logo

Ko’p yillik dorivor o’simliklar

Yuklangan vaqt:

15.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

926.162109375 KB
Mundarija Kirish I.BOB. Adabiyotlar tahlili II.BOB. Asosiy qism 2.1. Dorivor ko’p yillik o’simliklar tavsifi. 2.2. Dorivor ko’p yillik o’simliklarni ko’chatlarini yetishtrish agrobiotexnologiyasi 2.3. Ko’p yillik dorivor o’simliklarn ko’chatlarini yetishtrishning ahamiyati va samaradorligi III.BOB. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1 Kirish Kurs ishining dolzarbligi: Ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarirting taxminan 50% i dorivor o ‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda. Ko’p mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalaming dorivor o ‘simliklar xom-ashyosiga bo’lgan talabni keskin ortishiga sabab bo’lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o’suvchi dorivor o’simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalaming dorivor o’simliklar xom-ashyosiga bo’lgan talabini, asosan, dorivor o’simliklar o ‘stirish orqaligina qondirish mumkin. Buning ustiga hozirgi vaqtgacha mamlakatimizning ixtisoslashgan, fermer, o’rmon. dehqon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo’jaliklarida dorivor o’simliklarni, ularni o’stirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish qilinmoqda. Kurs ishining obekti : Ma’lumki, qishloq xo’jaligi ishlarining mavsumiyligi, agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda etkizish lozimligi, har yilgi ob-havo sharoitining bir-biriga deyarlik o’xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim sharoitini bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa ko'pdan-ko'p omillar dorivor o’simliklar o’stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko’plab noqulayliklami keltirib chiqaradi. Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni o’simhklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o’rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo’jaiiklarida eng ko’pi bilan 42 tagacha dorivor o’simliklar turlari o’stiriladi. Kurs ishining o ’ rganilganlik darajasi : Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Moidova, Misr Arab Respublikasi va bir qator mamlakatlarda dorivor o’simliklarni yetishtirish bilan shug: ullanish birmuncha yaxshi уо’lga qo’уil gan. Mustaqillikka erishilgandan so’ng O’zbekiston Respublikasining farmatsevtika sanoati tezlik 2 bilan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir. Shu sababli ham, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan hozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor o’simliklar o’stirish bilan shug’ullanuvchi 8 ta ixtisoslashgan xo’jaliklar tashkil qilingan. Bundan tashqari ко ’plab o’rmon, fermer va boshqa mulkchilik shaklidagi xo’jaliklarda ham o’stirilmoqda. Biroq mamlakatimizda dorivor o’simiiklar xomashyosiga bo’lgan talabning keskin ortib borishiga qaramasdan ularrii o’stirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal ishlab chiqilgan emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hech bir soha boshqa fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, о ’zlari mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. O’z navbatida dorivor o’simliklami o’stirish texnologiyasi ham о ’simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, o’simiiklar fiziologiyasi, о ’simliklar biokimyosi, о ’simiiklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlaming yutuqlariga tayangan holdagina o ‘z oldiga qo’ygan maqsadlarga erisha oladi. 3 II.BOB. Asosiy qism 2.1. Dorivor ko’p yillik o’simliklar tavsifi. Bugungi kunda dorivor o’simliklarga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyo pandemiyasida insonlar sog’lig’iga alohida eʼtibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko’rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o’simliklarga bo’lgan talabning keskin ortishiga sabab bo’ldi. Jumladan, 2020-yilda dunyo mamlakatlarida dorivor o’simliklar asosidagi vositalar aylanmasi 100,9 mlrd dollarni tashkil etgan bo’lsa, yillik o’sish 7,2 % dan iborat bo’lgan. O’zbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor o’simliklarga boy hudud hisoblanib, respublikada tabiiy holda mavjud 4500 turga yaqin yuksak