logo

Lirika Lirik kechinma Lirik qahramon Lirikada syujet So`z Lirika janrlari

Yuklangan vaqt:

08.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

62 KB
Lirika Lirik kechinma Lirik qahramon Lirikada syujet So`z Lirika janrlari Reja: 1. Kirish 2. Lirika 3. Lirik kechinma 4. Lirik qahramon 5. Lirikada syujet 6. So`z 7. Lirika janrlari V. G. Belinskiy yozganidek, “lirik asarning mazmuni obyektiv voqyeaning taraqqiyoti emas, uning mazmuni – subyekning o`zi va u orqali o`tgan hamma narsadir... kishini mashg`ul etgan, to`lqinlantirgan, shodlatgan, qayg`uga solgan, zavqlantirgan, tinchitgan, hayajonlantirgan nima bo`lsa, qisqasi subyekning ma`naviy hayotini tashkil qilgan hamma narsa, subyekt ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo`lsa, shularning barchasini lirika o`zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi ” (V. G. Belinskiy, 184 - bet). Demak, lirikaning bosh xislati subyektivlik, shoir qalbida yuz beradigan kechinma, shu kechinma uyg`otgan sezgilarni voqye qilish san`atidir. Lirika – fikrdan tug`ilgan sezgi mevasi – bir oniy kayfiyatning hosilasi bo`lgani sabab, “shoir ruhi boshqa kayfiyatga bo`ysinmasdan ilgari qog`ozga ko`chishi” shart. Shuning uchun ham u qisqa, larzador bo`ladi. Lirik kechinmaning o`zi nima? Nimalardan tarkib topadi? Mohiyatini nimalar tashkil etadi? Takomiliga nimalar yetkazadi? Bu muhim savollarga asosiy javobni topganlardan biri – Jamol Kamoldir. U yozadi: “O`lmas Navoiyning Nazmki, ham suvrat erur xush anga, Zimnida ma`ni dog`i dilkash anga, - misralarida biz birinchi talqinning yorqin namunasini ko`ramiz. Shoirimiz aytmoqchi “nazm zimni” (ichi, mag`izi ) dagi “dilkash ma`ni” tahlil etayotganimiz lirik kechinmaning tarkibini tashkil etadi. Bu tarkib ikki element – fikr va hisdan iborat bo`lib, yaxlit holda ehtirosli fikr yoki fikriy ehtiros, deb ataladi. Negaki, “nazm zimni” dagi “ma`ni”(fikr) “dilkash” bo`lishligi uchun u ehtirosga o`rab berilishi kerak. Lirik kechinmaning tarkibini tashkil etgan fikr va his munosabatlarni V. G. Belinskiy shunday talqin etadi: “She`riyatimizda fikr nima? Ushbu savolga qanoatlanarli javob bermoq uchun his nima, degan masalani hal qilish zarur. Hissiyot, o`zinig etimologik ma`nosiga ko`ra, tanimiz, jismimiz, qonimizga tegishli. His va sezgilarning o`zaro tafovuti shundaki, keyingisi tanimizda biror moddiy jism ta`sirida qo`zg`olgan jismoniy sezgi, birinchisi ham jismoniy, biroq u fikrdan tug`ilgan sezgi . Shu sababli ham qandaydir hisob – kitob yoki quruq mulohazalar bilan mashg`ul bo`lgan odam hissiyotdan to`lqinlanib, larzaga tusharkan, qo`lini ko`kragiga qo`yib yoki yuragiga mahkam bosib oladi. Chunki ko`kragida nafasi bo`g`iladi, chunki ko`kragi qisadi yoki kengayadi, yonadi yo sovqatadi, chunki yuragi orziqadi, titraydi, depsinib uradi; shuning uchun ham u chekinadi va qaltiraydi, qo`llarini ko`taradi, butun jonini boshdan oyoq qaynoq ter qoplaydi, sochlari tikka turib ketadi. Binobarin, asar fikrchan, hissiyotdan mahrum bo`lishi mumkinligi juda tushunarli; bunday holda o`sha asarda poeziya bo`larmikan? Aksincha, asarda his bor ekan, fikr bo`lishi muqarrarligi ham juda tushunarli bir hol. Tabiiyki, his teran bo`lgan joyda fikr ham teran bo`ladi va aksincha...   Shoirning boshida tug`ilgan fikr, aytish mumkinki, uning jismiga turtki berib, hayajonga soladi, qoniga o`t yoqib, ko`ksida tipirchilab uyg`onadi ” 1 (V. G. Belinskiy). Jamol Kamol ana shu mulohazalarga tayangan holda, quyidagi to`g`ri xulosaga keladi: “Lirik kechinmada fikr va hissiyot qorishiq yashaydi. Bugina emas, ular bir – birining mag`iz – mag`iziga shunday singib ketadiki, ajratib ko`rishning iloji bo`lmay qoladi. Bu ajralmas birlik – butun lirik kechinmaning mohiyatini tashkil etadi” (Jamol Kamol, 13 - bet). Lirik kechinma (kechinma - obraz) ning xislatini o`zida jam qilgan (Navoiy bobomiz aytgan “xos hol” - nodir kechinma, holat va “xos ma`no” - sara, o`tkir fikrning chatishuvidan yuzaga kelgan) Muhammad Yusufning “Bir kuni” she`rini o`qiylik: Bir kuni, Bir alvon Zamon keladi, Zamin uzra 1  Omon-omon bo`ladi. O`n yilmi Yuz yilmi o`tib oradan, Urushlar Nizolar ketib oradan To`plar Adirlarda bug`doy o`radi, Tanklar Dalalarda paxta teradi. Millatlar, Elatlar, Oq tan, qora tan – Hammasi Hazrati inson bo`ladi. Olam guliston bo`ladi Bir kuni... —Shoirlar-chi, bobo, Shoirlar nima bo`ladi? —Shoirlarning shodlikdan Yuraklari yorilib o`ladi!         Ko`rayapsizki, she`rda shoir zamin uzra kelajakda “hazrati insonlar” jamiyatining, komil insonlar dunyosining yuzaga kelishini orzu qiladi. Uning “bir kuni olam guliston bo`lishiga” ishonchi to`liq. Orzu va ishonch tuyg`ulari shunchalik samimiy, shunchalik yuquvchanki, shoir bilan nevara o`rtasidagi dialogdan, undagi topqirlikdan (hazildan) qalbingiz o`rtanadi. She`r bir oniy fikr va hisning mahsuli, mahsuli bo`lganda ham yaxlitliligi – jonliligi bilan maftun etuvchi, ohangi bilan dilni qitiqlovchi bo`lgani sabab – bir zumlik “harorat” bilan uzoq yillarni, umrlarni “isitadi”, boyitadi, orzularga qanot beradi, ishonchlarni mustahkamlaydi. Shuning uchun ham she`r doimo musiqiydir, doimo vaznlidir, ritmika, qofiya, band jihatdan uyushgandir. Doim samimiydir, doim ta`sirdordir, doim jozibadordir. Lirikaning subyektivligidan – ya`ni hayotni, insonlar olamini faqat shoir shaxsi orqaligina anglashimizdan shunday xulosa kelib chiqadi: lirik asar mazmuni avtobiografik xarakterga ega bo`ladi va ayni paytda, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zulfiyaning “Kechir, qoldim g`aflatda”, “Ne baloga etding mubtalo ”, “Bahor keldi seni so`roqlab” she`rlarini o`qir ekansiz, ularning Hamid Olimjonga – Zulfiyaning turmush o`rtog`iga bag`ishlangan avtobiografik asarlar ekanini aniq bilasiz. Ammo bu she`rlar ikkinchi jihatdan, birgina Zulfiya shaxsi to`g`risida emas, balki muhabbatdan bevaqt ajralgan, birinchi sevgisiga sodiq qolgan, vafodor, sabotli barcha ayollarning tuyg`ulari ifodasidir. Ularda akslangan vafo va sadoqatning, birinchi muhabbatga baxshida umrning umuminsoniy xislatidir. Demak, lirikada muallif (shoir) bilan ichki kechinmalari tasvirlanayotgan shaxs (qahramon) olami birlashadi (xuddi lirikaga xos fikr va hislarning qorishib butunlashgani kabi), yaxlitlashadi. Ana shu yaxlitlilikdan lirik qahramon dunyoga keladi. “Lirik qahramon – lirik asarlarda kechinmalari tasvirlanayotgan kishi, shoirning umumjamiyat uchun qimmatli his va fikrlarini tashuvchi shaxsdir. U shoir shaxsi bilan estetik idealning quymasidir” (I. Sulton, 252- bet). Lirik qahramon tarixi (konkret har bir she`rdagi kechinma - obraz tarixi) ning mavjudligi lirikadagi syujetni voqye qiladi. Lirik asar bir oniy kechinmaga suyangani uchun ham undagi syujet eposdagi kabi “voqyealar silsilasi” tarzida namoyon bo`lmaydi, balki u oniy - ruhiy harakat ifodasi tarzida yuzaga chiqadi. Syujet adabiyotning uchinchi elementi va usiz badiiy asar bo`lishi mumkin emasligi qoidasini (Ushbu asarning “Syujet va kompozisiya” qismini eslang) xotirga keltirsak, demak, lirikada syujet o`ziga xos bo`ladi. O`ziga xoslik – lirikaning subyektivlik mohiyatidan, lirik qahramonning dunyosidan kelib chiqadi va u har bir lirik asarda ifodalangan oniy - ruhiy kechinma tarixi – boshlanishi, rivoji, xulosasi bilan o`lchanadi. Sirojiddin Sayyidning “Ey do`st” ruboiysining birinchi bayti: Bu olam hamisha shundoq chatishgan: Kimdir yetishmagan, kimdir