logo

Yog'och turlari va xususiyatlarini o'qitish metodikasi

Yuklangan vaqt:

13.05.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

388.8759765625 KB
Yog'och turlari v a xususiyatlarini o'qitish metodikasi Mundarija: Kirish Asosiy qism 1. Mehnat darslarida y og'och turlari haqida umumiy ma’lumot berish 2. Mehnat darslarida y og'och ning asosiy xususiyatlari 3. Yog’och haqidagi bilimlarni berishda zamonaviy o’qitish metodikasi 4. Maktab mehnat xonasida o’quvchilarga yog’ochsozlik bo’yicha amaliy dars o’tish metodikalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tatbiq eta oladigan etuk, malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi. Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi. Qo’l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiya chiqindilari ’qog’oz, karton, sim, yog’och, gazmol va boshqalar bilan: tabiiy va sun’iy xom-ashyolar’ maxsus loy, yog’och va plastmassalar, plastilin, elim va boshqalarG’ bilan, keng iste’mol mollari va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, tayyorlash uchun maxalliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to’plamlari va hokazolar bilan ishlashga o’rganadilar. Bularning hammasi o’quvchilarga qo’l asboblari bilan ishlash, har xil xom ashyolardan foydalanishning ma’lum tajribasini to’plashga imkon beradi, bu esa mehnatning qadring va ma’nosini tushunishga, mehnat kishilariga hurmatda bo’lishga, mehnatning va kasbning u yoki bu turiga qiziqishlarini shakllantirishga yordam beradi. Mehnat darslarida y og'och turlari haqida umumiy ma’lumot berish Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktabda butun ta’lim tarbiya sistemasi va barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari etakchi rol’ o’ynaydi. Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang’ich bochqichi boshlang’ich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik maktab yoshidagi bolalarning qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir. Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limning asosiy vazifalari mehnatga ahloqiy va psixik tayyorlash, o’quvchilarni boshlang’ich poletexnik bilimlar bilan qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir. O’quvchilarni mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondoshishlari nazarda tutiladi. Mehnatga ahloqiy tayyorlash –bolalarga kollektivda ishlashni, do’stona o’zaro yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iboratdir. Yog‘och va yog‘och materiallar xalq, xo’jaligining hamma tarmoqlarida keng qo’llaniladi.Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, ximiya va kumir sanoatida, qog‘oz-sellyuloza sanoatida, fa ner, mebel, sport inventarlari, gugurt ishlab chiqarish, etil spirti, sintetik kauchuk, turli loklar, buyoqlar ishlab chiqarish sohalarida ham keng foydalaniladi. Yog‘och materiallarning bunday keng kulamda ishlatilishiga sabab texnik xossalarining yuqoriligi va qulayligidir. Yog‘ochni ishlash ancha oson. Vazni yengil, puxtaligi yukori, issikushk va elektr tokini yomon utkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi. Kupchilik yog‘ochlarning tashki kurinishi chiroyli bulib, puxta yelimlanuvchi buladi va yaxshi pardozlanadi. Shunga qaramasdan, yogochlar turli kamchiliklardan xam xoli emas, ya’ni, temperatura, namlik uzgarishi natijasida yog‘och qurib, tez deformatsiyalanadi (tob tashlaydi), nam tortib shishadi, yoriladi va hokazo. Hukumatimiz umumta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarida yoshlarga mehnat tarbiyasi va ta’limi berishni hamda kasblarga yo‘llash ishlarini yaxshilash, hayotiy zarur bo‘ladigan ommaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish zarurligi ko‘rsatilib o‘tilgan va bu xususda barcha chora va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hukumat ko‘rsatmalariga amal qilgan holda umumta’lim maktablari uchun mehnat ta’limi dasturini tuzishda dasturning mazmuniga hayotiy zarur bo‘lgan meh nat turlari (texnik mehnat, qishloq xo‘jalik mehnati, xizmat ko‘rsatish mehnati va shu kabilar)ni kiritishga asosiy e’ti bor berilmoqda. Xususan, texnik mehnat tarkibiga yog‘och, metallga ishlov berish, elektrotexnik ishlar kiritilgan, chunki bu ishlar turmush va mehnat faoliyatida juda asqotadi. Quyida yog‘och ishlarga oid kasb-hunarlar haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanishib chiqamiz. Ma’lumki, yog‘och tayyor va arzon material bo‘lib, u qurilishlarda, duradgorlik ishlarida, mebelsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, vagonsozlik ishlarida, shaxtalarda va boshqa sanoatning juda ko‘p sohalarida asosiy material sifatida ishlatiladi. Bu sohalarda yog‘ochga ishlov beruvchi kasb egalarini duradgor, binokor duradgor, mebelsoz deb ataymiz. Duradgor maxsus ish o‘rniga ega bo‘lib, bino ichida mavjud bo‘lgan va u yerda foydalaniladigan pardozlash ishlari bo‘yash bilan tugallanadigan barcha yog‘och ishlarini bajaradilar. Binokor duradgor kasbiga ega bo‘lgan hunarmandlar bino qurishda bajariladigan barcha yog‘och ishlarni: poydevor qoliplarini tiklash, tom yopish, cherdak qurish; eshik va romlarni o‘rnatish kabi ishlarni bajaradi». Binokor duradgor maxsus ish o‘rniga ega bo‘lmaydi. Balki u vaqtinchalik ish o‘rni hozirlashi mumkin. Mebelsozlar duradgordan farqli ravishda qimmat baho, teksturasi (tabiiy guli) chiroyli bo‘lgan yog‘ochlarga ishlov berib, tayyor bo‘lgan buyum-mebellarga shpon qoplash, ularni pardozlash maqsadida loklash va politurlash ishlarini amalga oshiruvchi kasb egalari hisoblanadi. Bulardan tashqari, yog‘ochga ishlov beruvchi tor ma’noda maxsus ixtisoslashgan ishlarni bajaruvchi kasb egalari ham mavjud. Bular masalan, sandiqchi, qutidor, o‘ymakor, beshikchi, yig‘chi, kemasoz va shu kabilardir. Hozirgi kunda yog‘ochga ishlov beruvchi kasb egalari univer - sal hunarmandlar bo‘lib, ular deyarli yog‘ochga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarda amalga oshiriladigan yog‘och ishlarini uddalay oladigan uddaburon ishchi kadrlar hisoblanadi. Randa turlari va uni ishga sozlash. a— sherxebel; b —taxta randa; v — mushranda: 1 — pona; 2 —kunda; 3 — tig‘; 4-temir pushtak; g — pushtakli tig‘; d — japs randa; 1 — tig‘; 2—pushtak; 3 — pona; 4 — dasta; 5 - bolg‘alash tugmasi. METALMAS MATERIALLAR Xalk xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan metallmas materiallarni ishlatilishiga kura ikki gruppaga ajratish mumkin: 1. Mashina qismlarining ayrim detallarini tayyorlashda foydalaniladigan materiallar (plastmassa, yog‘och, rezina, shisha, keramika va boshqalar). 2. Maxsus materiallar-(yelim, qog‘oz, lak, emal, va boshkalar). Mehnat darslarida yog'ochning asosiy xususiyatlari Yog‘ochning pishiqligi. qattiq.ligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yunalishda turlichadir. Nam ta’sirida yogochning mexanik xossa lari keskin uzgaradi. Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning kemirishiga qarshilik kursata olmaydi, bu esa uning snfatini pasaytirishga olib keladi. Hozirgi vaqtda yog‘ochni qayta ishlash sanoati korxonalarida mexanik xususiyatlari yanada yuqori bo‘lgan yangi tur yog‘och materiallar ishlab chiqarilmoqda va xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatilmoqda. Yog‘och ishlash korxonalarida chiqadigan chiqindilar — qipiq va payrahalarni presslash yuli bilan tayyorlanayotgan yog‘och materiallar tabiiy yog‘ochlarda uchraydigan har qanday nuqsonlardan, kamchiliklardan xoli, puxtalik jihatidan ustun bo‘lib, ayrim hollarda metall o‘rnini ham bosmokda (presslangan yog‘och materiallardan hatto podshipniklar va mashina detallari tayyorlanadi). Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ayrim presslangan yog‘och materiallar qurilishlarda, mebel ishlab chiqarish korxonalarida ham keng ishlatilmoqda. Yog‘och materiallardan turli buyumlar ishlab chiqarish uchun eng avvalo, tegishli materialdan turli va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatiga e’tibor berish, ishlatiladigan yog‘och materialning turini, tuzilishini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun har qanday yog‘och materiallar texnikada asosiy qirqim (ko‘ndalang, radial va tangen-tal) buyicha tekshirilib, ma’lum sohada ishlatish uchun tavsiya qilinadi (rasm). DARAXTNING TUZILISHI Tabiatda o‘sib turgan har qanday daraxtni shartli holatda uch qismdan iborat deyish mumkin. Bular: tomirlar, tana va shox-shabbalardan iborat. Daraxtning tomirlari murakkab, har tomonga tarmoqlagan ko‘p funksiyali sistemadir. Tomirlar sistemasiga kiruvchi mayda tomirchalar esa tuprokdan turli mineral tuzlarni, uglekislotalarni suv orqali tortib, yirik tomirlar, so‘ngra daraxtning tanasi orqali shox-shabbalariga uzatadi. Yirik tomirlar daraxtni vertikal holatda ushlaydi va uiing hayoti uchun turli ozuqalarni to‘plab saklaydi. Daraxtning tanasi asosiy qism bo‘lib, uni shartli ravishda ingichka (yuqori) qism va yo‘g‘on (pastki) qismga bo‘lish mumkin. Daraxtning shox-shabbasi, asosan, tananing yuqori qismidagi ingichka tana qismi bo‘lib, unga shox-shabbalar, barglar va boshqalar kiradi. Shox-shabbalar daraxt hayoti uchun juda katta rol o‘ynaydi. Daraxt barglari esa quyosh energiyasi ta’sirida ozuqabop moddalarni xosil qiladi, bu daraxtning o‘sishi uchun zarurdir, ya’ni fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Tananing bosh qirqimlari. Har qanday daraxtda tananing qirqimi asosiy qirqimlardan biri hisoblanadi, chunki bu qirqim uning kapillyarligini, g‘ovaklik, tuzilish tabiatini aks ettirgani uchun bosh qirqim deyiladi. Daraxt uchta bosh qirqimdan iborat bo‘lib, uni o‘zaro farq qilish kerak. Kundalang qirqim daraxt tanasining o‘qiga perpendikulyar tekislik bilan kesish orqali, radial qirqim tananing uzunligi va markazi (o‘qi) buylab o‘tkazilgan tekislik bilan kesish orqali, tangental qirqimi esa tananing uzunligi va markazidan (o‘qidan) o‘tmagan tekislik bilan kesish orqali hosil qilinadi. Shuni aytib utish kerakki, yuqorida qayd qilingan daraxt qismlari ham, o‘z navbatida, bir necha qismlarga bo‘linadi. Tananing asosiy kismlari. Har qanday daraxtning kundalang va radial qismlarida uning asosiy anatomik strukturalarini, ya’ni o‘zagi, mag‘izi, markaziy qismi, pustlor osti, pustlorini va xokazolarni kuzatish mumkin. O‘zak. Taxminan tananing markaziga joylashgan bo‘ lib, ko‘pgina daraxtlarda u qoramtir rangda namoyon buladi, formasi esa aylanasimon bo‘lib, diametri taxminan 2—5 mm (ba’zi daraxt turida 10 mm ga-cha) bo‘ladi. Uzak nozik, tez chiriydigan buladi. Chirish o‘zakdan boshlansa, po‘stloqqacha tarqalib daraxtni yo‘q kilishgacha olib keladi. Uzak rovak xujayralardan iborat bulib, u butun tana buylab utadi. Uzakdan pustloqqa qarab uzak nurlari utadi (16- rasm). Uzak nurlari hamma daraxt turlarida mavjud bu lib, shakli va joylanishlariga kura, bir-biridan farq qiladi. Uzak nurlarinn tananing xar handay qirqimi buyicha ko‘rish mumkin. Birlamchi deb ataluvchi uzak nurlari uzakdan boshlanib, pustloqqa qadar davom etadi, ikkilamchi deb ataluvchi o‘zak nurlari uzakdan turlicha masofada boshlanib, pustloqqa qadar yetib boradi. Uzak nurlarining eni 0,005—1 mm atrofida buladi. Uzak nurlari tananing turli qirqimida xar xil kurinishga ega buladi. Radial qirqimda uzakdan pustlokda tomon yunalgan ensiz chiziqlar kurinishi da, tangental qirqim buyicha uzuq-uzuq chiziqlar ko‘rinishida, kundalang qirqimda radius buyicha yunal gan chiziqlar kurinishida namoyon buladi. Markaziy qism. Tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Bu qismning rangi orqali daraxtning turlarini, mag‘izliligini va mag‘ihzsizligini ajratish mum - kin, chunki-mag‘izli daraxt turlarida markaziy qismi (mag‘izi) koramtir rangda, mag‘izning periferiyasi buyicha chegaralangan qatlami ochiq rangda bulib, pustloq osti (zobolon) deb aytiladi. Agar mag‘izning rangi pustloq osti qatlamining rangidan farq qilmasa, daraxt yetilgan xisoblanadi. Pustloq. Tashqi, ichki qatlamdan iborat bulib, ta na xajmining 6—25% cha qismini (miqdorini) tash kil etadi. Pustloqning tashqi qismi puk qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat. U yog‘ochni turli tashqi ta’sirlardan, issiq- sovuqdan, mexanik ta’sirlardan, turli zararkunanda hasharotlardan saqlaydi. Daraxt pustlog‘ining ichki qismi lub qatlami deyi ladi. Lub qatlam kuzga kurinmaydigan mayda tolalar (kapillyarlar) dan iborat. Pustloq qalinligi daraxt tanasining turli qismlarida turlicha buladi. U tananing uchki qismida yupqa bulib, pastga tushgan sayin qalinlashib boradi. Bundan tashqari, daraxtlarning pustlogi turli daraxtlar uchun tashqi kurinishi, rangi turlicha bulib, uzaro farq qiladi. Masalan, daraxtlarning pustlogi oq tusdan (oq qayin) to‘q jigar ranggacha (archa) o‘zgarib boradi. Yosh daraxtlarning po‘stlog‘i sillik, va yumshoq bo‘lib, tana yo‘g‘onlasha borgan sari, po‘stloq yorilib, dag‘allashib, qattiqlashib