logo

Plastik almashinuv. Oqsillar biosintezi. Genetik kod

Yuklangan vaqt:

11.03.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2752.619140625 KB
Fan: Biologiya. Sinf: IX. Sana: 26.02.2020 yil. Mavzu: Plastik almashinuv. Oqsillar biosintezi. Genetik kod. Darsning maqsadi : Ta’limiy: O’quvchilarga plastik almashinuv oqsil biosintezi genetik kodning biologik ahamiyati haqida ilmiy tushuncha berish. Tarbiyaviy : Xujayrada boradigan plastik almashinuv, oqsil biosintezi bosqichlarini genetik kodning tuzilishi, ahamiyatini o’rganish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning oqsil biosintezi bosqichlari genetik kod haqidagi ilmiy qarashlarni bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish. Dars turi: Yangi bilimlarni o’zlashtirish. Dars metodi: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi va birgalikda o’qiymiz metodi . Dars jixozlari: DNK modeli, oqsil va molekulalar tasviri tushirilgan jadval, Oqsillar biosinteziga oid video materiallar . 1. Tashkiliy qism 2 daqiqa 2. O’tgan mavzuni takrorlash 10 daqiqa 3. Yangi mavzu 20 daqiqa 4. Mustahkamlash 10 daqiqa 5. O’quvchilar bilimini baholash 2 daqiqa 6. Uyga vazifa berish 1 daqiqaVaqt taqsimoti:  I. Tashkiliy qism a) Salomlashish b) Davomatni aniqlash II. O’tgan “Moddalar almashinuvi” mavzusini mustahkamlash 1) Berilgan ta’rifning to’g’ri javobini topingA nabaliz m M etoboliz m Hujayrada sodir bo’ladigan jarayonlar. Tirik organizmlarda moddalarning hosil bo’lishi ya’ni sintezlanish jarayoni kuzatiladi. Ozuqaning hazm bo’lishi tirik organizmlar tomonidan o’zlashtirilishi. Tirik organizmlar tarkibidagi turli tuman kimyoviy moddalar xilma- xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o’zgarib turadi. Moddalarning parchalanishi va ularda to’plangan energiyaning ajralishi kuzatiladi. Hayot faoliyati natijasida hosil bo’lgan keraksiz mahsulotlarning tashqariga chiqarilishi. Suv 0,81 kg Kislorod 2,1 kg Organik modda 0,1 kg Mineral tuz 0,86 kg 2) To’g’ri javoblarni juftini toping Suv 0,86 kg Kislorod 0,81 kg Organik modda 0,1 kg Mineral tuz 2,1 kg Odam bir kunda o’rtacha qancha ozuqa o’zlashtiradi ? Odamning bir kunlik ozuqa o’zlashtirishi. III. Yangi mavzuning bayoni B iologik sintez reaksiyalarining to’plami plastik almashinuv yoki assimiliyatsiya deb ataladi. Modda alamshinuvida bu turning nomi uning mohiyati bilan bog’liq; hujayra tashqaridan kelayotgan oddiy moddalar hisobiga o’zi uchun zarur bo’lgan birikmalarni hosil qiladi. Quyida plastik almashinuvining eng muhim shakllaridan biri bo’lgan oqsil biosintezini ko’ramiz chunki tirik organizmlarda boradigan har xil biokimyoviy jarayonlar o’rtasida oqsil birikmalarining sintezi alohida o’rin egallaydi. Moddalar almashinuvining aslida o’qsillar almashinuvi bilan bog’liq bo’lib, oqsillarga hos bo’lgan biror xususiyatning o’zgarishi ayni paytda moddalar almashinuvi jarayonining o’zgarishiga ham sabab bo’ladi. Oqsillarning biologik vazifasi asosan aminokislotalarning oqsil molekulasidagi o’rni yani, ularning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Binobarin bunday molekulalar biosintezi oldindan belgilangan reja bo’yicha amalga oshish kerak. Bunday reja DNK molekulasida 4 xil nukleotidlarning yordamida yozilgan bo’lib, u oqsil molekulasining nusxasi yoki qolipi deb yuritiladi. 