logo

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning O‘zbekistonga ta’siri mavzusini ta’lim muassasalarida o‘rganish yuzasidan bir soatlik dars ishlanmasi

Yuklangan vaqt:

01.10.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

92.462890625 KB
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning O‘zbekistonga ta’siri mavzusini ta’lim muassasalarida o‘rganish yuzasidan bir soatlik dars ishlanmasi Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga 20008 yilda boshlangan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, uning respublikamizga ta’siri va salbiy oqibatlari, inqirozdan chiqish yo‘llarini izlash bugungi kunning dolzarb muammosi ekanligi haqida bilimlar berish Tarbiyaviy maqsad : o‘quvchilarda mehr-muhabbatli va oqibatli bo‘lish, istiqlolga hamda vatanga sodiq bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyoti, baxtli kelajak yaratish kabi ulug‘ ishlarga daxldorlik hissini uyg‘otish. Dars tipi: yangi bilimlar berish. Dars turi: noan’anaviy. Dars metodlari: Kichik guruhlarda ishlash, debat, ko‘rgazmalilik, kichik ma’ruza, muammoli vaziyat yaratish. Dars jihozi: Prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitoblari, ko‘rgazmali vositalar, savollar va testlar yozilgan kartochkalar, qog‘oz va marker. Tayanch so‘z va iboralar: Moliyaviy inqiroz, iqtisodiy inqiroz, bank va moliyaviy tuzilmalar, kredit, aksiya, indeks, retsessiya, investitsiya, qimmatbaho qog‘oz, moliya-valyuta tizimi, likvidlik, islohot va modernizatsiya yo‘li, “shok terapiyasi”, bank-kredit tizimi, resurslar bazasi, tijorat banki, depozitlar, kichik biznes, tadbirkorlik, tashqi qarz, iste’mol bozori, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, investorlar. O‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqishlarini ta’minlash va o‘tgan mavzuni takrorlash maqsadida “u kim, bu nima?” mashg‘ulotini o‘tkazadi. O‘quvchilar biror narsani yozma yoki harakatlar orqali tasvirlaydi. Qolganlar u kim yoki nimaligini topishadi. Topgan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi. O‘qituvchi yangi mavzuni o‘quvchilarga tanishtirib, sinf doskasiga yozib qo‘yadi. Mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning O‘zbekistonga ta’siri. Mavzu rejasi: 1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining boshlanish sabablari va oqibatlari. 2. Global moliyaviy-inqiroz holati va uning oqibatlari yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari tomonidan o‘rganilishi. 3. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li. 4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublika rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’siri. O‘qituvchi: 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. 2008 yilda boshlangan bu inqiroz miqyosining asta-sekin kengayishi tufayli, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Natijada ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. O‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini quyidagi jadvalga qaratiladi: 1-жадвал. Jahondagi yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarda likvidlik (to‘lov qobiliyati)ning zaiflashuvi AQShdagi ipotekali kreditlash tizimidagi tanglik Yetakchi fond bozorlarida yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalar qiymatining tushib кетиши Ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayib ketishi Ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlar Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlari Shundan so‘ng jahondagi bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosaga kelganliklarini o‘quvchilarga tushuntirib beradi. 2-jadval moliya bank inqirozi butun dunyoni qamrab olmoqda. Retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi Moliya bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi uni isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi va turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi Xalqaro yetakchi tahlil va ekspertlik markazlarining global moliyaviy inqiroz holati va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir xulosalari Inqirozdan tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish, qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligiga bog‘liq Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari shu davlatning moliya valyuta tizimi nechog‘lik mustahkam ekaniga , banklarning kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoni)ga, oltin valyuta zahirasining hajmi mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik diversifikatsiya va raqobatga bardoshlilik darajasiga bog‘liq O‘qituvchi: Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ana shu davlatning moliya valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekanligiga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoni)ga bog‘liq. Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning ko‘lami shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq. Kitobda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga soladi, degan tasavvurlardan voz kechdik. Shu bilan birga Prezidentimiz tomonidan o‘rtaga tashlangan “yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang”, degan hayotiy tamoyilga tayangan holda islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li tanlanganligiga o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini jalb qilish lozim. Binobarin, o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik. O‘qituvchi o‘quvchilarga O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarini barqaror taminlash uchun yetarli darajada mustahkam zahiralar yaratilgan va zarur resurslar bazasi mavjudligi kitobda ko‘rsatilganligiga e’tibor qaratishni so‘raydi. 