o’simliklarning 1200 ga yaqini dorivorlik xususiyatiga ega. Mamlakatimizda so’nggi yillarda dorivor va ziravor o’simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda o’suvchi dorivori o’simliklarni muxofaza 4 qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4670-son qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Ushbu qarordagi vazifalarni amalga oshirish natijasida dorivor o’simliklarni nafaqat tabiatda yovvoyi holda terib olish, balki madaniy holda plantatsiya usulida ko’paytirish va qayta ishlashni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi fermerlar va tadbirkorlar soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda. O’tgan davr mobaynida 9 ta dorivor o’simliklar yetishtirish klasterlari tashkil etilib, ular tomonidan moychechak, kovrak, limono’t, qalampir yalpiz, qizilmiya, zaʼfaron va boshqa dorivor o’simliklar yetishtirilmoqda. Ularning faoliyati natijasida o’tgan 2021-yilda 4 ta xorijiy davlatga 1,7 mln AQSH dollar qiymatidagi dorivor o’simliklar xom ashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilindi. Bugun sohaga eʼtiborning ortishi hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish natijasida respublikada 100 dan ortiq turdagi dorivor o’simliklarga rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bo’lib, ushbu dorivor o’simliklarning asosiy qismi tabiiy holda o’suvchi o’simliklar tashkil etadi. Ushbu tabiiy holda o’suvchi dorivor o’simliklarning xomashyo zahirasi chegaralangan 5 bo’lib, ularni muhofaza qilish, bioekologik xususiyatlarini o’rganish, xomashyo zahirasidan to’g’ri foydalanish va ko’paytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun, O’zbekistonda farmatsevtika sanoatining ehtiyojlarini dorivor o’simliklar xomashyosi bilan taʼminlash, mahalliy florani yangi introdutsent o’simlik turlari bilan boyitish va ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Xususan, 2020-yil boshida respublikaning barcha hududlarida jami 11,5   ming   ga yer maydonida 27 turdagi dorivor o’simliklar plantatsiyalari mavjud bo’lgan bo’lsa, 2021-yil davomida dorivor o’simliklar plantatsiyalari 162 ta subyektlar tomonidan 15,8 ming   ga yetkazilib, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo’lgan 45   turdagi dorivor va ziravor o’simliklarning 17,3 ming tonna xomashyosi yetishtirildi. Dorivor o’simliklar madaniy plantatsiyalarining kengayib borishi va ishlab chiqarish hajmlarining ortishi bilan birgalikda sohaning eksport salohiyati kuchaytirilmoqda. 2020-yil yakunida 29 ta xorijiy davlatga 16,0 ming tonnadan ortiq 50,0 mln AQSH dollari qiymatidagi dorivor o’simliklar xomashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilingan bo’lsa, 2021-yil yakuni bilan bu ko’rsatkichda o’sish kuzatilib, dunyoning 37 ta davlatlariga 55 mln dollar qiymatidagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Eksport geografiyasining AQSH va Yevropa davlatlari hisobiga ortib borishi sohaning imkoniyati katta ekanligidan dalolatdir. Shunigdek, faol qo’llaniladigan dorivor o’simliklar madaniy plantatsiyalarini yaratish uchun birlamchi urug’chilikni yo’lga qo’yish va onalik ko’chatzorlarini tashkil etish sohaning tub ildizi bo’lib, bugungi kunda 16   ta subyektlar tomonidan 22 turdagi dorivor va ziravor o’simliklar urug’ va ko’chatlari yetishtirilmoqda. 6 Aytish joizki, sohaning rivojlanib borishi barobarida aholining tabiiy dori vositalariga qiziqishi va isteʼmoli ko’payib, xabardorligi ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yana-da kuchaytirib, aholining nafaqat isteʼmol madaniyatini oshirish, balki o’z tomorqalarida dorivor o’simliklar yetishtirishga jalb etish, “bir mahalla   –   bir mahsulot” tamoyili asosida klasterlar va eksport qiluvchilar hamkorligida dorivor o’simliklarni ekish, birlamchi qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yo’naltirish orqali o’z-o’zini band qilish, aholi daromadini ko’paytirish lozim. Shunday o’simliklardan biri ham dorivor, ham ziravor bo’lgan oziq-ovqat, farmatsevtika va parfyumeriya sanoati uchun qimmatbaho xomashyo hisoblangan “ziravorlar sultoni” nomi bilan mashhur bo’lgan o’simlik – zaʼfaron bugungi kunda dunyodagi eng qimmat o’simlik hisoblanadi. Zaʼfaron O’rta yer dengizi, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarida, jumladan