logo

KSHM detallarini yig'ishda porshen va halqalarni silindrga o’rnatish moslamasi

Yuklangan vaqt:

09.10.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1476.421875 KB
KSHM detallarini yig'ishda porshen va halqalarni silindrga o’rnatish moslamasi Mundarija Kirish Loyihaning maqsad va vazifasi Asosiy qism Konstruktorlik qismi Xulosafoydalanilgan adabiyotlar Ilova KIRISH А vt о m о bil tr а nsp о rti sohasid а ishl а ydig а n mu ха ndisl а r uchun nafqat а vt о m о bilning tuzilishi v а ishl а shini bilish z а rur, b а lki uning loyihal а nish j а r а yonini bilish, а vt о m о bil k о nstruktsiyasini yar а tish chog’ida qanday ch е kl а nishl а rg а yo’l qo’yilganligi v а qanday oraliq yechiml а r t о pilg а nligini bilish ham mu х im. Chunki а vt о m о bilg а х izm а t ko’rsatish v а t а ’mirl а sh ishl а rini ya х shi tashkil etishd а yuqorid а gi biliml а r z а rur bo’ladi. Avtomobilsozlik sohasi bugungi kunda eng rivojlangan soha bo’lib, unda ishlab chiqarishning barcha jabhalarida, ayniqsa avtomobillarni ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Texnik taraqqiyot rivojlangan sari takomillashtirilgan, yuqori aniqlikdagi avtomobillarni va dastgohlarni ishlab chiqarish hamda ulardan samarali foydalanish uchun chuqur bilim, ko’nikmalarga ega bo’lgan mutahassislarni tayyorlashni vaqt taqozo etmoqda. Ishlab chiqarishning rivojlanib borishi natijasida yangi texnik fan ‘‘Avtomobilsozlik texnologiyasi va texnologik jihozlar” fani paydo bo’ldi. Bu fan o’zining rivojlanishida bir necha bosqichlarni bosib o’tgan. Shu bilan birga bu fan amaliy fan bo’la turib, texnologik jarayonlarni turkumlarga ajratish va guruhli ishlov berish avtomobilsozlik texnologiyasi tizimining bikrligi, ishlov berish jarayonining aniqligi, zagatovka va ishlab chiqarish moslama, jihozlarning hatoliklari va ularning hisobi, jihoz, moslama va detallarning o’lchamlari, unumdorlikni va texnologik jarayonning samaradorligini oshirish, konstruktorlik va texnologik bazalarni yaratish va boshqalar to’g’risida salmoqli asosga ega. “Avtomobilsozlik texnologiyasi va texnologik jihozlar” fani yosh bo’lishiga qaramay u tez rivojlanmoqda. Buning sababi yangi texnika vaq sanoat ishlab chiqarishning takomillashib borayotganligidir. Shuning uchun ham texnolagiya uzluksiz ravishda rivojlanib boradi va uning mazmuni yangiliklar bilan boyitila boradi. “Avtomobilsozlik texnologiyasi va texnologik jihozlar” fani oliy o’quv yurtlarida fan sifatida detallarga mehanik ishlov berish, avtomobil va ularni 2 yig’ish, texnologik jihozlarni loyihalash va hisoblash masalalarini ko’rib chiqish bilan chegaralanadi. Bu fan – asosiy kasbiy fan hisoblanib, shu sohadagi mutaxa ssislarn i tayyorlashda konstruktorlik, mexanik, ishlab chiqarishda zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shaklantirishda asos bo’ladi. 3 LOYIHANING MAQSAD VA VAZIFASI. Avtomobil va uning asosiy qismlari ishonchli ishlashini ta'minlashda nazorato’lchov asboblari alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o’lchov asboblari avtomobilning eng qimmatbaho va mas'uliyatli agregat va qismlari ( dvigatel, generator, tormoz, yoritish, darak berish tizimlari va xokazo ) holatini va me'yorida ishlashini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. hozirgi vaqtda, harakat xavfsizligini ta'minlash va haydovchining diqqatini bo’lmaslik maqsadida nazorat- o’lchov asboblarning ko’rsatuvchi turlarini kamaytirib, ko’proq darak beruvchi turlarini o’rnatish, maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. vtomobilni ishlatish jarayonida yoritish tizimida quyidagi nosozliklar uchrab turadi. Bularga lampa tolalarining kuyishi, lampa kolbalarining qorayishi, nur qaytargich yuzalarini ifloslanishi, nur torqatgichning darz ketishi va ifloslanishi, formalarning yorug’lik – texnik tavsifini pasayishi va yorug’lik dastasining