’mish», «Go’ro’g’li» turkumining so’nggi xalqalari) sevgi mojarolari, sarguzashtli voqealar tasviriga alohida e`tibor beriladi. Maishiy-romanik yoki ijtimoiy-maishiy dostonlarda («Sohibqiron», «Orzigul», «Erali bilan SHerali» va boshqalar) realistik momentlar, mavjud tuzumdan ijtimoiy norozilik kayfiyatlari, maishiy turmush bilan bog’liq turli- tuman tafsilotlarni batafsil tasvirlash etakchilik qiladi. Bunday dostonlar syujeti feodalizm sharoitida o’zining real zaminiga ega. Bu xil dostonlarda xalqimiz va baxshilarning demokratik qarashlari yanada yorqinroq aks etgan. 1. Kitobiy dostonlar . Kitobiy dostonlarning bir guruhi klassik adabiyot namunalarining baxshilar tomonidan qayta ishlanishi natijasida yuzaga kelgan. Masalan, «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun», «Bahrom va Gulandom» Alisher Navoiy dostonlari, «YUsuf va Zulayho» shu syujetdagi forsiy va turkiy asarlar, «Rustami Doston», «SHohnoma», «Varqa bilan Gulshoh», «Vomiq bilan Uzro» forschadan ozarbayjonchaga qilingan tarjimalar asosida yaratilgan. Kitobiy dostonlar orasida yana shunday namunalar borki, ularning yaratilishida asos bo’lgan manbani topish qiyin. Ammo asarning temasi, uslubi, tasvir mohiyati kitobiy manbaga asoslanganligi va yozma adabiyotga yaqin turganligini aniq ko’rsatadi. «Sanobar», «Zevarxon» kabi dostonlar shunday asarlardan hisoblanadi. Xorazm dostonchiligida, shuningdek, «Malikai Dilorom», «Tohir va Zuhra» kabi bir qancha dostonlarda og’zaki va yozma adabiyotning juda murakkab formalariga, turli-tuman adabiy shakllarni o’ziga xos ravishda chatishib ketganligiga duch kelamiz. Xalq dostonchilarini O`zbekistonning ayrim erlarida baxshi so`zidan boshqa nomlar bilan ham hritiladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida hzboshi, Janubiy Tojikiston o`zbeklari orasida soqi, Surxondaryo va Janubiy Tojikistonning ayrim joylarida sozanda, Farg`ona vodiysida sanovchi, ayrim tumanlarda jirov, jirchi, oqin, oxun va hokazo. O`zbeklarda xalq dostonchisini shoir deb atash ham keng tarqalgan. SHoir arabcha so`z bo`lib, poetik asarlar ijodkori bo`lgan yozma va og`zaki adabiyot vakillariga nisbatan qo`llaniladi. Og`zaki nutqda bu so`z ba`zan, ko`chma ma`noda hozirjavob, shirinsuxan shaxsga nisbatan ham ishlatiladi. Xalq ijodida badihago`y ijodkorlar, epik an`ana doirasida o`zlarining yangi-yangi variantlarini, hatto yangi dostonlarni ham yarata oladigan baxshilar shoir deb ataladi. Masalan, Ergash shoir, Fozil shoir, Islom shoir, Po`lkan shoir va boshqalar. Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, ko`p erlarda do`mbira, ayrim joylarda qo`biz yoki dutorda kuylaydilar. Xorazm baxshilari esa dostonlarni, asosan, dutorda ijro etadilar, ularga g`ijjak va balomonda sozandalar jo`r bo`ladi. 30-yillarda Xorazm baxshilari dostonlarni tor va rubobda kuylay boshladilar. SHu munosabat bilan ayrim baxshilar ansamblida g`ijjak o`rniga skripkadan foydalanish, ansamblga doirachi, hatto o`yinchi olib kirish hollari bo`ldi. Bola baxshi va uning ansambli bunga misol bo`ladi. Xorazmda ba`zan epik asarlar yoki ularning parchalarini garmonda ijro etish hollari ham mavjud. Bunday hollarda ularni baxshi emas, balki sozchi deb hritilgan. Masalan, Qurbon sozchi, Qodir sozchi va boshkalar. Sozchilar epik asarlarni to`la ijro etishdan ko`ra, undan parchalar, termalar va o`zlari yaratgan asarlarni kuylashga alohida e`tibor berganlar. Demak, epik asarlarni