logo

Yarimo‘tkazgichlarda xususiy o‘tkazuvchanlik. Aralashmali o‘tkazuvchanlik. 10-sinf, 54-mavzu

Yuklangan vaqt:

06.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46938.279296875 KB
Yarimo ‘tkazgichlarda xususiy o‘tkazuvchanlik. Aralashmali o‘tkazuvchanlik Fizika Birlik hajmidagi elektronlar soni o‘tkazgichlarga nisbatan kam, lekin dielektriklarga nisbatan ko‘p bo‘lgan moddalar yarimo‘tkazgichlar deyiladi. Yarimo‘tkazgich moddalarda temperatura ortishi bilan solishtirma qarshiligi kamayadi. a) Elektr o‘tkazish qobiliyatiga ko‘ra metallar bilan dielektriklarning oraliq holatini egallaydi; b) Isitilganda va yoritilganda solishtirma qarshiligi kamayadi.  Xususiy o‘tkazuvchanlik Kremniy atomi tashqi qobig‘idagi to‘rtta elektroni orqali qo‘shni atomlar bilan bog‘lanadi. Bu bog‘lanishda har bir atom bitta elektroni bilan qatnashadi. Bunday bog‘lanish kovalent bog‘lanish deyiladi.     Elektron o‘tkazuvchanlik Erkin elektronlarning ko‘chishi tufayli yarimo‘tkazgichda tok hosil bo‘lishiga elektron o‘tkazuvchanlik yoki n-turdagi o‘tkazuvchanlik deyiladi.  Kovakli o‘tkazuvchanlik Yarimo‘tkazgichlarda kovaklarning ikkinchi tomonga ko‘chishi tufayli tok hosil bo‘lishi kovakli o‘tkazuvchanlik yoki p-turdagi o‘tkazuvchanlik deyiladi.   Donorli aralashmalar Osongina elektronini beradigan aralashma donorli aralashma deyiladi. Donorli aralashmali yarimo‘tkazgichlar n-turdagi yarimo‘tkazgichlar deyiladi.   Akseptorli aralashmalar Aralashma qo‘shilganda kovaklar soni ko‘paysa, bunday aralashma akseptorli aralashma deyiladi. Asosiy tok tashuvchilar kovaklardan iborat bo‘lgan aralashmali yarimo‘tkazgichlarni p-turdagi yarimo‘tkazgichlar deyiladi.  169-bet 9-test Kovalent bog‘lanishda nechta elektron qatnashadi? A) 1 ta; B) 2 ta; C) 3 ta; D) 4 ta. To‘g‘ri javob: B) 2 ta.  168-bet 6-test Yarimo‘tkazgichda kovak va elektron uchrashganda nima hosil bo‘ladi? A) musbat ion; B) manfiy ion; C) neytral atom; D) musbat va manfiy ionlar. To‘g‘ri javob: C) neytral atom. 1. Mavzuni o‘qing va mavzuga oid savollarga javob yozing. (161-bet) 2. D.I.Mendeleyev davriy sistemasida III va V guruhdan aralashma sifatida ishlatsa bo‘ladigan elementlarni yozib oling. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar