logo

Matematika darslarining o'ziga xos xususiyatlari. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga geometrik

Yuklangan vaqt:

01.10.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4508 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Qashqadaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim kafedrasi oʻqituvchisi Xosiyat Toʻlakovaning ma’ruza matni. Mazkur matn maktabgacha va boshlangʻich ta’lim kafedrasining 2011-yil 16 noyabrdagi 11 \1 - sonli qarori bilan o’qishga tavsiya etildi. 1  Kafedra mudiri: Sh.Hamroyev Taqrizchi: G. Nazarov Qarshi shahri-2011yil Nazariy mashg`ulot darslari bo`yicha texnologik xarita. Mavzu : Matematika darslarining óziga xos xususiyatlari. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga geometrik materiallarni o’rgatish usullari. (2 soat ma’ruza) Maqsad, vazifalar . Tinglovchilar: Matematika óqitish óquvchilarni savodlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, óz fikri va xulosalarini nazorat qila olishni o’rganadilar. Geometrik shakllar (nuqta, to`ğri va egri chiziq, kesma, burchak, uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, ko’pburchak, aylana, doira va boshqalar) haqida, ularning elementlari haqida shakllar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to`la sistemasi tarkib topadi. Mashg`ulot jarayoninihg mazmuni Tushunchalar: Tayanch so’zlar : algebraik, arifmetik, geometrik, to’g’ri chiziq, nuqta, kesma, burchak, uchburchak, to’g’rito’rtburchak, 2 ko’pburchak, aylana, doira, radius, diametr, perimetr, yuza, hajm va hokazo. Boshlang’ich sinflarda geometrik shakllarni o’rgatish usullari, 1 soatlik an’anaviy va noan’anaviy matematika darslarini to’g’ri rejalashtirish va reglamentini to’g’ri belgilab olish malakalarini o`zlashtirish. Geometrik shakllarning ta’riflarini, geometrik masalalar yechimiga tayyorlashda birinchi bosqichni tashkil etish malakasini o’zlashtirish. Mashg`ulit jarayonini amalga oshirish texnologiyasi . Metod: Boshlang’ich sinflarda geometrik shakllarni o’rgatishda “Savol-javob”, “Bahs munozara” usullari qo’llash. Shakl: Nazariy mashg`ulot, Boshlang’ich sinflarda geometrik shakllarni o’rgatish usullarini interfaol metodlardan i foydalanib guruhlarda ishlash. Vosita: Ahmedov M va boshqalar. Matematika: Umumiy ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik\ M. Ahmedov, N. Abdurahmonova, M. Jumayev. –T.: «Turon-Iqbol» nashriyoti ,2010. – 160 bet Bikbayeva N.I.,Yangiboyeva YE. Matematika:-2-sinf uchun darslik, 4-nashri.-T: «O’qituvchi» 2010.-240b Bikbayeva N.I.,Yangiboyeva YE. Matematika:-3-sinf uchun darslik, 3-nashri..-T: «O’qituvchi» 2010.-288b Matematika:4-sinf uchun darslik \ E. Yangiboyeva va boshqalar.- T. : «O’qituvchi» , 2010-288b Ahmedov M.,Mirzaahmedov M. Matematika: 4-sinf: Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun darslik.-T; «Ma’rifat-Madadkor» ,2010. Har bir geometric shakllarning modellari va chizmalari ko`rgazmali qurollar va h.k. Usul: Ilg`or pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlarni amalda qo`llash. 3 Mustahkamlash: “Guruhlarda ishlash” metodi yordamida guruhlarda ishlash jarayonida mavzuni atroflicha o`rganib chiqish, mavzu yuzasidan olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, darsning borishi yuzasidan tinglovchilarning fikrlarini tinglash va ularni qiziqtirgan savollarga jabob berish, kerakli maslahatlar berish, guruhlarning taqdimotoni tinglash va tahlil qilish, xulosalarni tekshirish, olingan natijalarni umumlashtirib mavzuni mustahkamlash. Kutiladigan natijalar. O`qituvchi: Tinglovchilarda maktabda boshlang’ich sinflarda matematika ta’limida geometrik materiallarni o’qitishda amaliy yondashuvni ta’minlash o`quvchilarning bilim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi haqida tasavvurlar paydo qilish, har bir geometrik shaklning ta’rifini har bir o’quvchi bilishi lozim ekanligi to’g’risida tinglovchilarning mashg`ulotga nisbatan qiziqishini uyg`otish, dars yakuni bo`yicha xulosalar chiqarishga undash, qo`yilgan maqsadga erishish, vaqtdan unumli foydalanib mavzuni to`liq ochib berishga erishish. Tinglovchilar: Olgan bilimlarni, amalda qo’llay olishga órgatish, o’qitish metodlari ózlashtirish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish. Geometrik materiallarni o’rgatishda amaliy yondoshuvni ta’minlash orqali, ijodiy izlanish, mustaqil fikrlash va geometrik masalalar yechimini mustaqil bajara olishga erishish. Mavzu bo`yicha bilimlarni oshiradilar, o’quvchilarni geometrik masalalar yechimiga tayyorlashda tayyorgarlik davrini tashkil etish, tezkor va mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantiradilar, o`z-o`zini 4 nazorat qilishni o`rganadilar, qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotlarni olish ko`nikmasiga ega bo`ladilar. Kelgusi rejalar. O`qituvchi: Dars jarayonida tinglovchilar faolligini oshirishda har bir tinglovchining shahsiy fikrlarini inobatga olishga alohida e`tiborni qaratish, ularning fikr-mulohazalarini qadrlash va dars davomida ijodiy yondoshish orqali auditoriyada do`stona muhit yaratishga erishish. Nazariy mashg`ulotni tashkil etishda ilg`or pedagogik va interfaol texnologiyalarni o`zlashtirish va dars jarayoniga tadbiq etish. Pedagogik mahoratni oshirish. Tinglovchilar: Mashg`ulotda olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etish malakalarini mustahkamlaydilar, dars davomida olgan bilimlariga tayanib har bir geometrik materiallarni o’rgatishda har bir geometrik shaklning modelini yasash va ta’riflash ishlarni o`tkazishni rejalashtiradilar, erishiladidan natijalarni oldindan ko`ra biladilar. Geometrik shakllarni o’rgatishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etish, interfaol metodlarni qo`llashda mavzuga mosini tanlab olishga e`tiborni qaratish, o`rganilgan interfaol metodlarni bir biridan farqlash, usullarni tadbiq etishda metodlardan o`z o`rnida foydalanishga ahamiyat berish, metodlarni tanlashda o`quvchilarning qiziqishlariga asoslanish, interfaol metodlarni qo`llashda reglamentga rioya qilish, dars loyihalarini tayyorlash, dars jarayonida egallagan nazariy bilimlarni muntazam oshirib borish. 5  11-mavzu: Matematika darslarining óziga xos xususiyatlari. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga geometrik materiallarni o’rgatish usullari. (2 soat ma’ruza) Maqsad: Matematika óqitish óquvchilarni savodlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, óz fikri va xulosalarini nazorat qila olishga órgatish. Geometrik shakllar (nuqta, to`ğri va egri chiziq, to`ğri chiziq kesmasi, nuqta, kesma, burchak, uchburchak, to’g’rito’rtburchak, ko’pburchak, aylana, doira va boshqalar) haqida, ularning elementlari haqida shakllar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to`la sistemasini tarkib topdirishdan iborat. Kutiladigan natija: . Óquvchilar olgan bilimlarni, amalga qóllay olishga órgatish, oqitish metodlari ózlashtirish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish. Geometrik materiallarni o’rgatishda amaliy yondoshuvni ta’minlash orqali, ijodiy izlanish, mustaqil fikrlash va geometrik masalalar yechimini mustaqil bajara olishga erishish. 6 Tayanch so’zlar : algebraik, arifmetik, geometric, to’g’ri chiziq, nuqta, kesma, burchak, uchburchak, to’g’rito’rtburchak, ko’pburchak, aylana, doira, radius, diametr, perimetr, yuza, hajm. Reja: I. M atematika darslarining óziga xos xususiyatlari. II. Asosiy қism: a). «O’nlik» mavzusida geometrik material ustida ishlash usullari. b). «Yuzlik» mavzusida geometrik material ustida ishlash usullari. d). «Minglik» va «Ko’p xonali sonlar» mavzularida geometrik material ustida ishlash usullari. III. Xulosa. I. Kirish. 