logo

Koreya Respublikasida ekologik muammolar va ularni bartaraf etishning iqtisodiy yo’llari

Yuklangan vaqt:

24.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

150.9892578125 KB
Koreya Respublikasida ekologik muammolar va ularni bartaraf etishning iqtisodiy yo’llari Reja: Kirish 1. Koreya Respubliksida yuqori darajadagi texnologiyalarning joriy qilinishi natijasida atrof-muhitning ifloslanish darajasi. 2. Atrof-muhitni himoya qilinishning asosiy yo’nalishlari va uning istiqbollari. 3. Toza gibrid avtomobillar ishlab chiqarish 4. Yashil texnologiyalarni rivojlantirish yo’li bilan yangi ish joylarini yaratish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1 Kirish Hozirgi paytda tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirning tobora jiddiylashuvi va buning natijasida kelib chiqayotgan tabiiy, ekologik oqibatlar tabiatning qashshoqlashuviga sabab bo’lmoqda. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga ta’sir etar ekan, uning o’zi ham aks ta’siriga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta’siri ko’p hollarda tabiat qonunlarini hisobga olmasdan amalga oshirilmoqda. Bunday ko’ngilsiz hodisalarning oldini olish va tabiat mahsuldorligini muntazam ko’paytirib borish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda saqlab qolish muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov o’z nutqlari, asarlarida ekologik muammolarning dolzarbligini ta’kidlab o’tganlar. Jumladan “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida; xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarining I-bobi “Xavfsizlikka taxdid”, deb nomlanib, unda Prezidentimiz ekologik muammolar masalasiga keng e’tibor berganlar. Ilm-fan taraqqiyoti tobora ilgarilayotgan, stivilizastiya kundankunga yuksalayotgan bugungi zamonda talay global ekologik muammolar o’z echimini kutayotgani jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Bunday vaziyatni bartaraf etish, ona tabiatni asrab - avaylash, bu borada o’zaro hamkorlik, hamjihatlikni kuchytirish maqsadida sayyoramizda 5-iyunni atrof muhitni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlanmoqda. 1 Ekologik muammolarni dolzarb masalaga aylanganligi uchun BMT ning atrof- muhit muhofazasi masalalariga katta ahmiyat berishidan bilib olishimiz mumkin. BMT ning 1972-yilda tashkil qilingan atrof-muhit bo’yicha maxsus dastur – YuNEP xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari 1948-yili tuzilgan nodavlat tashilot Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (TMXI) yuzdan ortiq davlatlar o’rtasida ekologik muammolarni hal 1 Stud24.ru 2 qilish bilan shug’ullanmoqda. Hozirgi kunda ekologik muammolarning naqadar dolzarbligini anglab yetish uchun BMTning global ekologik ma’lumotlari (1992) dan bir qator faktlarni keltirish mumkin. Ekologiya sohasida eng jiddiy masalalari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan: - Chuchuk suvning yetishmasligi (uning 63% qishloq xo’jaligida, 23% sanoatda va faqat 8% turmushda ishlatidadi); - Dunyo okeanining ifloslanishi («o’lik zonalarning» paydo bo’lishiga qadar). - Orolning qurishi (uning sathi 3 metrga pasaydi, yana 9-13 metrga pasayishi va sho’rlanishning 10 marta ortish kutilmoqda), - Havoning halokatli tarzda ifloslanishi, xususan yirik shaharlarda (Parij, Madrid, Rio-de-Janeyro, Tokio, Sidney, Toronto, London, Tegeran, Bangkok, Nyu- York va boshqalar); - Tuproq eroziyasi (tuproqning 15% allaqachon tiklab bo’lmas darajada eroziyaga uchragan); - O’rmonlarning yo’q bo’lib ketishi (har yili 16,8 mln gektar o’rmon kesib yuborilmoqda); - Tabiiy ofatlar oqibatlari (toshqinlar, zilzila, bo’ronlar, vulqonlar otilishi va hokazo). Dunyo hamjamiyati diqqatini ekologik muammolarga qaratish, insonlarning ekologik bilim va madaniyatini boyitish, ularning ekologik tafakkurini, ongini yanada yuksaltirish maqsadida sayyoramizda turli ekologik sanalar belgilangan. Jumladan, 2 fevral - Xalqaro suv botqoqliklari kuni, 21 mart - Xalqaro o’rmon kuni, 22 mart - Butunjahon suv resurslari kuni, 15 aprel - Xalqaro ekologik bilimlar kuni, 22 aprel - Butunjahon er kuni, 12 may - Ekologik ta’lim kuni, 22 may - Xalqaro bioxilma-xillik kuni sifatida nishonlanadi. 2 Shu jumladan Janubiy Koreya Respublikasida ham Atrof-muhitni Himoya Qilish Vazirligi mavjud. Bu 2 Wattpad.com 3 Vazirlikning asosiy vazifasi atrof-muhitning nima maqsadda, qanday qilib ifloslanayotganini, qanday texnalogiyalarni ishlab chiqarishni to’xtatish kerak, va qanday texnalogiyalarni o’zgartirish kerakligini va shunga o’xshash muammollarni ko’rib chiqishdir. Atrof-muhitni himoyalash vazirligining maqsadi atrof-muhit ifloslanish xataridan mamlakat hududlarni himoyalash va toza tabiiy muhit, toza suv va toza havo orqali aholi hayot darjasini yaxshilashdan iborat. Bundan tashqari, vazirlik dunyo ekologiyasini asrashda o’z hissasini qo’shishga harakat qilmoqda. 2008-yilning Fevral oyida iqlim o’zgarishining oldini olish maqsadida Koreya metrologik ma’muriyati vazirlik filialiga aylantirildi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ijtimoiy ekologik muammolar faqat bugungi kunda paydo bo’lgan muammo emas. Bu masalaga turli zamonlarda turli amaliyotchilar va olimlar murojat qilib kelishgan. Jumladan, chet ellik olimlardan Amerikalik olim Radrik Makkenzsi va A. Xoulilar ijtimoiy ekologik muammolar haqida ilk izlanishlarni olib borgan. Ayniqsa V.I. Vernadskiy ekologik muammolar dolzarb masalalardan ekanligini o’z asarlarida yoritib bergan. Bu mavzuni shuningdek V. N. Sukachev, B.A. Keller, V. V. Alexin, V. G. Ramenskiy, A.P. Shennikov va boshqalar o’rganganlar va o’z ilmiy ishlarini shu muammoni bartaraf etish masalariga bag’ishlaganlar. Chet ellik olimlardan F. Klelints, K. Raunkier, T. Dyu-Rie, I. Braun-Blankelar tabiat bilan jamiyat o’rtasidsgi ta’sir va ularning oqibatida vujudga keladigan muammolarni o’rgangan. Koreyadaekologik muammolarini chuqur o’rganib chiqqan olimlar Jon Von LI 3 , Cho Tae-Yul 4 , Inbom Choi 5 , Moonsung Kang ,Suyeob Na, Yang Jun-Sok va boshqalarni kiritish mumkin. Kurs ishi manbalari sifatida O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimovning O’zbekistonda atrof-muhit mammolarini o’rganib chiqish va bu muammolarning iqtisodiy yechimlari masalalariga bag’ishlangan asarlari, xorijiy va 3 «ЭкономикаКореи», 2006 yil 4 “U.S.-Korea Economic Relations in 2000 – A View from Seoul” 2001, KEI, Washington 5 5 Free Trade between Korea and the United States? IIE,Washington, 2001. 4 Koreya Respublikasi iqtisodchi olimlarining o’rganilayotgan mavzu bo’yicha ilmiy ishlari, Koreya Respublikasining Atrof-muhitni himoya qilish vazirligi materiallari, xalqaro tashkilotlarning statistik ma’lumotlari xizmat qildi. Kurs ishining asosiy maqsadi . Koreya Respublikasida atrof-muhit muammolarini o’rganib chiqish va ularning iqtisodiy yechimlarining asos iy xususiyatlarini ko’rib chiqish va tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish ko’zda tutilgan: • Janubiy Koreya iqtisodiyoti asoslari • Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlanishining atrof-muhitga salbiy ta’siri • Koreya Respublikasida o’gir sanoat iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili ekanligi va uning atrof-muhitga ta’siri Kurs ishidagi ilmiy yangiligi. Koreya Respublikasining hozirgi iqtisodiy potensialiga yetishdagi asosiy omillarini tahlil qilish va bu iqtisodiy o’sishning atrif- muhitga salbiy ta’siri, hamda bu muammoga qarshi kurashish choratadbirlarini aniq ko’rib chiqish. Shuningdek, muommolarni tahlil qilish jarayonida foydali bo’lgan tavsiyalar berilgan. Koreyada bu bo’yicha yeshil gibrid avtomobillar ishlab chiqarish dasturining qabul qilinishi va ularning ifloslanishni kamaytirishga kiritayotgan hissasi ko’rsatib berilgan. Kurs ishining amaliy ahamiyati . Mavzu doirasida tadqiq qilingan izlanishlar oqibatida Koreya Respublikasidagiekologik mummolarning ani q sabablarini ko’rsata bilish. Shuningdek, bu muammolarga qarshi kurashishn ing iqtisodiy- optimal yechimilarini ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining tuzilishi . Kirish, 4 ta re’ja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Kirish 5 Dunyoda aholi soni yildan yilga oshib borishi sanoat va trasportning rivojlanishi fan texnikaning taraqqiy etishi insonning biosferaga ko’rsatayotgan ta’siri doirasini kengaytirib bormoqda. Bu esa o’z navbatida u yoki bu muammolarni keltirib, chiqishga sabab bo’lmoqda. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan bog’liq holda, tabiatning insonga aks ta’siri yani uning iqtisodiy hayotida xo’jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq bo’lgan (stixiyali talofatlar, iqlimning o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko’chib ketishi, ba’zi bir kasalliklarning kelib chiqishi va boshqalar) har qanday hodisa tushuniladi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o’simlik dunyosi ayniqsa o’rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Bugungi kunda yer yuzi quriqligining 25 foizini o’rmonlar tashkil etadi. Ular Shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarga tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o’rmonlarning holatini yaxshi deb bo’lmaydi. Chunki bugungi kunga kelib yiliga 3 mlrd m 3 hajmda o’rmonlar qirqilmoqda, FAO ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkichlar yaqin yillar orasida 1,5 martaga oshishi mumkin. Aholi sonining ortishi, xo’jalik faoliyatining kengayishi tufayli tabiatning inson qo’li tegmagan joyi qolmayapti. Havodagi ifloslanishlarning 70-80 foiz avtomobillarga to’gri keladi. Y. V. Novekov, Beknazarovlarning 1983-yili yozishicha avtomabillar havoga 200 dan ziyod turli aerosol zarrachalarini chiqaradi. Har bir avtomabilga bir yilda 200kg (asosan benzin) va 300 ming m 3 havo sarflanadi. Anashu yoqilg’idan bitta avtomobil havoga bir yilda 700kg uglerod oksidi,230 kg yonmagan uglevodlar,30 kg azod oksidi va 2-5 kg qattiq moddalar chiqaradi. Bizga ma’lumki ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U iqlimni va yer yuzidagi barcha tirik organizimlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azod okidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarini yutib qolib yer yuzidagi tirik organizimni himoya qiladi. Ultirabinafsha nurlarining ortishi tirik organizimga juda katta salbiy ta’sir qiladi. Ultirabinafsha nurlari ta’sirida nurlanish odamlarda 6 teri kasalliklarining ortishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotgani aniqlangan. Bundan tashqari yana bir dolzarb muammolardan biri chuchuk suv muammosidir. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo’lib, 2.8 foiz ni tashkil qiladi. Chuchuk suv zaxirasi asosan qutiblardagi muzliklardir. Jamiatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi kundan kunga orti bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanush 7 marta oshgan, yiliga 3-3.5km 3 suv sarflanmoqda. XXI asrga kelib bu ko’rsatkich 1.5-2 martaga oshganligi aniqlandi. Daryolarning umumiy yillik oqimi yer yuzi bo’yicha 50 ming km 3 , ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yetishmasligi aniq. Daryolarning sanoat va maishiy zaharli moddalar bilan ifloslanishi o’sib bormoqda, sanoat yiliga 160km 3 sanoat chiqindilarini oqova suvlarga tashlaydi. Bu ko’rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10 foizini, ba’zi rivojlangan davlatlarda 25-30 foizini tashkil etadi. Daryo toza suvlarida yildan yilga har xil erigan moddalar, zaharli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib, toza iste’mol suvlari ham yaroqsiz ahvolga kelib qolmoqda. 1. Koreya Respubliksida yuqori darajadagi texnologiyalarni joriy qilish natijasida atrof-muhitning ifloslanish darajasi. 7 1970-yillar davomida Diktator Pak Chun-he qo’l ostida Janubiy Koreya Respublikasi juda tez rivojlandi. Sanoat ishlab chiqarishi va infratuzilma bilan bog’liq katta qadamlar tashlandi. O’gir sanoat 1970-yillarning oxirlaridan 1997-yilgi Moliyaviy inqirozga qadar mamlakatning asosiy eksport yo’nalishi bo’ldi va xuddi shu sohadan tashqi foydaning eng katta qismi kirib kelar edi, shu davrda bu soha shiddat bilan yuksalib bordi. Juda tez sanoatlashish davrida Seul hududi va Gyeonggi-do provinsiyasi eng yuqori darjada ifloslangani kuzatildi. Hozirgi kunga kelib, BMT tashkilotiningatrof-muhitni himoya qilish bo’yicha bir qator loyihalari ishlab chiqilgan. Bu loyihalar bo’yicha bir qator tendrlar e’lon qilingan. Qaysi bir mamlakat ushbu tendrni bajarib bera olsa, qanday qilib atrofmuhitni himoya qilish yo’l-yo’rig’ni o’rgatsa, o’sha mamlakat tendrda g’olib chiqadi. O’sha g’olib bo’lgan mamlakatga ajratilgan pulni beradi, va o’sha mamlakat ilmiy ish olib boradi. Birgina BMT emas, balki har bir mamlakatda atrof-muhitni himoya qilish qo’mitasi tuzilgan. Shu jumladan Janubiy Koreya Respublikasida ham Atrof-muhitni Himoya Qilish Vazirligi mavjud. Bu Vazirlikning asosiy vazifasi atrof-muhitning nima maqsadda, qanday qilib ifloslanayotganini, qanday texnalogiyalarni ishlab chiqarishni to’xtatish kerak, va qanday texnalogiyalarni o’zgartirish kerakligini va shunga o’xshash muammollarni ko’rib chiqishdir. Vazirlik tarixi Janubiy Koreya tabiatini muhofaza qiluvchi organ hisoblangan atrof-muhitni himoyalash vazirligining vujudga kelishi, mamlakat ekologiyasining ifloslanishi bilan bog’liq. Sog’liqni saqlash vazirligi 1967-yili tashkil topgan bo’lib, u 1973- yili ekologik sankiyalarga javob beradigan ifloslanishni nazorat qiluvchi bo’lim bilan kengaygan edi. Bir necha reformalar va tabiatni muhofaza qilish organi kengaygandan so’ng, 1980-yil atrof-muhitni himoylash agentligi sog’liqni saqlash vazirligining filiali sifatida ish yurita boshladi. 1990-yilning Yanvar oyida atrofmuhitni himoylash agentligi ekologik masalalarni effektiv tarzda 8 yaxlitlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Bosh vazir konselyariyasi qoshida atrof-muhitni himoylash vazirligiga o’zgartirildi. 1994-yili vazirlik o’z siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha keng vakolatlarga ega bo’ldi. Vazirlikning maqsadi Atrof-muhitni himoyalash vazirligining maqsadi atrof-muhit ifloslanish xataridan mamlakat hududlarni himoyalash va toza tabiiy muhit, toza suv va toza havo orqali aholi hayot darjasini yaxshilashdan iborat. Bundan tashqari, vazirlik dunyo ekologiyasini asrashda o’z hissasini qo’shishga harakat qilmoqda.2008yilning Fevral oyida iqlim o’zgarishining oldini olish maqsadida Koreya metrologik ma’muriyati vazirlik filialiga aylantirildi. Atrof-muhitni himoyalash vazirligi vazifalari:  Ekologik qonun va qoidalarni qabul qilish va o’zgartirish  Tabiatni muhofaza qilish bilan shug’ullanuvchi muassasalarni tashkil etish  Tabiatni muhofaza qilish strukturasini shakllantirish  Atrof-muhitni himoyalash bo’yicha mahalliy hokimyat organlariga ma’muriy va moliyaviy yordam ko’rsatish  Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha Shimoliy va Janubiy Koreya hamkorligi  Boshqa mamlakatlar bilan ekologik hamkorlik Shuni takidlab o’tish joizki, Janubiy Koreyada utilizatsiya sohasida olib borilgan ishlarda yuqori texnologiyalarda joriy qilish asosida davlat organi va munisipalitetlarning uzoq muddatli mehnati yotadi. Rivojlangan mamlakatlar (birinchi navbatda g’arbiy Yevropa, AQSH, Kanada, Yaponiya va Janubiy Koreya) da chiqindilarni boshqarish quyidagi ahamiyatli ko’rinishga ega: - chiqindilarni ko’mish utilizatsiya qilish bo’yicha qat’iy ekologik standartlar 9 - texnik nazorat qilish chora tadbirlarini o’rnatish xususan tavarlarni qayta ishlatishga mo’ljalanganligi haqida va atrof-muhit uchun zararli bo’lgan, maxsus utilizatsiya qilish kerakligi to’g’risida yozuvlarni yozish - ishlatilgan batareya, akumulyator, lampa, lak, bo’yoq va boshqa xavfli maishiy chiqindilar tashlash sistemasini joriy etish -samarali amalga oshirilayotgan chiqindilarni turlab tashlash sistemasini chiqindi tashlash qoidalarini buzish to’g’risidagi sanksiyalar bilan mustahkamlash. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bunday tizimni muvoffaqiyatli yo’lga qo’yish imkoniyatiga hukumatning uzoq olib borgan ishlari orqali erishildi. Masalan, Germaniyada aholini singan shishalarni kontenyerga tashlashga o’rgatishi uchun 20 yil kerak bo’ldi. -chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bilan shug’ullanuvchi kompaniyalarni iqtisodiy rag’batlantirish ishlarinini olib borish -ikkilamchi xom-ashyodan tayyorlangan mahsulotlarga bo’lgan aholi munosabatini yaxshi tomonga o’zgartirishga yo’naltirilgan propaganda kompaniyalarini o’tkazish. Bu tadbirlarni amalga oshirish orqali sezilarli natijalar yuzaga keldi, bular: chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish xarajatlarining kamayishi, shuningdek ikkilamchi xom-ashyodan ishlab chiqilgan tovarlarga talabning shakllanishi. Bularning barchasi chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash sohasini rivojlangan mamlakatlarda foydali biznesga aylantiradi. Bundan tashqari, chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida yangi texnologiyalarni o’zlashtirish bo’yicha investitsiyalarni jalb qilish uchun asos yaratiladi. Janubiy Koreyada ekologiyani muhofaza qilishning yana bir usuli o’ylab topildi. Ularni endilikda xaridorlar tovarlarni oddiy plastik o’ramlarda emas, balki chiqindilari tashish uchun mo’ljallangan paketlarda xaridni amalga oshirish yo’lga qo’yildi. Bu paketlarda tovar sotib olingandan so’ng ularni uyda chiqindilar uchun ishlatish mumkin. Bunday paketlar hajmi 30 litrni tashkil etib ular chidamliligi bilan ajralib turadi. Atrof-muhitni himoya qilish vazirligining xabar berishicha, bunday 10 paketlarni joriy qilish orqali yuzaga kelgan foyda 7 mln dollardan oshadi va atmosferaga issiqxona gaz chiqishini 7100 tonnaga kamytiradi. Bu dastur 2 yil mobaynida butunlay amalga oshrilishi ko’zda tutilmoqda. Koreyaning eng yorqin va muvoffaqiyatli innavatsion ekologik loyihalaridan biri bu ma’daniy va etnik xususiyatga ega bo’lgan Xongechxon va “Orhideya oroli” dir. Yaqin kunlargacha avvalgi Kimpho xalqaro aeroporti yo’lida chorak asr mobaynida poytaxtdagi barcha chiqindilar olib kelib tashlanadigan 2 bahaybat chiqindi tog’lari turar edi. Endilikda esa u yer manzarali xiyobonga aylantirilgan va bu Janubiy Koreyaning milliy strategiyasiga aylangan ekologiyaning yangi yondashuvning yagona misoli emas. 100 metr balandlikka yetadigan axlatxona qalin tuproq qatlami bilan yopilib, plastik setkalar bilan mustahkamlanib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yashil xiyobonga aylantirilgan yerlar orasida deyarli sezilmaydigan yer osti quvurlari bilan bog’langan yog’och quduqlar mavjud. Ular orqali chiqindilar chirishi natijasida hosil bo’lgan gazlar olinadi va olingan gazlar elektr toki ishlab chiqarishga sarflanadi. Bunda nafaqat xiyobonni elektr toki bilan ta’minlabgina qolmay, balki park yaqinida joylashgan ko’pqavatli to’qqiz mingga yaqin uylarni elektr toki bilan ta’minlash imkonini beradi. Yana bir o’zgarishga misol avval Seul hokimi bo’lgan Li Myon Bak tomonidan amalga oshirilgan Chxongechxon daryosining tiklanishidir. Aynan Bu loyihaning muvoffaqiyati 2007-yilning oxirida bo’lib o’tgan saylovlarda Li Myon Bakning g’alaba qozonishiga katta turtki bo’lgan degan fikrlar ham mavjud. Hangan daryosiga borib quyiladigan Chxogechxon, avvallari yomg’ir mavsumida doim yuzaga keladigan suv toshqinlari tufayli Seul aholisiga ko’pgina tashvish keltirardi.1978-yili Janubiy Koreya sanoati rivojlnayotgan bir paytda daryo yerosti quvurlariga berkitilib, butunlay ko’mib tashlangandi. Ustidan esa avtoyo’l qurilgan edi. Chxongechxon Janubiy Koreyaning industrial rivojlanish ramziga aylangan 11 edi. Lekin yo’llar va ular atrofida qad ko’targan binolar tezda eskirib, xunuk manzara paydo qildi. 2005-yili Seulning sobiq hokimi Li Myon Bak daryoni tiklashga qaror qilib, poytaxt markazida toza ekologik hudud barpo etdi. Daryo sohillarining biriga daryo tarixini va koreys xalqi mehnatini ko’rsatadigan muzey qurildi. Chxongechxon endilikda industrializatsiyga emas, balki tabiatga intilayotgan zamonaviy Koreyaning ramziga aylandi. Atrof-muhitaga bo’lgan bunday munosabat iqtisodiy inqirozning oldini oluvchi “Yashil o’sish” siyosati asosida yotadi, bundan tashqari mamlakatning sanoatlashgan hududlarining toza ekologik hududlarga aylanishi malakat aholisida pozitiv kayfiyat yaratadi. Va bu albatta Janubiy Koreya intilayotgan muvoffaqitani ta’minlovchi sohadir. Atrof-muhitning ifloslanishi turli sabablarga ko’ra kelib chiqadi. Shu jumladan Havoning ifloslanishi: Atmosferani ifloslantirivchi asosiy omillar zavod, korxona va avtomabillardan chiqadigan tutun va changlardir. U havoga ko’tarilib atmosfera oqimini buzadi. Bundan tashqari hozirgi kunda sifatsiz texnalogiya va sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni ishlatish natijasida atmosferaning ifloslanishi kundan kunga ortib 12 Atrof muhitning ifloslanishi Havo a tmosfera) ning ifloslanishi Suvning ifloslanishi Yerning ifloslanishi bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra rivojlangan mamlakatlarda aholining ko’p qismi velosepetdan foydalanar ekan Lekin Janubiy Koreyada esa buning aksi, avto ulovlardan foydalanishganligi kuzatilmoqda. Yuqorida aytib o’tilgandek havodagi ifloslanishlarning 70-80 foiz avtomobillarga to’gri keladi. Avto ulovlardan chiqqan gaz va changlar inson organizimiga ta’sir etmay qolmaydi. Buning natijasida aholi o’rtasida turli xil teri kasalliklari keltirib chiqayotganligi aniqlangan. Suvning ifloslanishi: Hammaga ma’lumki Janubiy Koreya texnika, elektronika, robortlar ishlab chiqarish bo’yicha ancha ilgarilab ketmoqda. Katta-katta zavod, fabrika, ta’lim muassasalari, kafe va oshxonalarda ham ushbu robortlardan foydalanishadi. Hatto idish va kir yuvishda ham robortlar ish bajaradilar. Robortlar orqali idish yoki kir yuvishda yuvish vositalari hamda suvning isrofgarchiligi juda ko’payib ketgan. Bundan tashqari zavod oshxonalari va ko’chadagi kafelardan chiqqan yuvindilar suvga ham tashlanayotgani kuzatilmoqda. Buning natijasida Seul shahrida chuchuk suv, aholigatoza iste’mol suvini yetkazib berish muammosi kelib chiqqan. Uch tomonlama dengiz bilan o’ralgan Janubiy Koreya suv yo’llari bilan ko’plab iqtisodiy aloqalar qiladi. Suv yo’llaridan foydalanish vaqtida ba’zi bir texnik nosozliklar tufayli yuk tashuvchi paroxodlar yorilib ketib, tashilayotgan yuklari dengizga oqib ziyon keltirmoqda. Natijada dengiz hayvonlari nobut bo’lmoqda. Juda ko’p zavodlar ham dengiz qirg’oqlarida joylashgan. Ulardan chiqayotgan kimyoviy moddalar, chiqindilar ham dengizga oqib ketadi. Chiqindilar dengizga oqib ketish natijasida birgina dengiz hayvonlari emas balki dengiz suvining holati buzilib, katta ziyon yetmoqda. 