logo

Kichik neformal guruhlar strukturasi va dinamikasi

Yuklangan vaqt:

16.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.5986328125 KB
Kichik neformal guruhlar strukturasi va dinamikasi Reja: Kirish 1.Kichik gruppalarning shakllanish mexanizmi. 2.Kichik guruhlarda liderlik va rahbarlik. 3.Guruhiy qaror qabul qilish. 4.Guruhiy kelishmovchiliklar va qaror qabul qilish mexanizmi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Ma’lumki, guruhda to’plangan kishilar o’rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo’ladiki, ularning mazmuni va yo’nalishiga ko’ra, o’ziga xos ijtimoiy-psixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta’siri kabilar tushuniladi. Guruhning shakllanishi, uning paydo bo’lishi haqida gapiriladigan bo’lsa, avvalo shuni ta’kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo’ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning tug’ilishi, rivojlanishi va ularning maktablarda ta’lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o’xshash oliy ma’lumotli shaxslar kerak bo’lganligi uchun paydo bo’ladi va hokazo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uni sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo’lishi bilan bog’liq. Chunki har bir normal insonda muloqotga bo’lgan ehtiyoj hamda turli hayotiy vaziyatlarda o’zini ijtimoiy himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo’linishi taqozo qiladi. Lekin guruhga a’zo bo’lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo’ladi. Birinchidan, guruh o’z a’zolariga ma’lum tarzda psixologik ta’sir ko’rsatadi. Bu hodisa psixologiyada konformizm deb ataladi (o’zbek tilida “moslanish ma’nosini bildiradi). Bu hodisaning mohiyati shundan iboratki, u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, hulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilish yoki qabul qilmasligi bilan bog’liq. Guruh fikrini qanchalik tez qabul qilish, uning ta’siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olishi mumkin. Shuning uchun ham individ ana shunday xatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo’shilish turli shakllarda bo’lishi mumkin: tashqi konformlilik – individ guruh fikriga nomigagina qo’shiladi, aslida ruhan u guruhda qarshi turadi: ichki konformlilik – individ guruh fikriga to’lig’icha qo’shiladi va ruhan qabul qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o’rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo’lmaydi. Bu o’rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo’lsa “negativizm” tushunchasidir, bu individning har qanday sharoitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o’zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqulay, lekin mustaqil fikr, odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negativizm hodisasi yomon illat sifatida qabul qilinmaydi. Guruhlardagi yana bir jarayon – bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashliri, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi asosiy omil – bu o’sha gurhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo’nalishi va mazmunini bilishdagi g’oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushqoqlikka ijobiy zamin hisoblanadi. Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi bhlimlarda o’rganamiz. Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanganligining, ilmiy jihatdan esa, falsafiy qarashlar ta’sirida bo’lib, sof ijtimoiy psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo’lganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. Insoniyat tarixini o’rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar ijtimoiy psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarini kuzatamiz. Lekin ular bu hodisalarni o’z davri ruhida, o’z nazariy va ijtimoiy qarashlari, hattoki, turli oqimlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi taraqqiyotini o’rganish uchun ijtimoiy psixologik muammolar yoritilgan asar yoki kashfiyotchining yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o’rganish lozim. Ilmiy manbalar ijtimoiy psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siyosiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o’zining sezilarli ulushini qo’shgan. Shuning uchun ham amerikalik olim G. Olport ijtimoiy psixologik g’oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko’zga ko’ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog’liq deb yozgan edi. Platon o’zining "Davlat" va "Qonunlar" deb atalgan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga to’xtalib, jamiyat individga nisbatan o’zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlariga bo’ysunadi, deganfikrni himoya qilgan. Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha ijtimoiy o’zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo’lgan bo’lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi — yangi davr faylasuflari — Gobbs, Gelvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, sharq faylasuflaridan Beruniy, Forobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda sharhlashga urindilar, lekin hech qaysisi bu muammoni ijtimoiy psixologik muammo darajasiga ko’tara olmadi. XIX asrning o’rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o’sib borishi, turli xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko’chishi—migratsiya munosabati bilan qator ijtimoiy fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo’ldi. Shu o’rinda ijtimoiy psixologiyaning ilmiy manbalaridan biri bo’lgan sotsiologiya fanining xizmatini ko’rsatmay bo’lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, masalan, jamiyatdagi ijtimoiy hodisalarni o’rganish uchun albatta, o’ziga xos, ayrim psixologik xolatlarni o’rganmoq lozim, degan fikrni qat’iy turib isbot qildilar. Ular har bir ijtimoiy voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot qilishga urindilar. Masalan, fransuz sotsiologi G.Tard har bir individda "ijtimoiy fakt" borligini, bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning fikricha, doimo individlararo munosabatni o’z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o’rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo’nalish paydo bo’ldi. Tarddan keyin L.Uord, F.Giddings va boshqalar ijtimoiylik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o’rgana boshladilar. Ularning fikricha, ijtimoiy fakt — bu ijtimoiy aql, tafakkur bo’lib, u "jamiyat psixologiyasi" yoki sotsiologiyaning bahs mavzuidir. Shunday qilib, yuqorida qayd qilingan ilmiy- falsafiy, ijtimoiy manbalar, shart-sharoitlar tufayli ijtimoiy-psixologik g’oyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof psixologiyaga ham o’xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida fanning—ijtimoiy psixologiyaning paydo bo’lishi uchun zamin rolini o’tadi. XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkret topshiriqlar qo’ya boshladi. Shuning uchun psixologiya fani oldida tadqiqotlar asosida psixologik qonuniyatlarni asoslash vazifasi turar edi. Ikkinchidan esa, Amerikada ko’pgina psixologlar o’z tadqiqot ob’ektlarini laboratoriyalarda ayrim psixik jarayonlarni o’rganishdan kichik guruhlarga ko’chira boshladilar. Bu davrda psixologiyada shakllanib bo’lgan uch asosiy oqim (psixoanaliz, bixeviorizm va geshtalt psixologiya) ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o’rganish tendensiyasi paydo bo’ldi. Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksperimentlar o’tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo’lganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynadi. Geshtald psixologiya yo’nalishi negizida maxsus ijtimoiy psixologik yo’nalishlarning — interaksionizm va kognitivizmning paydo bo’lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi. Bixeviorizm yo’nalishlari doirasida o’tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xall va V.Skinnerlar nomi bilan bog’liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, Dj.Tibo, G.Kelli va boshqalar diada — ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko’rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini kuzatdilar. Diada sharoitida tajribada o’tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustahkamlash g’oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli o’laroq ijtimoiy psixologik bixevioristlar hayvonlar o’rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g’oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to’plangan dalillar modelini insonlarda qo’llash hollari kuzatildi. Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy psixologik tadqiqotlar E. Fromm va Dj. Salliven ishlari bilan bog’liq bixevioristlardan farqli o’laroq bu yerda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko’pchilik ishtirokida o’tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V.Bayon, V.Bennis, G.Sheparde, V.Shutk) o’tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o’rganilayotgan kichik T—guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy psixologik treninglar o’tkazishga asos solindi. Kognitivizm K.Levin nazariyasi asosida paydo bo’lgan psixologik yo’nalish bo’lib, undagi o’rganish obekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo’lgan kognetiv holatlar bo’ldi. Kognitizm doirasida shunday mukammal, boshqalarga o’xshamas nazariyalar yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Masalan, F.Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy g’oya shundan iboratki, shaxs o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik tenglik bo’lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishga harakat qiladi. Maqsad — turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish uchun yo’l-yo’riqlar ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar Olport, Maslou, K.Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmoqdalar. Navbatdagi nazariya interaksionizm bo’lib, bu aslida sotsiologik nazariya bo’lib hisoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo’lib, uning qarashlari ta’sirida T.Sarbinning rollar nazariyasi, G.Xaymen va R.Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F.Gofmanning ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllandi. Ular turli ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy psixologik sifatlarining sabablarini topishga harakat qildilar. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o’zaro ta’sir tizimida mavjud bo’ladiki, unda u to’g’ri harakat qilish uchun o’zgalarni tushunishga harakat qilishi, o’zgalar rolini qabul qilishga tayyor bo’lishi lozim. Lekin o’zgalar rolini to’g’ri qabul qilish uchun unda “umumlashtirilgan o’zga" obrazi bo’lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo’lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo’lish jarayonida shakllanadn. Ya’ni shaxs faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida o’ta progressiv hol edi. Ijtimoiy psixologiyaning Rusiya va sobiq ittifoqda rivojlanishi Ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb haqli ravishda V.M.Bexterevni ko’rsatish mumkin. U o’zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulqatvorining motivlarini tushuntirishga uringanlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashqi xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o’rganish orqali shaxsning o’zini va bu harakatlarning sabablarini o’rganish mumkin. Bexterev asosan sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shuning uchun shaxs va jamiyat taraqqiyotining universal qonunlarini aniqlashda chalkashlikka yo’liqdi. 20-30- yillarda bolalar va o’smirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o’rganishga qaratilgan ikki yo’nalish paydo bo’ldiki, ular ham qator kamchiliklardan holi bo’la olmadilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol o’ynaydi, deb hisoblashsa, sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini nihoyatda ortiq ekanligini himoya qilib chiqdilar. 30-yillardagi olimlar shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, ta’lim-tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin 40— 60- yillar ijtimoiy-psixologiya taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo’ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo’q hisob edi. Bu fan Rusiyada va boshqa sobiq ittifoqdosh jumhuriyatlarda 70- yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda moskvalik va leningradlik (hozirgi Sankt-Peterburg) olimlar maktabi katta rol o’ynadi. Agar Moskva shahrida asosan ijtimoiy psixologiya bo’yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko’plab o’tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo’lsa, SanktPeterburgda ko’proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlari olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg’or fikrlar va dalil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko’rilmagan darajaga ko’tardilar. O’zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o’rni va istiqbollari Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o’n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Ayniqsa bu borada psixolog olimlar M.G.Davletshin, V.M.Karimova, G’.B.Shoumarov, E.G’oziev, N.A.Sog’inov, B.M.Umarov kabilarning bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy maqolalarini keltirish mumkin. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O’zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o’ziga xos tarzda shakllanib kelganligini kuzatamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag’ishlangan. Bu borada bir qator psixologlardan V.Karimova, G’.Shoumarov boshchiligidagi ilmiy ishlarni keltirish mumkin. Masalan, G.B.Shoumarov boshchiligidagi olimlar tomonidan oilaning ijtimoiy-psixologik vazifalari, oiladagi shaxslararo munosabatlar, oila negizida yuzaga keladigan hissiy munosabatlar, oila qurish motivlari, oilaning bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiypsixologik omillari kabi bir qator jihatlari o’rganildi. V.Karimova va uning boshchiligidagi ilmiy ishlarida yoshlardagi oila xususidagi tasavvurlar, ularning oila motivlari, oila qurish omillariga munosabatlari, oila turiga ko’ra noto’liq oila muhitidagi shaxs individualpsixologik xususiyatlari, o’z- o’zini baholashi, oila muhitida shaxsda namoyon bo’ladigan feminin va maskulin sifatlar nuqtai nazaridan yondashishlari taxlil etib berilgandir. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o’tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N.Sog’inovning o’zbek oilasiga xos bo’lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila kurishning o’zbeklarga xos bo’lgan yosh xususiyatlari, yosh o’zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o’rgangan ilmiy ishidir. Lekin O’zbekistonda ijtimoiy psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ro’y berayotgan o’zgarishlar, turli yosh, demografik etnik professional guruhlarga mansub bo’lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq- atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilmog’i lozim. Ya’ni, ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o’zbek psixologlaridan o’z yechimini kutmoqdaki, ularda ilg’or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda xududning milliy o’ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak. Guruhiy dinamika . Odatda har qanday guruh ichida shunday kuchlar mavjudki, ular jamoa faoliyati samaradorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Mana shunday kuchlar yiѓindisi va uning ta’sirida guruh ichidagi muhitning o’zgarib borishi, guruhiy dinamika deb ataladi. Guruhiy dinamikaga oid jarayonlarni eksperimental ravishda o’rgangan psixolog Kurt Levin bo’lib, uning fikriga ko’ra, guruh o’z amaliyoti davomida qator o’zgarishlar va rivojlanish bosqichlarini boshdan kechiradi. Bu o’zgarishlarni yuzaga keltiruvchi omillar esa guruh ichidagi turli jarayonlar va ularning mutanosib tarzdagi o’zaro munosabatidir. Guruhiy dinamika guruh ichida yashayotgan kuchlarning o’zaro ta’siri deb tushunilishi mumkin. Har qanday guruhda ikki asosiy kuch mavjud: 1) shu guruh oldiga qo’yilgan maqsad va 2) shu guruh a’zolarining ehtiyojlari. Har qanday guruhiy dinamikaning asosida mana shu ikki omil o’rtasidagi o’zaro munosabat yotadi. Guruhning maqsadi, mazkur guruh a’zolari ehtiyojiga mos kelmasligi ham mumkin. Aynan shu holat guruhiy dinamikaniing manbai hisoblanadi. Guruhiy dinamika faqat shu guruh ichidagi hodisalar bilan cheklanib qolmaydi. Guruhiy dinamikaga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi – ijtimoiy, iqtisodiy omillarni ham sanab o’tish joiz. Aslida bu omillar guruhiy jarayonlarni, ya’ni muqarrar o’zgarishlarni sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi mumkin. Bu omillarga qarshi tura olish ma’lum ma’noda guruh a’zolariga va tabiiyki, rahbarga boѓliq. Guruhiy hodisa muqarrarligini anglash, unga ta’sir etuvchi omillarni bir-biridan farqlash, guruhiy jarayonni kerakli yo’nalishda olib borish, ya’ni uni boshqarish imkoniyatini beradi. Guruhiy dinamika – guruh a’zolari o’rtasida o’zaro idrok, his-tuyѓu va muloqot jarayonining ma’lum tartibda rivojlanishidir. Rahbarning guruhiy dinamikaga oid hodisalarni bilishi, ularni boshqarish va maqbul yo’lga yo’naltirish imkonini beradi. Natijada jamoa oldidagi vazifalar yanada samarali bajarilishiga qulaylik tuѓdiradi. Quyida guruhiy dinamikani tashkil etuvchi asosiy hodisalarga to’xtalib o’tamiz. Bu ro’yxatdagi birlamchi tushuncha guruh maqsadi bo’lib, odatda har qanday jamoa faoliyati biron-bir maqsadga yo’naladi. Taniqli olim R. Shindler guruhdagi xodimlar mavqeidan kelib chiquvchi rollarni ifodalab, ularga quyidagicha izoh berib o’tadi:  Alfa – guruh yetakchisi, o’zgalarni faollikka va maqsad sari undaydi, ularga ishonch va qat’iylik baxsh etadi.  Beta – guruhdagi ikkinchi shaxs – ekspert, ya’ni guruh baholovchisi, sovuqqon, mulohazali, alfaga nisbatan tadbirli, guruhga xos norma va qoidalar himoyachisi.  Gamma – passiv moslashuvchi, o’zini oshkora qilmaslikka urinadi. Bunday odamlar odatda to’rt toifaga bo’linadi: 1) alfaga sodiq va unga hamsoya shaxs; 2) loqayd xodim, bundaylar alfa uchun qulay kimsa; 3) o’z mavqeidan norozi, ammo bo’ysunishga majbur; 4) o’z fikriga ega, lekin rahbarga til tekizmasdan guruhdagi mavjud tartibni tanqid ostiga oluvchi shaxs.  Omega – guruh nafrati va noroziligi qaratilgan xodim.  R – muxolif, alfaga qarshi chiquvchi xodim Odatda ushbu sanab o’tilgan rollarni deyarli har bir guruhda uchratish mumkin. Agar guruh a’zolari ko’pchilikni tashkil etmasa, ba’zida xodimning o’zi ham bir necha rolni ijro etishi mumkin, ammo oqibatda guruhda anchagina zo’riqish holati kuzatiladi. Guruhning samarali faoliyati uchun zarur rollar tasnifi va ularni shakllantirish tadbirlari haqida «komandalar»ga ba ѓ ishlangan bo’limda batafsil ma’lumot beramiz. Guruh a’zolari o’z rollarini qanchalik sidqidildan bajarishlari, jamoadagi ijtimoiy nazoratga ham bo ѓ liqdir. Ijtimoiy nazoratning samarasi va mezonlari ushbu guruhda qabul qilingan normalardan kelib chiqadi. Guruhiy dinamika ta’rifini yaratuvchi tushunchalardan yana biri - jamoadagi liderlik hodisasidir. Ayni paytda liderlik ikki ma’noda talqin etiladi. Birinchidan, guruh tuzilmasidagi liderning holati va uning guruhiy jarayonlarga ta’siri bo’lsa, ikkinchidan, lider shaxsi, uning boshqaruv vazifalarini yechishdagi o’rni va tashkilot maqsadiga erishishda o’z bo’yniga oladigan mas’uliyatdir. Birinchi ma’no ko’proq guruhiy jarayonlarga qaratilgan bo’lsa, ikkinchisi umumpsixologik, shaxsga oid mazmunni kasb etadi. Jamoa vazifalarining bajarilish muvaffaqiyati ko’p jihatdan, guruh a’zolarining o’zaro yakdillligiga, ahillik va birdamligiga bo ѓ liq. Ushbu shart samarali faoliyat ko’rsatuvchi komandalarning xarakterini belgilaydi. Shu munosabat bilan rahbar jamoa a’zolarini o’zaro ahillikka, ularda sheriklik hissini uy ѓ otishga intilishi lozim. Guruhiy dinamikani ta’riflovchi jihatlardan yana biri, guruhning rivojlanish bosqichlaridan kelib chiqadi. Guruhlardagi o’zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo’lib,guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bu borada “lider” va “boshliq” tushunchalari o’rtasidagi farqlar haqida gapirish lozim. B.D.Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi: 1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar – shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; 2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo’lgan hodisa bo’lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo’lishi, amalga oshirilishi mumkin; 3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan jamiyatda ishlab chiqilgan normalar tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo’ladigan hodisadir; 4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo’lib guruh a’zolaring kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo’nalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qiqa muddatda ro’y beradi. 5) rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo’q bo’lgan jazolash va rag’batlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda xodimlariga o’z ta’sirini o’tkazish mumkin; 6) lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko’rsatmalar tashabbuslarni o’z ixtiyoricha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo’nalishda ko’plab ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar ular doirasidan chiqib ketishi, o’zboshimchalik qilishi qiyin. 7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo’lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir. Lider hech qachon yolg’iz bo’lmaydi, u doimo guruh a’zolari davrasida qaraladi, shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider shu guruh a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarini hammadan yaxshi biladi, ularning ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida qaraladigan bo’lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a’zolari ichida eng bilag’oni, aql o’rgatuvchi, topqir intellektual lider, bolalar ichida hazilkash, dilgir, xushchaqchaq, ko’ngil so’rovchi, o’zgalarni tushuna oladigan – emotsional lider, guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qat’iyatli, irodali – irodaviy liderlar bo’lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko’ra paydo bo’ladilar hamda bolalar ongida o’z sifatlariga ko’ra obro’ qozonadilar. Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlar ham bo’lishi mumkin, lekin guruh liderga erishganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va shuning uchun ham barcha ishlariga ergashib, ko’rsatmalariga amal qiladi. Maktabda bolalar ichida xulqi maktab normalariga to’g’ri kelmaydigan liderlarning borligi, ular ma’lum guruh ichida so’zsiz obro’ga ega ekanligi ham shu bilan tushuntiriladi. Masalan, lider “ketdik” deb ko’rsatma bersa, unga ergashganlarning darsni ham tashlab keta olishi shu bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham sinf rahbari o’z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur. To’g’ri, ba’zi hollarida rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo’lishi mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga bog’liq bo’lgani uchun ham ularning o’zgarib turishini hisobga oladigan bo’lsak, o’qituvchining boshqarish mahorati yoki sa’ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir. Xulosa Shunday qilib, har qanday lider obro’ga ega. Obro’lilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emotsional, ham irodaviy ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro’lilik, ya’ni shaxslararo munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro’ samaralidir. Odamlar ko’ngliga yo’l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o’xshashlar obro’ orttirish me’zonlaridandir. Adabiyotlar: 1. Andreyeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. Uchebnik dlya visshix uchebnix zavedeniy / G. M. Andreyeva. – 5-ye izd., ispr. i dop. – M.: Aspekt Press, 2013. – 364 s. 2. Andreyeva G.M., Bogomolova N.N., Petrovskaya L.A. Zarubejnaya sotsialnaya psixologiya XX stoletiya. – M.: Aspekt Press, 2012. 3. Bodalev A.A. Lichnost i obsheniye. – M.: 2013. 4. Maxmudov I.I. Boshqaruv psixologiyasi: O’quv qo’llanma / Mas’ul muharrir: A.Xolbekov. – T.: DJQA “Rahbar” markazi; “YUNAKS-PRINT” MCHJ, 2016. – 230 b. 5. Galkina T.P. Sotsiologiya upravleniya: Ot gruppi k komande. – M.: 2013. 6. Donsov A.I. Psixologiya kollektiva. – M.: MGU, 1984. 7. Yemelyanov Y.N. Aktivnoye sotsialno-psixologicheskoye obucheniye. – L.: LGU, 1985. 8. Yenikeyev M.I. Obshaya i sotsialnaya psixologiya. – M.: 2012. 9. Kamenskaya YE.N. Sotsialnaya psixologiya: Konspekt leksiy: Uchebnoye posobiye / YE.N. Kamenskaya. Izd. 2-ye. – Rostov n/Donu: Feniks, 2016. – 192s. 10. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot: Universitetlar va pedagogika institutlari uchun o’quv qo’llanma. – T.: “Universitet”, 1999. – 96 b. 11. Karimova V.M. Psixologiya. O’quv qo’llanma. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, “O’AJBNT” markazi, 2012. – 205 b. Platonov Y.P. Sotsialnaya psixologiya povedeniya: Uchebnoye posobiye. – SPb.: Piter, 2016. – 464 s.