rostlanmaganligi, namlik oqibatida elektr tutashmalardagi kontaktlarning yemirilishi va oksidlanishi. Faralarning rostlanishini buzilishi va nur kuchining yetarli emasligi yo’lning yoritilish sifatini ancha pasaytiradi. Faralarning noto’g’ri rostlanishi ro’paradan kelayotgan avtomobil haydovchisi ko’zining qamashishiga olib keladi. Yoritish asboblarining yorug’lik-texnik tavsifi pasayishining asosiy sabablaridan biri kuchlanish rostlagichining past rostlanganligi yoki faralar hamda boshqa yoritish asboblari zanjiridagi qarshilikning oshib ketganligi bo’lishi mumkin. Elektr jihozlarining 12 voltli tizimidagi faralarning ta’minlash zanjirida kuchlanishning pasayishi 0,5 V dan oshmasligi kerak. Shuning uchun men ushbu kurs loyiha ishimda " Avtomobillarning old faralarini sozlash jihozi" mavzusida izlanishlar olib borish orqali avtomobillarga o’rnatilayotgan yoritish tizimlarini afzallik va kamchiliklarini o’rganishni va shu orqali old faralarni sozlash bo’yicha jihozini loyihalash ishlarini o’z oldimga maqsad qilib oldim. 4 ASOSIY QISM Avtomobilning yoritish va yorug’lik-daraklash uskunalari yo’l, salon, davlat raqami, asboblar jamlamasi va boshqalarni yoritish bilan birgalikda, boshqa harakat qatnashchilariga avtomobilning gabarit o’lchamlari va haydovchi bajarishni nazarda tutgan holatlar haqida (avtomobilni burish, to’xtatish va boshqalar) darak berish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy avtomobil faralarini loyihalashda, avtomobilning aerodinamik 1-rasm. Yaqinni yoritish farasi yoqilganda yo`l qoplamasini yoritilganligi a) simmеtrik yoritilganlik; b) assimеtrik yoritilganlik. xususiyatini yaxshilashga ham katta ahamiyat berilmoqda. Avtomobil faralari yo’lni yaxshi yoritish bilan bir vaqtda boshqa harakat ishtirokchilarini ko’zini qamashtirmasligi lozim, shu sababdan avtomobil faralari uzoq va yaqin masofani yoritishga mo’ljallangan ikki rejimda ishlaydi. Faralarning optik tizimida yorug’lik nurlarini yo’naltirishi bo’yicha Yevropa va Amerika yorug’likni taqsimlash tizimlariga bo’linadi. Bu tizimlardagi yaqinni yoritish faralari assimmetrik bo’lib, yo’lning o’ng tarafini yaxshi yoritadi va yaqinlashayotgan transport vositasi haydovchisini ko’zini qamashtirishdan saqlaydi, 1-chizma. Yorug’likni taqsimlashni asimetrik yevropa tizimli faralarida, chiroqning yoritish cho’lg’ami 2 ostiga joylashtirilgan himoyalagich (ekran) va qisman shisha 5 yordamida yorug’lik dastasini qayta taqsimlanishi hisobiga, assimetrik, dastaning o’ng tarafi 15 ° yuqoriga ko’tarilgan, yorug’lik-qorong’ilik chegarasi hosil qilinadi, 2chizma. 2- chizma . Fara tizimida yorug ’ lik nurlarini yo ’ naltirish bo ’ yicha yevropacha taqsimlash tizimi a) yaqinni yoritish, b) yaqinni yoritishda yorug’lik-qorong’ilik chegarasi; с )uzoqni yoritish, d) chiroq himoyalagichi (ekran). 1-uzoqni yoritish cho’lg’ami; 2-yaqinni yoritish cho’lg’ami; 3-himoyalagich. Yorug’lik taqsimlashni assimetrik yevropa va amerika tizimli faralarida uzoqni yoritish cho’lg’ami 1 (2-chizma) fokusga joylashtirilganligi sababli, optik o’qga parallel bo’lgan yorug’lik nurining dastasi hosil bo’ladi, (2-chizma, v). Yorug’lik taqsimlashning amerika tizimida yaqinni yoritish cho’lg’ami 2, uzoqni yoritish cho’lg’ami 1 ga nisbatan yuqoriroqga va fokusga nisbatan chaproqga, optik o’qga parallel qilib joylashtirilgan, 3-chizma. 