7 Boshlanğich matematika kursi maktab matematika kursining tarkibiy qismidir. Shu sababli boshlanğich matematikani muvaffaqiyatli, ózlashtirish maktabda butun matematik ta’limni to’ğri yo’lga qóyishda asos bólishi tushunarli bólib qoladi. Snuni ta’kidlash kerakki, amaldagi boshlanğich matematika dasturi tuzilishi va mazmuni yo’q joydan yaratilmadi, balki tóplangan boy metodik merosdan va óqituvchilarning ilğor tajribasidan kelib chiqib, ma’lum izchillikni saqlagan holda yaratildi. Ma’lumki, óquv predmeti ilgarigidek «Arifmetika» emas, balki, «Matematika» deb ataladi. Fan nomining bunday ózgartirilishi bejiz emas: bu ózgarish ózida mazkur óquv predmetining mazmunini va tuzilishini ózgarishini aks ettiradi. Matematika dasturining asosiy ózagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bólib, bu ózak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlar arifmetika bilimlar tizimida tarkiban qóshilib, son, arifmetika amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarning yuqoriroq darajada ózlashtirilishida imkoniyat beradi. Snunday qilib, boshlanğich matematika kursi óz tuzilishi bóyicha uch fanni óz ichiga olgan butun kursdir, unda arifmetik, algebralik va geometrik materialdan iborat qismlarni farq qilish kerak. «Metodika»-grekcha sóz bólbi, «metod» degani «yól», «uslub» degan ma’nolarni anglatadi. Matematika boshlanğich ta’lim metodikasining predmeti qóyidagilardan iborat: 1.Matematika óqitishdan kózda tutilgan maqsadlarni asoslash. 2.Matematika óqitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish. 3.Óqitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. 4.Óqitish vositalarini darsliklar, didaktik materiallar, kórsatma-qóllanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. Matematika óqitish metodikasi boshqa fanlar eng avvalo matematika fani ózining bazaviy fani bilan uzviy boğliq. Matematika óqitish metodikasi umumiy matematika 8 metodikasiga boğliq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi óquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlanğich matematika óqitish metodikasi tomonidan ishlatiladi. Boshlanğich matematika óqitish metodikasi pedagogika fani bilan uzviy boğliq bólib, uning qonuniyatlariga tayanadi. Matematika óqitish metodikasi bilan pedagogika orasida ikki tomonlama boğlanish mavjud. Bir tomondan matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi, bu hol matematika óqitish masalalarini hal qilishga metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi. Boshlanğich matematika metodikasi ta’limning boshqa metodikasi bilan boğliq. Fanlararo boğlanishni tóğri amalga oshirish uchun óqituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Matematika boshlanğich kursi ham ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal qilishi kerak. Matematika óqitishning asosiy vazifalaridan biri óquvchilarda hisoblash, ólchash va grafik kónikmalarning ma’lum aniq tizimini hosil qilishdan iborat. Óquvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat va munosabatlarni ochishni, kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishni órganishlari, shuningdek oğzaki va yozma xulosalar qilishni órganishlari kerak. Boshlanğich maktab matematika dasturi xuddi shunda yónaltirilgan, unda óqitishda nazariylik saviyasini oshirish ochiq oydin ifodalangan, nazariyani amaliyot bilan uzviy boğliqlik roli seziladi. Boshlanğich sinflarda óqitish tarbiya bilan uzviy boğlab amalga oshirilishi kerak. Boshlanğich matematikasining tuzilishi óziga xos xususiyatlariga ega. 1. Arifmetik materiallar kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar. Algebra va geometriya elementlari asosiy bólim shaklida óqitilmasdan arifmetik materiallar bilan qóshib óqitiladi. 