logo

Atom energetikasining fizik asoslari. Yadro energiyasidan foydalanishda xavfsizlik choralari 11-sinf

Yuklangan vaqt:

09.02.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1246.5 KB
11-sinf fizika darsligi asosida 44-mavzu:Atom energetikasining fizik asoslari. Yadro energiyasidan foydalanishda xavfsizlik choralari Og‘ir yadroning bo‘linishi . Og‘ir yadrolarning bo‘linish imkoniyatini, 7.12-rasmda keltirilgan solishtirma bog‘lanish energiyasining massa soniga bog‘liqlik grafigi asosida tushuntirish mumkin. Bu grafikdan ko‘rinib turibdiki, og‘ir yadrolarning solishtirma bog‘lanish energiyasi Mendeleyev jadvalining o‘rta qismidagi elementlarning solishtirma bog‘lanish energiyasidan 1 MeV ga kichik. Demak, og‘ir yadrolar o‘rta yadrolarga aylansa, unda har bir nuklon uchun 1 MeV dan energiya ajralib chiqar ekan. Agar 200 ta nuklonli yadro bo‘linsa, unda ≈ 200 MeV atrofida energiya ajralib chiqadi va uning asosiy qismi (≈ 165 MeV) yadro parchalarining kinetik energiyasiga aylanadi. Uran yadrosining bo‘linishi. 1938–1939-yillarda nemis fiziklari O. Gan va F.Strassmanlar neytron bilan bombardimon qilingan uran yadrosi ikkita (ba’zida uchta) bo‘lakka bo‘linishi va bunda katta miqdorda energiya ajralishini aniqladilar. Bu bo‘linishda davriy sistemaning o‘rta elementlari hisoblanmish bariy, lantan va boshqalar hosil bo‘ladi. Tajriba natijalari quyidagicha tahlil qilindi. Neytronni yutgan uran yadrosi g‘alayonlangan holatga o‘tadi va ikkita bo‘lakka parchalanib ketadi. Bunga sabab  –  protonlar orasidagi kulon itarishish kuchining yadro tortishish kuchlaridan katta bo‘lib qolishidir. Yadro parchalari musbat zaryadlangan bo‘lganligi uchun ham bir-birlarini kulon kuchi ta’sirida itaradi va katta tezlik bilan otilib ketadi. Bir paytning o‘zida 2–3 ta ikkilamchi neytron ajralib chiqadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, ikkilamchi neytronlarning asosiy qismi uchib chiqayotgan, g‘alayonlangan parchalardan ajraladi. Bo‘linish mahsulotlari turli- tuman bo‘lib, qariyb 200 xil ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Massa soni 95 dan 139 gacha bo‘lgan yadrolarning hosil bo‘lish ehtimoli eng katta bo‘ladi. Teng massali bo‘linish ehtimoli ancha kichik va kamdan kam hollardagina ro‘y berishi mumkin. Bo‘linish reaksiyasining quyidagicha holi eng ko‘p ro‘y beradi: Uzluksiz zanjir reaksiyasi. Yuqorida qayd etilganidek, har bir uran yadrosi bo‘linganda yadro bo‘laklaridan tashqari 2–3 ta neytron ham uchib chiqadi. O‘z navbatida, bu neytronlar ham boshqa uran yadrosiga tushishi va ularning ham parchalanishiga olib kelishi mumkin. Natijada 4–9 ta neytron hosil bo‘ladi va shuncha yadroni parchalab, 8 tadan 27 tagacha neytronlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, o‘z-o‘zining parchalanishini kuchaytiruvchi jarayon vujudga keladi (7.12-rasm). Bu jarayon uzluksiz zanjir reaksiyasi deyiladi. Zanjir reaksiyasi ekzotermik reaksiyadir, ya’ni reaksiya katta miqdordagi energiya ajralishi