boradi. Daraxt po‘stlog‘i hozirgi vaqtda xalk xo‘jaligining turli sohalarida ishlatilmoqda. Qrim, Kavkaz, Uzoq Sharq va Saxalin zonalarida o‘sadigan probkali eman daraxtining po‘stlog‘i qalin bo‘lib, ulardan probkalar, issiklik- izolyatsion materiallar (plita-lar) va shu kabilar tayyorlanadi. Kambiy. Bu lub bilan yogoch orasida joylashgan shirali katlam bulib, u tirik xujayralardan iboratdir. Kambiyni oddiy kuz bilan ko‘rish juda qiyin, uni kurish uchun kuzni qisman «qurollantirish» kerak bo‘ladi. Uni baxorda tanadan pustlok, shilib olingan paytida ko‘rish mumkin. Bu vaktda kambiy xujayralarining buzilishi natijasida shirali, shillik, parda — suyuqlik oqib chiqadi. Kambiy lub orqali shoxdan keluvchi ozuqa bilan oziqlanadi. Kambiy o‘sayotgan daraxt uchun hayotiy manba hisoblanadi. Kambiy xujayralarining bo‘linishi daraxtning butun yashash davrida ro‘y berib turadi. Faqat qishda kambiyning rivojlanishi to‘xtab, baxorda yana boshlanadi. Baxorda kambiyning rivojlanishi shoxlardan, tananing uchki qismidan boshlanib, u asta- sekin tana va ildizga o‘ta boradi. Agar daraxt tanasining po‘stlogi halqa shaklida qirqib olinsa, daraxt o‘sishdan to‘xtab, quriy boshlaydi. Yog‘ochlik. Daraxtdagi tapaning yog‘ochlik qismi (po‘stloq) ost, mag‘iz va o‘zakdan iborat. Kambiy hujayralarining rivojlanishi (kuzda susayib, yozda tezlashadi) natijasida, yillik halqalar hosil bo‘ladi. Chunki kambiy hujayralarining rivojlanishi va bo‘linishidan hosil bo‘lgan yangi hujayralarning tananing yog‘ochlik qismiga o‘tadigan miqdori ko‘p bo‘lib, ular yirik va yupqa po‘stloqli bo‘ladi. Natijada, yog‘ochlikning bahor faslida hosil bo‘lgan qismidagi rovak to‘qimaning zichligi kam va yumshoq bo‘ladi. Yog‘ochda, xususan, kuzda kambiyning aktivligi susayadi, hujayralar maydalanib, qalin po‘stloqli bo‘la bora di va zichligi ortadi. Oqibatda, yoz faslida hosil bo‘lgan yog‘ochning qattiqligi yuqori bo‘ladi. Yog‘ochlikka o‘tgan kambiy xujayralarning zichligi kam bo‘lgan qismi oqishroq tusga ega bo‘lib, zichligi ortiq bo‘lgan qismining rangi qoramtir bo‘ladi. Bu hol daraxtning o‘sish davrida har yili takrorlanib, o‘z navbatida, yillik halqalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun daraxt yoshini aniqlash maqsadida kesilgan g‘o‘lalarning ko‘ndalang qirqimidagi yillik halqalar hisoblanadi. Yillik halqalarning ortishi na tijasida tana yo‘g‘onlasha boradi. Ba’zi bir daraxt yog‘ochligida yillik halqalar enlik bo‘lib anik, ko‘rinadi, ayrimlarida esa ensiz, bilinar-bilinmas bula di. Bu daraxtning yoshiga, turiga, usish sharoitiga va tananing qayerdan arralanganliliga bog‘liq. Yillik halqalarning eni va rangi yogochning sifati va xususiyatiga ta’sir etadi. Bargli daraxtlarning yillik halqalari qancha enlik bo‘lsa, zichligi ortiq bo‘lib, u shuncha qattiq puxta bo‘ladi. Yillik halqalar yog‘ochning uchki qismida kam bo‘lib, pastki (yugon) tomonida kup buladi. Yog‘ochning kundalang qirqimi buyicha qaraganda, halqalar aylana shaklda, radial qirqimi buyicha, to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida va tangental qirqimi buyicha qaraganda, uchi shox tomonga qaragan burchaklar shaklida namoyon buladi. Daraxtning yoshiga qarab, halqalarning zichligi va qattiqligi orta boradi. Pustloqda yaqin joylashgan yillik halqalarning zichligi kam, g‘ovak bulib, u orqali ildizdan olingan ozuqa moddalar pastdan yuqoriga qarab ko‘tariladi. Yog‘och turlari. Yog‘ochning qarag‘ay, archa, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr, zirk, arg‘uvon, oq qayin, qora qayin, tog‘ teragi, terak, yong‘oq chinor, nok, zarang, eman, shumtol, qayrag‘och kabi bir necha turlari xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. (Bunday daraxt turlarining ba’zi xossalari, xususiyatlarini bilish uchun J. Ramizov va S. Mahkamovlar avtorligida yozilgan «O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan praktikum», «O‘qituvchi», T., 1978 kitobining 4- bobiga qaralsin.) Yog‘ochlarning ishlatilishi ularning fizik va mexa nik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. Texnika yuksak taraqqiy etgan hozirgi davrda sanoatda yog‘och materiallardan foydalanish doirasi yanada kengayib bormoqda. Yog‘ochlarning xususiyatlari. Xalq xo‘jaligida tur li konstruksion materiallar sifatida yog‘ochlar ma’lum fizik, mexanik xususiyatlari bilan harakterlanadi. Yog‘ochning fizik xossalari. Tegishli materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalari, ya’ni uning rangi, tovlanishi, tob tashlashi, egilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, nam tortishi, quruvchanligi, zich ligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi. Ana shu fizik xossalardan ba’zilari bilan qisqacha tanishamiz. Yog‘ochning rangi yoroch materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniklashga imkon beradigan muhim xossalaridan biridir, Yog‘ochning rangi, avvalo, uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog‘ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib, nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol — jigar rang, qora qayin, akatsiya — oq qizg‘ish yong‘oq, qayrog‘och-qoramtir bo‘ladi. Ko‘pchilik daraxtlar kesilgandan ssng ularning yog‘ochligi qoramtir bo‘lib qoladi. Bu narsa havo tarkibidagi kislorodning ta’siri natijasidir. Yog‘ochning tovlanishi (yaltirokligi). Yog‘och nurlarning yunalishi va zichligiga bogliq holda tovlanadi. Yog‘ochning tovlanishini sun’iy ravishda orgtirish uchun loklash, politurlash va mumlash mumkin. Yog‘ochning teksturasi (tabiiy guli). Randalash, yo‘nish protsessida yog‘och tolalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarni kesish natijasida yog‘ochniig teksturasi namoyon buladi. Shuni qayd qilish kerakki, yog‘och materiallarning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning teksturasi (tabiiy guli) ko‘pincha bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Lekin turli bargli daraxtlarning tuzilishi bir-biridan farq qilganligi sababli ularning teks turasi ham har xil ko‘rinishda buladi. Yog‘ochning teks turasi yillik halqalarining eniga, ertangi va kechki yogochlik qismining ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik, mayinligi va yunalishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yog‘ochni kesish yo‘nalishi teksturaning o‘zgarishida katta rol uynaydi. Masalan, radial va tangental yo‘nalish buyicha tilingan taxtalarni randalash