20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 xil nukleotidlar yordamida ifodalanishi genetik kod deb ataladi. Har bir aminokislota 3 ta nukleotidning birikishidan hosil bo’lgan triplet kod yordamida ifodalanadi. 20 ta aminokislotani ifodalash uchun 61 ta tripletli koddan foydalanadi. Kodlarning umumiy soni 64 ( 4 3 =4*4*4 ) taga teng. Qolgan 3 ta kod oqsil sintezining boshlanishi va tugallanishini bildiradi. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal hisoblanadi. Demak, u mikroorganizmlardan odamgacha bir xildir.  Genetik kodning muhim xususiyatlaridan biri uning o’ziga hosligi bo’lib, 1 ta triplet 1 ta aminokislotaga mos keladi. Oqsil biosintezi o’ta murakkab jarayon bo’lib, bundan xilma-xil ferment va RNK lar ishtirok etadi. Bu jarayon hujayraning maxsus sintez qiluvchi organoidi - ribosomalarda kechadi. Dastlab aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faol holda keladi va i-RNK lar yordamida ribosomalarga tashib keltiriladi. Oqsil to’g’risidagi axborot DNK molekulasida i-RNK lar yordamida ko’chirib olinadi va ribosomaga beriladi. Demak, DNK ning zanjirlaridan birida RNK molekulasi sintezlanadi. i-RNK nukleotidlarning ketma-ketligi DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos (komplementlar) bo’ladi. Oqsil sintezi transkripsiya va translyatsiya bosqichlaridan amalga oshadi. DNK dagi oqsil to’g’risidagi axborotni i-RNK ga ko’chirib o’tilgandek yozilishiga transkripsiya deyiladi. Transkripsiya yadroda kechadi. i-RNK dagi nukleotidlar ketma-ketligini aminokislotalar ko’rinishida namoyon bo’lishiga translyatsiya deyiladi. Translyatsiya jarayoni ribosomada kechadi. Shunday qilib, sitoplazmada ribosoma va i-RNK dan iborat oqsil sintez qiluvchi majmua hosil bo’ladi. 28 § mustaqil ravishda o’qish. Mavzuga oid biologik atamalarni yod olishBiologik diktant Ribosoma i-RNK bo’ylab harakat qiladi va polipeptit zanjirini hosil bo’lishi boshlanadi. Bu harakat davomida ribosomada ketma-ket ravishda aminokislotalar kelib qo’shiladi. Aminokislota bilan tripletli kodining mos kelishini i-RNK belgilaydi. Oqsil molekulasi sintezi tugallangach, polipeptit zanjir ribosomadan ajraladi. Ribosoma va i-RNK molekulasidan oqsillar biosintezida qayta-qayta foydalanish mumkin . Xulosa Bugungi darsimizda assimiliyatsiya jarayoni va oqsillar biosintezi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldingiz IV. Yangi mavzuni mustahkamlash  Biologik sintez reaksiyalar to’plami ……………….. deyiladi. (Plastik almashinuvi)  DNK dagi oqsil to’g’risidagi axborotni i-RNK ga ko’chirib o’tilganidek yozilishiga ……….. deyiladi (Transkripsiya)  i-RNK dagi nukleotidlar ketma-ketligini aminokislotalar ko’rinishida namoyon bo’lishiga……. deyiladi (Transliyatsiya)  20 aminokislotani ifodalash uchun ………… ta tripletli koddan foydalaniladi. (61 ta)  Oqsil biosintezi ………………… kechadi. (Ribosomalarda) V. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish VI. Uyga vazifa O’quvchilarni darsdagi ishtirokiga qarab ballar qo’yilad va rag’batlantiriladi. 28 § mustaqil ravishda o’qish. Mavzuga oid biologik atamalarni yod olish