2. Atrof-muhitni himoya qilishning asosiy yo’nalishlari va istiqbollari. Bunday atrof-muhitning ifloslanishi va bizga ato etilgan go’zal tabiatni asrab avaylash uchun butun dunyoda bosh qotirilmoqda. Shu jumladan 13 Birlashgan Millatlar Tashkilatining atrof-muhitni himoyalash dasturi Koreya Respublikasi tabiatni muhofaza qilish tajribasini boshqa mamlakatlarga bermoqchi. Yangi ming yillikda Koreya Respublikasi “Yashil” iqtisodiyotga o’tish bo’yicha dunyoda yetakchi bo’ldi. Seulda bo’lib o’tgan “Katta yigirmatalik” sammitining asosiy elementi ramziy jihatdan oddiy Yashil o’t bo’ldi. O’tgan yili sammit ilk bor “Katta yettitalik”ga kirmaydigan mamlakatda ya’ni Koreya Respublikasida bo’lib o’tdi. Bunday katta xalqaro tadbirning bo’lib o’tishi Koreya Respublikasi diplomatlari uchun tarixiy hodisa bo’lib, shuningdek bu shuni anglatadiki, Koreya Respublikasi “Yashil” o’sish bo’yicha dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri bo’ldi. Koreya Respublikasi sobiq prezidenti Li Myon Bak tomonidan taklif qilingan “Yashil o’sish” startegiyasiga mamlakat 2008-yildan o’tishni boshladi. Mamlakat dasturi “3” deb nomlangan paradigmani o’zida aks ettiradi, u shunday tarmoqlarni rivojlantirishga yo’naltirilganki, bu tarmoq bir vaqtning o’zida ekologiya, energetika va iqtisodiy o’sish masalasini hal qila oladi. Bu dasturni amalga oshirish natijasida Koreya Respublikasi atrof-muhitni saqlash borasida yetakchi mamlakatlar qatoriga kirdi. “Yashil o’sish” strategiyasini ta’minlash maqsadida har yili davlat budjetining 2 foiz miqdorida mablag’ ajratiladi - bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan atrof-muhitga sarf qilish uchun tavsiya qilingan mablag’dan 2 barobar ko’p. Bundan tashqari Koreya Respublikasi boshqa yuqori ma’suliyatlarni ham o’z bo’yniga oldi – 2020-yilgacha mamlakat parsimon gaz chiqishini 30 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Yuqori darajada rivojlangan neft-kimyo, temir, kemasozlik va avtomobilsozlik sanoati rivojlangan mamlakat iqtisodiyoti uchun katta masaladir. “Yashil o’sish” strategiyasini Koreyada odatda ikkinchi jahon urushidan so’ng 60yillar davomida kuzatilgan ishlab chiqarishning ekstensiv o’sishi ya’ni “Jigarrang o’sish” bilan qarama-qarshi qo’yishadi. O’sha davrda ko’p sohalarda ekologiyaga zarar yetishi yashab qolish muammosi bilan bog’liq edi. 14 Koreya Respublikasi 40 yildan ozroq muddatda qoloq agrar mamlakatdan jahon iqtisodiyotidagi yuqori o’ringa ga chiqdi. Bir necha besh yillik rejalardan so’ng dunyo yangi “Osiyo yo’lbarsi” to’g’risida eshita boshladi. Agar o’tgan asrning 90-yillarida ishlab chiqarishning yuqori darajasi kuzatilgan bo’lsa, yangi ming yillikda innavatsion-texnologik ilg’or qadam kuzatilishi kutilmoqda. “Yashil reja” Koreya Respublikasida besh yillik rejalar an’anasi asosida yangi “Yashil o’sish” dasturi ishlab chiqildi.Yana shunisi muhimki, mamlakat milliy dasturlari faqat saylov oldi hujjatlardagina amalga oshmaydi.Yaqin besh yilda Koreya Respublikasi “Yashil” iqtisodiyotda 53 milliard AQSH dollarini investitisiya qilishni rejalashtirmoqda.Davlat byudjeti rag’batlantiruvchi rolni kasb etadi – bu startegiya iqtisodiyotda reforma yuz berishini ko’zda tutadi ya’ni ekologik masalaga oid biznes faoliyatlariga imtiyozli shart-sharoitlar yaratib beriladi. Buning natijasi shuki - hozirda yirik Koreya korporatsiyalari yangi texnologiyalarga: quyosh energetikasi, aqlli tarmoqlar, kam uglerodli plastik va boshqalarga yirik investitsiyalar kiritayabdi. “Hyundai” va “Samsung” kabi global kompaniyalar esa dunyoning “Yashil” liderlariga aylanmoqda. Hukumat “Ekologik” kichik va o’rta tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashni jiddiy ravishda kengaytirdi. “Yashil tarmoqli” venchur kompaniyalar soni 2009-yilga nisbatan 40 foizga oshdi, 2010-yilning faqat o’zida 800dan ortiq tadbirkorlik ro’yxatdan o’tdi. Hukumat tomonidan qabul qilingan “Yashil sertifikatsiyalash” tizimi yordamida 2010-yil 400dan ortiq “Yashil texnologiyalar” dastur va kompaniyalarida attestatsiya ishlari olib borildi. Koreya hukumati “Yashil” iqtisodiyotda 2012yilga qadar 100 000 dan ortiq, 2030-yilga borib esa 950 000ta ish o’rinlariniyaratishga umid qilmoqda. Janubiy Koreya 2020-yilgacha atmosferaga chiqayotgan issiqxona gazlarini 15 30 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bunga “Yashil” tovarlar, elektromobillarni sotib olishni rag’batlantirish va subsidiyalash “Yashil kartochkalar” sistemasi orqali erishish ko’zda tutilmoqda. Bunday chora-tadbirlar 2011-yili mamlakatning “Ekologiya vazirligi” tomonidan taklif qilindi. Hozirgi kunda Janubiy Koreya Osiyo mamlakatlari ichida havoga issiqxona gaz chiqarish miqdori bo’yicha 4-o’rinda turadi. Yashil o’sish dasturi 2009-yili Janubiy Koreya “Yashil o’sish” dasturini qabul qildi. Bu dasturning asosiy yo’nalishi quyidagilar:  Energiyani tejovchi rivojlanish modelini yaratish (energiyani tejovchi texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash, ekologik toza energiya manbalarini tadqiq qilish, gibrid dvigatelli avtomobillar va gaz tutun chiqish miqdori kam bo’lgan “Yashil” avtomobillar” ni ishlab chiqarish)  “Yashil” uy, o’quv va ishxona komplekslarini yaratish (energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda 200ga yaqin ekologik toza uy va komplekslarni qurish)  Atrof-muhitni himoya qilish (daryo havzalarini moderinizatsiya qilish va o’rmon massivlarini saqlab qolish)  Tegishli informatsion infratuzilma yaratish “Yashil o’sish” dasturi 50 trillion von (38 mlrd dollar) miqdorida investitsiya kiritishni ko’zda tutadi. Shuningdek, bu dastur orqali 960 ming yangi ish joylari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Reja 4 yilga mo’ljallangan. Quyidagi jadvalda umumiy investitsiya miqdorining 80 foizi to’g’ri keladigan 9 ta asosiy loyihaga ajratilgan fond resurslarining batafsil ma’lumotlari ko’rsatilgan. 16 Yo’nalishlar Ajratilgan summa (mlrd von) Umumiy summadan ulush Yangi o’rinlari is h 4 asosiy daryo sistemasini moderinizatsiya qilish 14 477,6 29% 199 960 Transport va transit infratuzilmasini rivojlantirish 9 653,6 19,3% 138 067 Ko’chmas mulk va hudularni boshqarish milliy sistemasini rivojlantirish 371,7 0,7% 3 120 Damba va to’g’onlarni qurish 942,2 1,9% 16 132 Qaytatiklanuvchienergiyamanb alarinivatozaekologikavtomobil larniishlabchiqarishniqo’llabquvvatlas h 2 052,7 4,1% 14 348 Chiqindilarni qayta ishlash sistemasini rivojlantirish 930,0 1,9% 16 196 O’rmonzorlarni barpo etish 2 417,4 4,8% 170 702 Ekologik toza uy va komplekslarni qurish 8050,0 16,1% 133 630 Shahar suv trubalarini moderinizatsiya qilish 483,8 foiz 1% 10 789 Jami 39 379,0 79% 702 944 1.1-jadval “Yashil o’sish” dasturida asosiy e’tibor mamlakat daryo sistemasini rivojlantirish va moderinizatsiyalash loyihasiga qaratilgan. Bu loyihaga ko’ra, hukumat Janubiy Koreyaning 4 asosiy daryosi (Naktonkan, Xankan, Kimgan va Yensankan) infratuzilmasini rivojlantirish, dambalar qurish loyihalariga yordam ko’rsatadi. 17 Shuningdek loyiha doirasida ekologik toza transport tarmoqlarini rivojlantirish, temiryo’l va velosiped yo’lakchalarini qurish ishlari rejalashtirilmoqda. Janubiy Koreya atmosferada bug’ samarasini paydo qilmaydigan va atrofmuhitni ifloslantirmaydigan mahsulotlarga sertifikatlar berish bo’yicha 2014- yilda Osiyodagi eng yirik savdo markaziga aylanish loyihasini ko’rib chiqmoqda. Shuningdek, hukumat qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish loyihalariga kiritilayotgan investitsiyalar uchun soliqlarni o’zgartirish masalalarini ham ko’rib chiqmoqda. Koreya Respublikasi hukumatining xabar berishicha, moliyaviy imtiyoz va zamonaviy texnologiyalar mamlaktning atmosferani ifloslantirmaydigan mahsulotlar savdosida yetakchi o’rinlarni egallashiga imkon beradi. Atrof-muhitni himoyalash vazirligi (koreyscha Xvankyong) bu – atrofmuhitni himoyalash bilan shug’ullanuvchi vazirlik. Ekologik izlanishlarni sarmoyalash va ekologik qonun-qoidalarni o’rnatishdan tashqari, vazirlik milliy parklarni nazorat qilish bilan shug’ullanadi. 2008-yildagi “747” iqtisodiy dasturi. 2008-yilda “747” iqtisodiy dasturi Koreya Respublikasining yetakchi universitet, ilmiy izlanish institutlarning tanilgan olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Bundan tashqari bu dasturni ishlab chiqish uchun Iqtisodiyotni rivojlantirish vazirligi va Koreya bashoratlash va ilmiy texnologiyalar instituti prezidenti boshchiligida bir guruh ishchilar tuzildi. Unga 360dan ziyod ekspertlar: akademik olimlar, ilmiy xodimlar va sanoat sohasining mutaxasislari jalb qilindi. Biroq moliyaviy inqiroz sababli bu 747 iqtisodiy dasturiga o’zgartirishlar kiritildi va tarkibiga inqirozga qarshi choralar va 10yillik Koreya Respublikasi iqtisodini rivojlantirish New Growth Engines Initiative dasturi ham kiritildi. Uni amalga oshirish uchun davlat 5, 48mlrd. doll. ajratdi. 