logo

”O`zbek musiqa san`atining jahon sahnasiga chiqishi”

Yuklangan vaqt:

01.10.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

321.5 KB
“O`zbek musiqa san`atining jahon sahnasiga chiqishi” mavzusidagi dars  7-sinf. Musiqa madaniyati. Mavzu: ”O`zbek musiqa san`atining jahon sahnasiga chiqishi” Darsning maqsadi: Ta`limiy: DTS asosida o`quvchilarda o`zbek musiqa san`atining jahon sahnasiga chiqishi yuzasidan bilim va ko`nikmalar hosil qilsih; Tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat, yurt sha`nini ulug`lashga intilish tuyg`ularida kamol toptirish; Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda musiqa tinglash, kuyni his qilish va jamoa bo`lib kuylash malakalarini rivojlantirish; Darsning metodi: noan`anaviy , suhbat, kuylash; Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar, texnik vositalar, fortepiano cholg`u asbobi, qo`shiq mualliflari rasmlari; Darsning borishi: Sinfga musiqa sadolari ostida kirish, musiqa bilan salomlashish: O`qituvchi: Assalomu alaykum, aziz bolalar, Musiqani sevuvchi gul u - lolalar. O`quvchilar: Assalomu alaykum, hurmatli ustoz, Sizga va musiqaga ehtirom, e`zoz. Navbatchi axboroti, sinf ozodaligini tekshirish; O`tilgan mavzu yuzasidan “Xatoni toping” usulidan foydalanib, mavzuni takrorlash: 1.Televideniye xalqimizga turli axborotlarni yetkazib berish bilan birga “ osmon jismlari haqidagi fanlar “musiqa, tasviriy san`at, she`riyat, me`morchilik, haykaltaroshlikni keng targ`ib qilish imkoniyatiga ega. (san`at turlarini) 2. Televideniye dasturlari orqali berilayotgan “Ohanrabo” ko`rsatuvi orqali atoqli san`atkorlar, xalq ijodiga doir qo`shiq va kuylar Estrada qo`shiqchilari va kliplar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`lamiz(Estrada qo`shiqchilari va kliplar-xato). 3.” O`tgan kunlar ” filmidan “Tulpor” qo`shg`ini tinglang (O`tgan kunlar – xato, ”Tangalik bolalar” -to`g`ri). 4.Televideniye orqali yoritilib kelinayotgan musiqiy ko`rik –tanlov va festivallar: “O`zbekiston –Vatanim manim”Respublika ko`rik tanlovi,”Sharq taronalari”festivali , ” Barkamol avlod” ,”Universiada”, ”Umid nihollari”, yosh ijrochilarning “Nihol” ko`rik –tanlovlari milliy musiqamiz rivojida alohida o`rin tutadi.(”Barkamol avlod, ”Universiada”, ”Umid nihollari”) Har bir to`g`ri javob kartochka bilan rag`batlantiriladi. Ovoz sozlash mashqlarini kuylash: C- Dur gammasini kuylash , ”Gullola”mashqini kuylash . Oldingi darsda o`rganilgan qo`shiqni jamoa bo`lib kuylash: Musiqa tinglash:- Xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashib kelayotgan o`zbek sozanda va xonandalarining ijodlaridan musiqa tinglash.Ijro haqida suhbat. (Nihol mukofoti sovrindori Bunyodbek Saidovning “Istiqlol niholimiz” qo`shig`ini tinglash). Yangi mavzu: “O`zbek musiqa san`atining jahon sahnasiga chiqishi”. Mavzuni ochish uchun yangi ped. texnologiyaga asosan “Satrda so`z yashirin” usulidan foydalanamiz. Bunda har bir rangli qatlam ostiga yashiringan so`zni topish uchun quyidagi savollarga javob berishingiz kerak bo`ladi. Savollarni tinglang. - Bizning