6 3- chizma . Yorug ’ likni taqsimlanishini amerika tizimi a - yaqinni yoritish , b - yaqinni yoritishda yorug ’ lik c - qorong ’ ilik chegarasi , 1-uzoqni yoritish cho’lg’ami; 2-yaqinni yoritish cho’lg’ami; Yaqinni yoritish cho’lg’amining bunday joylashtirilishi, yaqinni yoritish yorug’lik dastasining pastga va yo’lning o’ng chekkasini yoritishni ta’minlaydi. Lekin yorug’lik dastasi aniq yorug’lik - qorong’ilik chegarasini hosil qilmaydi, natijada yaqinlashayotgan transport haydovchisining ko’zini qamashishiga sabab bo’ladi. Avtomobil faralarining chiroqlari ikkita cho’lg’amli-yaqinni va uzoqni yorituvchi bo’ladi. Chiroqlarning metall asosi (sokoli) har xil bo’lib, cho’g’lanish cho’lg’amlarini yorug’lik qaytargichining fokusida joylashishini ta’minlaydi, 1-rasm. 7 1-rasm. Fara chiroqlari. a) va b) 2 FD-42 metall asosli (sokalli) amerika tizimi uchun, c) simmetrik yevropa tizimi uchun; d) assimetrik R4St-41 metall asosli, yevropa tizimi uchun, galogen chiroqlar: e) N1; f) N2; g) N3; h) N4. Shtiftli chiroqlar: i) ikki kontaktli, ikki cho’lg’amli; j) bir kontaktli, bir cho’lg’amli; k) barmoqsimon; l) safitli; 1-shisha idish (kolba), 2-uzoqni yoritish cho’lg’ami; 3-yaqinni yoritish cho’lg’ami; 4himoyalagich (ekran); 5-fokuslovchi flanes; 6-metall asos (sokol); 7-elektr sim ulagich. Chiroqlar cho’lg’amlari spiral shaklida o’ralgan volfram simidan tayyorlanadi. Cho’lg’am qiziganida volfram bug’lari hosil bo’lib shisha idishning ichki yuzasini qora qatlam qoplay boshlaydi. Buning oldini olish uchun, shisha idishnin g ichig a 8 inert gazlarining aralashmasi (96% organ va 4% azot) to’ldiriladi. Quvvati 3 Vt gacha bo’lgan chiroqlarning shisha idishi ichida vakuum hosil qilinadi. Inert gazlari bilan to’ldirilgan chiroqlarning cho’lg’amlarini 3000 ° K gacha qizdirish mumkin bo’lib, harorat bundan ortsa volframni bug’lanishi kuchayadi. Shu sababdan zamonaviy avtomobil faralarida galogen chiroqlar ishlatilmoqda. Galogen chiroqlarida inert gazlariga galogen yoki uning brom bilan birikmasi to’ldiriladi. Galogen chiroqlarining cho’lg’amini 3600 ° K ga qizdirish imkoniyati ortib, o’lchami kichik bo’ladi va shishaning ichki yuzasida folfram qoplama hosil bo’lmaydi. Chiroq yonganida folfram bug’lanib, inert gaz ta’sirida yana qaytib cho’lg’amga o’tiradi va cho’lg’amni uzilishdan saqlaydi. Bu jarayon to’la to’kis kechishi uchun harorat 9000 ° K bo’lishi kerak, shu sababdan galogen chiroqlarining shisha idishini issiqlikga chidamli kvars shishadan tayyorlanadi. Uzoqni yoritish galogen faralari 400 m masofani yorita oladi. Faralarni boshqarish uchun rul kolonkasining chap tomonida joylashgan, ko’p vazifali tortqidan foydalaniladi. Tortqidagi uzib ulagichni birinchi holatga burilsa: gabarit chiroqlar, davlat raqami yoritgichi va asboblar jamlamasini yorituvchi chiziqlar yoqadi: ikkinchi holatga burilsa: barcha oldin yondirilgan chiroqlar va yaqinni yoritish yoqiladi. Uzoqni yoritish faralarini yoqish uchun tortqi pastga bosiladi, bunda asboblar jamlamasidagi uzoqni yoritish farasi yoqilganligini ogohlantiruvchi chiroqcha yonadi. Yaqinni yoritish farasini yoqish uchun tortqini yuqoriga, oldingi holatga ko’tariladi. Barcha chiroqlarni o’chirish uchun uzgichulagich «OFF» holatiga keltiriladi. Tumanga qarshi faralar ob-havo sharoiti harakatlanishni qiyinlashtirganida (tuman, yomg’ir, qor, chang-to’zon), avtomobilni 20 ¸ 30 km / soat tezlikda boshqarish va 15 ¸ 25 m masofadagi narsalarni ko’rish imkoniyatini yaratadi. Tumanga qarshi faralar to’g’ri burchakli yoki doiraviy shaklda bo’ladi. Fara qaytargichi paraboloid shaklga ega bo’lib, uning fokus markaziga N1, N2, N3 turidagi galogen chiroqlar o’rnatiladi, 2-rasm. Tumanga qarshi faraning nur tarqatgichi asosan sariq rangda bo’ladi. 9 2-rasm. Tumanga qarshi fara. a) FG119 turidagi fara; 1-nur tarqatgich; 2-qaytargich; 3-himoyalagich (ekran); 4-chiroq; 5-patron; 6-rostlash vinti; v) FG120 B turidagi fara. 1-gardish; 2-vint; 3-patron; 4-chiroq; 5-nur tarqatuich; 6-qaytargich; 7-optik elementning tutqichi; 8-korpus; 9-tok o’tkazgich; 10-kontakt plastina; 11-qisqich; 12- sharnirli tayanch. Tumanga qarshi faralar asboblar jamlamasiga o’rnatilgan uzgich-ulagichdan boshqariladi va bosh faralar ishga tushilganida yonadi. Burilish haqida ogohlantiruvchi chiroqlar avtomobilning oldi va orqa taraflarining chap va o’ng taraflarida o’rnatiladi. Bu chiroqlar o’t oldirish tizimi ulanganida ishlaydi. Chiroqlarni yoqish uchun rul kolonkasining chap tomonida joylashgan tortqidan foydalaniladi. Tortqi qaysi tarafga bosilsa, shu tarafdagi chiroqlar yonadi. Burish yaqinlashib, rul chambaragi to’g’rilangach, burilishni ko’rsatuvchi chiroqlar avtomatik ravishda o’chadi. 