18 Inqirozga qarshi New Growth Engines Initiative dasturi 22ta eng muhim loyihalarni 6 ta guruhga jamlaydi: 1. Energetika va atrof-muhitni himoya qilish 2. Transport sistemasi 3. Yangi informatsion texnologiyalar 4. Integratsiya sanoatida yangi ishlanmalar 5. Bioindustriya 6. Ilmiy-izlanish va tajriba konstruktorlik ishlanmalar Birinchi guruhga: “Toza ko’mirdan foydalanishni oshirish”, “Okean bioresurslaridan ishlangan bioyoqilg’i”, “Quyosh energiyasi va undan foydalanish”, “Uglevodorod, chiqindilar, separatsiya va qayta ishlash”, “Alternativ yoqilg’ida ishlovchi yangi avlod elektrostansiyalar yaratish”, “Atom energetikasini rivojlantirish” kabi tarmoqlar kiradi. Bu dasturda energiya tejovchi va energiyani samarali ishlatuvchi texnologiyallarni rivojlantirish va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga e’tibor qaratiladi; ularga yetarlicha katta mablag’ sarflanyapdi, chunki aynan bu tarmoq hozirda jahon bo’yicha innovatsiya sanoatining eng dolzarb va ustuvor masalasi hisoblanadi. Bunday “Toza” texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun hozirda rivojlangan mamlakatlarda davlat investitsiyalar ajratmoqda. Bunda davlat xarajatlari umumiy xarajatning Yaponiyada- 3 foiz, Buyuk Britaniyada-7 foiz, AQShda- 12 foiz, GFR- 13 foiz, Fransiya- 21 foiz, Xitoyda- 38 foiz, hamda Koreya Respublikasida – 81 foizni tashkil qiladi. Jahon mamlakatlari bo’yicha inqirozga qarshi dastur doirasida “Toza texnologiya” larni rivojlantirishga ajratgan ulushi 19 2.1- jadval Energetika tarmog’i va bioyoqilg’i ishlab chiqarishga dastur 5yil uchun mos ravishda 22,9mlrd. va 16, 5mlrd.doll. sarflashni ko’rsatadi. Kutilayotgan natijalar: yiliga 80mln.barrel bioyoqilg’i ishlab chiqarish, 150ming ish o’rinlari yartish, 2008-yildan 2018-yilga qadar neftmahsulotlari iste’molini 13,4 foizdan 43,3 foizga kamaytirish hisoblanadi. Ikkinchi guruhga: “Biologik toza transportlar (Green cars)”, “Kemasozlik va okean tuzilmasi” kiradi. Yangi “Yashil texnologiyalar” ishlab chiqish. Xalqaro hamjamiyat tafsiya qilganidek Koreya Respublikasi ham boshqa rivojlangan mamlakatlardagi kabi mamlakat iqtisodining o’sishini ta’minlash maqsadida yangi “Yashil texnologiyalar” strategiyasini ishlab chiqdi.2009-yil Koreya Respublikasi hukumati bu dasturni boshlagandi. 20 Manba : www . polpred . ru Bu strategiya o’zida 4 asosiy tarmoqni mujassamlashtiradi. Ularga: 1. Energiya tejovchi iqtisodiyotni o’rnatish uchun energiyani qayta ishlab, undan yangi toza energiya yaratish. 2. Ekologik toza transport tarmoqlarini yaratish, yashash sifatini oshirish va atrof-muhitni yaxshilash uchun toza suv; 3. Uglerod chiqindilarini kamaytirib, suv resurslarini himoya qilish; 4. Samarali energiya ishlatuvchi texnologiyalar yaratish, sanoat va axborot texnoligiyalarini yaratish kiradi. Buning uchun esa energiya tejovchi texnologiyalar, gibrid dvigatelda ishlovchi avtomobillar, suv va sun’iy suv havzalari, hamda atrof-muhitni kam ifloslantiruvchi texnika-texnologiyalar yaratish rejalashtirilgan. Bu dastur doirasida Koreya hukumati besh yil mobaynida 72, 6mlrd. doll. investitsiya kiritishi rejalashtirilgan. Bu sohadagi investorlarga va faoliyat ko’rsatuvchilarga davlat tomonidan bir qancha qulayliklar yaratildi: soliq imtiyozlari, korporativ soliq va daromad solig’idan 7 yilga ozod qilinishi, kompaniyalar3yillik solig’ining 50 foizi chegirib tashlanadi. Bu dasturga ko’ra asosan avtomobilsozlik va energetika tarmoqlarida ko’plab o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. Barcha sanoat strategiyalarida davlat bilan bir qatorda yirik moliyaviy guruhlar yetakchi tarmoqlarni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqdalar. Ular orasida “Yashil texnologiyalar” dasturi bo’yicha Hyundai kompaniyasi 2010-yilda vodorod yoqilg’isida harakatlanuvchi “Tuscon” avtomobilini sotuvga chiqarganini aytgan. Bu yangi avtomobilni AQShda 2009-yil tajriba qilindi. Bu avtomobil Yaponiyaning Honda avtomobillari bilan raqobatbardosh hisoblanadi. Jahon bo’ylab bunday ekologik toza avtomobillar 2010-2012 yillardan keng ishlab chiqarila boshlash rejalasghtirilgan edi. Koreya Respublikasida ham Hyundai va Kia kompaniyalari bunday gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni boshlashgan, birinchi avtomobil 2001-yil Hyundai kompaniyasi tomonidan yaratilib, u 1 litr 21 yoqilg’ida 18,8 km yo’lni bosib o’ta oladi. 2014-yilda esa kompaniya butun ishlab chiqarish hajmidan 3-4 foizigina yoqilg’ida harakatlanuvchi avtomobil bo’lishi xabar berilgan. Shu bilan birga bu dasturda energiya ko’p talab qiluvchi tarmoqlar ya’ni neftkimyo, kimyo, sement, elektrotexnika, to’qimachilik, avtomobilsozlik va kemasozlik kabi yangi toza texnologiyalar vositasida 2008-2012-yillar uglevodorod yoqilg’isini 1,9mln. tonna (7,5 foiz neft iste’moliga teng) tejab qolindi. Bu sanoat tarmoqlariga 2008-yildan 2013-yilga qadar 1,75 mlrd. yevro investitsiya qilinishi; 2013-yilda esa davlat tomonidan bu tarmoqlarga yangi energiya tejovchi toza texnologiyalarni joriy qilish uchun 8,4mlrd. von (5,27mlrd. yevro) mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan. Iqlim o’zgarishi muammosiga bag’ishlangan C40 dunyoning eng yirik shaharlar sammiti Seulda bo’lib o’tdi.Bu sammitda ishtirokchi tomonlar bug’ gazlar chiqishini kamaytirish chora-tadbirlarini olib borish to’g’risida kelishib olishdi.Bu to’grisida forum yakunlariga ko’ra qabul qilingan Seul dekloratsiyasida so’z boradi.Bu dekloratsiya dunyoning yirik poytaxtlarini global isish xavfiga bo’lgan kurashda yirik qadam bo’ladigan korbonad angidrid gazlar chiqishi kam bo’lgan shaharlarga aylanishiga davat etdi. Forum ishtirokchilari iqlim o’zgarishi va global isishning oldini oluvchi izlanish ishlarini olib borishga kelishdilar. Chunki, shaharlar yer yuzasining 2 foizini tashkil qilishiga qaramasdan, ularga barcha bug’ gazlar chiqishining 80 foizi to’g’ri keladi. Seulda bo’lib o’tgan C40 3-sammiti BMTning iqlim o’zgarishi bo’yicha xalqaro konfernsiyasi oldindan muhim voqeaga aylandi. Konferensiyada iqlim o’zgarishi bo’yicha xalqaro kelishuvlar ishlab chiqildi, bu kelishuvlar 2012-yildan ya’ni Kyoto protokoli o’z yakuniga yetgandan so’ng kuchga kirishi rejalashtirlgandi. 2005-yili Londonda bo’lib o’tgan birinchi C40 sammitida dunyoning 18ta shahari ishtirok etgan edi. C40 a’zolari qatoriga dunyoning 40ta eng yirik shaharlari (Nyu-york, Parij, Berlin, Seul, Pekin, Tokiyo, Gonkong, Moskva, 22 Mumbay va boshqalar) kiradi. Dunyoning yana 17 shahari esa C40 tashkilotining assotsiyalashgan a’zosi hisoblanadi. O’tgan yili Janubiy Koreya poytaxtida 1995-yil Seulda doimiy kuzatishlar boshlangandan keyingi vaqt ichida atmosfera ifloslanishining eng past darajasi qayd etildi. Seul hukumati qoshidagi “Sog’liqni saqlash va ekologiya izlanish markazi” vakillarining xabar berishicha, o’tgan yili poytaxtdagi mikroskopik chang miqdori 1 metr kub havoda o’rtacha 55 mikrogrammni tashkil etdi. 2007-yilda bu ko’rsatkich ancha yuqori bo’lgan – 1 metr kubga 61 mikrogrammga tog’ri kelgan. Atmosfera holati 1metr kub havoga 20 mikrogrammdan ko’p bo’lamgan mikroskopik zarrachalar to’g’ri kelsagina maqbul hisoblanadi. 3. Toza gibrid avtomobillar ishlab chiqarish. 2008-yil Sentyabrda Tabiatni muhofaza qilish vazirligi besh turdagi gibrit avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirdi. Bular “toza dizelli, shtepsel rezetkali gibrit, gibrit, elektrli va yoqilg’i kamerali” mashinalar hisonlanadi. Yashil avtomobillar jahon bo’ylab ommabop bo’lib bormoqda. Chunki, yoqig’ini kam sarflaydi, atrof-muhit uchun zarari nisbatan kam va narxi arzon. Bularning har besh turi ham toza dizelli mashinalar bo’lib, bular gibrit mashinalar kabi foydali va yoqilg’i kamerali hisoblanadi. Yoqilg’i kamerali mashinalar faqatgina kislorod bilan harakatlanadi va mashina dvigatellarsiz harakatlangan paytda, suv almashtirishga ham xojat yo’q, chunki, suvning o’rniga toksik gazi quyilgan, buning ustiga atrof-muhitga ham zarari kam bo’lib, deyarli shovqin chiqarmaydi. Shtepsel rezetkali mashinada haydovchi batareya quvvatlamasdan 50-60 kilomert masofani bosib o’ta oladi. 