3-jadval Kitobda respublikamizdagi banklarning faoliyati chuqur va keng tahlil qilingan. Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori “fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq shakllangan zahiralarni hisobga olgan holda 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik ish yurituvchi subyektlari jalb qilgan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir. (2-jadval). Prezident 2006 yilda tashkil etilgan “Mikrokreditbank”ning faoliyatiga alohida to‘xtaldi. O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli “Shok terapiyasi” deb atalgan usullardan, bozor iqtisodiyotida o‘zini-o‘zi tartibga soladi, degan tasavvurlardan voz kechdik Davlat bosh islohotchi bo‘lishi zarurligi belgilab olindi Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’siri, miqyosi, ko‘lami, quyidagilarga bog‘liq: Shu davlatning moliyaviy- iqtisodiy ahvoli, bank tizimlarining barqaror va ishonchli ekaniga va ularning himoya “yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang”, tamoyiliga amal qilish islohotlarni izchil va boqichma-bosqich amalga oshirish 4-jadval O‘z so‘zini davom ettirib, o‘qituvchi: Davlatlarning qarzlari haqida gapira turib, Prezident ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram va nochor ahvolga solib qo‘yganligini ta’kidlaganligini aytib o‘tadi. O‘zbekiston esa o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlarldan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga amal qilib kelmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston o‘zining to‘lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda. 2007-2008 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proqqa oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi. Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va kichik investitsiyalarni hisobga olganda kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotlarining kamida 25%ini tashkil etadi. Prezident farmoniga asosan “Mikrokredit bank” ning ustav jamg‘armasi 72 mlrd. so‘mga oshadi va uning hajmi 150 mlrd ortadi 2007-2008 yy. davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobarga oshdi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobar oshdi 2006 yilda tashkil etilgan “Mikrokredit bank” 2007-2008 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun 150 mlrd. so‘m sarflandiMamlakat hududida 78 ta filiali 270 dan ziyod minibanki bor, bu bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlar tarmog‘ini kkedit bilan ta’minlamoqda. Aholining ish haqi va daromadlarini izchil oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining o‘sishining odini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurt farovonligini yuksaltirish, aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko‘zda tutadigan ustuvor maqsadlarimizga mos keladi. O‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini Prezidentimizning yuqoridagi misol va raqamlardan tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak, deb aytgan fikriga qaratadi. O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnika va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida ko‘rinadi. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. 5-jadval O‘zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar narxining tushishi Xo‘jalik ish yurituvchi subyektlar va investorlarga eksportdan tushumlarining камайиши Iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etmoqda Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekistonga ta’siri Jahon bozorida talabning pasayib borishi Ishlab chiqarishdan foyda ko‘rishga, ishlab chiqarish rentabelliligiga, makro-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish suratiga salbiy ta’sir etadi Prezidentning fikriga ko‘ra jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Mamlakatimiz iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda har tomonlama o‘ylangan loyihalar bugun amalga oshirilmoqda. O‘qituvchi dars mavzusini o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganini bilish maqsadida har bir o‘quvchiga test savollari yozilgan varaqlarni beradi: 1. Jahon moliyaviy inqirozi qachon va qayerda boshlangan? a) 2008 yil AQShda ipotekali kreditlash tizimidagi tanglik holatidan boshlandi; b) 2008 yil fond bozorlarida eng yirik kompaniyalarining indekslari va aksiyalari tushib ketdi. c) 2009 yil dunyodagi moliya-bank tizimidagi inqirozdan boshlandi. 2. 2008 yil noyabrda Vashingtonda jahon yalpi mahsulotning 85 %ini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokidagi sammitda ... a) jahon moliyaviy inqirozini oldini olish haqida so‘z bordi. b) inqirozdan chiqish yo‘llari izlandi. c) inqirozning oqibatini bartaraf etish dasturi qabul qilindi. 3. Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlaydigan bank nomini toping. a) “O‘zsanoatqurilishbank” b) “Mikrokreditbank” c) “Tadbirkorbank”. 4. Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qiladigan qanday maxsulotlarga narxlar pasaydi? a) paxta, qorako‘l teri, ipak, atlas. b) charm-garanteriya, sholi, bug‘doy, quruq mevalar c) paxta, uran, neft, rangli metal, mineral o‘g‘it 5. Jahon moliyaiy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonda zarur shart-sharoitlar mavjudmi? a) Mamlakat iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevori mavjudligi b) moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini shakllanganligi c) barchasi to‘g‘ri 1 2 3 4 5 a b b c c O‘quvchilardan tuzilgan “ekspert” guruhi testlarini tekshirguniga qalar o‘qituvchi mavzuni o‘rganishni yanada chuqurlashtirish uchun “debat” deb nomlangan rolli mashg‘ulotga o‘quvchilarni taklif etadi. sinf o‘quvchilarini 2 guruhga ajratish uchun o‘qituvchi 1 va 2 raqamlaridan foydalanadi. Hamma o‘quvchilar 1 va 2 ni aytib bo‘lishgach, birinchi va ikkinchi guruhga bo‘linadi. Shu vaqt ichida o‘qituvchi tayyor bo‘lgan test natijalarini e’lon qiladi va baholaydi. Tashkil bo‘lgan guruhlar qura tashlash orqali guruhlar “Moliyaviy inqiroz” va “Inqirozni bartaraf etish” guruhiga bo‘linadilar. Har bir guruhga o‘z nomini himoya qilish aytilib, 2-guruhning fikrlariga qarsho‘i fikr bildirish lozim bo‘ladi. “Moliyaviy inqiroz” guruhi: 1-o‘quvchi: Jahon moliyaviy inqirozi AQShdagi ipoteka banklaridan boshlanadi. Lekin bu O‘zbekistondan ancha olisda sodir bo‘lmoqda. 2-o‘quvchi: Yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik (to‘lov qobiliyati) zaiflashdi, O‘zbekistonda ham shunday bo‘lmoqda. 3-o‘quvchi: Jahon moliyaviy inqirozining mamlakatlarga ta’siri shu mamlakatning ioliya-iqtisodiy tizimi va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror ekaniga bog‘liq. O‘zbekistonda bu sohada himoya mexanizmlari unchalik kuchli emas. 4-o‘quvchi: Jahon moliyaviy inqirozining asosi sababi banklar likvidligining zaiflashuvidir. Respublikamizdagi banklarda pul bo‘lsa ham, aholiga, tadbirkorlarga kredit berish mexanizmi yaxshi ishlab chiqilmagan. 5-o‘quvchi: O‘zbekiston o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Jahon moliyaviy inqirozi respublikamizni chetlab o‘tadi. “Inqirozni bartaraf etish” guruhi: 1-o‘quvchi: Jahon moliyaviy inqirozi O‘zbekistondan ancha olisda, AQShda boshlangan bo‘lsa, u jahon miqyosida kengaydi va uning shabbadalari yurtimizga ham kirib keldi. 2-o‘quvchi: Men bu fikrga qo‘shilmayman. O‘zbekistonda moliyaviy, iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, korxonalar va tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada zahira va resurslarga ega. 3-o‘quvchi: O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, bozor tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, “Yangi uyni qurmasdan turib, eskisini buzmang”, degan hayotiy tamoyilga amal qilish, bank aktivlari hajmining oshishi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. “Mikrokreditbank”ning faoliyati bunga misol bo‘la oladi. 4-o‘quvchi: Men sinfdan do‘stimning fikrlariga qarshi yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash sohasida “Mikrokreditbank”ning faoliyatini ko‘rsatmoqchiman. 2007-2008 yillarda bu bankning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ham 4 barobar oshdi. Shunday faktlarni boshqa banklar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. 5-o‘quvchi: Albatta, yurtimizda chuqur va keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu jahon moliyaviy inqirozi bizni chetlab o‘tadi deyishga asos bo‘lolmaydi. Chunki O‘zbekiston global moliyaviy-iqtisodiy bozorining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bois global moliyaviy inqiroz va uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etmoqda. O‘qituvchi: bunday o‘zaro do‘stona bahs-munozara va tortishuvlar ko‘pchilikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va uzoq vaqt esda saqlanib qoladi. “Debat” mashg‘uloti sizga qanday hissiyotni uyg‘otdi? “Moliyaviy inqiroz” guruhi o‘quvchisi: O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, iqtisodning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zahiralari yaratilgani va zarur resurslar bazasi mavjud ekanligi haqida tushunchaga ega bo‘ldim. “Inqirozni bartaraf etish” guruhi o‘quvchisi: Men yurtimizda jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartarf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch hosil qildim va ko‘nglim taskin topdi. O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar! Dars davomida faol qatnashib, yangi mavzuni qiziqib o‘rganganlaringizdan juda mamnunman. Chunki sizlar qat’iyatli, e’tiqodli, mustahkam va hozirgi global sharoitlarda voqea va hodisalarga ongli va musaqil fikr egasi sifatida qarashlaring va baho berishlaring lozim bo‘ladi. O‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan va vataniga sadoqatli yoshlargina to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi va o‘zining baxtli kelajagi uchun poydevor yaratadi. Hozirgi darsimiz juda mazmunli o‘tdi va bu darsdan sizlar nimalarni o‘rganib oldingiz? O‘quvchilar: Terminlarning lug‘aviy ma’nosini va mazmunini tushunib oldik va ularni biz bundan keyingi mavzularda bemalol qo‘llay olamiz. O‘qituvchi darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag‘batlantirib, aholaydi, uyga vazifani belgilaydi va darsni yakunlaydi.