10 Avtomobilni tormozlanishi haqida ogohlantiruvchi chiroqlar sekinlanishi va to’xtashi haqida harakat ishtirokchilarini ogohlantiradi. Bu chiroqlar avtomobilning orqa tomoniga joylashtirilib, qizil rangda bo’ladi. Gabarit chiroqlar qorong’ilikda, yetarli ko’rinmaslikda, har xil ob-havo va yo’l sharoitlarida avtomobilni gabarit o’lchamlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Yengil avtomobillar oldi tomonida 2 ta oq rangli va orqa tomonida ham 2 ta qizil rangli gabarit chiroqlari bilan jihozlangan. Avtomobillar davlat raqamini yoritish uchun ham chiroqlar o’rnatilib, gabarit chiroqlar yoki faralar ulanganida yonadi. Salonni yoritish uchun ichki chiroqlar qo’llanilib, uchta holatda boshqariladi. Uzgich-ulagich, o’rta holatda bo’lsa eshiklar ochilganida yonib, yopilganida o’chadi. Uzgich-ulagichni ON holatiga bosilsa, chiroq doimo yonib turadi va OFF holatida eshik ochilganida ham yonmaydi. MATIZ avtomobilining orqa gabarit, to’xtash, burilish, orqaga harakatlanish chiroqlari bitta blokga jamlangan. Gabarit chiroqlari yongan holatda tormoz tepkisiga yig’ilganda orqa qizil chiroqning yorug’lik kuchi ortib to’xtash haqida ogohlantiradi. Yoritish tizimining asosiy nosozliklari Avtomobilni ishlatish jarayonida yoritish tizimida quyidagi nosozliklar uchrab turadi. Bularga lampa tolalarining kuyishi, lampa kolbalarining qorayishi, nur qaytargich yuzalarini ifloslanishi, nur torqatgichning darz ketishi va ifloslanishi, formalarning yorug’lik – texnik tavsifini pasayishi va yorug’lik dastasining rostlanmaganligi, namlik oqibatida elektr tutashmalardagi kontaktlarning yemirilishi va oksidlanishi. Faralarning rostlanishini buzilishi va nur kuchining yetarli emasligi yo’lning yoritilish sifatini ancha pasaytiradi. Faralarning noto’g’ri rostlanishi ro’paradan kelayotgan avtomobil haydovchisi ko’zining qamashishiga olib keladi. Yoritish asboblarining yorug’lik-texnik tavsifi pasayishining asosiy sabablaridan biri kuchlanish rostlagichining past rostlanganligi yoki faralar hamda boshqa yoritish asboblari zanjiridagi qarshilikning oshib ketganligi bo’lishi mumkin . Elektr jihozlarining 12 voltli tizimidagi faralarning ta’minlash zanjirida kuchlanishning pasayishi 0,5 V dan oshmasligi kerak. Texnik xizmat ko’rsatish Optik element ichiga chang va iflosliklar tushib qolganda yorug’lik kuchi pasayib ketadi. Agar nurqaytargich ko’zgusiga ko’p miqdorda chang o’tirgan bo’lsa, bu changni uning bo’g’zi orqali latta bilan artish tavsiya etilmaydi. Bu holda elementning ichki qismini suv bilan yuvish va havoda quritish kerak. Optik elementni yechishda va yig’ishda nurqaytargich ko’zgusiga qo’l bilan tegish ta’qiqlnadi. Nur qaytargichni orqa tomonidan qo’yiladigan lampalarni almashtirish uchun avval karbolitli patron yechib olinadi. Buning uchun patronni olib, so’ng lampa buraladi. Yoritish tizimining texnik holatini tashhislash. (MATIZ avtomobili misolida) Faralar Nosozlik Kelib chiqish sababi Bartaraf etish usuli Uzoqni yorituvchi fara soz, yaqinni yorituvchi fara ishlamayapti. Kombinatsiyalashgan faralar simlarini almashlab ulovchi ulagich buzilgan. Almashlab ulovchi ulagich almashtirilsin. Saqlagich EF 10 / Ef 11 bilan klemma 5 ( faralarni almashlab ulagich ) oralig ’ ida qisqa tutashuv yoki uzilish mavjud . Uzilish yoki qisqa tutashuvchi brtaraf etish yoki elektr o ’ tkazgichlarni almashtirish . Saqlagich kontaktlari Ef10 yoki Ef11 okislangan. Saqlagichlar almashtirilsin. Saqlagichlar Ef10 yoki Ef11 bilan klemma (2 fara ajratkich) oralig’ida uzilish yoki qisqa tutashuv mavjud. Uzilish yoki qisqa tutashuv bartaraf etilsin yoki elektr o’tkazgichlar almashtirilsin. Fara lampochkasi kontaktlari oksidlangan. Fara lampochkasi almashtirilsin. 