logo

Maktabgacha ta`lim muassasalarida jismoniy mashqlarni tashkil qilish va bolalarni sportga yo`naltirish

Загружено в:

23.09.2019

Скачано:

0

Размер:

217.1044921875 KB
Maktabgacha ta`lim muassasalarida jismoniy mashqlarni tashkil qilish va bolalarni sportga yo`naltirish MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASI  Mustaqil davlatimizda yosh avlodning jismoniy kamolotini yuksaltirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir . SHu sababli yurtimizda Vatan mustaqilligini mustahkamlaydigan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi tadqiqotning birinchi bobida ta’kidlangan edi.  Bolalar orasida jismoniy sifatlarning va koordinatsion qobiliyatning, inson harakat faolligining namoyon bo’lishi uchun amaliy jihatdan juda yaxshi zamin tayyorlanadi F.N.Nasriddinov, X.M,Maxkamjonovlar ko’rsatkichlari bo’yicha jismoniy tayyorgarlik natijalari yoshdan yoshga o’tish bilan hamma ko’rsatkichlar ma’lum miqdorda ortib borishini ko’rsatadi  F.N.Nasriddinov, X.M,Maxkamjonovlar maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi bo’yicha olgan ma’lumotlar tahlilining ko’rsatishicha, 5-7 yoshdagi bolaning jismoniy rivojlanishi bir tekisda borar ekan, kichik maktab yoshiga kelib esa rivojlanishning tezlashish jarayoni ro’y beradi SHunga asosan tadqiqotda milliy harakatli o’yinlarga asoslangan jismoniy mashqlar majmui tanlab olindi.  Jismoniy sifatlarga (kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik) tegishli. Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash va harakatlar bilan o’rgatish mustahkam chirmashib ketadi. Jismoniy tarbiyaning bu tomonlarini o’rganish va ayrim-ayrim qarab chiqish ulardan har birining o’ziga xos xususiyatlarini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash xususiyatlari.  Maktabgacha bo’lgan davrda jismoniy sifatlarning rivojlanish dinamikasiga xos jinsiy tafovutlarni qayd etar ekanlar, olimlar mazkur tafovutlarning kattaliklari hamda ishonchliligi xususidagi savolga uzil-kesil javob bermaydilar.  Ayrim tadqiqotchilar asosiy harakat sifatlarining rivojlanish darajasi bobida o’g’il bolalarning qizlarga nisbatan ustunligi haqida fikr yuritib, bolalarga jismoniy tarbiya jarayonida tabaqalashtirib yondashish zarurligini ta’kidlaydilar (S.V.Kakabadze, 1971; Z.I.Kuznetsova, va b., 1974; A.E.Lyubomirskiy, 1979) boshqalari yetti yoshgacha o’g’il bolalar va qizlarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasidagi farq u qadar jiddiy emas, uni jismoniy tarbiya vositalarini tanlashda e’tiborga olish shart emas, deb hisoblaydilar va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasiga ularning jinsidan kelib chiqib turlicha yondashish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadilar (M.N.Koroleva, 1985; E.S.Vilchkovskiy, 1989). Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning mazmuni  Mustaqil davlatimizda yosh avlodning jismoniy kamolotini yuksaltirish masalalari hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunda ta’kidlanishicha “Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar va talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollikka ehtiyojni shakllantirish maktabgacha tarbiya muassasalari va o’quv yurtlarining ustun vazifasi bo’lib hisoblanadi”. Respublikaning xududlarida maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalarning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligi ko’rsatkichlari  O’zbekistonning kelajagi yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash lozim. Kichkintoylarimizni tarbiyalashda aynan maktabgacha bo’lgan muassasalarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini to’g’ri olib borish nihoyatda muhim o’rin egallaydi. Jismoniy tarbiya mashqlarining maqsadi sog’lom va Vatan mudofasiga hamisha tayyor barkamol insonni voyaga yetkazishdir. MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHI, JISMONIY TAYYORGARLINI ANIQLASH.  Respublika rahbariyati tomonidan ko’rsatilayotgan barcha g’amho’rliklar va talablar aholining, o’quvchi-yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy dunyoqarashlarini yangilashga qaratilmoqda. Bu vazifalarini bajarishda barcha o’quv yurtlari ta’lim tizimidagi yosh avlodni jismonan baquvvat, chaqqon, irodali qilib vatanparvarlik ruhida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” hamda “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qonunlariga suyangan holda yangi uslublar, usullarni tashkil qilish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarni eng kichik yoshidan boshlab jismonan salomatlik poydevorini “qurish”ni boshlash kerak.  Harakat jismoniy mehnat inson uchun, ayniqsa, bolalik va yoshlik chog’larida hayotiy zarur bo’lib qoladi. Ularsiz bolalarning ijodiy faoliyati va ish qobilyati susayishi mumkin. Harakatni cheklash yoki uni buzish hayotning bir bosqichida o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi.  SHu narsa ma’lum bo’ldiki, bolalik davrida o’sib kelayotgan organizm uchun juda ko’p harakat zarurdir. Harakatsizlik esa bolalarni tez charchatadi, o’sishini sekinlashtiradi, aqliy rivojlanishini susaytiradi, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyatini kamaytiradi. Ko’p harakat qilgan bolalarda jismoniy va psixik takomillashuvga tabiiy intilish vujudga keladi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi  Bolalarning to’laqonli rivojlanishi uchun aqliy va jismoniy nagruzkalarni (yuklama) oqilona almashtirib borish katta ahamiyatga ega.  Kun tartibida olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirishda ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.  SHulardan biri yoshlik chog’idan boshlab bolaning jismoniy rivojlanishiga e’tibor berish lozim. Navoiy shahridagi maktabgacha yoshdagi o’g’il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi ko’rsatkichlari natijalari 1-jadvalda keltirilgan.  Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi antropometrik ko’rsktkichlar orqali aniqdandi.