logo

Xush kelding bahor 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati

Загружено в:

03.08.2024

Скачано:

0

Размер:

1618.0478515625 KB
 “ Xush kelding bahor” 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatini targ'ib etishga qaratilgan “Ayol borki, olam munavvar”, “Jannat onalar oyog'i ostida”.    “ Xush kelding bahor” mavzuida Bahor fasli tarixi. •   O'lkamda bahorning ilk kunlari, boshlanishi bilanoq qushlarning sayrashi hamma joyni tutib, ketadi. Bu bilan bizga bahor kelganidan darak beradi. Bahor fasli fasllarning boshlanishi, uyg'onish davri hisoblanadi. Qishda uyquga ketgan hayvonlar, bahorda uyg'onishadi. Yani uyg'onish, yangi sahifani boshlanishi, yo'lning boshi boshlanish davriga kiradi. Bahor oylari uchta bo'lib, mart, aprel, may kiradi. Juda oz bo'lsada, o'zida xalqimizning milliy bayramlarini mujjasam etgan. Har bir xalqning o'z milliy bayrami bo'lgani singari bizning ham milliyligi ufurib turgan milliyligimizni aks etgan bayramlarimiz bor. Ular sakkizinchi mart xotin qizlar bayramiz, navro'z umumxalq bayrami,va yana bir qancha bayramlarni o'z ichiga oladi.  Navro‘z bayrami juda qadimiy bayram sanaladi. Tarixchilarning fikricha, bu bayramning tarixi qariyb 3 ming yildan ziyod. Navro‘z asosan bahoriy tengkunlikda nishonlanadi. Navro‘z - tabiat uyg‘onishi ramzi, yangilanish, yasharish fasli, bu kunda qayta tiklanib, yangicha tus olgan xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz, turfa marosimlar o‘tkaziladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar qalbiga singib boradi. Navro‘z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlaro ahillik, bag‘rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otuvchi haqiqiy sharqona bayram sifatida nishonlanadi. Mustaqillik yillarida Navro‘z ayyomi umumxalq bayrami sifatida tan olindi. 2009 yilda Navro‘z bayrami YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2010 yilda esa BMT Bosh Assambleyasi 21 mart kunini Xalqaro Navruz kuni deb e’lon qildi va barcha mamlakatlarni mazkur qadimiy bayramni dunyoda keng tarag‘ib etishga chaqirdi.  Bahorni sumalaklar, sayllar o'zimizning milliy o`yinlarimizsiz tasavvur qila olmaymiz. Eng birinchi tasavvurimizga navro'z bayrami keladi. Undagi momalarimizning bizga aytga hikoyalari navro'z tarihi uning kelib chiqishi udumlari. Navro'z bayramida esa ko'pkari kurash, turli xil aytishuvlar, milliy raqslarsiz tasavvur eta olmaymiz. Tabiat bizga shunday  nematlarni inom etganki bunga shukr keltirishimiz kerak. Bahorni sumalaksiz tasavvur qila olmaymiz, yozni suvsiz, kuzni zangorangsiz qishni esa oq parchalarsiz tasavvur qila olmaymiz.   “ Xush kelding bahor” • To‘rt faslning tanho malikasi sen, Tugal go‘zallikning nihoyasi sen, Oshiq-ma’shuqlarning tamannosi sen! Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor? Yer birla osmonning tillaqoshi sen, Aytar qo‘shig‘imning avval-boshi sen, Oltin beshigimning safardoshi sen! Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?  Yana bahor fasli  insonlar qalbiga ezgulik urug'i sepish yaxshi amallar qilishdek hammani ko'nglidan birdek joy oladi. Bahor o'zning sepini yoyishi bilan barcha insonlar qalbini to'lqinlantiradi. Bahor faslida o'zimizning milliy bayramimiz navro'z nishonlanadi. Barcha insonlarga birdek shodu xurramlik, mehr oqibat, baxt soadat, baxshida etadi. Bahorda barchamiz yana bir bor o'zimizning o'zligimizni anglab yetamiz. Milliylikni yo'qotmagan holda ajralib turadi. Milliy taomlarimiz , o'yinlarimiz, bayramlarimiz bilan ham. Bahor fasllarning ilk odimi, yo'lning boshi hisoblanadi. Bahor fasllarning gulshani, borliqga o'zgacha kayfiyat hadya etadi. Shu taraflari bilan ajralib turadi.  Bahor • Bahorning boshlanishi o'zi yangi kundan darak beradi. Bahor manzaralarini tomasha qilar ekansiz beixtiyor shu go'zallikga yanada go'zallik qo'shishingiz keladi. Bunday go'zallik bilan albatta ajralib turadida. Bahor fasli fasllar ichida milliylikga boyligi, go'zallikga hammohangligi, mehrliligi, yaratish, yaralish, nafislik va boshqa taraflari bilan ajralib turadi. Sanasak juda ko'p eng asosiysi bu milliylikga uyg'unligi bilan ajralib turadi.  • Bugungi kunda xotin-qizlar jamiyatimizning barcha jabhalarida, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi, sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqa, fermerlik sohalarida samarali faoliyat olib bormoqda. Zukko qizlarimiz, fozila ayollarimiz esa fan, san’at, madaniyat va sportda yuqori marralarni zabt etishayapti. Quvonarlisi, xotin-qizlar og‘irini engil qilish, ularning hayot sharoitini yaxshilash, oila va jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash joriy yilda ham ustuvor vazifalardan etib belgilandi. Shu bois, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish orqali ularni ishga jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xotin- qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.  