12 Yerga ulanish uzilgan. Yerga ulanish ta’mir lansin. Yaqinni yorituvchi fara soz, uzoqni yorituvchi fara nosoz. Fara simlarini almashlab ulovchi kombinatsiyalashgan ulagich buzilgan. Almashlab ulovchi ulagich almashtirilsin. Saqlagichlar Ef8 / Ef9 bilan klemma 4 (faralarni almashlab ulagichi) oralig’ida qisqa tutashuv yoki uzilish mavjud. Uzilish yoki tutashuvni bartaraf etish yoki elektr o’tkazgichlarni almashtirish. Saqlagich kontaktlari Ef8 yoki Ef9 okislangan. Saqlagichlar almashtirilsin. Saqlagichlar Ef8 yoki Ef9 bilan klemma 1 (fara ajratkich) oralig’ida uzilish yoki qisqa tutashuv mavjud. Uzilish yoki qisqa tutashuv bartaraf etilsin yoki elektr o’tkazgichlar almashtirilsin. Fara lampochkasi kontaktlari okislangan. Fara lampochkasi almashtirilsin. Yerga ulanish uzilgan. Yerga ulanish ta’mirlansin. Uzoq va yaqinni yorituvchi faralarning o’ng yoki chap tomoni nosoz. Saqlagich Ef18 ni ta’minlovchi zanjirda uzilish yoki qisqa tutashuv mavjud Zanjir ta’mirlansin yoki elektr o’tazgichlar almashtirilsin. Saqlagich Ef18 kontaktlari okislangan. Saqlagich alamshtirilsin. Orqa tumanga qarshi fara Orqa tumanga qarshi fara ishlamayapti. Ajratkichning 87 klemmasi bilan orqa tumanga qarshi fara ajratkichning 15;30 klemmalari orasidagi zanjirda uzilish mavjudligi yoki tutashmaganligi. Elektr to’ki o’tkazuvchi simlar almashtirilsin yoki ta’mirlansin. Tumanga qarshi fara relesining nosozligi. Orqa tumanga qarshi fara relesi almashtirilsin. Orqa tumanga qarshi fara relesining 87 klemmasi orqa tumanga qarshi fara ajratkichi 6-klemmasi oralig’idagi zanjirda uzilish yoki tutashish Elektr sim o’tkazgich almashtirilsin yoki ta’mirlansin. 13 mavjud. 14 Tumanga qarshi fara relesining YE ajratkichi orqa tumanga qarshi fara 6klemmasi oralig’idagi zanjirda uzilish yoki tutashish mavjud. Elektr sim o’ tkazgic almashtirilsin ta’mirlansin. yoki Orqa tumanga qarshi fara ulagichi nosoz. Ulagich almashtirilsin. Zanjirdagi massa (G 201, G 401) uzilgan. Massaning uzilgan ulansin. joyi Orqa tumanga qarshi fara lampasining kontaktlari okislangan. Tumanga qarshi lampasi almashtirilsin. fara 15 KONSTRUKTORLIK QISMI Avtomobilni qismlarga ajratish va yig ’ ish jarayonida foydalaniladigan narsalarni to ’ rt guruhga bo ’ lish mumkin : 1. Asboblar 2. Uskunalar 3. Moslamalar 4. Jihozlar 1. Asboblar shartli ravishda ikkiga qismga bo’linadi: A) Universal asboblar; B) Maxsus asboblar. Universal asboblar ga turli konstuksiyada ishlangan kalitlar, kalit dastaklari, kallaklar to’plami, aylantirgich, bolg’a, zubilo, aylanma dastak, ombir, otvertka va boshqalar kiradi. Maxsus aboblar ga faqat biror ishni bajarish uchun mo’ljallangan asboblar kiradi. Bunga quyidagilar misol bo’la oladi. · g’ildirakni bo’shatish va mahkamlash kaliti; · gubchakni podshipniklari tirqishini sozlovchi kalit va boshqalar. Qirqish asboblari zubilo yoki krosmeysel, asosan bo’shatib bo’lmaydigan gaykalarni qirqib rezbali birikmalarni ajratish imkonini beradi. Ushlab turish yoki noqulay joydan mayda detallarni olishga ombir yoki pinsetdan foydalaniladi. 2. Uskunalar - asosan avtomobilga texnik xizmat ko’rsatishda foydalaniladi. Masalan: O’t oldirish shamini tozalash va tekshirish uskunasi, akkumulatorni holatini tekshirish uskunasi va shu kabilar. 3. Moslamalar - biror ishni bajarishda qulaylik yaratish uchun foydalaniladi. Moslamalar ikki guruhga bo’linadi. A) Universal moslamalar; B) Maxsus moslamalar; Universal moslamalar har xil detallarni chiqarishda foydalaniladi. Masalan: universal chiqarish asboblari. 