yetishgan, - fikr – xabar berilsa, keyingi baytda: Bulbullar hamisha qon yutgan, ey do`st, Qarg`alar hamisha tezak titishgan, - tarzida fikr yakuni, xulosasi beriladi. Demak, lirik qahramon kechinmasining bir oniy parchasiga joylangan tarix garchi kechinma harakati siqiq va oddiy bo`lsa - da – ushbu ruboiyning syujetidir. Lirikada so`z mazmunan his – hayajonga yo`g`rilgan, nihoyatda tiniqlashgan, teranlashgan bo`lishi shart. Chunki, “haqiqiy she`rda har bir so`z shakl – shamoyil, rang – bo`yoq, maza, salmoq va ohangga ega ” (J. Kamol, 18 - bet)dir.   Shu sabab ham “Qobusnoma” deydi: “Nasrda ishlatgan so`zni nazmda ishlatma, negaki nasr – raiyat, nazm podsho martabasidir. Agar bir narsa raiyatga loyiq bo`lmasa, podshoga ham loyiq emas” (98 - bet). Bundan ko`rinadiki, lirika tili ham o`ziga xos bo`lishi kerak. Bu o`ziga xoslikni lirikaning predmeti keltirib chiqaradi. Ma`lumki, prozada pauzalar erkin, poeziyada esa qonuniyatli, prozada ritmik pauza yo`q, poeziyada esa bor; proza asari misra va bandlarga bo`linmaydi, poeziya asari esa bo`linadi... prozada qofiya yo`q, qofiya prozada alohida sistema tarzida emas, poeziyada bajargan vazifani bajarmaydi. Qofiya, asosan, poeziyaning muhim xususiyati. Chunki u poeziyada strofik va ritmik vazifani bajaradi. So`zlar poeziyada qofiya, vazn, band, tovush takrori, so`z takrori (epifora, anafora, hojib, radif), inversiya, musiqiylik, ritm, turoq, misra, band, turkum, ritmik pauza jihatidan aloqador holda amal qiladi, prozada esa so`z bunday vazifani ado qilmaydi... poeziyada gap, jumla, so`zninggina emas, balki bo`g`in, nutq tovushlari, hatto nutq tovushlarining unli yo undoshligi ham o`ziga xos ahamiyatga ega; ular kuchli “mehnat intizomi”ga, tartibga bo`ysinadi va yagona, muayyan sistemaga aylanadi, ayni shunday tartib nasrda yo`q...” 1 Demak, lirikaga xos emosional – hissiy fikrlash, monologik nutq uning so`z poetikasini ham o`ziga xos olamini yaratadi. Lirikada janrlar masalasi to`g`risida turli – tuman (I. Sulton, O`. To`ychiyev, N. Shukurov, M. Ibrohimov, O. Nosirov, R. Orzibekov) nazariy – estetik fikrlar ko`p. Ularning o`rganish va umumlashtirish, asosiylarini mezon qilib, lirik janrlarning har birini monografik tarzda tadqiq qilishni kengaytirish – kun tartibida turibdi. Hozircha, she`rshunos Ummat To`ychiyevning tasnifiga tayangan holda, lirika janrlarining nomlarinigina qayd etib, cheklanishni maqsadga muvofiq ko`rdik. Mazmun jihatidan : a) estetik belgi, pafos va muayyan mazmun yo`nalishiga asoslanadigan janrlar: marsiya, elegiya, invektiva, bahs, hasbi hol, soqiynoma, topishmoq, qasida, muammo, ta`rix, xat, manzara, monolog, bag`ishlov, vasiyat, vasf, debocha, nazira, faxriya. b) asosan musiqa asari hisoblansa-da, adabiy matnga ham suyangan janrlar: romans, kontata, marsh, syuita, qo`shiq, madhiya. v) og`zaki va yozma lirikada qo`llanib kelingan janrlar: alla, yor – yor 1 Shakl jihatdan: a) Shakl mazmundorligi va tuzilishiga ko`ra lirika janrlari: aytishuv, mustazod, sonet, muvashshah, mushoira, shiru shakar, qit`a, g`azal, tuyuq, ruboiy, masnaviy, fard, tarkiband, tarjiband, o`rama, shoiriy, tirada, turli bandli janrlar, oq she`r, sarbast b) Misra soni va kompozisiyaga ko`ra lirika janrlari: musallas, murabba, muxammas, musaddas, musabba, musamman, mutassa, muashshar, to`rtlik, oktava v) Qayta tashkil topish (transformasiya)ga ko`ra lirika janrlari: qit`aiy, kesishgan, taronaiy, ruboiyona. Adabiyot : 1. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi, “O`qituvchi”, Toshkent, 1980 . 2. L.I. Timofeyev. Osnov ы teorii literatur ы , “Prosve щ yeniye”, Moskva, 1971. 3. R.Uellek, O.Uorrek. Teoriya literatur ы , “Progress”, Moskva, 1978. 4. www.ziyonet.uz