elga etkazishda O`zbekistonning deyarli barcha erlarida yakka ijrochilik hukmron bo`lsa, Xorazmda, asosan, jamoaviy ijrochilik etakchilik qiladi. Ijro davomida dostonlarning she`riy qismlari kuylansa, prozaik o`rinlari baxshilarning o`zlariga xos ifodali tilda bayon etiladi. Xorazmda epik asarlarni, ulardan olingan parchalar va ayrim termalarni kuylovchi ijodkorlarning yana bir turi xalfalar, deb hritiladi. Xalfachilik, asosan, ayollar orasida keng tarqalgai. Xalfachilik san`ati ikki xil: a) ansamblli xalfalar; b) yakka xalfalar. Ansamblli xalfalar uch kishidan iborat. YA`ni ustoz xalfa (ayni vaqtda garmon chaladi va ashula aytadi), doirachi (ashulaga jo`r bo`ladi, ba`zan raqsga tushadi) va o`yinchilar (raqsga tushadi, qayroq bilan o`ynaydi, yalla va lapar aytadi, ba`zan doira chaladi) birlashib, ansamblni tashkil etadilar. Bu tip xalfalar xalq dostonlarini, ulardan olingan parchalarni, to`y qo`shiqlarini, lapar va yallalarni, o`zlari yaratgan yoki boshqa ijodkorlar asarlarini garmon va doira jo`rligida kuylaydilar. Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira Sobirova kabilar shunday xalfalardandir. Yakka xalfalar doston va qo`shiqlarni sozsiz ijro etadilar. Ular dostonlarni yoddan yoki qo`lyozma va kitobdan yoqimli ohangda o`qish, «YOr-yor», «Kelin salom», «Muborak» kabi to`y qo`shiqlarini ijro etish bilan shuhrat qozonganlar. Roziya Matniyozov qizi, Saodat Xudoyberganova, Poshsho Saidmamat qizi, Ambarjon Ro`zimetova, Anorjon Razzoqova kabilar yakka holda xalfachilik qilganlar. Xalfalar ko`proq «Oshiq G`arib va SHohsanam», «Oshiq Oydin», «Asilxon», «Hurliqo va Hamro», «Qumri», «Qissai Zebo», «Tulumbiy», «Zavriyo», «Durapsho», «Bozirgon», «Xirmon dali» kabi dostonlarni, Maxtumquli she`rlarini, turli marosim qo`shiqlarini va o`zlari yaratgan asarlarni ijro etadilar. Ular mahalliy xalqning barcha to`y-hashamlarida, turli marosimlarda, ayollar yig`inlari va bayramlarda qatnashadilar, to`y va marosimlarni boshqaradilar. Xalfachilik ayollar san`ati sifatida Xorazm vohasida shu kunlarda ham keng davom etmoqda. O`tmishda epik asarlarni xalqqa etkazuvchilar qatorida qissaxonlar ham bo`lgan. Qissaxonlar xalq dostonlarining qayta ishlangan nusxalarini, qiziqarli tarjima hikoyalarni, mumtoz adabiyot namunalaridan «fol`klorlashtirilgan» variantlarni, turli xil jangnomalarni choyxonalarda, turli yig`inlarda, xalq to`plangan joylarda yodaki aytganlar yoki qo`lyozma va bosma matn asosida o`zlariga xos ohangda o`qiganlar. Qissaxonlar «Rustami Doston», «Tohir va Zuhra», «Hikoyati Go`ro`g`li sulton», «Bahrom va Gulandom» kabi dunyoviy qissalarni ijro etish bilan birga, ko`proq diniy mazmundagi asarlarni ham o`qib hrganlar. Ayrim hollarda eng qobiliyatli qissaxonlarning o`zlari qissa tuzishgacha, ba`zan yangi asarlar yaratishgacha ko`tarilganlar, aytayotgan asarlariga ijodiy yondashganlar. O`tmishda qissaxonlik shahar joylarda keng rivojlangan bo`lib, keyingi vaqtlarda, umuman, uchramaydi. Bu narsa ko`plab kitob bosib chiqarilishi, jumladan, ilgari aytilib hrilgan qissalarning ham nashr etilishi, xalqimizning yoppasiga savodxon bo`lishi bilan bog`liqdir. Epik asarlarni keng mehnatkashlar ommasi orasida kuylashda, ularni avloddan avlodga etkazishda har doim baxshilar etakchilik qilganlar. O`tgan asrda ikki hzdan ortiqroq dostonchi aniqlandi va ro`yxatga olindi. Ulardan Jumanbulbul, Jossoq, Bo`ron shoir, Jolmon baxshi, Sulton kampir, Tilla