Ayol borki olam munavvar! • Ayol borki olam munavvar! Darhaqiqat ayol ona, ayol rafiqa, ayol singil. Bu muqqadas bir zotki, uning bilan olam munavvar uning bilan oila vatan xonadon oboddir. Yangilanish, yosharish, bahor faslining ilk bayrami aynan ayollarga atalgani bejis emas albatta. Ayol- bu sadoqatli yor ko’ngillarga zavq-shavq bag’ishlovchi hayotni go’zal qiluvchi, ibo- hayoni o’zida mujassam etgan bir xilqat…  “ Ayol bir bir qo’lida beshikni, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi” •         Ayolni hamisha boshimizda ko’taramiz. Ayol o’zidan yaxshi iz qoldirishni o’ylaydi. Ayol xushfe`l va hushmuomala insondir. Ayol farzandlari mehr bilan boqib, voyaga yetkazadi. O’z suti orqali mehrini beradi. Ayol- bu to’rt harfdan iborat so’z bo’lib, uning zamirida qanchadan – qancha ma’no bor. Ayollarni qancha maqtasak ham baribir oz. Ayollarga teng keladigan zot yo’q. Ayol mo’tabar va munis insondir Ayolning ta’rif –u tasnifi yo’qdek. Hozirgi kunda ayollar yurtimizda, jamiyatda va oilada katta ro’l o’ynaydi. Xalqimiz tabri bilan aytganda- “Ayol bir bir qo’lida beshikni, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi”- deganlari rost ekan. Ayol deganda bizning ko’z oilamizga onamiz, ustozlarimiz namoyon bo’ladi.  Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot   sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilatdir. Chunki ayollarni qancha ulug’lasak, xayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz. Ona, ayol haqida so‘z aytishdan oldin Alisher Navoiy hazratlarining ushbu o‘lmas satrlarini eslamoq joizdir:  Onalarning oyog‘i ostidadur, Ravzai jannatu jinon bog‘i. Ravza bog‘i visolin istar esang Bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i... • Dunyoda qancha millat bo‘lsa uning shuncha onasi bor. Har bir millat farzandi o‘z onasini yaxshi ko‘rmasligi, qadrlamasligi va hurmat qilmasligi aslo mumkin emas. Ona Afrikada ham, Amerika va Hindistonda ham, Osiyo, Yevropa va Antarktidada ham onadir. Ona ulug‘ va bebaho zot sifatida har joyda, har mamlakat va millatda beqiyos darajada e’zozlanadi. Rang-ro‘yidan, urf-odatidan, turmush-tarzidan qat’iy nazar ona ulug‘ zotligicha qoladi. Jumladan, biz, o‘zbeklarda ham. Onamiz, onajonimiz, porlab turgan quyoshimiz, to‘lin oyimiz, charaqlab turgan yulduzimiz. U bizning – jonajonimiz. Dunyo xalqlari ichida onalarni sevish, qadrlash va ulug‘lash borasida o‘zbeklar hamisha eng oldingi saflarda borayotgani, boshqa millatlarga o‘rnak bo‘layotgani kishiga faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Bu ajoyib va bebaho fazilatimiz bilan har qancha g‘ururlansak, faxrlansak arziydi.  Ayol! • Ayol! Bu muqaddas so`zni har bir inson tilga olarkan, dunyoda men uchun yagona va aziz bo`lgan mehridaryo onajonim ko`z o`ngimda gavdalanadi. Ayol, ona barcha so`zlar zamirida mislsiz, siz-u biz anglab yetolmas mazmun borki, bu haqda qancha fikr-u mulohaza yuritsak baribir oz. Ayol, barcha qiyinchiliklarni yengadi. Ha, bu hayot haqiqati. Bu haqiqatni xech kim rad etolmaydi. Ayolning oiladagi o`rni haqida qancha gapirsak ham shuchalar oz deb o`ylayman. Oila bir kema bo`lsa, uni boshqaruvchisi esa ayol hisoblanadi. Odamzot ongli hayot boshlagandan buyon, ayollarga kuchli ixlos qo`yib, uni sevib, ardoqlab keladi. Ayol bu kabi e`zozlarga, shon-u shuxratlarga, sharaflarga munosib, ular ilk mehrini qo`shib, bajarayotgan olamshumul ishlari bilan ulug`dir.  ONA!!! ....Faqat onagina bizni butun umr ko'tarib yuradi! ....9 oy qornida, ....uch yoshgacha qo'lida, ....butun umr o'z yuragida. ....Ona shunday insonki, u hammaning o'rnini bosadi, biroq uning o'rnini hech kim bosa olmaydi. ....Onalar eng katta mehnatkashlardir. U o'zining tishsiz jajji ho'jayinining bitta kulgisi uchun; ....maoshsiz, ....dam olish kunlarisiz, ....va tushlikka chiqmasdan ishlashga tayyor. ....Onaning mehr-muhabbati shinam hovli kabi. Hamisha issiq va quyoshli. ....Onalar doim yordamga keladi, hatto ular yonimizda bo'lmasa ham. ....Ona qalbi hamisha kechirim tuyg'usi topiluvchi tubsizlikdir !!!   Onajonlarimiz biz farzandlarining baxtlariga sog`-salomat bo`lsinlar! • E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!