2013-yilda Koreya uchun Yashil Avtomobillar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Koreyaning eng katta va jahonda otinchi o’rinda turuvchi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Hyundai Motors kompaniyasi allaqachon juda ko’p 23 miqdorda vodorod yoqilg’i kamerali va elektorli gibrit mashinalarini ishlab chiqardi. Ammo, Koreya hukumati 2013-yilgacha to’rt Yashil avtomobil ishlab chiqaruvchining eng yirigi bo’lishni rejalshtirgan. Koreyaning O’rmonni O’rganish Instituti hozirda daraxtdan uglevodli kalkulyatorlar ishlab chiqarish ustida ishlamoqda. Koreyaning ikkinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Kia o’zining Kia K5 rusumli yangi mashinasini ko’rgazmada iste’molchilar diqqatiga havola qildi. Yangi K5 AQSHning Optima Gibrit avtomashinasidan biroz farq qiladi. AQSHning Optima Gibrit mashinalaridan biri bo’lmish 2.4L Theta II to’rt silindrli, 169 ot kuchiga ega. Kianing 2.0L Nu rusumli mashinasi ham to’rt silindrli, 150 ot kuchiga ega hisoblanadi. Bu 150 ot kuchiga ega bo’lgan motor 30 kw lik motor bilan birlashtirilgan va olti tezlikdagi tezlik uzatish sistemasi bilan ta’minlangan. Bu tezlik uzatish sistemasi maxsus Hyundai-Kia avtomobillari uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek mashina ion polimer bilan qoplangan litiyli batareya bilan jihozlangan bo’lib, uning 63 % ini yuqori quvvatli va 25 % o’t oldirish sistemasi uchun o’rnatilgan ya’ni boshqa gibrit mashinalarda o’rnatilayotganidek batareyalar o’rnatilgan. Kianing ma’lumotiga ko’ra, Koreyaning Optima Gibrit mashinalari har 21 kilomertga bir litr yoqilg’i sarflaydi. Optima Gibritning sport uchun ishlab chiqarilgan mashinalarida to’xtash va tezlashish sistemasi uchun alohida sistema ishlab chiqilgan bo’lib, bunda siz to’liq elector bilan harakatlangan vaqtda motorning ovozini eshitish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Gibrit avtomobillar ishlab chiqaruvchi jahondagi eng yirik kompaniyalar: 1. Toyota 2. GM 3. Honda 24 4. Nissan 5. Ford 6. Hyundai Koreys-O’zbek seminari. 2010-yilning 14-16 dekabr kunlari Toshkent shahrida "Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMBT) sohasida salohiyatni oshirish" bo’yicha birinchi Koreys- O’zbek seminari bo’lib o’tdi. Ushbu seminar O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va Koreya Respublikasining Atrof-muhit vazirligi o’rtasida «Atrof-muhit sohasida o’zaro hamkorlik» to’g’risidagi Memorandum doirasida O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda Koreya Respublikasining atrof-muhit bo’yicha Tadqiqot instituti tomonidan tashkil etildi. So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi o’zaro ikkitomonlama hamkorlik munosabatlarining izchil rivojlanayotganligi kuzatilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010-yil Fevral oyidagi Koreya Respublikasiga tashrifi buning yorqin misolidir. Seul shahrida o’tkazilgan Sammitda ikki davlat rahbarlari sobiq prezident Li Myon Bak va I.A.Karimov turli sohalar qatori, ekologiya sohasidagi o’zaro hamkorlik munosabatlarining kengayishini yuqori baholagandilar. Tashrif chog’ida O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va Koreya Respublikasining Atrof-muhit vazirligi o’rtasida atrof-muhit sohasida o’zaro hamkorlik to’g’risidagi Memarandum imzolandi. Memarandum atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlanish sohasidagi uzoq muddatli hamkorlikning rivojlanishi va taraqqiyotini ko’zlagan holda, ushbu sohada 25 ma’lumotlar, texnologiyalar va tajribalar bilan o’zaro almashinish uchun ishonchli hamkorlikni ta’minlaydi. Mazkur hamkorlikning ustivor yo’nalishlaridan biri - atrof-muhitga ta’sirni baholashdir (AMBT). Bu boradagi xalqaro tajriba va bilimlar bilan almashuv mazkur sohada, aynan har bir faoliyatning ekologik talablarga mosliginini aniqlovchi mutaxasisslar uchun juda foydalidir. Aynan mazkur masalalar 2010-yilning 14-16 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMBT) sohasida salohiyatni oshirish bo’yicha birinchi Koreys-O’zbek seminarida muhokama qilindi. Seminarda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi rahbarlari va mutaxassislari, jumladan Bosh Davlat ekologik ekspertizasi mintaqaviy ekspertiza organlari xodimlari, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, ekologik loyihalashtirish, ekonormativlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat yurituvchi qator tashkilotlar hamda Koreya Respublikasining atrof-muhit bo’yicha Tadqiqot instituti (KEI) mutaxassilari va jurnalistlar ishtirok etdilar. Seminarda ekologik ekspertiza va boshqa yo’nalishdagi mutaxassislar ikki mamlakatda atrof-muhitga ta’sirni baholash borasidagi qonunchilik, AMTB tizimi va boshqaruvi va bu borada salohiyatni yuksaltirishning asosiy jihatlarini muhokama qildilar. Seminar ishtirokchilari ta’kidlaganidek, atrof-muhitga ta’sirni baholash tadbirlari antropogen faoliyatning salbiy ta’siri va ekologik xavflarning oldini olishda eng samarali choralardan hisoblanadi. O’zbekistonda rejalapshtirilayotgan xo’jalik va boshqa turdagi faoliyatlarning Atrof-muhitga ta’sirni baholash tadbirlarini o’tkazish 2000-yil 25- mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Ekologik ekspertiza to’g’risida"gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001- yil 31-dekabrdagi 26 491-sonli "O’zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to’g’risida” gi nizomni tasdiqlash qarorida nazarda tutilgan. Qonunchilik asosida, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tabiatni muhofaza qo’mitalari huzurida maxsus ekspertlar guruhini jamlagan Davlat ekologik ekspertizasining yagona tizimi yaratildi. AMTB rejalashtirilayotgan xo’jalik va boshqa turdagi faoliyatni ro’yobga chiqarish mumkin yoki mumkin emasligi haqida ekologik jihatdan to’g’ri qaror qabul qilinishiga xizmat qiladi. Bunga belgilanayotgan faoliyatni tahlil qilish, ehtimoliy nohush ta’sirlarni aniqlash, ekologik oqibatlarni baholash, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish va oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish orqali erishiladi. Shu bois ham AMTB sohasida salohiyatni doimo yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat ekologik ekspertizasidan o’tkazilishi lozim bo’lgan ob’yektlar qonun bilan aniqlangan bo’lib, unga asosan faoliyat turlarining atrof-muhitga ta’sir darajasiga ko’ra ob’yektlar 4 toifalarga bo’lingan: yuqori, o’rta, past va mahalliy ta’sir. Yuqori va o’rtacha xavfli toifalarga mansub ob’yektlar O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Bosh davlat ekologik ekspertizasida, past va muayyan xavfli toifalarga mansub ob’yektlar - hududiy ekspert guruhlari tomonidan ko’rib chiqiladi. O’z navbatida Koreyalik mutaxassislar Koreyada atrof-muhitga ta’sirni baholash tizimi va uni boshqarish tamoyillari to’g’risida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek seminarda ishtirok etgan ikki mamlakat mutaxassislari sanoat va boshqa turdagi chiqindilar boshqaruvi tizimini takomillashtirish, foydali qazilmalarni qazib olish sohasi ekologiya masalalari, AMTB va monitoring o’tkazishda suv resurslarini hisobga olish kabi masalalar bo’yicha fikr almashdilar va o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. Koreyalik mutaxassilar foydali qazilmalarni qazib olish sohasida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. 