logo

O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari orasida o'zining mustahkam o'rnini egallashi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1577.73828125 KB
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari orasida o'zining mustahkam o'rnini egallashi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritib, mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlagach, jahon hamjamiyatining teng huquqli azosi sifatida xalqaro munosobatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. O'zbekiston o'zaro munosabatlarda tenglik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, o'zaro foydali va teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada va butun jahon miqyosida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash kabi tamoyillarga tayangan holda jahon hamjamiyati safiga o'z o'rni va maqomiga ega bo'lib kelmoqda.  O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari orasida o'zining mustahkam o'rnini egalladi va tashqi siyosatning xalqaro huquq me'yorlariga asoslangan va jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuv strategiyasiga mos keladigan huquqiy tizimini yarata boshladi. Tariximizning ana shu o'tgan davrini aniqrog'i 30 yillik mustaqil taraqqiyotimiz sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlarni ham alohida qayd qilish lozim. qisqa davrda Vatanimizning mintaqa va jahon miqyosidagi siyosiy o'mi va nufuzi keskin oshganligi, dunyoda O'zbekistonga nisbatan ishonch ruhi va hamkorlikka intilish tamoyillari kuchayganligi, mintaqamizdagi davlatlar bilan do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlari yo'lga qo'yilganligi, chegaralar ochilgani, odamlar qavmu qarindoshlari bilan aloqalarini tiklab, bir mamlakatdan ikkinchi davlatga emin-erkin borib kela boshlangligi alohida ta'kidlab o'tildi. Darhaqiqat, mamlakatimizning qulay geosiyosiy o'rni, uning birinchi navbatda o'z milliy manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur o'ylangan, mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilishi, xalqaro maydonda obro'-e'tiborining ortib borishini ta'minladi. O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, Markaziy Osiyoda ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash yadro qurolidan holi hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog'liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo'shmoqda Ma'lumki, O'zbekiston geosiyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay makonda joylashgan. > Ya'ni u, birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil energetika omillari markazida joylashgan. > ikkinchidan, O'zbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo'shnilardan ma'lum darajada ustun turadi. > uchinchi tarafdan, O'zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bu yerda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral-xomashyo resurslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan o'zini o'zi ta'minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, jumladan paxta tolasini yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta. Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshli meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda ularni qayta ishlangan holda yetkazib berishga qodir. > to'rtinchidan, davlatimiz nafaqat o'zini o'zi ta'minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo'lmish muhim tarmoqlarga ega. O'zbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoqlari, deylik, mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor. > beshinchidan, O'zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o'rni bor. Yurtimiz ma'naviy-tarixiy merosga boy. U oldindan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham turli ma'naviy va siyosiy jarayonlarga, jahon sivilizatsiyasiga kuchli ta'sir o'tkazib kelgan. Shu jihatlarni hisobga olsak, O'zbekiston o'zining barcha ko'rsatkichlari bo'yicha jahondagi madaniy, ilmiy texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. Bugungi kunda O'zbekiston Osiyo va Yevropa qit'alari o'rtasida munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlimni mo'tadillashtiruvchi G'arbu Sharq o'rtasidagi azaliy raqobatni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaralar va muzokaralar orqali uyg'unlashtirishga da'vat etgan shu mintaqadagi davlat bo'lib maydonga chiqdi. Prezidentimiz tomonidan jahon siyosatshunosligida "Markaziy Osiyo ruhi" degan ibora paydo bo'lganligi, xalqaro maydonda mintaqa nomidan yangi tashabbuslar ilgari surila boshlanganligi haqidagi ma'lumot bejiz aytib o'tilmadi. Darhaqiqat, bugun Yangi O'zbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, Afg'oniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Qozog'iston muammolari bilan birga Xitoy, Rossiya va umuman Yevropa mamlakatlari munosabatlarini ma'lum bir o'zanga solishga da'vat qilayotgan, uni o'zining amaliy faoliyati bilan yaxshilik sari burishga katta ta'sir ko'rsatayotgan davlatdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari qonun bilan mustahkamlab qo'yildi. «O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tinchligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va me'yorlariga asoslanadi. O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, Markaziy Osiyoda ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash yadro qurolidan holi hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog'liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo'shmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlari o'tkazib kelinmoqda. Turkmanistonda bo'lib o'tgan maslahat kengashida hamkorlikning yangi va istiqbolli yo'nalishlari belgilab olindi. So'nggi kunlarda Afg'onistonda yuz berayotgan voqealarda O'zbekiston o'zining an'anviy tinchlikparvar siyosati bilan munosabatda bo'lib kelmoqda. O'zbekiston Afg'oniston bilan aloqalarda do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini qo'llab-quvvatlash hamda ichki ishlarga aralashmaslik siyosatiga sodiq qolmoqda. XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy- siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o`z taraqqiyot ko`lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O`zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish maqsadida o`zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O`zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o`rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo`lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda. O`zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yo`lda Prezident I. A. Karimovning o`rni beqiyosligini ham aytib o`tmoq lozim. O`zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o`rganish tartibi”, “O`zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o`z aksini topdi. O`zbekiston BMTning to`laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o`zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. O`zbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O`zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o`rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O`zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi. O`zbekiston rahbarining yuksak minbardan turib kiritgan xalqaro miqyosda manfaatli bo`lgan takliflari jahon hamjamiyati tomonidan qo`llab-quvvatlandi va shunga asoslanib 1995-yil 16-sentabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashi ish boshladi. Dunyoning ko`p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O`zbekiston rahbarining so`zlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi. I.A.Karimov bu uchrashuvning “Tinchlik, Barqarorlik, Hamkorlik” shiori ostida o`tayotganini mamnuniyat bilan izhor qilib, bu uchrashuv mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim yo`l bo`lib xizmat qilishini ko`rsatib berdi. O`zbekiston rahbariyatining tinchlik yo`lidagi harakatlari mazkur uchrashuvdan Afg‘onistonda muxolif kuchlar o`rtasida boshlangan jangavor harakatlarning oldini olish uchun Respublika Tashqi ishlar vazirligining Bayonotida ham yaqqol ko`zga tashlandi. Mazkur Bayonot o`zaro qon to`kilishning oqibatlari haqida jiddiy tashvishlangan holda muxolif tomonlarning harakatlarini qoralab o`tdi. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati oldida O`zbekistonning tinchlik yo`lidagi real harakatlarining asosi sifatida yaqqol ko`zga tashlanib