16 Maxsus moslamalar faqat bir xil ishni bajarish imkonini beradi. Masalan : avtomobilning old osmasining prujinasini qisib bo’shatib olish va o’rnatish uchun mo’ljallangan moslama yoki klapan prujinasini siqib undagi qulfni olish imkonini beruvchi moslama. Moslamalarning turlari ko’p ular bilan o’quv yoki ishlab chiqarish amaliyotida ish davomida tanishib, ishlash usulini o’rganib olish mumkin. 4. Jihozlar - asosan avtomobilni qismlarga ajratish-yig’ish, texnik xizmat ko’rsatish, tashxiz qo’yish va ta’mirlashda foydalaniladi. Avtomobilni qismlarga ajratish-yig’ishda quyidagi jihozlarni namuna sifatida ko’rsatib o’tamiz. (rasmlar). .1. yoki 4.2. avtomobil dvigatelini ko’tarish uchun foydalaniladi. Albatta mavjud bo’lgan boshqa yuk ko’targichlar ham har xil sharoitdan kelib chiqib foydalaniladi. 4.1. Gidravlik yuk ko’targichning afzalligi yengil xarakatlanishi, yukni oson ko’tarish va tushirishi uchun kam kuch sarflashi. 4.4. Dvigatelni o’rnatib mahkamlash stendida dvigatellarni 360 ° burchakka aylantirish imkoniyati mavjud. Bu dvigatelning barcha detallarini yechib olish uchun qulaylik tug’diradi. 4.5. Gidropress taranglik bilan birikkan detallarni bosib chiqarish yokikiritish imkonini beradi. 4.6. Gidrodomkrat yukni ko’tarish uchun juda qulay bo’lib undan detallarniyechish yoki o’rnatishda foydalanish mumkin. AVTOMOBILNING YORITISH TIZIMI ASBOBLARINI TEX NIK HOLATINI BAHOLASH VA ROSTLASH ISHLARINING TEXNOLOGIK KETMA-KETLIGI (DAMAS avtomobili misolida) Faoliyat turlari Asbob uskuna, moslama va ashyo. Rasm (ko’rinish) Ish bajarishda quyiladigan talablar. 17 I. Asbob yordamida faralarni rostlash. 1.1. Tekshiruv asbobini belgilangan masofa bo’yicha o’rnatish. Qo’lda Avtomobil tekis maydonchaga qo’yilib, 3 m masofada tekshiruv asbobining ustuni qo’yilsin. 1.2. Tekshiruv asbobini fara markaz o’qi bo’yicha o’rnatish. Qo’lda. 1-ustun; 2-tekshirish asbobi. Tekshirish asbobi yordamida faraning markazi bo’yicha o’rnatilib, shkaladagi strelka «0» ga keltirilsin. 1.3. Faradagi yorug’lik nurining yo’nalishini tekshirish va rostlash.(chap farasi). Otvertka. Nurning optik o ’ qi avtomobil harakat yo ’ nalishiga parallel bo ’ lsin , yuqori tomonga og ’ ishga ruxsat etilmaydi . 10 m uzoqlikda fara 18 1.4. Faradagi yorug’lik nurining yo’nalishini tekshirish va rostlash. (o’ng farasi). nurining o’q dan chetga chiqishi 30 sm. gacha ruxsat etiladi. II. Faralarni ekran yordamida rostlash 2.1.Tekshirish ekranini o’rnatish. Qo’lda. Avtomobil tekis maydonchaga qo’yilib, 5 m masofa oralig’ida 1000x2000 mm o’lchamli shit tik o’rnatilsin. 19 2.2. Ekranga belgilar qo’yish. (Avtomobilning texnik tavsifi bo’yicha) Bo’r, chizg’ich. A va V faralar markazlari orasidagi masofa. Yerdan fara markazigacha bo’lgan masofaga teng qilib ekranga gorizontal I-chiziq chizilsin. Chiziqdan 80 mm pastga IIchiziq chizilsin. Faralarning markazi bo’yicha vertikal A va V chiziqlar chizilsin. 2.3. Faralar gardishi (obodok) larini yechib olish. Otvertka. 1-vint; 2-fara. Vint 1 bo’ shatilib, gardish 3 yechib olinsin. 20 2.4. Yaqinni yoritish faralarini rostlash. (chap farasi). Otvertka. Yaqinni yoritish faralarini yoqib, o’ng farani (chap fara biron-bir qora material bilan yopilib) rostlash vintlarini burab nur dastasining yuqori tomoni 2 chi chiziq bilan moslashguncha rostlanadi. Qiyalik boshlanadigan joy A nuqta bilan kesishsin. 21 2.5. Yaqinni yoritish faralarini rostlash. (o’ng farasi). Otvertka. Yaqinni yoritish faralarini yoqib, chap farani (o’ng fara biron-bir qora material bilan yopilib) yuqori tomoni 2 chi chiziq bilan moslashguncha rostlanadi. Qiyalik boshlanadigan joy V nuqta bilan kesishsin. 2.6. Faralar gardishini o’rnatish. Otvertka. A-joylashish holati; 2-vint. Gardish joyiga o’rnatilib, vint 2 da mahkamlansin. 22 23 3-rasm. Avtomobillarning old faralarini sozlovchi jihozdan foydalanish jarayoni. 24 4-rasm. Avtomobillarning old faralarini sozlovchi jihozning konstruktsiyasi. 