27 Seminar dasturiga binoan uning ishtirokchilari 1 Toshkent shahri va Toshkent viloyatining tabiatni muhofaza qilish ob’yektlariga chiqib, ular bilan tanishdilar. Seminar yakunida uning ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Axborot xizmati. Yashil texnologiyalarni rivojlantirish yo’li bilan yangi ish joylarini yaratish. Inqiroz sharoitida mamlakat kichik va o’rta biznesni qo’llab- quvvatlash uchun bir qator chora -adbirlarni qo’lladi. Jumladan, banklar tomonidan kreditlarni berishni osonlashtirildi. Davlat banklari tomonidan kreditlash uchun qo’shimcha 14 trl. von berilib, umumiy kredit hajmi 68. trl. vonga yetkazildi. Davlatga qarashli bo’lmagan banklar tomonidan beriluvchi kreditlarni kafolatlash uchun qo’shimcha 12 trl.von ajratildi. Shu bilan birga davlat banklarga kichik korxonalarga berishda ko’mak ko’rsatish bilan birga, sinish arafasida bo’lgan korxonalarni qutqarmaslik kerakligini ta’kidlagan. Korxonalar likvidligi bo’yicha qarorlar qabul qilish muddati qisqartirilib, u 3 oydan 15 kunda yetkazildi. Korxonalar likvidlik darajasiga ko’ra to’rtta guruh – A, B, C, D guruhlariga ajratilib, birinchi guruhdagi korxonalar ishonchli. Ikkinchi guruhdagi korxonalar holati qisman xavfli bo’lib, bu ikki guruhga kiruvchi korxona qo’llab-quvvatlanishi kerak bo’ladi. Uchinchi guruhga xavf darajasi katta. Lekin faoliyatni tiklash mumkin bo’lgan korxonalar kiradi, bunday korxonalarni sog’lomlashtirish ko’zda tutildi. D guruhga kiruvchi korxonalarni tiklash mumkin emas. Ular bankrot deb e’lon qilindi. Bu sharoitda Koreya hukumati kichik va o’rta biznes sohasida yangi ish joylarini yaratish maqsadida mahalliy sanoatni rivojlantirishning qisqa muddatli dasturlarini amalga oshirdi. 28 Koreya Respublikasining inqirozga qarshi dasturining yana bir yo’nalishi - qurilish sektorini qo’llab-quvvatlashdan iborat. Unga ko’ra ikki yo’nalishda ish olib borildi, birinchidan, qurilish kompaniyalarini qo’llab quvvatlash va ikkinchidan, real ko’chmas mulk bozorini rivojlantirish bo’yicha tadbirlar belgilandi. Qurilish kompaniyalari ham kichik korxonalari singari 4 guruhga bo’lindi va xavf darajasiga ko’ra ularga yordam berildi, bu yordam asosan bank tizimi vositasida amalga oshirildi. Ko’chmas mulk bozorini rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan sotilmay qolgan uylarni sotib olish, davlat banklari mablag’larini qo’shish yo’li bilan ipoteka kreditlari bo’yicha foizlarni kamaytirish va davlatning qurilish sektoriga aralashuvini bosqichmabosqich kamaytirib borish choralari ko’rildi. Koreya Respublikasi hukumati inqirozga qarshi dasturining asosini 2008 yilning avgustida qabul qilgan “Davlat korxonalarini isloh qilish: boshqaruvning samarali tarkibini yaratish rejasi” («The Reform Plan for Public Firms: Creating a More Efficient Management Structure») tashkil etdi. Ushbu rejaning asosiy vazifalari qatoriga 105 ta kompaniyani xususiylashtirish va birlashtirish, 69 ta kompaniya boshqaruvini yaxshilash, 132 ta kompaniyalarning filiallarini tarkibiy qayta qurish, korporativ boshqaruv sifatini oshirish, informastiyalarni ochish, ish haqining tabaqalashgan tizimini qo’llash, ish haqi fondiga xarajatlarni qisqartirish vazifalari kiritildi. Qabul qilingan rejaning asosiy talablari quyidagilardan iborat bo’ldi: • 2009-yil davomida xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish va aktivlarni sotish; • reja asosan amalga oshiriluvchi, manfaatdor tomonlarning faol qatnashuvi asosida korxonalarni birlashtirish; • 2012-yilgacha ish o’rinlarini va ish haqiga xarajatlarni qisqartirish; 29 • Dasturda qatnashuvchi kompaniyalarning amalga oshirilgan ishlar bo’yicha har hafta Moliya va strategiyalar vazirligiga hisobot berib borish. Ushbu dasturni amalga oshirish natijasida korporastiyalarning faoliyati ixtisosligiga bog’liq bo’lmagan vazifalarni autsorsing tizimi yaratish, bunday aktivlarni xususiy sektorga sotish, filial va shu’ba korxonalarni qisqartirish, ish haqi fondi va ishlovchilar sonini 10% ko’zda tutilgan. Rejaga asosan ish haqining tabaqalashgan tizimi qo’llaniladi, ya’ni me’yoriy ish haqi, yillik ish haqi, mehnatiga ko’ra haq to’lash tizimlari tizimlari qo’llanila boshladi. Shu bilan birga kompaniyalar haqida axborot berishga qo’shimcha talablar o’rnatildi, korxonalar har uch oyda bir marta qayta tayyorlash dasturlari, boshlang’ich ish haqi, ijtimoiy javobgarlik uchun xarajatlar, rahbariyatning xorijiy safarlari, davlat investistiyalaribiznes samaradorligi baholari, kasaba qo’mitasining faoliyati kabi to’g’risidagi axborotni taqdim etishi kerak bo’ldi. Noto’g’ri axborot beruvchi kompaniyalar bo’yicha ma’lumot Alio (All Public Information in One // www.alio.go.kr) tizimida e’lon qilib borilishi ko’rsatildi. Korxonalarni tarkibiy qayta qurish dasturi global moliyaviy inqiroz oqibatlarini bartarf etishga qaratilgan to’rtinchi dastur edi. 2008 yilning noyabr oyida shuningdek, davlat banklarini xususiylashtirish imkoniyatini beruvchi qonuniy xujjat imzolandi. Koreya Respublikasi sobiq prezidenti Li Men Bak tomonidan “747” dasturiga inqiroz tufayli o’zgartirishlar kiritish zaruriyati vujudga keldi. Natijada Koreya Respublikasining inqirozga qarshi choralar va2018 yilgacha rivojlanishi dasturi «New Growth Engines Initiative» (“Yangi o’sish bosqichlari tashabbuslari”) shakllanib, u “747” dasturi bilan uzviy bog’liqdir. Shu bilan birga yangi dasturni amalga oshirish uchun davlat tomonidan 5,48 mlrd. dollar ajratildi. Inqirozga qarshi dastur doirasida xususiy sektorga 68,4 mlrd dollr investistiyalar kiritish ko’zda tutildi, bunday investistiya xususiy sektorda ishlab chiqarish hajmini 2008 yildagi 116 mlrd. dollardan 2013 yilga kelib 253 mlrd.doll.ga ortishi kutildi. eksport hajmi 2009 yildagi 120,8 30 mlrd.doll.dan 2013 yilga kelib 306,9 mlrd.doll.ga, 2018 yilda 795,4 mlrd. dollarga etishi kerak. Dastur bo’yicha 22 ta tarmoqdagi ustuvor loyihalar 6 ta guruhga birlashtirildi: energetika va tabiiy muhitni himoya qilish; transport tizimi; yangi axborot texnologiyalari; integrastiyalashgan sanoatda yangi ishlanmalar; biosanoat; innovastion faoliyat. Birinchi ushbu guruhlarning o’zi bir qancha yo’nalishlarni o’z ichiga olib, birinchi guruhga toza ko’mirni iste’mol qilish, okean bioresurslaridan bioyonilg’i ishlab chiqarish; quyosh energiyasidan foydalanish, kislorod angidriddan tozalash, yangi avlod muqobil energiya manbalarini topish, atom energetikasini rivojlantirish. Energetika va bioyonilg’i ishlab chiqarish sohasiga dastur bo’yicha 22,9 mlrd. doll. kiritish ko’zda tutilib, bu sohada yiliga 80 mln. barrel bioyonilg’i ishlab chiqarish, 150 mingta yangi ish o’rinlarini yaratish, 2018 yilga kelib neft mahsulotlarini istemol qilishni 43,3%ga qisqartirish ko’zda tutilgan. Ikkinchi guruhga biologik toza transport ishlab chiqarish, kemasozlik va okean tizimlarini rivojlantirish vazifalari qo’yilib, transport tizimini rivojlantirishda avtomatlashtirilgan tizimlar va texnologiyalarni shakllantirish, dengiz kemalarining qirg’oq infratuzilmasi bilan o’zaro aloqasini rivojlantirishga qaratilgan yangiliklarni qo’llash ko’zda tutilgan. Transportni rivojlantirishga yo’naltirilgan davlat to’g’ridan-to’g’ri investistiyalari 5 yil ichida 1 mlrd. dollarni tashkil etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, avtomobilsozlik va kemasozlik davlat iqtisodiy siyosatida etakchi tarmoq bo’lib hisoblanib, hozirgi paytda dunyo kemasozligining 40%ni tashkil etadi. 