millatimiz? (o`zbek) -Hozirgi darsimiz? (musiqa) - Musiqa, kino, teatr, rassomlik, haykaltaroshlik turlarining umumiy nomi (“san`at”in ing) - “Olam” , “Dunyo” so`zlarining ma`nodoshi, ya`ni sinonimi ? (jahon) --- Opera, balet, musiqali drama va komediyalar ijro qilinadigan joy? (sahna)- “Tushishi” so`zining qarama- qarshi ma`nosi? (chiqishi) (Shu tariqa mavzu ochiladi) Mulliy qadriyatlarimiz istiqlol sharofati bilan qayta tiklanmoqda, Vatanimiz uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar bilan yaqin madaniy – musiqiy aloqalarni o`rnata boshladi. Yangi qo`shiq bilan tanishish: X.Muhammad she`ri , K.Kenjayev musiqasi bilan kuylanadigan “Yoshlik yo`llari chaman” qo`shig`i bilan tanishish. Avtorlari: K.Kenjayev-1939 yil 21 dekabrda Dushanbe shahrida ziyolilar oilasida tug`ilgan. Komil bolaligidan musiqaga qiziqdi.1953-yili bolalar musiqa maktabining fortepiano sinfida saboq ola boshladi. 1960- yili Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o`qishga kirdi. 1965-yil simfonik orkestr uchun ‘’Yoshlik” uvertyurasi, 1982-yili “Oqbuloq parizodasi” kabi musiqali dramalarni yaratdi, bolalar xor jamoasi uchun “kelajak bizniki”, “Biz tinchlikni istaymiz”, ”Kichkintoymiz - gijingtoymiz”, ”Paxtaoy”, ”Bir jahon bolalarmiz”, ”Xat yozaman do`stimga”, ”Paxtajonim” kabi bolalar uchun 100 ga yaqin qo`shiqlar yaratdi. Komil Kenjayev O`zbekiston va estoniya hukumatlarining faxriy yorliqlari va O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi a`lochisi nishoni bilan mukofotlangan. (SLAYD YORDAMIDA KO`RSATILADI) Jamoa bo`lib kuylash: “Yoshlik yo`llari chaman” X.Muhammad she`ri , K.Kenjayev musiqasi Naqarot: Yoshlik yo`llari chaman Qo`shiqlaring sevib aytaman. Yoshlik orzular guli Xayollarda gullaring chaman. 1. Visoli totli ,hijroni dardli, Bog`u gulshani, sirli hayratli , Har qadamida mo`jiza tilsim , Tilsimlar ochar o`smirlik mardlik. Naqorot: 2. Vaqtini sevgan yoshligin asrar Ahdini sevgan yoshligin asrar YoshlIk kishining kelajak baxti Baxtini sevgan yoshligin asrar. Naqorot: (SLAYD YORDAMIDA KO`RSATILADI)  Qo`shiqning so`zini o`qib eshittirish, mazmuni haqida gapirish: Qo`shiq inson umrining eng go`zal fasli – yoshlik damlari haqida bo`lib, unda yoshlikning go`zal timsoli: xayollar, orzular, muhabbat tuyg`ularining kurtak ochishi, oldindagi sirli va hayratli hayot tilsimi, mo`jizalarga boy kelajak haqidagi chiroyli she`riy satrlar orqali fikrlar bayon etiladi. (SLAYD YORDAMIDA KO`RSATILADI) (Qo`shiq matni o`quvchilar tomonidan o`qiladi, o`qituvchi tomonidan qo`shiq ijro etiladi, so`ngra jumlalab jamoa bo`lib kuylash o`rganiladi) Mustahkamlash: Qo`shiq matni satrma- satr o`g`il va qiz o`quvchilar tomonidan ketma –ketlikda jamoa bo`lib kuylanadi, takrorlanadi. Uy vazifasi: Mavzuni o`qib, qo`shiqni yod olib kuylab kelish; Baholash: Dars davomida tarqatilgan rag`bat kartochkalari hisobida baholarni e`lon qilish.  Xayrlashish: Ustoz: Xayr, bolalar, bo`ling salomat. O`quvchilar: S abog`ingiz uchun aytamiz: Rahmat. Musiqa sadolari ostida xayrlashib, sinf xonasini tark etadilar.