logo

O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish

Yuklangan vaqt:

01.10.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

61 KB
Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi Mavzu: III – chorak 48-dars O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish Maqsad va vazifalar O`quvchilarga O`zbekiston Respublikasi tabiati haqidagi bilimlarni berishda davom etib, ularda tabiiy boyliklar, ularning turlari haqida tushuncha va tasavvur hosil qilish. O`zbekiston “Qizil kitobi” va Respublikamizda qo`riqlanayotgan hududlar haqida ma’lumot berish. O`quvchilarni tabiatdagi muvozanat, uning buzilishi, Respublikamiz hududlari ekalogiyasi va tabiatini muhofaza qilish bilan tanishtirish, ekologik tarbiya berish. O‘quv materiali mazmuni O‘rganilgan mavzilardan asosiy tushunchalarni ajrata bilish, ularni amaliyotda qo‘llay bilishga o‘rgatish, mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish. E kologik dunyoqarashni rivojlantirish, ekologik fikr yuritishni shakllantirish, ekologik savodxonlikka erishish. O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi. O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi Shakl: interfaol mashg‘ulot: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, kichik guruh, jamoa bo‘lib ishlash. Metod: “Aqliy hujum”, savol- javob. Vosita: Darslik, 7-sinf o‘quv atlasi, O`zbekiston tabiiy xaritasi, O`zbekiston “Qizil kitobi”, mavzuga doir rasmlar. Nazorat: kuzatish, nazorat savollari . Baholash: rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida. Kutiladigan natijalar O‘qituvchi : Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, barcha o‘quvchilar yakka tartibda baholanadi. boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi. O‘quvchi: Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar Kelgusi rejalar O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi. O‘quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil isshashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi. Mashg‘ulotni ng borishi Darsning tashkil etish shakllari: a) salomlashish b) davomat aniqlash. c) ob-havo so`rash d) uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib chiqish Dars rejasi: 1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa). 2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa). 3. Guruh a’zolariga juftlikda ishlash uchun topshiriq berish. (10daqiqa). 4.Yangi mavzu bayoni. (10 daqiqa). 5. Yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar (8 daqiqa). 6. Guruhlar taqdimoti (8 daqiqa). 7. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa). 8. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa). 9. Uyga vazifa. (2 daqiqa). Dars rejasi: 1. Tabiat va tabiy boyliklar. 2. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish. 3. Ekologiya va hodislar. 4. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlar. 5. O`zbekiston “Qizil kitobi”. 6. O`zbekiston qo`riqxonalari. O`qituvchi: O`tilgan mavzular bo`yicha savol - javob o`tkazib oladi. Turli mintaqalarning ta’rifini aytadi, o`quvchilar esa javobini topishadi. Hatto o`qituvchi ta’rifdagi xatolarni ham ilg`ab olib, hushyorlik bilan tuzatishadi. O`qituvchi: O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish haqida gapirishdan oldin tabiat, tabiat komplekslari nima ekanligini esga olishlarini aytadi. 1-o`quvchi: Atrofimizni o`rab turgan borliq, olam tabiatdir. 2-o`quvchi: Tabiat komponetlariga - Quyosh nuri, suv, havo, tuproq o`simlik hayvonot olami va inson kiradi. O`qituvchi: O`zbekiston hududi qanday tabiat mintaqalariga ajraladi? 3-o`quvchi: O`zbekiston hududida cho`l, adir va yaylov mintaqalari ajratiladi. Buni O`zbekiston fanlar akademiyasi K. Zokirov tavsiya etgan. O`qituvchi: Men bir mintaqaga ta’rif beraman, siz uning nomini topishingiz kerak. Bu mintaqaga okean sathidan 400-500 metrdan to 1000-2000 metrgacha bo`lgan balandlikdagi joylar kiradi. Yozi issiq, uzoq davom etadi. 5-o`quvchi: Adir mintaqasi. O`qituvchi: Bu mintaqada asosan bo`z tuproqlar va taqirlar uchraydi, efemer o`simliklar o`sadi. 6-o`quvchi: Chol mintaqasi. O`qituvchi: Bu mintaqa okean sathidan 1000-2000 metrdan 2700-2800 metrgacha bo`lgan balandlikdagi joylarni o`z ichiga oladi. Balandlikka ko`tarilgan sari havo harorati ko`tarilib yog`in miqdori kamayadi. 7-o`quvchi: Bu tog` mintaqasi, lekin tog` mintaqasida yuqoriga ko`tarilgan sari havo harorati pasayadi, yogin miqdori esa ortadi. O`qituvchi: Bilasizki, O`zbekiston tabiiy boyliklarga boy. Qani, tabiiy boyliklar deganda nimani tushunasiz? 8-o`quvchi: Tabiiy boyliklar deganda bu insonning yashashi va xo`jalik faoliyati uchun zarur bo`lgan hamda uning xilma - hilligi ehtiyojini qondiruvchi yagona manbadir. 9-o`quvchi: To`g`ri, inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar -yer osti boyliklari, suv, havo, osimliklar, hayvonot olami va boshqalar - tabiiy boylik hisoblanadi. O`qituvchi: Tabiiy boyliklar qanday turlarga bo`linadi? 10-o`quvchi: Tabiiy boyliklar ikki turga bo‘linadi: tugaydigan va tugamaydigan boyliklar, tugaydigan boyliklar yana ikki turga bolinadi - tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklar. 11-o`quvchi: Tabiatdan foydalanish uni o`zgartirish va tabiatni muhofaza qilish o`zaro chambarchas boglangan jarayonlar hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof muhitni ifloslanishdan saqlash. 12-o`quvchi: Tabiatni muhofaza qilish haqidagi birinchi qonun 1273-yil Angilya qiroli Eduart I tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu qonunda Londondagi turar joylarda toshko`mirdan foydalanish man etilgan edi. O`qituvchi: Eslab ko`ring-a, tabiatni muhofaza qilish haqida O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida nima deyilgan? 13-o`quvchi: Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasida o`z aksini topgan. 14-o`quvchi: Konstitutsiyamizning 50, 54, 55, va 100 - moddalarida fuqarolarning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari atrof -muhitga munosabati belgilangan. 15-o`quvchi: Jumladan, 50 - moddada “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar ”deyiladi. 16-o`quvchi: 100 - moddada atrof – muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta’kidlangan. O`qituvchi: Tabiatni muhofaza qilish to`grisidagi qonun 1998-yil 9-dekabrda qabul qilingan. Siz yana qanday qonunlarni bilasiz? 17-o`quvchi: O`zbekiston Respublikasida tabiat muhofazasiga taalluqli qonunlar qabul qilingan. “Suv va suvdan foydalanish to`grisida” 1993-yil, atmosfera havosini muhofaza qilish 1996-yil qabul qilingan. 18-o`quvchi: Ekologik ekspertiza to`grisidagi qonun 2000-yil qabul qilingan. 19-o`quvchi: Jinoyat kodeksida ekologiya sohasidagi turli jinoyatlar uchun jarima muayyan huquqdan mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, ahloq tuzatish ishlari, qamash va ozodlikdan mahrum qilish choralari berilgan. 20-oquvchi: O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish jamiyati faoliyat ko`rsatmoqda. “Ekosan” xalqaro jamg‘armasi atrof - muhitni sog`lomlashtirish, sanitariy` sharoitlarini yaxshilash, sog`liqni yaxshilash, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish sohalari faol ish olib bormoqda. O`qituvchi: Ekologik ta’lim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadryatlardan foydalanish imkoniyati katta. Siz bu haqdagi hikmatli so`zlar, hadislardan namunalar bilasizmi? 21-o`quvchi: Tabiat korxonasining rahbari -Yer, suv, quyoshdir. 22-o`quvchi: Yosh bo`l bog` qil, qari bo`l bog` qil. 23-o`quvchi: Sen ekkan daraxtning mevasini sen yemasang, kelgusi avlodlarinig iste’mol qiladi, buning sovobi esa ulug`dir. 24-o`quvchi: Qaysidir musurmon ekin eksa, yoki biror daraxt o`tkazsa, so`ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekkanidan, yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi. 25-o`quvchi: Kim suv toshqinini to`xtatsa, yoki yonginini o`chirsa, uning shaxidlik ajri beriladi. 