31 Kemasozlik va dengiz industriyasini qo’llab-quvvatlash, yirik tonnajli flot chuqur mobil prichallar qurish uchun davlat tomonidan 500 mln. dollar ajratildi. Uchinchi guruhga yarim o’tkazgichli tizimlar, yangi avlod displeylari, mobil telefonlari, yangi yoritish texnologiyalari, yangi logistika tizimlarini rivojlantirish kirib, bu tarmoqlarga davlat besh yil ichida 21,2 mlrd. dollar ajratishni ko’zda tutdi. Bu borada amalga oshiriluvchi eng muhim yo’nalish xotira uchun yarim o’tkazgichlar va chiplarni ishlab chiqish bo’lib, bu loyihalar uchun ajratilgan mablag’ning yarmi – 10,1 mlrd. dollar mo’ljallangan. To’rtinchi guruhga robotlashtirish, yangi materiallar va nanotexnologiya, innovastion texnologiyalar, yangi mahsulotlar va jarayonlar, telekommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirish kiritilib, bu maqsadlarda hukumat tomonidan 25,9 mlrd. doll. Hajmda investistiya ajratiladi. Yangi materiallarni ishlab chiqarish va joriy qilish uchun besh yil ichida 9,5 mlrd. doll., telekommunikastiyalarni rivojlantirish uchun 14,0 14 mlrd. doll. ajratildi. Faqatgina avtomalashtirilgan liniyalarni joriy etishdan 2020-yilga kelib 420 mlrd. doll. iqtisodiy samaraga ega bo’lish, umuman bu sohalarda yanada yuqori texnologik darajaga chiqish ko’zda tutilgan. Yo’nalishlarning beshinchi guruhiga yangi tibbiyot va tibbiyot uskunalarini yangi avlodini ishlab chiqarish kiritilgan. Bu maqsadda hukumat tomonidan besh yil ichida 677 mln. doll. investistiyalar kiritish ko’zda tutilgan. Yangi dori-darmonlar ishlab chiqish, ularning eksportini kengaytirish masalasi ko’tarilgan bo’lib, Koreya respublikasida bu mahsulot turlarining importini qisqartirish masalasi qo’yilgan. Oltinchi guruhga loyihalashtirish, yumshoq materiallar, medistina xizmati, madaniyat va ma’naviyat sohalaridagi tadqiqotlar va ishlar kiritilgan 32 bo’lib, ularning asosiy maqsadi mamlakat aholisi turmush darajasini yanada ko’tarishdir. Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarda olib borilgan ishlar hozirdanoq mamlakatning yuqori texnologik rivojlanish darajasiga kirib borishiga sabab bo’ldi. Jumladan, xalqaro innovastiyalar reytingida Koreya respublikasi juda qisqa muddatda yetakchilardan biriga aylandi. 33 Xulosa Koreya Respublikasi sobiq prezidenti Li Myon Bak tomonidan taklif qilingan “Yashil o’sish” startegiyasiga mamlakat 2008-yildan o’tishni boshladi. Mamlakat dasturi “3” deb nomlangan paradigmani o’zida aks ettiradi, bu dastur bir vaqtning o’zida ekologiya, energetika va iqtisodiy o’sish masalasini hal qiloladigan tarmoqlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bu dasturni amalga oshirish natijasida Koreya Respublikasi atrof-muhitni saqlash borasida yetakchi mamlakatlar qatoriga kirdi. “Yashil o’sish” strategiyasini ta’minlash maqsadida har yili davlat budjetining 2 foiz miqdorida mablag’ ajratiladi - bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan atrof-muhitga sarf qilish uchun tavsiya qilingan mablag’dan 2 barobar ko’p. Bundan tashqari Koreya Respublikasi boshqa yuqori ma’suliyatlarni ham o’z bo’yniga olgan bo’lib –ulardan biri 2020-yilgacha mamlakat parsimon gaz chiqishini 30 foizga kamaytirishni rejalashtirganidir. Yuqori darajada rivojlangan neft-kimyo, temir, kemasozlik va avtomobilsozlik sanoati rivojlangan mamlakat iqtisodiyoti uchun bu katta masaladir. “Yashil o’sish” strategiyasini Koreyada odatda ikkinchi jahon urushidan so’ng 60-yillar davomida kuzatilgan ishlab chiqarishning ekstensiv o’sishi ya’ni “Jigarrang o’sish” bilan qarama-qarshi qo’yishadi. O’sha davrda ko’p sohalarda ekologiyaga zarar yetishi yashab qolish muammosi bilan bog’liq edi. Koreya Respublikasi 40 yildan ozroq muddatda qoloq agrar mamlakatdan jahon iqtisodiyotidagi yuqori darajaga chiqib oldi. Bir necha besh yillik rejalardan so’ng dunyo yangi “Osiyo yo’lbarsi” to’g’risida eshita boshladi. Agar o’tgan asrning 90- yillarida ishlab chiqarishning yuqori darajasi kuzatilgan bo’lsa, yangi ming yillikda innavatsion-texnologik ilg’or qadam qo’yilishi kuzatilishi kutilmoqda. Shu bilan birga bu dasturda energiya ko’p talab qiluvchi tarmoqlar ya’ni neftkimyo, kimyo, sement, elektrotexnik, to’qimachilik, avtomobilsozlik va kemasozlik kabilar yangi toza texnologiyalar vositasida 2008-2012-yillar uglevodorod yoqilg’isini 1,9mln. t (7,5 foiz neft iste’moliga teng) tejab qolindi. Bu 34 sanoat tarmoqlariga 2008-yildan 2013-yilga qadar 1,75 mlrd. yevro investitsiya qilinishi; 2013-yilda esa davlat tomonidan bu tarmoqlarga yangi energiya tejovchi toza texnologiyalarni joriy qilish uchun 8,4mlrd. von (5,27mlrd. yevro) mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan. Iqlim o’zgarishi muammosiga bag’ishlangan C40 dunyoning eng yirik shaharlar sammiti Seulda bo’lib o’tdi. Bu sammitda ishtirokchi tomonlar bug’ gazlar chiqishini kamaytirish chora-tadbirlarini olib borish to’g’risida kelishib olishdi. Bu to’grisida forum yakunlariga ko’ra qabul qilingan Seul dekloratsiyasida so’z boradi. Bu dekloratsiya dunyoning yirik poytaxtlarini global isish havfiga bo’lgan kurashda yirik qadam bo’ladigan korbonad angidrid gazlar chiqishi kam bo’lgan shaharlarga aylanishiga davat etdi. Forum ishtirokchilari iqlim o’zgarishi va global isishning oldini oluvchi izlanish ishlarini olib borishga kelishdilar. Chunki, shaharlar yer yuzasining 2 foizini tashkil qilishiga qaramasdan, ularga barcha bug’ gazlar chiqishining 80 foizi to’g’ri keladi. Seulda bo’lib o’tgan C40 3-sammiti BMT ning iqlim o’zgarishi bo’yicha xalqaro konfernsiyasi oldindan muhim voqeaga aylandi. Konferensiyada iqlim o’zgarishi bo’yicha xalqaro kelishuvlar ishlab chiqildi, bu kelishuvlar 2012-yildan ya’ni Kyoto protokoli o’z yakuniga yetgandan so’ng kuchga kirishi rejalashtirildi. 2005-yili Londonda bo’lib o’tgan birinchi C40 sammitida dunyoning 18ta shahari ishtirok etgan edi. C40 a’zolari qatoriga dunyoning 40ta eng yirik shaharlari (Nyu-york, Parij, Berlin, Seul, Pekin, Tokiyo, Gonkong, Moskva, Mumbay va boshqalar) kiradi. Dunyoning yana 17 shahari esa C40 tashkilotining assotsiyalashgan a’zosi hisoblanadi. O’tgan yili Janubiy Koreya poytaxtida 1995-yil Seulda doimiy kuzatishlar boshlangandan keyingi vaqt ichida atmosfera ifloslanishining eng past darajasi qayd etildi. Seul hukumati qoshidagi Sog’liqni saqlash va ekologik izlanish markazi vakillarining xabar berishicha, o’tgan yili poytaxtdagi mikroskopik chang miqdori 1 35 m 3 havoda o’rtacha 55 mikrogrammni tashkil etdi. 2007-yilda bu ko’rsatkich ancha yuqori bo’lgan – 1 m 3 ga 61 mikrogramm tog’ri kelgan. Atmosfera holati 1metr kub havoga 20 mikrogrammdan ko’p bo’lamgan mikroskopik zarrachalar to’g’ri kelsagina maqbul hisoblanadi. 2008-yil Sentyabrda Tabiatni muhofaza qilish vazirligi besh turdagi gibrit avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirdi. Bular “toza dizelli, shtepsel rezetkali gibrit, gibrit, elektrli va yoqilg’i kamerali” mashinalar hisonlanadi. 2013-yilda Koreya uchun Yashil Avtomobillar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Koreyaning eng katta va jahonda otinchi o’rinda turuvchi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Hyundai Motors kompaniyasi allaqachon juda ko’p miqdorda vodorod yoqilg’i kamerali va elektorli gibrit mashinalarini ishlab chiqardi. Ammo, Koreya hukumati 2013yilgacha to’rt Yashil avtomobil ishlab chiqaruvchining eng yirigi bo’lishni rejalshtirgan. Koreyaning O’rmonni O’rganish Instituti hozirda daraxtdan uglevodli kalkulyatorlar ishlab chiqarish ustida ishlamoqda. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov o’z nutqlari, asarlarida ekologik muammolarning dolzarbligini ta’kidlab o’tganlar. Jumladan “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida; xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” (Toshkent,O’zbekiston, 1997 yil) asarining I-bobi “Xavfsizlikka taxdid”, deb nomlanib, unda Prezidentimiz ekologik muammolar masalasiga keng e’tibor berganlar. Foydalanilgan adabiyotlar: 36 1. Mirxanova D.A. “Koreya Iqtisodi”, Darslik. T. TDSHI, 2011y. 2. Жонг Вон Ли. “Экономики Коре и е перспективы” Tашкент,2006. 408-c. 3. Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. М . Маркетинг , 2001. 4. Ji-Sung Yoo. “Financail Vulnerability of the Korean Economy” Hanyang University Press, 2003. 5. Kyeong-won Kim “Post-Crisis Transformation of the Korean Economy” Samsung Economic Research Institute, 2003 37 Kores tilidan foydalanilgan adabyotlar 황황황 “ 황 황황황황황황황황 ” 황 황황황황 , 2003. 황 황황 “ 황 황황황황황황 ” 2001. 황 황황 “ 황 황황황황황황 ” 황 황황황황황 , 2001. 황 황황황 “ 황 황황황황황황황황황황황 ” 황 황황황황황 , 2007 황 황황황 “ 황 황황황황황황황황 ” 황 황황황황황 , 2005. 황 황황 “ 황 황황황 황 황황황황황황황황황황 ” 38