2. Boshlanğich sinf materiali konsentrik (markazdosh) tuzilgan. Masalan, oldin 1- ónlikni nomerlash óqitilsa, keyin 100 ichida nomerlash va arifmetik amallar bajarish 9 óqitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin kóp xonali sonlar uchida. Bularni óqitish bilan bizga nomerlash, miqdorlar, kasrlar algebralik va geometrik materiallar qóshib óqitiladi. 3. Nazariya va amaliyot masalalari ózaro organik, boğlangan xarakterga ega. 4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy boshlanishlarni ochish kursda ózaro boğlangan. 5.Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi. Masalan, arifmetik amallarni óqitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi, keyin komponentlar orasidagi boğlanish, keyin amal natijasi, oxirida amallar orasidagi boğlanish beriladi. 6.Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar ózaro boğlanishda berilgan. Masalan, qóshish asosida kópaytirish keltirib chiqarilgan. Boshlanğich sinflarda matematika óqitishning maqsadlari quyidagilar: umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri bilan uzviy boğliq bólib, bir-birini tóldiradi. Umumta’lim maqsadi óqituvchidan quyidagilarni talab qiladi. a) Óquvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim malaka kónikma berish; b) haqiqiy aniq olamni matematik usullar bilan órganish; v) Óquvchilarni oğzaki va yozma nutqlarini óstirishni, uning sifatli bólishini ta’minlash; g) Óquvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlash kerakki, bu bilimlar orqali, aktiv bilish faoliyati orqali, bilim malaka kónikmalari ortib borish. Uzviylashtirilgan DTSda matematika fanining maqsad va vazifalari. Matematika ta’limi sohasi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy 10 faoliyatlarida qo’llash hamda ta’limning 2-bosqichida o’qishni davom ettirish uchun matematik tayyogarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Matematika bo’yicha standart ko’rsatkichlari oquvchilarda 1000000 gacha bolgan sonlar va nol to’g’risidagi tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko’nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va ular ustida arifmetik amallarni qo’llay olishga o’rgatish, eng sodda geometrik shakllar haqida tasavvurga ega bo’lish hamda og’zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazaridan izohlanadi. Mazkur mazvularni o‘zlashtirish boshlang‘ich ta’lim bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Sonl a r v a hisobl a shl a r: - Narsalarni sanash. 1 dan 1   000 000 gacha ketma-ket kelgan sonlar qatori va nol soni, ularning nomi va yozilishi. Sinflar va xona birliklari. - Sonlar uchun “teng” , “katta” va “kichik” munosabatlari va ularning mos belgilar bilan yozilishi; - Sonlarni qo‘shish va ayirish amallari va ularga mos belgilar; - Qo‘shish jadvali, “... Ta ortiq”, “... Ta kam” munosabatlari; - Sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish amali hamda ularga mos belgilar. - Ko‘paytirish (karra) jadvali. “... Marta ortiq” va “... Marta kam”. Qoldiqli bo‘lish; - Nol ustida amallar; - Sonli ifodalarda amallarni bajarish tartibi. Qavs qatnashgan va qavs qatnashmagan sonli ifodalarning qiymatini topish; - Qo‘shishda qo‘shiluvchilar o‘rnini almashtirish. Ko‘paytirishda ko‘paytuvchilar o‘rnini almashtirish; - Qo‘shishda qo‘shiluvchilarni guruhlash. Ko‘paytirishda ko‘paytuvchilarni guruhlash. Yig‘indini songa va sonni yig‘indiga ko‘paytirish. Yig‘indini songa bo‘lish. - Sonlar ustida og‘zaki va yozma hisoblashlar. Hisoblashlarni bajarishda arifmetik amallarning xossalaridan foydalanish. Arifmetik amallarning 11 noma’lum ikkinchi komponenti (tashkil etuvchisi)ni topish. Hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirish; - Sodda tenglamalar va ularning yechimi. Tenglamalarni yechish; - Uzunlik, massa va sig‘im kabi xususiyatlariga ko‘ra narsalarni taqqoslash va tartibga solish; uzunlik o‘lchov birliklari (millimetr, santimetr, ditsemetr, metr, kilometr). Massa o‘lchov birliklari (gramm, kilogramm, sentner, tonna). Sig‘im o‘lchov birligi (litr). Vaqt o‘lchov birliklari (sekund, minut, soat, hafta, oy, yil, asr); - Harakat (bosib o‘tilgan yo‘l, vaqt, tezlik); ish (butun ishning hajmi, vaqt, mehnat unumdorligi); savdo-sotiq (tovar miqdori, uning narxi va umumiy qiymati) jarayonlarini aniqlaydigan kattaliklar orasidagi bog‘lanishlar; - “…va…”, “... Yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalar; - Turli sxemalar, jadvallar, qisqa yozuvlar va boshqa modellar asosida berilgan matnli masalalarni arifmetik usul bilan echish; Fazoviy joylashishga doir munosabatlar . - yuqori – past, chap – o‘ng, usti – osti, yaqin – uzoq, oldida – orqasida, oldin- keyin, orasida va h.k. fazoviy munosabatlar; G eometrik shaklllar - geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, ko‘pburchaklar, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar. aylana va doira, kub va shar. kesma uzunligini o‘lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani yasash. - ko‘pburchak perimetrini hisoblash. geometrik shakl yuzi. yuz o‘lchov birliklari (santimetr kvadrat, ditsemetr kvadrat, metr kvadrat). to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash. Boshlanğich matematika dasturida geometrik material katta o`rinni oladi. Ko`pchilik hollarda bu material arifmetik material bilan uzviy boğlanadi. Geometrik materialni o`rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar (nuqta, to`ğri va egri chiziq, to`ğri chiziq kesmasi, nuqta, kesma, burchak, uchburchak, to’g’rito’rtburchak, ko’pburchak, aylana, doira va boshqalar) haqida, ularning 12 elementlari haqida shakllar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to`la sistemasini tarkib topdirishdan iborat. Geometrik shakllar haqidagi tasavvurlar, geometrik shakllarni chizmachilik va o`lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o`lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko`zda chamalash, qo`lda chizish) tarkib topdiriladi; o`quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. Geometrik materialni o`rganish vazifalarini hisobga olgan holda o`qitishning har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik shakllarning rangli kartondan yoki qalin qoğozdan tayyorlangan, butun sinf uchun mo`ljallangan modellari, shakllar tasvirlangan plakatlar, doskasidagi chizmalar, diapozitivlar, kodopozitivlar, diafilmlardan iborat. Bundan tashqari yakka tartibdagi ko`rsatma qo`llanmalar ham kerak bo`ladi. Bular qoğoz poloskalar ko`rinishidagi tarqatma materiallar, shakllar modellari, qoğoz va kartondan qirqilgan har xil uzunlikdagi cho`plar va boshqa narsalar bo`lishi mumkin. Doskada chizmalarning bajarish uchun chizmachilik o`lchash asboblari nabori: chizğich, chizmachilik sirkuli sinfda va har bir o`quvchida bo`lishi kerak. (II a ) «O`nlik» mavzusida geometrik materal ustida ishlash usullari. Birinchi sinfdan boshlab o`quvchilarda nuqta, to`ğri chiziq va egri chiziq, to`ğri chiziq kesmasi haqida aniq tasavvurlarni tarkib topdirish kerak. «Nuqta» «To’ğri chiziq» tushunchalari geometriya kursining asosiy (ta’riflanmaydigan) tushunchalar. Qalam uchining qoğozdagi izi, bo`rning doskadagi izi nuqta haqida tasavvur beradi. Bo`r surtilgan ipni tarang tortib qo`yib yuborilsa u qoldirgan iz to`gri chiziq haqida tasavvur beradi. Chizgich yordamida ham, qoğoz varağini buklab yoli bilan ham to`ğri chiziq yasash mumkin. 