Eron, Hindiston, Turkiya, Gretsiya, Italiya, Pokiston, AQSH, Ozarbayjon, Rossiya, shuningdek, bugungi kunda O’zbekiston hududlarida ham katta plantatsiyalarda yetishtirilmoqda. Ushbu o’simlik balandligi 10-30 sm ga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib, ildizi 2-3 sm, barglari tik, bigizsimon ko’rinishda, gullari zich to’plamda joylashadi. O ’ simlikda to ’ p barglar gullash davridan 10-15 kun oldin 7 paydo bo ’ ladi . Za ʼ faronning gullari yirik , pushti rangda bo ’ lib , oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining birinchi yarmida gullaydi . Gul barglarining ichida changchilar – qizil, urug’chilar – to’q sariq rangda bo’ladi. Urug’ hosil qilmasligi sababli vegetativ usul bilan (piyozboshchalar orqali) ko’paytiriladi. Zaʼfaron o’simligi ekilgandan birinchi yili gektaridan 2 kg, ikkinchi yilda 4 kg, uchinchi yildan boshlab 6-8 kg gacha zaʼfaron guli xomashyosi terib olish mumkin. Bir kilogramm quritilgan zaʼfaron guli xomashyosini tayyorlash uchun 150   mingdan ortiq gullari terib olinishi kerak. 1 dona zaʼfaron gulidan o’rtacha 7 mg quritilgan ziravor olinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan zaʼfaron o’simligining respublikada keng maydonlarda joriy etish, o’simlik plantatsiyalarini ko’paytirish, yetishtirish, sohaga chet el investitsiyasini jalb etish va eksport salohiyatini oshirish hamda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash maqsadida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Italiya davlati bilan hamkorlikda “BMB Opera Zafferano” MCHJ qo’shma korxonasi tashkil etildi. Yevropa davlatlariga zaʼfaron xom ashyosidan tayyor mahsulotni eksportga chiqarish maqsadida Italiya davlatidan 21 mln donadan ortiq piyoz tuganaklari olib kelinib, bugungi kunda Baxmal tumanida jami 205 gektar maydonda zaʼfaron plantatsiyasi barpo etildi. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2021-yilda 8 773 ming AQSH dollari miqdoridagi zaʼfaron mahsulotlari Italiya davlatiga eksporti amalga oshirildi. Zaʼfaron o’simligi tibbiyotda onkologik kasalliklarni davolashda (hatto kasallikning oxirgi bosqichida saraton o’simtalariga qarshilik ko’rsatadi va ularning hujayralari o’sishini to’xtatadi), qonni tozalashda (uni yangilaydi va tozalaydi, demak yurak qon tomir tizimini mustahkamlaydi, organizmning barcha hujayralarini oziqlantiradi), miya faoliyati aktivligini yaxshilaydi (bosh miya to’qimalarini o’stiradi, xotirani yaxshilaydi), nevrozdan forig’ qiladi, bosh og’rig’i va uyqusizlikdan xalos etadi, oshqozon-ichak faoliyatini meʼyorga keltiradi, organizmni quvvatlaydi, ko’rish qobiliyatini tiklaydi, ko’z to’rpardasidagi illatlarni davolaydi, butun organizmni yoshartiradi. Ushbu birgina o’simlikning keng ommalashishi, pandemiya davrida aholi salomatligi uchun shifobaxsh mahsulotlar turlariga talabning ortishi, suv taqchilligi davrida qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun yuqori daromad manbai ekanligidan ko’rinib turibdiki, dorivor o’simliklar sohasi respublikada endi rivojlanayotgan, misli ko’rinmas katta tabiiy zahiraga ega istiqbolli sohalardan biri bo’lib, ushbu sohani yana-da rivojlantirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, sohaning yagona bir tizimga birlashishi zamon talabi hisoblanadi. 9 2.2. Dorivor ko’p yillik o’simliklarni ko’chatlarini yetishtrish agrobiotexnologiyasi O’simlikning tarqalishi. U tabiiy xolda Eron, Hindiston, Xitoy, Osiyoning janubida, Afrikada va Amerikaning tropik zonalarida tarqalgan. Vatani Afrika hisoblanadi. Evropaga Aleksandr Makedonskiyning Osiyo’lan qaytgan jangchilari orqali tarqalgan. Bizda urug’idan va ko’chati orqali ko’paytiriladi. Agrotexnik tadbirlar. Tajribalardan ma’lumki, ekib o’stiriladigan rayhon yorug’sevar, tuproq tanlaydi (ayniqsa sug’oriladigan sharoitda), begona o’tlarga chidamli. Asosiy shudgor noyabr oyida 25 sm.gacha chuqurlikda o’tkaziladi. Och, unumsiz bo’ztuproqli erlarning har gektariga 50 tonnadan go’ng va 100 kg.gacha fosfor solinadi. Bahorda dala molalanib, tekislanadi. Odatda mart-aprelda sabzavot ekiladigan uskunada gektariga 5 kg hisobiga urug’ ekiladi. Urug’ bir tekisda tushishi uchun unga 1/5 miqdorida qum yoki boshqa to’ldirgich modda