logo

Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 9-sinf

Yuklangan vaqt:

15.02.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3913 KB
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 9-sinf iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida 19-mavzu: Biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashimiz kerak. Shavkat Mirziyoyev FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. AQSH, Germaniya, Yaponiya va Koreya kabi mamlakatlarni, odatda, boy mamlakatlar deb atashadi. Bir qator Afrika mamlakatlarini esa, aksincha, kambag‘al mamlakatlar sifatida tilga oladilar. Sizningcha, mamlakatlar boyligi yoki kambag‘alligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 2. Rasmlardagi tasvirlar bilan mamlakatimiz boyligi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor deb o‘ylaysiz? 3. Mamlakatimizning chet ellarda ishlayotgan fuqarolari o‘z mamlakati boyligiga hissa qo‘shishi mumkinmi? Qanday qilib? 4. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet el kompaniyalari-chi ? Mamlakat iqtisodiyotining natijalari turli xil ko‘rsatkichlar yordamida o‘lchanadi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — mamlakat hududida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan, pirovard ko‘rinishdagi tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymatidir. Yalpi ichki mahsulot - bu mamlaka t rivojlanganlik darajasini i fodalovchi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi har qanday mamlakat ichida har yili bir marotaba hisobot yilidan keyingi yilning boshida hisoblab chiqiladi. U iqtisodiyotning qay darajada o‘sayotganligini va rivojlanayotganligini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. YaIM hisoblanayotganda ishlab chiqarishning oraliq bosqichida yara tilgan xom ashyo, ehtiyot qismlar, urug‘lik, yonilg‘i, energiya, materiallar, transport xizmati, ulgurji savdo xizmati, tijorat va boshqa oraliq mahsulotlar va xizmatlar hisobga olinmaydi. YaIMga pirovard ko‘rinishdagi iste’molga tayyor tovarlar qiymatigina qo‘shiladi. Masalan, traktor g‘ildiragi traktor ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib, traktor tarkibiy qismiga aylansa, YaIM ga kiritilmaydi, chunki u pirovard mahsulot bo‘lmay qoladi. Traktor esa YaIM ga kiritiladi, chunki u pirovard mahsulot hisoblanadi. Agar g‘ildirak YaIM ga kiritilganda edi, uning qiymati ikki marotaba: birinchi safar g‘ildirak sifatida, ikkinchi safar esa traktorning qismi sifatida YaIM ga kiritilgan bo‘lib qolar edi. Shu bois, YaIM hisoblanayotganda faqat pirovard ko‘rinishdagi tovarlar inobatga olinadi. YaIM mamlakat hududida joylashgan, qaysi davlatga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar barcha korxona, firma va aholi tomonidan yaratilgan mahsulotning bozor narxlaridagi qiymatidir. Yalpi ichki mahsulot, odatda, milliy valutada hisoblanadi. Masalan, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti so‘mda ko‘rsatiladi. Xalqaro miqyosda esa har xil mamlaka tning YaIMi dollarga o ‘ tkaziladi va o‘zaro taqqoslanadi. Jumladan, Jahon banki bazasida dunyoning barcha mamlakatlarining YaIMi bor. Ko‘rsatkichlar har yili yangilanib va chop qilib boriladi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) — yil davomida mamlakat fuqarolari tomonidan (yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’i nazar) yaratilgan pirovard ko‘rinishdagi jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymatidir. Agar YaIMdan mazkur mamlakat hududida chet ellik fuqarolar va firmalar tomonidan yaratilgan tovarlar qiymatini ayirib, bu mamlakat fuqarolari va firmalari tomonidan boshqa davlatlar hududida yaratilgan tovarlar qiymatini qo‘shsak, mazkur mamlakatning Yalpi milliy mahsuloti (YaMM) miqdori hosil bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM ) — mamlakat hududida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan, pirovard ko‘rinishdagi tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) — yil mobaynida mamlakat fuqarolari tomonidan (yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’i nazar) yaratilgan pirovard ko‘rinishdagi jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati. Sof ichki mahsulot (SIM) — YaIMdan amortizatsiya ajratmasining ayrilganiga teng. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida asbob-uskuna, bino kabi asosiy vositalar eskirib, ular narxining bir qismi shu vositalar ish tirokida tayyorlangan tovarlar narxiga o ‘ tadi. Bu amor tiza tsiya ajratmasi bo‘lib, u yangidan yaratilgan qiymat emas. Shu bois, YaIMdan jami amortizatsiya ajratmasini ayirib tashlasak, Sof ichki mahsulot (SIM) miqdori topiladi. SIM mamlakatda bir yilda yangidan yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini ko‘rsatadi. Sof milliy mahsulot (SMM)ning qiymati YaMM qiymatidan amortizatsiya ajratmasini ayirish yo‘li bilan topiladi. Milliy daromad (MD) — mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz, renta kabi barcha daromadlari va korxonalar foydasining yalpi yig‘indisidan iborat. U SIMdan barcha bilvosita soliqlarni ayirish yo‘li bilan ham aniqlanadi. Turli mamlakatlardagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligini va aholining turmush farovonligini taqqoslashda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM qo‘llaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM (YaMM) — YaIM (YaMM) qiymatini mamlakat aholisi soniga bo‘lib topiladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM mamlakatdagi odamlarning turmush farovonligini i fodalovchi asosiy ko ‘rsa tkichlardan biridir. Sof ichki mahsulot (SIM ) — yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya ajratmasining ayrilganiga teng. Milliy daromad (MD) — mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz, renta kabi daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori AQSH, Yaponiya kabi davlatlarda mamlakatning rivojlanish darajasini ifodalovchi asosiy mikroiqtisodiy ko‘ratkich qilib YaIM emas, balki YaMM qabul qilingan. Lekin Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi bo‘yicha mamlakat rivojlanish darajasini aniqlash uchun YaIM asosiy ko‘rsatkich sifatida ishlatiladi. Shuning uchun ham aksariyat mamlakatlarda aholi turmush darajasini aniqlash va taqqoslash uchun aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM olinadi. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018- yilda O‘zbekistonning YaIMi 407,5 trln so‘mni tashkil qildi. Bu 2017-yildagiga nisbatan 5,17% ga ko‘pdir. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM esa 12,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2017- yilga nisbatan 3,3% ga o‘sgan.