13 Agar tarang tortilgan ip doskada to`ğri chiziq izini qoldirgan bo`lsa endi shu ipni bo`shatib salqi holga keltirilsa, u qoldirgan iz egri chiziq haqida tasavvur beradi. Kesma bilan o`quvchilar amaliy tanishadilar. Agar to`ğri chiziqqa ikkita nuqta qo`yilsa, to`ğri chiziqning chegarasi shu nuqtalardan iborat qismi to`ğri chiziqning kesmasi yoki kesma deyiladi. O`qituvchi qoğozdan quyilgan har xil ko`rinishdagi, har hil rangdagi va har xil kattalikdagi uchburchaklardanfoydalanib, bolalarni uchburchak bilan tanishtiradi. Umumiy uchga ega bo`lgan ikkita nurdan tashkil topgan geometrik shakl burchak deyiladi. Uchta kesma va uchta nuqtadan tashkil topgan geometrik shakl uchburchak deyiladi. Uchburchakning uchta tomoni va uchta burchagi borligi ko`rsatib tushuntiriladi. Bunda o`quvchilar uch bu nuqta ekanini tomon esa kesma ekanini aniq tushunib olishlari muhimdir. Shundan keyin bolalarni to`rtburchaklar, beshburchaklar va oltiburchaklar bilan tanishtirib boriladi. Belgilarni (alomatlarni) ajratishga doir, ikki yoki undan ortiq shakllarni taqkoslashga doir, berilgan belgilari bo`yicha shakllarni bilishga doir bir qator mashqlarni bajarishda shakllar modellaridan foydalanish mumkin. Geometrik shakllarning modellari yordamida shakllarni qismlarga ajratish va qismlardan yangi figuralar tuzishga doir, mashqlar tuzishga doir masalalar bilan boğliq bo`lgan har xil topshiriqlarni bajarish mumkin. Bunday mashqlar bolalarning geometrik tasavvurlarini boyitadi, geometrik «sezgirlik»ni, fazoviy tasavvurni rivojlantirishga imkon beradi. (II-v) «Yuzlik» mavzusida geometrik material ustida ishlash usullari. To`ğri va noto`ğri burchaklar. To`ğri burchak modelini hosil qilish uchun har bir o`quvchi ixtiyoriy shakldagi qoğoz varağini to`gri chiziq bo`yicha buklashi so`ngra oldin hosil qilingan bukish chiziğining qismlari ustma ust tushadigan qilib 14 yana bir marta buklashi kerak. Buklangan qoğoz ochiladi, tekislanadi va buklash chiziqlari bo`yicha to`rtga bo`linadi. Hosil bo`lgan qismlarning har biri to`ğri bo`rchakning modeli bo`ladi. Burchaklarni taqqoslash ko`nikmalarini hosil qilish, uchun bolalar mustaqil ravishda yetarlicha sonda mashqlar bajarishlari: kitoblardan, stoldan, doskadan va boshqa narsalardan to`ğri burchaklarni topishlari kerak. To`ğri to`rtburchak modeli yordamida bolalar to`ğriturtburchaning hamma burchagi to`ğri ekaniga ishonch hosil qilishlari to`rtburchakning qarama-qarshi tomonlarini buklash bilan ustma-ust tushirish yordamida esa ularning tengligi haqida xulosa chiqarishlariga erishish kerak. Tomonlari teng, bo`lgan to`ğrito`rtburchak kvadrat ekanligini ko`rsatmalilik asosida tushuntiriladi. Geometrik figuralarni belgilashda lotin alfavitining (bosh) harflaridan foydalanishni talab qiladi. Burchakni: a) uch yonida turgan bitta harf bilan belgilash mumkinligi aytiladi. «Burchak» so`zi «< belgi bilan almashtiriladi», masalan, «<A» bunday uchiga qo`yiladigan raqam bilan belgilash mumkinligi aytiladi. b) uchta harf bilan belgilanishi mumkinligi shu bilan birga o`rtadagi harf har doim burchak uchida turishi kerakligi aytiladi. Masalan, < A ВК yoki < K В A tasvirlangan. O`quvchilarni aylana va «doira bilan tanishtirish ular ongida «doira» va «aylana tushunchalarni bir-biridan ajratishga boğliq bo`lgan bir qator qiyinchiliklar bor. Aylana chizish uchun oldin nuqtani belgilash va bu nuqtaga sirkul oyoği qo`yilishi aytiladi. Sirkulning bir uchi qattiq mahkamlangan bo`lishi, shu uch hamma vaqt bir nuqtaning o`zida bo`lishi, bu nuqta aylana markasi deyilishi ta’kidlanadi. Markaziy nuqtadan bir xil uzoqlikda yotgan nuqtalar yig’indisiga aylana deyiladi. Bolalar doira nimadan iborat ekanligini «payqab» olishlari uchun bunday topshiriq berish mumkin: sirkul bilan markazi O nuqtada bo`lgan aylana chizing, 15  doirani esa bo`yang. Ushbu ko`rinishdagi mashqlar bu jihatdan qimmatdir: a) doiraga tegishli nuqtalarni, b) aylanaga tegishli nuqtalarni, v) doiraga tegishli bo`lmagan nuqtalarni g). doiraga tegishli, ammo aylanaga tegishli bo`lmagan nuqtalarni ayting. Aylananing chegaralangan qismi doira deyiladi . Bolalar e’tiborini aylananing markazi shu vaqtning o`zida doiraning markazi ham ekaniga qaratish muhimdir. Shuningdek o`quvchilarga aylana markazi bilan aylanaga tegishli har qanday