26-o`quvchi: Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi do`zaxidir. O`qituvchi: Demak, yerga, suvga, hayvonlarga bo`lgan ijodiy munosabatlarimizni tiklashimiz orqaligina ona tabiatni asrab qolishimiz mumkin. Yaqin o`tmishda dunyodagi eng yirik ko`llardan hisoblangan Orol dengizi qurib bormoqda. Oxirgi 30 yil ichida dengiz 16 metrga pasaydi. - Bunga asosiy sabab Orol dengiziga quyiluvchi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining keskin kamayib ketishi, sug‘oriladigan yer maydonlarining ortib borishi va suvdan noto‘g‘ri foydalanishdir. - Orolni avvalgi holiga keltirish deyarli mumkin emas, lekin uning suv sathini ma’lum darajada saqlab turishning yagona yo‘li – bu uning havzasidagi suv boyliklaridan oqilona tejab-tergab foydalanishdir. 27-o`quvchi: O`zbekiston yirik shaharlar va sanot markazlari tog` oldida, tog` oralig`i botiqlarida joylashganligi tufayli atmosfera havosi ifloslanish darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi. Chirchiq Ohangaron, Fargona, Zarafshon, Surxondaryo vodiylari havosi zavod va fabrikalardan avtotransportlarda chiqadigan zaharli gazlar qurumlar, tutun va changlardir. Hamda qishloq xojaligidagi ishlatilayotgan zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanmoqda. O`zbekistonda 31 ta shahar atmosferasining ifloslanish darajasi meyoridan ancha ortiq. Atrof-muhitning ifloslanishida tog` - kon sanoati ham ishtirok etadi. Yer osti boyliklarini qidirib topish, ishga tushirish jarayonida ko`plab yerlar qaziladi, yollar, har xil inshootlar quriladi, turli jins uyumlari vujudga keladi va ular hosildor yerlarni qoplab yotadi. Natijada tuproq eroziyasi boshlanadi. Tuproqni eroziyadan saqlash uchun ekinlarni sug`orish qoidasiga rioya qilish zarur. Respublikamiz havosi musaffo bo`lishi nimaga bog`liq? O`quvchilar: - Havo musaffo, toza bo`lishi avvalo yashil o`simliklarga, ayniqsa o`rmonlarga bog`liq. Aholining o`simliklarga nisbatan noto`g`ri munosabatda bo`lishi tufayli ular kamayib ketmoqda. O`qituvchi: - Shu o`rinda O`zbekistonda o`sadigan o`simliklarni eslab olaylik. O`quvchilar topishmoqlar aytishadi: - Bargi boru guli yoq. U qaysi o`simlik? (Qoraqobiq) - Tegma unga, urug` otar senga. (Xina) - Boshi olovda, oyog`i suvda. U nima? (Yantoq) O`qituvchi: - O`zbekistonning hayvonot olami ham hilma-xil. Lekin so`nggi yillarda ularning soni va turi kamayib ketmoqda. - Buning oldini olish uchun O`zbekistonda nima ishlar qilingan? O`quvchilar : O`zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o`simlik va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli “O`zbekiston Qizil kitobi” nashr etilgan. “Qizil kitob”haqida video lavha ( 4 daqiqa) ko`rsatiladi. O`qituvchi: - Nima uchun “Qizil kitob” deyiladi? O`quvchilar: Qizil rang havfli, ta’qiqlovchi va man qiluvchi ramziy ma’noni anglatadi. - O‘zbekiston “Qizil kitobi”ning 1-jildida 63 ta umurtqali hayvon hayvon turi, shu jumladan 22 ta sutemizuvchi, 31 ta qush, 5 ta sudralib yuruvchi hayvon, 5 ta baliq turi kiritilgan. - “Qizil kitob”ning 2-jildida O‘zbekistonda muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan 400 ta o‘simlik turidan 163 tasi kiritilgan. - O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish maqsadida qo`riqxona, milliy bog‘ va buyurtmalar tashkil etilgan. Texnika vositasidan foydalanib o`qituvchi “Zarafshon qo`riqxonasi” filmidan lavha qo`yib beradi. O`quvchilar “O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish” kartasidan 9 ta qo`riqxonani topib ko`rsatishadi. Dars yakunida yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar “Tabiatni sev” ko‘rgazmali devoriy gazetaga joylashtirilgan qushlar, hashorotlar og‘ziga qistirilgan kartochkalardan olib, undagi savollarga javob berishadi. Unda O`zbekistonda o`sadigan o`simlik, yashaydigan hayvon nomi harflari o`zgartirilgan bo`ladi. Harflarni joy-joyiga qo`yib, ular nomini topish kerak. 1. Sayg`oq - o; a; q; s; y; g`. 2. Qamish - i; sh; m; a; q. 3. Bo`rsiq - s; o`; r; b; q; i. 4. Sug`ur - s; r; u; u; g`. 5. Jiyda - d; y; a; i; j. 6. Selin - n; s; e; i; l. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar bahosi izohlab e’lon qilinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash. (O`qituvchi mavzuni mustahkamlaydi). Uyga vazifa: Mavzuni o‘qib, “O`zbekistonning tabiatini himoya qilish” xaritasini yozuvsiz xaritaga tushirish. “Qushlar”, “O‘simliklar” mavzusiga doir krossvordlar tuzish.