natijasi da hosil bo‘ladigan tekstura turlicha ko‘rinishda buladi, radial yo‘nalish bo‘yicha, tekstura parallel to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘lsa, tangental yo‘nalish buyicha esa burchak yoki konus shaklidagi teksturalar mavjud bo‘ladi. O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq ko‘rinmaydigan yog‘ochlarning teksturalari uncha aniq va chiroyli ko‘rinmaydi. O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog‘ochlarning tabiiy gullari juda chiroyli buladi. Teksturalari chiroyli bulgan yog‘ochlardan mebel korxonalarida pardoz materiali sifatida, qoplovchi ma terial—shpon tayyorlashda keng foydalaniladi. Yong‘oq, nok, chinor, shumtol, eman kabi yogochlar radial va tangental yunalishda tilinganda chiroyli kurinish (gul) lar xosil buladi. Yog‘ochlarda sun’iy gullar ham hosil qilinadi. Buning uchun tolalarning yo‘nalishiga parallel qilib yoki ma’lum burchak ostida buyoqlar surtiladi. Yog‘ochning hidi. Yog‘ochlar tarkibidagi smolalar, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda har xil hidli bo‘ladi. Yog‘ochning o‘zak qismi utkir hidli bulib, unda yuqoridagi moddalar kup buladi. Yangi kesilgan, shuningdek igna bargli daraxtlar yanada utkir xidli buladi. Yog‘och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib boradi. Yog‘och hidining bunday o‘zgarib borishi uning tarkibidagi turli moddalar mikdorlarining o‘zgarishi orqali sodir buladi). Hidning o‘zgarishi yog‘ochning buzilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yog‘ochning namligi. Yog‘ochlarning namligi deb solishtirma namlik miqdorining absolyut quruq yog‘och namuna massasiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Absolyut quruq yog‘och esa laboratoriya sharoitida olingan namunani quritish shkaflarida (pechlarida) quritish orqali hosil qilinadi. Korxona sharoitida yog‘ochlarning namligi, asosan tortish va elektr metodi bilan aniqlanadi. Tortish metodi buyicha namlik quyidagi formula bilan topi ladi: W q [{t~to)G‘to] • 100 [%] Bunda —namunaning quritishdan oldingi massasi; — shu namunaning absolyut xolatigacha quritilgandan keyingi massasi. Tortish metodi buyicha absolyut namlikni aniqlash uchun tegishli yog‘och materiallardan 20X20X30 mm li prizmatik namunalar tayyorlanib tekshirish maqsadga muvofiqdir. Tayyorlangan bunday namuna notekisliklardap va yog‘och qipiqlaridan tozalanadi, keyin esa 0,01 g aniqlikda tortib, temperaturasi bulgap quritish shkafida quritiladi. Quritish protsessi 12... 24 soatgacha davom etishi mumkin (yog‘och turiga bog‘liq holda) yoki juda tez xolda (bu uncha aniq metod emas) yog‘ochlarning elektr o‘tkazuvchanligiga asoslangan elektrovlagomer yordamida ulchash orqali ularning namligini aniqlash mumkin. Yog‘ochlarning namligiga qarab: ho‘l, chala quruq, ochikda qurigan, uyda qurigan va absolyut quruq deb bir-biridan farq qilinadi. Yangi kesilgan daraxtniig namligi turiga, kesilgan vaqtiga qarab 40% va undan yuqori bo‘ladi, ya’ni ho‘l yog‘ochning namligi 23 % day ortiq chala quruq, yog‘ochning namligi 18—23 % gacha, ochiq havoda qurigan yog‘ochning namligi 12—18 % gacha uy ichida qurigan yog‘ochning namligi 8—12 % gacha buladi. Absolyut quruq qurigan yog‘ochning namligi 0% bo‘lib, bu laboratoriya sharoitidagina hosil qilinadi. Yog‘ochning og‘irligi uning turiga, tuzilishiga va namligiga bog‘liq. Yog‘ochning solishtirma va hajmiy og‘irligi buladi. Solishtirma og‘irlik-hech qanday g‘ovakligi, nam ligi, havosi bulmagan absolyut yog‘ochning og‘irligi hisoblanib, birligi GG‘sm3 larda ifodalanadi. Hamma turdagi yog‘ochlarning solishtirma og‘irliklari taxminan 1,5 ga teng buladi. Hajmiy og‘irligi deb yog‘ochning g‘ovakligi, namligi, havosi va smolasi bilan qattiq moddasining birgalikdagi og‘irligiga aytiladi. Bu og‘irlik yog‘ochning asosiy sifatlarini, mexanik xossalarini ko‘rsatuvchi faktorlar bulib, katta amaliy axamiyatga ega. Turli yog‘ochlarda hajmiy og‘irlik turlicha buladi. Hatto, turli joylarda o‘sgan bir tur dagi yog‘ochning hajmiy og‘irligi ham bir xil bo‘lmaydi. Bulardan tashqari, yog‘ochlarning fizik xossalariga: yog‘ochlarning qurishi, nam tortib bukilishi, tob tashlab qiyshayishi, yorilishi, yog‘ochlarning zichligi, tovush, issiqliq, elektr o‘tkazuvchanliklari ham kiradi. YOG‘OCHLARNING MEXANIK XOSSALARI Yog‘och materiallarning turli tashqi kuchlarining ta’siriga qarshilik ko‘rsata olish yoki buzilmaslik (o‘zgarmaslik) qobiliyati ularning mexanik xossalari deb ataladi. Qurilishda turli inshootlarda, injenerlik konstruksiyalarida yog‘ochlar turli kattalikdagi statik va dinamik xarakterdagi siquvchi, cho‘zuvchi, eguvchi, kesuvchi, yoki yoruvchi kuchlar ta’sirida bulishi mumkin. Bun day kuchlar turli faktorlarning ta’siri (yuklar, kishilar, mashina va mexanizmlar, qor va shamolnnng ta’siri) tufayli vujudga keladi. Yog‘och materiallarining tashqi kuch ta’sirida shakl va o‘lchamlarini o‘zgartirishi uning deformatsiyalanishi deb ataladi. Bunday deformatsiyalar elastik va plastik ko‘rinishda bulishi mumkin. Yog‘ochlarning mexanik xossalariga yana ularning puxtaligi (bikrligi), qattiqligi, elastikligi, qovushqoq.ligi, mo‘rtligi yoriluvchanligi va mixlanuvchanligi kiradi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yog‘ochlarning yuqoridagi xususiyatlaridan tashqari, texnologik xossalari ham mavjud bo‘lib, bunda sifat jihatidangina xulosa chiqariladi, ya’ni bunday sinash yuli bilan yogochlarning qattiqligini aniqlashda arralash, randalash, uyish-teshish, mixlash usullaridan foydalaniladi. YOG‘OCH MATERIALLAR TAYY O RLASH Yog‘och materiallarga quyiladigan talablar tegishli GOST bilan belgilanadi. GOSTda yog‘och materiallarning o‘lchamlariga, ruxsat etiladigan nuqsonlarga, ishlov berish sifatiga, o‘lchash usuliga, sortlarga ajratish, markalash va hisoblashga nisbatan quyiladigan talablar kursatiladi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida asosiy yog‘och materiallari-turli xodalar, taxta materiallari, bruslar, fanerlar (randalangan, tilingan, yunilgan, yelimlangan fanerlar va hokazolar), duradgorlik plitalari, yog‘och payraxali plitalar keng ishlatiladi. Bunday yog‘och materiallarining ba’zilari sanoat miqyosida qanday ishlab chiqarilishi va ishlatilishi hamda ba’zi xususiyatlari bilan qisqacha tanishtirishni maqsadga muvofiq deb topdik. Xoda—shox-shabbalari kesilgan, po‘stlogi tozalangan daraxt tanasining bir qismidir. Xodalar 3 gruppaga bulinadi, ya’ni ingichka xodalar (kichik diametrli)— diametri 8—13 sm gacha; o‘rtacha xodalar (urta diametrli)—diametri 14—24 sm gacha; yo‘g‘on xodalar (katta diametrli)—diametri 25 sm va undan yo‘g‘onroq buladi. Xodalarning asosiy uzunligi 6,5 m bulib, qurilishlarda ishlatiladigan xodalar ko‘pincha 4—7 m uzunlikda tayyorlanadi. Taxta materiallar. Yo‘g‘on xodalar piloramalar, lenta arrali, disk arrali stanoklar yordamida tilinib, ulardan har xil taxta materiallar hosil qilinadi. Bunday taxtalarning qalinligi: 7, 10, 13, 16, 19, 22, 25, 32, 40, 45, 50, 60, 70, 75, 100 mm va eni 80 dan 250 mm gacha (10 mm dan oralatib) tayyorlanadi. Sanoat miqyosida tayyorlanadigan taxta materiallarining qalinligi odatda, uch son bilan yoziladi. Masalan: 6,5x18X40 bulib, bundagi 6,5—taxtaning uzunligi metrda, 18—eni sm hisobida, 40— qalinligi mm hisobida ifoda etiladi. Faner—g‘o‘lalarni tilish, randalash, yo‘nish yo‘li bilan olinadigan yupqa yog‘och-taxta material. Tayyorlash usuliga qarab tilingan, randalangan, yo‘nilgan, yelimlangan fanerlar bo‘ladi. Tilib, randalab olinadigan fanerlar eman, shumtol, yong‘oq, qayrag‘och, zarang, nok va boshqa qimmatbaxo yog‘ochlardan tayyorlanadi. Fanerlar har xil duradgorlik ishlarida, mebelsozlikda qoplama material sifatida ishlatiladi. Randalangan fanerlar—faner randalovchi maxsus stanoklarda yog‘ochlarni randalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunday fanerlarning qalinligi 0,8—1,5 mm, eni 80 mm va undan ortiq uzunligi 100 mm va undan ortiq bo‘ladi. Tilingan fanerlar—burang yoki yashma bug‘lash natijasida mo‘rt bo‘lib qoladigan ba’zi yog‘och gulalarini tilish yuli bilan hosil qilinadi. Yo‘g‘on g‘o‘lalarni radial yunalish buyicha tilish yuli bilan olinadigan fanerlar boshqa yo‘nalish buyicha tilib olingan fanerlarga qaraganda yuqori baholanadi. Chunki ra - dial yo‘nalish buyicha tilingan fanerlarda o‘zak nurlari juda chiroyli tekstura hosil qiladi. Bu holda, fanerlar kimmatbaho mebellar tayyorlash va qoplash maqsadida ishlatiladi. Tilingan fanerlarning qalinligi 0,8—2 mm gacha buladi. Fanerning namlik darajasi 10 % bulishiga ruxsat etiladi. Yunilgan fanerlar (shpon) lar esa yunuvchi stanoklarda tayyorlanadi. Yunilgan fanerning qalinligi 0,3 : 3,5 mm gacha, eni esa g‘o‘laniig tegishli uzunligiga teng buladi. Butun g‘o‘lani yo‘nish vaqtida spiralsimon shpon chiqariladi. Shu yul (usul) bilan zarang, Kareliya qayinidan «qush ko‘zi» deb ataluvchi chiroyli gulli shpon olinadi. Yelimlangan fanerlar yunilgan shponlarni bir-biriga yelimlash yuli bilan tayyorlanadi. Bundan faner 3—15 tagacha bulgan toq sondagi shpon varaqalaridan tayyorlanadi. Yelimlangan fanerlar besh xil o‘lchamdan tayyorlana di: 1830X1220; 1525X1525; 1525X1220; 1525X750 va 1220X725 mm; ularning qalinligi 1,5; 2; 2,5; 3; 4; 5; 6; 9; 10; 12 mm gacha buladi. Fanerlar kazeinli, albuminli yelimlar bilan va sintetik smolalar bilai yelimlanadi. Yelimlangan fanerlar taxta materiallarga qara ganda bir qator afzalliklarga ega: Hamma yo‘nalishi buyicha puxtaligi bir xil. 2.Taxta materialga nisbatan kam tob tashlaydi. Ruy bergan tob tashlash yelimlash yuli bilan oson bartaraf etiladi. 3. Kam yoriladi. Yoriklarning bir tomondan ikkinchi tomonga utishi mutlako ruy bermaydi. 4. Faner taxtalarining ulchami katta bulganligi uchun taxta materiallarpi yigib, yirma tayyorlash ishidan xoli qiladi, ishni qisqartirishga, soddalashtirishga yordam beradi. 5. Oson egiladi (xususan, buklangandan sung). 6. Teshish uchun qulay va xokazo. DURADGORLIK PLITALARI Bir-biriga yelimlab yopishtirilgan yoki yopishtirilmagan reykalardan yigilgan va ikki tomoniga bir yoki ikki qavat shpon yopishtirilgan yog‘och shpon duradgorlik plitasi deb ataladi. Duradgorlik piitalari chiroyli gulli, randalangan fanerlar bilan ham qoplanadi. Bular bir tomonlama yoki ikki tomonlama qoplanadi. Duradgorlik plitalarining qalinligi 16 dan 50 mm gacha, eni 1220 dan 1525 mm gacha, uzunligi 1800 dan 2500 mm gacha qilib tayyorlanadi. Plitalardan shchitli mebellar, eshik, tusiq, polkalar, divan va boshqalar tayyorlanadi. YOG‘OCH PAYRAXALI PLITALAR Yog‘ochni qayta ishlash korxonalarida xoda va g‘o‘lalarni tilish, randalash vaqtida, faner va shchit tayyorlashda ko‘plab qipiq, payraxa, taxta, reyka va fanerlarning chikindilari hosil buladi. Ulardan plitalar tayyorlashda foydalanish mumkin. Plita tayyorlash texnologiyasi kuyidagichadir. Yog‘och ishlash stanoklarida hosil bulgan payraxa, qipiq va yog‘och chikindilar-plita tayyorlash sexiga yuboriladi. Bu yerda katta o‘lchamdagi yog‘och chiqindilar maydalanadi va vibratsion elaklarda elanib, changdan tozalanadi. Tozalangan tarasha maydalanib, payraxalar bilan birgalikda quritgichga yuboriladi. Bu yerda payraxa namligi 4—6% ga tushguncha quritilib, aralashtirgichga yuboriladi va sintetik smola bilan aralashtiriladi. Sintetik smolaning mikdori quruq pay raxa ogirligining 6—8% ini tashkil etadi. Natijada, hosil qilingan aralashma tayyorlanadigan buyum va mebel qismlarining shakl hamda o‘lchamlariga ega bulgan maxsus qoliplarga to‘kib yoyiladi va tekislanadi. Yoyilgan payraxaning qalinligi tayyorlanadigan buyum qalinligi va zichligiga qarab har xil buladi. Qolip sovuq pressga utkazilib, unda payraxani 40—45 mm qalinlikkacha presslanadi. So‘ngra issik, pressga o‘tkaziladi. Issiq pressda presslash Q140° gacha temperaturada olib boriladi. Tegishli korxonalarda yog‘och payraxali plitalar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik protsess yarim avtomat va avto mat liniyalar yordamida olib boriladi. Yog‘och payraxali plitalar qalinligi 5—100 mm ga cha, eni 1200—2400 mm gacha, uzunligi 5400 mm gacha qilib tayyorlanadi. Shuni aytib utish kerakki, bunday plitalarning hohlagan uzunlikdagisini uzluksiz presslash orqali hosil qilish mumkin. Bunday plitalarning puxtaligi va tuzilishi hamma yunalishda bir xildir. Ularga randalangan faner, pardoz shponi qoplash yo‘li bilan sifatini oshirish va turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Ular mix, burama mix yordamida tirnok,li birikmalar xosil qilish yuli bilan oson biriktiriladi. Yog‘och payraxali plitalar mebel korxonalarida ishlatiladigan barcha yog‘ochning 85% gacha qismini tash kil etadi. Plitalar pol tayyorlash, devor va shiplarni qoplash, eshik qanotlari tayyorlashda ishlatiladi. YOG‘OCHLARDA UCHRAYDIGAN NUKSONLAR Tegishli sanoat korxonalarida hosil qilinadigai yoki