1-g'ildirak, 2-jihoz asosi, 3-fara nurini kuzatuvchi maxsus oyna, 4-oynani balandligini sozlash qurilmasi, 5-oynani harakatlantiruvchi ustun, 6-avtomobilga nisbatan jihozni parallel turishini ta'minlovchi oynak, 7-g'ildirakni qulflovchi qurilma, 8-maxsus oynani ilgarilanma yoki qaytma harakatini ta'minlovchi muruvat, 9-maxsus oynani belgilangan balandlikda ushlab turuvchi qulflovchi muruvat, 10- avtomobilga nisbatan jihozni parallel turishini ta'minlovchi oynak muruva ti. 25 XULOSA Avtomobil faralari yo’lni yaxshi yoritish bilan bir vaqtda boshqa harakat ishtirokchilarini ko’zini qamashtirmasligi lozim, shu sababdan avtomobil faralari uzoq va yaqin masofani yoritishga mo’ljallangan ikki rejimda ishlaydi. Yorug’likni taqsimlashni asimetrik yevropa tizimli faralarida, chiroqning yoritish cho’lg’ami 2 ostiga joylashtirilgan himoyalagich (ekran) va qisman shisha yordamida yorug’lik dastasini qayta taqsimlanishi hisobiga, assimetrik, dastaning o’ng tarafi 15 ° yuqoriga ko’tarilgan, yorug’lik-qorong’ilik chegarasi hosil qilinadi Faralarni boshqarish uchun rul kolonkasining chap tomonida joylashgan, ko’p vazifali tortqidan foydalaniladi. Tortqidagi uzib ulagichni birinchi holatga burilsa: gabarit chiroqlar, davlat raqami yoritgichi va asboblar jamlamasini yorituvchi chiziqlar yoqadi: ikkinchi holatga burilsa: barcha oldin yondirilgan chiroqlar va yaqinni yoritish yoqiladi. Uzoqni yoritish faralarini yoqish uchun tortqi pastga bosiladi, bunda asboblar jamlamasidagi uzoqni yoritish farasi yoqilganligini ogohlantiruvchi chiroqcha yonadi. Yaqinni yoritish farasini yoqish uchun tortqini yuqoriga, oldingi holatga ko’tariladi. Barcha chiroqlarni o’chirish uchun uzgichulagich «OFF» holatiga keltiriladi. Kurs loyiha ishimda " Avtomobillarning old faralarini sozlash jihozi" mavzusida izlanishlar olib bordim va bu orqali avtomobillarga o’rnatilayotgan yoritish tizimlarini afzallik va kamchiliklarini o’rganishni va shu orqali old faralarni sozlash bo’yicha jihozini vazifasi, ishlash uslubi va uning konstruktsiyasini o’rganib, uni AutoCAD dasturida loyihaladim. 26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. X. Mamatov. Avtomobillar 1-qism. Toshk е nt, O’zb е kitson: 1995 yil, 336 b е t. 2. Х . Ма matov. А vtomobillar (Avtomobillar konstruksiyasi asoslari): IIqism. Darslik, Тоshkеnt.: O’zbekiston, 1998 yil, 270 bet. 3. BOSCH Avtomobilsozlik bo’yicha spravochnik (nemis tilida). Fluent Deutschland GmbH 2007. 4. EUROPA Lehrmittel Avtomobilsozlik uchun maxsus spravochnik (nemis tilida). Verlag Europa-Lehrmittel Nourney, Vollmer GmbH & o. KG - 2005. 5. EUROPA Lehrmittel maxsus mujozlar uchun Avtomobilsozlik asoslari (nemis tilida). Verlag Europa-Lehrmittel Nourney, Vollmer GmbH & o. KG 2005. Островцев А . Н . « Основы проектирования автомобилей » М ., Маш , 1974 г ., 243 с . 6. Родионов В.Ф., Фиттерман Б.М. «Проектирование легковых втомобилей» 2-е издание, переработанное, М., Маш., 1980г., 479с. 7. Высоцкий М.С. и др., «Грузовые автомобили. 8. Проектирование автомобиля», М., Маш , 1979., 384с. 9. Осепчугов В.В., Фрумкин А.К. «Автомобиль. Анализ конструкций, элементы расчета» М.,Маш., 1989г. 304с. 10. Лукин П.П. и др. «Конструирование и расчет автомобиля» М., Маш, 1984г., 376с. 11. Автомобили. «Конструкции, конструирование и расчет». Под редакцией А.И. Гришкевича. Минск, Высшая школа, 1985г., 240с 12. Автомобили. Конструкции, конструирование и расчет. Под редакцией А.И. Гришкевича. Минск, Высшая школа, 1987г., 200с. 13. Проектирование трансмиссии автомобилей. Справочник. Под редакцией А.