aralashtiriladi va 0,5 sm.gacha chuqurlikda ekiladi. SHundan keyin ekilgan erni g’altak yordamida bir oz zichlash kerak. Maysa unganda, lekin yog’in-sochinsiz vaqtda, tuproqning yuza qismi quruq vaqtida, shuningdek ekish vaqtida ekkich uskunaga okuchnik tirkab ham egat olinadi. Ketma-ket jildiratib, singdirib sug’oriladi, aks holda ekin butunlay yuvilib ketishi mumkin. Upyg’ qadalgan tuproq qavati 2-3 hafta mobaynida doim nam tarzda saqlanganidagina urug’ baravar unib chiqishi mumkin. Urug’ qadalganidan 10-16 kun o’tib maysalar ko’rina boshlaydi. Dastlabki vaqtda o’sish sustroq bo’ladi va uni begona o’t bosib ketadi. Shuning uchun har 10 ikki marta sug’orishdan keyin er yumshatilib, o’toq qilinadi, ekin zich bo’lsa yagonalanadi. Birinchi yili mavsum davomida 12 martagacha, keyingi yillarda 8-9 martagacha sug’oriladi (aprel-1, may-2(1), iyun-iyul 2 tadan, avgust-2(1), sentyabr-1). Iyulning o’rtalarida egat olishdan oldinroq gektariga 50 kg hisobida azotli o’g’it solinadi. Rayhonning er ustki qismi (80 sm uzunlikdagi poyasi) yalpi gullash davrida (iyun oxirlari - iyul boshlarida) o’rib olinadi. Buning uchun gulqaychi, o’roqdan, katta maydonlarda esa silos yig’adigan agregat yoki pichan o’rg’ichdan foydalaniladi. Bunda kesgich qismlar va asboblar soz, o’tkir bo’lishi zarur, zero o’tmas asboblar rayhon ekinini zararlaydi, o’simlik xatto ildizi bilan sug’urilib ketishi mumkin. O’rib olingan rayhon shiyponda 5-7 sm.gacha qalinlikda yoyilib, baravar qurishi uchun vaqti-vaqti bilan ag’darib turiladi. Yaxshi qurigach, 2-2,5 sm katakli g’alvirdan o’tkaziladi, gul va barglari poyasidan ajratiladi. Hosildorligi har gektaridan 10-12 sentnerni tashkil etadi. Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati. O’simlik xom-ashyosi yalpi gullashining boshlanishida, iyul oyining boshida yig’iladi. Bunda faqat novdalarining yuqorigi gullagan qismi kesiladi. O’rim muddatidan kechikkanda, efir moylari va xom-ashyo sifati pasayadi. Generativ novdalarining 2/3 qismi kesiladi. Xom-ashyosini kamida 2 yil dam olgan maydonlardan yig’ish kerak. Terilgan xom-ashyoni ayvon tagida qog’oz qo’yib, 5-7 sm qalinlikda yoyiladi va har zamon ag’darib turiladi. Keyin maxsus quritgichlarda, 350C haroratda quritilib, maydalaniladi hamda dag’al poyalari olib tashlanadi. YAnchilmagan o’simlikni qoplarga 5-15 kg, yanchilganlarni esa 10-30 kg.dan joylashtiriladi. Quruq, shamollatilgan xonalarda saqlanadi. Saqlanish muddati 2 yil. Xom-ashyo namligi 13% dan oshmasligi kerak, efir moyi absolyut quruq holatiga hisoblanganda 0,2% dan kam bo’lmasligi kerak. Mog’or va chirishlarga yo’l qo’ymaslik kerak. Tayyor xom-ashyo mato qoplarga 25 kg.dan yoki toylarga 50 kg.dan qilib joylanadi. U bir yilgacha saqlanadi. 11 Tibbiyotda qo’llanilishi va kimyoviy tarkibi. Rayxon evgenol va kamfora efir moylarining manbai hisoblanadi. Efir moylari va evgenol parfyumeriya va oziq - ovqat sanoatida ishlatiladi. Barglari karotin va rutin manbai hisoblanadi. Tibbiyotda rayxonning er ustki qismi (poyasiz va yog’ochlangan pastki qismlarisiz) ishlatiladi. U burishtiruvchi, shamollashga qarshi, yaralarni bitiruvchi va antiseptik ta’sirlarga ega. SHuning uchun o’simlikning gripp epidemiyasi davrida qo’llash foydalidir. Rayhon bosh aylanishini, ovqat xazm qilish a’zolarini ishlashini yaxshilaydi, tish og’rig’ini qoldiradi, bachadon silliq muskullarini bo’shashtiradi, To’g’ri ichak shishini qaytaradi. Angina - 1 g rayxonning efir moyi 50 g. qand kukuni bilan aralashtiriladi va 1 osh qoshiqdan choy bilan ovqatdan keyin qabul qilinadi. Gripp - 2-5 tomchi efir moyi kuniga asal bilan 2-3 marta qabul qilinadi. Siydik yo’lida tosh kasalligi - 2 osh qoshiq rayxon guli 1 stakan suvda qaynatilib, sovutiladi va dokadan o’tkazilib, siydik haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Asab tangligi va qattiq charchoq - 1 osh qoshiq rayhonga 1 stakan qaynagan suv solinib, 15-20 minut damlab, qand yoki asal bilan ichiladi. Kuniga 2 martadan ko’p bo’lishi kerak emas. Ko’ngil aynish - 1 osh qoshiq rayxonga 1 stakan qaynagan suv solinadi va 20 minut damlanadi, dokadan o’tkazib, ko’ngil aynishda ichiladi. Tish og’rig’i - paxtaga efir moyi shimdirib, og’rigan tishga qo’yiladi. 