tayyorlanadigan yog‘och materiallar hamma vaqt ham yuqori sifatli bulavermaydi. Yog‘och materiallarning sorti (navi), sifati, texnik xossalarini pasaytiruvchi, ishlatish sohalarini cheklovchi, xizmat muddatini qisqartiruvchi, ishga yaroqsiz holga keltiruvchi tabiiy holda mavjud bulgan yoki keyinchalik hosil bulgan bu xil kamchiliklar yoki ko‘rinishlar yog‘ochlarning nuqsonlari deyiladi. Yog‘ochlarda uchraydigan ko‘pchilik nuqsonlar, asosan, usish davrida hosil bulib, ba’zan esa material tayyorlash, tashish, saqlash, undan foydalanish vaqtida ham sodir buladi. Yog‘och materiallarda tabiiy mavjud bulgan va keyinchalik sodir buladigan nuqsonlar — butoqlar, yog‘och rangining buzilishi, chirish, turli yoriqlar, hasharotlar bilan shikastlanish shular jumlasidandir. Yog’och haqidagi bilimlarni berishda zamonaviy o’qitish metodikasi O’q uvchilar e gallashi shart b o’ lgan bilimlar: — texnika va texnologiyaning xal q x o’ jaligidagi a h a m i y a t i , i s h l a b c h i q a r i s h d a b a j a r a d i g a n vazifalariga k o’ ra mashinalarning tasnifi, konstruksion material (metallar, yo g’ och, plastmas salar) t o’g’ risida boshlan g’ ich bilimlarga e ga b o’ lishlari; — bu materiallarni qayta ishlash texnologiya sini, sanoat ishlab chiqarishida tubdan o’zgartirish kiritgan yangi texnologiyalar to’g’risida; — yangi mahsulotni konstruksion va texnik badiiy loyihalanishning umumiy prinsiplarini hamda dizayn talablari asosida qayta loyiha lanishni; — sonli dasturli boshqariluvchi stanoklar va robotlar tuzilishi va ishlash prinsipi to’g’risida umumiy tushunchalar; — m e hn at q on un ch i l i g i va x av f s i z l i gi , sanitariya-gigiyena qoidalari. — O’quvchilarni muayyan malakasi va ko’nikmalari bilan qurollantirishgagina xizmat qilib qolmay, balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish va ularda mehnatga munosabatini tarbiyalashda ham juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan mehnat darslari g’oyat zarurdir. O’qituvchining o’z fanini yaxshi bilishi o’quvchilarni muvaffaqiyat bilan o’qitishning eng muhim shartlaridan biridir. O’z fanini yaxshi bilgan o’qituvchi biror buyum-narsani tayyorlash usulini mahorat bilan tushuntirib va ko’rsatib bera oladi, bu esa mehnat amallarini o’quvchini to’g’ri idrok etishni ta’minlaydi. O’qituvchi shu munosabat bilan darsga puxta tayyorgarlik ko’rishi, bolalarga ko’rsatadigan buyum-narsasini o’qituvchining o’zi oldindan tayyorlab ko’rishi lozim, chunki buyum-narsani tayyorlash davomida qiyin ish usullarini qo’llashga to’g’ri kelib qolishi mumkin, agar o’qituvchining o’zi narsalarni oldindan tayyorlasa o’quvchilarga uni tayyorlatishning xiyla mukammallashgan metod va usullarini ko’zda tutgan bo’ladi. Har bir dars o’quvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi hamda mustahkamlashi hamda, ularni barqaror ijobiy ko’nikma va odatlar hosil qilishiga yordam berishi lozim. Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan iborat qilib qo’ymaslik, balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari bilan organik bog’lab olib borish ham zarur. Shuning uchun ham o’qituvchi o’zi o’qitayotgan bilimini bilishi lozim. Bu esa biror temaga tayyorlana turib, o’qituvchi mazkur dars materiali asosida o’quvchilarni ahloqiylikning qanday g’oyalarini anglashga olib kelajagini diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur irodani rivojlantirish va boshqa shu kabilar sohasida shaxs sifatini qanday kamol toptirishiga erishishini aniq tasavvur qilmog’i lozim. Agar bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan qo’pol, og’ir asboblar bilan ishlasalar, bu ularning ish natijalariga juda yomon ta’sir ko’rsatadi. Mehnat madaniyati malakalari ko’p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida hosil bo’ladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq processida o’rnatiladigan tartib va ish-harakatini izchilligini sistematik suratda tushuntirib berish zaruriyati bilan birga qo’shib olib boriladi. Mehnat va politexnika jihatdan tayyorlashning yangi programmasi «taqlid qilish» metodikasining mehnat darsidagi ish sistemasi sifatida rad etadi, tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar butun buyumning tuzilishini yaxshi tasavvur etsalargina, ish operaciyasi va asbob bilan ishlash usullarini tezroq va puxtaroq o’qib oladilar. O’quvchi ayniqsa birinchi sinf o’quvchisi o’qituvchiga taqlid qilishga intiladi. Shu sababli o’quvchi boshidan boshlaboq faqat to’g’ri usullarni ko’rishi va eslab qolishi lozim. Bor-yu o’qituvchi qo’llanmasligi lozim bo’lgan noto’g’ri ish usulini har doim ta’kidlab ko’rsataversa o’quvchi shuni eslab qolishi mumkin, u o’quvchilar ongiga singib qolib, keyin uni tuzatish ancha qiyin bo’ladi. Mehnat darslarida birinchi sinf o’quvchilarining ishlarini kuzatish natijasida o’quvchilar topshiriqni olib, buyum-narsani xuddi namunadagidek yasash uchun namunani uning qurilishi nuqtai nazaridan sinchiklab qarab chiqib, buyumni yasash yo’llarini qunt bilan izlaydilar. 1-sinf mehnat darslarida, odatda, tayyorlanish kerak bulgan buyum- narsaning namunasi ko’rsatiladi. Bunda birinchi sinf o’quvchilari uchun real, buyum-narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, bolalar unga qarab, mazkur buyum-narsa qanday qilingani, qanday qilib xuddi mana shunday tayyorlangani mumkinligini o’ylab oladilar. e.A.Farapanova qayd qilib o’tganidek birinchi sinfda mehnat mahsuloti muayyan buyum-narsalar tayyorlanganidan keyin u qanday bo’lishi tayyor buyum holidagina emas, balki qismlarga bo’lingan holda qanday qismlardan iboratligi, qanday birikkanligini ham tasavvur eta olish malakasini tarkib toptirish muhimdir. O’qituvchi yangi temaga metodika jihatidan qanchalik to’g’ri yondoshmasin, uni suhbat va ko’rsatmada qanchalik tushunarli qilib izohlanmasin, baribir, bolalar dastlabki vaqtlarda mehnat usullarini har doim ham to’g’ri qo’llavermaydilar. O’quvchi ko’p savollarni mustaqil hal qilish kerak. O’quvchilarning mehnatga mustaqilligi –aktiv fikrlash faoliyatining, tashabbusning paydo bo’lishi, uchragan qiyinchiliklarni engishi, avval hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishi. Mustaqil mashg’ulot soatida asosiy aktiv shaxs boladir. Lekin shunga qaramay darsning bu bosqichida ham o’qituvchining vazifasi benihoyat katta va ma’suliyatlidir. Bunday mashg’ulotda maqsadni aytib, ish usullarini ko’rsatib