bilan ro‘y beradi. Biz yuqorida bitta uran yadrosi bo‘linganda 200 MeV energiya ajralishi haqida yozgan edik. Endi 1 kg uran parchalanganda qancha energiya ajralishini hisoblaylik (1 kg uranda 2,5· 1024 ta yadro mavjud): Bunday energiya 1800 t benzin yoki 2500 t toshko‘mir yonganda ajralishi mumkin. Aynan shu qadar katta energiyaning ajralishi olimlarni zanjir reaksiyasidan amalda (ham tinchlik, ham harbiy maqsadlarda) foydalanish yo‘llarini izlashga undadi. Zanjir reaksiyasini amalga oshirish unchalik ham oson emas. Bunga sabab tabiatda mavjud uranning ikkita izotop: 99,3 %– Shuning uchun uran rudasidan oldin zanjir reaksiyasi ro‘y beradigan Uran – 235 izotopini ajratib olish, so‘ngra reaksiya o‘tadigan sharoitni vujudga keltirish kerak. Bugungi kunda bu murakkab masala muvaffaqiyatli yechilgan Neytronlarning ko‘payish koeffitsiyenti. Zanjir reaksiyasi ro‘y berishi uchun ikkilamchi neytronlarning keyingi yadro bo‘linishlaridagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun neytronlarning ko‘payish koeffitsiyenti tushunchasi kiritiladi: bu yerda: N i kattalik – i-etapda yadrolar bo‘linishini vujudga keltiradigan neytronlar soni bo‘lsa, N i–1 – undan oldingi etapda yadrolar bo‘linishini vujudga keltiradigan neytronlar soni. Ko‘payish koeffitsiyenti nafaqat neytronlar sonini, balki bo‘linadigan yadrolar sonini ham ko‘rsatadi. Agar k Agar k > 1 bo‘lsa, zanjir reaksiyasi ko‘chkisimon o‘sib boradi va yadro portlashiga olib keladi. Yadro reaktori. Insoniyat uchun zanjir reaksiyasini amalga oshirish emas, balki ajraladigan energiyadan foydalanish uchun uni boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Og‘ir yadrolarning bo‘linish zanjir reaksiyasini amalga oshirish va boshqarish imkoniyatini beradigan qurilma yadro reaktori deyiladi. Birinchi yadro reaktori 1942-yilda E. Fermi rahbarligida Chikago universiteti qoshida qurilgan. Yonilg‘i sifatida 5 % gacha Uran –235 bilan boyitilgan tabiiy urandan foydalanadigan bu reaktorning sxemasi 7.13-rasmda ko‘rsatilgan Uran– 235 yadrosida zanjir reaksiyasini rivojlantirish issiq neytronlar vositasidagina amalga oshirilishi mumkin (energiyasi 0,005–0,5 eV oralig‘ida bo‘lgan neytronlar issiq neytronlar deyiladi). Yadro parchalanishida hosil bo‘ladigan neytronlarning energiyasi esa 2 MeV atrofida bo‘ladi. Shuning uchun, zanjir reaksiyasi borishini ta’minlash uchun ikkilamchi neytronlarni issiq neytronlargacha sekinlatish kerak. Shu maqsadda sekinlatgich deb ataluvchi maxsus moddadan foydalaniladi. Sekinlatgich neytronlarni sekinlatishi, lekin yutmasligi kerak. Sekinlatgich maqsadida og‘ir suv, oddiy suv, grafit va berilliylardan foydalanish mumkin. Og‘ir suvni olish juda qiyin bo‘lgani uchun, odatda, reaktorlarda oddiy suv yoki grafitdan foydalaniladi. Reaktorning o‘z-o‘zini kuchaytiruvchi zanjir reaksiyasi ro‘y beradigan faol zonasi grafit silindrdan iborat bo‘ladi. Yadro reaktorini boshqarish. Zanjir reaksiyasi jarayonida faol zonadagi temperatura 800–900 