logo

Tadbirkorlikning mazmuni va ahamiyati 11 - sinf

Yuklangan vaqt:

02.02.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

13104.5 KB
11-sinf tadbirkorlik asoslari darsligi asosida 1-mavzu: TADBIRKORLIKNING MAZMUNI VA AHAMIYATI Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab- quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yur timizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shartsharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon char chamayman, ya’ni, xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar 1. 1– 3-rasmlarda ifodalangan odamlarning turmush sharoiti nimalar bilan farqlanadi? 2. 4–6-rasmlarda bayroqlari aks etgan qaysi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati ko‘proq rivojlangan deb o‘ylaysiz? Nima uchun? Fikringizni asoslang. 3. Atrof-muhit va shart-sharoitlarning tadbirkorlik faoliyati rivojlanganlik darajasi bilan qanday aloqasi bor? TADBIRKORLIK NIMA? Siz tadbirkorlik tushunchasi bilan 9-sinfda o‘tilgan « Iqtisodiy bilim asoslari » fani orqali yaxshi tanishsiz. Unda tadbirkorlik deganda kishilarning foyda olish maqsadida tavakkalchilik asosida o‘z mablag‘lari, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati tushuniladi, deyilgan. Bundan ko‘rinadiki, tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etib, uning ishtirokchilarini harakatga undovchi faoliyat hisoblanadi.  Tadbirkor ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari – yer (tabiiy resurslar), kapital (ishlab chiqarish vositalari) va mehnat resurslarini o‘zaro biriktirib, ularning bir-biriga muvofiq harakatini ta’minlab, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi. Tadbirkor – tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish borasida bilim, ko‘nikma va tajribaga ega shaxs. TADBIRKORLIKNING ASOSIY JIHATLARI Agar tadbirkor bo‘lishni istasangiz, siz o‘zingizda tadbirkorlikning asosiy jihatlarini shakllantirishingiz zarur bo‘ladi. Ular quyidagilar: 1. Tashabbuskorlik. Aynan tadbirkor o‘z g‘oyasini amalga oshirib, foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni o‘zaro biriktirish orqali yangi mahsulot va xizmatlar yaratish tashabbusini ilgari suradi. 2. Tavakkalchilik. Tadbirkor o‘z faoliyatini qanchalik puxta rejalashtirishidan qat’i nazar, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi kafolatlanmagan. Faoliyat davomida uning natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi juda ko‘p xavf-xatar (risk)lar paydo bo‘lishi mumkin. Tadbirkor – bu turli xavfxatar, muammo va to‘siqlardan cho‘chimasdan, o‘z maqsadiga erishishda tavakkalchilikka bora oluvchi shaxs hisoblanadi. 3. Mas’uliyat. Tadbirkorning tashabbusi va tavakkalchiligi ortida uning mas’uliyati, ya’ni o‘zining xatti-harakati uchun mol-mulki va resurslari bilan javobgar bo‘lishga tayyorligi turadi. 4. Yangilikka intilish. Tadbirkorlikning mazmunida yangilikka intilish, ya’ni o‘z faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda yanada yuqori natijalarga erishish uchun muayyan yangilik va o‘zgarishlar kiritib borish muhim o‘rin tutadi. TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI Siz o‘z oila a’zolaringiz turmush sharoitining yuqori darajada bo‘lishini xohlaysizmi? Bu sharoit va imkoniyatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik faoliyati orqali yaratilishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Tadbirkorlik har bir insonni muayyan daromad bilan ta’minlab, uning o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush darajasini oshirishga imkon yaratadi. Agar jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikka intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Tadbirkorlik yaxshi rivojlangan jamiyatda yaratuvchanlik, ilm-ma’rifat va saxovat yetakchi o‘rin tutadi. Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali davlat budjeti daromadlarini ham ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyat a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar, yo‘llar, tibbiyot muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikning ahamiyati uning har bir shaxs, jamiyat va davlatning imkoniyatlarini kengaytirishi orqali namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan muhofaza qilinadi va qo‘llab- quvvatlanadi. KIM TADBIRKOR BO‘LISHI MUMKIN? Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar tadbirkor bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun fuqaro muomala layoqatiga ega bo‘lishi, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim. O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 28-modda Shu bilan birga, ayrim sabablarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar yoki guruhlar mavjud. Bularga: – davlat organlari; – davlat organlarining mansabdor shaxslari; – tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslarni kiritish mumkin. TADBIRKORLIK UCHUN NIMALAR ZARUR? Siz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishingiz uchun quyidagilar taqozo etiladi: – biznes-g‘oyaga ega bo‘lish; – biznes-g‘oyani amalga oshirish uchun aniq xatti-harakatlar rejasi (biznes-reja) ishlab chiqish; – tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan dastlabki (boshlang‘ich) kapitalga ega bo‘lish; – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli moddiy resurslar va shart-sharoitlarga ega bo‘lish.