qo’ya qolish kifoya, bolalar erkin ishlashi kerak deb o’ylash katta xato bo’ladi. O’qituvchi mumkin qadar kamroq so’zlash, sekin, ohista ovoz bilan gapirishini odat qilishi, o’quvchilarga sezdirmay, ularning harakatini kuzatish, ularga yaqinlashish yoki uzoqlashishni o’rniga qarab gapirishni yoki jim turishni o’rganish lozim. Qoloq o’quvchini yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchiga biriktirib qo’yish kerak. Masalan: tikishda odatda bolalar orqada qoladilar, ularga qizlar yordamini biriktirib qo’yiladi, aksincha texnikaviy modellashda o’quv-tajriba uchastkasidagi ishlarda bolalar qizlarga yordamlashishlari kerak. Shu tarzda o’quvchilarda o’rtoqlaricha o’zaro yordam hisini tarbiyalanadi. O’qituvchi har bir o’quvchining imkoniyatlarini hisobga olib bolalarni ruhlantirish lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganda o’qituvchining mehnati oson emas, balki yanada qiyinroq, biroq ijodiy mehnat singari huzurbaxshdir. O’quvchilar mustaqil ishlayotganda o’qituvchi «passiv» dek ko’rinadi, lekin aslida o’qituvchi oldida u rahbarlik qilishi lozim bo’lgan xilma-xil xususiyatli o’ttiz -qirq bola bor. Ba’zilarini butun dars davomida bezovta qilmaslik lozim, boshqalarga ko’rsatma berish kifoya, qolganlari jiddiy muhtojga egadir. Mustaqil mashg’ulot vaqtida bolalar qo’ng’iroqni sezmay qoladilar, hatto ishini davom ettirishga ruxsat etilsa quvonadigan hollar ham bo’ladi. O’zlariga yoqqan ishga sho’ng’ib ketib va tez ishlaydigan o’rtoqlarini ko’rib bolalar bora-bora o’zlarining ish sur’atini tezlashtirishni odat qilib oladilar. Ishni o’z vaqtida tekshirmaslik o’quvchining ishga qiziqishini kamaytiradi. Ishni tekshirish va baholashga bolalarning o’zlarini jalb qilish kerak, bu bilan ular mehnatga ongli munosabat, aktivlik va tashabbus rivojlanadi. Mehnat natijalarini birgalikda tekshirish va baholash bolalarning xotiralarida ma’lum bir buyumni tayyorlashning barcha bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga topshiriq berish darsning muhim bosqichidir. Mehnatdan uyda bajarib kelish uchun beriladigan vazifani avvalo, darsda ishni yaxshi uddalay olmagan o’quvchilarga berish zarur. Dars olti bosqichga bo’linadi: 1.Kirish qism – tema, nechanchi yil o’qitilayotganligi, o’quvchilarning o’sish darajasiga qarab, vaqti jihatdan xiyla uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Kirish qism o’quvchilarni emocional «zaryadlashi», «qiziqtirish», o’quvchi ishlashi lozim bo’lgan biror mehnat ob’ektini namoyish qilishda go’zallik hisini uyg’otish lozim. 2.O’qituvchining ko’rsatmasi – ko’rsatmalikning xilma-xil vositalari (karton, maket, ish processining bajarilishi keng tasvirlangan shit kabilarni) qo’llab, o’qituvchi darsning bu bosqichida o’quv-ishning maqsadga eng muvofiq izchilligi, ish o’zining racional suratda tashkil etish bilan tanishtiradi. 3.O’quvchilarning topshiriqni mustaqil bajarishi –darsning asosiy qismi bo’lib, unga odatda, darsning 2.3 hatto 3.4 ulushi ajratiladi. Bu bosqichda o’qituvchi o’quvchilarni diqqat bilan kuzatib turadi, ularning ishlariga boshchilik qiladi, ish-harakatlaridagi, ish-holatlari, asboblardan foydalanishidagi xatolari va kamchiliklarni kuzatadi. Bordi-yu ish o’quvchilarga qiyinchilik qilsa, o’qituvchi o’quvchilarga o’zi bajarayotgan operaciyalarga e’tibor berib turishini va uning harakatiga o’xshatib asta-sekin harakat qilishini aytadi. A) o’qituvchining ko’rsatmalariga qanday amal qilinmoqda. B) o’quvchilarning mehnat madaniyati va sanitariya –gigiena ko’nikmalari qanday. V) material qanday sarflanmoqda, o’quvchilar asboblarni qanday to’g’ri ishlatmoqdalar. G) o’quvchilar ish usullarini qay darajada o’qib oladilar. 4.Tekshirish va qat’iy baho qo’yish asosida ishni hisobga olish. O’qituvchi har bir bolaning ishini qisqa tavsiflab jurnalga baho qo’yadi. O’quvchilar yorliq (etiketka) qilib tayyorlangan buyumlarga yopishtiradilar, yorliqda ishning tugallangan vaqti, necha soat vaqt sarflanganligi, bajaruvchining familiyasi va ismi, sinfi aniq ko’rsatiladi. 5.Uy vazifasini tushuntirish. Darsning bu bosqichi darsda bajarilgan topshiriqning yakuni bilan bog’liq. O’qituvchi har qaysi o’quvchining faoliyatiga baho qo’yib, ishdagi kamchilik tomonlarini ko’rsatadi va uyga berilgan topshiriqni tushuntirish davomida xatolarni tuzatish uchun qo’shimcha ko’rsatmalar beradi. Kattalarning sanoatdagi mehnati bilan, mehnatning tabiatni o’zgartirish borasidagi ta’sirini ochib berish uchun tabiat bilan tanishish dars-ekskursiyalari. Laboratoriyada olib boriladigan darslar. Bunda o’quvchilar materiallarning xossalari (plastilin, loyni) ish uchun o’zlari tayyorlaydilar, materialning (qog’oz, karton, matoning) texnologiyasi bilan tanishadilar. Darslar buyumlarni o’quv-nazoratchilarning hohshi bilan ko’rgazmaga tayyorlash: bunday darsning maqsadi o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalari darajasini tekshirishdir. Qishloq xo’jalik mehnat darslari: bu dars, o’z mazmuni jihatdan, yuqoridan bayon etilgan dars bilan deyarli bir xil, shu sababli, darslarni planlashtirishda yuqorida ko’rsatib o’tilgan tushulishga amal qilish zarur. O’quvchilarning mehnatda aqliy aktivligiga mehnat topshirig’ining xarakteri kuchli ta’sir etadi. Xarakteri kuchli ta’sir etadi. Masalan: «Tabiiy materiallardan ko’rish -yasash» temasidagi darsni olib ko’raylik. Darsning maqsadi: tabiat materialidan buyum yasash usullarini o’rgatish: material tanlash, ulash: detallarni bir butun model’ qilib yasash. Darsni jihozlash: qaychi, santimetr, poxol, yumshoq sim. Darsning borishi: o’qituvchi poxoldan yasalgan o’yinchoq uychani ko’rsatib poxoldan o’yinchoq uycha yasash uchun ma’lum o’lchamda poxolcha olish kerakligini tushuntiradi. 1.Bu o’yinchoq nimadan qilingan? O’qituvchi o’yinchoq ko’rsatadi. 