kampir, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yo`ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Xidir shoir, Yo`ldosh shoir, Suyar shoir, SHerna hzboshi, Haybat soqilar xalq orasida shuhrat qozongan. Ergash Jumanbulbul o`g`li, Fozil Yo`ldosh o`g`li, Po`lkan shoir, Islom Nazar o`g`li, Umir shoir, Abdulla shoir, Xolyor Abdukarim o`g`li kabi etuk shoirlar baxshichilikdagi juda boy an`analar asosida muhim voqealarni tasvirlovchi yigirmadan ortiq yangi dostonlar yaratdilar. Baxshi o`zlashtirgan va ijodiy tarzda kuylab kelgan barcha asarlar uning repertuarini tashkil etadi. O`zbek xalq baxshilari repertuari janr e`tibori bilan nihoyatda cheklangan. Ular fol`klorning faqat ikki janridagi asarlarni, ya`ni termalar va dostonlarni kuylab kelganlar. Baxshilar terma va dostondan boshqa asarlar (ertak, qo`shiq, latifa va shu kabilar) ni bilsalar ham, ularni aytmaganlar. Mabodo biror dostonning mazmunini hikoya qilib bersalar, uni «ertak qilib aytish» deb hisoblaganlar. Biroq bunday aytish professional dostonchi uchun odatdagi hol emas. O`zbek dostonchiligida an`anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda, dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uhshtirilgan. Baxshi taklif qilingan mehmonxonaga barcha eshituvchilar uning devorlari bo`ylab qator qo`r tashlab o`tirishgan. Baxshini eng to`rda o`tqizganlar. Doston kuylash kichik bir ziyofatdan keyin boshlangan. Baxshi dastlab bir yoki bir necha terma kuylagan. Xorazm baxshilari esa, terma sifatida dostonlardan bo`laklar, Maxtumquli she`rlaridan, pand-nasihatlar bilan bog`liq turli parchalarni ijro qilganlar. Xorazmdan bo`lak joylarda esa, ko`p hollarda «Nima aytay?» («Doston terish») termasi bilan auditoriyaga murojaat etilgan. Bunda baxshi o`zida va eshituvchilarda jiddiy temalardagi poetik asarlarni kuylash va tinglash uchun kayfiyat hosil qiladi. So`ng tinglovchilarning xohishi yoki baxshining tanlashiga ko`ra biror doston ijro etiladi. Odatda, dostonchilik o`tirishlari tongga ulanadi. O`zbek xalq dostonlarining ko`pchiligi bir kun kuylashga mo`ljallangan. «Alpomish»dek monumental asarlar ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan. 1 Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos so`z va kuy topib avjga chiqa boradi, o`zlarining ta`biri bilan aytganda, «qaynaydi». O`rni-o`rni bilan eshituvchilarga murojaat etib, ularning diqqatini o`zida saqlab turadi. Avj nuqtalarga etganda, baxshining gavda harakatlari, boshini sarak-sarak qilishi, 1 O`shа аsаr, 29—31-b. do`mbiraning bir muvozanatda borib-kelishi kuy va so`zga qo`shilib yaxlit ritmik holat hzaga keltiradi. Bunday paytlarda to`rdagi baxshi poygakka, tomoshabin esa, to`rga chiqib qolganligini hech kim payqamay qoladi. SHu tariqa qo`r tashlab o`tirganlar davrani bir necha marta aylanib chiqishlari mumkin. Baxshi qizib va terlab ketganda, ustidagi yaktaklarini birin-ketin echa boradi. Baxshining shogirdi yoki davradagi biror kishi vaqt-vaqti bilan unga qaynatilgan va bir oz sovitilgan suv tutib turadi. Baxshi suvdan bir ho`plab, ijroni to`xtovsiz davom ettara beradi. Dostonni kuylash juda ham qiziqarli o`ringa, avj pardalarga etganda, yarim tunda dam olish uchun tanaffus e`lon qilinadi. Buni baxshilar «do`mbira to`ntarmoq» deb aytadilar. Bunda baxshi eshituvchilarga yoki o`z do`mbirasiga murojaat tarzida bir necha qistirma misralar to`qib, ijroni to`xtatadi. SHundan keyin baxshi belbog`ini va do`mbirani to`nkarilgan holda qoldirib, tashqariga chiqadi. Bu payt davradagilardan biri baxshi belbog`ini o`rtaga yoyadi. Har kim o`z imkoniyatiga yarasha pul yoki biror narsa tashlaydi. Baxshi qaytib xonaga kirguncha, yig`ilgan pul ea narsalar tugib qo`yiladi. So`ng dostonning qolgan qismini kuylash davom ettiriladn. Xorazm baxshilari esa, doston ijrosi tugashi bilan «To`yingda qaytsin» kuyini chalib turadi. Davra yoki to`y oqsoqollari bu payt mehmon va mezbonlar o`z xohishi bilan bergan pul yoki buhmlarni yig`ib, baxshiga beradi. Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari ba`zan bir necha kun davom etadi. Baxshi ketar paytda uni taklif qilgan sohibi xonadon unga yana qo`shimcha sovg`alar (to`n, sarpo, qo`y, ot va hokazo) berishi mumkin. SHuni aytish kerakki, baxshiga beriladigan sovg`alar hech mahal majburiy va oldindan kelishilgan holda bo`lmaydi. Bu to`la ixtiyoriy bo`lib, haqiqiy xalq baxshilari hech mahal o`z san`atlariga daromad manbai sifatida qaramaganlar. O`tgan asrda doston kuylash sharoitlari birmuncha o`zgardi. Baxshilar kolxoz-sovxoz teatrlarida (masalan, Abdulla shoir, Bola baxshi, Bolta baxshi kabilar) faol ishtirok eta boshladilar. Umumxalq hasharlarida (masalan, Kattaqo`rg`on suv ombori, Katta Farg`ona kanali qurilishi), ijtimoiy-siyosiy marosimlarda (masalan, saylov oldi uchrashuvlari), turli yig`inlarda doston va undan parchalar kuylash odatga aylanib qoldi. Baxshilar bilan uchrashuvlar, ko`riklar tashkil etildi. Baxshi tayyorlash o`zining qat`iy an`anaviy tartiblariga ega bo`lgan. Baxshilar qishloqma-qishloq dostonchilik qilib hrgan paytlarida mehnatkashlar orasidagi talantli, qobiliyatli, she`riyatga qiziquvchi yoshlarni tanlaganlar, safar davomida ularni sinab borganlar, istiqboli borlarini o`z yonlariga tortganlar. SHogird tayyorlashda barcha o`qitish, o`rgatish ishlari, do`mbira mashqi ham og`zaki ravishda amalga oshirilgan, chunki o`tmishda ustoz o`qish-yozishni bilmaganidek, shogird ham savodsiz bo`lgan. Ahyon-ahyonda uchrab turadigan baxshilarning savodliligi ham bunga monelik qila olmagan. Negaki, xalq dostonlarini eshitish va kuylash orqali og`zaki o`rganish professional ta`limning eng birinchi va asosiy sharti bo`lgan. O`rgatishning keyingi yillarida ustoz shogirdni o`zi bilan birga dostonchilik yig`inlariga, to`y-hashamlarga olib hradi. Bunday paytlarda shogird ko`pchilik oldida termalar, dostonlardan parchalar kuylaydi. SHogird ancha pishib qolgach, ustoz auditoriyaning ruxsati bilan o`zi kuylayotgan dostonning davomini unga ayttiradi. Hozirgi kunda o`zbek fol`klorshunosligida Bulung`ur, Qo`rg`on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari — baxshilik san`atining ajoyib markazlari aniqlangan. Bulung`ur dostonchilik maktabi vakillari qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo`lganlar. Bu maktabning so`nggi iste`dodli vakili Fozil Yo`ldosh o`g`li (1872—1955) hisoblanadi, undan «Alpomish», «YOdgor», «Hsuf bilan Ahmad», «Malika ayyor», «Mashriqo», «Zulfizar», «Balogardon», «Intizor», «Nurali», «Jahongir», «Murodxon», «Rustam», «SHirin bilan SHakar», «Ra`no bilan Suxangul», «Zevarxon» kabi ajoyib dostonlar yozib olingan. Xulosa o’rnida xalq dostonlarining mavzu doirasini nihoyatda kengligini alohida e`tirof etish mumkin. Yirik hajmdagi bu janrlar yozma adabiyotga ham o’z ta`sirini o’tkazishi natijasida noyob xalq og’zaki ijodining namunalari