1 osh qoshiq rayhon 1 stakan qaynagan suvda 15-20 minut damlab qo’yiladi va og’iz chayiladi. Anginada ushbu damlama bilan tomoq chayiladi. Yutal - rayxon va evkalipt efir moylarini bir xil miqdorda aralashtirib 1 stakan qaynagan suvda suyultiriladi va uning bug’i bilan nafas olinadi (sochiq bilan yopib). Otit - 2 osh qoshiq maydalangan rayhon 0,5 l suvga solinib past olovda qaynaguncha ushlab turiladi, 10 minut damlanadi va og’rigan quloqqa kompress qilinadi. Kompressni 1-2 soatdan har kuni quloq og’rig’i to’xtaguncha qilish mumkin. Yaralar - 1 osh qoshiq rayhon urug’iga 1 stakan qaynagan suv solib 15 minut damlanadi va keyin yaralar yuviladi. Rayhonning efir moylari terini yumshatadi va oziqlantiradi. Uning preparatlarini yurak kasalliklarida, qand kasalligi, tromboflevitda tavsiya qilinmaydi. 12 O’simlikning er ustki qismi 1-1,5% efir moylari, 6%gacha oshlovchi moddalar, glikozidlar, saponinlar, mineral moddalar, askorbin kislotasi, qandlar, sellyuloza, oqsil, vitamin R, provitamin A, kamfora saqlaydi. Efir moyi evgenol (70%), metil xavinol, sineol, linalol, kamfora otsimenlardan tarkib topgan o’simlik hisoblanadi. Tavsiyalar. O’zbekistonning barcha hududlarida chegaralanmagan miqdorda etishtirsh mumkin. Zig’ir–Len posevnoy – Linum usitatissimum L. bir yillik zig’irdoshlar – Linacea oilasiga mansub o’t o’simlik. Madaniylashtirilgan holda uchraydi. Bir nechta turlari mavjud: tolali zig’ir, yog’ olinadigan zig’ir va boshqalar. Ildizi o’q ildizli, poyasi mumsimon modda bilan qoplangan, pastki qismidan shoxlangan, tuksiz. Barglari ko’p chiziqli va lansetsimon, o’tkir uchli bandi bilan poyada ketma-ket o’rnashgan. Barg plastinkasini ustki qavati mumsimon modda bilan qoplangan. Gullari havo rangda, poyani tepa qismida supurgisimon boshoqqa to’plangan. Mevasi - 5 urug’li ko’sakcha. Urug’lari och jigarrang yaltiroq, tuxumsimon. 1000 ta urug’ining vazni tolaligida 4-5 g, moylisida 8-15 g. Kimyoviy tarkibi. Urug’i tarkibida 47% yog’, 12% shilliq modda, uglevo’tlar, organik kislota, vitamin A bor. Ishlatilishi. Yuqori nafas yo’llari shamollashida, oshqozon-ichak kasalliklarida, oshqozon yaralarida surunkali gastritda va boshqalar. Moyi oziq- ovqat sanoatida ham keng ishlatiladi. O’stirish texnologiyasi. Zig’irni o’stirish texnologiyasi kunjutga yaqin bo’ladi. Zig’irni ekish uchun yerni yaxshilab haydash va organik o’g’itlar berish kerak. Ekishdan oldin yerni tekislab mola bostirish kerak. Sabzavot yoki don ekish moslamasida fevral - aprel oylarida egat oralari 60 sm, ekish chuqurligi 0,5 sm qilib gektariga 20-22 kg urug’ sarflanadi. Ekish bilan birga gektariga 50-60 kg superfosfat solinadi. O’simlikni birinchi oziqlantirishni maysalar unib chiqqandan keyin gektariga 30 kg azot va 20 kg fosfor o’g’it berish bilan boshlanadi. Ikkinchi oziqlantirish o’simlik g’unchalagandan so’ng 40 kg azot va 30 kg kaliy o’g’it berish bilan tugallanadi. Vegetasiya davomida zig’irni 4-5 marta sug’oriladi. Har 13 bir sug’orishdan keyin o’simlik oralari kultivasiya qilinib, begona o’tlardan tez tez tozalanib turilishi lozim. Zig’irni yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun vegetasiya davomida gektariga 70 kg azot, 40 kg fosfor va 30 kg kaliy o’g’iti bilan oziqlantiriladi. Zig’ir ekilgan maydonlardan 1,3-1,5 tonna urug’ yig’ib olish mumkin bo’ladi. Dorivor qashqarbeda (sariqbeda) — Melilotus Officinalis Descr. dukkakdoshlar — Fabaceae oilasiga kiradi. Ikki yillik, bo’yi 50—100 sm ga (ba’zan 2 m ga) yetadigan o’t o’simlik. Ildizi sershox, o’q ildiz. Poyasi bitta yoki bir nechta, qirrali bo’lib, yuqori qismi shoxlangan. Bargi uch plastinkali murakkab barg, poyada bandi bilan ketma-ket o’rnashgan. Bargchasi teskari tuxumsimon, tuxumsimon yoki cho’ziq lansetsimon, tekis qirrali yoki mayda arrasimon- tishsimon qirrali va tuksiz bo’lib, uzunligi 3 sm. Bargda ingichka, tekis qirrali qo’shimcha bargchalar bor. Gullari mayda, sariq, shingilga to’plangan. Gulkosachasi yarmisigacha uchburchak lansetsimon shakldagi 5 bo’lakka qirqilgan. Gultojisi kapalak-guldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, shundan bittasi birlashmagan, qolganlari birlashgan. Onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi — tuxumsimon, ko’ndalangiga burishgan, kulrang tusli, tuksiz, bir urug’li dukkak. Iyun-sentyabr oylarida gullaydi, urug’i esa avgust oyidan boshlab yetiladi. Geografik tarqalishi. Yo’l eqalarida, o’tloqlarda, ekinzorlarda o’sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo’yi davlatlar, Rossiyaning Yevropa qismida, o’arbiy Sibirda, Kavkazda va O’rta Osiyo’la uchraydi. Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot maydalangan barg va gul aralashmalaridan iborat. Mahsulotning yoqimli hidi, sho’r va achchiqmazasi bor. Mahsulotga qashqarbedaning boshqa turlari (Melilotus dentatus Pers.—guli hidsiz, qo’shimcha bargi tishsimon qirrali, Melilotus albus Desr.—guli oq rangli) aralashib qolmasligi lozim. Mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 10%, diametri 3 mm dan yo’g’on bo’lgan poyalar 2%, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o’tadigan mayda bo’laklar 5%, sarg’aygan, qo’ng’ir rangli va qoraygan bo’laklar 14 2%, organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 0,5% dan ko’p bo’lmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,4—0,9% gacha kumarin, dikumarin (dikumarol), melilotin, melilotozid glikozidi, kumar va melilot kislotalar hamda 0,01% efir moyi bo’ladi. Kumarin va qisman melilotin hidi mahsulotga xos yoqimli hidni beradi. Ishlatilishi. Mahsulotning dorivor preparatlari yumshatuvchi va ta’sirlovchi dori sifatida yaralarni davolash uchun (yiringni so’rib olishda) qo’llaniladi. Dikumarol qonni ivitmaydigan ta’sirga ega, u kumaringa nisbatan 1000—5000 marta kuchli ta’sir qiladi. Shuning uchun dikumarol antikoagulyant (qon ivishga qarshi ta’sir etuvchi) preparat sifatida ishlatiladi. Dorivor preparatlar. Mahsulotdan tayyorlangan malham. Mahsulot yumshatuvchi yig’malar—choylar tarkibiga kiradi. Tibbiyotda dorivor qashqarbeda bilan bir qatorda bo’ychan (baland bo’yli) qashqarbeda—Melilotus altissimus Thuill (bo’yi 1,5 m keladigan ikki yillik o’simlik bo’lib, Sobiq Ittifoqning Janubi-o’arbiy jismida va Oltoy o’lkasida uchraydi) va xushbo’y qashqarbeda —Melilotus suaveolens Ledeb. (dorivor qashqarbeda o’sgan yerlarda uchraydi) o’simliklari ham ishlatiladi. 15 2.3. Ko’p yillik dorivor o’simliklarn ko’chatlarini yetishtrishning ahamiyati va samaradorligi. O'simliklarni ko'chat orqali o'stirishning mohiyati, ular hayotining birinchi boshlanish davrida, oziqa va namlik yetarh bo'lgan, kichik oziqlanish maydonida, sun'iy iqlim sharoitida o'stirishdan, so'ng ochiq yoki himoyalangan yer inshootlariga ko'chirib o'tkazilishidan iboratdir. Ko'chat, deb doimiy o'sish joyiga ko'chirib o'tkazishga mo'ljallangan biroq, hosil beruvchi organlari hah shakhanmagan yosh niholga aytiladi. Uni issiqlik tartiboti bo'yicha ochiq dalada yetishtirish imkoniyati bo'lmalganligi sababU himoyalangan yerda o'stiriladi. Ochiq yerdagi sabzavot ekin-larining yarmidan ko'pi va himoyalangan yerda taxminan 90 % ko'chat bilan ekiladi. Ko'chat uslubini o'sish davrining oxirida katta oziqlanish maydonini talab qila-digan va zaruriyat bo'lganda erta mahsulot ohsh uchun mo'ljallangan ekinlarda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Ko'chat uslubi odatdagicha urug'larni to'g'ridan-to'g'ri yerga ekishga nisbatan bir qator afealliklarga ega. Ko'chat odatda 30-80 kun mobaynida o'stiriladi. O'simlik rivojlanishidagi erishilgan natija erta hosil olish imkonini beradi. Erta olingan hosilni yuqori baholarda sotish qo'shimcha daromad olishni ta'minlaydi. Ilgarilash tufayh ko'chat uslubi o'sish davrini cho'zish imkonini beradi. Bu o'simlik hosildorligini oshiradi va o'sish davri uzoq davom etadigan, ammo issiqlik etishmaydigan hamda urug'dan ekilganda hosilni to'liq to'play olishga sharoit bo'lmaydigan shimohy mintaqalarda issiqsevar ekinlarni yetishtirishga va u yerdagi sabzavotlar turini boyitishga imkon yaratadi. Ko'chat uslubi o'simlik hayotining boshlarida yerga bo'lgan ehtiyojini kamay-tiradi. O'simliklarni oziqa, namlik, issiqlik, yorug'lik va boshqa omillar bilan yaxshiroq ta'minlash, hah zaif nihoharni zararkunandalar, kasalliklar, begona o'tlardan yaxshiroq liimoya qihsh, ularga qarshi kurashda mehnat sarfini kamay-tirislii mumkin. Ko'chat uslubida urug' sarfi doimiy joyga ekilganga ko'ra 3-7 marta kamayadi. Himoyalangan yer sharoitida o'simliklarni ko'chat orqali etish-tirish mahsulot chiqish davrini uzaytirib, sun'iy yoritish manbalaridan iqti-sodiy tomonidan samarafi foydalanishga imkoniyat yaratadi. 