2.Bu o’yinchoqni tayyorlash uchun qanday geometrik shakl zarur? Bunda o’qituvchi devorning uzunligi 6 sm, eng undan 2 sm kam, balandligi esa enidan 5 sm uzun. Tomi esa uy yonlariga 1 sm dan chiqib turadigan bo’lishi kerak, deb uqtiradi. O’zbekiston maktablari o’quvchilarining tajribalari shuni ko’rsatadiki, bolalarni mehnat operaciyalarini shartli grafik usuli bilan mustaqil rejalashtirishga olib kelishdan avval, bolalarda mehnat bosqichlari uchun zarur bo’lgan dastlabki malaka va ko’nikmalarni hosil qilish kerak. Laboratoriya yo’li bilan materialni xossalari va asbobdan foydalanish bilan tanishtirish, bunda bolalarning aqliy faoliyatini faollashtirishga e’tibor bermoq lozim, o’quvchilarning kurish-yasash qobiliyatlarini rivojlantirib, buyumning qismlarini bir butun qilib o’rgatish kerak. Birinchi sinfda chizmani o’qituvchi rahbarligida, buyum namunasini ko’zdan kechirib o’qiladi. Bunda o’quvchilarni shartli chiziq namunalari bilan asta-sekin har bir darsda alohida tanishtiriladi. Boshlang’ich sinflarda chizmachilik elementlari maxsus o’quv fani sifatida ham, mehnatga o’rgatish dasturi bo’limida mustaqil bo’lim tariqasida ham kiritilmagan. Doskadagi chizmani o’qish, uni namunaga solishtirish va materialni o’zi mo’ljallangan buyumni tayyorlash uchun darsda qilinadigan ishlarni oldindan rejalashtirishning tashqi ifodasidir. O’quvchilarning mehnati va mustaqilligi –faol fikrlash faoliyatining, tashabbusning paydo bo’lishi, uchragan qiyinchiliklarni engishi, avval hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishidir. Maktab mehnat xonasida o’quvchilarga yog’ochsozlik bo’yicha amaliy dars o’tish metodikalari Mehnatga amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro bog’langan nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo’l qo’yilgan xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’rilay olish kabilardan tarkib topadi. Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga oshishi mumkin. U boshlang’ich maktabda boshlang’ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Mehnat ta’limining mazmuniga muvofiq o’quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishida qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi. Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish operaciyalarni o’rgatish ham demakdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish operaciyalarning tipikligini sezib olish qiyin emas, materiallarni o’lchab olish va belgilash; ularni egib, qirqib, ishlov berish; qismlarini elimlash, tikish, o’rash va bog’lash kabi yo’llar bilan birlashtirib va mustahkamlash; detallarni yig’ish va buyumni montaj qilishdir. Yakunlovchi bosqich buyumni bezashdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlashga grafik malakalarini shakllantirish ham taaluqlidir. O’quvchilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir. Bunda o’quvchilar e’tiboriga eng oddiy buyumlar-o’yinchoqlar, o’yinlar, o’quv qurollari tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, aplekaciya ishlari havola qilishadi. Bundan tashqari, bolalarda mehnatga qiziqish uyg’onish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash uchun "Mohir qo’llar» to’garaklarida, kun uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Mehnat ta’limi jarayonining o’sishga ta’siri. Mehnat ta’limi vazifalari haqida gapirilganda o’quvchilarda mehnatsevarlik mas’uliyat, intizomlik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. Shu bilan birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining, moddiy va ma’naviy taminotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining en muhim omilidir. Bolalarni aqliy o’stirishda ham mehnat ta’limining roli ko’p qirralidir. Mehnat o’quvchilarning bilim olishiga intilishlarini qo’zg’ovchi vositagina emas, balki uning manbai hamdir. Mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilarni aqliy o’stirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Biroq har qanday mehnat ham aqliy o’sishga yordam bermasligini unutmasligimiz kerak. Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatni aqliy rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, tafakkurni aktivlantirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarini o’stirmaydi. Mehnat eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi. Darslarning jihozlanganligi o’z mehnati uchun shaxsiy mas’uliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qo’pol, og’ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi. Bunday sharoitda, tabiiylik, mehnatga muhabbatni, tartiblikni, aniqlikni, asboblarga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash qiyin bo’ladi. Mehnat madaniyatining tarkib topishi uchun doimo bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ishharakatlarining me’yori va sifatiga, ish suratini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishiga va nihoyat, narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak. Agarda o’qituvchining talablari amaldagi faktlardan ajralib tursa va buning natijasida shartli bo’lib qolsa, agarda bola har bir qadamida tartiblikka, aniqlikka rioya qilishi lozimligiga ishonch hosil qilmasa, bolalarning mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin. Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi, o’quvchilarda ana shular takomillashib boradi. Kerakli material va asboblar bilan etarli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, biri qog’ozini olib kelmasdan ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. Shuning uchun o’qituvchi dars boshlashdan oldin birigadirlar yordamida o’quvchilar o’rtasidagi do’stona o’zaro yordamga tayanib, o’z vaqtida choralar ko’rish lozim. Biroq har qanday holatda ham, u o’quvchining uyiga jo’natmasligi yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmasligi kerak, afsuski, bunday hollar amaliyotda uchrab turadi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlari ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: V.A. Mirboboyev. Konstruksion materiallar texnologiyasi. –T.: O‘qituvchi, 1991 y.  A.N. Dalskiy. i dr. «Texnologiya konstruksionno‘x materialov». –M.: Mashinostroyeniye, 1990 g.  S.A. To‘raxonov. Metallar texnologiyasi. –T.: O‘qituvchi, 1991 y.  V.A. Mirboboyev. Konstruksion materiallar texnologiyasidan qisqacha lug‘at. – T.: O‘zbekiston. 1995 y.  Politexnicheskiy slovar. (Spets. redaktor T.R. Rashidov, akad. ANUz). –T.: 1989 g.  I.Nosirov «Materialshunoslik» 1993 y  I.Nosirov «Materialshunoslik» 2002 y  Kucher A.M Metallar texnologiyasi-T .O‘qituvchi, 1977-632 b  Mirboboyev V.A, Umarov E, Ahmadxujayev M,Konstruksion materiallar texnologiyasi kursidan laboratoriya ishlari.- T. O‘qituvchi, 1993-176 b  Qalandarov R. Konstruksion materiallar texnologiyasi- T. O‘qituvchi, 1989. - 255 b  Kozlov Y.S Materialshunoslik. –T. O‘qituvchi, 1987 -84 b  Alan S.I, Grigoryev P.M, Rostovsev A.N . Texnologiya konstruksionno‘x Materialov MP rosvesheniye 1980-224 s  Laxtin Y.M Osnovo‘ metallovedeniya… M Metallurgiya, 1988-320 b