nuqta orasidagi masofa radius deb atalishi aytiladi. Bolalar oyni bir aylananing radiuslari o`zaro tengligiga amaliy ishonch hosil qilishlari kerak. (III-d) «Minglik», «ko`p xonali sonlar» mavzularida geometrik material ustida ishlash usullari. «Minglik» mavzusida ilgari olingan malakalar asosan mustahkamlanadi. Jumladan, tanish geometrik shakllarni ayta olish, farq qila olish, katakli qoğozga chizish va harflar bilan belgilash malakalari; kesmalarni taqqoslash, ko`pburchak perimetrini topish malakalari mustahkamlanadi. «Ko`p xonali sonlar» mavzusida geometrik material butun kurs bo`yicha bir xil taqsimlangan. Birinchi darslarning o`zidan o`quvchilar o`zlari ilgari tanishgan geometrik figuralarning nomlarini, ularni harflar bilan belgilashni takrorlashadi. Shu yerning o`zida bolalarning ko`pburchak perimetri haqidagi tasavvurlarni umumlashtiriladi. Shu yerda o`quvchilar birinchi marta aylanani (doirani) 6 va 3 ta teng qismga bo`lish bilan tanishadilar. Aylanani teng qismlarga bo`lish teng tomonli oltiburchak va uchburchak yasash bilan boğlanadi. 16 4-sinfda shakllarning yuzlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish: Yuza o`lchovi birliklarni sm 2 dm 2 m 2 , to`ğri to`rtburchak perimetri va yuzini topishga doir masalalar yechish. Kub uch o`lchovda: bo`yi, eni va balandlikka ega. Kub oltita yoq bilan chegaralangan. Kubning har bir yoki kvadrat shakliga ega. Kubning hamma yoqlari o`zaro teng. Kubning 8 ta uchi bor. Hajmlarni o`lchash uchun kub birlik o`lchovi kiritilgan. Kub qirrasining uzunligi bir metr bo`lsa, uning hajmi bir kub metr (kub m) deb qabul qilinadi yoki amaladi. Kub qirrasining uzunligi 1 smga teng bo`lsa bunday kubning hajmi bir kub santimetr (1sm 3 ) deb amaladi.Kubning hajm formulasi: V=a 3 Qirralari uzunligi formulasi: L=12 * a To`ğri burchakli parallelepiped haqida ham xuddi shunday tushuncha beriladi. Hajm formulasi. S=2(av+as+vs) Qirralari uzunligi for: L=4(a+v+s) Amaliy ishlar: 1m 2 , 1dm 2 , 1sm 2 ga teng bo`lgan shakllarni yasash. Berilgan tomonlarning uzunliklari bo`yicha yoki perimetri bo`yicha to`ğri to`rtburchakni chizish va uning yuzini hisoblash. Yuzi berilgan holda bo`lishi mumkin bo`lgan barcha to`rtburchalarni 1 xona poli, devorlari, derazalarini chizish. 17 Qirqma shakllardan kub va to`ğri bo`rchakli parallelepiped yasash bu jismlarning hajmini topish. Geometrik «ziyraklik»ning shakllanishida u yoki bu xossaga ega bo`lgan geometrik figurani ajrata olish malakasini rivojlanishiga yordam beradigan mashqlar shu jihatdan ayniqsa muhimdir. Katta qog’ozda klaster usulida topshiriq beriladi: 18Geometrik shakllar 19Geometrik shakllar 20Uzunlik birliklari 4.To`ğri to`rtburchak shaklaridagi dalaning yuzi 8400 m2 Uning 3 2 qismiga joxori, qolgan yerning 7 4 qismiga no`xat ekildi. No`xat qanday maydonli egallagan? 5600 3 2 8400   m 8400-5600=2800 1600 7 4 2800  5.To`ğri to`rtburchak shaklidagi stadionning perimetri 1 km. Stadionning bo`yi 400 m. Uning yuzini toping. 21Yuza birliklari 400m*2=800m 1000m-800m=200m 200m:2=100m S=a*b=400m*100m=40000m 2 6.Yuzi 760 m 2 bo`lgan maydonga 40 kg o`ğit solindi. 95 m 2 maydonga shunday o`ğitdan qancha solish kerak? к5 760 3800 95 760 460    g 7.To`ğri to`rtburchakning 8 dmli bo`yini 2 smga uzaytirilgandan keyin uning yuzi 6 kv smga ortdi. Bu to`ğri to`rtburchakning yuzi qanday edi. 8. Muzxonada parallelepiped shaklidagi muz bo`lagi bor. Agar 1 kub m muzning massasi 900 kg bo`lsa, bu muz bo`lagining massasini aniqlang. 9.Akvarium kub shaklida bo`lib, qirrasining uzunligi 70 sm ga teng. Uni 50 sm balandlikda suv bilan to`ldiriladi. Suv bilan to`ldirilmagan necha kub santimetr qoldi? 10. To`ğri to`rtburchak shaklidagi maydonning bo`yi 22 m, eni 10 m. Shu maydon o`rtasida kvadrat shaklida ikkita bir xil gulzor ajratildi. Agar gulzor (kvadrat)ning tomoni 6 m bo`lsa, qolgan joyning yuzini toping. T E S T L A R. 1. 