16 Ko'chat uslubi pomidor, bodring, qovun va boshqa ekinlarning bir-biriga yoki kasallik va tashqi muhit omifiariga chidamh bo'lgan boshqa turlariga payvandlash imkoniyatini yaratadi. Hozirgi vaqtda chet el mamlakatlarida pomidor, bodringni kasalliklarga chidamh bo'lgan payvanduslariga, shuningdek, bodring, qovunlarni sovuqqa chidamliligini oshirish maqsadida qovoqqa payvandlashdan keng foydalanihnoqda. Ko'chat uslubining avzalhgi natijasida O'zbekistonda o'simliklarni yetishtirish muddatlari qisqarib, bir maydonda oqboshli va gul karamlardan ikki marta, ertapishar pomidor navlarini esa takroriy ekish hnkoniyati bor. Sabzavotchilikda ko'chatdan o'stirilgan o'simliklarni, ko'chatsiz o'stirilgan xuddi shunday o'simliklarga nisbatan o'sishi va rivojlanishida oldin ketishi — ilgarilash deyiladi. Ilgarilashni o'simlikning doimiy o'sish joyiga ekilgan vaqtdan boshlab belgilanadigan yoki nihollar ehiqishidan doimiy joyiga o'tkazilgunigacha o'tgan kunlar yoki chin barglarining soniga ko'ra ifodalanadigan yoshi bilan aralashtirmaslik kerak. Ilgarilashni ko'chat qilib ekilib doimiy joyida ildiz otgan o'simlikni xuddi shu tur va navdagi ko'chatsiz uslubda o'stirilgan o'simlik bilan qiyoslab fikr yuritiladi. Ilgarilash kattahgi ko'chat ekilgan yoki urug' sepilgan kundan to birinchi hosilni yig'ishgacha o'tgan kunlar soniga ko'ra belgilanadi. Ilgarilashning davomiyhgi doimo ko'chat yoshining davomiy-hgidan kam bo'ladi, chunki ko'chatsiz o'stirilgan e kinl ar yaxshi yoritilgan sharoit-larda rivojlanadi, ildiz tizimi zararlanish ta'sirini o'zida o'tkazmaydi, ochiq yer sharoitlariga yaxshi nioslashgan bo'ladi. Ko'chat yetishtirish usullari. Ko'chatlar ilgari ko'pincha biologik usulda isitiladigan parniklar va ko'chatxonalarda yetishtirilgan. Hozirgi kunda ochiq yer uchun ko'chatlar asosan isitiladigan plyonkah issiqxonalarda, tomorqa va dala hovlilarida esa plyonkah isitiladigan kichik issiqxonalarda plyonkah parnik-larda yetishtiriladi. Himoyalangan yer uchun qishki-bahorgi aylanishda ko'chatlar isitiladigan qishki oynavand yoki plyonkah issiqxonalarning ko'chat bo'limida yetishtiriladi. Boshqa aylanishlar uchun ko'chatlar maxsus shu maqsad uchun moslan-gan inshootlarda yetishtiriladi. 17 Chet el mamlakatlarining yirik issiqxona kombinatlarida hhnoyalangan yerlarning barcha aylanishlari uchun ko'chatlar maxsus issiqxonalarda yoki ko'chat bo'limlarida to'g'ridan-to'g'ri tuproq ustida (so'kchaksiz) yetishtiriladi, bu maydon- ni iqtisod qilish va mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi. Yirik sabzavotchilik xo'jaliklarida ochiq yerga ko'chatlarni tayyorlash uchun issiqxona (asosan plyonkah), plyonkah qurilma va sovuq ko'chatxonalardan tashkil top-gan ko'chat-sabzavot komplekslari bunyod etihnoqda, u yerlarda oldin ochiq yer uchun ko'chat, so'ng sabzavotlar yetishtiriladi. Ko'chat ikki xil uslubda: ko'chirib o'tkazib, ko'chirib o'tkazmay o'stiriladi. Ko'chirib o'tkazish usuli doimiy joyiga ko'chirib o'tkazilganda ildizlar shikast- lanishga chidamh bo'lgan (karam, pomidor, qalampir, oddiy piyoz, porey piyozi, salat) o'simliklar uchun qo'llaniladi. Maysalarni ko'chirib o'tkazmasdan (pikirovkasiz) ko'chatlarni yetishtirish uslubini (bodring, qovoqcha, patisson, qovun, tarvuz, baqlajon) va kichik oziqlanish maydonida o'stiriladigan (salat, piyoz va bosh-qalar) ekinlar uchun qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ko'chirib o'tkazish uslubi bilan o'stirishda urug' qalin sepiladi va u unib chiqqandan so'ng 1-2 chin bargi hosil bo'lganida oziqlanish maydonini kattaroq berib, inshoot tuprog'iga yoki oziqali kubiklarga va tuvakchalarga ekiladi. Yosh maysani ko'chirib o'tkazish pikirovka (siyraklab ko'chirib o'tkazish), ko'chirib o'tkaziladigan yosh nihol maysa, ularni qalin eldlgan joyi esa maysazor deyiladi. Maysalar yerga oldindan taxtacha yoki qoziqcha yoki tishli marker bilan belgilab qo'yilgan egatcha yoki chuqurchalarga pikirovka qilinadi (pikirovka «pika» so'zidan olingan) (47-rasm). . Ko ' chatni pikirovka qilish jarayoni tartibi Pikirovka qilib ko ' chat o ' stirishda mehnat sarfi 1,2-1,5 marta oshadi . Maysa - larni pikirovka qilishga tayyorlash davrida issiqxona maydonini tejashga 18 (2-3 hafta ), zaif va kasahangan o ' simliklarni chiqitga chiqarishga hamda popuk ildiz tizimini hosil bo ' lishiga hnkon beradi . Bu usul bilan ko ' pincha ertagi ekinlar - ning ko ' chatlari yetishtiriladi . Agar ko ' chat ko ' chirib o ' tkzilmasdan ( pikirovkasiz ) yetishtirilsa , ularga yetar - h oziqlanish maydoni berib yoki tuvakcha va kubiklarga urug ' lar to ' g ' ridan - to ' g ' ri ekiladi va nihollar unib chiqqanidan so ' ng ochiq maydonga yoki issiqxonaga ekil - gunicha o ' sha yerda o ' stiriladi . O ' rta va kechki ekinlarni shuningdek , qovoqdosh - larning ( bodring , qovun , tarvuz , qovoqcha ) ko ' chati pikirovkasiz yetishtiriladi . Ko'chat yetishtirishning asosiy 2 usuh mavjud: tuvakchasiz va tuvakchah. Tuvakchasiz o'stirishda urug'larni ekish yoki pikirovka qilish bevosita inshoot erida amalga oshiriladi. Ko'chatni tuvakchasiz o'stirish oson va arzon. Ammo ko'chat-ni ko'chirib olishda ildizning ko'p qismi tuproqda qolib ketadi va boshqa yerga ko'chirib ekilganda u tutish va o'sishda kechikadi. Tuvakchasiz ko'chatlarni yetishtirishda urug' plyonkah issiqxona tuprog'i egatlariga turU xildagi parnik seyalka-lari bilan ekiladi. Seksiyalari 6,4 metrli issiqxonalarda eni 1,6 m li uchta keng egatlar olinadi va eni 0,5 m bo'lgan to'rt yo'lka qilinadi yoki eni 2,0 m dan ikkita keng egatlar qilinib, 3 yo'lka qoldiriladi. 19 III.BOB. Xulosa Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki dorivor o’simliklarning qanday xususiyatlarga ega ekanligi, uni qanday maqsatda va qanday vaqtda foydalanish kerakligini bilib oldik. Bundan tashqari O’zbekistonda o’smaydigan dorivor o’simliklarni chet ellardan introduksiya olib kelish haqida batafsil bilib oldik. Biz bu dorivor o’simliklarni asrab avaylashimiz va qat’iy muhofazasini yolga qoyishimiz kerak boladi va ulardan oqilona foydalanishni yolga qoyishimiz lozim. Dorivor o’simliklar resurslaridan oqilona foydalanishning asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi: Mahsulot tayyorlashni to’g’ri rejalash va joyini aniqlash. Ayrim mintaqalar, tumanlar, joylar uchun uzoq vaqtga mo’ljallangan resursshunoslik tadqiqotlari dasturini yaratish va dorivor o’simliklar tayyorlash joyi, hajmini nazorat qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqiladi. Masalan, ma’lum bir regionda terish mumkin bo’lgan yovvoyi holda tarqalgan o’simliklarni ro’yxati va eng ko’pi bilan qanchagacha hajmda terish mumkinligi aniqlanadi. bunda teriladigan turlar shu ko’rsatilgan joy atrofida (kiyik o’ti er ustki qismi, mayda gulli tog’rayhon o’ti va boshqalar); yoki qishloq atrofidagi joylardan terish ruxsat berilgan (yapon saforasi g’unchalari, do’lana mevalari) yoki alohida ajratilgan uchastkalar – institut sog’lomlashtirish ormgohi atrofidan (tubulg’ibargli bo’ymadaron guli va boshqalar). Dorivor o’simliklarni biologik o’ziga xosligini hisobga olish. Dorivor o’simliklardan oqilona foydalanishda, ularni biologik rivojlanish qonuniyatlari bilimini bilish, terilgandan keyin qancha muddatda bu o’simlik yana o’zining tabiiy zahirasini tiklanish muddatini aniqlash, shu o’simlikdagi biologik faol, ta’sir qiluvchi moddasini hosil bo’lishi va to’planish dinamikasiga atrof- muhitni ta’sirini hisobga olish. bular o’simlik mahsulotlarini yig’ishni optimal muddati, usuli va sharoitini aniqlash, shu bilan birga tayyorlash ishlarini samarali bo’lishiga olib keladi. Mahsulot tayyorlashni me’yorlash. 20 Asoslanmagan va me’yorlanmasdan dorivor o’simliklarni va boshqa foydali o’simliklarni tayyorlash, ularning tabiiy zahirasini tez kamayib ketishiga olib keladi. bunday hollar, ko’pincha tayyorlash ishlari bilan ma’suliyatsiz mutuxassis bo’lmagan, tasodifiy odamlar va tashkilotar shug’ullanganda sodir bo’ladi. ko’pchilik dorivor o’simliklar, o’zlari bilan birga o’sadigan o’simliklarni orasida alohida ahamiyatli o’rni bo’lib, ularni ko’plab terish, birga o’sadigan o’simliklar orasidagi bog’liqlikni, tizimni, mutanosiblik (balans)ni buzilishiga olib keladi. masalan doimi terish chimyonda dalachoy, oddiy va tubulg’ibargli bo’ymadaron, achchiq shuvoq, samarqand bo’znochi kabi o’simliklarni kamayib ketishiga olib kelgan. 21