logo

Burchakning radian o‘lchovi 9-sinf

Yuklangan vaqt:

10.12.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1542.2119140625 KB
Burchakni ng radian o‘lchovi Subtitle here Aytaylik, vertikal to‘g‘ri chiziq markazi O nuqtada va radiusi 1 ga teng bo‘lgan aylanaga P nuqtada urinsin. Bu to‘g‘ri chiziqni boshi P nuqtada bo‘lgan son o‘qi deb, yuqoriga yo‘nalishni esa to‘g‘ri chiziqdagi musbat yo‘nalish deb hisoblaymiz. Son o‘qida uzunlik birligi sifatida aylananing radiusini olamiz. To‘g‘ri chiziqda bir nechta nuqtani belgilaylik: (p – taqriban 3,14 ga teng bo‘lgan irratsional son ekanligini eslatib o‘tamiz). Bu to‘g‘ri chiziqni aylanadagi P nuqtaga mahkamlangan cho‘- zilmaydigan ip sifatida tasavvur qilib, uni fikran aylanaga o‘ray boshlaymiz. Bunda son (o‘qining) to‘g‘ri chizig‘ining, masalan, 1) koordinatali nuqtalari aylananing, mos ravishda, shunday M 1, M 2, M 3, M 4 nuqtalariga o‘tadiki, PM 1 yoyning uzunligi 1 ga teng, PM 2 yoyning uzunligi ga teng va hokazo bo‘ladi. Shunday qilib, to‘g‘ri chiziqning har bir nuqtasiga aylananing biror nuqtasi mos keltiriladi. To‘g‘ri chiziqning koordinatasi 1 ga teng bo‘lgan nuqtasiga M 1 nuqta mos keltirilgani uchun, POM 1 burchakni birlik burchak deb hisoblash va bu burchakning o‘lchovi bilan boshqa burchaklarni o‘lchash tabiiydir. Masalan, POM 2 burchakni ga teng, POM 3 burchakni -1 ga teng, POM 4 burchakni -2 ga teng deb hisoblash lozim. Burchaklarni o‘lchashning bunday usuli matematika va fizikada keng qo‘llaniladi. Bu holda burchaklar radian o‘lchovlarda o‘lchanyapti deyiladi, POM 1 ni esa 1 radian (1 rad) ga teng burchak deyiladi. Aylananing PM 1 yoyining uzunligi radiusga teng ekanligini ta’kidlab o‘tamiz. Endi ixtiyoriy R radiusli aylanani qaraymiz va unda uzunligi R ga teng bo‘lgan PM yoyni va POM burchakni belgilaymiz Uzunligi aylana radiusiga teng bo‘lgan yoyga tiralgan markaziy burchak 1 radian burchak deyiladi. 1 rad burchakning gradus o‘lchovini topaylik. Uzunligi p R (yarimaylana) bo‘lgan yoy 180° li markaziy burchakni tortib turgani uchun uzunligi R bo‘lgan yoy p marta kichik bo‘lgan burchakni tortib turadi, ya’ni 1 -ma s a l a . 1) ga teng burchakning gradus o‘lchovini toping. (1) formula bo‘yicha topamiz: 1° li burchakning radian o‘lchovini topaylik. 180° li burchak p rad ga teng bo‘lgani uchun ga teng bo‘ladi. Burchakning radian o‘lchovi aylana yoylarining uzunliklarini hisoblash uchun qulay. 1 radian burchak uzunligi R radiusga teng yoyni tortib turgani uchun a radian burchak