yozuvchilar tomonidan yaratildi va o’quvchilariga taqdim etildi. Bu o’rinda, Mirkarim Osim, Hamid Olimjon va boshqa ijodkorlarning asarlarida xalq dostonlarining ta`siri ko’zga yaqqol tashlanadi. «Alpomish» – qadimiy dostonlardan biridir. U qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligini kuylovchi ulkan eposdir. Unda bir oila taqdiri misolida vaziyat taqozosi bilan bo’linib ketgan qadimiy bir o’zbek urug’ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g’oyalari, uning qahramonona shon-shuhrati va istiqboli, el-yurt farovonligi, oila baxti va Vatan ravnaqi uchun kurash baralla kuylangan. SHuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov dostonga juda yuqori baho berib, shunday degan edi: «Alpomish» – o’zbekning o’zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan avlodlarga o’tkazib kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir… «Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi 1 . Bundan ming yillar avval xalq baxshilari tomonidan og’zaki ravishda yaratilgan hamda bizgacha kuylab kelingan bu doston o’zbek-qo’ng’irot urug’i boshliqlari aka-uka Boybo’ri va Boysarilarning farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda Hakimbek va Barchinning ajoyib-g’aroyib holatlarda tug’ilishi, Hakimbekning bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko’rsatishi, Boysarining Boybo’ridan arazlab, qalmoq eliga ko’chishi, qahramonning yorini olib kelish uchun o’zga mamlakatga safari va qalmoq alpi Qorajon bilan do’stlashishi, raqiblari – qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning shartlarini bajarishi va Barchinni olib o’z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta safar qilganda, etti yil zindonda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, xotini Barchinning zo’ravon Ultontoz bilan bo’layotgan to’yi ustida o’z eliga kelishi hamda Ultontozni engib, o’z hokimiyatini o’rnatishi voqealari tasvirlanadi. «Alpomish» dostonining bosh qahramoni 1 1 Karimov I. “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so`zlangan nutq. “Xalq so`zi” gazetasi, 1999-yil, 9-noyabr. Hakimbek – Alpomishdir. U xalqning qahramonlik orzularini o’zida mujassamlashtirgan, el-yurt farovonligi yo’lida mardliklar ko’rsata olgan bahodir, xalq dahosi yaratgan quyma obrazdir. Qadimgi davrlar va o’rta asrlarda inson beqiyos kuch-qudrat egasi hisoblangan, chunki o’sha sharoitda odamlarning ijtimoiy hayoti va tabiat hodisalariga qarshi kurashlarida jismoniy kuch hal qiluvchi rol o’ynagan. SHuning uchun ham barcha xalqlarning qahramonlik eposlarida har ishga qodir pahlavonlar, yakkama-yakka olishuvlarda g’olib chiqqan bahodirlar, vahimali ajdar va devlarni mahv eta oladigan botirlar, tish- tirnog’igacha qurollangan lak-lak dushman qo’shinini yolg’iz o’zi enggan alplar siymolari yaratilgan. Alpomish xudi shunday qahramondir. Dostonda Alpomishning kuch-qudrati, uning bahodirlik salohiyatini tasvirlashga alohida e`tibor berilgan. U etti yoshida bobosi Alpinbiydan qolgan o’n to’rt botmonlik sari yoydan otib, Asqar tog’ining cho’qqisini uchirib yuborganligi uchun ham alp ataladi. YAkkama-yakka olishuvda Qultoy va Qorajondan g’olib chiqadi. Uning kuch-qudrati Barchin shartlarini bajarishda, qalmoq alplari bilan kurashda, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Doston maishiy hayot detallariga boyligi, real epizodlarni keng qamrab olganligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, baxshi