1 m 2 10 dm 2 100 sm 2 necha sm 2 bo‘ladi? A. 1100 sm 2 B. 11100 sm 2 S. 100100 sm 2 D. 11110 sm 2 22 2. Kubning xajmi qaysi javobda to‘g’ri? (uning tomoni a sm) A. a 2 B. a 3 S. a 4 D. A*b*s 3. Bir detsimetr kvadrat nechta santimetr kvadrat bo‘ladi? A. 10 sm 2 B. 50 sm 2 S. 1000 sm 2 D. 100 sm 2 E. 200 sm 2 4. Yuzi 210 sm 2 bo‘lgan to‘g’ri to‘rtburchakning bo‘yi va eni qanday bo‘lishi mumkin? A. Bo‘yi 15 sm, eni 14 sm B. Bo‘yi 15 sm, eni 16 sm S. Bo‘yi 25 sm, eni 9 sm D. Bo‘yi 18 sm, eni 12 sm E. Bo‘yi 15 sm, eni 12 sm 5. Ko’pburchak perimetri deb nimaga aytiladi? A. To’g’ri to’rtburchak tomonlarining yig’indisi perimetr deyiladi B. Ko’pburchak tomonlarining yig’indisi ko’pburchakning perimetri deyiladi S. Ko’pburchak barcha tomonlari uzunligining yig’indisi ko’pburchakning perimetri deyiladi D. Ko’pburchak tomonlarining ko’paytmasi ko’pburchakning perimetri deyiladi E. To’g’ri to’rtburchak tomonlarining ko’paytmasi perimetr deyiladi 6. 1 kilometrda necha millimetr bor? A. 1km=1000 000 mm B. 1 km=100 000 mm S. 1 km=10 000 mm D. 1 km=10 000 000 mm E. 1 km=1000 mm Mavzu yuzasidan savollar banki: 1. Burchak deb nimaga aytiladi? 23 2. Kesma deb nimaga aytiladi? 3. Uchburchak deb nimaga aytiladi? 4. Aylana deb nimaga aytiladi? 5. Doira deb nimaga aytiladi? 6. Radius deb nimaga aytiladi? 7. Diametr deb nimaga aytiladi? 8. To’g’rito’rtburchakning yuzasi qanday topiladi? 9. Jismlarning hajmi qanday topiladi? 10. Perimetr deb nimaga aytiladi? Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Boshlang’ich ta’lim bo’yicha uzviylashtirilgan DTS Toshkent-2010 Yangiyo’l shahri, Samarqand ko’chasi, 44-uy 2. Madaliyev. M. Sahnada matematika.«O’qituvchi» , 1991 3. Bikbayeva.N. U. Matematika: Umumiy ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik.-T: «O’qituvchi» ,2010 4. Ahmedov M.,Mirzaahmedov M. Matematika: 4-sinf: Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun darslik.-T; «Ma’rifat-Madadkor» ,2010 5. Bikbayeva N.I.,Yangiboyeva YE. Matematika:-2-sinf uchun darslik, 4- nashri.-T: «O’qituvchi» 2010.-240b 6. Bikbayeva N.I.,Yangiboyeva YE. Matematika:-3-sinf uchun darslik, 3- nashri..-T: «O’qituvchi» 2010.-288b 7. Matematika:4-sinf uchun darslik \ E. Yangiboyeva va boshqalar.-T. : «O’qituvchi» , 2002-288b 8. Omonov Boborahim. Yuz bilan yuzma-yuz. Qiziqarli matematika: Eng Quvnoq tirishqoq va bilimdon bolalar uchun. K. 1.-T.: «O’qituvchi» , 1995- 80b 9. Matematika:4-sinf uchun darslik \ A. Quchqorov va boshqalar.-T. : «Yangiyul poligraphservise» , 2007-208b 24 10. J.G’. Yo’ldoshev, S. A. Usmonov. Zamonaviy pedagogic texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. T., «Fan va texnologiya», 2008, 132 bet. 11. Ishmuhammedov R. Abduqodirova A. Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. T.: Istedod, 2008,-180b Taqriz O’qituvchi X. To’lakovaning «Boshlang’ich sinf o’quvchilariga geometrik materiallarni o’rgatish usullari» mavzusida yozgan ma’ruza matni boshlang’ich ta’lim guruhlari malaka oshirish kurslari uchun mo’ljallangan. Avvalo matematika darslarining óziga xos xususiyatlari haqida tushuncha berilgan. O’qituvchi o’quvchilarga dastlabki geometrik tushunchalarni hosil qilish, geometrik materiallarni o’qitishni bosqichma-bosqich amaliy yondashuv asosida tushuntirish bayon etilgan. 4-sinfda o’quvchilarga kub, to’g’ri burchakli parallelepiped haqida, hajm ulchov birliklari haqida tushuncha, tasavvur va bilimlarni hosil qilish usullari bayon etilgan. Olingan bilimlarni har xil geometrik masalalar, geometrik topshiriqlar, amaliy ishlar va boshqotirmalar bilan mustahkamlash yoritilgan. Umuman ma’ruza matni boshlang’ich ta’lim kursi tinglovchilari uchun o’qishga tavsiya etiladi. Taqrizchi: Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim kafedrasining katta o’qituvchisi G. Nazaro v 25