И. Гришкевича М., Маш, 1984г., 264с. 14. ILOVA. Регулировка фар Правильная регулировка фар имеет большое значение для безопасности движения. Регулировка фар предназначена для правильного рассеивания света фар. Чтобы свет не слепил водителей встречного ранспорта. Фары необходимо регулировать для собственной безопасности и для безопасности других автомобилей. Обычно регулировка фар в процессе эксплуатации подвергается изменению незначительно. Однако при большой загрузке автомобиля фары необходимо регулировать, иначе при дальнем свете они будут «освещать деревья», а при ближнем—ослеплять встречных водителей. Cамостоятельная регулировка света фар Проверку и регулировку света фар проводите на снаряженном автомобиле (с полностью заправленным топливным баком, комплектом инструментов и запасным колесом). Вам потребуется крестообразная или шестигранная отвертка. 1. Предварительно проверьте и при необходимости доведите до нормы давления воздуха в шинах. 2. Установите автомобиль перпендикулярно гладкой стене на расстоянии 7 м. Положите на сидение водителя груз массой 75 кг. Разметьте на стене экран, как показано на рисунке. Продольная плоскость симметрии автомобиля должна проходить по лини 0 на экране. Покачайте автомобиль сбоку, чтобы самоустановились пружины подвесок. 3. Измерьте на вашем автомобиле высоту центров фар от пола. Это будет расстояние h на экране. (высота центра левой и правой фар может отличатся) 4. Установите регулятор электрокорректора света фар на панели приборов в положение "0". 5. Включите ближний свет. 28 6. Направление светового пятна рекомендуется регулировать для каждой фары в отдельности. Вторую фару во время регулировки закройте непрозрачным материалом. 7. Откройте капот и, вращая регулировочные винты, отрегулируйте положение на экране светового пятна для каждой фары по отдельности. 8. Фары считаются отрегулированными, когда верхние границы левых частей с ветовы х пятен совпадают с линией 4, а вертикальные линии 1 и 2 проходят через точки E1 и E2 пересечения горизонтальных и наклонных участков световых пятен. Если на автомобиле установлены противотуманные фары, то направление их пучка света необходимо отрегулировать только по высоте. Вращая регулировочный винт, добейтесь, чтобы верхние границы световых пятен находились на линии 4 или чуть ниже ее. Регулировка света фар на ваз 21099,2109,2108 Главная » Статьи » Ремонт и уход » Регулировка света фар на ваз 21099,2109,2108 Чтобы правильно отрегулировать свет фар автомобиля его необходимо установить на горизонтальную ровную поверхность. Перед этим рекомендуется проверить давление в шинах . Кроме этого, для проверки необходимо полностью заправить топливный бак, установить на место запасное колесо и положить в багажник весь комплект инструментов. · Автомобиль необходимо установить перед перпендикулярной гладкой поверхностью на расстоянии примерно 5 метров. · На водительском сидении нужно расположить любой груз весом примерно 75 кг. · На стене необходимо начертить экран, изображенный на рисунке. · Далее нужно измерить высоту от пола до центра фар – на рисунке она обозначена h. Линия 0 обозначает продольную плоскость симметрии машины. · Ручку гидрокорректора фар поставить в положение «водитель и передний пассажир», включить ближний свет . · Отрегулировать направление луча каждой фары по световому пятну. Чтобы облегчить эту задачу, можно одну фару закрывать непрозрачной материей. · Если расположение световых пятен на экране не соответствует рисунку, необходимо произвести регулировку положения фар винтами в горизонтальной и вертикальной плоскости отдельно для каждой фары. · Свет фар считается полностью отрегулированным, когда левая часть световых пятен совпадает с линией, обозначенной как N, а вертикально расположенные линии А и В пройдут через точки С1 и С2, которые образуются пересечением расположенных горизонтально и наклонных частей световых пятен. Проверка и регулировка положения фар Регулировка угла наклона света фар a — Отметка для регулировки ближнего света фар b — Отметка для регулировки дальнего света фар с — Отметка для регулировки света противотуманных фар Регулировка угла наклона света фар е — Установочный размер для угла наклона света фар n% — Наклон светотеневой границы Н — Высота середины угла наклона света фар h — 30