etti yillik tutqunlikdan keyin Alpomishning o’z yurtiga qaytishida uni qarindoshlari, cho’ponlar, yilqichilar, karvonlar, turli toifadagi kishilar bilan uchrashtirish orqali mamlakatdagi ahvol bilan tanishtiradi, odamlarning qahramonga va uning raqibi Ultontozga munosabatini yaqqol gavdalantiradi. Bu lavhalar Alpomishni ideal qahramon va oddiy inson sifatida har jihatdan xarakterlab beradi. Yo’ldagi uchrashuvlarda Ultontozning zo’rlik bilan Barchinni olish uchun to’y qilayotganligini bilgan Alpomish Qultoy qiyofasida to’yxonaga keladi. To’yxonada Alpomish Ultontoz tomonidan kamsitilgan va o’g’li hajrida alam tortayotgan ota-onasiga hamdardlik qiladi, haqoratlangan o’g’li YOdgorning boshini silaydi, Ultontozga xushomadgo’ylik qilgan bakovul va oshpazlarning ta`zirini beradi, o’zining kuch-qudratini, Barchinga hamda oilasiga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi. Dostonning Alpomishdan keyingi etakchi obrazlaridan biri Barchindir. U o’zbek eposida har tomonlama mukammal ishlangan ayol obrazi hisoblanadi. Dushmanlarning «qirq mingini bir deb sanab qirishga» tayyor turgan jasur Barchin siymosida qahramonlik dostonlariga xos alp qiz haqidagi an`anaviy tushuncha ham o’z ifodasini topgan. Qizdagi jasurlik, mardlik va dovyuraklik, o’z kuch-qudratiga ishonish uni Toychixon alplari zo’rlik bilan olib ketmoqchi bo’lgan holatlar tasvirida yaqqol gavdalanadi. Barchin faqat jasur va dovyurak bo’lib qolmay, unga uylanmoqchi bo’lgan yigitdan ham salohiyat va bahodirlikni talab qiladi. Bu jihatdan uning Alpomish va to’qson alp oldiga to’rt shart (yoy tortish, ming qadamdan tanga pulni urish, poyga, kurashda to’qson alpni engish) qo’yishi xarakterlidir. Qahramonlik va mardlikni tarannum etuvchi Barchin shartlari dostonda badiiy go’zal tasvirlangan. Fozil shoir xalqning boy ijodiy tajribasini, turmushdagi eng mayda ikir-chikirlarni ham juda yaxshi biladi, har bir detalni chuqur mushohada qiladi hamda o’z o’rnida qo’llaydi. Bu shartlarning bajarilishida Barchin bevosita bo’lmasa-da, bilvosita ishtirok etadi. U kurashda Ko’kaldoshni yiqitishga qiynalgan Alpomishga ma`naviy madad beradi. YOki, poygada Ko’kaldoshning oti Ko’kdo’nondan o’za olmagan Boychibor Barchinning «qur-hayt» degan ovozini eshitishi bilan marraga birinchi bo’lib etib keladi. «Alpomish» dostoni 1922 yildan beri o’zbek fol’klorshunoslari tomonidan xalq baxshilar og’zidan yozib olib kelinmoqda. Hozirgacha uning 40 dan ortiq variantlari yozib olingan. Ularni aytib bergan baxshilar ulkan dostonchilardir. Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir, Berdi baxshi va boshqa baxshilardan alohida- alohida kitoblar tarzida to’la ravishda yozib olingan. Boshqa baxshilardan esa variantlarning parchalari nashr etilgan. «Alpomish» dostoni «Alpamis», «Alpamis botir», «Alip-Manash» nomlarida qoraqalpoq, qozoq, oltoy xalqlarida doston holida, «Alpomsho», «Alpomsho va Barsin hiluv» nomlarida tatar va boshqird xalqlarida ertaklar shaklida yozib olingan va nashr etilgan. Demak, «Alpomish» dostoni turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan eposdir. Har bir xalq unga o’zining milliy dostoni sifatida munosabatda bo’lib, o’rganib kelmoqda. Olimlarning xulosalariga ko’ra barcha milliy versiyalar va ularning variantlariga nisbatan ham olganda Fozil Yo’ldosh o’g’li varianti badiiy yuksak va mukammal dostondir. «Alpomish» dostoni qadimiy qahramonlik eposining yorqin namunalaridandir. «Alpomish» dostoni yigirma sakkiz xalq baxshisidan o`ttiz uch marta yozib olingan. Unda ayrim urug` oqsoqollarining hukmronlikka intilishi, patriarxal-urug`chilik munosabatlarining emirila borishi va feodalizmning tug`ilish jarayoni voqealari o`ziga xos tarzda badiiy aks ettirilgan. «Alpomish» dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urug` birligini kuylovchi ulkan eposdir. Doston qo`ng`irot urug`i boshliqlari— aka-uka Boybo`ri va Boysarilarning farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda bo`lajak qahramonlar— Alpomish va Barchinlarning ajoyib-g`aroyib holatlarda tug`ilishi, Alpomishning bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko`rsatishi, Boysarining Boybo`ridan arazlab qalmoq eliga ko`chishi, qahramonning yorini olib kelish uchun o`zga mamlakatga safari va Qorajon bilan do`st tutinishi, raqiblari— qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning shartlarini bajarishi va yorini olib o`z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta safar qilganda, etgi yil tutqunda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, o`z eliga xotini Barchinning zo`ravon Ultontoz bilan bo`layotgan to`yi ustiga kelishi hamda raqibini engib, o`z hokimiyatini o`rnatishi voqealari tasvirlanadi. «Аlpоmish» dоstоni qаdimiy qаhrаmоnlik еpоsining yorqin nаmunаlаridаndir. «Аlpоmish» dоstоni yigirmа sаkkiz хаlq bахshisidаn o`ttiz uch mаrtа yozib оlingаn. Undа аyrim urug` оqsоqоllаrining hukmrоnlikkа intilishi, pаtriаrхаl-urug`chilik munоsаbаtlаrining еmirilа bоrishi vа fеоdаlizmning tug`ilish jаrаyoni vоqеаlаri o`zigа хоs tаrzdа bаdiiy аks еttirilgаn. «Аlpоmish» dоstоni qаhrаmоnlik, mаrdlik, vаtаnpаrvаrlik, turli еlаtlаr vа хаlqlаrning birоdаrligi, sеvgi vа sаdоqаt, оilа mustаhkаmligi vа urug` birligini kuylоvchi ulkаn еpоsdir. Dоstоn qo`ng`irоt urug`i bоshliqlаri— аkа-ukа Bоybo`ri vа Bоysаrilаrning fаrzаndsizligi tаsviri bilаn bоshlаnаdi. Undа bo`lаjаk qаhrаmоnlаr— Аlpоmish vа Bаrchinlаrning аjоyib-g`аrоyib hоlаtlаrdа tug`ilishi, Аlpоmishning bаhоdirоnа yoshligi vа birinchi bоr pаhlаvоnlik ko`rsаtishi, Bоysаrining Bоybo`ridаn аrаzlаb qаlmоq еligа ko`chishi, qаhrаmоnning yorini оlib kеlish uchun o`zgа mаmlаkаtgа sаfаri vа Qоrаjоn bilаn do`st tutinishi, rаqiblаri— qаlmоq аlplаri bilаn yonmа-yon turib, Bаrchinning shаrtlаrini bаjаrishi vа yorini оlib o`z еligа qаytishi, qаynаtаsi Bоysаrini qutqаrish uchun ikkinchi mаrtа sаfаr qilgаndа, еtgi yil tutqundа qоlishi, аsirlikdаn оti Bоychibоr yordаmidа qutulib, o`z еligа хоtini Bаrchinning zo`rаvоn Ultоntоz bilаn bo`lаyotgаn to`yi ustigа kеlishi hаmdа rаqibini еngib, o`z hоkimiyatini o`rnаtishi vоqеаlаri tаsvirlаnаdi. Adabiyotlar ro’yhati 1. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil. 2. H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil. 3. M.Qodirov. O’zbek xalq og’zaki dramasi. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1963 yil. 4. M.Afzalov. O’zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1974 yil. 5. B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil. 6. M.Qodirov. Masxaraboz va qiziqchilar san`ati. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1971 yil. 7. M.Qodirov. Xalq qo’g’irchoq teatri. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1972 yil. 8. G’.Jaxongirov. O’zbek bolalar fol’klori. Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1975 yil.