logo

Inson hayotida issiqlik dvigatellarining ahamiyati. Issiqlik dvigatellari va ekologiya. 10-sinf, 36-mavzu

Yuklangan vaqt:

06.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

7102.32421875 KB
Mavzu: Inson hayotida issiqlik dvigatellarining ahamiyati. Issiqlik dvigatellari va ekologiyaFizika  Issiqlik dvigatellari Issiqlik energiyasini mexanik enrgiyaga aylantirib beruvchi qurilmaga issiqlik mashinalari deyiladi. Issiqlik dvigatellariga bug‘ mashinasi, bug‘ trubinasi, ichki yonuv dvigateli va reaktiv dvigatellar kiradi. Bug‘ mashinasi. Bug‘ mashinalari va bug‘ trubinasida isitkich vazifasini bug‘ qozoni, ishchi modda vazifasini bug‘, sovitkich vazifasini atmosfera yoki kondensator bajaradi. Ichki yonuv dvigateli. Ichki yonuv dvigatelida isitkich va ishchi modda vazifasini yonilg‘, sovitkich vazifasini esa atmosfera o‘taydi.  Karburatorli dvigatel Issiqlik dvigatellari deb, issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga aytiladi. 1- silindr; 5- svecha; 2- porshen; 6- klapan (kirish); 3- tirsakli val; 7- klapan (chiqish). 4- shatun;  1-takt Tashqi kuch ta‘sirida porshen pastga harakat qiladi va kirish klapani ochilib ishchi aralashma silindrga kiradi. Jarayon atmosfera bosimi ta‘sirida izobarik ravishda ro‘y beradi.  2-takt Ikkinchi takt ham tashqi kuch ta‘sirida ro‘y beradi. Har ikkala klapan yopiq holda gaz adiabatik qiziydi.  3-takt Uchinchi takt ish bajarish deyiladi. O‘t oldiruvchi svecha uchquni aralashmani yoqadi va gazning bosimi keskin ortadi. Klapanlar yopiq holatida gaz adiabatik kengayadi.  4-takt To‘rtinchi taktda chiqarish klapani ochilib, yonish mahsulotlari chiqarish moslamalari orqali atrof-muhitga chiqarib yuboriladi.  Dizel dvigatel Ichki yonuv dvigateliga nisbatan foydali ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan dvigatelni 1893-yilda nemis injeneri Rudolf Dizel yaratdi.   Reaktiv dvigatel Reaktiv dvigatellar quyidagi asosiy qismlardan iborat: yonilg‘i baki, yonish kamerasi, kislorod kamerasi, nasoslar va soplo. Yoqilg‘i kamerasiYoqilg‘i  Bugungi kunda Yer yuzidagi dvigatellar iste’mol qiladigan quvvat kW ga yetdi . Bu quvvat 3∙ kW ga yetganda Yer kurrasida temperatura bir gradusga ko‘tariladi.• Insonlar uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasining katta qismi yoqilg‘i hisobiga olinadi.  Yer zaminida issiqlik dvigatellari yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Ularda har yili o‘rtacha 2 milliard tonna ko‘mir, 1 milliard tonna neft mahsulotlari yoqiladi. Buning natijasida har yili atrof-muhitga o‘rtacha 120 million tonna kul va 60 million tonna zararli gaz tarqatilmoqda.  112-bet 2-test Gapni to‘ldiring. Atrof-muhit bilan issiqlik miqdori almashmasdan ro‘y beradigan jarayonga … deyiladi. A) … izotermik; B) … izoxorik; C) … adiabatik; D) … izobarik. Javob: C) … adiabatik.  112-bet 3-test Gapni to‘ldiring. Karno siklining foydali ish koeffitsiyenti … A) … birga teng; B) … birdan katta; C) … nolga teng; D) … birdan kichik. Javob: D) … birdan kichik. 1. Mavzuni o‘qish va mavzuga oid savollarga javob yozish. 2. 112 -betdagi 1, 4, 5 -testlarni yechish.Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar