logo

Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar 11-sinf

Yuklangan vaqt:

05.02.2020

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1644.78125 KB
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 10- 11-mavzu Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr- qimmatiga qarshi jinoyatlarga: • Odam savdosi, • Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish, • Odam o‘g‘rilash, • Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish, • Tuhmat, • Haqorat qilish kiradi. Ushbu jinoyatlarning obyekti shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi. Jinoyatlar to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi. Odam savdosi bugungi kunda eng global muammolardan biriga aylanib ulgurdi. Odam savdosi odamni olish-sotish yoxud undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishda namoyon bo‘ladi. Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish, ayolning roziligisiz uylanish maqsadida uni o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish ham jinoyat sanaladi. Odam savdosi jinoyati bo‘yicha jabrlanuvch ilarning ekspluatats iya jarayoni Ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik ishlarida foydalanish Uy-ro‘zg‘or ishlarida foydalanish Tilamchilikka majburlash Sun’iy onalik va bola tug‘ishga majburlash Majburiy nikoh, jinsiy erkinligiga qarshi harakatlar Inson to‘qimalarini transplantatsiya qilish Odam o‘g‘rilash Mazkur jinoyatning obyekti odamning erkinligi, ya’ni istagan yerida bo‘lishi erkinligini kafolatlovchi ijtimoiy munisabatlar hisoblanadi.Bu jinoyatga Jinoyat kodeksining 245- moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari barcha turdagi odam o‘g‘rilashlar kiradi. Tuhmat O‘rganilayotgan jinoyat uch qismdan iborat. Tuhmatning obyekti shaxsning sha’ni va qadr- qimmati hisoblanadi. Jinoyat tuhmat yolg‘onligini bila turib, boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalarni tarqatishda ifodalanadi. Haqorat qilish Haqorat qilish shaxsning sha’ni va qadr- qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlashdan iboratdir. Haqorat qilish og‘zaki yoki yozma ravishda bo‘lishi mumkin. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar tarkibiga mamlakatimiz Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan huquqlarni buzish kabi jinoyatlar kiradi. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish Bu jinoyat shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatishda ifodalanadi.Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish Jinoyat yashovchilarning erkiga qarshi zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda turar joyga bostirib kirishda ifodalanadi. Fuqarolarning erkin ovoz berish huquqi, saylovlar yoki referendumlarni tashkil etish, o‘tkazishning belgilangan tartibiga qarshi harakat yoki harakatsizlikdir. Jinoyat: ovoz berishning yashirinligini buzishga; saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirishga; saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritishga; saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida berilgan ovozlarni ataylab noto‘g‘ri hisoblashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etishda ifodalanadi.1) 2) 3) 4) Jinoyat obyekti – insonning saylash yoki saylanish, saylovoldi tashviqotini olib borish, referendumni o‘tkazishda ishtirok etish, saylovoldi tashviqot olib borish, nomzod shaxs ishonchli vakillarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish huquqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Mehnat qilish huquqini buzish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi kafolatlangan. Asosiy qonunning 37- moddasida: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir», deb belgilab qo‘yilgan. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish Fuqaroning intellektual mulkini himoya qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi, xususan, mualliflik yoki ixtirochilik huquqining buzilishidir. Savol va topshiriqlar: 1. Fuqarolarning turar-joy daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikka tortishning shartlari nimalarda ifodalanadi? 2. Fuqarolarning xususiy hayoti to‘g‘risidagi axborotni tarqatish jinoiy javobgarlikka asos bo‘ladimi? Fikringizni asoslang. 3. Saylov huquqini yoki ishonchli vakil vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish harakatlari nimalarda ifodalanadi? 4. Voyaga yetmagan 16 yoshli shaxs birovning xatini so‘roqsiz o‘qigani va mazmunini do‘stlariga gapirib berganligi uchun javobgarlik mavjud bo‘ladimi?