K gacha ko‘tariladi. Issiqlikni olib ketish uchun reaktorning faol zonasidan quvur orqali issiqlik tashuvchi o‘tkaziladi. Misol uchun, bunday issiqlik tashuvchi odatdagi suv yoki suyuq natriy metali bo‘lishi mumkin. Zanjir reaksiyasini boshqarish bor yoki kadmiydan yasalgan, issiq neytronlarni yaxshi yutadigan tayoqchalar yordamida amalga oshiriladi. Zanjir reaksiyasining rivojlanishi bo‘linayotgan yadrolar sonining uzluksiz ortishiga, ya’ni reaktor quvvatining ortishiga olib keladi. Zanjir reaksiyasi jala xarakterini olmasligi uchun neytronlarning ko‘payish koeffitsiyentini birga teng qilib turish kerak. Bu esa boshqaruvchi tayoqchalar yordamida amalga oshiriladi. Ular faol zonaga tayoqchalar sifatida kiritiladi. Boshqaruvchi tayoqchalar reaktorning faol zonasidan tortib olinganda k > 1, to‘la kiritib qo‘yilganda k  Tayoqchalar yordamida istalgan paytda zanjir reaksiyasi rivojlanishini to‘xtatish mumkin. Kritik massa. O‘z-o‘zini kuchaytiruvchi zanjir reaksiyasi ro‘y berishi uchun (k > 1) faol zonaning hajmi biror kritik qiymatdan kichik bo‘lmasligi kerak. Faol zonaning zanjir reaksiyasini amalga oshirish mumkin bo‘lgan eng kichik hajmi kritik hajm deyiladi. Kritik hajmda joylashgan yonilg‘i massasi kritik massa deyiladi. O‘z-o‘zidan bo‘ladigan zanjir reaksiyasi ro‘y berishi uchun zarur bo‘lgan uran massasining minimal qiymatiga kritik massa deyiladi. Qurilmaning tuzilishi va yonilg‘ining turiga qarab, kritik massa bir necha yuz grammdan, bir necha o‘n tonnalargacha bo‘lishi mumkin. 9 cm radiusli shar shaklidagi 92 238U uran uchun kritik massa 50 kg ni tashkil qiladi. Yadro reaktorining himoyasi. Zanjir reaksiyasida neytronlar, β- va γ- nurlanishlar manbayi bo‘lgan yadro parchalari hosil bo‘ladi. Boshqacha aytganda, uran reaktori – turli xil nurlanishlar manbayi. Ularning katta singish qobiliyatiga ega bo‘lgan neytronlari va γ- nurlari ayniqsa xavflidir. Shuning uchun, reaktorda ishlovchi xodimlarning himoyasini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadda 1 m qalinlikdagi suv, 3 m gacha qalinlikdagi beton va cho‘yanning qalin qatlamidan foydalaniladi. Atom energetikasining qulayliklari. Insoniyat doimo arzon va qulay energiya manbalariga ega bo‘lishga intilgan. Yadro reaktorlarining yaratilishi esa yadro energetikasining sanoatda qo‘llanilishiga, ya’ni undan inson ehtiyojlari uchun foydalanishga imkon yaratdi. Yadro yonilg‘isining zaxiralari kimyoviy yonilg‘i zaxiralaridan yuzlab marta ko‘p. Shuning uchun elektr energiyaning asosiy qismi atom elektr stansiyalarida (AES) ishlab chiqarilganda edi, bu – bir tomondan, elektr energiyaning tannarxini kamaytirsa, ikkinchi tomondan, insoniyatni bir necha yuz yillar davomida energetika muammolaridan xalos qilgan bo‘lardi. AESlarning ancha kichik maydonni egallashini ham ta’kidlash lozim. Dunyoda birinchi AES 1954-yilda Obninsk shahrida ishga tushirilgan. Undan keyin esa juda ko‘p ulkan AESlar qurildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.